#Article 1: Oʻzbekiston (1179 words)


Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri boʻlib, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978 km2. Aholi soni (2020) — 34,011,621. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabrida mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik korxonadir. Mamlakatda shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin koni mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.

Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan. XII asr arab tarixchisi Usama ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115-1116 yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi . Tarixchi Rashid ad-dinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Ildegiziylar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210-1225) boʻlgan  1221 yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jaloliddin qoʻshinlarining etakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi. 

Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan 

Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek Xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek Xon davridan ancha oldin 1289 yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining reydini eslatib oʻtadi.

Boshqa tarixchilarning fikricha, XIV asrning 60chi yillarida, Dasht-i-Qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. XIV asrning 60-yillarida „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dasht-i-Qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan.

Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimoldan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.

Oʻzbekiston aholisi 34,048,384 kishini tashkil qiladi (2020-yil holatiga koʻra). Aholining aksariyat qismi (83,7 % dan koʻprogʻi — 26,15 millionkishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 500ming tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 51 % shaharlarda va 49 % — qishloqlarda istiqomat qiladi.

Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7 % ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.

Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 42 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 51 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.

Maʼlumot 2018-yilga tegishli:

Oʻzbekistondagi madaniyat va ijtimoiy munosabatlar uzoq tarixga ega. Ommaviy axborot vositalari orasida (1300 dan ortiq) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, mintaqaviy teleradiokompaniyalar, FM radiostansiyalari, hukumat gazetalari, shuningdek Internet-resurslarini alohida taʻkidlash lozim. Raqamli texnologiyalarga oʻtish hisobiga Oʻzbekistonda televidenie va radio sanoat jadal rivojlandi.

Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud.

Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qatʼiy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi „Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti“ deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat boʻlib, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash 12-chaqiriq 1-sessiyasida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimyga Islom Karimov saylangan edi. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda muqobillik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq Prezident saylovlari oʻtkazildi. Bu saylovlar natijasida Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 

Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega:

Oʻzbekiston 12 ta viloyat, (Sirdaryo,
Navoiy,
Jizzax,
Xorazm,
Buxoro,
Surxondaryo,
Namangan,
Andijon,
Qashqadaryo,
Samarqand,
Fargʻona,
Toshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xoʻjaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.

Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilgʻining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qoʻngʻir va yarim kokslanadigan koʻmir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning koʻp turlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir.

Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.

Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra Oʻzbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha oltinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.

Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.

Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari

Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014-yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420 ta tank, 715 ta BTR (zirhli transport vositasi), 109 ta raketa tizimlari, 69 ta qiruvchi samolyot, 65 ta vertolyot, xususan, 25 ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi.

GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Factbook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin), Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston (80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan.

Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya va Xitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan.

Qayd etish joiz, GFPning 2014-yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi.




#Article 2: Xorazm (2727 words)


Xorazm () — Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimgi davlat va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).

Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.

Xorazm atamasi oziqlanadigan er, boshqasiga ko'ra past er degan maʼnoni anglatgan.

Avestoning Yasht qismida Xorazm Ming irmoqli daryo, Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shim. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shim. va shim.sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning jan. qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan.

Qadimgi X. mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qad. aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qad. madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan X.ning shim. qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, mil. av. 2myng yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular X.ning qad. aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji X. aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.

X. ning jan. qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa mil. av. 6— 3ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi kattakichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa).

Mil. av. 2 ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qad. sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va jan.sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.

Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning bir qismi jan. tomon siljib to shim. Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.

Miletlik Gekatey (mil. av. 6-asr) maʼlumotlari asosida Gerodot (mil. av. 5-asr) axomaniylar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining jan.sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shim. Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiradi.

Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axomaniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.

Mil. av. 6—5-asrlarda Xorazm Axomaniylar tomonidan bosib olingan va davlatining 16 satraplik tarkibiga kirgan. Mil. av. 5-asr oxiri esa, u aloxida satraplik hisoblangan va miloddan avvalgi 4-asr boshlarida mustaqillikka erishgan.

Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan jan.da Areyadan sharkda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farkdi oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.

Mil. av. 4-asrning 2-yarmida X.da mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, X. davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush asos solgan. Mil. av. 328 y. bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun X. hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Fanda massagetlar konfederatsiyasi (turkumi) nomi bilan tilga olingan X. davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼada boʻlgan. Keyinchalik (305 y.) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi (beti)da tojdor xukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. 1-asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar mil. 8-asrgacha zarb etilgan.

Beruniy viloyatida Akchaxon-Qalʻa yodgorligi oʻrganilib, u erda III asrning oxiridan boshlab saroy ochilgan. Rasmlarning kʻopchiligi miloddan avvalgi II. - II asrning boshlarigan oiddir. Uning zallaridan birida balandligi olti metrga teng boʻlgan odamlar tasvirlangan noyob devor rasmlari topildi. Ulardan biri - boshida katta toj kiygan odamning tasviri. Kostyumning yoqasi odamlar va hayvonlar manzaralari bilan bezatilgan. U koʻylak kiygan, uni xoʻroz boshlari maskali odamlarning rasmlari bilan bezatilgan. Shimlarda uzun oyoqli va uzun boʻyinli qushlar bilan takrorlanadigan naqsh mavjud.

X. davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qad. davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.

Demak, X. aholisining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tadrijiy rivojlanish uning shim. va jan. qismlarida, avval biri ikkinchisidan tubdan farqlanuvchi 2 turdagi madaniyatlar shakllangan. Soʻngra esa ularning qorishuvi oqibatida X.ning oʻziga xos yuksak darajadagi madaniyati yuzaga kelib, ravnaq topgan.

Qadimgi Xorazm hududida arxeologlar Quy-Qrilgan-qal’a yodgorligini tadqiq qilishdi - ibodatxona va rasadxona sifatida foydalanilgan inshoot miloddan avvalgi IV-III asrlarda barpo etilgan. Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida sak qabilalari tomonidan yodgorlik vayron qilingan. Tuzilma diametri 44 metr boʻlgan silindrsimon ikki qavatli bino boʻlib, uning atrofida 14 metr masofada mustahkam devorlar qurilgan; markaziy bino va devorlar orasidagi boʻsh joy turar-joy binolari bilan qurilgan. Taxminlarga koʻra, markaziy bino Xorazm shohlari maqbarasi va zardushtiylar ibodatxonasi sifatida ishlatilgan. Quy-Qrilgan-qal’ada osmonning ba'zi qismlarida ba'zi yulduzlarni kuzatish mumkin edi.

Kadimdan Gʻarbiy Osiyo, xususan, shim.sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador boʻlgan X.ning qad. mushtarak madaniyatining koʻpgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati — aholisining tili, urfodatlari, uyjoylarining tuzilish tartiblari, roʻzgʻorbuyumlari, zebiziynatlarida oʻz ifodasini topgan. Mas, X.ning jan. kismi qadimgi obidalarida (mil. av. 6—3ming yillik) somonli guvaladan bino qilingan sahni, ganch aralash loy suvoqli bir xonali uylar ichida oʻchoq, supa, gʻalla uchun oʻra (toʻla) boʻlgan. Chaqmoqtosh qurollari qirgʻich, oʻroq, randa, pichoq; suyakdan yasalgan igna, bigiz; yarmatosh; somonli loydan yasalgan sopol idishlar, baʼzilarining sirtiga qizil rang (angob) berilgan; tosh va sopoldan yasalgan ayol va turli xil hayvon haykalchalar; tosh suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor, munchoq kabi taqinchoklar uchraydi.

Mil. av. 4—2ming yilliklarda esa turar joylar maydoni nihoyatda kengayib xom gʻishtli koʻp xonali uylardan iborat qishloqqa aylangan. Ularning girdi mudofaa devori bilan oʻralib, otashgoh, hovlilar, tor koʻchalar va markazida maydon paydo boʻlgan. Qurollarining aksariyati tosh va suyakdan, qisman misdan yasalgan, qoʻlda yasalgan sopol idishlar sirtiga qora rangli geometrik va jimjimador (gilam nusxa) naqshlar, hayvon va parranda tasvirlari tushirilgan. Soʻngra kulolchilik charxi kashf etilib, bikonik nusxa idishlar, qadah va vazalar paydo boʻlgan. Binokorlikda monumental imoratlar [ibodatxona, miyonsaroy (zal) va boshqa] qad koʻtarib, qishloqlar esa ilk shahar shaklini ola boshlagan.

X. shim. qismining moddiy madaniyat obidalari (mil. av. 4—3ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat. Mil. av. 2ming yillikda garchi sugʻorma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo boʻlib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan boʻlsada, turar joylar yarim yer toʻlabostirma shaklida boʻlgan. Taqinchoklari (uzuk, bilaguzuk, isirgʻalar) jez yoki mis kabi maʼdan boʻlsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda X.ning shim. qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi.

Xorazmiylarning jan.dan shim.ga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adogʻi (deltasi) oʻzlashtirilib, oʻlkada bir nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad. koʻtaradi. Mil. av. 4—3-asrlarda X. iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, yirik sugʻorish kanallari (60–70 km. eni 30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻonqalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. X. qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari bir yoki ikki qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Mac, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqgida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi.

Hunlar Xorazmda milodiy III asrda paydo boʻlgan. Tadqiqotchilar hunn tilini turkiy deb tasniflaydilar.

Milodiy 4—5-asrlarda Xorazmga Oltoydan va Sharqiy Turkistondan xioniylar, kidariylar va eftaliylar kirib keladi. Kidariylar tarkibida turkiy qatlam boʻlgan.

X.da shaharsozlik sanʼati, ayniqsa, monumental meʼmorlik mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan to mil. 8-asr boshlarigacha oʻtgan davr ichida keng rivojlangan. Yirik qalʼalar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqalʼa, Kot) oʻlka ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va boshqa turdagi jamoat binolari qad. koʻtargan. Tuproqqalʼada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), markaziy koʻchalar boʻylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor oʻrin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va toʻqimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqalʼa xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy sanʼat asarlarining ayrim boʻlaklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qoʻlida anor tutgan maʼbuda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yogʻoch va charmga qad. xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar oʻlka aholisi maʼnaviyatini asosi boʻlgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi.

Ilk oʻrta (4—8-asrlarda) meʼmorlik yanada rivoj topib, qalʼa, qasr va koʻshklar (Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan qalʼa va boshqalar) kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga sazovordir.

Xorazmda badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Mil. avvalgi 6—5-asrlarda roʻy bergan yuksalish mil. 3-asr oxiri va 4-asr boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar 5— 6-asrlarda yana jonlangan (Kavat qalʼa, Guldursun qalʼa, Kot va b), 10-asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin ar-Roziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir).

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) Markaziy Osiyo vakili tomonidan tuzilgan jahon tarixiga oid birinchi kitobning muallifi edi. Afsuski, uning Tarix kitobi (Kitob at-tarix) faqat boʻlaklarga boʻlib saqlanib qolgan. Tarix kitobi dan koʻchirmalar zanjiri al-Xorazmiyning asarlari yilnomalar, yaʻni xronika shaklida yozilganligini aniqlashga imkon beradi. Undagi voqealar yillar davomida ketma-ket taqdim etildi. Masalan, u Buyuk Aleksandrning haqida maʼlumot berdi. Xalifa Abu Bakr hukmronligining boshlanishi, 631-653 yillarda arablarning Vizantiya va Eronga qarshi olib borgan harbiy harakatlari, arablarning Suriya, Iroq, Eron va Movarounnaxrni bosib olishi, 728-731 yillarda arablar va xazarlar oʻrtasidagi urush haqida ham maʼlumot berilgan. Tarix kitobi 830 yil atrofida tugatilgan. 

Xorazm madaniyati IX asrning birinchi yarmida tashkil topgan Oʻgʻuzlar davlatining davlat va pul tizimining shakllanishiga taʼsir ko'rsatdi. Oʻgʻuz tangalaridagi yozuvlar Xorazm alifbosiga tegishli edi.

Biruniy Xorazmda 1000 yilga yaqin yozilgan Oʻtgan avlodlardan qolgan yodgorliklar asarida Xorazmning turkiy aholisi foydalangan hayvonlar tsikliga koʻra yillarning turkiy nomlarini beradi. Xuddi shu asarida u oy nomlarini turkchada beradi: ulugʻ-oy, kichik-oy, birinchi-oy, ikkinchi-oy, uchinchi-oy, toʻrtinchi-oy, beshinchi-oy, oltinchi-oy, yetinchi-oh, sakkizinchi-oy, tokkuzinchi-oy, uninchi-oy.

Musulmon Sharqining buyuk allomalaridan biri Abu Ali ibn Sino 997 yilda Buxorodan Xorazmga koʻchib otgan, u erda 1012 yilgacha 15 yil yashagan. 997-998 yillarda Beruniy savol-javob shaklida mujassam boʻlgan kosmogoniya va fizikaning turli masalalari boʻyicha Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Urganchda Ibn Sino Maʻmun akademiyasida Yaqin Sharqning ilgʻor ilmiy elitasi bilan ishlash nasib etdi. Ular orasida ensiklopedik olim Abu Rayhon Beruniy, tabib astronom Abu Sahl Iso ibn Yahyo al-Masihiy bor edi, unga Ibn Sino burchaklarni oʻlchashga bagʻishlangan. Bundan tashqari, olimlar orasida tabib Abu-l-Xayr ibn al-Hammar, Abu Nasr ibn Iroq - Xorazmshohning jiyani va boshqalar bor edi. Ibn Sinoning shon-shuhratini tashkil etgan ikki asarning asoslari, Tib qonunlari (Al-Qanun fit-t-tibb) va Shifolash kitoblari (Kitob ash-Shifa) Xorazmda - Urganchda qo'yilgan. Tibbiyot qonunlari Xorazmda 1000 yilda boshlangan va 1020 yil atrofida tugagan.

Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar (1077-1231-yillar): 1. Anushtegin Garchoi 1077-1097 yy. 2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y. 3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy. 4. Otsiz 1127-1156 yy. 5. Elarslon 1156-1172 yy. 6. Sultonshoh Mahmud 1172-y. 7. Takash 1172-1200 yy. 8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy. 9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy.

Jaloliddin Manguberdi, toʻliq oti — 'Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi Parvon jangit Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan ajoyib gʻalabani qoʻlga kiritadi. Biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk oʻz lashkari bilan qolgan, xolos.
Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini Jaloliddin Manguberdini daryodan utishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 yil 25 noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (qarang Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!, degan.

Xorazmning mashhur oʻzbek hukmdori Abulgozi-xon (Abul-gʻozi Bahodir-xon) (1603-1664), Shayboniylarning oʻzbek sulolasidan, tarixchi va yozuvchi edi. Abulgʻoziy ikkita tarixiy asarning muallifi sifatida tanilgan: Turkmanlarning nasabnomasi (1661 yil yakunlangan) va Turklar nasabnomasi (Qozon, 1852 va Peterburgda nashr etilgan, 1871); u Sablukov tomonidan baʻzi Evropa tillariga, shu jumladan rus tiliga tarjima qilingan va nashrga joylashtirilgan. I. N. Berezin Sharq tarixchilari kutubxonasi (III jild, Kaz., 1854).

Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—55) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv shahri uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha boʻlgan yerlarni boshqargan. 1855 yilda Saraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. Abdullaxon (1855—56), Qutlugʻmurodxonlar (1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan. 1856 yilda taxtni Sayd Muhammadxon (1856—64) egallagan.

Xiva xonligida soʻnggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873 yilda Rossiya Xiva xonligini bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va K.P.Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. 

XIX asrda Budapeshtdagi Evropa fanlar akademiyalaridan biriga lavozimda ishlagan Xorazmdan birinchi va Markaziy Osiyodan yagona olim filolog Mulla Ishʼok (1836-1892) edi.

Bu davrda ilk o‘zbek matbaachisi va noshiri Otajon Abdalov (1856-1939) oʻz faoliyatini boshladi. Matbaachilik faoliyatini 1874 yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. Otajon Abdalov 1876 yilda Abdunosir Farohiyning Nisabussibyon asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun O‘rta Osiyo miqyosida birinchi bosma kitob hisoblanadi. 

Asfandiyorxon (1910—18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir Islomxoʻja boshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi.

Xudoybergan Devonov (1878 — 1940) — birinchi xorazmlik oʻzbek kinooperatori va oʻzbek kinosanʼatining asoschisi boʻlgan. 1907—1908 yillar Moskva, Peterburgdan teleskop, grammofon, foto va kino asboblari olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan. Bu laboratoriya Xorazmda fotokinostudiya vazifasini oʻtagan. Devonov ijodi rus kinosanʼatkorlari faoliyati bilan deyarli bir vaqtda boshlangan. U Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari, Turkiston koʻrinishlari, Xiva va xivaliklar kabi qisqa filmlarni ishlagan. Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. XXSR davrida maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib bordi. 




#Article 3: Toshkent (3171 words)


Toshkent — Markaziy Osiyoning yirik qadimiy shaharlaridan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti. Oʻrta Osiyoning ulkan sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440-480 m tepalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 2 485 900 kishini tashkil etadi (2020). Maydoni 334,8 km².

Toshkent vohasi Tyan-Shanning gʻarbiy yonbagʻirlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng togʻoldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta — Ugom, Piskom va Chatqol togʻ tizmalari bilan oʻralgan boʻlib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib oʻtuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qoʻshilib Chirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan oʻtib, Gʻazalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik boʻylab oqadi. Gʻarbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi oʻzani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Ushbu tekislik shimolida joylashgan Aris daryosining vodiysi bilan birga bu tabiiy suv tarmoqlari Oʻrta Osiyo dehqonchilik vohalarining chekka mintaqasini tashkil etadi. Undan shimol tomonga qarab esa, yaylovlarga boy boʻlgan poyonsiz choʻl yastanib yotadi.

Chirchiq daryosi havzasi Oʻrta Osiyoning qadimiy dehqonchilik va shahar madaniyatlari beshiklaridan biridir. Uning hududida Toshkentning markazi paydo boʻlgan. Joydan joyga koʻchib turgan bu markaz qadimda va oʻrta asrlarda Choch yoki Shosh, keyin esa Toshkent nomi bilan mashhur boʻlgan.

Toshkent vohasida barcha tarixiy davrlarda suv moʻl-koʻl boʻlgan. Tarixan tarkib topgan kanallar tarmogʻi shaharni suv bilan taʼminlab turgan. Shu bois shahar xech qachon suv taqchilligini sezmagan. Buni oʻrta asrlardan to XIX asrgacha Toshkent toʻgʻrisida yozgan mualliflar xamisha taʼkidlab kelganlar. Bu yerdagi iqlim hozirgi odamlarning ajdodlari paydo boʻlgan, yaʼni bir necha oʻn ming yil muqaddam mavjud boʻlgan iqlimdan farq qilgan. Issiq quruq yoz bilan yillik yogʻin miqdorining asosiy qismi yogʻadigan qahraton qish almashinib turgan.

Toshkentning togʻ yonbagʻirlari va tekisliklar oʻsimliklarga boy boʻlib, ibtidoiy odamlar ovlaydigan yovvoyi hayvonlar juda koʻp boʻlgan. Ularning aksariyati, jumladan, arxar, jayron, qulon va asl bugʻu kabi hayvonlar yaqin vaqtda yoʻqolib bitgan boʻlsa, junli karkidon, gʻor ayigʻi, arslon singari hayvonlar esa ancha ilgari yoʻqolib ketgan. Ular haqida ibtidoiy odamlar manzillarini qazib oʻrganish chogʻida topilgan qoldiqlar orqali maʼlumot olish mumkin.

Bu yerlarda bir necha yuz ming yil avval ovchilik va termachilik bilan kun kechiruvchi ibtidoiy jamoalar gʻorlar va togʻ bagʻri bostirmalarini, yoki daryo sohillari va chashmalar yonidagi ochiq manzillarni egallab makon qilganlar. Bunday joylar hozirgi Toshkent shahri hududida ham mavjud boʻlgan.

Jumladan, Boʻz suv yoqasidagi Qoʻshilish manzilgohidan birmuncha nozik ishlangan chaqmoqtoshlar, pichoqlar, bigizlar, ibtidoiy ustalar tomonidan bundan toʻqqiz ming yil avval yasalgan ov va mehnat qurollari topildi. Topilmalar orasidan yovvoyi buqa tur suaklarining uchrashi, mutaxassislar fikricha, ularning oʻsha vaqtlardayoq xonakilashtirilgan deb taxmin qilishga asos boʻldi. Hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni Toshkent vohasi hududida ham kechgan.

Miloddan oldingi uchinchi ming yillikdan boshlab, bu hudud dastlabki chorvadorlar tomonidan oʻzlashtira boshlashgan. Ular ish asboblari va jezdan qurollar tayyorlashni oʻrganganlar. Arxeologlar Toshkent shahri hududi va uning atrofida chorvadorning koʻpdan koʻp qabrlari hamda qoʻrgʻonli dahmalarini topganlar. Bu joylarda dafn etilganlarning yoniga jezdan yasalgan ish asboblari, qurollar, zeb-ziynatlar va qoʻlda yasalgan idishlar ham qoʻyilgan.

Toshkent shahri hududida bunday qabristonlar hozirgi shampan vinosi zavodi yaqinidan, shuningdek, Qoraqamish arigʻi boʻyidan topilgan. Sirgʻalida esa dasht chorvadorlari va yilqichilarining manzili boʻlganligi aniqlangan. Bu yerdan ish qurollaridan tashqari burama halqali jez bilaguzuklar ham topilgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiy-milliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Shahar hokimlari:

Toshkent 2200 yildan ortiq tarixga ega.

Mustaqillik yillarida Toshkentdagi islom madaniyati obidalarining aksariyati, jumladan, Koʻkaldosh, Abulqosim, ayniqsa, Hazrati Imom mavzeida joylashgan Moʻyi Muborak, Baroqxon madrasalari qayta taʼmirlanib, ilgarigiday mahobatli manzara kashf etdi. Ular bir paytlar minglab talabalarni oʻz bagʻriga olgan gavjum goʻshalar boʻlib, rus istilosi davrida bir muddat kimsasiz, xarobaga ham aylantirildi.

XIX asrda Toshkentda taʼlim-tarbiya sohasi Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qoʻqon madaniy-maʼnaviy aloqalar tizimida rivojlanib borgan. Bu jarayonda Toshkent madrasalari va mudarrislarining oʻrni katta boʻlgani tabiiy.

Turkiston general-gubernatorligi Maorif boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 1890-1893 yillarda gubernatorlikda jami 214ta madrasa boʻlib, shundan 21tasi Toshkentda joylashgan edi. Chorizm istilosining dastlabki yillarida madrasalarda taʼlim va oʻqitish ishlari anʼanaviy qoidalar asosida olib borilgan boʻlsa, keyinchalik ularning faoliyatini nazorat qilish va oʻquv ishlarini tartibga solishni oʻlka maorif boshqarmasi oʻz qoʻliga olgan. Bu paytda Toshkent madrasalaridan Abulqosimxon madrasasida 120, Xoja Ahror madrasasida 80, Beklarbegi madrasasida 150, Koʻkaldosh madrasasida 80, Sharifboy madrasasida 20, Shukurxon madrasasida 20 nafar talaba oʻqigan. Lekin oldingidek, aksariyat talabalar Toshkent madrasalari bilan qanoatlanmay, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon madrasalarida bilimlarini oshirib qaytganlar.

Toshkent madrasalari toʻgʻrisidagi arxiv manbalari, oʻsha davr matbuoti yoki ana shu yillarda Toshkentda boʻlgan rus oʻlkashunoslarining maʼlumotlari, ayniqsa, madrasalar soni borasida har xil xabarlar beradi. Xususan, 1865-1868 yillari Toshkentda boʻlgan A.Xoroshxin „Ocherki Tashkenta“ nomli kundaligidagi maʼlumotda ayrim madrasalarning nomini, vaqf mulklarini keltirib oʻtgan boʻlsa, N. Maev 1876 yili Toshkentda jami 11 ta madrasa mavjudligini taʼkidlaydi. „Turkistanskie vedomosti“ gazetasining 1876 yilgi 48-sonida bosilgan rasmiy maʼlumotda esa 13 ta madrasa tilga olingan.

Biroq XIX asrda Toshkentda yashab ijod etgan muarrix Muhammad Solihxoja esa oʻzining „Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida Toshkentdagi 20 ta madrasa toʻgʻrisida birmuncha batafsil maʼlumot berib oʻtgan.

Ular orasida eng qadimiysi — Xoja Ahror jome masjidining shimolida pishiq gʻisht va yoʻnilgan toshdan qurilgan Xoja Ahror madrasasi boʻlib, u yigirmata hujra, bitta darsxona va masjidni oʻz ichiga olgan. U erda Toshkent va boshqa hududlardan tahsil talabida kelgan saksondan ziyod talabalar oʻqishgan.

Shayxontohur dahasidagi madrasalardan yana biri Koʻkaldoshdir. Muhammad Solihxojaning yozishicha, bu madrasa Baroqxonning oʻgʻli Darvishxon tomonidan bunyod etilgan. 1735 yil Ufada boʻlgan toshkentlik savdogar N. Alimov maʼlumotlariga koʻra, XVIII asr oxiriga kelib, madrasa karvonsaroyga aylantirilgan. Toshkent tarixi tadqiqotchilaridan A. Dobrosmislov Koʻkaldosh madrasasi dastlab uch qavatli, oʻttiz sakkizta hujrali boʻlganini taʼkidlaydi. Keyinchalik madrasaning faqat bir qavati saqlanib qolgan. Muhammad Solihxoja Koʻkaldosh madrasasi 1868 va 1886 yillarda Toshkentda yuz bergan zilzilalardan qattiq zarar koʻrganini yozadi.

Shuningdek, XIX asrning 30-yillarida Muhammad Alixon buyrugʻi bilan bunyod etilgan Azimota madrasasi ham Chorsu yaqinida boʻlgan. Lekin bu madrasa haqida maʼlumotlar juda kam.

Muhammad Solihxoja 1274 (1857) yili Toshkent hokimi Ahmad qushbegi (1856-1857) tomonidan Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida Moʻyi Muborak madrasasi qurilganini yozadi. Tarixchi oʻsha davrlarda madrasa oʻrnini aholi Xoja Ahror tugʻilgan joy deb tushungani bois „Xoja Ahror maydoni“ deb ataganini taʼkidlaydi. Asarda keltirilishicha, madrasaning alohida bir gumbazi boʻlib, unda Paygʻambarimiz (alayhissalom)ning soch tolalari — moʻyi muborak saqlangan.

Yuqorida tilga olinganlardan Koʻkaldosh madrasasi bugungi kunda ham oʻz faoliyatini davom ettirib, koʻplab talabalar taʼlim oladigan dargoh sifatida ishlab turibdi. Qolganlari esa, yurtimizning yorqin maʼnaviy qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi muborak tarixiy obidalar qatorida munosib oʻrin egallab kelmoqda.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiymilliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi xamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Toshkent 2000 yillikdan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni,. yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Kds. oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hudjda yashab, ijod etganlar.

Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilmaxil hamda uzuqyuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Aeecmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi.

Toshkent mahallalari haqida aniqroq yozma maʼlumotlar dahalardagi qozilik daftarlarida, 19-asrning 2yarmida esa ruscha nashrlarda qayd etilgan. Shunga koʻra, 1865 yil Toshkentda 140 ta mahalla boʻlgan, aholisi 76 ming kishi. Turkiston oʻlkasi statistikasi yilnomasida (1876) Toshkentda 149 ta mahalla (Shayxontohur dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Koʻkcha dahasida 31 ta, Beshyogʻoch dahasida 32 ta) boʻlganligi taʼkidlangan. N. G. Mallitskiy 1927 yil nashr etgan roʻyxatda esa Toshkentda 280 ta mahalla va shahar aholisiga tegishli 171 ta mavze nomi bor (qarang plansxema). Mavzelar, odatda, shaharliklarning shahar tashqarisida joylashgan ekinzorlari va bogʻlaridan iborat boʻlgan; shoʻrolar davrida mavzelar davlat tomonidan musodara qilinib jamoa xoʻjaligiga aylantirilgan.

Toshkentning eng gavjum qismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski joʻva, Chorsu va Koʻkaldosh madrasasi oraligʻida Registon, Chorsu va Kappon (gʻalla) bozorlari joylashgan. Registon bozorida xonliklarda ishlab chiqarilgan mollar bilan bir qatorda Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Koshgʻar, Xitoy va Rossiyadan keltirilgan mollar ham sotilgan. Toshkentdan savdo karvonlari dasht orqali Sibir shaharlari, Koshgʻar, Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston va Eron tomon qatnagan. Toshkent davlati tashqi va ichki savdoni rivojlantirish maqsadida old tomonida „Muhammad Yunusxoʻja Umariy“ deb yozilgan, sirtiga lochin yoki yoʻlbars tasvirlari tushirilgan oʻz tangalarini zarb etib, mustaqil ichki va tashki siyosat yuritgan. Yunusxoʻja, ayniqsa, Rossiya bilan muttasil savdo aloqalari olib borish va uni kengaytirishga intilgan. 1792 yil Yunusxoʻja rus podshosiga xat yuborib unga Katta juz biylari bilan ittifoq tuzganligini, Toshkentdan Rossiyaga eltadigan karvon yoʻllaridagi talonchiliklar toʻxtatilganligini xabar qiladi. 1802 yilning kuzida Yunusxoʻja vaziri aʼzam Mullajon Oxund Mahzum bilan Ashurali Bahodir mingboshini SanktPeterburgga elchi kilib yuboradi. Elchilikdan maqsad, faqat savdo aloqalarini kengaytirishgina emas, balki Rossiyadan qurolyarogʻ, choʻyan va mis rudalarini sotib olib, oʻz harbiy kuchini mustahkamlash hamda Rossiyadan tup kuyuvchi usta va konchilarni Toshkentga taklif etib, bu yerda toʻpchilik hunarmandchiligini rivojlantirish va konlarni ishga solish ham koʻzda tutilgan edi. 1803 yil mart oyida Toshkent elchilari imperator Aleksandr I va davlat kansleri hamda tashqi ishlar vaziri graf A. Voronsov qabulida boʻldilar.

Rossiyada Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurashdilar. 1917 yil 28 oktabrda Bosh temir yoʻl ustaxonasining mahalliy millatga mansub boʻlmagan ishchilari hamda askarlar qoʻzgʻolon boshladilar. Ular temir yoʻl deposi, tovar omborlari, 1Sibir polki kazarmalarini ishgʻol qildilar. Shahar markazi qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi. 1 (14) noyabrda Tuproqqoʻrgʻon ham ishgʻol qilingach, Toshkentda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Shu tariqa Toshkentda Rossiyadan badargʻa qilingan bolsheviklar 1917 yil 1 noyabrda temir yoʻl masterovoylari yordamida toʻntarish oʻtkazib hokimiyatni egalladilar. 1918 yil 30 apreldan Toshkent Turkiston ASSRning poytaxti deb eʼlon qilindi. 1924-yilda Oʻzbekiston poytaxti Samarqandga koʻchirildi. 1930 yildan Toshkent yana poytaxt boʻldi.

Sovet hukumati yillarida Toshkent mahallalari boshlangʻich maʼmuriy birlik shaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari koʻp tomondan cheklab qoʻyildi.

Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda Toshkentda bir qancha sanoat korxonasi — tikuvchilik, tamaki, poyabzal fabrikalari, toʻqimachilik kombinati, metallsozlik, mashinasozlik zavodlari va boshqa qurildi. Boʻzsuv, Qodiriya, Boʻrijar GESlari bunyod qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent sanoati butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943 yilda 1940 yildagiga nisbatan 3 barobar koʻp mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin bola Toshkentga joylashtirildi. 1930-40 yillarda Toshkentda asosan, qishloq xoʻjaligi.ni texnika bilan taʼminlashga qaratilgan ogʻir sanoat tarmoklari tez surʼatlar bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — „Uzbekqishloqmash“, ekskavator zavodi, „Toshtekstilmash“, „Toshpaxtamash“, „Toshkentkabel“, yogʻmoy kombinati, karborund zavodi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zavodlari, yirik panelli uysozlik kombinati va boshqa kurildi.

Toshkentning eng muhim xususiyatlari shahar gerbi (ramzi)da aks etgan. U uzok, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) shahrining nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida „Tarnovcha“ deb bitilgan muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996 yilda tasdiqlangan, 2003 yilda gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan (519betdagi rayemga q.).

Toshkentda jahon mamlakatlari, BMT tashkilotlari va Markaziy Osiyo davlatlarining turli muhim mavzulardagi seminar, simpozium va qurultoylari oʻtkazib turiladi. 1998-yilda YUNESKO tashkiloti Ijroiya Kengashining 155-sessiyasi, 1999-yil 19-20 iyulda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha 6Q2 guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. 2000 yil sentyabrda YUNESKO xrmiyligida „Dinlararo dialog va dunyo madaniyati“ mavzuidagi xalqaro konfess, 2003-yil 14-mayda „Interkontinental“ mehmonxonasida „Markaziy Osiyo 20asrda: hamkorlik, sheriklik va muloqot“ mavzuida xalqaro konferensiya, 2004 yil iyun oyida Shanxay hamkorligi tashkilotining konferensiyasi oʻtkazildi.Toshkentda mustaqillik sharofatidan kelib chiqib ham iqtisodiyot, ham maʼnaviyat sohasida tub islohotlar qilina boshladi. Iqtisodiyot sohasida bozor munosabatlariga oʻtilishi talablari asosida biznes, ishbilarmonlikni, xorijiy sarmoyalar kiritishni ragʻbatlantirish, yangi bankkredit sistemasini barpo etish, mulkni xususiylashtirishga doir bir qancha amaliy tadbirlar koʻrildi. Shaharda xorijiy mamlakatlar ishbilarmonlari bilan hamkorlikda qoʻshma korxonalar, firmalar ochish rivoj topa boshladi.

Shahar qiyofasiga sharqona tus berilishiga ahamiyat berildi. 1991 yil 1 sentabrda Toshkentdagi Markaziy maydonni Mustaqillik maydoni deb atash haqida Oʻzbekiston Prezidenti farmoni eʼlon qilindi. Koʻchalar, maydonlar, tashkilotlar, tumanlar qayta nomlana boshladi. Shahar markazidagi eng katta xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal oʻrnatildi va temuriylar davri tarixi davlat muzeyi qurildi. Shaharning olimlar yashaydigan dahasidagi maydonlardan biriga Mirzo Ulugʻbekka haykal qoʻyildi va hokazo.

Toshkentni obodonlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shaharga kerak boʻlmagan, uning tabiiy muhitini buzadigan korxonalar, tashkilotlar yopildi yoki shahardan tashqariga koʻchirildi. Toshkentning Eski shagʻar qismida joyning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib, asosan, 1995 yildan butun infrastrukturani kompleks rivojlantirishga kirishildi. Mahallalararo aloqalarni saqlab qolib, shaharning tarixan tarkib topgan qismini tubdan taʼmirlash va obodonlashtirish yoʻlida katta ishlar kilindi. Jumladan, Eski shaharning Krrasaroy, Sagʻbon, Bobojonov, Forobiy koʻchalari kengaytirilib, kayta ochildi. Bu koʻchalarda transport qatnovi yaxshilandi. Fargʻona yoʻli, shuningdek, Toshkentni Qozogʻiston bilan bogʻlovchi Keles koʻprigi va boshqa qayta qurildi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Islom universiteti, „Turkiston“ saroyi, Respublika Birja markazi, „Tata“ („Quality“) mehmonxonasi, „Toshkentlend“ istirohat bogʻi va boshqa inshootlar foydalanishga topshirildi. „Olay“, „Eski joʻva“, „Farhod“, „Beshyogʻoch“, „Mirobod“, „Asaka“, „Otchopar“, „Parkent“, „Koʻkcha“ bozorlari deyarli qayta qurildi. Toshkent metrosining Yunusobod yoʻnalishi ishga tushirildi. Toshkentdagi bir qancha xashamatli binolar, Oʻzbekiston milliy bogʻi, Yapon bogʻi, Gʻafur Gʻulom nomidagi bogʻ, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalqaro biznes markazi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, „Interkontinental Toshkent“, „Le Meridian otel Tashkent Palace“, „RadissonSAS Tashkent“ mehmonxonalari, „Yunusobod“, „JAR“, „Golfklub“ sport majmualari, eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston milliy banki sport majmuasi, shaharning bir qancha joylarida qurilgan koʻpriklar va kichik halqa yoʻli, „Shahidlar xotirasi“ majmui, „Xotira“ maydoni, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi va boshqa Oʻzbekiston poytaxtining taraqqiy qilish bosh rejasining eng koʻzga koʻringan bosqichlari xolos. Bu oʻzgarish va qurilishlarning muallifi va tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovdir.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida“gi farmoni (1998) va qonuni (1999), „Obod mahalla yili“ dasturi (2003) asosida T. mahallalari oʻz huquqiy maqomiga ega boʻldi. Ularning faoliyat doirasi kengaydi. Mahallalar yuridik shaxs sifatida oʻz mulkiga, moliyaviy byudjetiga bankdagi hisob raqami — jamgʻarmasiga ega boʻldi, rahbariyat (rais, kotib)ning nufuzi ortdi, vazifalari aniq belgilandi. Mahallalar oʻz hududlarida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatlarni yaxshilash, toʻlovlar sistemasida ishtirok etib, mahalla va aholi ahvolini yaxshilashga koʻmaklashish kabilarda faol qatnashish imkoniga ega boʻldilar.

Shaharda 493 fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi — fuqarolar yigʻini (mahalla qoʻmitasi) ishlaydi (yana qarang Mahama).

Toshkent — Respublikaning eng yirik sanoat markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 30 % ga yaqini poytaxt hissasiga toʻgʻri keladi. Shahar sanoatida 14 tarmoqqa mansub 300 dan ziyod asosiy korxonalar ishlab turibdi. Sanoat ishlab chiqarish. tarkibida elektr energetikasi, mashinasozlik va samolyotsozlik, metallga ishlov berish, binokorlik materiallari, yengil va oziqovqat sanoati kabi tarmoklar salmoqdi oʻrinni egallaydi. T. toʻqimachilik kombinatida ip gazlama mahsulotining asosiy qismi ishlab chiqariladi. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, Toshkent traktor zavodi, „Algoritm“, „Zenit“ ishlab chiqarish birlashmalari, elektronika zavodi, „Tong“, „Malika“, „Yulduz“ tikuvchilik fabrikalari, binokorlik korxonalarining keng tarmogʻi ishlab turibdi. Bu korxonalar oʻz mahsuloti bilan tashki dunyoga chiqmoqda. Aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasining jahon andozalariga javob beradigan „Il76“, „Il114“ samolyotlari ishlab chiqarilmoqda.

Toshkent korxonalari Germaniya, Syangan, Vengriyaga mis simi, bir qancha mamlakatlarga paxta terish mashinalari, Belgiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Serbiya va Chernogoriyaga paxta tolasi va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda 80 dan ziyod xorijiy mamlakat firma va kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilgan 1423 qoʻshma korxona va firmalar faoliyat koʻrsatmoqda (2004). Jumladan, Turkiyaning „Shayxontohur tekstil“, „Sagʻbontekstil“, Janubiy Koreyaning „UZOmegaTex“, Germaniya va Shveysariyaning „Xobas tapo“, AQShning „Bezak“ qoʻshma korxonalari Toshkent iqtisodiyotini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshmoqsa. 2003 yil nodavlat sektorida sanoat mahsulotlarining hajmi 88,6 % ga yetdi.

Toshkent Oʻrta Osiyodagi eng yirik transport chorrahasi, aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharda temir yoʻl vokzali, 2 aeroport, avtovokzal, 5 avtostansiya ishlaydi. Toshkent shimoliy vokzali yerdan Toshkent — Orenburg — Moskva, Toshkent — Turkmanboshi, Toshkent — Namangan — Andijon va boshqa temir yoʻl oʻtgan. Toshkent — Yangiyoʻl, Toshkent — Xoʻjand, Toshkent — Samarkand, Toshkent — Guliston yoʻnalishida elektr poyezdlari qatnaydi. Toshkentdan MDH dan tashqari London, Frankfurt Mayn, TelAviv, Jidda, Dehli, Karachi, Istanbul, Bangkok, Pekin, NyuYork, Amsterdam, Sharja (BAA), KualaLumpur, Tehron shaharlariga muntazam havo yoʻllari, Halab, Tokio, Seul, Osiyo va Yevropaning koʻpgina shaharlariga charter yoʻlovchilar tashuvchi reyslar oʻtgan.

Shahardan bir necha muhim avtomobil yoʻli boshlanadi, ularning eng yirigi — Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Toshkent halqa avtomobil yoʻli mavjud. Shahar yoʻlovchilar ichki qatnovi metropoliten, trolleybus, avtobus, tramvay, taksi orqali amalga oshiriladi.

Toshkentda 16 muzey (Oʻzbekiston davlat sanʼat, Adabiyot, Oʻzbekiston kino sanʼati, Oʻzbekiston sogliqni saqlash, Antiqa va zargarlik buyumlari va boshqa muzeylar) boʻlib, ularda 800 mingga yaqin eksponat qoʻyilgan, 166 jamoat kutubxonasi (13,8 mln. nusxa asar), 9 madaniyat saroyi, 65 madaniyat uyi bor.

Toshkentda 13 teatr (Oʻzbek milliy teatri, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat akademik opera va balet katta teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali teatri, Abror Hidoyatov nomidagi yoshlar teatri, Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Oʻzbek davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, Toshkent davlat rus akademik drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, Rus davlat respublika yosh tomoshabinlar teatri, operetta teatri va boshqalar) mavjud.

Toshkent sirkida 1940 yildan boshlab mashhur oʻzbek dorbozlari- Toshkanboyevlar sulolasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Toshkentda 16 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Shulardan biri markaziy, 5 tasi bolalar bogʻi (shulardan biri shahar bogʻi), 10 tasi madaniyat va istirohat bogʻi. Ayniqsa, Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻ, Gʻafur Gʻulom, Furqat, Bobur nomidagi, „Bogʻi eram“, „Akvapark“ bogʻlari mashxur. Undan tashqari dendrapark, botanika bogʻi, hayvonot bogʻi, Gagarin bosh faoliyat koʻrsatadi. Amir Temur xiyoboni va boshqa bor. Toshkentdagi ziyoratgoh joylardan Shayx Zayniddin, Choʻponota, Kaffol Shoshiy, Xoʻja Alambardor maqbaralari mavjud.

Toshkentda 18,6 ming oʻrinli (10 ming kishiga 86,8 oʻrin) 99 kasalxona muassasasida 16,5 ming vrach, 25,2 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. Shaharda 115 poliklinika, 594 dorixona faoliyat koʻrsatadi. Respublika ahamiyatidagi shoshilinch tibbiy yordam, urologiya, koʻz mikroxirurgiyasi, kardiologiya, jarroxlik, onkologiya markazlari Toshkentda joylashgan.

Toshkentda 5 sanatoriy, 19 ta sanatoriy-profilaktoriy, dam olish uyi bor, shulardan, Chinobod sanatoriysi, Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi davolash klinikasi va bolalar statsionari va boshqa faoliyat koʻrsatadi. Toshkent yaqinida Toshkent mineral suvi balneologik kurorti joylashgan.

Toshkentda 19 nomda respublika gazetalari, 2 viloyat gaz. („Toshkent haqiqati“, „Tashkentskaya pravda“), 2 shahar gazeta („Toshkent oqshomi“, „Vecherniy Tashkent“), 44 koʻp tirajli gaz. nashr etiladi. Respublikada nashr etiladigan 67 nomdagi jurnalning 62 tasi Toshkentda chiqadi (qarang Matbuot). Toshkentda 4 ta informatsiya agentligi faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistondagi nashriyotlarning asosiy qismi Toshkent shahridadir (qarang Noshirlik). Oʻzbekiston radioeshittirishlarida Toshkent radiosi yetakchi oʻrinni egallaydi. Toshkent shahri va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirishi bosh tahririyatida tayyorlangan eshittirishlar beriladi (1971 yildan). Bosh tahririyatda axborot va ijtimoiy siyosiy boʻlimlar bor (qarang Radioeshittirish). Toshkent telestudiyasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun moʻljallangan koʻrsatuvlari bosh tahririyati maxsus koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi (qarang Televideniye).

Toshkentdagi tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddin bobo maqbarasi (13- 14-asrlar), Xoʻja Alambardor maqbarasi (taxminan 10-asr), Abulqosim shayx madrasasi (19-asr), Yunusxon maqbarasi (15-asr oxiri), Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (15-asr), Qaldirgʻochbiy maqbarasi (15-asrning 1yarmi) va boshqalar saqlangan.

Toshkent bir necha nufuzli shaharlar bilan hamdoʻstlik aʼloqalariga ega




#Article 4: Rossiya (5031 words)


.

.

Rossiya (), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika [Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000 yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi.

Rossiya – boshqarishning respublika shakliga ega boʻlgan demokratik federativ respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 yil 12 dekabrda qabul kilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000 yildan Vladimir Putin), u umumiy, teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Rossiya fuqarolari tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi.

Rossiya hududi meridian boʻylab 2,5–4 ming km ga, gʻarbdan sharqqa 9 ming km ga choʻzilgan. Mamlakatning eng gʻarbiy nuqtasi Polsha bilan boʻlgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering boʻgʻozidagi Ratmanov orolda, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan boʻlgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf orolda, Rossiya hududining 45% oʻrmon, 4% suv, 13% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar, 19% bugʻu yaylovlari, 19% boshqa yerlardir.

Rossiya maydonining qariyb 70% tekislik. Gʻarbda Sharqiy Yevropa (yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250–400 m li Valday, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va boshqa qirlar OkaDon, Kaspiyboʻyi va boshqa payettekisliklar bilan tutash. Undan sharkda Ural tog tizmasi, soʻng Gʻarbiy Sibir tekisligi boshlanadi. Yenisey va Lena daryolari oraligʻida Oʻrta Sibir yassitogʻligi, sharkda Markaziy Yakutiya payettekisligi bor. Mamlakat sharqi va janbuida togʻliklar koʻproq. Yevropa qismida Katta Kavkaz togʻining shim. yon bagʻrida tizma togʻlar (Rossiyadagi eng baland nuqta – Elbrus togʻi, 5642 m) joylashgan. Sibirdagi togʻ tizmalari – Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Gʻarbiy Sayan togʻlari, Tuva, Baykalboʻyi, Baykal ortidagi togʻlar va Stanovoy tizmasi Rossiyaning jan. chegarasi boʻylab oʻtadi. Sibirning shim.sharqi (Verxoyansk va Cher tizma togʻlari), Uzoq Sharq (Chukotka va Koryak togʻlari)da oʻrtacha balandlikdagi tizmalar koʻproquchraydi. Tinch okean soxili boʻylab choʻzilgan Kamchatka va Kuril orollaridagi togʻlarda harakatdagi vulkanlar otilib turadi.

Rossiya hududi Sharqiy Yevropa platformasining anchagina qismini, butun Sibir platformasini, Gʻarbiy Sibir plitasini, Jan. Sibir, Verxoyansk-Chukotka burmali obl., Koryak yassitogʻligi, Kamchatka, Kuril orollari, Primorye va Saxalin burmali obl.larini egallaydi. Qadimgi platformalar yuqori proterozoy davrigacha boʻlgan kristalli fundament (zamin)dan iborat boʻlib, dengiz tubidagi qad. choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan va keyinchalik burmalanib, metamorfizmga uchragan. Kareliya burmalanish davri tugagach, Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari zaminining yuzasi denudatsiya natijasida tekislanib, choʻkindi jinslar ostida qolgan. Proterozoy davri oʻrtalarigacha qad. platformalarni oʻrab turgan burmali obl.lar oʻrnida okean boʻlib, asta-sekin geosinklinal tizimlari tarkib topa boshlagan va turli yoshdagi burmalangan obl.lar – baykal, kaledon, gersin, kimmeriy burmalanishlari hosil boʻlgan. Kavkazda geosinklinal rivojlanish jarayoni Alp burmalanish davrida tugagan. Kuril va Komandor orollarida, Oxota, Bering dengizlari botiqlarida geosinklinal rivojlanish hali tugamagan.

Rossiya juda boy mineralxom ashyo zaxiralariga ega boʻlgan mamlakat. Dunyodagi 7 ta eng yirik koʻmir havzasidan 5 tasi Rossiyada joylashgan. Rossiyada dunyodagi temir rudasi, berilliy zaxirasining 30%, neftning 17–18%, gaz, olmos, niobiy, tantalning 70–75%, palladiyning 50%, nikelning 40% dan koʻprogʻi, uranning 10% mavjud. Jumladan, Uralda boksit, Shim. Kavkaz, Oʻrta va Jan. Ural, Sharqiy Sibirda mis, Krasnoyarsk oʻlkasi shimolida misnikel, Zabaykalye va Uzok, Sharkda ruxqoʻrgʻoshin, Ural, Oltoy, Zabaykalye va Kola yarim orolda qimmatbaho toshlar, marmar, granit, bazalt, Saxada olmos konlari, shuningdek, turli joylarda volfram, molibden, surma, simob, oltin, kumush, platina, kobalt, slyudamoskovit, asbest va sh.k. foydali qazilmalarning katta konlari bor.

Iqlimi deyarli hamma joyda kontinental (chekka shim.gʻarbda dengiz ikdimi), Sibir va Uzoq Sharq shim. da keskin kontinental, janubida musson iklim (qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi moʻʼtadil iliq). Qishda P. hududi ustida yuqori atmosfera bosimi (sharqaa Osiyo antitsikloni) hukmron boʻladi. Yanvarning oʻrtacha trasi Yevropa qismining gʻarbida va Kavkaz shimoida 0–5°, Saxa sharqida –40°, –50°, jumladan, Oymyakonda – 72,2° gacha. Yozda atmosfera bosimi pasayadi, shu sababli bu mavsum nisbatan iliq, janubida issiq, iyulning oʻrtacha trasi G dan (Sibir shim.) 24–25° gacha (Kaspiyboʻyi pasttekisligida) yetadi. Eng koʻp yogʻingarchilik Kavkaz togʻlarida (yiliga 3200 mm gacha), Uzoq Sharq janubida (1000 mm gacha) va Sharqiy Yevropa tekisligining oʻrmon zonasida (850 mm gacha). Kaspiybuyi pasttekisligining yarim choʻl joylarida juda oz – yiliga 170 mm ga yaqin yogʻin tushadi. Qor qoplami mamlakat janubida 60–80 kun davom etsa, Chekka shimoida 260–280 kunga boradi.

Rossiyada uzunligi 10 km dan oshadigan 120 mingga yaqin daryo bor. Daryolarning aksariyati Shim. Muz okeani havzasiga (Shim. Dvina, Pechora, Ob, Yenisey, Lena, Yana, Indigirka, Kolima va boshqalar), Tinch okean havzasiga (Amur, Anadir, Penjina va boshqalar), Atlantika havzasiga (Don, Kuban, Neva va boshqalar) mansub. Yevropaning eng uzun va sersuv Volga daryosi, shuningdek, Ural va Terek Kaspiy dengiziga quyiladi. Ularning kupi suv transporta va yogʻoch oqizishda, shahar va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlashda, ekinzorlarni sugʻorishda katta ahamiyatga ega. Rossiyada 2 mln.dan ortiq chuchuk va shur suvli kul bor. Eng yiriklari: Baykal (dunyodagi chuchuk suv zaxirasining ‘/5 qismi), Kaspiy dengizkoʻli, Ladoga, Onega, Taymir. Rossiyada 1200 ga yaqin suv ombori bor. Yirik suv omborlari: Bratsk, Krasnoyarsk, Zeya, UstIlim, Boguchan, Baykal (Irkutsk), Volgograd, Ribinsk va boshqa

Tuproq va oʻsimliklari tekisliklarda tabiat zonalariga karab oʻzgaradi. Shim. Muz okeani orollari va Taymir yarim orol sohilida ibtidoiy arktika tuprogʻi tarqalgan boʻlib, asosan siyrak lishaynik, mox va kup yillik gulli usimliklar uchraydi. Tundra zonasida nordon tundra (gleylangan) tuprogʻi tarqalgan. Oʻsimlik turi koʻp: mox va lishayniklardan tashqari past boʻyli butalar (pakana qayin va tol), har xil oʻt, mevali usimliklar (brusnika, golubika) uchraydi.

Oʻrmon zonasining shim. qismi (tayga zonachasi)dagi podzol tuproqlarda ignabargli daraxtlar – qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr va qaragʻay oʻrmonlari, Yeniseydan sharqdagi taygatoʻng tuproklarda igna bargli tayga daraxtlari – sibir va dauriya tilogʻochlari, Uzoq Sharqda esa, qoraqaragʻay va oqqaragʻay oʻsadi. Tayga zonachasida (ayniqsa, Gʻarbiy Sibirda) botqoqlik koʻp. Taygadan jan.rokda, Sharqiy Yevropa tekisligida aralash oʻrmonlar bor. Chimli podzol tuproqlarda oqqayin va togʻterak, eman, zarang, qayragʻoch, Sharqiy Yevropa tekisligi urmon zonasining chekka janubida eman, juka va boshqa keng bargli daraxtlar oʻsadi. Sharqiy Yevropa va Gʻarbiy Sibirda qora va toʻq kashtan tuproq, Kaspiybuyi pasttekisligida och kashtan va qoʻngʻir, shoʻrxok tuproqlar uchraydi.

Arktika muz sahrosi va tundrada shim. tulkisi, lemming, shim. bugʻusi, qutb boyqushi, tundra kakligi; oʻrmon zonasida los, qoʻngʻir ayiq, silovsin, suvsar, tulki, tiyin, burunduq, malla quyon, Uzoq Sharq janubida ussuri yoʻlbarsi, qora ayiq, harza, yenotsimon it, toʻngʻiz, qushlardan karqur, qur,^ qizilishton, bulduruq va boshqa yashaydi. Oʻrmonli dasht zonasida kemiruvchilar, turli qushlar, ondatra, tulki, suvsar, moʻynabop hayvonlarning, los, shim. bugʻusining xillari koʻp. Dengizlarda baliq (treska, seld, kambala, skumbriya, sudak, losos, osetr va boshqalar), dengiz sut emizuvchilari (kit, morj, tyulen, dengiz mushugi) ovlanadi.

Oʻziga xos noyob tabiat hamda hayvonot dunyosini saklab qolish va urganish maqsadida turli zonalarda 100 ta davlat tabiiy qoʻriqhonasi (maydoni 33,3 mln. gektar) va 5 ta milliy bogʻ (maydoni 6,7 mln. gektar) tashkil etilgan. Eng yiriklari: Oltoy, Astraxon, Barguzin, Kavkaz, PechoraIlich, Teberda va boshqa

Rossiyada 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. Rossiyaning asosiy aholisi – ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shim. Kavkaz, Ural va Sibir janubida ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk oʻlkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy oʻlkalarida olmonlar, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk shaharlarida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar oʻlkasida yunonlar, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, uzbeklar (1994 yilda 58 ming), gurjlar, qozoqlar va boshqa yashaydi. Rossiyaning Yevropa qismi shimoida karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komipermyaklar, Oʻrta Volga boʻyida mari, udmurt va mordvalar, Volgaboʻyining boshqa joylari va Jan. Uralda turkiy tillarda soʻzlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek, kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qoʻmiq, noʻgʻaylar Shim. Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va Uzoq Sharqda turkiy gillarga mansub saxalar, oltoy, shor, haqas va tuvalar, mongol tilida soʻzlashuvchi buryatlar, shuningdek, xanti va mansilar, nenets, chukcha va eskimoslar istiqomat qiladi.

Davlat tili – rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari – musulmonlar, yahudolar, buddaviylar va boshqa Yirik shaharlari: Moskva, SanktPeterburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va boshqa

Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100–35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3–2ming yilliklarda Shim. Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-asrda Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4–8-asrlarda Shim. Kavkazda alanlar birlashgan. 552–745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-asr – 10-asr boshlarida Uzok. Sharkda Boxay davlati hukm surdi.

Birinchi rus qiroli Ivan IV Vasilyevich Grozniy (1533–84; 1547 yildan qirol) davlatni markazlashtirishga kirishdi. Kozon va Astraxon xonliklari qoʻshib olindi, shu tarika Ural orti va Gʻarbiy Sibirni zabt etish uchun yoʻl ochildi. 17-asrda Sibirning qolgan hududlari ham birinketin qoʻshib olindi. 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida rus xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi, Rossiya degan nom tarqala boshladi.

Gʻarbda Boltiqdengiziga chiqish uchun boʻlgan Livon urushiiing choʻzilib ketishi (1558–83) natijasida mamlakat 16-asr oxiri – 17-asr boshlarida ogʻir iqtisodiy va siyosiy ahvolga tushib qoldi. Xalq ommasining ahvoli yomonlashdi. Jamiyatning turli tabaqalarida norozilik kuchaydi. Natijada qoʻzgʻolonlar boʻlib oʻtdi (eng kattasi Bolotnikov koʻzgʻoloni). Boyarlar va dvoryanlar oʻrtasida ham kurash keskinlashdi. 700 yildan ortiq xukmronlik qilgan Ryurikovichlar sulolasi tugadi. Mamlakatning ogʻir ichki ahvolidan foydalangan polyaklar va shvedlar 1604 yilda Rossiyaga bostirib kirdilar. Polsha qoʻshinlari Moskvani egalladi. Faqat 1612 yil K. Z. Minin va Dmitriy Mixailovich Pojarskiy rahbarligidagi xalq lashkarlari Moskvani ozod qildi, biroq mamlakatning gʻarbiy va shim.gʻarbiy hududi bir qismi Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻl ostida qoldi. 1613 yildan Rossiyada Romanovlar sulolasi xukmronlik kila boshladi.

Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda Rossiya gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70–90-yillarda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belorussiya batamom Rossiyaga qoʻshib olindi.

Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-asr oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813–14 va 1815 yillardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida Rossiya jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816–23 yillarda Rossiyadagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shim. va Jan. jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825 yil dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853– 56 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861 yil dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-asr oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860–70 yillardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda Rossiya bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. Yagona Rossiya partiyasi, 2003 yil asos solingan; Liberaldemokratik partiya, 1992 yil roʻyxatga olingan; Yabloko demokratik partiyasi, 2001 yil tashkil etilgan; Oʻng kuchlar ittifoqi partiyasi, 2001 yil tuzilgan; Rossiya Federatsiyasi Kommunistok partiyasi, 1993 yil roʻyxatga olingan; shuningdek, Rossiya demokratok partiyasi, Yevraziya, Internatsional Rossiya, Rossiya konservativ partiyasi, Rossiya Federatsiyasi Xalq partiyasi, Rossiya xalqvatanparvarlik partiyasi, Rossiya xalqrespublikachilar partiyasi, Liberal Rossiya partiyasi, Tadbirkorlikni rivojlantirish partiyasi, Rossiya Mehnat partiyasi, Pensionerlar partiyasi, Rossiya sotsialdemokratik partiyasi va boshqa partiyalar; Urush faxriylari – tinchlik uchun, Askar onalari, Qadrqiymat va mehrmuruvvat va boshqa harakatlar faoliyat koʻrsatadi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻpgina tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Rossiya – industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rayon (Shim., Shim.Gʻarbiy, Markaziy, Volga-Vyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaboʻyi, Shim. Kavkaz, Ural, Gʻarbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga boʻlingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, qishloq xoʻjaligi ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika taʼminoti, tayyorlov va boshqa tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir katorda xususiy, aralash korxonalar ham bor.

Rossiya kumir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral oʻgʻit, gazlama, poʻlat, prokat, sement ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilgʻienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning koʻp qismi VolgaboʻyiUral regionida, Gʻarbiy Sibir, Rossiya Yevropa qismi shim., Saxalin va boshqa joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi LUKoyl, Slavneft, Rosneft, Bashneftexim kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. Rossiyada qazib olingan neftning 99,5% Transneft birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari boʻyicha Rossiya dunyoda 1oʻrinda (32% dan koʻproq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni taʼminlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg, Zapolyarye, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni Gazprom birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. – 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat ishlab chiqarishga ishlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik koʻmir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan. Kuzbass va Pechora, KanskAchinsk, Jan. Yakutiya havzalari Rossiyaning eng yirik kumir konlaridir. Rossiyada 72 aksiyadorlik jamiyati va 6 davlat unitar korxonasi koʻmir qazib olish bilan shugʻullanadi. Ular tarkibida 114 shaxta va 125 ochiq kon bor. 68 boyitish va 1 briket fabrikasi ishlaydi. Neft va gaz bilan bir qatorda kumir Rossiyada elektr va issiklik energiyasi ishlab chiqarishning asosiy manbalaridan biri; metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoklari uchun tengsiz xom ashyodir. 2001 yil Rossiyada 888 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilindi. Barcha elektr stansiyalar Rossiya tutash elektr energetika tizimiga birlashgan. Unga qarashli magistral elektr liniyalari va elektr podstyalarini Rossiya energetika va elektrlashtirish ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati (EES Rossiya) boshkaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida plastmassa, kimyoviy tola, mineral oʻgʻit, sulfat kislota, sintetik smola va kauchuk, avtopokrishka, lokbuyoq, agrosanoat majmuasi va tibbiyot sanoati uchun turli moddalar ishlab chiqariladi. Uning yirik korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylar – Perm viloyati, Kola yarim orol, Tatariston, Boshqirdiston, Gʻarbiy Sibir, Uralda qurilgan. Keyingi vaqtlarda xom ashyo manbalaridan uzoqroq bulsa ham, isteʼmolchilarga yaqin joylarda kimyo korxonalari kurila boshladi. Bu korxonalar Akron (Novgorod viloyati), Yaroslavl shina zdi, Stavropolpolimer, Voskresensk mineral ugʻit (Moskva viloyati), Era va Fosforit (Leningrad viloyati), Kuybishevazot va Volgapromxim (Samara viloyati) aksiyadorlik jamiyatlari hamda Angara neft kimyosi kompaniyasi va boshqalarlar tarkibiga kiradi. Metallurgiya mamlakat sanoatining eng rivojlangan tarmoklaridan biridir. Uning tuliq siklli korxonalari Ural (Magnitogorsk, Chelyabinsk, Nijniy Tagil), Markaziy iqtisodiy rnlarida (Lipetsk, Tula) va Gʻarbiy Sibirda (Novokuznetsk) joylashgan bulib, chuyan, pulat, tayyor prokat ishlab chiqaradi. Kalay, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, alyuminiy, volfram, nikel, molibden rangli metallurgiyaning eng muhim mahsulotlaridir. Uning asosiy markazlari: Norilsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Sayanogorsk va boshqa Mashinasozlik va metall ishlash sanoati korxonalari Rossiyaning hamma iqtisodiy rnlarida mavjud. 20-asr oxiri – 21-asr boshlarida energetika, transport, kimyo, neft mashinasozligi, aviatsiya va raketakosmos sanoati, radioelektronika, elektrotexnika sanoati mashinasozligi, priborsozl i k, elektron sanoati va kemasozlik ayniqsa tez rivojlandi. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati yangi turdagi serunum asbobuskunalar ishlab chiqarishni koʻpaytirdi. Rossiyaning 72 subʼyektida mudofaa sanoati tarmoklarining 1700 korxona va tashkiloti bor. Dunyodagi yogʻoch zaxiralarining 22% Rossiyaga toʻgʻri keladi. Rossiya oʻrmon sanoati yogʻoch tayyorlash, yogʻochsozlik, sellyulozaqogoz, gidroliz va yogʻoch kimyosi tarmoklarini uz ichiga oladi. Arxangelsk, Siktivkar, Yenisey, Bratsk, Amur urmon sanoati majmualari barpo etilgan. Qurilish materiallari sanoati markazlari: Ural, Volgabuyi, Shim. Kavkaz va Markaziy iqtisodiy rnlaridir.

Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Uning yirik markazlari boʻlgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver shaharlarida ip, zigʻir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Goʻsht, sariyogʻpishloq, konserva, qand, yogʻ zdlari qurilgan. Shim. va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.

Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 197,6 mln. gektar; shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Ural va Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rnlariga toʻgʻri keladi. Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zigʻir va boshqa Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Ural va Markaziy rnlarda bugʻdoy, Shim., Shim.Gʻarbiy va Markaziy rnlarda zigʻir, Shim. Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rnlarda kungaboqar, Markaziy va Shim. Kavkazda kand lavlagi yetishtiriladi. Turli rnlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer sugʻoriladi (asosan, Shim. Kavkaz va Volgabuyida).

Rossiyaning iqtisodiy va tabiiy sharoiti chorvachilikning barcha tarmoklarini rivojlantirish uchun qulay. Volgabuyi, Gʻarbiy Sibir, Shim. Kavkaz, Ural, Markaziy iqtisodiy rnlarda qoramol koʻproq boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi va choʻchqachilik, Chekka shimoida bugʻuchilik va hayvonotchilik rivojlangan. Koʻpgina joylarda parrandachilik, asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. 20-asrning 90-yillaridan qishloq xoʻjaligida ham islohatlar oʻtkazila boshladi, yerga egalik qilishning yangi shakllarini joriy etishga kirishildi.

Rossiyada zamonaviy transportning hamma turlari rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi – 139 ming km (86 ming km magistral temir yoʻl), qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. – 754 ming km, kema qatnaydigan ichki suv yoʻllari uz. – 84,6 ming km (Belomor–Boltik, kanali, Moskva nomli kanal, Volga–Don kanali, Volga– Boltiqsuv yoʻli va boshqalar), magistral neft va gaz quvurlari uz. – 213 ming km. Transport yoʻlilarning eng serqatnov va kup yuk tashiladigan magistrallari elektrlashtirilgan. Mamlakat yuk aylanmasining 70% temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Ichki yuklarning bir qismi avtomobil va dare transportida, tashqi savdo yuklarining aksariyati dengiz transportida tashiladi. Dengiz savdo flotining hajmi – 8,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: Sankt-Peterburg, Vanino, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Arxangelsk, Vladivostok. Yirik avtomobil yoʻllari kesishgan shaharlar: Moskva, SanktPeterburg, Novosibirsk, Xabarovsk, Adler, Mineralniye Vodi. Havo transportining ahamiyati katta. Barcha iqtisodiy rnlar, yirik shaharlar oʻrtasida, yaqin va olis xorij mamlakatlari bilan aviatsiya qatnovi yulga qoʻyilgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Irkusk, Vladivostokda yirik xalqaro aeroportlar bor. Moskva, SanktPeterburg, Novosibrsk, Nijniy Novgorod, Samara, Yekaterinburg shaharlarida metropoliten kurilgan.

Rossiya – dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va boshqa eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi – rubl.

Aholining sogʻligʻini saqlash tizimi 20-asrning oxirlarida isloh qilina boshladi. Davlat poliklinikalari va kasalxonalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham ochildi, muqobil tibbiy xizmat shakllari rivojlana boshladi. 90-yillarning oʻrtalarida Rossiyada 12 mingga yaqin kasalxona muassasasi boʻlib, ularda 4 mln.ga yaqin xodim, shu jumladan barcha ixtisosdagi 650 ming vrach ishladi. Har 10 ming aholiga kasalxonalarda 135 oʻrin toʻgʻri keldi. Tibbiyot sohasidagi ilmiy faoliyatni Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi muvofiqlashtirib turadi. Rossiyada 7 mingga yaqin sanatoriy va boshqa dam olish muassasalari bor. Vrachlar har bir iqtisodiy rndagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi.

Rossiyada taʼlimning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000 yilda kabul etilgan Rossiya Federatsiyasi Milliy taʼlim doktrinasi va 2010 yilgacha boʻlgan davrda taʼlimni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy taʼlim maktabi yosh avlodga taʼlim va tarbiya berishning asosiy boʻgʻini boʻlib qoladi. 2000 yil mamlakatda 68804 maktab boʻlib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming oʻqituvchi 20879 ming oʻquvchiga taʼlim beradi. Rossiyada hunartexnika taʼlimi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000 yilda 2589 davlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2312 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Oliy oʻquv yurtlari tarkibiga unt, oʻquv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 oʻquv yili Rossiyadagi 965 oliy oʻquv yurtida 4742 ming talaba oʻqidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy oʻquv yurtida 471 ming talaba taʼlim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlar ishlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashkari, Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, qishloq xoʻjalik Fanlar Akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.

Rossiyada 130 mingdan koʻproq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I.Rudomino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va boshqa 2000 yil mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli, Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, Spassk Lutovinovo, Tarxanlar va boshqa

Rossiyada 5758 nomda gazeta nashr etiladi; shundan 333 tasi umumrossiya gazetalari boʻlsa, qolganlari milliy respublikalar, muxtor viloyatlar, oʻlka va viloyatlar, okrug, shaqar, tumanlar miqyosida chiqadigan va tarmoq gazetalari va boshqa Eng yiriklari: Izvestiya (Axborot, 1917 yildan), Pravda (Haqiqat, 1912 yildan), Trud (Mehnat, 1921 yildan), Komsomolskaya pravda (Komsomol haqiqati, 1925 yildan), Nezavisimaya gazeta (Mustaqil gazeta, 1990 yildan), Obshaya gazeta (Umumiy gazeta, 1997 yildan), Novie izvestiya (Yangi xabarlar, 1997 yildan), Selskaya jizn (Qishloq hayoti, 1918 yildan), Ekonomicheskaya gazeta (Iqtisodiy gazeta, 1918 yildan), Uchitelskaya gazeta (Oʻqituvchilar gazetasi, 1924 yildan), Literaturnaya gazeta (Adabiyot gazetasi, 1925 yildan). 2781 nomda jur. chiqariladi; eng yirik adabiy jurnallar: Noviy mir (Yangi dunyo, 1925 yildan), Znamya (Bayroq, 1931 yildan), Oktyabr (1924 yildan), Inostrannaya literatura (Xorijiy adabiyot, 1955 yildan), Novoye vremya (Yangi davr, 1943 yildan; 1899–1943 yillarda Ogonyok), Rabotnitsa (Ishchi ayol, 1923 yildan), Krestyanka (Dehqon ayol, 1922 yildan) va boshqa

Rossiya davlat teleradio sektori PO kanal va 120 ga yaqin radiostyadan iborat (2001). Tijorat telekanallari va radiostyalari ham bor. RATATASS axborot agentligi, Rossiya Novosti axborot agentligi, Interfaks axborot agentligi faoliyat yuritadi.

Xalq qoʻshiqlari asosidagi ogʻzaki ijod 11 – 17-asrlarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Dastavval dehqonlar mehnatini va ularning krepostnoylikka qarshi kayfiyatini aks ettiruvchi asarlar, 18-asrdan ishchilar hayotini ifodalovchi qoʻshiqlar yaratildi. Dostonlarda vatan dushmanlariga karshi kurashgan Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Vasiliy Buslayev kabilarning qahramonligi madh etildi.

Qadimgi rus adabiyotining (10-asr oxiri – 17-asrlar) dastlabki yozma yodgorliklari Kiyev Rusida yaratildi. Rus xalqining birligi masalalari bu davr adabiyotining asosiy mavzui edi. Igor polki urushnomasi 12-asr oxiridagi salmokli adabiy yodgorlikdir. 14–15-asrlarda koʻpgina afsonaviytarixiy qissalar yaratildi (Novgorodlik va suzdalliklar urushi haqida afsona, Novgorodlik Ionn xaqidagi afsonalar turkumi, Smolensklik Merkuriy qissasi, Temur haqida qissa va boshqalar). 15–16-asrlar adabiyotida siyosiy afsona va publitsistika rivojlandi. 17-asrda adabiyot turmush bilan yaqinlashdi, nasriy asarlarda insonning ahvolruhiyatini taxlil qilishga asosiy eʼtibor berila boshladi. Rus adabiyoti siyosiy turmush va ijtimoiy kurashning ayrim sohalarini aks ettirish orkali dunyoviy mavzularni yoritishga oʻtdi. 18-asrda qissa, sevgi lirikasi, ijtimoiy-siyosiy sheʼriyat va hajvchilik rivoj topdi (V. Trediakovskiy, M.Lomonosov, A. Sumarokov ijodi). D.Fonvizin, I.Krilov haqqoniy pyesalari, Ya.Knyajnin, G. Derjavin sheʼrlari, N. Karamzin va A. Radishchev nasri shuhrat qozondi. 19-asr boshlarida V.Jukovskiy romantizm ruhida ijod kila boshladi. Romantizmning isyonkorlik yoʻnalishi yosh A.S.Pushkin hamda dekabristshoirlar K.Rileyev, V.Kyuxelbeker, A.BestujevMarlinskiy, A. Odoyevskiy va boshqa ijodida namoyon boʻddi. A. Pushkin yangi rus adabiyotiga asos soldi. M. Lermontov uning anʼanalarini davom ettirdi. N. Gogol asarlari rus adabiyotida tanqidiy realizm uzilkesil qaror topganligini tasdikladi. 19-asrning 40-yillarida V.Belinskiy ilmiyadabiy tanqidchilik asoslarini yaratdi. A.Gersen, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubov, D. Pisarev publitsistikasi jamiyat illatlarini fosh etdi. 19-asrning 2-yarmida tanqidiy realizm barqurdi (F.M.Dostoyevskiy, A.F.Pisemskiy, I.S. Turgenev, I.A.Goncharov, A.P.Chexov va boshqa ijodi). L. Tolstoy Urush va tinchlik romanida keng qamrovli tarixiy voqealar va insoniy taqdirlar xilmaxilligining badiiy tasviri namunasini yaratdi. A.P.Chexov ijodi ijtimoiy oʻzgarishlarni aks ettirdi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida A.M.Gorkiy, I.A.Bunin, V.V.Veresayev adabiyotga kirib keldi. Soʻng simvolistlar, akmeistlar, futuristlar paydo boʻldi. V.Ya.Bryusov, A.A.Blok, N.V.Gumilyov, A.A. Axmatova, O.E.Mandelshtam, S.A.Yesenin, B.L.Pasternak va boshqa ijodi adabiyotni gʻoyat jonlantirib yubordi. V.V.Mayakovskiy notiklik sheʼriyatini yuqori pogʻonaga koʻtardi. 20-asrning 1-yarmida M.M.Zoshchenko xikoyalari, A.P.Platonov, K.A.Fedin, V.A.Kaverin, M.A.Sholoxov, M.A.Bulgakov, A. Tolstoy romanlari nasr janrini rivojlantirdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda koʻpchilik adiblar (I.G.Erenburg, A.T.Tvardovskiy, Ye.A.Yevtushenko) insoniyat boshiga tushgan kulfatlarni tasvirlovchi va tinchlik hamda insonparvarlikka chaqiruvchi asarlar yaratishdi. M.A. Sholoxov, M.Kalinin, G.Baklanov, Yu.Bondarev, B. Vasilyev asarlarida urush manzaralari keng koʻlamda aks ettirildi. 50-yillarning oʻrtalarida shaxsga sigʻinish qoralanishi tufayli boshlangan iliqlik davrida V.D.Odinsevning Nonning oʻzi rizqroʻz emas romani, V.V. Ovechkinning Rayonning oddiy kunlari qissasi, A.Ya.Yashinning Pishanglar hikoyasi, P.F. Nilinning Shafqatsizlik va Sinov muddati qissalari, S.Antonov va V.F.Tendryakovning nasriy asarlarida mafkuraviy aqidalar rad qilindi, toʻrachilik tanqid ostiga olindi, qishloqdagi qoloqliklar fosh etildi. Ammo siyosiy iliqlik haqiqiy ijodiy erkinlikka olib kelmadi. 60-yillar oʻrtalarida adabiyot ustidan siyosiy nazorat kuchaydi. Koʻpgina qalam sohiblari (A.Soljenitsin, V.Voynovich, B.Pasternak, S.Sokolov va boshqalar)ning siyosiy qatagʻonlar davri dahshatlarini insonlar taqdiri misolida tasvirlagan va jamiyat illatlarini hajv qilgan asarlari Rossiyada nashr etilishiga ijozat berilmadi. Ularning airimlari chet ellarda bosilgan boʻlsa, qayta qurish davrida Rossiyada ham dunyo yuzini koʻrdi. Qayta qurish davrida fosh qiluvchi asarlar koʻplab dunyoga keldi, ayniqsa, publitsistika rivoj topdi. Rasmiy sotsialistik mafkura qobigʻiga sigʻmaydigan asarlar (Bulgakovning It yurak qissasi, Pasternakning Doktor Jivago romani, Soljenitsin, V. V. Nabokov va boshqa adiblarning asarlary) ham nashr etildi. 

Qadimgi rus sanʼati sharqiy slavyan kabilalari badiiy madaniyati yutuqlari asosida, qoʻshni davlatlar, ayniqsa, Vizantiya madaniyati taʼsirida shakllangan. Kiyevdagi ayoSofiya ibodatxonasi (1030–40) saqlangan. 13 gumbazli bu ibodatxona andozasida Novgorodda ham Sofiya sobori (1045–50) undan soddaroq qilib qurildi. 1036 yilga oid qoʻlyozmada Chernigovdagi Spas Preobrajeniye sobori tilga olingan. 12–13-asrlarda rus madaniyati ravnak, topdi, yirik bino (ibodatxona, monastir, saroy)lar qurildi, ular freska, mozaika bilan bezatildi, ikona sanʼati, kitob miniatyurasi yuqori darajaga koʻtarildi. 19-asrda Moskva Kremli dastlab emandan (1339), keyin oqtoshdan (1367) qurildi. 15-asr 2-yarmida markazlashgan rus davlatining tashkil topishi tufayli Moskva yirik madaniy markazga aylandi. 16-asrda bu yerda tosh ibodatxonalarning oʻziga xos shakli – chodirsimon tomli minoralar (Kolomenskoye qishlogʻidagi Vozneseniye cherkovi, Moskvadagi Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi va boshqalar) barpo etildi. Nijniy Novgorod, Tula, Kolomna, Zaraysk, Smolensk, Serpuxovda kremllar kurildi. Turar joylarning aksariyati yogochdan ishlandi. 14-asr oxiri – 15-asr boshlarida rus rassomligi yangi pogʻonaga koʻtarildi, Moskvada Feofan Grek, Andrey Rublyov kabi atokli rassomlar ijod qildi. 15-asr oxiri va 16-asr boshida Dionisiy ibodatxona devoriga ishlagan avliyolar rasmlari bilan shuxrat qozondi. 17-asr tasviriy sanʼati dunyoviy mazmun bilan boyidi. Shim. Kavkazda toshdan xristian ibodatxonalari, keyinroq masjidlar koʻplab kurildi, metallni badiiy ishlash sanʼati yuksak darajaga kutarildi.

Rassomlikning barcha janrlari rivojlandi. Maishiy janrda A.A. Milnikov, Fyodor Reshetnikov, Arkadiy Plastov, portret janrida Martiros Saryan, Viktor Oreshnikov, karikaturada Boris Prorokov, Kukrinkslar, Vitaliy Goryayev, estampda Georgiy Vereyskiy, Yu.I.Pimenev, haykaltaroshlikda Nikolay Tomskiy, L.Ye.Kerbel, Ye.V.Vuchetich, M.K.Anikushin, teatr va kino rassomligida V. Rindin, N.Zolotaryov, E.Stenberg, rangtasvirda N. Andronov, V.Popkov, T. Salaxov jozibador asarlar yaratdilar. Keyingi yillarda ijtimoiy xayotga qiziqish kuchaydi. Xalq hunarmandchiligining yogʻochsozlik, kulolchilik, kandakorlik, sirkorlik, suyak oʻymakorligi, toshtaroshlik, kashtachilik, gilamdoʻzlik kabi turlari rivojlandi.

Qadimgi rus musiqasi oʻz mazmuni, janri, shakl va ifoda vositalariga koʻra xilmaxil boʻlib, mehnat, marosim, qahramonlik, hazil va sevgi qoʻshiklaridan iborat. Xalq xorida geterofoniyata asoslangan koʻp ovozli musiqa shakli rivojlandi. Asosiy musiqa asboblari – gusli, domra, keyinchalik balalayka, gitara, garmon, bayan va boshqa Skomoroxlar sanʼati xalq ijodiga yaqin boʻlgan. 10-asr oxirida xristianlik qabul qilingach, cherkov xonandaligi rivojlandi, musiqa yozuvi oʻzlashtirildi. 17–18-asrlarda cherkov xonandaligida koʻp ovozlilik paydo boʻlishi bilan birga koʻp ovozli dunyoviy qoʻshiklar ham tarqaldi, jamiyat hayotida musiqaning roli oshdi, zamonaviy professional musiqa janrlari yaratildi. Peterburg va Moskvada opera teatrlari paydo boʻldi. Ye. Fomin, V. Pashkevich, I. Xandoshkin, D. Bortnyanskiy kabi kompozitorlar yetishib chiqdi.

Turli davrlarda Leonid Vitalyevich Sobinov, Antonina Nejdanova kabi opera solistlari, Lev Nikolayevich Oborin, Grigory Romanovich Ginzburg, Mstislav Rostropovich, Garri Grodberg, Daniil Shafran, Yuriy Abramovich Bashmet, Leonid Kogan singari sozandalar, Dmitriy Shostakovich, Aram Xachaturyan, Tixon Xrennikov kabi kompozitorlar, Zara Doluxanova, Irina Konstantinovna Arxipova, Tamara Andreyevna Milashkina, Iosif Davidovich Kobzon, Alla Borisovna Pugachyova singari xonandalar, Vladimir Spivakov rahbarligidagi Moskva virtuozlari kamer orkestri, Yevgeniy Svetlanov rahbarligidagi Rossiya simfonik orkestri, Katta teatr xonanda va raqqosalari va boshqa Oʻzbekistonda gastrolda bulishgan.

Teatr sanʼati unsurlari mehnat jarayoni va diniy marosimlar, xalq oʻyinlari, bayramlar bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Teatr madaniyatining dastlabki namoyandalari skomoroxlardir (ular birinchi bor 1048 yil yilnomalarda tilga olingan). 1648 yil ularning tomoshalarini cherkov taqiqlab qoʻydi (spektakllarda cherkov va hokimiyatni hajv qiluvchi koʻrinishlar boʻlgan). Skomoroxlarning anʼanalarini qoʻgʻirchoq teatri davom etgirdi.

Rossiyada Mosfilm, Lenfilm, Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiya, Soyuzmultfilm studiyasi, turli viloyatlarda badiiy va hujjatli filmlar studiyalari bor. Rejissyor, operator va boshqa kadrlar Moskvadagi Davlat kinematografiya intida, ssenariychi va rejissyorlar 2 yillik oliy kurslarda tayyorlanadi. Bundan tashqari, Sankt-Peterburg, Rostov Don, Qozon, Voronej, Zagorskda kinotexnikumlar bor.

Oʻzbekiston – Rossiya aloqalari uzok, tarixga ega. Oltin Oʻrda davlati sohibqiron Amir Temur zarblari ostida barham topganidan keyin Rus davlati bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatishga harakat boshlandi. Mac, 1464 yil Rus hukumati oʻz elchilarini bu yerga yubordi. 1490 yil temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchilari Moskvaga bordi. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Ashtarxon (Astraxon) va Kozon xonliklarini bosib olganidan keyin ikkala tomon birbiriga chegaradosh va qoʻshni boʻlib qoldi. Rus davlati ham Buxoro va Xiva xonliklari bilan aloqalardan manfaatdor edi.

Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat Fanlar Akademiyasilari va ularning intlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 yil fevralda Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi (Roszarubejsentr)ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi kjlatilgan. Roszarubejsentr bilan Oʻzbekiston BA oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan, 2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi. 1997 yildan boshlab Oʻzbekiston BA Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekistondagi Rus madaniyat markazi va Uzbekistan–Rossiya doʻstlik jamiyatining faoliyati madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.

Rossiyaning davlat tuzulishni 1993 yil qabul qilingan Konstitutsiyaga asosan belgilanadi.

Davlat boshligʻi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti – hamda oliy harbiy qomondon hisoblanadi – 4 yilga saylov asosida saylanadi.

Rossiyaning qonun chiqaruvchi organi 2 palatadan iborat boʻlib Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasidan iborat. Prezident davlat dumasini ishdan chetlash huquqiga ega.

Davlat dumasini yarimi bir mandatli okruglar tizimi boʻyicha saylanadi, ikkinchi yarimi esa, partiya roʻyxatlari boʻyicha (2006 yil 7 dekabrdan boshlab partiya roʻyxatlari boʻyicha)

Rossiya viloyatlari:

Rossiya oʻlkalari:

Rossiya shaharlari:




#Article 5: Qoraqalpogʻiston (3813 words)


Qoraqalpogʻiston, Qoraqalpogʻiston hududi — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika maqomidagi O'zbekiston Respublikasi subyekti. 1924-yil 14-oktabrda bosqinchi bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 1869,7 ming kishi (2019). Boshkenti – Nukus shahri tarkibida 16 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.

Qoraqalpogʻiston – parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasi tarkibidagi hudud. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega.

Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng, yirigi – Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29–101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik – chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.

Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda –4,9°, shimolida – 7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194–214 kun. Eng yirik daryosi–Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.

Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli – Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl – Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpogʻistonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan.

Amudaryo deltasida allyuvial-oʻtloq, allyuvial oʻtloq-toʻqay, qurib qolgan koʻl va botqoqliklarda tipik shoʻrxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, Toʻqmoqtogʻ va Ustyurt platosida kulrangqoʻngʻir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli choʻl tuproqlari tarqalgan.

Qoraqalpogʻistonda yuksak oʻsimliklarning 979 turi uchraydi. Ularning 41 tasi madaniy turga mansub. Yovvoyi oʻsimliklarning 176 tasi endemik, 11 tasi qoldiq (relikt) va 33 turi madaniy oʻsimliklarning yovvoyi ajdodlari. 7 turdagi oʻsimlik Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qoraqalpogʻiston hududi tropik boʻlmagan choʻl zonasida joylashganligi sababli oʻsimlik qoplami zonalar boʻyicha ajralib turadi: Ustyurt platosi, Amudaryo deltasi, Qizilqum shimoli-gʻarbiy va qoldiq past togʻlar tabiiy geografik zonasi. Ustyurt land-shafti gipsli, shoʻrxok va qumli choʻl boʻlib, oʻsimliklari gipsofit, galofit va ozroq psammofitlardan iborat. Bu hududda 400 dan ziyod yuksak oʻsimlik turi mavjud.

Amudaryo deltasida 655 turdagi gulli oʻsimlik oʻsadi. Deltaning suv havzalarida, aksincha, oʻsimlik turi kam, asosan, qalin toʻqay oʻsimliklari va qamishdan iborat. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismida katta maydonlarda siyrak oʻt-butali choʻlga xos oʻsimliklar (kserofil boshoqlilar, qorabosh, efemerlar, yulgʻun, oq sak-sovul) oʻsadi.

Qoldiq togʻlarda oʻsimlik turi nisbatan koʻp. Bu yerda 506 turga mansub yuksak oʻsimlik uchraydi.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻiston tabiiy oʻsimliklaridan yem-xashak, oʻrmon (toʻqay) xom ashyosi va dorivorlar sifatida, 50% yer maydonidan (9387,7 ming ga) yay-lov sifatida foydalaniladi. Qoraqalpogʻiston oʻrmon-toʻqay fondi 1129 ming ga maydonni egallaydi. Toʻqaylar asalarichilikda ham ahamiyatga ega. Respublikada dorivor oʻsimliklarning 364 turi mavjud.

Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: umurtqali hayvonlarning 500 ga yaqin, shu jumladan, sut emizuvchilarning 68, qushlarning 300 dan ziyod, sudraluvchilarning 33, suv va quruqlikda yashovchilarning 2, baliqlarning 50 ga yaqin turi maʼlum. Umurtqasiz hayvonlarning 3500 dan ortiq turi aniqlangan. Soʻnggi 10 yil ichida Qoraqalpogʻiston hayvonot dunyosi ancha oʻzgarishlarga uchradi. Koʻpgina turlar soni qisqardi va ular noyob yoki yoʻqolib borayotgan turlar qatoriga kiritildi. Sut emizuvchilarning 10, baliqlarning 12, qushlarning 37, sudraluvchilarning 10 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Choʻlda sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilonlar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qumsichqon, qoʻshoyeq; yirik sut emizuvchilardan jayran, boʻri, tulki; qushlardan saksovul soykasi, burgut, tuvaloq, soʻfitoʻrgʻay; oʻrgimchaksimonlardan chayon, falanga va boshqa yashaydi. Toʻqaylarning hayvonot dunyosi nisbatan boy: qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qoravoy, loyxoʻrak; sut emizuvchilardan chiyaboʻri, toʻqay mushugi, boʻri, tulki, tolay quyon, qobon va boshqa Ondatra iqlimlashtirilgan. Amudaryo va Oroldan pilmay, sazan, taran, laqqa baliq va boshqa ovlanadi. Baʼzi turlar yoʻqolib ketgan va sanoat ahamiyatini yoʻqotgan. Shu bilan birga Qoraqalpogʻiston suv havzalarida baliqning yangi 14 turi iqlimlashtirilgan.

Respublikada 3 maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hudud: Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi, Saygʻoq va Sudochye buyurtma qoʻriqxonalari tashkil etilgan. Qoʻriqlanadigan hududlarning umumiy maydoni 1056,5 ming ga.

Aholisi, asosan, qoraqalpoq va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turk-man, rus, tatar, koreyslar va boshqa yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5%, qishloq aholisi 51,5%. Davlat tillari – qoraqalpoq va oʻzbek tillari. Etnik tarkibi – 32,1 % Qoraqalpoqlar, 32,8 % Oʻzbeklar, 32,6 % Qozoqlar, 4,2 % boshqa millatlar. Dindorlari – musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisining oʻrinbosari hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.

Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-ming yillik – 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi –6-asrlarda Qoraqalpogʻiston hududida qad. davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qad. Xorazm davlati tashkil topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad. yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi 4-asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qad. tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa (milodiy 3– 4-asr boshlari) saroyi soʻnggi antik dav. rning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 8-asrda arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12–13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharkda eng yirik va kuchli davlat edi. 13-asrda moʻgʻullar isti-losidan soʻng bu davlat parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.

Qoraqalpoqlarning eng qad. etno-genezi Amudaryo deltasi va OrolKaspiyboʻyi choʻllarida miloddan avvalgi 7–4-asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bogʻliq. 6–8-asrlarda mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. 8–10-asrlarda bijanak (pecheneg va oʻgizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik harakatlari vohani choʻlga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining koʻplab koʻchib ketishiga sabab boʻlgan. Qoraqalpoqlar gʻarbga Oʻzboʻy, Volga va Ural tomonga koʻchib oʻtganlar. U yerda Oltin Oʻrda tarkibida boʻlganlar. Ular Rashiduddin asarida qavmi kulohi siyoh deb atalgan.

Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 – 18-asrning oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida yashagan. 18-asrning oʻrgalarida siyosiy voqealar, yaʼni qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi gʻarbiy tarmogʻi – Janadaryo boʻylariga koʻchib oʻtdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar orol oʻzbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qoʻngʻirot, soʻngra Shohtemir (hozirgi Chimboy) boʻlgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik, dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanganlar.

Qoraqalpogʻiston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917 – 22, 1928-30, 1932-33, 1934-36, 1936-38, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. Oʻsha davrlarda anʼanaviy jamoat, xoʻjalik va madaniy munosabatlar yoʻq qilindi, bir necha oʻn ming kishi qatagʻonga uchradi.

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), Adolat Sotsial Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), Fi-dokorlar Milliy Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston tadbirkorlar harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti (2004.23.01) hamda Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti faoliyat koʻrsatadi.

Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari 20-asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951 yilning avgust oyida Qoraqalpogʻiston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005 yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi, avtotransport va pul xoʻjaligi, aloqa. taʼlim va fan, sogʻliqni saqtash, davlat muassasalari, madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xoʻjalik korxonalari, yoqilgʻienergetika, geol. va kimyo sanoati, kichik biznes. isteʼmolchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat qurilishi materiallari.

Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII-IV asrlarda Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan sak va massagetlar qabilalari bilan bogʻliq. VI-VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman qorishadilar. VIII-X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) “Chyornie klobuki”, “Qavmi kulaxi-siyax” (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi.

Qoraqalpogʻiston – xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay O'zbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi.

Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem; poli-grafiya sanoatlari.

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Qoʻngʻirot tumanida Ustyurtgaz korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati vujudga keldi. 2004 yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda Nukuskabel ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qoʻngirot un zavodi (1993), Toʻrt-koʻldon (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi.

Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va toʻqimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, Us-tyurtgaz), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ-moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi, Elteks aksionerlik jamiyati va Yuniver qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, Kateks, Nukus non, Daunt korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat koʻrsatadi.

Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4%, gʻalla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yilla umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi.

Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.

Qoraqalpogʻiston keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. Transport yoʻli, havo, avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994 yilda avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 km boʻlgan. 1999 yilda Amudaryoga Nukus va Xoʻjayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi. Qoraoʻzak – Miskin, Miskin –Gazoʻchoq. Miskin–Buzoqboshi temir yoʻl qurib ishga tushirildi. 2005 yilda temir yoʻl uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yoʻlga qoʻyilgan (1991). Nukus aeroporti 1940 yilda qurilib. 2003 yilda rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga xizmat koʻrsatadi. 1998 yilda Qoraqalpogʻistonda Oʻzdunrobita Oʻzbekiston – Amerika qoʻshma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan.

Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 oʻrin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991–2005 yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga moʻljallangan) qurildi. Qoraqalpogʻistonda 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming oʻrta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 oʻrin toʻgʻri keladi. Aholiga Oʻzbekiston respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam boʻlimlari xizmat koʻrsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi oilaviy poliklinika sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi boʻyicha 75 oʻrin tashkil etilgan. Nukus shahrida 1998 yildan Skrining markazi, 2003 yildan esa bir smenada 100 oʻsmirni qabul qilishga moʻljallangan respublika oʻsmirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak-toriy (1200 oʻrin) faoliyat koʻrsatadi.

Qoraqalpogʻiston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, ogʻir atletika, voleybol, basketbol, ot sporti turlari va boshqa boʻyicha mamlakat muso-baqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Qoraqalpogʻistonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi, tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar Oʻzbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar yoki sov-rinli oʻrinlarni egallaganlar. Qoraqalpogʻiston sportchilari Umid nihollari, Barkamol avlod, studentlar universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay boʻyicha 5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Baxtiyor Nurullayev, Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur. 12-Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha Alisher Avezboyev, futbol boʻyicha Berdax Allaniyazov, eshkak eshish boʻyicha Baxtiyor Davletyarovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Respublikada xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportchilar tayyorlanadi.

Qoraqalpogʻistonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2 byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: Yorqin Karaqalpaqstan (1924 yildan), Vesti Karakalpakstana (1919 yildan), Qaraqalpaqstan jaslari (1931 yildan), Amu tongi (1991 yildan), Us toz jolm (1998), Garezsizlik xem nızam (1996 yildan), Davr koʻzgusi (1978 yildan), Madaniyat xem sport (1997 yildan), Amudaryo (1932 yildan), Vestnik (1960 yildan), Aral qmzlari (1991 yildan), Ilim xem jemiyet (1991 yildan), Saniyat (2003 yildan), Ekonomika xem bank (2003 yildan), Karakalpakstan (2002 yildan), Bilim xem ondiris, Jipek jolm (1999 yildan). Qoraqalpogʻiston radiosining eshittirishlari 1932 yil yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan. 1935 yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston radiosi kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi.

Qoraqalpogʻiston televideniyesi dastlab 1964 yil 5 noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida koʻrsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekoʻrsatuvlar olib boriladi.

Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, xaujar, joʻqlov, yaramazon, gulap-san, badik va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq-bellashuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, toʻlgov, terma, dos-tonlar kiradi.

Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston Alpamis dostoni. Shuningdek, Yedige, Qublon, Qirq qiz dostonlari mashhur.

Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730–84) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Oʻzining Ulugʻ togʻ, Poʻsgan yel dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga shoirning yana bir Xush boʻling, doʻstlar sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-asrda ijod qilgan qora-qalpoq shoirlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828– 1902), Kulmurot Qurbon oʻgʻli (1845– 1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi.

Urushdan keyingi davrda (1946–60) sheʼriyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik rivojlandi. Oʻsha davrda yozuvchi va shoirlardan I. Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xoʻjaniyozov, T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S. Pirjonov va boshqaning ijodi samarali boʻldi. Adabiy tarjimashunoslikka ham koʻp eʼtibor berildi. Qoraqalpoq yozuvchilarining koʻp asarlari, baʼzi adiblarning toʻplamlari oʻzbek, rus, qozoq tillariga tarjima qilindi. Oʻz navbatida boshqa xalqlar adabiyot vakillarining saylanma asarlaridan qoraqalpoq tiliga oʻgi-rilgan tarjimalari nashr qilina boshlandi.

Hozirgi zamon qoraqalpoq sheʼriyatini gʻoyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitishga I.Yusupov salmoqli hissa qoʻshdi. 1980-yillarning 2-yarmida K.Mambetovning Xujdan. O.Abdurahmonovning Boʻsagʻa, A.Otepbergenovning Doʻzax ichida, K.Rahmonovning Oqibat, Sh. Seytovning Xalqobod romanlari yaratildi. Sheʼriyatga oʻz ovoziga ega boʻlgan K. Karimov, K. Reymov, N. Toreshova, M. Jumanazarova, O. Seytayev, O. Satbayev, J. Xoʻshniyozov, X. Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi isteʼdodli ijodkorlar kelib qoʻshildi.

Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmonovning Laqqilar kasalxonada, S.Jumagulovning Ekstrasens, Kuyovingni berib tur, K. Matmurotovning Farzand, M.Nizamovning Noyob nusxa, J. Xoʻjanovning Qoʻshnimning qizi asarlari qoʻyildi.

Qoraqalpogʻiston adabiyotshunoslik faniga 1930-yillarda N.Dovqorayev (1905-53), K.Aymbetov (1908-73), I.Sagitov (1908–93)lar tomonidan asos solingan. Ularning davomchilari: M.Nurmuhammedov (1930 – 86), N.Japakov (1914–75), S.Ahmetov (1929-96), K.Maksetov (1927-2003), G.Yesemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 – 2004), K.Sultanov (19322000). K.Mambetov (1942-2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov (1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va boshqalar.

Qoraqalpoqlar sanʼatini oʻrganish xalqning uzoq oʻtmishi bilan tanishishga imkon beradi. Uning izlarini antik davr meʼmoriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq-qalʼaaatch Xorazm sivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda koʻrish mumkin. Qoraqalpoqlar sanʼatining sarchashmalari Sharqiy Yevropa va Osiyo qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan – kumushdan yasalgan tamgʻali belbogʻ qadamalari, fibullar va chakka halq-alarida ham uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki qora kulohlar qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining chegarasida yashagan. Chirikrabotpa topilgan zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin. Qoraqalpoqlarda xalqning oʻziga xos etnik xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol aks ettirilgan. Ularga qoʻshni boʻlgan xalqtar orasidan qoraqalpoqtarda koʻproq turkman ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda qiziqarli boʻlib, ularga naqsh tushirish texnikasi oʻziga xos. qozoqlarnikidan farqli oʻlaroq, applikatsiya yoʻli bilan tushiriladi. Ularda bezaklar toʻlqin koʻrinishida boʻladi, bu juda qad. ornament boʻlib, suv ramzini bildiradi. Chunki qoraqalpoqlar qad. dan daryo va koʻl boʻylarida yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqshli yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Qoraqalpogʻiston hududida antik, oʻrta asr va yangi davrlarga oid meʼmorlik yodgorliklari mavjud. Meʼmorlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi roʻyxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 meʼmorlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-asrlar), kechirmas Bobo (17– 19-asrlar); Toʻrtkoʻl tumanidagi Qalan-dardagʻ (18-19-asrlar). Norinjon Bobo (12–14-asrlar) majmualari, Xoʻjayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 –19-asrlar); Qoʻngʻirot tumanidagi Beleuli (12– 14-asrlar). davut Ota maqbarasi; Moʻynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqalʼa tumanidagi Ayozqalʼa-1 va Ayozqalʼa-2 (3–8-asrlar), Tuproqqalʼa (3-asr) eng muhim yodgorliklardir.

Qoraqalpogʻiston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega boʻlib, hozirgi kunda boy musiqiy folklor, ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa va, shuningdek, 20-asrda rivoj topgan kompozitorlik ijodiyoti namunalariga egadir.

Musiqiy folklor shakllar asosini qoʻshiqlar tashkil etadi. Xalq marosimlari bilan bogʻliq bir qancha janrlar (mav-sum marosim qoʻshiqlardan Aydar-aydar – shamolni chaqirish, dinii marosim – Yaramazan, oilaviy marosim va maishiy qoʻshiqlardan Yar-yar, Heujar, Oʻlen, Sinsiu, Joqlau va boshqalar) uning eng qad. qatlamini tashkil etadi. Badiiy mazmuniga koʻra xalq qoʻshiqlari ishqiy-lirik, tarpxiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qoʻshiqtaridan iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy, kuychanlik xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi ruhlarni chaqirish. ular yordamida bemorlarni davolash uchun por-xan (parixon)lar tomonidan ijro etilgan aytimlar ham saqtangan (badik, gulapsan). Folklor musiqasida ayollar (qizlar)ning changqoʻbiz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan oʻyinqoʻshiqtari, laparlari (yagʻln baxar) mavjud.

Qoraqalpoqparning ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasining markaziy qismini doston musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga boʻlinadi; jirovlar, bax-shilar va qissaxonlar. Ularning har biri oʻziga xos maʼlum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan boʻlib. bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi. doyeton aptim kuylarn hamda muspqiy cholgu joʻrna-vozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati anʼanaviy ijodning eng qad. qatlamiga mansub boʻlib, qahramonlik dostonlarni (Qoblan. Sharyar, Yedige, Atpamis. Mas-patsha), tarixiy toʻlgovlarni ichki ovozda qoʻbiz joʻrligila ijro etishadi. Baxshi (baqsi)lar ishqiy-lirik va qahramonlik dostonlarni (Yusuf-Zulayha, ZaureTlyir. Yusuf-Ahmet, Goʻroʻgʻli) hamda mumtoz sheʼriyati asarlarini ochiq ovozda. dutor va gʻijjak joʻrligila (gohida bulamon ham qoʻshiladi) ijro etishadi. Kuylar murakkabligi. ifoza vositalar boiliti bilan jirovdan farq qiladi. Kissaxoplar koʻpincha savodxon shaxslar boʻlib, xalq yigʻnnlarida dostoi qulyozmalarini oʻqib yokn yoddan aytib berishadi. Ular sherlarni faqat oʻziga xos. nuchq intonaiiyasiga yaqin aytim kui (namaTtarga solib, musiqiy cho.pu joʻrligisnz ochiq ovozda ijro etishadi.

Millny musiqa cholgʻulari qatoriga dostonchilarching cholgulari boʻlmish qoʻbiz, lutor, gijjak (girjek) va boʻlamondai tashqari chapgqoʻbiz, qamish surnay va bolalar xushtagi (iskirauik) kiradi. Utmishda qoraqadpoklarda chindov\l. surnay. karpay. nogora, dap (doira) kabi cholgʻularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida maʼdumotlar sakdangan. Bularlan qoʻbiz va d\tor keng tarqalgan. ularda mohir sozandadar tomonidan krrakalpoq mumtoz cholgu kuylari chalinadp. Ayniqsa. dutor kuplari orasnda Mu-xalles, Nalish kabi tutjumip kunlar shaklan murakkab va pfoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq anʼanaviy musiqa rivojlanishiga 20-asrla Nuraoullo jnrsv. Yerpoʻlat jirov. Hoʻqnz jirov, Jumaboy jirpv, Qiyos baxshi Hayratdinov. Japak baxish Shomurotov. Yesjap baxshi Qospoʻlatop, Kenjaooi baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpogʻpston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa qoʻshdilar.

Musiqiy bilim sohasida bolalar musiqa maktablari. Nukusda musiqa koldeji. madaniyat kolleji. oliy oʻquv yurtlari (Nukus universiteti va boshqalar)da musiqiy kafedralar faoliyat koʻrsat\:oqda.

Drama va teg .trning e.tement-darida qoraqatpoq xalqnning urf-odatlari va oʻppnlarida, xatq dostonlari-da. xalq ustalarining ijodiyetida, professionat soʻz ustalarining sanʼati (0\1irbek laqqi. Kampakat-Kampir. Davlat Laqqi. Tinnmqiz)da mujassamlashgan. 19-asrda masxarabozlarning sanʼati keng tarqalgan. 20-asr boshlarpga kelib teatr professionaz sanʼat darajasida shakllanli. 1930 yil Toʻrtkoʻlda musiqali drama teatrp tashkil etildi. keyinchashk unga K.S. Stanislavskiy. 1990 yilda Berdaq nomi berildi. Undan tashqarp Respublikada Qoraqalpoq teatri, 1978 yilla tuzilgan S. Xoʻjaniyozov nomidagi Davlat yosh tomoshabinlar teatri va 1990 yildan Davlat koʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatmokdaKinosi. 1970 i. 19 fevralda Nukusda Oʻzbeknston ilmiy-ommabop va hujjatli fnlmlari Toshkent kinostudiyasining Qoraqalpoq filiali ochildi. 1970 yilning oʻrtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino sanʼati rivojlana boshladi. 1990 yil aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida Qoraqalpoq-film kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning Qalpoqcha (1990), Qaytish (1992) kabi dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yara-tildi. A.Sultonov ssenariysi asosida Elim degan er edi. Ayriliq kabi hujjatli filmlari ekranga chiqli. Ekologiya, Afgon urushi. X\okayli arxitekturasi, MDH prezidentlarining uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002 yilda ishlangan Ona filmi Buxoro kinofes-tivalining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi. 2003 yil iyul oyida Ins-bruk shahri (Avstriya)da oʻtkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida Otabegi hujjagli filmi qatnashdi. 2004 yil noyabr oyida Gollandiyada oʻtkazilgan .YUGʻA xadqaro kinofestivalida qagnashgan Quduq hujjatli filmi shu oyning oʻzida Bilbao (Ispaniya) shahrida oʻtkazilgan Xalqaro kinofestivalida festivalning eig yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega boʻldi.

Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004 yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003 yil darajasidan 50.2% ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003 n.darajasidan 45.2% ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003 yildarajasidan 53,3% koʻp.

Eksportdagi asosiy oʻrinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan 85,3%, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1% va yaqin mamlakatlarga 12,9%ni tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari – 78,3%, kimyo mahsulotlari –6,7%, qora va rangli metallar – 5,9%, oziq-ovqat mahsulotlari – 3,2%ga toʻgʻri keladi.

Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan.
Maʼmuriy – hududiy qurilishi 14 tumandan iborat: Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.




#Article 6: Fargʻona viloyati (2347 words)


Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 3,317 ming kishi 2012. Tarkibida 15 tuman, 9 shahar (Beshariq, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Yaypan, Quva, Quvasoy, Qoʻqon, Hamza), 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Fargʻona shahri.

Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan tosh davri manzilgoxlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qadimgi davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi. Fargʻona viloyatining tosh davri yodgorliklarini 1954-yil A.P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar mustye davridagi Qalʼacha, Jarqoʻton va Qapchigʻay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib oʻrganildi. 1958-yil birinchi marta Markaziy Fargʻonadan mezolit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Fargʻonadagi Uzunkoʻl va Tayloqkoʻl atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). Soʻx vohasidagi 28 gʻor va ungurlar (Selungur, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bogʻishim va boshqalar) roʻyxatga olindi. Obishir gʻorlaridagi madaniy qatlam yaxshi saklangan. Gʻorlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar, xayvon suyaklari topilgan. Bular oʻsha davr turmushini oʻrganish imkonini beradi.

Oʻtroq dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan Chust madaniyatiga oid manzilgohlardan topilgan yodgorliklar Fargʻona vodiysini oʻrganishda muhimdir. U yerda ishlab chiqarish kuchlari va xoʻjalikning taraqqiyoti jez davrining oxirida dehqonchilik qabilalarining ijtimoiy tuzumida oʻzgarish yuz berishiga, natijada ibtidoiy tartiblar tugab jamiyatdagi tabaqalanishga olib kelgan. Roʻzgʻor anjomlarida xususiy mulkchilik kurtaklari koʻzga tashlanadi. Arxeologik tekshirishlar natijasi Fargʻona viloyatida qadimdan odamlar yashab, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanganligidan, kishilik jamiyatining keyingi bosqichlarida esa madaniyat rivojlana boshlaganligidan dalolat beradi.

Fargʻona viloyatining shimoliy qismini Qoraqalpoq va Yozyovon dashtlari egallagan, janubdan Olay tizmasidan oqib tushadigan daryolarning yoyilmalari bilan oʻralgan. Janubda adirlar Olay tizmasining togʻ oldilari bilan almashinib turadi. Fargʻona viloyati yuqori seysmik zona qisoblanadi.
Iqlimi kontinental. Qishi birmuncha yumshoq, baʼzan havo juda sovib ketadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 3,2 °C, iyulniki 28 °C. Eng past harorat —27,9 °C. Eng yuqori harorat 42 °C. Vodiyning gʻarbida esadigan kuchli „Qoʻqon shamoli“ iqlimga salbiy taʼsir etadi. Shamolning tezligi sekundiga baʼzan 35–40 m ga yetadi. Janubi-sharqida yozda garmsel esadi. Yiliga gʻarbida 100 mm dan (Qoʻqon atrofi) sharqiy qismida 170 mm gacha, togʻ yon bagʻirlarida 270 mm gacha yogʻin tushadi, asosan, bahorda yogʻadi. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Viloyatning shim.gʻarbiy chegarasi boʻylab Sirdaryo oqadi. Olay tizmasidan Isfara, Soʻx, Shohimardon, Isfayramsoy boshlanadi. Daryolar muzlikqor suvlaridan toʻyinadi. Iyul— avgustda toʻlib oqadi. Daryo suvlari sugʻorishga sarflanadi. Asosan, boʻz tuproq va oʻtloqi botqoq tuproklar keng tarqalgan. Adirlarda aksari och va tipik boʻz tuproqlar, Sirdaryo terrasalarida allyuvialoʻtloqi tuproqlar, viloyatning shimoliy qismida shoʻrxok oʻtloqlar va ajriqli oʻtloqlar mavjud.
Markaziy Fargʻonadagi shoʻrxoklarda turli xil shoʻra oʻsadi. Yerlarining kattagina qismi ekinzor. Vohalarda terak, tut, qayragʻoch, daryo vodiylarida keng bargli oʻrmonlar va archazorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Sirdaryo toʻqayzorlarida qobon, adir va Olay tizmasi togʻ oldilarida boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, boʻrsiq, jayra yashaydi. Ondatra, nutriya iklimlashtirilgan. Qushlar, sudraluvchilar koʻp. Suv havzalarida marinka, usach, zogʻora baliq, karp, oq amur, doʻngpeshona baliqlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar shuningdek, tojik, rus, qirgʻiz, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 413,9 kishi. Shahar aholisi 800 ming kishi, qishloq aholisi 2015 ming kishi (2004).

Fargʻona viloyati respublikaning sanoati rivojlangan viloyatlaridan. Viloyatda 86 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yoqilgʻienergetika, kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, paxtani tozalash va qayta ishlash, yengil va oziqovkat sanoati va boshqa Energetika bazasi, asosan, issiqlik elektr styalardan iborat boʻlib, eng yiriklari: Fargʻona, Qoʻqon issiqlik elektr markazlari, Quvasoy issiqlik elektr styasi. Barcha styalar Oʻrta Osiyoning yagona energetika tizimiga birlashtirilgan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalari Fargona va Qoʻqon shaharlarida joylashgan. „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, kimyoviy tolalar, furan birikmalari kimyo zavodlari, Qoʻqon superfosfat zavodi va boshqalar shular jumlasidandir. Viloyatda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi joylashgan.
Qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Quvasoydagi sement zavodi respublikada ishlab chiqariladigan sementning toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻini beradi. Quvasoyda shifer, gisht va boshqa qurilish materiallari, shisha va chinni idishlar zavodlari ishlab turibdi. Qoʻqondagi „Elektromash“, „Tekstilmash“ va boshqa metallsozlik zavodlarida sanoatning boshqa tarmoqlari uchun asbobuskunalar, ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati yil sayin rivojlanmoqda. Bu tarmoq korxonalarida turli nav yogʻlar, un, non, makaron, konserva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Viloyatda 84 qoʻshma korxona, 22 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Fargʻona shahrida „Nodira“, „PSMK3“, „Polina“; Margʻilonda „Margʻilon tongi“ va Qoʻqonda „Zilola“ kichik korxonalar, „Oʻzsalaman“, „KabulFargʻona“, „Besteks“, „Ishonch“ qoʻshma korxonalari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 288,9 ming ga, shu jumladan, 129,6 ming ga yerga don, 115,9 ming ga yerga paxta, shuningdek, texnika ekinlari, 11,7 ming ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 24,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 20,3 ming ga yaylovlar (2004). Haydaladigan yerlarda, asosan, obikor dehqonchilik bilan shugʻullaniladi. Paxta, bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, arpa, kartoshka, sabzavot va poliz maxsulotlari yetishtiriladi. Bogʻlarda koʻproq oʻrik oʻstiriladi. Anor, anjir, olma, xurmo koʻp. Tokzorlarda yuqori navli uzumdan moʻl hosil olinadi. Sugʻoriladigan yerlar viloyat hududidan oʻtuvchi Katta Fargʻona va Andijon kanallari, Janubiy Fargʻona kanali, Shohimardonsoy, Margʻilonsoy, Soʻx, Isfayramsoy, shuningdek, Karkidon, Koʻrgʻontepa suv omborlari yordamida sugoriladi.
Viloyatda 8 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi, 143 shirkat xoʻjaligi, 74 xoʻjaliklararo korxonalar, 6 parrandachilik fabrikasi mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 511,9 ming qoramol (shu jumladan, 213,2 ming sigir), 431 ming qoʻy va echki, 1260,9 ming parranda bor (2004).

Temir yoʻl uzunligi 227,8 km. Avtomobil yoʻllarining uzunligi 8,6 ming km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 8,5 ming km. Asosiy yoʻnalishlari: Toshkent — Qoʻqon — Andijon, Margʻilon — Qoʻqon — Navoiy, Qoʻqon — Margʻilon — Quva. Fargʻona shahrida yirik aeroport ishlab turibdi.

Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti boʻlib, 18,9 mingdan ortiq talaba, 910 umumiy taʼlim maktabi (690 mingga yaqin oʻquvchi), 8 gimnaziya (7,3 ming oʻquvchi), 47 litsey (16,3 ming oʻquvchi), musiqa va sport maktablari ishlab turibdi. Xalq taʼlimi sohasida chet el investorlari bilan aloqa bogʻlanib „Mersi KO“ jamgarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya grantlar dasturi asosida kompyuter va boshqa jihozlar olindi. Viloyat sportchi oʻquvchilari 2003—04 yillardagi „Umid nihollari“ sport musobaqalarida 2 va 3 oʻrinlarni egalladilar. Fargʻona viloyatida 77 kasbhunar kolleji, 3 akademik litsey faoliyat koʻrsatadi shuningdek 4 teatr, madaniyat uylari, 3 muzey, 193 klub muassasasi, 609 ommaviy kutubxona (603,6 ming nusxa asar) aholiga xizmat koʻrsatadi. Viloyatda 1998-yilda Fargʻoniyning 1200 yillik, 2000-yilda Burhoniddin Margʻinoniyning 910 yillik yubileylari oʻtkazildi.

Fargʻona viloyatida „Universiada 2004“ sport musobaqalari oʻtkazildi. 2004-yildan boshlab viloyatda sportning suv polosi va sinxron suzish turlari yoʻlga qoʻyildi, seksiyalar tashkil etildi. Mavjud sport federatsiyalaridan tashqari qoʻl toʻpi, turon milliy yakka kurashi, sinxron suzish, armrestling kabi sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari tuzildi. Fargʻona viloyatia jami 5135 sport inshooti mavjud. Shuningdek, Fargʻona Olimpiya zaxiralari sport kollejida dastlabki sport inshootlari ishga tushirildi. „Yoshlar madaniyat va sport majmuasi“, „Fargʻona“ markaziy stadioni, „Istiqlol“ tennis majmuasi, ot sporti maktabi, „Kimyogar“ sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Sportning yunonrim, qoʻl jangi, taekvondo, karate, shaxmat, shashka, boks, belbogʻli kurash, milliy kurash, turon milliy yakkakurashi, yengil atletika, mini futbol, voleybol turlari rivojlangan. Viloyat sportchilari 2004-yilda xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib 7 oltin va 4 kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Ayniqsa, Koreya Respublikasida oʻtkazilgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati, Qozogʻistonda armrestling, Yaponiyada baydarka va kanoe, Filippinda boks boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida viloyat sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan respublika sport musobaqalarida viloyat vakillari Ye. Tunguskova va Z. Abdullayevalar qatnashib respublika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Ogʻir atletika boʻyicha respublika chempionatida Ye. Sisoyeva oʻz vazni boʻyicha golib boʻldi. Shuningdek, Ye. Sisoyeva va B. Toshpoʻlatovalar 2004-yilda AQShda talabalar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkaziladigan chempionatga nomzod etib kiritildi. Nogironlar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida A. Ismatullayev gʻolib boʻlib, Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Respublika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. 2004-yilning avgust oyida Afinada oʻtkazilgan 28 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Fargʻona viloyatining 5 sportchisi ishtirok etdi. 2004-yilda viloyatda basketbol boʻyicha xalqaro „Mersiko“ turniri, milliy va belbogʻ kurashi boʻyicha Hazrat Ali hamda Temirjon va Hamid polvonlar xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirlarda respublika viloyatlari, 10 dan ortiq xorijiy davlat polvonlari katnashdi. Yil davomida oʻtkazilgan sport musobaqalarda ishtirok etib viloyat sportchilari 250 dan ortiq medallarni qoʻlga kiritishdi. 15 sportchi sport ustasi normasini bajardi.

Fargʻona zamini koʻplab isteʼdodlar beshigi boʻlgan. Qoʻqon tarixiga oid baʼzi manbalarda 10-asrda Fargʻonada yozma adabiyot namunalari boʻlganligi qayd etilgan. Abu Tayyi Hoʻqandiy (10—11-asrlar) ijodi haqidagi maʼlumotlar buning yaqqol dalilidir. Biroq, oʻrta asr Fargʻona viloyati adabiyoti haqidagi manbalar juda kam. 18-asrdan boshlab Fargʻona vodiysi, xususan, Qoʻqonda fan, adabiyot va sanʼat rivoj topganligini koʻrish mumkin. Qoʻqon xonligi tashkil topishi markazlashgan davlat sifatida faoliyat yuritishi xonlik hududida oʻziga xos adabiy muhitning shakllanishiga imkoniyat yaratdi. Bu davrda Huvaydo, Shoʻxiy, Akmal, Nizomiy Hoʻqandiy kabi adabiyot namoyandalari ijod qildilar. Huvaydoning „Devon“i tarkibiga kirgan sheʼrlar va „Rohati dil“ dostoni xalq orasida mashhur boʻlgan. 19-asrda ushbu hududda „Qoʻqon adabiy muhiti“ nomi bilan maʼlum boʻlgan adabiyot ravnaq topdi. Ushbu muhitning tashkilotchisi Qoʻqon xoni Muhammad Said Amir Umarxon (178 7— 1822) saroyiga 100 ga yaqin ijodkorni jalb etib, ularning ijod qilishi uchun moddiy va maʼnaviy sharoit yaratib berdi. Xonning oʻzi ham Amiriy taxallusi bilan sheʼrlar „Devoni“ni yozdi. Umarxon davrida Ado, Fazliy, Xoziq, Hijlat, Vazir, Maxmur, Nodir, Gʻoziy, Maʼdan, Miriy, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Gulxaniy, Mushrif, Dabir, Ravnaq, Umidiy, Jadid, Mahzun, Zokir, Fayziy, Vahmiy kabi ijodkorlar shuhrat qozonganlar. Keyinroq, Umarxonning oʻgʻli Qoʻqon xoni Muhammad Alixon (Madalixon) ham „Xon“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, „Layli va Majnun“ dostonini yaratgan. Ushbu davr adabiyotining namunasi sifatida Abdulkarim Fazliyning Umarxon topshirigʻi bilan 84 zamondosh shoirlar haqida oʻzbek va fors tillarida sheʼriy yoʻsinda yozilgan „Majmuai shoironi Umarxon“ tazkirasi; Gulxaniyning „Zarbulmasal“ asari, Xoziqning „Yusuf va Zulayho“, Nodir Uzlatning „Haft gulshan“ dostonlarini aytish mumkin. Ayol ijodkorlarning mavqei baland boʻlganligini taʼkidlash lozim. Qoʻqon malikasi, Umarxonning zavjasi Mohlaroyimning Nodira, Maknuna taxalluslari bilan ijod etgan oʻzbek va fors tillaridagi sheʼrlari alohida „Devon“ga jam boʻlsa, Jahonotin Uvaysiyning 4 devoni, „Voqeoti Muhammad Alixon“, „Shahzoda Hasan“ va „Shahzoda Husayn“ dostonlari, Mahzunaning goʻzal sheʼrlari adabiyotimiz xazinasidan munosib oʻrin olgan. Fargʻona viloyati adabiyotining bu davrdagi yana bir xususiyati koʻp sonli tarixiyadabiy asarlarning yaratilganligidir. Soʻnggi tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, shu davrda birgina Qoʻqon xonligi tarixiga oid 40 ga yaqin sheʼr va nasriy asarlar yaratilgan. Sheʼriy uslubda yaratilgan bunday asarlar sirasiga Fazliyning „Shahnomai Umarxon“, Mutribning „Shahnomai Devona Mutrib“, Andalibning „Shahnomai devona Andalib“, Uvaysiyning „Voqeoti Muhammad Alixon“ dostonlari; Imomali Qori Qunduziy — Komiyning taniqli kishilar tavalludi, vafoti va Qoʻqon tarixiga oid turli voqea — sanalarning sheʼriy taʼrixlari jamlangan „Tavorixi manzuma“ kabi asarlari kiradi. Tarixga oid nasriy asarlar qatorida esa Hakimxon toʻraning „Muntaxab uttavorix“, Mulla Avaz Muhammad Attorning „Tuhfat uttavorixi Xoniy“, Mushrifning „Shahnomai nusrat payem“, Mulla Niyozmuhammad Hoʻqandiyning „Tarixi Shohruhiy“, Mirzo Olim Mushrifning „Ansobus salotin va tavorixi xavoqin“, Muhammad Amin Domulloning „Tuhfat uttavorix“, Abdugʻafur Hoʻqandiyning „Zafarnomai Xudoyorxon“, Maqmud Hakim Yayfoniyning „Xullas uttavorix“, Muhammad Aziz Margʻiloniyning „Tarixi Aziziy“ va boshqa asarlarni keltirish mumkin. Tasavvufiy adabiyot namunalaridan Azim Xoʻja eshon Azimiyning „Muroduloshiqin“ devoni, Abdulaziz Majzubning „Devon“i va „Tazkiraulavliyo“ asari (19-asrning 1yarmi), Salohiddin Soqibning „Maʼlumoti Soqibiy“ risolasi (19-asrning 2-yarmi) eʼtiborga loyiq. 19-asrda Qoʻqon shahri va uning atrofida 100 dan ziyod shoir va adiblar devon tuzishgan. Umarxon, Muhammad Alixon va Nodirabegim davrlarida Qoʻqonda xushxat xattotlarni yigʻib, moddiy jihatdan taʼminlab, Sharq adabiyotining koʻplab nodir asarlari koʻchirtirilib, koʻpaytirilgan. Shulardan eng koʻp koʻchirilganlari Jomiy, Navoiy, Bedil, Fuzuliy va Amiriy asarlaridir. Maʼlumotlarga koʻra, Amir Umarxon Lutfiy, Navoiy va Amiriy devonlari jamlangan, goʻzal xatli, oltin bezakli „Muhabbatnoma“ majmuasini usmonli turk sultoniga hadya tariqasida joʻnatgan.
Fargʻona viloyati adabiyotida Sharq mumtoz sheʼriyatining deyarli barcha janrlarida samarali ijod qilindi. Badiiyat va gʻoya, mavzular rangbarangligi bu davr adabiyotiga xos xususiyatlardan biri ekanligi asarlardan maʼlumdir. Bu jihat 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlari adabiyotida ham yaqqol koʻrinadi. Ushbu davrda Pisandiy, Qoriy, Muqimiy, Muhayyir, Furqat, Zavqiy, Gʻurbat, Rojiy, Muhsiniy, Haziniy, Mahjur, Muqyi, Zoriy, Sirojiy, Jaloliy, Yoriy, Ibrohim Davron, Mirzoi Hoʻqandiy, Nasimiy Xoʻqandiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa samarali ijod qildilar. Bu davr adabiyotining yorqin namoyandalaridan Muqimiy ijodidagi xalqona lirika bilan hajviy yoʻnalish oʻziga xos maktabni yaratgan boʻlsa, Furqat ijodidagi serohang misralar va maʼrifatparvarlik ruhidagi sheʼrlar, Haziniy ijodidagi sufiyona istilohlarga boy, purhikmat sheʼrlar, Qoriy lirikasidagi jozibadorlik, Hamza ijodidagi ijtimoiy ruh bu davr adabiyotining ravnaqidan dalolat beradi. Ayol ijodkorlardan Dilshod Barno, Anbar Otin, Samarbonu kabi shoiralarning ijodi qam samarali boʻldi.
Milliy uygʻonish davri adabiyoti — jadidchilik yoʻnalishida ijod qilgan va maʼrifatchilik harakatida faol ishtirok etgan ijodkorlar sirasiga Ibrohim Davron, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirzo Xayrullo Hoʻqandiy, Ashurali Zohiriy, Poʻlatjon Qayyumiy kabilarni kiritish mumkin. I. Davronning „Ashʼori nisvon“ sheʼrlar majmuasi, Hamzaning „Milliy qoʻshiklar uchun milliy sheʼrlar“ toʻplami, M.X. Hoʻqandiyning „Axloqi zamima“, „Yigirma hikmat“ asarlari va boshqa oʻsha davr adabiyotining mahsullaridir. P. Kayyumiyning 20-asrning 2-yarmida yaratgan „Tazkirai Qayyumiy“, „Qoʻqon tarixi va adabiyoti“ va „Tazkirai shuaro“ asarlari ham eʼtiborga loyiq. 20-asr hozirgi zamon oʻzbek adabiyotining koʻplab vakillari ham Fargʻona viloyati adabiyotining qaldirgʻochlaridir. Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Charxiy, Xusayn Shams, Amin Umariy, Shokir Sulaymon, Adham Rahmat, Ibrohim Rahim, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon kabi shoir va yozuvchilar shu zamin farzandlaridir. 20-asrning 70—90-yillarida Yoʻldosh Sulaymon, Oxunjon Hakimov, Anvar Yusupov, A. Muqimov, Habibullo Said Gʻani, Komil Joʻra, Oʻrmon Omonov, Alisher Ibodinov, Bahodir Iso, Ismoil Mahmud, Nurullohoji Qoʻqondiy, Enaxon Siddiqova, Saydali Odilov, Zuhra Aliyeva, Matluba Dehqon qizi, Ilmer Nazarov, Abdulhamid Muxammadiyev, Nosir Zohid va boshqalar oʻz ijodlari bilan elga tanildilar.

Mustaqillik yillarida Nabijon Boqiy, Nurulloh Muhammad Raufxon, Sayd Anvar, Farida Afroʻz, Iqbol Mirzo, Abdurahmon Joʻra, Mirza Karim, Gulbahor, Otabek Rustambek oʻgʻli, Muxtasar Tojimamatova, Ozoda Toʻraqulova kabi ijodkorlar yetishib chiqdilar.
Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, jurnalistlar, meʼmorlar va boshqa)ning viloyat boʻlimlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Viloyatda 10 ta jurnal, 79 ta gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta („Fargʻona haqiqati“, „Ferganskaya pravda“), 20 shahar va tuman, 20 ta tarmoq hamda 37 ta xususiy gazetalar chop etiladi. Fargʻona viloyatida radioeshittirishlar 1932-yilda efirga uzatila boshlagan. Viloyat radiosi orqali oʻzbek, tojik va rus tillarida kuniga 18 soat eshittirishlar beriladi. Viloyat televideniyesi oʻz koʻrsatuvlarini 1991-yil 22-dekabrdan namoyish eta boshladi. Oʻsha paytlarda haftasiga 1 soat koʻrsatuvlar berilgan. Fargʻona viloyati televideniyesi haftalik koʻrsatuvlari 18 soatni tashkil etadi. Koʻrsatuvlar oʻzbek, tojik va ingliz tillarida olib boriladi. Undan tashqari Ruxsot TRK, Margʻilon,Tohir-Bag‘dod TV telekanallari hamda „Soʻx“, „Muloqot“ telestudiyalari faoliyat koʻrsatadi.

Fargʻona viloyatida asosiy hisoblangan Qoʻqon meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi. Bu yerga dastlab Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etildi, ular Madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolarni bunyod etdilar. Hozirgacha shaharda saqlangan meʼmoriy yodgorliklardan eng qadimgisi Madrasai Mir nomi bilan xalq orasida mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasidir (18-asr oxiri). Bu Madrasa Qoʻqon hukmdori Norboʻtabiy hukmronligi davriga oid. Undan tashqari, Daxmai shohon, Daxmai Modarixon meʼmoriy majmualari (19-asrning 20-yillari), Miyon Hazrat (1860-yil), Kamol Qozi (1837yil) madrasalari, Oʻrda (1871yil, Qoʻqon xoni Xudoyorxon tomonidan qurilgan), Jome masjidi (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) kabi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.




#Article 7: Namangan (viloyat) (2451 words)


Namangan viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 11 martda tashkil etilgan (1960 yil 25 yanvarda Andijon va Fargʻona viloyatlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1967 yil 18 dekabrda kayta tashkil etildi). Namangan viloyati respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining shimoli-gʻarbiy qismida, Tyanshan togʻ tizmasi tarmoklari – Qurama va Chatqol togʻlarining yon bagʻrida joylashgan. Shimoliy va shimoli-sharkdan Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, jan.-sharqsan Andijon, janubidan Fargʻona, shimoliy va shimoli-gʻarbdan Toshkent viloyati va Tojikistonning Sugʻd viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 7,44 ming km². Aholisi 1982,7 ming kishi (2002). Namangan viloyatida 11 qishloq tumani (Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon), 8 shahar (Namangan, Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Chust, Haqqulobod), 11 shaharcha (Jomashoʻy, Toshbuloq, Navbahor, Oltinkon, Uygʻursoy, Chorkesar, Xalqobod, Uychi, Oʻnhayat, Yangiqoʻrgʻon, Oqtosh), 99 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Namangan shahri.

Viloyat hududining asosiy qismi Sirdaryoning oʻng sohilida, keng Fargʻona vodiysida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik boʻlib, shimoliyda qator tepaliklar va Chatqol hamda Qurama togʻlari bilan oʻralgan. Balandligi 350–800 m. Togʻ va adirlar, tor vodiylar, vohalar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarning faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyat hududi geologik faol zonada joylashgan va 8 ballgacha-zilzilalar boʻlib turadi. Keng maydonni egallab yotgan va dehqonchilik obʼyekti boʻlgan Qoraqalpoq choʻli neogen davrida paydo boʻlgan. Foydali qazilmalardan Chodak oltin koni, togʻ kvarsi, sur-ma, mis, neft, gips, ohaktosh va boshqa qurilish materiallari, shifobaxsh mineral suvlar (Chortoqda) topilgan. Chust-Pop yer osti suvining issiqligi 50° (1300 m dan chiqadi). Suv tarkibida yod va brom bor. Chodaksoydan (450 m chuqurlikdan) 23° issiklikdagi vo-dorod-sulfidli suv chiqadi. Chortoq, Shahand, Kosonsoy, Uchqoʻrgʻon suvlari oʻzining minerallanish darajasi va harakteri boʻyicha mashhur Matsesta, Chakrak, Tal suvlaridan qolishmaydi. Yer osti suvlari togʻ, adir, togʻ oldi botiqlarida va yoyilmalarda yirik toshli, shagʻalli va qumli qatlamlarda joylashgan. Sirdaryoga yaqin zonalarda yer osti (sizot) suvlari mavjud. Ikli-mi keskin kontinental. Yozi uzok,, issiq, qishi qisqa, nisbatan sovuq. Yillik oʻrtacha temperatura 13°. Yanvarda temperatura –25° gacha pasayadi, iyunda 35–45° ga yetadi. Vegetatsiya davri 229 kun. Viloyatning turli qismlarida yogʻin miqdori turlicha. Namanganda oʻrtacha yillik yogʻin miq-dori 230 mm, gʻarbida 90–190 mm, sharkiy tumanlarida 300–400 mm, togʻ etaklarida 600 mm. Yogʻinning eng koʻp kismi bahor va kuzda yogʻadi. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi qor va muzliklardan suv oladi. Namangan viloyatida 16 dare va soy, koʻplab mavsumiy soylar mavjud. Eng katta daryosi – Sirdaryo. U Norin va Qoradaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Norin va Sirdaryoga Chatqol togʻlaridan oqib tushadigan Pochchaotasoy, Chortoksoy, Chustsoy, Olmossoy, Chodaksoy, Gʻovasoy, Kosonsoy, Namangansoy kabi sersuv togʻ daryolari kuyiladi. Kosonsoy, Chortoq, Eskiyer suv omborlari, Oxunboboyev, Shimoliy Fargʻona, Katta Namangan kanallari qurilgan. Bahor va yoz boshlarida sodir boʻladigan sel hodi-salaridan saqlanish uchun sel omborlari barpo qilingan. Tuproklari pro-lyuvial, oʻtloq, oʻtloqi-botqoq, och tusli boʻz, ayrim joylarda shoʻrxok, och tusli qoʻngʻir, jigarrang . Adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chagʻirtoshlar bilan qoplangan. Bahorda efemer oʻsimliklar oʻsadi, chorva mollari boqiladi. Tekislik qismlarida boʻz, koʻngʻir tuproqlar, qadimdan dehqonchilik qilib kelingnidan tabiiy holati oʻzgargan va unumdorligi oshirilgan. Kosonsoyda tipik va qoramtir boʻz tuproq, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust tumanlarida och boʻz tuproq tarqalgan. Tekislik qismining ekin ekilmaydigan yerlarida shoʻra, shuvoq, lola, otquloq, Sirdaryo boʻylarida betaga, astragal va boshqa oʻsadi. Togʻlarda archazorlar, yovvoyi olcha, olma va yongʻoqzorlar uchraydi. Togʻlarning baland qismi subalp oʻtloklari – yozgi yaylovlardan iborat. Namangan viloyatida deyarli oʻrmon yoʻq. Namangan mevali oʻrmon koʻchatzori va Namangan oʻrmon koʻchatzori mavjud. Choʻl va adirlar oʻzlashtirilib yuborilgandan boʻri, tulki, qobon, yumronqoziq kam uchraydi. Togʻlarda togʻ takasi, sugʻur bor. Adirlarda kalamush, dala sichqoni, echkemar, tipratikan, choʻl toshbaqasi, turli xil ilon va kaltakesak koʻp. Qushlardan burgut, kaklik va boshqa bor. Qorabovur, yovvoyi oʻrdak va boshqa ovlanadi. Dare, soy va boshqa suv havzalarida har xil baliq yashaydi, ondatra keng tarqalgan. Pochchaotasoy, Gʻovasoyda qunduz ham uchraydi. Namangan viloyati xududining intensiv oʻzlashtirilishi oqibatida sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar, baliklarning koʻp turlari kama-yib bormoqda.

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar (87,8%) tashkil etadi, shuningdek, tojik (9,0%), kirgiz (1,0%), rus (0,8%), tatar, ukrain, ozarbayjon, yahudiy, belorus, arman, qozoq va boshqa millat vakillari ham (jami 89 millat) yashaydi. Aholi zichligi oʻrtacha 1 km² ga 266 kishi. Qishloq aholisi 1238,9 ming kishi, shaharliklar 743,8 ming kishi (2002).

Olmosning Tarixi milodiy 4-5 asrlarga borib taqaladi. O'sha kezlarda Olmosda 800 atrofidagi qabila yashagan,asosiy mashg'ulotlari dehqonchilik va chorvachilik bo'lgan,aholi o'sha kezlarda Tog' atrofida, soy va buloqlar atrofida yashagan.

Namangan viloyati respublika ishlab chiqarish va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Viloyat sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoatlari. Namangan viloyatida 170 dan ziyod sanoat korxonalari mavjud. Eng yirik sanoat korxonalaridan – mashinasozlik, avtomobillarni tuzatish, gʻisht, yogʻ-ekstraksiya, paxta tozalash, oziq-ovqat (vino zavodi, pivo kombinati, Namangan salqin ichimliklari, Rohat, Namangankonserva, Shirinlik, Kosonsoykonserva korxonalari), kimyo, Elektroterm ishlab chiqarish birlashmasining yetakchi korxonasi, ipak gazlamalar kombinati, badiiy buyumlar fabrikasi va h.k. 3402 kichik, 249 shirkat, 76 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Shular orasida: Navroʻz Oʻzbekiston–Kanada, Shohi Soʻzana, Nestle-Oʻzbekiston, Shams LTD, Hyp, Ohangar, Chust pichogʻi, Namanganshina, Kosonsoy-Tekmen, Popfen, Silk-Road, Kasmir Deri, Namanganqogʻoz, Yanis IV, Oʻzbekistan– Rossiya Kemtosh, Shifo korxonalari, Oʻzbekiston–Xitoy Channa-Tekstil qoʻshma korxonasi, Oʻzbekistan–Turkiya Ko-sonsoytekstil va boshqa bor.

Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: Donchilik, paxtachilik, sabzavotchilik, bogʻdor-chilik va uzumchilik, goʻsht-sut chorvachiligi, pillachilik. Namangan viloyati mamlakatda yetishtirilayotgan pax-taning 8–9% ini beradi. Gʻallakorlik, polizchilik, tokchilik, sabzavotchilik, ipakchilik va chorvachilik rivojlangan. Tekislikdagi sugʻoriladigan tu-manlarda chorvachilik, asosan, kora-mol, togʻ oldilaridagi tabiiy oʻtloqlarda qoʻy va echki (jumladan, mayin junli) boqiladi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 548,1 ming ga, shundan haydaladigan yerlar 219,8 ming ga, yaylovlar 287,9 ming ga, bogʻ va koʻp yillik daraxtzorlar 31,2 ming ga, tokzorlar 8,7 ming ga ni tashkil qiladi. Don ekinlari 80,4 ming ga, paxta 109,5 ming ga, kartoshka 1,3 ming ga, sabzavot 3,5 ming ga, poliz ekinlari 1 ming ga, ozuka ekinlari 14,4 ming ga maydonni egallaydi, 7760 ga oʻrmonzor, 3 ming ga tutzor bor (2001). Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 4 ming km kollektor drenaj tar-moklari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlarida sugʻoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekinlari ekiladi. Namangan viloyatida 134 shirkat xoʻjaligi, 94,8 ming dexdon xoʻjaligi, 3,5 ming fermer xoʻjaligi bor. Jamoa va xususiy xoʻjaliklarda 667,1 ming qoramol (shundan 261,4 mingi sigir), 899,3 ming kuy va echki, 5,8 ming ot mavjud, par-randachilik bilan qam shugʻullaniladi.

Namangan viloyatida obikor dehqonchilik ustun turadi. Viloyat hududida koʻplab sugʻorish inshootlari - Shimoliy Fargʻona, Oxunboboyev nomli, Chust, Chortogʻ kanallari, Oʻrtatoʻqay suv ombori(Kosonsoy daryosida) va boshqalar qurilgan. Irrigatsiyaning rivojlanishi obikor yerlarni kengaytirish va melioratsiya holatini yaxshilash imkonini berdi. Barcha ekin maydonlarining 27 foizidan koʻprogʻiga paxta ekiladi. Pop va Chust tumanlaridagi yaylovlarda qoʻy va echki koʻp boqiladiasdsa. Qoramol hamma dehqonchilik tumanlarida boqiladi. Yaylovlar yetishmaganidan koʻpgina xoʻjaliklar mollarni yozda togʻ yaylovlariga haydab boradilar. Pillachilik paxtachilik bilan birga rivojlantirilmoqda.

Transport yoʻlilarning uzunligi 138 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 1,7 ming km (shu jumladan, qattiqqoplamalisi 1,6 ming km). Trolleybus liniyasi uzunligi 80 km. Namangan bilan Toʻraqoʻrgʻon shaharlari oraligʻida ham trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Andijon–Koʻqon, Namangan–Uchqoʻrgʻon oʻrtasida poyezdlar qatnaydi. Namangan–Toshkent, Namangan–Margʻilon–Fargʻona, Namangan– Andijon, Namangan–Qoʻqon–Samarqand yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Fargʻona vodiysini respublika poytaxti bilan bogʻlovchi Toshkent–Oʻsh avtomobil yoʻlining Kamchiq dovonida uzunligi 358 va 891 m dan iborat boʻlgan ikkita tonnel qurilib foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati havo transportining rivojlanishi 1941 yilda aerodrom qurish bilan boshlandi. 1984 yilda zamonaviy havo laynerlariga xizmat qiluvchi uchish va qoʻnish maydoni ishga tushirildi. Oʻrta Osiyo davlatlaridagi shaharlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg , Yekaterinburg , Ufa, Simferopol, Novosibirsk, Magadan, Norilsk, Yakutsk, Krasnoyarsk, Mirniy kabi shaharlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahri bilan muntazam aloqa yoʻlga qoʻyildi.

Viloyatdagi 3 ta oliy oʻquv yurti (Namangan universiteti, Namangan muxandislik-texnologiya va Namangan muhandislik-qurilish institutlari)da 11 mingdan ziyod talaba taʼlim oldi (2001). 1999–2001 yillar mobaynida barcha qulayliklarga ega boʻlgan jami 28 kasb-hunar kolleji (18 ming 875 oʻquvchiga moʻljallangan), hamda 2 akademik litsey (1500 oʻrin) bunyod etildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyat oʻquvchilari Respublika miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida muntazam qatnashmoqdalar. Xalqaro AKSELS tanlovida gʻolib chiqib xorijiy davlatlarda tahsil olib qaytayotgan oʻquvchilar soni ham ortib bormoqda. AQShning oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan AKSELS tanlovida Namangan viloyatidan 40 oʻquvchi ishtirok etdi. Viloyatda 2 ta (Namangan oʻlkashu-noslik va Pop arxeologik) muzey, 1 markaziy, 409 jamoat kutubxonasi (1 mln. nusxadan ortiq asar), 162 madaniyat uyi, 8 madaniyat va istirohat bogʻi, 5 teatr (shu jumladan, Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri) bor. Viloyat teatr sahnalarida Oʻzbekiston xalq artistlari R. Hamroyev, M. Azizova, S Rahmonov, M. Mansurov, M. Ubaydullayev, X. Oxunova, Oʻ. Nuraliyev, K. Rahimovlar; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: M. Dadaboyev, A. Raximov, A. Tojiboyeva, M. Isomiddinov, T. Saydullayevlar samarali ijod qildilar (2001 yilda teatr binosi rekonstruksiya qilindi).

Xalq hunarmandchiligi ayniqsa, Namangan va Chuyet shaharlarida qadimdan rivojlangan. Chustda pichoq, idish-tovoq, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqariladi, doʻppidoʻzlik, kashtachilik bilan shugʻullaniladi, xalatlar uchun beqasam va atlas gazlamalar toʻ-qiladi. Chust badiiy buyumlar fabrikasi bor. Sogʻliqni saqlash. Namangan viloyatida 11 650 oʻrinli 115 kasalxona, 250 dan ortiq dorixona, Respublika shoshi-linch tibbiy yordam markazining fi-liali, kuniga 30 ming bemorni qabul qilish quvvatiga ega boʻlgan 256 ambulatoriya-poliklinika muassasasi ishlab turibdi. Namangan viloyatida oʻtgan 10 yil mobaynida 104 qishloq shifokorlik punktlari barpo etildi, 41 qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va feldsher-akusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. Shu davrda 1505 oʻrinli kasalxona, bir smenada 43,7 ming bemorni qabul qiluvchi poliklinikalar qurib bit-kazildi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat koʻp tarmoqli kasalxonasi, viloyat kardiologiya markazi, oʻsma kasalliklar, Namangan shahar onalar va bolalar fizioterapevtik, yuqumli kasalliklar kasalxonalari foydalanishga topshirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Namanganda Semashko nomidagi respublika fizioterapevtik ilmiy tadqiqot instituti, respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamda respublika Salomatlik institutlarining viloyat filiallari, nevrologiya, endokrinologiya va urologiya markazlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Viloyatda onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha Somom avlod dasturi asosida 2000 yildan boshlab Delfin, Viktor va boshqa zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan Ona va bola skrining markazi ishlab turibdi. 6 sanatoriy (jumladan, Chortoq, Gulshan, Kosonsoy), Koʻksaroy dam olish zonasi mavjud.

Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, chim ustida xokkey, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat turlari boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoq-dalar. Namangan viloyatini O‘zbekiston Super ligasidagi bahslarda Navbahor  futbol klubi doimiy ishtirok etib kelmoqda. Namanganda markaziy stadioni(20 mingdan ziyod o‘rinli), shuningdek, 28 stadion, Pahlavon, Dinamo, Alpomish, Sogʻlom avlod sport majmualari, 22 su-zish havzasi, 54 tennis korti, 1 velotrek, 2 otchopar, 473 sport zali, 305 otish tiri, 571 basketbol, 1754 voleybol, 375 qoʻl toʻpi, 422 kichik va 563 katta futbol maydon va maydonchalari bor. 590 mingdan ziyod kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Ularning 260 ming nafaridan ortigi oʻsmirlar. Namangan dovrugini oshirgan va anʼanaga aylangan Universiada-2000 tadbiri katta umumxalq bayrami sifatida keng nishonlandi. Shaxmat, charm toʻp buyicha Osiyo, jahon chempionatlari, saralash musobaqalari, tennischilarning Buyuk ipak yoʻli, Satellit, Fyuchers kabi turlarining oʻtkazilishi Namanganni dunyoga yana ham kengroq tanitdi. Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi Navbahor stadioni, Doʻstlik tennis majmuasi, Yoshlik suzish havzasi, Namangan shahridagi Paxlavon, Alpomish, Dinamo sport majmualari, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Kurash majmuasi kabi sport inshootlarida xalqaro mavqedagi sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. Namangan viloyatida 15 xalqaro toifadagi sport ustasi, 900 dan or-tiq sport ustasi, 2400 sport ustaligiga nomzod, 5000 dan ziyod 1-toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 200 dan ortiq sportchisi Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolaridir. Namangan viloyatidan 2000 yilda boks boʻyicha respublika chempioni, stol tennisi, shaxmat va boshqa sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqa sovrindorlari yetishib chiqdi. Namanganda oʻtkazilgan 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida belbogʻli kurashchilarning 5-Xalqaro birinchiligida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston. Armaniston, Gruziya, Ukraina, Belorussiya, Rossiya, Hindiston va Turkiya sportchilari ishtirok etdi. Umid nihollari, Barkamol avlod, Universiada musobaqalarida oʻquvchitalabalar faolligi tobora oshib bormoqda. 2000 yilgi Universiadada Namangan viloyati sportchilari birinchi oʻrinni olishdi. 2001 yil Barkamol avlod musobaqalarida Fargʻonada 2-oʻrinni, 2002 yil Far-gʻonada oʻtkazilgan Umid nihollari musobaqalarida faxriy uchinchi urinni egalladi. Alpomish, Barchinoy testlariga 500 mingga yaqin oʻquvchi, 30 mingga yaqin talaba, ishchixizmatchi jalb qilindi. Kattalikda respublikada 2-oʻrinda turgan (36 ming oʻrinlik) Navbahor stadioni negizida maxsus futbol maktabi, Olimpiya zaxiralari sport maktabida basketbol, voleybol, qoʻl toʻpi boʻyicha sportchilar tayyorlanmoqda. Namanganda Gulbahor ayollar futbol jamoasi faoliyati ravnaq topayapti. Toshbuloqlik yosh karatechi Doston Turgʻunov AQShda Atlanta kubogi sovrini musobaqalarida ishtirok etib, birinchilikni qoʻlga kiritib, oltin medal bilan qaytdi. Stol tennisi boʻyicha Sevara Qodirova 1999 yilda Shvetsiyada oʻtgan jahon yoshlar chem-pionatida jahon chempioni boʻddi. Shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida Olga Son 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni, yozgi biatlondan Mu-habbat Kandakova Yevropa ochiq chempionati gʻolibi, erkin kurash boʻyicha Rustam Mamajonov Osiyo kubogini, shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster Saidali Yoʻldoshev Xitoyda oʻtgan Osiyo chempionati gʻolibligini, boks boʻyicha Toʻlashboy Doniyorov xalqaro musobakalar gʻolibligini, aka-uka Baxtiyor va Shuhrat Bozorovlar kurash boʻyicha Oʻzbekistonning bir necha bor mutlaq gʻolibligini va xalqaro turnirlar gʻoliblari unvonini, aka-uka Joʻra va Mutalli Mamajonovlar karate boʻyicha AQSH va Vengriyada oʻtgan xalqaro turnirlar gʻolibligini qoʻlga kiritdilar.

Namangan qadimdan xalq ogʻzaki ijodining deyarli barcha janrlariga boy oʻlkadir. Shu diyorda yaratilgan va keng tarqalgan ogʻzaki ijod namunalarini xalq qoʻshiqchilari, ertakchilari hozirgi kungacha saqlab kelganlar. Ulardan yozib olingan qoʻshiqlar, termalar, asotirlar, rivoyatlar va ertaklar bir qancha toʻplamlarga kiritilgan. Yangiqoʻrgʻon, Chortoq, Uchqoʻrgʻon, Norin, Namangan va boshqa tumanlarda xalq dostonchilik maktablari davom etgan. Uchqoʻrgʻonlik dostonchilardan 20-asrning 20-yillaridayoq Yozi bilan Zebo dostoni yozib olinib, keyinchalik nashr qilingan.

Yozma adabiyot Namanganda koʻhna asrlardan boshlab rivojlanib keldi. Bu oʻlka oʻz ijodiy uslubi, ovozi va soziga ega boʻlgan bir qancha isteʼdod egalarining vatanidir. Qad. Axsikent shahrida 11 – 12-asrlarda soʻz sanʼatining bir qancha yirik namoyandalari kamol top-dilar. Markazi Axsikent boʻlgan Namangan adabiy muhiti shakllanib taraqqiy eta boradi. Abu Rashid-Ahmad Axsikatiy, Abul Vafo Axsikatiylar oʻz davrining yetuk adib va olimlari edi. Yirik isteʼdod egasi Asiriddin Axsikatiy malik ush-shuaro va amiri shuaro unvonlariga sazovor boʻldi. Oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandasi Boborahim Mashrab shu oʻlkada voyaga yetdi. 18-asr oxiri – 19-asr 1-yarmidagi adabiyotning koʻzga koʻringan vakillari malik ush-shuaro Fazliy hamda Nodir, Gʻoziy, Majzub, Munshiy, Muxlis, Maxzun va boshqa oʻzbek adabiyoti xazinasiga salmoqli hissa qoʻshdilar. 19-asrning 2-yarmida Nodim, Shavqiy, Ibrat, Hayrat, Xilvatiy va boshqa shoirlardan iborat ijodkorlar guruhi Namanganda eʼtiborli bir adabiy muhitni vujudga keltirdi. Bu muhitda ijodiy kamolotga erishgan Muhammadsharif Soʻfizoda Oʻzbekiston soʻz sanʼatkorlari orasida birinchi boʻlib xalq shoiri faxriy unvonini oldi. Ishoqxon Ibrat va Muhammadsharif Sufizoda 20-asr boshlarida jadidchilik, milliy uygʻonish harakatining yetuk va-killari sifatida faoliyat kursatdilar. Ular uz sheʼrlarida xalqni gʻaflat va qoloklikdan chiqarish, millat ongini uygotish uchun ilm-maʼrifat zarurligini tashviq qildilar. Shoir Rafiq Moʻmin 20-asr 20-yillar sheʼriyatida erk va haqiqat kuychisi boʻlib tanildi. Benazir isteʼdod egasi Usmon Nosir oʻzbek adabiyotining yirik na-moyandalaridan edi. Zafar Diyor bolalarning sevimli shoiri bulib qoldi. Yuldosh Shamsharov, Parda Tursun oʻzbek nasri taraqqiyotida uz urinlariga ega boʻldilar. Chustiy, Shoʻxiy oʻz sheʼrlari bilan el orasida tanildi.

Namangan viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalarining (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar) viloyat boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Namanganda 2 viloyat gazeta (Namangan haqiqati, Namanganskaya pravda), 11 tuman gazeta, shahar gazetalari chiqadi. Viloyatda, shuningdek, tarmoq gazetalari va jurnallar nashr etiladi.

Namangan viloyatida dastlabki radioeshittirishlar 1932 yilda boshlangan. 1990 yildan viloyatda telestudiya tashkil etilib, telekoʻrsatuvlar berila boshladi. 2000 yilda yangi telemarkaz qurilib, foydalanishga topshirildi. Telemarkaz Germaniya Simens firmasining zamonaviy televideoapparaturasi bilan jihozlandi.

Meʼmorlik va arxeologik yodgorliklari. Viloyatda 85 arxeologik, 15 ga yaqin meʼmoriy yodgorlik boʻlib, shulardan kds. shahar va istehkomlar qoldiqlari: Axsikent (miloddan avvalgi 3–2-asrlar.), Munchoqtepa (jez davri), Oyritom, Mugʻtepa (antik davr) va boshqa; meʼmoriy yodgorliklardan: Jome masjidi (18-asr), Chodak madrasa-masjidi (18-asr), Shayx Ishoq Eshon (19-asr), Ota Valixon toʻra (20-asr), Haqqulobod (1903) masjidlari, Yusupxon Eshon (18-asr), Mavlono Lutfullo Chustiy (1913) meʼmoriy majmualari, Gʻoyib Nazar (1892), Mulla Qirgʻiz (1911 – 12) madrasalari, Xoʻja Amin (17-asr), Boy Hamadoniy (19-asr), Mavlono Namangoniy (1907) maqbaralari, Yusufboy Hoji uyi (20-asr boshlari) va boshqa mashhur.




#Article 8: Toshkent viloyati (4269 words)


Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938 yil 15 yanvda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2,4 mln. kishidan ziyod (2004). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi – Toshkent shahri.

Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Adelung togʻi (4301 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq–Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren–Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868 yilda Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966 yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.

Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 1,3°, –1,8°, eng past temperatura –34° (tekislikda), –38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43–47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350–400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo – oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari – Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.

Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500–600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200–1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqa, Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va boshqa, togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida „Chimyon“, „Burchmulla“, „Bogʻiston“, „Xumson“, „Oqtosh“ kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda „Toshkent mineral suvlari“ balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (maydoni 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956 yildan) faoliyat koʻrsatadi.

Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.

Vohaning iklim sharoiti, sersuvligi, dare boʻyi va togʻ oldi mintaqalarining yovvoyi oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga boyligi kdd. tosh davridayoq odam yashashi uchun qulay imkoniyat yaratgan. Toshkent viloyatining qad. aholisi toʻgʻrisida mil. av. 5–2asrlarga oid Yunon, Xitoy va boshqa Shark, manbalarida baʼzi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Oʻlkani arxeologik jihatdan 19-asrda N. I. Veselovskiy, A. A. Divayev, N. P. Ostroumov, Ye. T. Smirnov va boshqa oʻrgandilar. 1920–30 yillarda M. V. Voyevodskiy, G. V. Grigoryev, V. D. Jukov va A. I. Terenojkinlar, 1941 yildan M. Ye. Massoy rahbarligida Oʻrta Osiyo universiteti arxeologiya kafedrasi aʼzolari, 1950 yildan Oʻzbekiston FAning arxeolog olimlari Ya. F. Gʻulomov, Oʻ. Islomov va R. H. Sulaymonovlar viloyat hududida tekshiruv ishlari olib bordilar. 1958 yildan Toshkent viloyatining oʻrta asr shaharlari va qad. konlarini Yu. F. Buryakov, 1966 yildan Toshkent shahrini V. A. Bulatova rahbarligidagi guruh ilmiy ravishda oʻrgangan.

Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida Toshkent viloyati arxeologik xaritasiga 760 ta qad. manzilgoh, shahar va qishloq xarobasi, qad. konlar, qabristonlar, mudofaa va irrigatsiya inshootlari tushirildi. Toshkent viloyatida ibtidoiy odamlar krldirgan dastlabki izlar paleolit davriga toʻgʻri keladi. Bu davrga oid odamlar yashagan gorlar va och iq manzilgoxlardan biri Koʻlbuloq makonidir. Koʻlbuloq yaqinidagi Qizilolmasoy va Qoʻshsoydan qad. tosh qurollar yasalgan ustaxona topilgan. Mustye davriga oid manzilgoxlar Obirahmat gʻorildm, Xoʻjakent qishlogʻi yaqinidan, Chirchiq vohasida esa Qoraqamish va Shoʻralisoydan topilgan. Yangi tosh davri (neolit)ga oid ashyo Toshkent shahrining garbida Qoʻshilish degan joydan topilgan. Bu davrda kurollar maydalashgan va soni koʻpaygan. Toshkent viloyatiningjez davri (mil. av. 2ming yillik) topilmalari Andronovo, Tozabogʻyop madaniyatiga oiddir. Tosh va toʻkma tuproqdan qilingan qabriston qoʻrgʻonlar Chirchiq va uning irmoqlari boʻyida, Obirahmat, Burchmulla (qarang Burchmulla xazinasi) qishloqlari, Iskandar shaharchalarida ochilgan. Qabrlardan Andronovo madaniyatiga xos qoʻlda yasalgan sopol idishlar, bilaguzuk, marvarid va marjonlar topilgan. Jez davridan boshlab rangdor va qimmatbaho metallar togʻ yon bagʻridagi konlardan qazib olina boshlagan. Temir davrida viloyat xududida skif qabilalarning sakmassaget ittifoqiga kirgan elatlar yashagan. Ularga tegishli yodgorliklar mil. av. 6–4asrlarga oiddir. Bu davr qabristonlaridan (Burchmulla yaqinida) tirnab bezalgan sopol idishlar, tosh va kumushdan yasalgan zebziynat buyumlari topilgan. Chirchiq vodiysida Burganlisoydan temir davriga oid sopol, metall, toshdan yasalgan uyroʻzgʻor buyumlari, jumladan, choynaksimon tumshukli va quloqli qozonlar va mehnat qurollari topilib oʻrganilgan. Idishlar dumaloqshaklda boʻlib, sirtiga angob boʻyogʻi berilgan. Mil. av. 1 – mil.ning 1-asrlarida Toshkent viloyati hozirgi hududi Qangʻ davlati tarkibiga kirgan. Toshkent viloyati oʻtroq xalklarining madaniyati koʻshni koʻchmanchi chorvador xalklar madaniyati bilan chambarchas aloqada boʻlgan. Koʻchmanchi chorvador xalqlar yodgorliklaridan Qovunchitepa yaxshi oʻrganilgan. Ohangaron daryosining quyi oqimida joylashgan Qanqa (qarang Xarashkat) xarobasi eng qad. shaharlardan biri boʻlgan. Shahar mil. av. 3–2 asrlarda vujudga kelgan. 1-asrga oid shaharlar Sirdaryo vodiysida Banokat, OhangaronOqqoʻrgʻon oraligʻida Kindiktepa va Qovunchitepalar boʻlgan. Bu yerlardan Toshkent hokimligining birinchi tanga pullari topilgan. Bu davrda hamma mayda shahar va qoʻrgʻonlar Shosh (Choch) va Iloq (Eloq)qa birlashgan. 7-asrda qalʼalari va mayda shaharchalari koʻpligi uchun Shoshni ming qalʼali davlat deb taʼriflaganlar. Shulardan biri Toshkentning shimolida (hozirgi shahar hududida) joylashgan Oqtepa qoʻrgʻoni boʻlib, u mustahkam mudofaa devorlari bilan oʻralgan. Ilk oʻrta asr shaharlarining arki va shahristoni boʻlgan.

Shaharlarda hukumat uylari, savdo va xunarmandchilik rastalari tartib bilan joylashgan. Ularning maydoni 20 ga dan 65 ga gacha yetadi. Atrofdagi togʻlardan oltin, kumush, mis qazib olish natijasida hunarmandchilik yuksalgan. Kulolchilik va chorvachilik rivojlangan. Shosh va Iloq davlatlari oʻz nomlaridan tanga pullar zarb qilgan. Tangalarning yuz tomoniga vahshiy hayvonning rasmi (silovsin yoki bars), orqa tomoniga panshaxaga oʻxshash tam/a tushirilgan.

Ilk oʻrta asrlarda aholi oʻrtasida otashparastlik keng yoyilgan. Ossuariyga odam suyaklari solib koʻmilgan qabrlar Toʻytepa, Qoraxitoy va Tuyaboʻgʻizdan (qarang Tuyaboʻgʻiztepa) topilgan. Ossuariylar tuxumsimon shaklda boʻlib, qopqogʻiga hayvon suratlari solingan.

Qadimgi shahar xarobalarida oʻtkazilgan qazilmalar shaharlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va kengayishi har xil tarzda kechganligini koʻrsatadi. Shaharlar poytaxt boʻlgani, karvon yoʻllari ustiga joylashgani, konlardan yaxshi foydalangani va chorvador koʻchmanchi xalqlar bilan aloqada boʻlgani uchun rivojlangan. Shaharlarning maydoni 20 ga dan 200 ga gacha boʻlgan. Toshkent viloyati hududidan oʻtgan 2 mashhur karvon yoʻlining birinchisi Sirdaryo, Binkat, Xarashkat, Xudoykat orqali, ikkinchisi bir oz shim.rokdan Chinozkat, Shuturkat, Dafnigankat, Isfijob orqali oʻtgan. 9–10-asrlarda konchili k ishlari, metall eritish, kulolchilik va toʻqimachilik taraqqiy etgan. 10-asr geograflarining maʼlumotlariga koʻra, Shosh, Ilokdan har xil matolar, gilamlar, teridan ishlangan ashyolar, harbiy qurollar, egarlar, metall buyumlar, chorvachilik mahsulotlari va gʻalla tashqariga chiqarilgan.

Toshkent hunarmandlari tomonidan yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, qurolaslahalar butu n sharqsa shuhrat qozongan.

Toshkent vohasi oʻz tarixida takdirning koʻp sinovlarini, shahar va qishlokdarni vayronaga aylantirgan moʻgʻullar bosqini kabi ogʻir davrlarni boshidan kechirgan. Tarixiy manoalardan maʼlum boʻlishicha, faqat Amir Temur davriga kelib, vohada qaytadan rivojlanish boshlangan. Koʻplab shaharqishloklar yangidan kad rostlab, obod boʻlgan. Viloyat hududidagi mashhur Zangiota majmuasi Amir Temur tomonidan qurildi. Bu yodgorlik majmuining qurib bitkazilishi keyinchalik Mirzo Ulugʻbek tomonidan oxiriga yetkazilgan.

Tarixdan maʼlumki, sohibqiron Amir Temur Toshkent sh. va Toshkent vohasiga koʻp marta tashrif buyurgan. Sirdaryo boʻyidagi moʻgʻullar vayron qilgan Banokat shahrini qayta tiklab uni oʻgʻli Shohrux nomiga Shohruxiya deb atagan.

Toshkent viloyatidagi aholining zichligi oʻrtacha 1 km² ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, oʻzbeklar (60,9 %), shuningdek, rus (8,1 %), qozoq (14,3 %), tatar (2,5 %), tojik (5,0 %), koreys (2,8 %), ukrain va boshqa millat (turk, qirgʻiz, uygʻur, nemis va boshqa jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Ayniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomeratsiyasida aholi juda koʻp. Toshkent viloyatidagi koʻpchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida oʻrab olgan.

Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20 %ni, elektr energiyasining 45 %ni, koʻmirning 98 %ni, sementning 43 %ni, poʻlat va metall prokatining 100 %ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: „Gʻishtchi“ (Angren), „Agat va Farhod“ (Boʻstonliq tumani), „Metallurfemont“ (Bekobod), „Orion“ (Qibray tumani).

Sanoatining yetakchi tarmoklari – energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash.

Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi.

Chirchikdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmalikdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi.

Viloyatdagi „Toshkenttibtexnika“ (Qibray tumani), „OʻzBMZ“ (Toshkent tumani), „Gidravlika“, „Uskuna quruvchi“ (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, „Angrengazmash“ (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.

Viloyatda, shuningdek, „Ohangaronsement“, „Santexquyma“, „Ohangaronshifer“, „Ohangaronlinplast“, „Bekobodsemtaʼmir“, „Gʻazalkentoyna“ kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.

Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va boshqa tarmoklarni oʻz ichiga oladi.

Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalarga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fabrikalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi (2004).

Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.

Toshkent viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʻjaligi, 8 parrandachilik fabrikasi bor. Chorvachilik goʻshtsutga ixtisoslashgan.

Toshkent viloyatidagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003).

Chirchiq – Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.

Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren shaharlari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40 % angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir.

Viloyatda Quyi Chirchiq „Baliqchi“ tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va boshqa bor.

Toshkent viloyatidagi temir yoʻl uzunligi 354,2 km. Viloyat hududidan Oʻrta Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan temir yoʻl liniyasi (shu jumladan, Moskva – Toshkent – Turkmanboshi) oʻtadi. Angren sh. va Chorvoq shaharchasi yoʻnalishidagi temir yoʻl tarmoqlari Toshkentdan boshlanadi. Toshkent atrofidagi temir yo'l elektrlashtirilgan. 2004 yildan boshlab Toshkent – Samarkand yoʻlovchilar tashuvchi elektr poyezdi qatnay boshladi. Viloyatda avtomobil yoʻllarining tarmogʻi zich. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 6,6 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi – 5,9 ming km). Muhim avtomobil yoʻllari: Katta Oʻzbekiston trakti, Toshkent–Andijon–Oʻsh– Qashqar avtomobil yoʻli.

Viloyatda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangi taʼlim tizimi shakllanmoqda. 2000 yilda viloyatning 45 nafar oʻquvchisi „Umid“ jamgʻarmasi orqali chet ellardagi nufuzli oliy oʻquv yurtlariga joʻnatildi. 2004 yilda Boʻstonliq tumanidagi 38maktab qoshida AQSH USAJD tashkilotining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda sport va sogʻlomlashtirishni targʻibot qilish dasturi asosida maktab oʻquvchilari bilan sport haftaligi oʻtkazildi. Toshkent viloyatining barcha shaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida „Bogʻchamaktab“ majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga chet tili, kompyuter savodxonligini oʻrgatish, alifbosiz oʻqishga eʼtibor berilgan. „Mehr va muruvvat yili“ munosabati bilan Olmaliq shahridagi 80sonli maxsus internat maktabi binosini mukammal taʼmirlash uchun Olmaliq togʻmetallurgiya kombinati tomonidan 350 mln soʻm miqdorida mablagʻ ajratilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 1998–2003 yillarda yangi qurilish va qayta taʼmirlash hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik litsey foydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi boshqarmasi tasarrufida 4 akademik litsey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud boʻlib ularda 57,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. 2004 yilda Toʻytepa shahrida ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanishga topshiriladi.

Akademik litsey va kasbhunar kollejlarini oʻquvlaboratoriya jihozlari va uskunalari bilan taʼminlash, turli mavzularda ilmiyamaliy seminar oʻtkazish loyihalari boʻyicha tanlovlar tashkil qilish borasida Janubiy Koreya, Germaniya davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda.

Oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi tizimi boʻyicha 2003 yilda Amerika hamkorlik tashkiloti (AKSELS) tomonidan „Aʼlo taʼlim uchun mukofot“ dasturi asosida litseylar va kasbxunar kollejlari direktorlari, ingliz tili oʻqituvchilarining taqdimot seminarlari oʻtkazildi.

Toshkent viloyatida eng yirik i.t. institutlari, bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, paxtachilik, chorvachilik, ipakchilik va oʻrmon xoʻjaligi, sugʻorish texnikasi i.t. institutlari, qishloq xoʻjaligi.gini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish Oʻrta Osiyo instituti, Oʻrta Osiyo rangli metallurgiya loyigʻalash, Sholikorlik i.t. instituti va boshqa joylashgan.

Toshkent viloyatida 4 oʻlkashunoslik muzeyi, 501 ommaviy kutubxona (7141,6 ming nusxa asar), 169 klub muassasasi, 35 bolalar musiqa va sanʼat maktabi (6323 oʻquvchi), madaniyat uylari, 746 badiiy havaskorlik jamoalari, 3 madaniyat va istirohat bogʻi bor. Toshkent viloyati va Toshkent shahridan Toʻychi hofiz, Zokirovlar, Rajabovlar sulolalari, akauka Shojalilovlar; Oʻzbekiston xalq hofizlari: Muhammadjon Karimov, Faxriddin Umarov, Ochilxon Otaxonov; Oʻzbekiston xalq artistlari: Turgʻun Alimatov, Orif Alimahsumov, Nuriddin Haydarov, Oʻzbekistonda xizmat I ■ ‘ koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov va boshqa yetishib chiqdilar. Viloyatda xalq hunarmandchiligi rivojlangan.

Sogʻliqni saqlash. Toshkent viloyatida 10361 oʻrinli 96 kasalxona muassasasi, 42 dorixona, viloyat tez tibbiy yordam markazi boʻlimlari, 334 ambulatoriyapoliklinika muassasasi ishlab turibdi. Shulardan 174 qishloq vrachlik punkta, 43 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 11 stomatologiya poliklinikam, talabalar poliklinikasi va 195 feldsherakusherlik punkti va boshqa tibbiyot muassasalari faoliyat koʻrsatadi.

Toshkent viloyatida oʻtgan 1996–2003 yillar mobaynida 174 qishloq vrachlik punktlari barpo etildi, 119 qishlok, shifokorlik ambulatoriyasi va feldsherakusherlik punktlari qishloq shifokorlik punktlariga aylantirildi. 1999– 2003 yillarda viloyatda 150 oʻrinli viloyat klinik shifoxonasi, 170 oʻrinli viloyat tugʻruq majmuasi, 90 oʻrinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 60 oʻrinli narkologiya dispanseri, 120 oʻrinli viloyat ruhiyasab kasalliklari dispanseri, 100 oʻrinli viloyat silga qarshi kurash dispanseri, ayollar reproduktiv salomatligini tiklash markazi, Yuqori Chirchiq tumanida 40 oʻrinli „Nuroniy“ shifoxonasi, Bekobod, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Qibray tumanlarida yangi tugʻruq majmualari ishga tushirildi. Ular zamonaviy tibbiyot apparatlari, asbobuskunalar bilan jihozlandi. Toshkent viloyatidagi barcha tibbiy muassasalarda 5032 dan ziyod vrach, 22106 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Viloyat hududida 95 ta bolalar oromgoxdari, 5 ta dam olish zonalari, 10 sanatoriy, 14 ta sanatoriyprofilaktoriy, 3 dam olish uylari, 7 ta pansionat, 2 bolalar sanatoriysi faoliyat koʻrsatadi. Toshkent shahridan 90 km shim.sharkda Chatqol togʻ yon bagʻirlarida „Chimyon“ dam olish zonasi joylashgan.

Viloyatdan sportning futbol, basketbol, voleybol, suv polosi, mini futbol, qoʻl toʻpi, shaxmat va boshqa boʻyicha sportchilar mamlakat musobaqalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Toshkent viloyatida 49 stadion, sport majmuasi, 16 suzish havzasi, 38 tennis korti, otchopar, velotrek, 624 sport zali, 45 otish tiri, 683 basketbol, 994 voleybol, 359 qoʻl toʻpi, 667 futbol maydoni bor. Bugungi kunda 1701 ta jismoniy tarbiya va jamoalarida 600 mingga yaqin kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi.

Oʻtgan davr mobaynida viloyatda oʻnlab jahon, Osiyo, respublika chempionlari yetishib chikdi. D. Mansurov erkin kurash, R. Saidov va I. Alborovlar boks, E. Akbarov, S. Zokirov, A. Bobojonov va M. Kalikulovlar dzyudo, M. Inoyatova stol tennisi, D. Turchin, M. Tarasov, Yu. Borzova. D. Strijkovlar baydarka va kanoe, V. Smirnov yengil atletika, S. Soy suzish boʻyicha Afina 2004 Olimpiadasiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishdi. Katar davlati poytaxti Doxa shahrida boʻlib oʻtgan stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatida A. Dyugay oltin medalga sazovor boʻddi. 2004 yil may oyida Dogʻistonning Maxachqala shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro turnirida D. Mansurov 1oʻrinni egalladi. Viloyat jamoasi respublika miqyosida uloq, yengil atletika, boks, dzyudo, stol tennisi, qoʻl toʻpi, voleybol va boshqa sport turlari boʻyicha 1 va sovrinli oʻrinlar sohiblari boʻlishdi.

Viloyatda sport turlari orasida futbol tobora ommaviylashmoqda. Futbol boʻyicha mamlakat chempionatining oliy ligasida „Doʻstlik“ (Toshkent viloyati), „Metallurg“ (Bekobod), „Kimyogar“ (Chirchiq), „Semurgʻ“ (Angren) jamoalari viloyat sharafini himoya qilmoqdalar. „Doʻstlik“ komandasi ikki bor mamlakat chempioni va bir marta billur sovrini sohibi boʻldi.

Toshkent viloyatida xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1toifadagi sportchilar tayyorlandi.

Toshkent vohasi Sharq adabiyotining qad. markazlaridan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab yozilgan asarida Mavlono Lutfiyning ona vatani Toshkent boʻlgan, degan fikr ilgari surilgan. 14–16-asrlarda shoir Badriddin Chochiy, mashhur tarixchi, huquqshunos, tarjimon Koʻhakiy, 16-asrda Zayniddin Vosifiy T.da yashab ijod qilganlar. Xoja Ahror taklifi bilan Toshkentda Jomiy ham boʻlgan va ulugʻ mozorotlarni ziyorat qilgan. Toshkentlik tarixchi va geofaf olim Muhammad Solih „Tarixi jadidai Toshkand“ asarini yezdi. Dilkash, Gulshan, Almaiy, Kamiy kabi shoirlar voya ga yetdi. Avloniy, Nozimaxonim, Mirmuxsin Shermuhamedov, Sidqiy Xondayliqiy (Shavkat), Xislat, Miskin, Tavallo kabi isteʼdodlar yetishib chikdi. Shoir Akmal yetuk olim sifatida ham nom chiqargan. Dilafgorning toshbosmada devoni chop qilingan, Elbek turkologtilshunos, tarjimon va jurnalist sifatida ijod qildi. 20-asrning 20–30-yillaridagi Toshkent adabiy hayotida Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom. Botu, Ziyo Sayd, Oydin, Zulfiya, Gʻayratiylarning oʻrni katta. Toshkent viloyatida V. Gʻafurov, A. Ubaydullayev, Muzayyana Alaviya, M. Samadov, Usmon Umrzodalar ijod qiddilar. Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi, yozuvchi H. Sultanov, shoirlar Abdulla Sher, Sh. Salimova, M. Toirov, O. Otaxonovlar Toshkent viloyatida tugʻilib kamol topgan adabiyot namoyandalaridir. Matbuot, radio va televideniyesi.

Toshkent viloyatida 2 ta viloyat („Toshkent haqiqati“, „Tashkentskaya pravda“), 16 tuman, 9 shahar gazeta chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 17 tarmoq, 7 jamoat gazeta va 1 jurnali nashr etiladi. 38 matbaa korxonasi faoliyat koʻrsatadi.

Toshkent viloyatida (Toshkent shahrida) tajriba radioeshittirishlar dastlab 1926 yil boshlangan. 1927 yil 11 fevralda quvvati 2 kVt boʻlgan ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar olib borilgan. 1929 yildan boshlab muntazam radiogazeta eshittirishlari berilgan. 1930 yildan quvvati 20 kVt boʻlgan RV radiostansiyasi ishlay boshlagan.

Respublika miqyosidagi eshittirishlardan tashqari, Toshkent shahar va viloyat radio tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat radioeshittirish bosh tahririyati tayyorlagan eshittirishlar beriladi (1971 yildan). Shuningdek, „Oriat Dono“, „Oriat GʻM“ radiostansiyalari faoliyat koʻrsatadi.

Televizion eshittirishlar 1956 yil 5 noyabrdan boshlangan. 1971 yildan rangli televizion koʻrsatuvlar berilmoqda. Toshkent sh. va Toshkent viloyati uchun moʻljallangan koʻrsatuvlar bosh tahririyati „Oʻzbekiston“ axborot dasturi, „Shahar yumushlari“, „Davra suhbati“, „Muloqot“, „Hamshaharlar“, „Shahar portreti“, „Oila“, „Mezon“, „Oltin beshik“, „Bahs“ kabi koʻrsatuv turkumlarini tayyorlaydi. Viloyatda, shuningdek, „Olmaliq–TV“, „Poʻlat“, „Chirchiq–TV“, „Bekobod oynai jahon“, „Orbita TRK“ telestudiyalari ishlab turibdi.

Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyat hududida ilk oʻrta asrlarda bunyod etilgan shahar, koʻshk va saroylar xaroba holida tuproq ostida qolib ketgan. Oʻrta asrlarga oid yirik meʼmoriy binolarning aksari kismi Tbshkent shahrida bunyod etilgan. Ulardan 14–19alarda qurilgan maqbara va madrasalarning ayrimlarigina hozirgacha saqlangan.

Zangiota majmuasi Toshkent viloyatidagi eng mashhur, Oʻrta Osiyodagi noyob meʼmoriy yodgorlikdir. Zangiota qishlogʻida joylashgan mazkur yodgorlik 15– 20-asrlar davomida qurilgan. Zangiota maqbarasi, peshtoqli ayvon, ziyoratxona, goʻrxonalardan iborat. Majmua tarkibida Anbar bibi maqbarasi ham bor.

Bekobod tumanida Qizilmozor maqbarasi joylashgan. Toshkent viloyatidagi tuman markazlarida Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga, jumladan Chirchiq shahriga kiraverishda, Boʻzsuv kanali sohilida, Yangiyoʻl shahrida, Parkent shahridagi yodgorliklar oʻrnatilgan.

Xar bir viloyat, tuman, xar kaysi shahar va kishlok-xammasining uziga xos kiyofasi, fayzu tarovati bor. Shular orasida Toshkent viloyati aloxida ajralib turadi. Toshkent viloyati deganda, inson kuz ungida Chotkrl, Ugam, Kurama, Chimyon kabi purvikrr toglari, serxrsil dalalari, ulkan sanoat korxonalari, zamonaviy shaharlari, fayzli va tarovatli kishlokgshri, sulim bogu poflari bulgan guzal bir voxa namoyon buladi.

Bu tupima ran emas. Yukoridagi fikrlar yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan 1999 yil dekabr oyida viloyat saylovchilari bilan bulgan uchrashuvda bildirilgan.

Prezident Toshkent viloyati xakida suz yuritar ekan, bu voxaning Buyuk ipak yulidagi ilm-fan, xunarmandchilik, madaniyat tarakkiy etgan makonlardan biri bulganligiga aloxida eʼtibor karatdi.

Prezident Toshkent viloyati xakida suz yuritar ekan, bu voxaning Buyuk ipak yulidagi ilm-fan, kunarmandchilik madaniyat tarakkiy etgan makonlardan biri bulganligiga aloxida eʼtibor karatdi.

Darxakikat, Xujakent yakinidagi gordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining koldiklari va koyalardagi suratlar bu voxdtsa ajdodlarimiz juda uzok zamonlardan beri yashab kelganidan dalolat beradi.

Buni bukj alloma Muxammad al-Xorazmiy, mashxur tarixchi at-Tabariy, jugrofiya olimi al-Istaxriy va boshkalar krldirgan muxim maʼlumotlar xam tasdiklaydi. Bu erda yasalgan xunarmandchilik va zargarlik buyumlari, kurol-aslaxalar butun Sharkda shuxrat kozongan. Bizgacha etib kelgan „Xudud al-olam“ nomli tarixiy kitobda: „Choch – bu katta viloyat, xalki jangovar va saxiydir. U erda kamon va uk-yoy yasaladi“, – degan suzlar bitilgani x.am buni yakkrl isbotlaydi.

Bu mukaddas zamin uz tarixida takdirning kup-kup sinovlarini, shahar va kishloklarni vaironaga ailantirgan mugullar boskini kabi balo-kazolarni xam boshidan kechirgan.

Zangi OtaTarixiy manbalarning shoxidlik berishicha, fakat sox;ibkiron Amir Temurdavriga kelib, voxdtsa kaytadan rivojlanish boshlangan. Kuplab shahar-kishloklar yangidan kad rostlab, obod bulgan.

Shu maʼnoda viloyat xududidagi mashxur sufiy alloma Oyxuja ibn Toshxuja Zangiota makbarasining bunyod etilishi bilan boglik ibratli tarixiy voqealar teran ramziy maʼnoga ega, desak xech kanday mubolaga bulmaydi.

Maʼlumki, bobomiz Amir Temur xazrat Yassaviyga makbara kurish xarakatini boshlaganida, nima uchundir, ish xadeganda yurishavermagan. Bu xrlning sababini bilolmay, xayron bulib yurganida, u bir kechasi tush kuradi. Tushida nuroniy bir zot Yassaviyga makbara kurishdan avval Zangiotaning kabrini obod kilish lozimligini soxibkiron bobomizga ayon kiladi.

Shunda Amir Temur Zangiota ruxini shod etish uchun maxbara kurishga kirishadi. Bu muxdasham yodgorlik majmuining kurilishi keyinchalik Ulugbek Mirzo tomonidan oxiriga etkaziladi.

Butun islom dunyosida maʼlum va mashxur Zangiota majmuining keyingi yillarda tubdan kayta taʼmirlanib, guzal va obod bir ziyoratgoxga aylantirilgani viloyat axlining savobli ishlaridan biridir.

Yana bir misol. Tarixdan maʼlumki, buyuk soxibkiron Amir Temur mamlakatimiz poytaxtiga, Toshkent viloyatiga juda kup tashrif buyurgan. Chinoz, Okkurgon tumanlarida buyuk zotning muborak izlari krlgan. Xatto Okkurgon tumanida Banikent nomli shaharni kayta tiklab, uni sevimli farzandi Shoxrux nomiga „Shoxruxiya“ deb atagan.

Xozirgi Okkurgon tumanida joylashgan bu azim gusha, jaxrngir bobomiz bunyod etgan shahar – Shoxruxiyada Amir Temur bogi barpo etilgan.

Bu misollar ushbu zaminning nakadar mukaddasligidan dalolat beradi.

Bu mukaddas zaminda muborak izlari kolgan Xoja Axror Valiy, Shayx Umar Bogistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Xrfiz Kuykiy kabi zoti shariflarning xar biri xakida uzok gapirish mumkin

Toshkent viloyati ulkan va noyob saloxiyatga ega. Bu erdagi bexisob imkoniyatlar, rivojlangan kommunikatsiya tarmoklarini olasizmi, shakllangan infratuzilmani olasizmi, suv taʼminoti yoki yuksak malakali kadrlarni olasizmi – ularning barchasi Toshkent viloyatida mavjud.

Bugungi kunimiz va ertangi xayotimizning tarakkiyoti ustida ishlayotgan, ilmu fan va maʼrifat sohasiga uzining munosib xissasini kushayotgan kuplab tashkilotlarning xizmatini aloxida taʼkidlash lozim.

Viloyat xududida birgina kishlok xujaligi muammolari bilan shugullanuvchi undan ortix ilmiy tekshirish instituti, nufuzli tadkikrt markazlari ishlab turibdi.

Bu erda usimliklar genetikasi, sholikorlik kartoshka va sabzavotchilik paxtachilikka ixtisoslashgan bir kator ilmiy tadkikrt institutlari, Shreder nomidagi Uzumchilik va bogdorchilik ilmiy ishlab chikarish birlashmasi, respublikamizning barcha viloyatlariga mutaxassislar tayyorlab berayotgan, mamlakatimizda yagona bulgan Agrar universitet faoliyat kursatmokda.

Shu nuxtai nazardan Toshkent viloyati xalk xujaligi sohasida paydo bulayotgan barcha yangilik va ixtirolarni sinab kuradigan katta bir tajriba maydoni, deb nom olgan bulsa, bu xam tabiiy bir xrldir.

Bunyodkorlik voxasi deb nom olgan viloyatning fayzu tarovati va boshka uziga xos xususiyatlari yana nimada namoyon buladi?! Yaxshisi, shu xakda:

Toshkent viloyati Oz'bekiston Respublikasining shimoliy-shartsida joylashgan. Maydoni 15.3 ming kv.km. Viloyatda 15 ta tuman, 16 ta shahar, 18 ta shahar kurgoni va 146 ta kishlok fukarolari yiginlari mavjud. Mamlakat poytaxti – Toshkent shahri bir vakxning uzida viloyatning maʼmuriy markazi xamdir.

Yirik shaharlari: Angren, Chirchik, Olmalik, Bekobod, Yangiyul va Oxangarondir.

Viloyatda 2,4 mln. kishi istikrmat kiladi va axrli soni jixatidan respublikada uchinchi urinda turadi. Axrli zichligi jixatidan xar bir kv.km.ga 155 kishi tugri keladi.axolining milliy tarkibi: uzbeklar, ruslar, kozoklar, tojiklar, kirgizlar, uygurlar, tatarlar, koreyslar, ukrainlar va boshka 80 ga yakin millat xam da elatlardan iborat.

Viloyatning shimoliy-sharkiy va sharkiy kismini Chotkol, xurama, Pekom va Ugam tizma togpari tashkil kiladi. Xududining katta kismi janub va janubiy garbga tomon Sirdaryoga kiya tushgan togoldi tekisligidan iborat. Viloyat yukrri seysmik zonada joylashgan. Ik/1imi kontinental. 1 xishi nam, nisbatan yumshok Yozi issik, KURUK-Yanvarning urtacha xarorati – 1.3 S dan – 1.8 S gacha, iyulniki 26.8 S. Yiliga tekisliklarga 250 mm, togoldilariga 350–400 mm, togparga 500 mm. yogin tushadi. Kor koplami fakat toglarda turgun. Vegetatsiya davri tekisliklarda kariyb 210 kun. Asosiy daryolari: Sirdaryo (Toshkent viloyatida uzunligi 125 km) va uning irmokgshri, Chirchik; (Pekom bilan birga) xamda Angren xisoblanadi.

Tekislikda buz tuprok, togoldilarida (500–600 m. balandlikkacha) – tipik buztuprok, undan yukorida chimli-kungir, utloki – dasht tuproklar tarkalgan. Dare terassalarining kuyi kismida, shuningdek er osti suvlari er yuzasiga yakin joylarda, dare vodiylarida allyuvial tuprok/iap bor. Tekislik kismi xaydalib, ekin ekiladi. Fakat Sirdaryo soxillarida tukayzorlar bor. Toglarrr 1200–1400 m. balandlikkacha togdashtlari, undan yukrrida archazorlar, 2000 metrdan yukorida subalp va alp utloklari uchraydi.




#Article 9: Oʻzbek tili (653 words)


Oʻzbek tili (Oʻzbekcha) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.

Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.

Oʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:

Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.

XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.

XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.

Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.

Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.

Oʻzbek tilida 6 ta kelishik bor.

Hozirgi oʻzbek adabiy tilining lugʻat tarkibi asosan, 5 manba negizida tashkil topgan :

Umumturkiy soʻzlar koʻpchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan barcha turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan koʻpgina soʻzlar borki ular azaldan turkiy qabilalar tilida mavjud edi, ular hozir ham ishlatiladi. Masalan: kishi, ot, qoʻl, oyoq…

Oʻzbekcha soʻzlar oʻzbek tili sharoitida, oʻzbek tili yoki boshqa til elementlari yordamida koʻpgina soʻzlar yaratilgan. Masalan: ishxona, soʻroq, ulfatchilik, bogʻdorchilik…

Fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar hozirgi oʻzbek tilida tubandagi kabi soʻzlar bor. Ular dasturxon, chiroq, parda, marvarid, marjon…

Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Arab soʻzlari oʻzbek tiliga VII—VIII asrlardan boshlab kiradi. Bu hol arablarning shu davrda Oʻrta Osiyoni jabt etishlari bilan bogʻliq. Hozirgi oʻzbek tilida arab tilidan kirgan quyidagi kabi soʻzlar mavjud: kasb, mehnat, hayvon, ittifoq, millat…
Arab soʻzlari birinchidan kitob, madrasa, din, davlat tuzimi orqali kirgan. Ikkinchidan Eroni tillar orqali kirgan. Uni masalan arab soʻzlariga tojikcha morfemalar qoʻshib yasalgan. Masalan: darxaqiqat, mansabdor, mulkdor, baquvvat… kabi soʻzlardan bilsa boʻladi.
    
Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Oʻzbek milliy tilining shakillanishi va rivojlanishida rus millatining tili gʻoyat katta rol oʻynaydi. Rus xalqi bilan oʻzbek xalqi orasidagi yaqin aloqa, ayniqsa ruslarning iqtisodiy va madaniy taʼsiri rus tilidan ruscha va yevropa tillariga oid soʻzlkarning oʻzbek tiliga kirishiga sabab boʻlgan. Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar: fabrika, gimnaziya, doktor, shapka…

Tarixda oʻzbek tilini yozish uchun koʻp alifbolardan qoʻllanilgan. 1928-yilgacha savodli kishilar oʻzbek tilini arab yozuvida yozishgan. 1928-yildan 1940-yilgacha oʻzbek tili lotin yozuvida yozilgan. 1940-yil Iosif Stalinning buyrugʻi bilan majburan kirill yozuviga oʻtilgan. 1992-yilgacha oʻzbek tili shu yozuvda yozilgan. 1993-yil Oʻzbekiston rasman lotin yozuvini yana qaytadan kirgizdi. Hozirda Oʻzbekistonda taʼlim joylarida lotin yozuvidan qoʻllaniladi. Shunday boʻlsa ham yoshi kattalar va Oʻzbekiston tashqarisida yashaydigan oʻzbeklar hali ham kirill yozuvidan qoʻllanishadi.

Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

Lekin, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.

Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.




#Article 10: Turk tili (281 words)


Turk tili (Turkcha: Türkçe) — soʻzlashuvchisi eng koʻp bolgan turkiy til. Turk tilida gaplashuvchilar asosan Turkiyada yashashadi. Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston ,Olmoniya, Niderlandlar kabi davlatlarida ham turk tilida gaplashuvchilar bor.

Turk tili — turkiy tillarpgm biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yakin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shim.sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshka qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi Turk tili lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi.

Turk tilining fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi rv, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi v oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi vo1 feʼlining ol tarzida qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va boshqa bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hozirgi zamon feʼlining faol qoʻllanishi va boshqa ni koʻrsatish mumkin.

Adabiy Turk tili hozirgi shaklida 19-asr oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski Turk tili ning arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-asrdan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hozirgi yozuvi 1929 yildan lotin grafikasi asosida.

Turk tilida 5 ta kelishik bor.




#Article 11: Qoʻqon (1226 words)


Qoʻqon — Farg‘ona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi)ning quyi oqimida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 400 000 dan ortiq (2018-yil). Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. Viloyatda eng katta shaharlardan biri. U vodiydagi transport qadimiy karvon yo‘llar kesishgan joyda joylashgan.

Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ortiq degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida „Havokand“ (Hoʻkand) shaklida, yaʼni „goʻzal“, „yoqimli“ yoki „shamol shahri“ maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda „Hoʻqandi latif“ degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari „balandlikdagi shahar“, „hular shahri“ [yaʼni, „hu (ku) qabilasi — elati shahri“] versiyalari ham bor. Qad. Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi „Guyshan“, „Xoʻxan“ tarzida ifodalangan.

Qoʻqonning 18-asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709 yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842 yilda Buxoro amirligi hukmdori Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilonga koʻchirilgandan keyin (1877 yil 27 aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi. Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871 yilda), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari („Andreyev shirkati“, „Rossiya jamiyati“, „Kavkaz va Merkuriy“, „Eron savdo-sanoat shirkati“, „Sharqiy jamiyat“ va boshqalar) tashkil qilingan. 1913 yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi „Madrasai xishtin“ (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani „Soʻfiyon“ (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda „Sadoi Fargʻona“, „Yangi Fargʻona“, „Qoʻqon sadosi“ gazetalari chop etila boshladi. 1917 yilning kuzida Qoʻqonda „Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918 yil fevral). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918 yilda Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.

Oʻlkamizning shahar va qishloqlarida XX asr boshlarida avval „shayton oʻyini“, keyinchalik „yovvoyi oʻyin“ deb nom olgan oʻyinlar paydo boʻldi. Garchand hozirgi futbolga unchalik oʻhshamasa ham maydon va koʻchalarni changitib tashkil etilan bu oʻyin, keng kuloch yoza boshlagandi. Mahalliy yoshlar oʻsha davrlarda chor Rossiyasining oʻlkamizda hizmat burchini oʻtayotgan harbiylari boʻsh vaqtilarini qanday oʻtkazishlari bilan qiziqar edilar. Ular koʻp vaqtlarini bu erlar uchun yangi boshlangan futbol oʻyiniga bagʻishlashar edi. Xarbiy qismlarlarga yaqin boʻlgan qishloqdagi yosh yigitlar „yangi“ oʻyinga katta qiziqish bildirib, har bir oʻyinni zavq bilan tomosha qilishadi. Ohir oqibat xarbiylarga taqlid qilib, yoshlar oʻzlari maysali tekis maydon topib, u erga darvozalar uchun ustunlar oʻrnatib, oʻziga xos futbol maydoni yaratishadi. Albatda maydon tayyorlash, chim yotkizish, ustunlarni tiklash qoʻqonlik yigitlar uchun qiyin ish emasdi. Eng muhimi futbol oʻynash uchun toʻp topish kerak edi. Albatda u vaqt doʻkonlarda koptok topish mumkin emasdi, askarlardan esa faqat katta pulga sotib olish mumkin edi. Shunday boʻlishiga qaramay, udaburon yigitlar, futbolga boʻlgan ishtiyoq kattaligidan oʻzlari koptok yasaydilar. Yigitlar orasida turli kasbdagi ustalar borligi bu erda qoʻl keladi. Ulardan biri kosiblikdan xabari borligi uchun, charimdan toʻp tikib koʻradi, lekin uni shishirish uchun kamera topilmaydi. Ular toʻpning ichiga turli engil latta-puttalarni joylashtirib shu tariqa birinchi marta oʻzlaricha toʻp oʻynay boshlaydilar. Biroz vakt oʻtkach bu futbolga fidoi yigitlar pul biriktirib askarlardan xaqiqiy toʻpni xarid qilib olishadi.

Shu tariqa 1912 yili Oʻlkamizda birinchi boʻlib, Qoʻqon shahrida futbol jamoasi tuziladi. Jamoa aʼzolari oldiniga oʻzaro oʻynashadi, keyinchalik xarbiylar bilan raqiblik qilishadi. Ilk uchrashvularda yirik hisobda magʻlubiyatga uchrab kelgan qoʻqonlik yigitlar, keyinchalik oʻzaro oʻyinlarda durang va gʻolib boʻla boʻlashadi, xatto yirik hisobda ham yutiqqa erishadilar. Albatda bunday muvaffaqiyatlarni rivojlantirish uchun boshqa kuchli jamoalar bilan uchrashishlari va oʻzlarining kuchlarini sinab koʻrishlari lozim edi. Tez orada Fargʻona shahridagi xarbiy gornizoning terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan qoʻqonliklar kichik hisobda boʻlsa ham, magʻlubiyatga uchrashadilar. Bu magʻlubiyat qoʻqonliklarning gʻururini paymon qiladi va javob uchrashuv — „revansh“, oʻyiniga tayyoralik koʻrishadi. Oradan bir oy oʻtib Qoʻqondagi oʻzlarining maydonda javob uchrashuvini oʻtkazadilar. Bu oʻyinga koʻplab muhlislar ham kelishadi. Oʻyin murosasiz oʻtadi. Shunga qaramay qoʻqonlik yigitlar bu oʻyinda gʻalaba qozonishadi. Endi qoʻqonlik ishqibozlar orasida savdogarlar, boy odamlar paydo boʻladi. Jadidlikning, va umuman oʻsha payt, oʻlkamizning maʼnaviy-madaniy markaziga aylangan Qoʻqon shahrida yurtimizning eng ilgʻor yoshlari yigʻilishgandi. Futbol esa kelajagi katta sport turi ekanligini tushunib etgan bu marifatparvarlar xar tomonlama milliy. oʻzbek futbol jamoasini tuzishga intilishadi. Shu tariqa 1912 yili Qoʻqon shahrida „Muzkomanda“ („Musulmonlar jamoasi“) tuziladi. Afsuski, „Muzkomanda“ning ilk tarkibi maʼlum emas, bu xaqdagi maʼlumotlar, xujjatlar saqlanib qolmagan, lekin xaqimizning orasida afsona va rivoyatlarga aylanib qolgan futbolchilar xaqida koʻplab xotiralar gapirilib kelinadi. Bu jamoa mamlakitimiz futbolini rivojlanishida ham katta rol oʻynaydi. „Muzkomanda“ Fargʻona vodiysi boʻylab juda koʻplab shaharlar va qishloqlarda oʻrtoqlik uchrashuvlar oʻtkazadi. Bu oʻyinlardan keyin bu erl

Ikkinchi jahon urushi yillarida mehnatkashlari frontga kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmon joʻnatib turdilar. Shahar aholisi front uchun 10,7 mln. soʻm pul jamgʻarib berdi. Qoʻqonlik jangchilardan 2 ming 682 tasi sobiq Sovet Itshfoqining orden va medallari bilan mukofotlandi, 12 tasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. Qoʻqon Fargʻona viloyatining (Fargʻona shahridan keyin) 2- oʻrindagi sanoat, transport va madaniy markazidir. Shaharda 22 ishlab chiqarish korxonasi mavjud. Shulardan 2 paxta tozalash zavodi, „Ulugʻbek“, „Qoʻqonadyol“, „Shohi-atlas toʻqish“, „Koʻnchi“, „Zilol“, „Qoʻqonyogʻmoy“, „Qoʻqonnon“, „Qoʻqongoʻsht“, „Qoʻqonspirt“, „Mastona“ korxonalari, motor taʼmirlash, marmar, mexanika, „Elektromash“ z-dlari, mashinasozlik, gʻisht, ishlab chiqarish, superfos-fat, „Qoʻqon“ ishlab chiqarish, mebelsozlik, qurilish mahsulotlari korxonalari, ip yigiruv, paypoq-toʻquv, poyab-zal, trikotaj-tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi.

Pedagogika instituti (7 mingdan ziyod talaba), 14 kasb-hunar kolleji (jumladan Qodirjon Haydarov nomidagi tasviriy va amaliy sanʼat kolleji. 1997), akademik litseylar, musiqa va sanʼat maktablari, 44 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. 12 kasalxona, 2 dispanser, poliklichikalar, dorixonalar, 2 sanatoriy mavjud.

Mustaqillik yillarida shaharda yangi binolar qad koʻtardi, obodonlashtirilib, xiyo-bon va bogʻlar, yangi maydonlar barpo etildi, maktab, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kollejlari qurildi. 2 telestudiya, („Muloqot“, „Yolqin“) ishlaydi, 4 gazeta chop etiladi.




#Article 12: Vikipediya (263 words)


Vikipediya — bu koʻp tillik, erkin, internet ensiklopediya. U koʻngillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qoʻllab-quvvatlab turiladi. Ushbu loyiha 15-yanvar 2001-yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp qaraladigan maʼlumot manbasiga aylandi. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta  tili boʻlimi  ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh Vikiombor, Vikilugʻat, Vikikitob, Vikiversitet, Vikiiqtibos hamda Vikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.

Vikipediya noto‘g‘ri maʼlumotlarni ifodalaydi... deb tanqid qilingan. 2017-yilda Facebook, ushbu ensiklopediyani kitobxonlarga soxta yangiliklarni kashf etishiga yordam beradi deb eʼlon qildi. YouTube esa shu kabi rejani 2018-yilda eʼlon qildi.

Wikipedia.com va wikipedia.org domenlari 2001-yil 12-yanvarda va 2001-yil 13-yanvarda ro‘yxatga olingan.
Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda, Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglixcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ so‘zi aslida Gavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish bo‘lgan edi.

Oʻzbek tilidagi Vikipediyada  ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — , ulardan  nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — .

Vikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:

Toʻliq roʻyxat .




#Article 13: Samarqand (3773 words)


Samarqand — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimgi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925—30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Sdan Toshkent—Dushanbe, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qungʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent—Termiz yo'li) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariklaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,9°, eng yuqori temperatura 40—42°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2°, eng past temperatura —26°. Maydoni 120 km². Aholisi 519,6 ming kishi (2016); 1975 yil 299 ming, 1970 yil 267 ming, 1959 yil 196 ming, 1939 yil 136 ming, 1897 yil 55 ming, 1865 yil 26 ming. S. shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Hishrov) mavjud.

Tarixiy yozma manbalarda S.ning yoshi qadimiyligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Muhammad an Nasafiy „al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand“, Xaydar as-Samarqandiy (12-asr) „Qandiyai Xurd“, Abu Tohirxoja Samarqandiy „Samariya“, Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va boshqa koʻplab mualliflarning asarlarida bu haqda yozib oʻtilgan. Shu bois oʻrta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida „Gʻarbda Rim, Sharqda Samarqand“ deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat takdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib „Boqiy shaharlar“ nomini olganlar. Xalq iborasi „Samarqand saykali roʻyi zamin ast“ — Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi) deb bexuda aytilmagan. Amir Temur S.ni oʻzgacha mehr bilan qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi.

Samarqand jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri — 2700 yildan ortiq tarixga ega. 

Samarqand mil. av. 4-asrdan mil. 6-asrgacha Sugʻd davlatining poytaxti boʻlgan. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, yuqori paleolit davrida ham S. hududida odamlar yashagan (qarang Samarqand makoni). 

Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (mil. av. 1-asr oxiri — mil. 1-asr) yozishicha, Samarqand qalʼasi devorining aylanasi taxminan 10,5 km boʻlgan. Mil. av. 329 yil makedoniyalik Aleksandr (Iskandar Maqduniy) qoʻshinlari Samarqandni vayron qilgan.

S. 6-asrda Turk xokonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Bu davrda Samarqand Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari bilan savdosotiq qilgan. Oʻz davrida Oʻn Oʻq xoqonligi deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan.Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.

Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlari 712 yilda S.ni egallagan. Qoʻzgʻolon koʻtargan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan maʼlumotga koʻra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻlganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaxr buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—83 yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarilgan (qarang Muqanna qoʻzgʻoloni).

Arablarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari 9-asr 20 yillaridan Movarounnaxr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, jumladan, S.ni boshqarish Somoniylar qoʻliga oʻtdi. Oʻsha vaqtdan S. — Somoniylar davlatining poytaxti boʻldi. 887 yildan birinchi marta somoniylar kumush tangalari S.da zarb qilina boshladi. Somoniylar poytaxti Buxoroga koʻchirilgandan (889) soʻng ham S. Movarounnahrning eng yirik xunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlib qoldi. 11 a.dan S. Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Qoraxoniylar davrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Samarqand ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.

Shu davrda Samarqandda Ibrohim tamgachxon madrasasi va kasalxonasi bunyod etilgan. Ibrohim ibn Husayn davrida (1178-1202) Samarqandda katta saroy qurilgan. 

XI asrda Samarqandda Qoraxoniylar Shohi Zinda maqbaralarini barpo etdilar.  Keyinchalik xuddi shu yerga 1066 yili Tamg‘ach Bo‘g‘raxon madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshoatlarining g‘arb tamonidagi yo‘lakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. O‘sha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi «muqqadas» hisoblanib ziyorat qilingan.

Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibt\nt Qutadgʻu bilig, Mahmud Qoshgʻariynit Devonu lugʻotit turk kabi asarlari shu davrda yaratilgan.

Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh sh.larining meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.

Bu davrda S. koʻpgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari oʻrnatgan. S.da koʻplab hashamatli meʼmoriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim V.V.Bartold taʼkidlaganidek, Amir Temurning fikriga koʻra, S jahonning birinchi shahri boʻlishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405) dan soʻng S. taxtini Ulugʻbek egalladi. Ulugʻbek davrida S.da qurilishlar avj oldi. Qoʻshni davlatlar bilan aloqalar kuchaydi. 
U. Oʻrta Osiyo xalqiari ilmfani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng buyuk ishi — Samarkand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. U.ning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrtaosiyolik mashqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Fargʻoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi. 

Shayboniylar daxmasi - Samarqanddagi oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi (16-asr). Shapboniyxon 1510 y. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi kurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503—04 y. oʻldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511 y. oʻldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511 y.v.e.), Qutlugʻ Muhammad Sulton (1545 y.v.e.), Abulxayr Sulton (1511 y. udsirilgan), Yodgor Sultonim (1526 y.v.e.), Shaxribonu xonim (1535 y.v.e.), Shoh Sulton xonim (1530 y.v.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586 y.v.e.) lar dafn etilgan.

Registon ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun tillakori (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Peshtoq ravogʻidagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi yozilgan.

Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir Sherdor madrasasini (1619—36) qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan.

Amir Shohmurod (1785-1800) davrida Samarqandda koʻplab madrasalar, masjidlar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan. shahrining oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Sh. shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan. 

S.ning yevropacha tipdagi qismini qurish ishlari 1871 yilda boshlandi. Oʻsha vaqtda okrug gubernatori general Abramovning buyrugʻiga muvofiq, mahalliy aholining yer uchastkalari musodara kilinib va sotib olinib, ofitserlar hamda amaldorlarga, kichik harbiy lavozimdagi oilali kishilarga, va, mustasno tariqasida, rus savdogarlari hamda meshchanlarga boʻlib berilgan. Kichik lavozimdagi harbiylarga „Soldatskaya slobodka“ deb ataluvchi shimoli-gʻarbiy buluk ajratilgan. Oʻsha davrda Eski va Yangi shahar oʻrtasida xiyobon va bogʻ barpo etildi, harbiy gubernator uyi, kazarmalar, ofitserlar majlis oʻtkazadigan bino quriddi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Sda bir nechta kayta ishlovchi mayda korxonalar vujudga keldi. Shaharda 34 paxta tozalash, 20 vino, bir necha spirt, pivo zavodlari, tegirmonlar ishlagan. Metallni kayta ishlash zavodida bir qancha presslash, 2 ta yoʻnuvchi, 2 ta vint kesish stanogi boʻlib, choʻyan buyumlar, zanjir, oʻroq, panshaxa, ketmon, bolta kabi buyumlar ishlab chikarilgan.

S.ni arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari 19-asrning oxirlarida boshlangan edi. 1895 yilda sharqshunos olim V.V.Barsholdshsht tashabbusi bilan tuzilgan „Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi“ aʼzolari S.dagi Afrosiyobni koʻp asrlar xazinasi deb qarab, unda keng koʻlamdagi arxeologik qazishma ishlarini olib bordilar. V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiypar oʻtkazgan arxeologik qazishmalar natijasida turli xildagi qad. buyumlar topilib muzeyga berildi. 1908 yilda V.L.Vyatkin S. chekkasida joylashgan Ulugʻbek rasadxonasining oʻrnini aniqladi va qazish ishlarini oʻtkazdi. Natijada rasadxona harobasi hamda uning yer ostidagi butun qolgan qismi qazib ochildi. Oʻsha davrdan boshlab Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. madaniy merosini oʻrganishda dastlabki qadamlar qoʻyildi. 1912—13, 1929—30 yillarda V.L.Vyatkin, 1912 yil M.Ye.Masson Afrosiyobda qazish ishlarini olib bordilar. A.I. Terenojkin 1945—48 yillarda S 2500 yillik tarixga ega deb belgiladi; shahar tarixi davrlashtirildi.

Afrosiyobdan topilgan ushbu namunalar Fransiyada radiokarbon tadqiqot usulida oʻrganilib, ular mil. av. 8-asrga, aniqrogʻi 2750 yoshga taalluqliligi isbotlandi.

S. bunyod boʻlganidan buyon u Oʻrta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida katta mavqega ega boʻlib keldi. Shaharning Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashganligi, bu yerda qadimdan hunarmandchilikning shoyi toʻqish, mashhur Samarqand qogʻozi ishlab chiqarish, kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik, badiiy kashtachilik va boshqa turlari hamda savdosotiq ishlarining rivojiga turtki boʻldi. S.da qadimdan ravnaq topgan hunarmandchilik turlari mahallaguzarlarning nomlarida saqlanib qolgan, mas. „Soʻzangaron“ (igna tayyorlovchilar), „Kamongaron“ (oʻqyoy yasovchilar) va boshqa nomlar hozirgi kungacha yetib kelgan.

S. — aholisining soni va sanoatining koʻlami boʻyicha Oʻzbekistonda yetakchi oʻrinlardan birida. 1930 yil larda pillakashlik va shoyi toʻqish fabikalari, meva konserva zavodi, choy qadoqlash fabrikasi qurildi. 1940—70 yillarda S.da „Krasniy dvigatel“, „Kinap“, tamakifermentatsiya zavodlari, yigiruv fabrikasi, superfosfat zavodi, poyabzal va tikuvchilik fabikalari, uysozlik kombinati, chinni zavodi va boshqa korxonalar qurib ishga tushirildi.

Shoʻro davrida shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi obod qilindi, aholisi ham koʻchib keluvchilar hisobiga ortib bordi. Eski shahar qismi esa oʻz holicha tashlab qoʻyildi, koʻp meʼmoriy yodgorliklar qarovsiz qolib, haroba holiga kelib qoldi.

Mustaqillik yillarida S.da sanoat korxonalari qayta jihozlandi. Ularda bozor talabiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish amalga oshirildi. Sanoatning asosiy qismi xususiylashtirildi. Aksariyat yirik, oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Koʻplab qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Samarqand viloyatidagi mulkchilikning barcha turiga oid 135 yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi S.da joylashgan. Bular „SamKochAvto“ (avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqariladi), „Alpomish“ (traktorlar, gilzaporshenlar), „Tajribamexanika“ (parmalash uskunalari), „Kinap“ (kinoapparatura), avtomobillar uchun elektrotexnika asbobuskunalari zavodlari, uyroʻzgʻor sovitkichlari korxonasi, superfosfat, ammofos oʻgʻitlari, sulfat kislotasi ishlab chiqaradigan superfosfat zavodi, liftsozlik, marmar taxtalar, gʻisht, asfaltbeton zavodlaridir.

Shahardagi yengil sanoat korxonalaridan pillakashlik, shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal fabikalari, chinni zavodi faoliyat koʻrsatadi. Oziqovqat sanoatida: universitetegirmon, makaron, choy qadoqdash, sutmoy, mevakonserva, vino, pivo, spirtaraq va alkogolem ichimliklar, qandolat shirinliklari ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud.

Samarqand viloyatida mustaqillik yillarida qurilgan qoʻshma korxonalarning asosiy qismi S.da joylashgan. Bular: Oʻzbekiston—Turkiya „SamKochAvto“, Oʻzbekistan—Amerika—Angliya „UzBAT“, Oʻzbekiston—Chexiya „Praga“ (mineral suv qadoklash), Oʻzbekiston—Latviya „Bravosut“ qoʻshma korxonalari va boshqa Shahar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksari qismi chet ellarga eksport qilinmoqda. Shaharda minglab kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor. S.da 25 dan ortiq yoʻnalishda avtobuslar qatnaydi. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar Toshkent xalqaro aeroporti avialiniyalari orqali Respublika viloyatlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. 2003 yil 30 dekabrdan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektr poyezdi ishga tushirildi.

S. qadimiy tarixi va meʼmoriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan haqiqiy muzey shahriga aylandi. Shu bois respublika hukumati qarori bilan 1982 yilda S.ning Afrosiyob shahristoni, oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar va 19—20-asrlarda qurilgan „Yangi shahar“dagi binolar, tarix va oʻlkashunoslik muzeylari asosida „Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi“ tuzildi. Oʻsha yilda shaharning tarixiy kismini muhofazalash chegaralari belgilandi.

S.ning meʼmoriy-tarixiy yodgorliklari 2001 yilda YUNESKOning Finlyandiyada oʻtkazilgan 25sessiyasida Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi.

S.da 73 ta yirik tarixiy meʼmoriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohi Zinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqa saqlangan. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan S.da Abu Mansur alMoturidiy asSamarqandiy dafn etilgan Chokardiza qabristoni hududida Moturidiy yodgorlik majmui mozoriga maqbara qurildi, kabriston obod etildi, Burhoniddin Margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi (Samarqand shahridagi Chokardiza kabristoniga dafn etilgan). S.ning markaziy maydoniga Amir Temur haykali oʻrnatildi. Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Yunoniston (Afina), Italiya (Rim) yodgorliklari kabi oʻzining goʻzalligi bilan eʼtiborni oʻziga tortadi. S.ga har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyoxlar kelib ketadilar. Mehmon va sayyoxlarga xizmat koʻrsatuvchi: „Afrosiyob“, „Samarqand“, „Zarafshon“, „Bogishamol“, „Markaziy“, „Prezident otel“ kabi mehmonxonalar qurilgan. Sayyoxlarga „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasining Samarqand boʻlimi xodimlari xizmat koʻrsatadilar.

Samarqandda 7 ta oliy ta'lim muassasasi bor.
S.dagi oliy oʻquv yurtlari (unt, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iktisodiyot va servis, meʼmorlikqurilish va chet tillar institutlari)da 19,1 ming talaba oʻqiydi. 2002/ 2003 oʻkuv yilida shahardagi 36 ta oʻrta maxsus bilim yurti, kollej, akademik litsey va internat maktablarida 25,7 ming, 67 umumiy taʼlim maktabida 76,7 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim oldi.

Shahar respublikaning yirik fan markazlaridan biri. S.da pedagogika akademiyasi asosida tashkil topgan SamDU katta mavqega ega. Qorakoʻlchilik, Isayev nomidagi parazitologiya va gelmintologiya (1925), Shreder nomidagi bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik, arxeologiya ilmiy tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand boʻlimi turli yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

S.da 4 ommaviy kutubxona, 2 ta kinoteatr, Samarqand badiiy muzeyqoʻriqxonasi, 3 teatr (Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyati oʻzbek davlat musikali drama teatri, A.P.Chexov nomidagi rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri), shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. „Samarqand“ gaz. chiqadi. Shaharda 1566 oʻrinli 11 kasalxona, 348 statsionarda 1561 malakali vrachlar xizmat koʻrsatadilar. Choʻponota tepaligi yonida dam olish uyi, Markaziy, Soʻgʻdiyona madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar „Afsona“ akvaparki, koʻplab stadion, tennis kortlari, „Delfin“ suzish majmui bor.

S. zaminida mashhur donishmandlar, allomalar voyaga yetgan, jumladan, Ulugʻbek S.da munajjimlar maktabiga asos soldi, Madrasa va rasadxonalar qurdi. Uning atrofida butun bir ilmiy maskan — Ulugʻbek akademiyasi tarkib topdi. Bu akademiyada Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi mashhur olimlar yetishib chiqdi. Ulugʻbek akademiyasida amalga oshirilgan ishlar jahon fan olamida tan olindi.

S. shahrida hozirgi kunda xalqaro miqyosdagi turli anjumanlar oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalining S.da oʻtkazilishi muhim ahamiyatga egadir.

Vatanimiz tarixida tutgan beqiyos oʻrni, samarqandliklarning asrlar davomida milliy fan va madaniyatimizni rivojlantirishga qoʻshgan buyuk hissasining eʼtirofi sifatida S. „Amir Temur“ ordeni bilan mukofotlandi (1996 yil 28 avgust). Ordenni 1996 yil 18 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I.A. Karimov topshirdi.

Manbalar va ad.: Samarqand tarixi, T., 1—2 j., 1971; Samarqand (prof. Z.M.Akramov tahriri ostida), T., 1961; Samarqand shahri toʻgʻrisida statistik maʼlumotlar, S, 2002; Umnyakov I. I., Aleskerov Yu. N., Samarqand (spravochnikyoʻlkoʻrsatkich), T., 1968; Pugachenkova G. A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Zohidov P., Samarqand meʼmorlik maktabi (19—20asr boshlari), T., 1965; Bartold V. V., Istoriya Samarqanda pri Timuridax. Soch., tom 6, M, 1966; Pugachenkova G. A., Rempel L.I., Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Oʻzbekistana, T., 1959; Yakubovskiy A. Yu., Iz istorii arxeologicheskogo izucheniya Samarqanda, Samarqand, 1927; Shishkin V.A. Kalai Afrasiyab, sb. „Afrasiyab“, vip. № 1, T., 1969; Shishkin V.A., Afrasiyab — sokrovishnitsa drevney kulturi, T., 1966.

Samarqand shahri (Toshkentdan 354 km uzoqlikda) eramizdan avvalgi VII asrda tashkil topgan. U oʻzining deyarli 3 ming yillik tarixiy yodgorliklariga ega va Temuriylar sulolasi boshqaruvi davriga tegishli arxitektura yodgorliklari qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya va Rimdagi arxitektura durdonalari singari katta ahamiyatga egadir.

Samarqand dunyo taraqqiyotining eng qadimgi va markaziy shaharlaridan biri boʻlib, jahon madaniyati va fani xazinasiga katta hissa qoʻshgan shahardir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati rahbarligida mustaqillik yillari Samarqand shahridagi arxitektura yodgorliklarini tiklash va taʼmirlash, ayniqsa, eski shahar qismini qayta qurish va taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. Temuriylar sulolasi yaratgan arxitektura yodgorliklari Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya kabi davlatlarda yaratilgan arxitektura obidalaridan aslo qolishmaydi.

Mustaqillik yillarida qaytadan barpo etilgan al Buxoriy, Motrudiy va boshqa tarixiy majmualar tahsinga sazovordir. Samarqand qadimiy Rim bilan tengdoshdir. Uning tarixiy madaniyatining quyi qatlamlari eramizdan avvalgi I ming yilliklarga borib taqaladi. U qadimgi va hozirgi jumboqli Sugʻd davlatining poytaxti Maroqand shahri qoldiqlari bilan tillashadi. Samarqand shahridagi Afrosiyob juda koʻp qonli voqealarni boshidan kechirgan.

XIII asr boshlarida moʻgʻul bosqinchilari Oʻrta Osiyoning tinch hayotiga tajovuz soldi, ular juda koʻplab shaharlarni, sanʼat yodgorliklari va madaniy boyliklarini vayron etdilar. Chingizxon qoʻshinlari tomonidan Afrosiyob yer yuzidan yoʻq qilindi. Uylar va saroylar yondirildi, necha asrlab suv berib turgan suv quvurlari barbod etildi, gullab-yashnab turgan bogʻlar kultepalarga aylantirildi. Biroq shahar oʻlmadi, aksincha, XIV-XV asrga kelib yanada gullab-yashnadi. Bu kunlar buyuk sarkarda Amir Temurning Samarqand shahrini oʻz saltanatining markaziga aylantirishga qaror qilgan davrlarga toʻgʻri keldi. Amir Temur saroyida boʻlgan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻz bitiklarida Samarqand haqida quyidagilarni yozadi:

Temur oʻz yurti poytaxtini dunyodagi eng katta va koʻrkam shaharlar qatoriga qoʻshishni istardi. Shu boisdan Samarqand shahri atrofidagi qishloqlar Bogʻdod, Damashq, Qohira kabi buyuk shaharlar nomini oldiki, Temur oʻz poytaxti oldida bu shaharlar bir qishloqchalik boʻlishini istardi. Samarqand shahrini 13 ta katta bogʻ yashtanib turardi, ularning eng kattasi shu darajada keng ediki, tarixning shohidlik berishicha, bir kuni shu bogʻda adashib qolgan otni bir oy izlashgan ekan.

Afrosiyob Samarqand shahrining qadimiy qoldiqlari, uzoq asrlar davomida 10-15 metr chuqurlikda koʻmilib ketgan arxeologik qazilmalari bilan mashhur, qadimiy aholisi VI-VIII asrlarda hozirgi Samarqand shahri yaqinidagi tepaliklarda, taxminan 2 kv km maydonda yashagan. Samarqand shahri yodgorliklari oʻzining buyukligi bilan odamlarni qoyil qoldirgan. Uning binolari devorlaridagi zangori naqshlari, arxitektura shakllari, turli koʻrinishlardagi geometrik shakllari bilan kishini hayratga soladi. Bular Registon, Shohi Zinda, Goʻri Amir maqbaralari ansambllaridir.

Samarqand atrofidagi Afrosiyob tepaliklari boʻylab Shohi Zinda meʼmorchilik ansamblining 11 ta maqbaralari joylashgan. Bu koʻchalarni qurishni hech kim rejalashtirmagan, ular oʻz-oʻzidan yuz yillar davomida barpo etilgan. Shohi Zinda soʻzi „Tirik shoh“ maʼnosini anglatib, uning madaniyati bu yurtlarga islom kirib kelgunicha gullab-yashnagan. Afrosiyob gullab-yashnagan davrlarda uning shuhrati shu darajada yuqori ediki, oʻsha davrdagi islom peshvolari u bilan kurashishga hayiqishgan.

Uning shuhrati toʻgʻrisida afsonalar yaratilgan, ulardan biri Muhammad Qosim ibn Abbos paygʻambarning amakivachchasi ekanligi haqidagi afsonadir. „Bibixonim“ nomidagi goʻzal maschid eski shaharga kirish darvozasi oldidagi maydonda joylashgan. U toʻrtta inshootdan iborat boʻlib, bular kirish galeriyasi, asosiy maschid va ikkita kichik maschidlar, ular bir-biri bilan aylanma gumbazli va uch qatorli tosh devorlar orqali bogʻlangan.

Aytishlaricha, Amir Temurning uzoq mamlakatlarga qilgan safarlaridan birida uning eng suyukli xotini Saroymulkxonim, xalq ichida uni Bibixonim deb ham ataydilar, mamlakatdagi eng mashhur bashoratchilarni yigʻib, yulduzlar bashorat qilgan vaqtda ushbu maschidni qurishni boshlagan ekan. Bibixonimning chiroyiga oshiq boʻlib qolgan va sevgi yoʻlida devona boʻlib oʻz jonini fido qilgan yosh meʼmor maschidni qurilishi tugash arafasida ishni paysalga sola boshlagan, chunki maschid qurulishining tugashi uning uchun Bibixonim ruhsoridan ayrilishi edi. Ana shunday kunlarning birida shaharga Amur Temurning chopari keladi va uning shaharga qaytayotgani haqidagi habarni aytadi. Bibixonim machit qurilishini tezroq tugatishni talab qiladi. Meʼmor qurulishni tezroq tugatish uchun bitta shart qoʻyadi, u ham boʻlsa Bibixonimning bitta boʻsasi edi.

Nima qilish kerak? Bibixonim rozi boʻlishdan boshqa chora topmaydi. U yuziga yostiq qoʻyib, yostiq ustidan boʻsaga rozi boʻladi. Lekin yosh meʼmorning boʻsasi shu darajada kuchli va issiq ediki, u yostiq ustidan ham oʻtib sohibjamolning yuzida iz qoldiradi. Amir Temur shaharga kirib kelib maschidni zavq bilan tomosha qiladi. U xotini bilan koʻrishayotganda uning yuzidan harir pardani oladi va uning yuzidagi izni koʻradi. Bundan tutoqib ketgan Amir Temur gunohkorni topishni soʻraydi. Hamma yosh meʼmorni qidirishga tushadi, lekin u oʻzini mudhish jazo, oʻlim kutayotganligini bilib, minoraning eng baland nuqtasiga chiqadi va oldindan tayyorlab qoʻyilgan qanotlarni taqib, Mashharga uchib ketadi… Samarqand maqbaralari ichida eng mashhuri Goʻri Amirdir.

Bu maqbara Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sultonga atalgan edi, lekin hozirgi kunda bu yerga Amir Temur, uning oʻgʻillari va boshqa nabiralari, oʻrta asrlarning ulugʻ olimi Ulugʻbek dafn etilgan, bu maqbara temuriylar maqbarasiga aylangan. Eski Samarqandning markazi Registon sanaladi. Bu yerga shaharning hamma tomonidan koʻchalar keladi. Eski davrlarda maydondan katta kanal oʻtgan va u juda koʻp qum uyumlarini oqizib kelgan. Shu sababli bu maydon Registon nomini olganki, maʼnosi „qumli joy“ yoki „qumli maydon“ maʼnosini anglatadi. Registon XV asrgacha katta savdo markazi boʻlgan.

Ulugʻbek Samarqandni boshqargan 1409-1447 yillarda maydon harbiy koʻriklar, qoʻshinlarni koʻrikdan oʻtkazish, farmonlar oʻqib eshittiriladigan joyga aylangan. Hozirgi kunda Registon maydonini uchta madrasa: Sherdor, Tillakori (XVII asrda qurilgan) va Ulugʻbek (XV asrda qurilgan) madrasalari bezab turibdi. Ulugʻbek madrasasi olimning koʻrsatmasi bilan 1420 yilda qurilishi boshlangan. Toʻrt burchakli va toʻrt minorali bu madrasaning ichida toʻrtburchak hovlisi bor va hovliga qaratib toʻrt tomondan hujralar qurilgan. Ulugʻbek madrasasi oʻzining boy meʼmoriy terma naqshlari, geometrik tuzilishi va osmon aks etib turgan maydoni bilan fan va madaniyatning buyuk asari sifatida saqlanmoqda.

Ulugʻbek zamonida Samarqand Oʻrta Osiyoning bilim oʻchogʻiga aylandi. Oʻsha davrlarda bu yerga dunyoning eng taniqli matematiklari, astronomlari, tarixchi olimlari yigʻilishgan. Ulugʻbek zamonasida tanlab jalb qilingan olimu-fuzalolar, uning observatoriyasida xizmat qilgan olimlar fanning ajoyib siru-asrorlaridan voqif boʻldilar. Butun jahonning savdogarlari, shoiru-ulamolari va olimlari „Jahonning qimmatli durdonasi“ atalmish Samarqandga intilganlar. Samarqandning koʻp asrlik tarixi Roʻdakiy, Bobur, Jomiy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Muqimiy, Furqat, Qozizoda Rumiy kabi fan va sanʼatning ulugʻ mutafakkirlari bilan chambarchas bogʻliqdir.

Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega. Afrasiyobning shimoliy sharqidagi tepaliklarda Amir Temurning nabirasi Ulugʻbekning osmon jismlari va yulduzlarini oʻrganish boʻyicha qurgan rasadxonasining bir qismi saqlanib qolgan. Rasadxona binosi 1449-yilda buzib tashlangan, hozirgi kunda tashrif buyuruvchilar rasadxonaning yer osti qisminigina koʻrishlari mumkin. Samarqandda tarixiy obidalardan tashqari koʻpgina dam olish maskanlari ham mavjud. Taxtaqorachi dovoni yaqinidagi Omonqutan maskanida hozirgacha Samarqand shahri toʻgʻrisidagi qiziq-qiziq afsonalarni eshitish mumkin. Bundan tashqari ushbu viloytda neandertallar lageri qoldiqlari topilgan.

Samarqand shahrining umumiy maydoni — 120 km². Shahar hududi Samarqand tumani bilan oʻralgan. Samarqand ushbu tuman hududiga kirmaydi va viloyatga boʻysunuvchi shahar va Samarqand viloyati maʼmuriy markazi maqomiga ega.

Hozirgi payta Samarqand shahri ichki maʼmuriy-hududiy boʻlinuvga ega emas (mahallalarni hisobga olmaganda). Shahar hududini maʼmuriy tumanlarga boʻlish, ilk bor 1939-yilda amalga oshirilgan edi. Oʻsha yilning 10-fevral kuni Samarqand shahri hududi uch maʼmuriy tumanga: Bogʻi-Shamol (), Jeleznodorojniy () va Siyob () tumanlariga boʻlindi. Bogʻi-Shamol tumani shaharning markaziy qismini, Jeleznodorojniy tumani shaharning gʻarbiy qismini, Siyob tumani esa shaharning sharqiy qismini, Samarqandning tarixiy markazini egallar edi. 1950-yillarda ushbu tumanlar bekor qilindi. 1976-yilda ushbu tumanlar qaytadan tashkil etildi. Qayta tashkil etilgan tumanlarning faqat bittasining nomi oʻzgartirildi: Bogʻi-Shamol tumani — Bogʻishamol tumaniga. 1990-yillarda Jeleznodorojniy tumanining nomi Temiryoʻl tumaniga oʻzgartirildi. 2003-yilning oxirida Samarqand shahrining barcha uch tumani bekor qilishi haqida qaror qabul qilindi va 2004-yilning 1-yanvarida ushbu tumanlar bekor qilindi.

Samarqand shahri aholisining asosiy qismini oʻzbeklar va tojiklar tashkil etadi. Shaharda shuningdek juda koʻp ruslar, forslar, armanlar, tatarlar, koreyslar, ozarbayjonlar, ukrainlar, yahudiylar, polyaklar.

Samarqand shahrining shimoliy qismida xalqaro aeroport mavjud. Samarqand Xalqaro aeroporti yirikligi boʻyicha Oʻzbekistonning ikkinchi aeroportidir (Toshkent xalqaro aeroportidan keyin). Aeroportdan mamlakatimizning Toshkent, Buxoro, Urganch, Nukus, Fargʻona shaharlariga, chet el mamlakatlari shaharlaridan Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Ukrainaning Kiyev shaharlariga parvozlar amalga oshiriladi.

Samarqand shahrida Oʻzbekistonning eng yirik temir yoʻl stansiyalaridan biri joylashgan. — Samarqand vokzali

Hozirgi paytda Samarqand shahrida jamoat transportidan avtobuslar, marshrutli taksilar, davlat va xususiy taksi xizmatlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 2016 yilning oxirida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan S.da yangitdan tramvay liniyalari qurilishi boshlandi. Shaharda metropoliten qurish rejalari mavjud.




#Article 14: Yevropa (2423 words)


Yevropa, Yer sharining shimoliy yarimshari va qisman sharqiy yarimsharida joylashgan qitʼadir. Shimolda Shimoliy Muz okeani, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Osiyo va janubda Oʻrta dengizi bilan chegaradosh. Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismini oʻz ichiga oladi. 

Yevropaning maydoni 10,1 million km2, shundan 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda Nordkin burni, janubda Marroki burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Qutbiy Ural togʻining sharqiy etagi. Yevropa hududining 25%'ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Qrim yarim orollari hisoblanadi. Yevropaga qarashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, Shpitsbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya va Krit'dir. Yevropa qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 38 ming km. Qirgʻoqlari kuchli emirilgan, dengiz va qoʻltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan.

Relefi ningaksari qismi pasttekislik va qirlardan, 1/5 qismi togʻlardan iborat. Yevropa oʻrtacha (300 m chamasi) va maksimal (4807 m, Alp togʻlaridagi Monblan choʻqqisi) balandligi jihatdan boshqa qitʼalardan (Avstraliya bundan mustasno) keyinda turadi. Baʼzi rayonlari (Kaspiy boʻyi pasttekisligi — 28 m, Shimoliy va Boltiq dengizlari sohili) dengiz sathidan pastligi Yevropa relefi tektonik tuzilishi va tarkib topishi tarixi jixdtidan xilma-xil. Yevropaning sharqiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi egallaydi. Uning yuzasi toʻlqinsimon, tepalik koʻp, oʻrtacha balandligi 170 metr. Baʼzi joylari 200 m va undan ham balandroq boʻlib, quyidagi qirlar bor: Valroka burni — Yevropaning gʻarbiy eng chekka nuqtasi. Oʻrta Rus, Volga boʻyi, Dnepr boʻyi, Volin, Podolsk va boshqalar. Sharqiy Yevropa tekisligi asta-sekin Oʻrta Yevropa tekisligiga oʻtib boradi. Gʻarbiy Yevropaning katta qismi togʻlardan iborat. Janubda yosh burmali togʻlar koʻtarilib turadi, bular — Pirenei, Alp, Apennin, Karpat, Stara-Planina togʻlari, Dinara yassitogʻpigi. Yevropaning oʻrta qismi qadimgi togʻlar — Se- venna, Yura, Gars, Shvarsvald, Sudet va b.lardan iborat. Qad. togʻlarga yana Grampian, Pennin, Skandinaviya togʻlari va Uralni kiritadilar. Yevropa relefining taraqqiyotida pleystotsen muz bosishlarining roli katta. Koʻp joylarda muzlik izlari hozirgacha saqlangan. Muzlikning asosiy markazi — Skandinaviya, kichikroq markazlari — Britaniya orollari, Alp va Karpat togʻlari boʻlgan. Muz qalinligi 2,0—2,5 km ga etgan.

Yevropa hududi geologik tuzilishi jihatidan toʻrt qismga boʻlinadi: Sharqiy Yevropa platformasi; kaledon burmalanishi tuzilmalari; gersin burmalanishi tuzilmalari (Angliya janubi, Fransiya, Ispaniyaning bir qismi, Polsha va Chexiya massivi) va Janubiy Yevropadagi Alp burmalanishi tuzilmalari. Sharqiy Yevropa platformasini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli burmalangan fundament tashkil qiladi. Bu fundament Boltiq qalqoni (Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya janubi, Kareliya, Kola yarim oroli), Ukraina qalqoni (Dneprning oʻng sohili, Azov buyi, Voronej tepaliklari) va Timan kryajida er yuzasiga chiqqan, boshqa joylarda chuqur joylashgan boʻlib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan krplangan. Kaspiy boʻyi (8—10 km), Dnepr-Donesk (4—5 km), Moskva (2—3 km), Polsha-Litva va Pechora botiqlarini juda qalin togʻ jinslari qatlami qoplab yotadi. Silur davrining oxirida hosil bulgan kaledon burmalanishi strukturalari (Skandinaviya, Buyuk Britaniya va Irlandiya togʻlari) kembriygacha hosil bulgan kristalli slaneslar, kembriy, ordovik va silur davrlariga mansub choʻkindi va vulqon jinslaridan tarkib topgan. Gersin burmalanishi strukturalari paleozoy erasining oxirida hosil boʻlib, kembriydan oldingi va paleozoy erasida vujudga kelgan choʻkindi, vulqon va otqindi jinslardan iborat. Unga Angliya janubi, Ispaniyaning gʻarbi, Portugaliya, Bretan yarim oroli, Markaziy Fransiya massivi, Vogeza, Shvarsvald, Ardenna, Slanesli Reyn, Gars togʻlari, Ural va Novaya Zemlyadagi burmalangan yotqiziqlar kiradi. Alp burmalanishi strukturalari tokembriy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralariga mansub choʻkindi va otqindi jinslardan tarkib topgan. Ularga Qrim, Stara-Planina, Karpat, Alp, Apennin, Korsika, Sardiniya, Pireney, Iberiya va Bet togʻlari kiradi. Neogen boshida koʻtarilgan togʻ tizmalari etagida Akvitaniya, Shveysariya-Bavariya, Karpat oldi va Kavkaz oldi botiqlari, Vena, Vengriya botiqlari kabi toglararo botiqlar paydo boʻlgan hamda ular neogen-toʻrtlamchi davrlar yotqiziqlari bilan toʻlgan. Neogen yotkiziqdari mavjud Qora va Oʻrta dengizlar botiklari kaynozoy erasida hosil boʻlgan. Neogenda chuqur siniklar paydo boʻlishi bilan Karpat togʻlarida, Reyn daryosi buyida va b. joylarda vulqonlar otilgan. Keyingi davrda vulqon otilishi Italiyada (Vezuviy, Etna va boshqalar) davom etmoqda. Togʻ tizmalarining koʻtarilishi va pastliklarning choʻkishi Yer poʻstining eng yangi harakatlaridan dalolat beradi.

Yevropada neft va gaz konlari paleozoy va mezozoy yotkiziqlari orasidan Alp togʻlari etagi va tog oraligʻidagi bukilmalarda (Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Italiya va boshqalari) neft neogen yotkiziqlari orasidan topilgan. Toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmirning katta konlari (Don, Lvov-Volin, Moskva yoni, Pechora havzalari, Polsha, GFR, Belgiya, Buyuk Britaniya) bor. Temir va marganes rudalari, boksit, rangli metallardan mis, nikel, kobalt, qoʻrgʻoshin, kumush konlari asosan gersinid mintakasida mavjud, kaliy va tosh tuzlari Ukraina, Belorussiya, Kaspiy boʻyi va Ural oldida hamda perm yotkiziklari orasida uchraydi. Apatit-nefelin rudalarining yirik konlari Kola yarim orolida, katta tuz konlari Daniya, GFR va Polsha hududlarida topilgan.

Yevropaning aksariyat kismi oʻrtacha kengliklarda joylashgan. Yevropada arktika, subarktika, muʼtadil va subtropik mintakalar ikdim tiplari bor. Yevropaning arktika mintakasidagi orollarida iqlim sovuq, qish uzoq, yoz qiska (iyulning oʻrtacha haroratii 5°C dan past). Subarktika mintaqasida (Islandiya, Fennoskandiya, Shimoliy va Sharqiy Yevropa tekisligida) yoz uzoqroq va iliqroq, iyulda oʻrtacha harorat 10—12°C. Qish gʻarbiy rayonlarda yumshoq, sharqda sovuq; yogʻin 400—1000 mm, bugʻlanish yogʻinga nisbatan kam. Moʻtadil mintaqaning (Yevropaning Oʻrta dengiz buyi va Qrimning janubidan boshqa qismi) shimolda iqlim sovuq, janubda iliq, gʻarbida dengiz iqlimi, sharqida esa moʻtadil kontinental, qish sovuq, yoz shimolda salqin, markazida iliq, janubda issiq. Subtropik mintakada iqlim Oʻrta dengiz tipli, qish iliq, seryomgʻir (yanvarning oʻrtacha harorati 4— 12°), yoz issiq va quruq. Qishda eng past oylik tralar Yevropaning shimoli-sharqida Pechora daryosi xavzasida boʻladi (bu yerda eng past harorat — 52°C qayd qilingan). Umuman qish Sharqiy Yevropada sovuq. Sharqiy Yevropaning janubda qor bir oy, shimolda 7—9 oy erimaydi. Iyulda oʻrtacha harorat Yevropada Oʻrta dengiz atrofida (28—30°) va Kaspiy dengizi buyida (24—26°) eng yuqori, Arktika orollarida eng past (2— 4°C) boʻladi. Eng yuqori harorat (48°C) Pirenei yarim orolining janubida kuzatilgan. Yevropada yillik yogʻin miqdori gʻarbdan sharqqa tomon kamayib boradi. Atlantika okeaniga yaqin rayonlarda yiliga 1000— 2000 mm yogʻin yogʻadi. Sharqiy Yevropada yillik yogʻin miqdori 300—500 mm, Kaspiy dengizi boʻyida 200 mm va undan kam, Arktika orollarida 300—400 mm. Yevropaning katta qismida yillik yogʻin miqdori bugʻlanishga nisbatan koʻproq.

Ichki suvlari Okib turadigan suvning hajmi (2850 km3) jihatidan Yevropa Yer yuzida Janubiy Amerikadan keyin 2-oʻrinda. Yevropada suv oqimi gʻarbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon kamayib boradi. Yevropaning katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlari havzasiga, oz qismi Shimoliy Muz okeani va ichki kavza — Kaspiy dengiziga mansub.

Sharqiy Yevropa tekisliklarida joylashgan. Volga daryosi uzunligi (3530 km), havzasining maydoni (1360 ming km2) va oʻrtacha yillik suv sarfi (8000 m/ sek) boʻyicha 1-oʻrinda. Boshqa daryolari: Ural, Dnepr, Don, Pechora, Dnestr, Shimoliy Dvina. Gʻarbiy Yevropadagi eng katta daryolar: Dunay (uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 817 ming km2), Reyn, Elba, Visla, Luara, Taxo, Odra. Daryolar Sharqiy Yevropa tekisliklarida kordan, qisman yomgʻirdan, Oʻrta Yevropa tekisliklarida, asosan, yomgʻirdan, Alp togʻlarida kor, yomgʻir, qisman muzliklarning erishidan, Oʻrta dengiz boʻyidagi karst relefli rayonlarda grunt suvlaridan toʻyinadi. Yevropa daryolariga oqimni tartibga solib turuvchi koʻplab suv omborlari va boshqa suv inshootlari qurilgan, ularning koʻpchiligi oʻzaro va koʻllar bilan kanallar orqali bogʻlangan, natijada ularning transport ahamiyati ortgan.

Yevropada notekis taqsimlangan. Ular asosan, toʻrtlamchi davrda muzlik bosgan erlarda joylashgan. Tekisliklardagi koʻllar: Ladoga, Onega, Venern, Balaton, Vettern, Melaren, Imandra; togʻ etagida joylashgan koʻllar: Jeneva, Lago-Majore, Komo, Garda va boshqa Baland togʻ tepalarida „alp“ koʻllari, Apennin yarim oroli va Islandiyada vulqon koʻllari bor. Koʻllarning suvi chuchuk. Janubi-sharqdagi arid rayonlarda koʻl suvi shoʻr va juda minerallashgan (Elton, Bosqunchoq). Yevropaning Osiyo bilan chegarasida dunyodagi eng katta koʻl — Kaspiy dengizi joylashgan. Yevropaning shimoliy va shimoli-sharqida botqoqlik koʻp.

Yevropadagi muzliklarning umumiy maydoni 118 ming km2 dan ziyod. Eng yirik muzliklari Shpitsbergen (58 ming km2), Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Islandiyada va Skandinaviya togʻlarida. Muzliklarning qalinligi 400 — 600 m, ayrim joylarda 1000 m gacha. Alp togʻlari, Uralning shimoliy, Pirenei, Serra-Nevada togʻlarida ham muzliklar bor. Tuproqlari oʻz xususiyatiga koʻra 4 mintaqa (arktika, boreal, subboreal va subtropik) zonalariga boʻlingan. Boreal va subboreal mintaqa tuproqlari katta maydonni egallagan. Tuproqlarining zonallik strukturasi va tiplariga koʻra Gʻarbiy Yevropaning okean iqlimli rayonlari Sharqiy Yevropaning kontinental iqlimli rayonlaridan farq qiladi. Arktika mintaqasida arktika va tundra tuproqlari shakllangan. Boreal mintaqada podzollashgan, sur tusli oʻrmon, chimli torfsimon tuproqlar tarqalgan. Bu zonada introzonal tuproqlardan allyuvial, chimli-karbonatli, torfli botqoq tuproqlari va boshqalari bor. Togʻli rayonlarda togʻtundra, chimli-podzollashgan, sur tusli oʻrmon tuproqlari uchraydi. Subboreal mintaqaning moʻtadil kontinental rayonlarida qora va kashtan, qoʻngʻir chala chul tuproqlari, okean iqlimli rayonlarda qoʻngʻir oʻrmon, chimli-karbonatli, togʻlarda podzollashgan, togʻ-oʻtloq tuproqlari tarqalgan. Subtropik mintaqada qoʻngʻir, qizil, sariq, boʻz-qoʻngʻir, Oʻrta dengiz atrofidagi togʻlarda togʻ qoʻngʻir va jigarrang tuproqlar bor. Qora, qoʻngʻir va sur tusli oʻrmon hamda jigarrang tuproqli yerlardan dehqonchilikda koʻproq foydalaniladi.„

Floristik tarkibiga koʻra Yevropa oʻsimliklari Golarktika oblastita kiradi. Yevropa florasida Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerika oʻsimliklariga xos oila, turkum va turlar koʻp, endemiklar esa kam. Yevropada quyidagi oʻsimlik tiplari mavjud: tundra, boreal yoki tayga, dasht, choʻl, subtropik oʻsimliklari. Oʻrmon oʻsimliklari eng katta maydonni egallagan, tundra va choʻl oʻsimliklari u qadar koʻp emas. Yevropa hududida tabiiy landshaftlar deyarli qolmagan, ular oʻrnini oʻzgartirilgan madaniy landshaftlar egallagan. Tundra va togʻlarning landshafti va faunasi kam oʻzgargan. Oʻrta va Janubiy Yevropada keng bargli oʻrmonlar koʻplab qirqib yuborilgan. Tundrada yoʻsin va lishaynik, oʻt, butalar, janubida daraxtlar oʻsadi. Tayga oʻsimliklari keng maydonda tarqalgan, janubiy chegarasi 57— 58°C sh. k.dan oʻtadi. Tayga zonasida igna bargli oʻrmonlar, oʻtloqlar, botqoqliklar bor. Keng bargli va igna bargli aralash oʻrmonlar taygadan janubda joylashgan va Skandinaviya janubdan Uralgacha choʻzilgan. Keng bargli urmonlarning janubiy chegarasi Gʻarbiy Yevropada 40°C sh. k.dan, Sharqiy Yevropada 53—54°C sh. k.dan oʻtgan. Togʻ oraligʻidagi tekisliklar (Chexiya tekisligi, Oʻrta Du-nay tekisligi)da oʻtloqli dashtlar bor. Togʻ yon bagʻrilari (pastdan yuqoriga) keng bargli, igna bargli, subalp butazorlari, alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Keng bargli oʻrmonlardan janubda oʻrmonli dasht va dasht zonasi boʻlib, bu yerlar asosiy dehqonchilik rayoni. Tabiiy oʻsimliklar faqat qoʻriqxonalardagina yaxshi saqlanib qolgan. Chala choʻl va choʻl zonalaridan qoʻy boqiladigan yaylov sifatida foydalaniladi. Yevropaning subtropik rayonlaridagi tekislik va togʻ etaklarida doim yashil kserofil oʻrmon va butazorlar bor. Oʻrta dengiz atrofidagi oʻrmonlar kesilib, oʻrni ekinzor, tokzor va sitrus oʻsimliklar plantatsiyalariga aylantirilgan.
Hayvonot dunyosi Golarktika zooge-ografik oblastiga mansub. Hayvon turlari geografik zonalar boʻyicha, asosan oʻsimlik tiplarining joylashishiga muvofiq tarqalgan. Tundrada iqlim sovuqligidan hayvon turi kam. Mayda kemiruvchilar, shimol bugʻusi, qutb tulkisi, boʻri, tyulen, har xil qushlar yashaydi. Shpitsbergenda mushkli qoʻchqorbuqa iqlimlashtirilgan. Tayga hayvon turiga boy. Sut emizuvchilardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, tulki, sobol, tiyin va boshqa, turli qush, hasharot koʻp. Aralash va keng bargli urmonlarda yovvoyi mushuk, asl bugʻu, toʻngʻiz, los va boshqa; qoʻriqxonalarda zubr yashaydi. Kushlardan kakku, bulbul, boyoʻgʻli va boshqa bor. Oʻrmon hayvonlari, ayniqsa yirik sut emizuvchilar juda kamayib ketgan. Sharqiy Yevropaning dasht va chala choʻl rayonlari uchun kemiruvchilardan yumronqoziq, quyon, koʻshoyoq, suv kalamushi va boshqa xos. Kaspiy dengizi boʻyida saygʻoq, qarsoq tulki, qumsichqon; qushlardan burgut, bedana va boshqa koʻproq uchraydi. Oʻrta dengiz atrofida togʻ hayvonlari yashaydi. U erda sudraluvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar koʻp. Sut emizuvchilardan bezoar va alp echkilari, yovvoyi qoʻy, jayra, Gibraltarda magot maymuni; qushlardan chumchuq, zagʻizgʻon, qaldirgʻoch; sudraluvchilardan kaltakesak, gekkon, ilonlar, toshbaqa; suvda yashovchilardan - baqa, qurbaqa, salamandra, triton bor.

Yevropa qitʼasining ayrim qismlarini kashf etishni kritliklar boshlab berishgan. Ular mil. av. 16-asrdan oldinroq Kiklada arxipelagini egalladilar. Peloponnes yarim orolda yashovchi axeylar mil. av. 15ndash;13-asrlarda Pind va Olimp togʻlarini, Xalqidiya yarim oroli, Shimoliy Sporada, Lemnos va Ioni orollarini kashf qildilar. Mil. av. 9-asrda finikiyalik dengizchilar Apennin yarim oroli, Malta, Sitsiliya, Sardiniya, Balear orollari, Pirenei yarim oroli sohillariga suzib boradilar. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalariga kelganda yunonlar Janubiy Yevropa sohillarini kashf etib boʻldilar. Mil. av. 320-yilgacha yunonistonlik Pifey Yevropaning gʻarbiy sohillarini Biskay qoʻltigʻidan Shimoliy dengizgacha oʻrgandi. Mil. av. 4-asrgacha yunonlar Bolqon va Apennin togʻlari orqali oʻtib, Sharqiy Alp togʻlarigacha borganlar. Mil. av. 58—51 yillarda Yuliy Tsezar legionlari Fransiyaning koʻp daryolari va Buyuk Britaniyaning Temza daryosigacha boʻlgan joylarni oʻrgandilar. Mil. av. 35 — mil. 9-yilda Oktavian Avgust sarkardalari Markaziy Yevropaga bostirib kirib, Reyn, Dunay vodiylari, Friz orollari bilan tanishdilar. 43—84 yillarda rimliklar Uels yarim oroli, Men va Anglsi orollari, Pennin togʻlarigacha bordilar. 8-asrda irlandlar Farer orollari va Islandiyaga birinchi boʻlib bordilar. 9-asrda bu orollarni normannlar egalladilar. Ular Skandinaviya va Kola yarim orollarini shimoldan aylanib, Oq dengizgacha yetib bordilar. Boltiq dengizining Botnik, Riga, Fin qoʻltiqlarida suzib, barcha yirik orollarni, Neman va Gʻarbiy Dvina daryolari etaklarini kashf etdilar. 8—9-asrlarda arablar butun Janubiy Yevropa, 711—718 yillarda oʻzlari bosib olgan Pirenei yarim oroli bilan janubi-sharq va sharqda Emba va Yoyiq (Ural) daryolari hamda Volga boʻyining unga Kama daryosi quyilishigacha boʻlgan joylarini oʻrgandilar. Sharqiy Yevropaning qolgan hamma rayonlari va butun Shimoliy Yevropani Boltiq, dengizi qoʻltiqlari va Oq dengizdan Uralgacha ruslar tadqiq qildi. 15—16-asrlarda rus dengizchi sayyohdari Shimoliy Yevropaning butun qirgʻoqlari boʻylab suzib, Kanin yarim oroli, Kolguev, Vaygach, Novaya Zemlya va Shpitsbergen orollarini oʻrgandilar. 16-asr 2-yarmida rus er oʻlchovchilari Sharqiy Yevropadagi daryo, yirik koʻllar, orol hamda yarim orollarni tadqiq qilib, xaritaga tushirdilar. 18-asrda rus sayyohlari Ural togʻlari, Yalpi Sirt, Kaspiy boʻyi pasttekisligi, Kumamanich botigʻi, Valday kirlari va boshqa joylarni oʻrgandilar. Janubiy Yevropa dengizlari sohili va Atlantika okeani sohilini 13—15-asrlarda, asosan Italiya dengizchilari batafsil tadqiq kilib xaritaga tushirdilar. 18-asr oxirlarida fransuz, italyan, polyak va boshqa olimlar Apennin, Alp, Karpat, Pireney, Dinara togʻlari, Markaziy Fransiya massivini oʻrganishni davom ettirdilar. 19-asrda geolog va geograflar Alp va Fennoskandiya togʻlarining tuzilishini, Buyuk Britaniya orolning relef xususiyatlarini aniqladilar.

Aholisi 2000-yilga kelib 725,5 million kishiga etdi. Antropologik tarkibi. Yevropaning deyarli barcha aholisi katta yevropoid irqiga mansub boʻlib, bir necha kichik irqlarga boʻlinadi. Skandinaviya mamlakatlari, Birlashgan Qirollik, Irlandiya, Islandiya, Niderlandiya, Estoniya va Latviya hududlarida atlantika-boltiq irqiga mansub aholi yashaydi. Yevropaning markaziy viloyatlari va uning sharqiy qismida oʻrta evropa irqiga mansub turli xalqlar bor. Adriatika dengizi sharqidagi mamlakatlarda, Gretsiya shimoli, Bolgariya, Avstriya janubi va Italiya shimoli (Tirol), Qora dengizning shimoliy, gʻarbi va sharqida istiqomat qiluvchi aholi bolqon-kavkaz iqkiga kiradi. Ispaniya, Italiyaning katta qismi, Fransiya, Gresiya janubi, Oʻrta dengiz orollarida hind-oʻrta dengiz irqiga, Litva, qisman Latviya va Shimoliy Yevropaning Rossiya qismida oq dengiz-boltiq irqiga mansub xalqlar yashaydi. Yevropaning Ural va Volga havzalari va boshqa hududlarda turli irqqa mansub xalqlar bor.

Yevropa xalqlari tillarining koʻpchiligi hind-evropa tillari oilasiga mansub. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropada slavyanlar guruhiga mansub xalqlar joylashgan. ruslar, ukrainlar, beloruslar — sharqiy slavyanlar; polyaklar, chexlar, slovaklar — gʻarbiy slavyanlar; bolgarlar, makedonlar, serblar va chernogorlar janubiy slavyanlarni tashkil etadi. Shimoliy va Markaziy Yevropada olmon tillirida soʻzlashuvchi xalqlar — olmonlar, avstriyaliklar, shveysariyaliklar, lyuksemburglar, gollandlar, flamandlar, inglizlar, shotlandlar, danlar, shvedlar, norveglar, islandlar va boshqalar yashaydi, Janubi-Gʻarbiy Yevropa aholisi roman tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — italyanlar, fransuzlar, ispanlar, portugallar, ruminlar, moldavanlar va boshqalardan iborat. Janubi-Sharqiy Yevropadagi hind-oriylar guruhiga mansub loʻlilarning koʻpchiligi va barcha mamlakatlarda istiqomat qiluvchi deyarli hamma yaxudiylar (rasmiy tili — idish, ivrit tili) mahalliy tilda soʻzlashadi. Grek tili va albanlar tili hind-evropa tillarining alohida guruhiga kiradi. Yevropa aholisining salmoqli qismini ural-oltoy xalqlari tillarida soʻzlashuvchilar tashkil etadi. Finlar, estonlar, karellar, mordvalar, marilar, udmurtlar, vengerlar va boshqa ugorfin tillarida, chuvashlar, tatarlar, boshkirdlar, gagauzlar va boshqa turkiy tillarda gaplashadi. Yevropada xristian dini, asosan ikki oqim (pravoslavie va katolitsizm)ga boʻlinadi; shuningdek, 16—17-asrlardagi reformasiya davrida katolik cherkovidan ajralib chiqqan protestantizm va boshqa diniy oqimlar bor. Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa xalqlarida pravoslavie, Janubi-Gʻarbiy Yevropa aholisi oʻrtasida katolitsizm keng yoyilgan. Yevropadagi turkiy xalqlar, albanlar, loʻlilarning koʻpchiligi, shuningdek, bosniylar va bolgarlarning bir qismi Islom diniga, yahudiylar hinduizmga eʼtiqod qiladi.

Yevropaning hozirgi siyosiy xaritasi 1990-yillardagi siyosiy oʻzgarishlardan soʻng yangilandi. Bir qancha davlatlar, jumladan shoʻrolar ittifoqining barham topishi, Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning Chexiya va Slovakiyaga boʻlinishi natijasida bir qancha yangi davlatlar vujudga keldi, GDR va GFR birlashdi.

Tarixiy xaritalar




#Article 15: Litva (2267 words)


Litva (Lituania, Litovia, Litova, Litva, Lithuania, (litovski) Lietuva) — Sharqiy Yevropada, Boltik, dengizi boʻyida joylashgan davlat. Maydoni 65,2 ming km². Aholisi 2,986 ming kishi (2012). Poytaxti — Vilnyus shahri. Maʼmuriy jihatdan 44 tuman (rajonas)ra boʻlinadi.

Litva Yevropada joylashgan boʻlib, Boltiq dengizi, Latviya, Polsha, Rossiya, Belarus bilan chegaradoshdir.

Litva — mustaqil demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 yilda qabul qilingan (1996 yilda oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2003 yildan Rolandas Paskas). U umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Konun chiqaruvchi oliy organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Litva hududi Sharqiy Yevropa tekisligida, Boltiq dengizining janubi-sharqiy sohillarida, Nyamunas (Neman) daryosining oʻrta va quyi oqimi havzalarida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik va kirlardan iborat. Markazida Oʻrta Litva pasttekisligi joylashgan. Sharqi va janubida Boltiq qator tepalari boʻlib, Litva qududida Z qirga boʻlinadi: Aukshtayts, Dzuk va Suduv. Dengiz sohilida qum tepa va plyajlar koʻp. Litvada neft, ohaktosh, dolomit, shisha qumlari, gil, torf, bur, gips, kahrabo va shifobaxsh buloklar (Druskininkay, Palanga, Birshtonas, Likenay) bor. Buloklar atrofida kurortlar barpo etilgan.

Litvada dengiz iqlimi kontinental iqlim bilan almashinib turadi. Kontinentallik gʻarbdan sharqqa orta boradi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3° dan — 6° gacha. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 16,5°— 17,6°. Oʻrtacha yillik yogʻin 750 mm. Daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub.

Eng yirik daryosi — Nyamunas. Kaunas shahridan quyilish joyigacha kema katnaydi. Asosiy irmoqyaari: Nyaris, Nyavejis, Dubisa va boshqa Ular bahorda sersuv. 3000 ga yaqin koʻl bor, eng kattasi — Drisvyati. Koʻllar baliqchilik va suv parrandachiligida foydalaniladi. Tup-roqlari podzol, chimli-podzol, podzol-botqoq, chimli-karbonatli, botqoq, podzollashgan-borli, allyuvial tuproqlar.

Litva hududining 25% (1,6 mln. ga) oʻrmon. Igna barglilar — 65%, keng barglilar — 35%. Qaragʻayzorlar, qoraqaragʻayzorlar bor. Hududining 17% yaylov va oʻtloq; 7% ga yaqini botqoqlik.

Hayvonot dunyosida sut emizuvchilardan malla tovushqon, tulki, boʻri, los, asl va xoldor bugʻular, toʻngʻiz, norka, silovsin, suvsar, suv qunduzi va boshqa yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq turi koʻp. Qoʻriqxonalari: Juvintas va Chyapkyalyu. Litva milliy bogʻi bor.

Aholisining 81% litvalar, shuningdek, ruslar, polyaklar, beloruslar ham yashaydi. Rasmiy til — litva tili. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 68,5%. Yirik shaharlari: Vilnyus, Kaunas, Klaypeda, Shyaulay.

Litva hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar bu yerda odam tosh asridan yashab kelayotganini koʻrsatadi. Aholi oʻsha davrda urugʻ jamoalari tarzida yashagan, temirchilik, ovchilik va balikqchilik bilan shutullangan. Mil. boshlarida yirik kabila va kabila uyushmalari (jemaytlar, yatvyaglar va boshqalar) ajralib chiqa boshladi. 5—6-asrlarda jamoalar yemirilib, sinfiy tabaqalanish boshlandi. 9— 10-asrlardan xunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari avj oldi. 10—12-asrlarda Litva hududida Deltuva, Karshuva, Letuva va boshqa knyazliklar paydo boʻldi. 1240 yilda Buyuk Litva knyazligi vujudga keldi. 13-asrdan L.ga ne-mis ritsarlarining bosqinchilik yurishlari boshlandi. 200 yil davomida Litva bilan nemis ritsarlari oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1236 yil nemis ritsarlari Saule yonida magʻlubiyatga uchradi. 1260 yil Litva qoʻshinlari nemis salibchilari ustidan Durbe koʻli yaqinida boʻlib oʻtgan jangda gʻalaba qozonib, Livon hamda Tevton ordenlarining bosqinchilik yurishlarini vaqtincha toʻxtatdi. 13-asr oʻrtalarida rus yerlarining feodal tarqoqligidan foydalanib, Litva knyazlari belorus, ukrain, rus yerlarini qoʻshib oldi. Gedi-min, Olgerd va Keystut knyazliklari davrida Buyuk Litva knyazligi ancha kengaydi. 14-asr oʻrtalarida Minsk, Sharqiy Volin, Podolye, Kiyev L.ga koʻshildi. Knyaz Vitovt Dnepr va Dnestr oraligʻidagi Qora dengizgacha boʻlgan yerlarni qoʻshib oldi. Bu davrga kelib Litva Sharqiy Yevropada eng yirik davlatga aylandi. 1340—1410 yillarda Tevton va Livon ordenlari yana hujumga oʻtdi, Sterva daryosi (1348) va Kaunas (1362) yonida yirik janglar boʻldi. 1401—09 yillarda salibchilarga karshi jemaytlar qoʻzgʻo-lon koʻtardi. Ichki va tashqi kurash sha-roitida Litva Polsha bilan Krevo ittifoqini tuzdi (1386). 1410 yil 15 iyulda Litva va Polsha qoʻshinlari Gryunvald jangida (1410) Tevton ordeni ustidan gʻa-laba qozondi. 1435 yil Sventa yaqinida magʻlubiyatga uchragan Livon ordeni ham oʻz bosqinchilik yurishlarini toʻxtatdi.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Litva demokratik partiyasi, 1989 yilda tuzilgan, 1902—20 yillarda shu nomda faoliyat koʻrsatgan partiyaning vorisi; Litva sotsial-demokratik partiyasi, 2001 yilda asos solingan; Vatan ittifoqi, 1993 yilda tuzilgan; Markaz ittifoqi, 1992 yilda tuzilgan; Litva xristian demokratik partiyasi, 1990 yilda asos solingan; Litva erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990 yilda tuzilgan.

Litva — industrial-agrar mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoatning ulushi — 51,2%, qishloq xoʻjaligining ulushi — 24,7%, qurilishning ulushi — 9,8%, transportning ulushi — 3,6%, boshqa tarmoqlarning ulushi - 10,1%.

Sanoatning asosiy tarmoqlari — mashinasozlik va metall ishlash, yogʻochsozlik, kimyo va neft kimyosi sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, toʻqimachilik va oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati. Energetika xoʻjaligida gidroenergiya va torf ikkilamchi ahamiyatga ega. Litva issiklik elektr stansiyasi va Vilnyus issiklik elektr markazi keltirilgan gaz, mazut, koʻmir bilan ishlaydi. Kaunas GES, Ignalina AES bor. Litvada yiliga 18,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi xrsil qilinadi. Vilnyus, Rokishkis, Radvilish-kisda qishloq xoʻjaligi mashinalari, Kapsukasda oziq-ovqat korxonalari uchun asbob-uskunalar, Shyaulyayda velosiped, moped dvigatellari, Panevejisda avto-kompressorlar ishlab chikariladi. Kedaynyayda kimyo kombinati (sulfat kislota va superfosfat), Ionavada azotli oʻgʻit zavodi, Kaunasda sunʼiy tola zavodi, Vilnyusda plastmassa buyumlar zavodi, Plungeda sunʼiy charm zavodi bor.

Mahalliy xom ashyo asosida yuqori sifatli sement, gʻisht, ohak, yirik silikat bloklar, drenaj quvurlari, cherepitsa, shifer, yigʻma temir-beton va beton konstruksiyalar hamda detallar tayyorlanadi. Panevejisda yirik oyna zavodi deraza oynasi va oyna bloklari ishlab chikaradi. Ionava, Klaypeda, Kaunas, Shyaulyay, Vilnyus shaharlarida mebel kombinatlari bor. Qogʻoz sanoatining asosiy markazlari — Kaunas, Grigishkes. Kaunasdagi qogʻoz fabikasi yuqori sifatli qogʻoz, Klaypeda, Grigishkes, Pabra-dada karton, Klaypedada sellyuloza va faner, Kaunasda gugurt, Klaypeda, Vilnyus, Grigishkes, Kazlu-Rudada yogʻoch plitalar ishlab chiqariladi.

Yengil sanoatda toʻqimachilik va trikotaj, tikuvchilik, poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Yengil sanoatning yirik markazlari: Kaunas, Vilnyus, Shyaulyay va Klaypeda. Utenada trikotaj fabrikasi va Alitusda ip gazlama kombinati mavjud. Badiiy hunarmandchilik (kahrabo, keramika va boshqalardan buyum yasash) rivojlangan.

Goʻsht, sut, baliq sanoati L. oziqovqat sanoati mahsulotining 3/4 semiki beradi. Klaypeda — baliq ovlash va balik, sanoati markazi. Baliq Boltik, Barens dengizlaridan va Atlantika okeanidan ovlanadi. Qand-shakar, un, konditer, spirt-araq, pivo sanoati hamda meva va sabzavotni qayta ishlash, oʻsimlik moyi olish rivojlangan.

Litvada iqtisodiy faol aholining 35% ga yaqini qishloq xoʻjaligida band Litvaga yarokli yerlar 3,4 mln.ga. Gʻalla, kartoshka, sabzavot, yem-xashak, suli, zigʻir, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, darrandachilik (qora tulki va norka), baliqchilik rivojlangan.

Transportining asosiy turlari — temir yoʻl va avtomobil transporti. Litva uz. 3 ming km. Avtomobil yoʻllari uz. 44,5 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 80%. 1986 yildan Klaypeda — Mukran (Germaniya) solda kechuv yoʻli ishlay boshladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 374 ming t dedveyt (1992). Asosiy dengiz porti — Klaypeda, daryo porti — Kaunas. Vilnyus aeroporti xorijiy mamlakatlarning 65 shahari bilan bogʻlangan.

Litva chetga mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, xom ashyo oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Germaniya, Polsha, Belorussiya, Latviya, Estoniya va Skandinaviya mam-lakatlari. Pul birligi — lit.

Tibbiyot mutaxassislari Kaunas tibbiyot institutida, Vilnyus universitetining tibbiyot fakultetida va 6 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Druskininkay, Birshtonas, Likenay, Palanga, Neringa va boshqa balneologiya kurortlari mashhur.

Litvada oʻrta umumiy taʼlim deyarli toʻla amalga oshirilgan. 12 oliy oʻquv yurti bor. Eng yiriklari: Vilnyus universiteti, Vilnyus ped. universiteti, Vitautas Magnus universiteti, Vilnyus texnika universiteti, Kaunas texnologiya universiteti, Kaunas tibbiyot akademiyasi, Klaypeda universiteti. Qishloq xoʻjaligi akademiyasi, Litva fanlar akademiyasi bor. Litva davlat kutubxonasi, Fanlar akademiyasi kutubxonasi, klub muassasalari, muzeylar va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar mavjud.

Litvada bir necha gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: Letuvoye aydas (Litva aks sadosi, litva tilidagi kundalik gazeta, 1917 yildan), Letuvos ritas (Litva tonggi, litva va rus tilidagi kundalik gazeta, 1919 yildan), Gimtine (Ona diyor, litva tilidagi oylik jurnal, 1989 yildan), Atgimimas (Uygʻonish, litva tilidagi haftanoma, 1988 yildan), Bichyuliste (Doʻstlik, litva tilidagi haftalik gazeta, 1990 yildan). ELTA telegraf axborot agentligi 1995 yildan aksiyadorlik jamiyati, 1920 yilda asos solingan; Litvada radioeshittirish 1926 yildan, telekoʻrsatuv 1957 yildan ishlaydi. Litva radio va televideniyesi 1940 yil Vilnyus shahrida tashkil etilgan.

Litva xalqi oʻz qarashlari va orzu-umidlarini boy ogʻzaki ijodiyotida — qoʻshiqdar, ertaklar, afsonalar, maqolalarda ifoda etgan. Kds. yozma yodgorliklari 14—16-asrlarda (yilnomalar, huquq mavzuidagi va tarbiyaviy asarlar) yaratilgan. 16—17-asrlarda, asosan, diniy adabiyotlar nashr qilingan (M. Dauksha, Y. Bretkunas va boshqalar)- 17— 18-asrlarda litva tilida epigrammalar, dostonlar, sheʼriy maktublar yuzaga keldi (A. Shimelpenigis, K. Milkus va boshqalar). 19-asr 1-yarmida Litva adabiyoti rivojiga shiorlar D. Poshka (Jemaytiya va Litva mujigi), A. Baranauskas (Anikshchyay qaragʻayzori), yozuvchi M. Valanchyus (Palangalik Yuze) kabilar munosib hissa qoʻshdilar. 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida adabiyotda turli janrlar yuzaga keldi. V. Kudirka, P. Vaychaytis, Mayronis (I. Machyulis taxallusi), G. PyatkyavichayteBite va boshqa ijod qila boshladi. Litva adabiyotida tanqidiy realizmning shakllanishi yozuvchi Yu. Jemaytening ijodi bilan bogʻliq (Kelin, Pyatras Kurmyalis). Realist yozuvchilardan V. Kreve, Vayjgantas va boshqa ijodida romantik anʼanalar namoyon boʻldi. 40—60-yillarda P. Svirka, Y. Shimkus, S. Neris kabi yozuvchilar yetishib chiqdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida E. Mejelaytis, V. Reymeris va boshqa yosh shoirlar voyaga yetdi. Urushdan keyingi yillarda Stuoga, Simonaytite, Y. Avijyus va Y. Gribas kabi yozuvchilar samarali ijod qildilar, 50—70-yillarda yaratilgan Ye. Simonaytitening Vilyuye Karalyus, A. Belyauskausning Kaunas romani, Y. Avijyusning Yoʻqotilgan boshpana romanlari, E. Mejelaytisning Inson sheʼriy toʻplami, Yu. Marsinkyavichyusning Qon va kul, Devor dostonlari, Yu. Grushasning Gerkus Mantas dramasi Litva adabiyotining yutugʻi boʻldi.

Oʻzbek va Litva xalqlari oʻrtasidagi adabiy aloqalar rivojlangan. Litva adabiyotining eng yaxshi namunalaridan M.Slutskisning Jasorat romani, E.Mejelaytisning Inson sheʼriy toʻplami, K.Donyalaytisning Yil fasllari dostoni va boshqa asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbek adiblaridan Abdulla Qodiriyning Mehrobdan chayon, Oybekning Navoiy, Gʻafur Gʻulomning Shum bola, Abdulla Qahhorning Sinchalak, Asqad Muxtorning Chinor romani va boshqa asarlar litva tiliga tarjima qilingan.

Litva hududida miloddan avvalgi 4— 2-ming yilliklarga mansub turar joy qoldiqlari topilgan. Ular aylana, oval shaklida qurilgan. 5—8-asrlarda atroflari chuqur qilib, yogʻochlar bilan oʻralgan qarorgoxlar, 9—12-asrlarda yogʻoch qoʻrgʻonlar vujudga kelgan. 14-asrda muhim joylarda mudofaa inshootlari qurilgan, qoʻrgʻonlar qurilishida minoralarga ahamiyat berilgan. 15-asrdan boshlab Litvada shaharlar qurilishi tez oʻsdi (koʻpincha, uylar ikki qavatli qilib, birinchi qavatda savdo doʻkonlari, ikkinchi qavatda esa turar joylar qurilgan). 16-asrdan Uygʻonish davri madaniyati taʼsiri kuchaydi. 17—18-asrlarda barokko uslubida serhasham katolik cherkovlar, saroylar qurildi. 18-asrning oxiri va 19-asrning 1-yarmida klassitsizm tamoyillari yoyildi (Vilnyusdagi katta butxona, hozirgi rasmlar galereyasi, shahar ratushasi, hozirgi Badiiy muzey). 19-asrning 2-yarmida va 20-asr boshlarida Litva meʼmorligida oʻtmishdagi uslublarga taqlid kuchaydi, 20—30-yillarda xalq sanʼati va neoklassika anʼanalari taʼsirida binolar qurildi (Kaunasdagi bank, meʼmor M. Songayla). Ikkinchi jahon urushidan key-in shaharlar bosh reja asosida qayta tiklandi, yangi shaharlar vujudga keldi, yirik panelli uylar qurilishi avj oldi. Binolarning old tomonlarini bezatishda yogʻoch, keramika, vitraj, metalldan foydalanishga eʼtibor berildi (Nyaringa mehmonxonasi va qahvaxonasi, meʼmorlar A. va V. Nasvitislar va boshqalar). Litvalik meʼmorlar loyihasi asosida Toshkent (Chilonzor)da ham bir necha uy qurilgan.

Litva hududida neolit davriga mansub odamlar va hayvonlarning juda sodda kahrabo, yogʻoch haykalchalari, keramika idishlari topilgan. 9—12-asrlarda metallni badiiy ishlash rivoj togan (qurol, zargarlik buyumlari). 16—17-asrlarda portretlar koʻp yaratilgan. Kitob nashr qilishning yoʻlga qoʻyilishi bilan ksilografiya rivojlangan. 17—18-asrlarda saroy va cherkovlarni bezashda haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatidan keng foydalanilgan. 19-asrda yangi davr milliy sanʼati shakllandi. 20-asr boshlarida milliy rassomlik shakllanishiga Adabiy-badiiy jamiyat faoliyati taʼsir oʻtkazdi. Haykaltaroshlardan Yu. Zikaras va P. Rimsha realistik anʼanalarni davom ettirishdi. Rassom M. Chyurlenis ijodida adabiy folklor fantastikasi simvolika bilan hamohang boʻlib ketgan. Zamonaviy rassomlar orasida A. Savitskas, S. Veyverite, Y. Shvajas, V. Yurkunas va boshqa ajralib turadi. Kahraboga sayqal berish, yogʻochsozlik, qoʻlda toʻqish sanʼati rivoj topgan.

Adabiy folklori laparlar, asosan, ishqiy qoʻshiq (dayna)larga boy. Koʻpchilik boʻlib aytiladigan qad. qoʻshiqlar sutartine deb ataladi. Xalq raqslari turli shakllar yasab, mayin tushiladi. Musiqa asboblari orasida torli sozlardan kankles, puflama so-zlardan ragas (burgʻu), daudite (uzun truba), skuduchay, lumzdyalis (fleyta turlari), urib chalinadigan sozlardan skrabalay va boshqa keng tarqalgan. Professional musiqa 14-asrdan rivojlandi. 16-asrdan cherkov xor musiqa maktablari vujudga keldi, zodagonlarning saroylarida kapella, opera va balet truppalari tashil etildi. 18-asrda Vilnyus teatrida Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining opera va baletlari sahnalashtirildi. 1803 yilda Vilnyus universitetida musiqa kafedrasi ochildi. 1906 yilda Vilnyaus kankles jamiyatining kuchi bilan birinchi milliy opera (M. Petrauskas, Birute) sahnaga qoʻyildi. M. Chyurlenis ilk milliy simfonik va kamer musiqa asarlarini yaratdi. 1920 yilda Kaunasda opera teatri, 1921 yilda balet studiyasi, 1933 yilda konservatoriya ochildi. 1940 yilda Vilnyusda filarmoniya, xalq ijodiyoti uyi, musiqa bilim yurti tashkil etildi. 1948 yilda opera va balet teatri Kaunasdan Vilnyusga koʻchirildi. Keyingi yillarda mahalliy mualliflarning Marite operasi, Dengiz sohilida baleti, Oltin dengiz operettasi tomoshabinlarga taqdim etildi. Simfoniya va kamer janrlari rivoj topdi. Kompozitorlardan A. Rachyunas, Yu. Yuzelyunas, A. Belazaras, V. Yugova, B. Dvarionas va boshqa barakali ijod qildi. Vilnyus konservatoriyasi, ped. institutining musiqa boʻlimi, Shyaulyay ped. institutining musiqa fakulteti, 5 musiqa bi-lim yurti, musiqa va xoreografiya maktablari musiqadan taʼlim beradi. Dirijyorlardan — B. Dvarionas, I. Shvya-das, S. Sondyaskis, xonandalardan — K. Petrauskas, Y. Stasyunas, V. Noreyka va boshqa mashhur.

Teatr sanʼati unsurlari litva xalq hangomalari va turli marosimlarida koʻp uchraydi. 16—18-asrlarda maktab teatrlari faoliyat koʻrsatgan. 1785 yilda Vilnyusda tuzilgan professional truppa Litvada birinchi xalq teatriga asos boʻldi. 1905—07 yillarda va undan keyin Vilnyus, Kaunas, Shyaulyay va boshqa shaharlarda havaskorlik teatrlari, drama toʻgaraklari tashkil topdi. 1919—40 yillarda Kaunas teatr hayotining markazi boʻldi. Bu yerda Milliy teatr (1919 va 1923—25), Vilkolakis satira teatri (1919—25) faoliyat koʻrsatib, K. Glinskiye, Yu. Vay-chkus, A. Sutkus kabi rejissyorlar samarali ijod qilib, muvaffaqiyatga erishdilar.

Keyingi yillarda Vilnyus davlat teatri va boshqa bir kator teatrlarda ja-hon va litva dramaturgiyasining eng yaxshi asarlari sahnaga qoʻyildi (Yu. Marsinkyavichyusning Qon va kul, Yu. Grushasning Gerkus Mantas va boshqalar). Sahna sanʼati rivojiga B. Dauguvetis, Yu. Siparis, D. Banionis, B. Babkauskas, S. Yukna va boshqa aktyor hamda rejissyorlar katta hissa qoʻshdilar.

Vilnyus drama teatri, Yoshlar teatri, Kaunas drama teatri, Shyaulyay, Panevejis, Klaypeda teatrlari, Vilnyus va Kaunasda qoʻgʻirchoq teatrlari bor. Aktyor va rejissyorlar Vilnyus kon-servatoriyasida tayyorlanadi.

Dastlabki Nyamunas oldida filmi 1909 yilda yaratilgan (operator va rejissyor V. Staryavichyus). 1940 yilda Kaunasda hujjatli va xronikal filmlar studiyasi tashkil qilindi. 50-yillarning oʻrtalarida studiya bazasi kengaytirilib, badiiy filmlar ham ishlab chiqarila boshladi. V. Jalakyavichyus, V. Mikalauskas (rejissyorlar), I. Gritsyus (operator) va boshqa Litva kino sanʼatida muhim rol oʻynay boshladilar. Rejissyor va ssenariychi V. Jalakyavichyusning Bir kun voqeasi, Hech kim oʻlishni istamas edi, rejissyor R. Vabalasning Tungi odamlar, Osmonga narvon, A. Jebryunasning Qizaloq va aks sado, Goʻzal filmlari Litva kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Litvada huj-jatli kino sanʼati rivoji V. Staro-shas, Litva Tautrimas. Litva Matsulevichyuslarning Oʻz Vatanida, Polshada 10 kun, Nyaringa va boshqa kino ocherklari bilan bogʻliq.




#Article 16: Vladivostok (147 words)


Vladivostok — Rossiya Federatsiyasidagi shahari, Primore oʻlkasining markazi (1888 yildan). Sibir temir yo'l magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Axoliyey 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860 yilda bunyod etilgan. 1862 yildan port, 1880 yildan shahar. Vladivostokda kema tuzatish korxonalari bor, baliq konserva zavodlari uchun texnologik liniyalar, kon-shaxta asbobuskunalari, konveyerlar, nasoslar, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan baliq, goʻsht kombinatlari, sut zavodlari, konditer fabrikasi, qurilish materiallari sanoati korxonalaridan temir-beton konstruksiyalari va yirik panelli uysozlik zavodlari mavjud. Uzoq Sharqsa kit, krab, yovvoyi hayvonlarni ovlash va refrijerator floti bazasi.

Vladivostokda 8 oliy oʻquv yurti, 13 maxsus oʻrta oʻquv yurti, Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq boʻlimi, 3 teatr, filarmoniya, 3 muzey va suratlar galereyasi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan dengiz vokzali (1965), mehmonxona (1965), Madaniyat uyi (1967), keng formata i kinoteatr (1969) mavjud.




#Article 17: Rus tili (424 words)


Rus tili — rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng Rossiya Federatsiyasi va MDHda millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda hindevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. Oʻtgan asrning 80-yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, Rus tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 mln. kishidan, jumladan, hozirgi Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida 185 mln. kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 mln.dan ortiq kishi Rus tilida erkin soʻzlasha oladi.

Rus tili juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixiga ega. Eng qadimgi rus adabiy tili Kiyev Rusida shakllangan boʻlib, u 14-asrgacha sharqiy slavyanlar uchun umumiy til hisoblangan. 14—15-asrlarda qadimgi Rus tili 3 tilga — velikorus (rus), ukrain va belorus tillariga boʻlinib ketadi. Shu davrdan boshlab Rus tili boshqacha aytganda, velikorus tili markazi Moskva boʻlgan Rus davlati hududida rivojlana boshlaydi.

Rus tili lahja va shevalari 2 ga: shimoliy velikorus (o lovchi) va janubiy velikorus (a lovchi) guruhlariga boʻlinadi; oʻrta rus shevalari mazkur har ikkala guruh xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi. 16—17-asrlarda shimoliy va janubiy lahjalar chegarasida boʻlgan Moskvada oʻziga xos koyne (umumiy laxja) shakllanib, u namunali tilga aylanadi.

Qadimgi Rus tili xususiyatlarini saklab qolgan adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasida sezilarli tafovutlar paydo boʻlib, 17-asrdan boshlab rus millati va rus milliy tili shakllana boshlaydi. 17-asr oxiri —18-asr boshidagi adabiy til boy va ifodali, koʻplab gʻarbiy yevropa oʻzlashmalariga ega esada, barqaror boʻlmagan. Uni tartibga solish va barqarorlashtirishda M. V. Lomonosovning xizmatlari katta boʻlgan. 19-asr boshlarida adabiy tilning xalqchilligi bosh muammo hisoblanib, bu muammoning yechimida I. A. Krilov, A.S. Griboyedov, ayniqsa, A. S. Pushkin ijodi alohida oʻrin tutadi. Ayni Pushkin ijodida umummilliy rus adabiy tilining shakllanishi yakun topadi. Pushkinning buyuk xizmati shundaki, uning ijodida adabiy Rus tilining umummilliy meʼyorlari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan hamda bu meʼyorlar Pushkinning zamondoshlari va undan keyingi avlod tomonidan qabul qilingan.

Adabiy tilning boyishiga 19—20-asrlardagi rus adabiyotining mumtoz vakillari ulkan hissa qoʻshdilar; 19 a.ning 2-yarmidan boshlab uning rivojlanishiga yozuvchilar bilan bir qatorda jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalari ham katta taʼsir koʻrsatib kelmokdalar. Oktabr toʻntarishidan soʻng oʻzgacha ijtimoiy tuzum hamda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli Rus tilida, ayniqsa, uning leksikasida sezilarli oʻzgarishlar paydo boʻddi, adabiy tilning umumiy demokratlashuvi kuchaydi.

Rus tili flektivsintetik tillardan boʻlib, unda 3 ta grammatik jins turkumsi, otlarning 3 xil turlanishi, feʼllarning 2 xil tuslanishi mavjud; koʻmakchilar predlog koʻrinishida, yaʼni oʻzi bogʻlanadigan soʻzlar oldidan joylashadi.

Hozirgi rus alifbosi Kirill yozuvi (kirillitsa)ga asoslangan (qarang Rus alifbosi). Unda bitilgan eng qad. yodgorliklar 11-asrga taalluklidir.

Abduvahob Madvaliyev.

Rus tili (русский язык) — bir til sharqiy Yevropada. Slavyan tillari oilasiga kiradi.




#Article 18: Tojik tili (259 words)


	

Tojik tili — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shimoliy Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 4 mln.dan, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 4 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.

Hozirgi zamon tilshunosligidagi muammolardan biri tojik tilining til yoki dialekt ekanligi boʻlib qolmoqda. Bugungi kunda koʻpchilik tilshunoslar tojik va dariy tillarini umumiy fors tilining dialekti sifatida eʼtirof etishmoqda. Tojik tili bugungi nomini 1929-yil lotin yozuviga oʻtish bilan birga qabul qildi. Dariy tili esa, 1964-yilgi siyosiy oʻyinlardan keyin hozirgi nomiga ega boʻlgan. Shu voqealargacha bu ikki tilning ham nomi forsiy (yo porsiy) edi. Bu 3 til (tojik, dariy va fors tillari) shunchalik yaqinki, til sohiblari oʻzaro suhbatlashishsa, bir-birlarini hech qanday muammosiz yuz foiz tushunadilar.

Adabiy Tojik tili qad. forstojik tili (9-15-asrlar)ga — fors, tojik va dariy tillarida soʻzlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib taqaladi. 20-asrda adabiy tilning soʻzlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi.

Tojik tilidagi ilk yozma yodgorliklar 9-asrga mansub. Tojikiston Respublikasidagi Tojik tilida 1929 yil gacha arab, 1940 yilgacha lotin, 1940 yildan rus grafikasi asosidagi Kirill yozuvidan foydalaniladi.




#Article 19: Turkiya (4739 words)


Turkiya (turkcha. Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha. Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning janubiy Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri. Davlat tili - Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2019) — 83.154.997. Pul birligi — lira. Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat.

Turkiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1982 yilda qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Axmet Nejdet Sezer), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi oliy parlament — Turkiya Buyuk Millat Majlisi. Oliy ijroiya hokimiyati xukumat boʻlib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi.

Turkiya tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Barish Oʻzbek Relyefining aksari togʻ va yassitogʻlik; shimoliy va janubiy sohillarga parallel ravishda yastangan togʻ tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, koʻl, plato va daryolar mavjud. Shimolida Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shimoliy Anadolu yassitogʻlari, janubda Toros togʻlari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutogʻ, Istranja va Tekirtogʻlar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin togʻlari, Oʻrta Anadoluda Qiziltogʻ, Raman va Soʻf togʻlari, Sharqiy Anadoluda Agʻri togʻlari (bu togʻda Turkiyaning eng baland nuqtasi boʻlgan Buyuk Agʻri choʻqqisi — 5137 m) qad koʻtargan. Turkiya hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. Turkiya yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toshkoʻmir, neft, marganets, temir va boshqa bor. Iqlimi subtropik, gʻarbiy va janubiy sohillari iliq, yogʻin koʻp, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor koʻp yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000–3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va boshqalarlar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. Turkiyada 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: Olimpos Beydaglari, Munzur Vodiysi, Kyopryulyu Kanon.

Aholisining 90% — turklar. Kurd, arab, uzbek, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69%. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.

Hozirgi Turkiya hududida juda qadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont qirolligi, Pergam, Qad. Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga 11-asrdan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071 yilda Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng, Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243 yilgi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-asrning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-asrning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ni egallab (1453 yil 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-asrdan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari Turkiyaga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683 yilda Vena shahri yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684 yilda Turkiyaga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686 yildan Rossiya) Muqaddas ittifoq tuzdilar. Ittifoqchilar Turkiyaga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq Turkiya 1711 yilda Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay janubiga chekinishga, shimolda Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-asrda yanada koʻproq talofotlar berildi.

Sultan Salim III (1789 – 1807 yillarda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar oʻtkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom (Nizomi jadid) deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xoʻjaligi., ilmfan va boshqa sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yoʻqotishdan qoʻrqqan yanicharlar va boshqa qarshilik koʻrsatib, 1807 yil 15 mayda koʻtarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan agʻdarib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IVning faoliyati Nizomi jadid tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni yoʻq qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar oʻz tarafdorini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldilar va 1808 yil 28 iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga oʻtqazdilar. Mahmud II yanicharlarni yoʻq qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va boshqa sohalarda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi inqirozini toʻxtata olmadi. Yunoniston va Serbiyada qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Bu orada Rossiya Turkiya oʻrtasida 1806— 12 yillarda boʻlib oʻtgan urush oqibatida Rossiya sarhadlari Prut daryosigacha kengaydi. 1828—29 yilgi urushda ham Rossiya gʻolib chikdi va Turkiya Yunonistonga muxtoriyat maqomini berishga majbur boʻddi. Turkiyaning Yevropa kapitaliga iktisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutulish uchun Turkiya hukmron sinfi 1839 yil yangidan islohot (tanzimat) oʻtkazib, turk ziyolilarining shakllanishiga imkon yaratdi. 1853—56 yillarda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida Turkiya galaba qozondi. Rossiya 1856 yil 30 martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi tan olindi.

Bu davrda Turkiyada Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, maʼmur va boshqa yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76)da Tanzimat harakati qiyinchilik bilan boʻlsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon yarim oroldagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatish gʻoyasi tarafdori boʻlgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gazetalar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908 yillarda boshkargan) taxtga chiqqan yili ilk Asosiy Qonun eʼlon qilindi (1876 yil 23 dekabr). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879 yil fevral.da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning koʻpchiligini taʼqib ostiga oldi. 1877—78 yillardagi Rossiya–Turkiya urushida Turkiyaning yengilishi bilan Bolqon yarim orolda Turkiya hukmronligi tugatildi. 1881 yil Fransiya Tunisni, 1882 yilda Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan tuzilgan yashirin Ittihod va taraqqiy tashkilotining kuchli taʼsiri ostida Sulton 1908 yil 23 iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishini eʼlon qilishga majbur boʻldi. 1914 yildan butun hokimiyat yosh turklarning yoʻlboshchilari boʻlgan Mehmet Talʼat posho (1874— 1921), Ahmad Jamol posho (1872— 1922) va xarbiy nozir Anvar posho (1881 — 1922) qoʻliga oʻtdi. Birinchi jahon urushida Usmoniylar davlati Olmoniya tomonida turib urushdi. 1918 yil 30 oktabrda Turkiya Antanta davlatlariga taslim boʻldi. Antanta davlatlari Turkiyani ishgʻol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. Turkiyada Ozodlik urushi (Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk) boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921 yilgi Inoʻnoʻ va Saqariya janglari natijasida Yunoniston qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonildi. 1922 yil 9 sentabrda Izmir ozod qilindi. 1922 yil 1 noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish va xalifalikni saltanatdan ajratish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Lozanna sulh shartnomasi (1923 yil 24 iyul) ga muvofiq, Turkiyaning chegaralari belgilandi, Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi eʼtirof etildi. 1923 yil 29 oktabrda Turkiya respublika deb eʼlon etiddi. 1924 yil 3 martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924—34 yillarda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmushga oid qator islohotlar oʻtkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga oʻtildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratiddi, maktab va taʼlimtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iktisodiyot sohasida ham oʻzgartirishlar amalga oshirildi.

Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida Turkiya Fransiya va Angliya bilan shartnoma tuzib, iqtisodiy yordam olishga muvaffaq boʻldi. U Sovet Ittifoqining Turkiyaga qarshi hujum qilish xavfini oldini olib, 1941 yil 25 martda SSSR bilan shartnoma imzoladi. Olmoniya bilan ham u Sovet Ittifoqiga hujum qilishidan bir necha kun oldin xuddi shunday shartnoma tuzildi. 1945 yil fevralralda Turkiya AQSH, Angliya va SSSRga qoʻshilib, Olmoniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 yil 5 martda Turkiya San-Fransisko konferensiyasiga taklif etildi va BMT ni barpo etgan aʼzolar qatoridan joy oldi.

Turkiya 1952 yil NATO ga aʼzo boʻldi. Bu davrda Turkiya Koreya urushida ishtirok etdi. 1954 yildan keyin iqtisodiy ahvol ogʻirlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari boʻlib oʻtdi, tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960 yil 27 mayda davlat toʻntarishi qildi. 1961 yil 9 iyulda demokratik erkinliklarni koʻzda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965 yilgi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971 yildan koalitsion hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilgʻi tanqisligi roʻy berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan Evren boshchiligidagi harbiylar 1980 yil 12 sentabrda hokimiyatni egallab, TBMM va hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati eʼlon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi. 1982 yil 7 noyabrdagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren prezident boʻldi. 1983 yil 24 apreldan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Oʻsha davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turgʻut Oʻzal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya 1983 yil 24 noyabrdagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turgʻut Oʻzal qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Eksport va import erkinlashtirildi, eksportni ragʻbatlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab chiqarish. eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli koʻrilmagan darajada taraqqiy topdi. Turgʻut Oʻzal 1989 yil 9 noyabrda prezident etib saylandi. 1991 yil Sovet Ittifoqi tugatilgandan soʻng Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va doʻstona munosabatlar oʻrnatildi. Turgʻut Oʻzal vafoti (1993)dan soʻng Sulaymon Demirel prezident etib saylandi. Turkiya Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan va 1992 yil 4 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami —29 oktabr — Respublika kuni (1923).

Adolat va rivojlanish partiyasi, 2001 yil tuzilgan; Ona vatan partiyasi, 1983 yil tashkil etilgan; Jumhuriyat xalq partiyasi, 1923 yil asos solingan; Toʻgʻri yoʻl partiyasi, 1983 yil tuzilgan; Milliyotchi harakat partiyasi, 1983 yil kayta tashkil etilgan; Demokratik soʻl partiya, 1985 yil asos solingan; Demokratik partiya, 1994 yil tuzilgan; Buyuk Birlik partiyasi, 1993 yil asos solingan; Demokratik Turkiya partiyasi, 1997 yil tashkil etilgan. Turkiya Ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (TurkIsh), 1952 yil tashkil etilgan; Turkiya Inqilobiy ishchilar kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1967 yil Tur.kIshdan baʼzi uyushmalarning ajralishi natijasida tuzilgan; Turkiya Haq ishchi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (HaqIsh), 1976 yil barpo etilgan.

Turkiya — industrialagrar mamlakat. 1980 yil iqtisodiyotda tub burilishni koʻzda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamgʻarmalari tez surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985 yilda Erkin mintaqalar qonuni kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987 yilda atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2002 yilga kelib ularning soni 21 ga yetdi. Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7%, qishloq xoʻjaligi. niki 14,4%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 56,9% boʻddi.

Turkiya xromit ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (toʻrtinchi) oʻrinda turadi (40 mln. tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshkoʻmir, temir, marganets, mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning gʻarbiy va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat sharqiy qismini rivojlantirish uchun choratadbirlar koʻrildi. Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish. yetakchi oʻrin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001 yil 270685 yengil avtomobil va yuk mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda Turkiyada elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fabrika faoliyat koʻrsatadi. Turkiya toʻqimachilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7oʻrinda turadi. Turkiyada elektr energiya ishlab chiqarish.da anʼanaviy oʻtin, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga oʻrtacha 125 mlrd. kVtsoat elektr energiya xrsil qilinadi.

Turkiya hududining 16% ni oʻtloq, 26% ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35% da, yaʼni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi. 2000 yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qoʻyechki, 250 mln. tovuq boʻlgan. Baliq ovlanadi.

Avtomobil yoʻllari uz. 63167 km, temir yoʻl uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida yoʻlovchilarning 95% avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yoʻlovchilar, asosan, havo yoʻllari, yuklar esa, asosan, dengiz yoʻli orqali tashiladi. Turkiya dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat boʻlib, u eksport yuklarning 72%, import yuklarning 95% ni tashiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir shahrilarida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor boʻgʻozi ustiga osma koʻprik qurilgan. Turkiyaning eng muhim neft quvuri tarmogʻi yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi.

Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002 yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.

Turkiyada oʻrtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 1989—2002 yillarda kasalxonalardagi oʻrinlar soni 133 mingdan 178315 ga, kasalxonalar soni 1156 taga yetdi. Vrach, hamshira va farmatsevtlar soni yildanyilga koʻpaymoqda. 1995 yildan beri oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida oila vrachi modeliga oʻtish, Turkiya sogʻliqni saqlash xizmatini Yevropa darajasiga olib chiqish moʻljallangan.

Turkiyada bepul majburiy oʻrta taʼlim joriy qilingan. Milliy taʼlim tizimi 3 qism (asosiy taʼlim, yordamchi taʼlim—kurslar va ochiq, yaʼni sirtqi taʼlim)dan iborat. Asosiy taʼlim maktabgacha tarbiya, boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga oladi. Yordamchi taʼlim oʻquv yurtlaridan tashqarida tashkil etiladigan kurslar faoliyatini qamrab oladi. 2002/03 oʻquv yili asosiy taʼlim tizimida 52692 taʼlimtarbiya muassasasi ishladi, jumladan maktabgacha taʼlim muassasalarida 320 ming bola tarbiyalandi, boshlangʻich maktablarda 10,3 mln., oʻrta maktablarda 3 mln. oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 1,7 mln. talaba taʼlim oldi, Yordamchi, yaʼni keng xalk, taʼlimi tizimida 3 mln. kishi mashgʻul boʻldi.

Boshlangʻich taʼlim (6—14 yoshdagi bolalar uchun) 8 yil Oʻrta taʼlim kamida 3 yillik boʻlib, oʻquvchilarga umumiy oʻrta taʼlim, kasbhunar va texnika taʼlimi berishga moʻljallangan. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar xususiy tarbiya tizimida oʻqiydilar. 2002/03 oʻquv yili bu tizimdagi 325 maktabda 19,4 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2002/03 oʻquv yili Turkiya oliy taʼlim tizimidagi 76 universitet, yuzlab int, konservatoriya, kasb oliy oʻquv yurtlarida 1 mln. 894 mingdan ziyod talaba oʻqidi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Yirik untlari: Istanbul universiteti (1453), Anqara universiteti (1946), Oʻrta Sharq texnika universiteti (1956), Egey universiteti, Otaturk universiteti, Qora dengiz texnika universiteti, Bosfor universiteti, tibbiy mutaxassislar tayyorlanadigan Hojitepa universiteti.

Madaniyat vazirligi tizimida 1440 kutubxona va 92 muzey bor. Yirik kutubxonalar: Anqaradagi milliy kutubxona, Ankara va Istanbul untlari kutubxonalari, Anqaradagi TBMM kutubxonasi. Yirik muzeylar: Turk osori atiqa (arxeologiya va etn.) muzeyi (1923), Istanbuddagi Toʻpqopi saroyi (1927), Etn. muzeyi (1930), Ayo Sofiya ibodatxonasi muzeyi (1934).

Turkiyada ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiklashtirish uchun Ilm va Texnologiya oliy jamiyati tuzilgan. 1993 yil Fanlar akademiyasi va Turk Patent instituti barpo etildi. Standartlar (1960), Marmar dengizini ilmiy va texnologik tadqiq etish (1972) ilmiy tadqiqot institutlari, kimyo, biol., elektroradiografiya, mikrobiol., veterinariya, geol., tarix, tilshunoslik, iqtisodiyot, falsafa jamiyatlari bor.

Turkiya ogʻzaki ijodiga xos boʻlgan qahramonlik dostonlari, jumladan, Oʻgʻuznoma turkumida dunyoning yaratilishi va odamning paydo boʻlishi haqidagi islomgacha boʻlgan afsonalar bayon etilgan. Tarixiy qahramonlik dostonlaridan Erganakon, Koʻroʻgʻli (Goʻroʻgli) turkumi va Dada Qoʻrkut kitobi mashhur. Anadoluda turk tilida yaratilgan dastlabki yozma asarlar tasavvuf mazmunida boʻlib, 13-asr oʻrtalariga mansub. Saroy adabiyeti vakillari aruz vaznida ijod qilganlar. Oʻsha davr anʼanasiga koʻra, koʻpchilik shoirlar oʻz asarlarini fors tilida yozganlar. Bu davr ijodkorlari orasida Jaloliddin Rumiy, Yunus Emra, Hoji Bektoshi Valiy ijodi ayniqsa ajralib turadi. Turk tilida birincha marta Oshiq Posho (1271 — 1332) tasavvufona ruxda sheʼr va dostonlar bitdi. Uning 12 ming baytlik Gʻaribnoma dostoni va Faqirnoma, Vasfi hol asarlari bor. 14-asrda Dehxrniy, Qozi Burhoniddin, Nasimiy va Ahmadiy kabi shoirlar ijod qiddi. 15-asrdan turk sheʼriyati rivojlana boshladi. Bu taraqqiyot 17-asrgacha davom etdi. Hamdi Chalabiy (1449—1503) turk tilida Xamsa yaratdi. Axmad Doiy, Fuzuliy, Xayoliy, Zotiy, Boqiy, Umar Nafiy, Nadim kabi shoirlar yetishib chikdi. 18-asrdan saroy adabiyeti xalqqa yaqinlashdi. Shoirlarning kupi oddiy xalqqa soddaroq uslubda, ziyolilar uchun jimjimador va murakkab uslubda asarlar bitdilar. Oshiq Poshshozoda, Oshiq Chalabiy, Avliyo Chalabiy, Nayma, Qoʻchibey va Marjimak Ahmad oʻz davrining yetuk adiblaridir. 19-asrda Gʻarb adabiyeti taʼsirida yangi adabiyot shakllana boshladi, ilk roman, pyesa, tadqiqot ishlari paydo boʻddi. Tanzimatdavri yozuvchilari adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirdilar. Ibrohim Shinosiy (1826—71), Nomiq Kamol(1840— 88), Shamsiddin Sami (1850—1904), Rejaizoda Mahmud Akram va boshqa yangi realistik adabiyot asoschilari boʻldilar. Turk romanchiligi asoschisi Xolid Ziyo Ushoqligilning Moviy va Qora, Taqiklangan ishq romanlari, Mehmet Raufning Sentyabr nomli ilk psixologik romani dunyo yuzini koʻrdi.

Birinchi jahon urushidan soʻng Yoqub Qadri Qorausmonoʻgʻli, Xolida Edip, Rashod Nuri Guntekin va Rafiq Xolid Qaray, Turkiya madhiyasi muallifi Mehmet Akif Ersoʻy, Najib Fozil Qisakurak singari yozuvchilar shuxrat qozondi. Nozim Hikmat Ran sarbast usulda sheʼrlar bitib, yangi oqimga asos soldi. 1940-yillarda Sabohiddin Ali, Said Foyiq Abasiyonik asarlarida jamiyat muammolarining shaxs ichki dunyosiga taʼsirini yoritishga harakat qilinganini koʻrish mumkin. Sabohiddin Alining Ichimizdagi shayton (1940) va Moʻyna poʻstinli Madonna romanlarida madaniy oʻzgarishlarning jamiyat turli toifalariga koʻrsatgan taʼsiri psixologik taxlil qilingan. Tariq Bugʻro, Oʻqtoy Aqbal, Javod Shokir Qabaogʻochli, Xaldun Taner, Javdat Qudrat va Samim Xoʻjakoʻz kabi yozuvchilar ham realistik yoʻldan bordilar.

Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlgan asarlarning koʻpida qishloq hayoti muammolari tilga olindi. Bu adabiyotga qishloqdan chiqqan bir guruh yozuvchilarning kirib kelishi bilan izoxlanadi. Yashar Kamolning Inja Mamad romanida qishloq axli tortayotgan mashaqqatlar tasvirlangan boʻlsa, Aziz Nesin asarlarida kundalik turmushda uchraydigan illat va nuqsonlar hajv qilindi. 1960-yillarda Yavuz Byulent Bakilar, Usmon Atilla, Ayxan I nal va boshqa shoirlar adabiyotga kirib keldi. Ular ijodida insonning oʻz vijdoni, jamiyat oldidagi masʼuliyati kabi mavzular yoritildi. Bu davrda ijod qilgan Suot Darvishning Fosforli Javriya romani mashhur boʻldi. Bu asar asosida kinofilm ham yaratildi. 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Chetik Altan, Pinar Kur, Tomris Uyar, Aila Qutli va boshqa ijodida psixologik taxlil chuqurlashganligi koʻrinadi.

Turkiya hududida mil. av. va milodning ilk davrlariga taallukli meʼmoriy yodgorliklar koʻp (qarang Sofiya ibodatxonasi). Yunoniston, Vizantiya, Arab mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlarining meʼmoriy tajribalarini ijodiy oʻzlashtirgan saljuqiylar va usmoniylar imperiyalari meʼmorlari muhtasham, goʻzal binolar kurdilar. 12—19-asrlarda imperiyaning turli shaharlarida hashamatli saroy, masjid, Madrasa, maqbara, gumbazli hammom, goʻzal favvoralar (mas., Istanbuldagi Sulton Ahmad favvorasi) bunyod etilgan. 15—16-asrlarda meʼmor Xoja Sinon (1490 — 1588) yangi kompozitsiyalar yaratib, hayratga sazovor 400 dan ziyod bino barpo etdi. Istanbuldagi Sulaymoniya mayejidi, Ahmadiya mayejidi, Salimiya mayejidi ular orasida eng mashhurlaridandir. Usmoniylar imperiyasining inqirozi davri meʼmorligi mahobatliligi bilan ajralib turadi. 20-asrning 20-yillari oxiridan shahar qurilishini rejali tarzda olib borishga kirishildi, ayrim shaharlar (Ankara va boshqa shaharlar)ning bosh rejasi tasdiqlandi. 30-yillardan zamonaviy binolar qurish uchun xorijdan meʼmorlar jalb qilindi. Keyinchalik xalqaro tajribani milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirishga erishgan milliy kadrlar yetishdi. Mahalliy qurilish mahsulotlari industriyasi rivojlandi. Bu davrda tanikli meʼmorlardan Sedat Haqqi Eldan yaratgan imoratlarning loyihalari oʻziga xos meʼmoriy yechimi bilan ajralib turadi. Keyingi davrda butun jahonda ommalashayotgan meʼmoriy uslublar Turkiyaga ham kirib keldi. Ammo bu yerda uyjoylarni namunaviy loyihalari ommalashmadi. Katta shaharlarda mahobatli osmonoʻpar binolar qurishga, meʼmorlikda turlituman uslub va yoʻnalishlarni joriy etishga kirishildi. Jumladan, Anqaradagi Kamol Otaturk makbarasi (maʼmorlari E. Onat, O. Arda), Turkiya tarix jamiyati binosi (meʼmori T. Jonsevar), Stad mehmonxonasi (meʼmori M. Xepgyuler), Odeon konsert zali, Xalk, banki, Istanbuldagi Xilton meqmonxonasi (meʼmori Sedat Haqqi Eldan), Izmirdagi osmonoʻpar binolar barpo etildi. Bahruz Chiniji, Chingiz Bektosh, Doʻgʻon Pekali, Affon Yatman va Shavki Vanli kabi meʼmorlar mashhurdir.

Turkiya hududida Qad. Sharq, Ellin, Rim, Vizantiya sanʼati yodgorliklari saklanib qolgan. Tasviriy sanʼat oʻrta asrlarda miniatyura janrida rivoj topdi. 16-asrda bu sanʼat gullab yashnadi. Badiiy toʻqish, gilamdoʻzlik, kandakorlik, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. 17—18-asrlarda dastgoh rangtasviri yuzaga keldi. Zamonaviy tasviriy sanʼat 19-asrdan boshlab shakllandi. 1910-yillarda bir guruh rassomlar — Ibrohim Challi, Hikmat Oʻnat, Nomiq Ismoil, Avni Lifij, Fayxaman Duran Yevropada taʼlim oldilar hamda impressionizm va simvolizm yoʻnalishida asarlar yaratdilar. 1929 yil rassomlarning Mustaqillar nomli jamiyati, 1933 yil D guruhi tuzildi. Rangtasvirchilar Zaki Faiq, Izer, Nurullan Berk, Elif Nasi, Kemal Tollu, Abidin Dino va haykaltarosh Zuxtu Muridogʻli impressionizm yoʻnalishini tark etgan holda, yangi yoʻnalishni yaratdilar. Yangi usul anʼanaviy madaniyatning muhim elementlarini 20-asr Yevropa sanʼatining gʻoyalari bilan uygunlashtirishdan iborat edi. 1936 yil Istanbuldagi Sanoyi nafisa maktabi Nafis sanʼatlar akademiyasiga aylantirildi. Turkiya rassomlik sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar rivojlangan. 1949—50 yillarda Yangi guruh deb nomlangan ijodiy guruh tashkil qilindi. Bu guruh D guruhidan keyin eng mahoratli guruhga aylandi. Bu guruh rassomlari yangi usul va yangi texnik vositalar bilan eksperimentlar oʻtkazdi. Guruh aʼzolari 1955 yilgacha ijtimoiy hayot mavzularida ijod qildilar.

Anadoluda saljuqiylar davridan boshlab hozirgi davrga qadar turk musiqasi turli yoʻnalishlarda rivojlangan. Turk anʼanaviy musiqasi 2 qatlamga — xalq va professional musiqa turlariga ajratiladi. Xalq musiqasida turkular (barmoq vaznidagi sheʼrlarga asoslangan xalq qoʻshiqlari), shuningdek, turli mavzudagi laparlar keng oʻrin tutadi. Ularning kuylariga asosiy pogʻonalardan yuqori va pastga siljishlar, ritmikaga — sinkopalar xosdir. Xalq qoʻshiq kuylari uzun kuy va qisqa kuy shaklida boʻladi. Keng diapazonli va erkin ritmga asoslangan uzun kuyli qoʻshiklar asosan sevgi (bozlaq) va motam (agʻit) mavzularida boʻladi. Aniq oʻlchovli va qisqa hajmli ohang tuzilmalariga rioya qilingan qoʻshiqlar asosan oʻyin, raqs va aytishuv (mone)larda namoyon boʻladi. Turli (marosim, mehnat, raqs) cholgʻu kuylar bogʻlama, kval (nay turlari), surnay, zambir (koʻshnayga oʻxshagan), torli kamoncha va soz, urma dovul, daf, darbuka kabi cholgʻularda ijro etiladi. Turk mumtoz musiqasi 15-asrdan Anadoluda ijod eta boshlagan oshiqlar faoliyati bilan bogliq. Ular turk baxshi (oʻzon) anʼanalarini davom ettirib, turli terma va qoʻshiklarini soz, bogʻlama, qoʻbiz joʻrligida badiha shaklida ijro etgan. Ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasida maqamlar asosiy oʻrin tutadi. Shuningdek, turkum shakliga ega fasl (vokalcholgʻu asar) janri keng tarqalgan. Sozlardan nay, tambur, ud, qonun keng qoʻllaniladi. Diniy musiqa janrlaridan ilohiya, sharqiya, mavlaviya kabi aytim shakllari mavjud. Bastakorlardan Marokiy, Ismoildada afandi, Hofiz Poʻst, Sulton Salim III (Usmoniylar hukmdori), Kvntemir oʻgʻli va boshqa mashhur.

Koʻp ovozli kompozitorlik musiqa Turkiyada respublika barpo etilgandan keyin qaror topdi. Koʻp ovozli musiqaning xalq musiqasiga, milliy ohanglarga asoslanishi borasida koʻp izlanishlar olib borgan Ahmad Adnan Saygun musiqani jahon miqyosida tanitishda katta xizmat qildi. Kompozitorlik musiqaning keng yoyilishida Prezident simfonik orkestrining roli katta. Bu orkestr AQSH, Yevropa va Janubiy Koreyada konsertlar bergan. Istanbul, Izmir, Antaliya va Chukurova davlat simfonik orkestrlari ham faoliyat yuritadi. Ulardan tashqari Bilkent simfonik orkestri, Borusan Istanbul filarmoniyasi orkestri, Oqbank orkestri singari xususiy jamoalar bor. Xalq musiqasi yoʻlida ijod qilayotgan Narimon Oltintogʻ Tufakchi, Ahmad Gʻozi Oyxon, Musa Eroʻgʻli, Belqis Oqqala xalq oʻrtasida mashhur. 1960-yillardan rok musiqa yoʻnalishlariga qiziqish paydo boʻldi. Hozirgi paytda popmusiqasida Ibrohim Tatlisas, Sezan Aqsu, Nilufar, Teoman, jazda Karam Goʻrsev, Ilxan Ershaxin, Nukhet Ruajan kabi sanʼatkorlar mashhur. Bastakor, musiqachilar Istanbul (1923), Anqara (1936), Izmir (1951) konservatoriyalarida tayyorlanadi. Ankara operetta teatri (1928), Opera teatri (1950) va Istanbul opera teatri (1960)ning ochilishi musiqa sanʼati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. 1948 yilda Istanbulda ochilgan akademik balet maktabi (1950 yildan Anqarada) milliy kadrlar tayyorlaydi. Davlat opera va balet bosh direksiyasi tomonidan 1998 yildan buyen har yili xalqaro festivallar, Istanbulda xalkaro musika festivallari oʻtkazib kelinadi.

Turkiyada teatr sanʼati uzoqtarixga ega. Xalq ijodining anʼanaviy shakllari — qoʻgʻirchoq va chodirxayol teatri (qoragoʻz), maydonchalarda namoyish etiladigan oʻrta oʻyin tomoshalari professional turk teatrining tamali boʻldi. Tanzimat davrida garb modelidagi teatr faoliyat boshladi. Bu davrda turk yozuvchilari ham pyesalar yozishga kirishdilar. Ibrohim Shinosiyning Shoirning uylanishi nomli komediyasi turk teatri uchun burilish nuqtasi boʻldi. 1908 yildan soʻng professional va havaskorlik teatrlari tashkil qilina boshladi. Istanbul, Izmir, Bursa, Adana va Ankara shlarida teatr binolari kurildi. 1914 yil Istanbulda Dorulbadiyai usmoniya nomli teatr ochildi. U turk teatr sanʼatining rivojiga katta turtki berdi. 1927 yildan bu teatrga rahbar boʻlgan Muhsin Ertugʻrul birinchi bolalar teatrini ham tuzdi. 1949 yil barpo etilgan Davlat teatrining Anqara, Istanbul, Izmir va Bursa sh.larida 18 ta doimiy sahnasi mavjud boʻlib, yiliga 100 ga yaqin asarni sahnalashtiradi. Kichik sahna nomli ilk xususiy teatr 1951 yilda ochilgan. Undan keyin Chiyir sahna, Choʻntak teatri, Muammar Qoracha teatri, Istanbul operettasi singari xususiy teatrlar ish boshladi. 1982 yildan Istanbulda Hodi Chaman Yeditepa oʻyinchilari, Enis Fosforoʻgʻli teatri, Xoʻdri Maydon madaniyat markazi, Anqarada Anqara Sanʼat teatri faoliyat koʻrsatadi.

Turkiya Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, 1992 y aprelda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993 yil yanvarda esa Oʻzbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi. Istanbulda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1991 yil dekabr, 1994 yil iyun va 1997 yil noyabrda rasmiy tashrif bilan Turkiyada boʻldi. 1998 yil oktabrda Turkiya Respublikasining 75 yilligiga bagʻishlangan tantanalarda ishtirok etdi. Oʻz navbatida, Turkiya Prezidentlari Turkiya Oʻzal, S. Demirel va boshqa davlat arboblari bir necha bor rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻddilar. Ana shu tashrif va mulokrtlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuqukiy asoslari yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasida Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda siyosiy, savdoiktisodiy, ilmiy-texnikaviy, harbiy va harbiytexnikaviy aloqalar, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash, huquqiy yordam, sogʻliqni saklash, transport, sayyoxlik, madaniyat va boshqa sohalarda 78 hujjat imzolandi.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2000 yil sentabrda Turkiya Prezidenti A. Sezer bilan BMTning Ming yillik sammiti doirasidagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyat kasb etdi. 2003 yilda Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002 yil Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7% oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003 yilda 2002 yilga nisbatan 41,3% oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida Turkiyaning ulushi 4% ni tashkil etadi. Turkiya Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan KosonsoyTekmen qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda Turkiyaning AySel, Ulus inshaat, Oʻqan xolding, Emesam firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100% turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida SamKochavto (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), Papfen (paxta tolasidan ip yigirish), Koxis (savdovositachilik faoliyati, MetroMarket supermarketa), SharqMir LTD (chakana savdo), Mejik Plast (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa Beta Algoritm (choy qadoklash), Dilek Interprayzis, Aylin gida sanai va anonim shirkati (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70% ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25% dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Turkiyada oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun Turkiya 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991 yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993 yil 22 iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995 yil 9 iyul) asosida rivojlanib bormoqda.

Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan Turkiyaning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda Turkiya ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

Boboxon Muhammad Sharif. 




#Article 20: Andijon viloyati (2991 words)


Andijon viloyati – Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Aholisi 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000). Markazi – Andijon shahri.

Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400–500 m), sharqi (Andijon shahridan sharda) Fargʻona va Olay tizmalarining tarmoqlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar bulib turadi (qarang Andijon zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tkzmalari Fargʻona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, kishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi –3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 – 250 mm yogʻin tushadi. Av. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlarlagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi – Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari – Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproklari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanaln. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.

Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar, Tojiklar, Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli VA boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa kuchib kelgan. 1 km² ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar – 86,8 %, qirgʻizlar 3,8 %, tatarlar 3,1 %, Qanglilar 2 % ,ruslar 2 %. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000).

Andijon viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta tolasini, 8,7 % oʻsimlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, qishloq xoʻjaligi xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga isteʼmol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. AQSH dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995-2000 yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5 mlrd. soʻm chet el sarmoyasi kiritildi.

Viloyatda foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik shundayligicha xom ashyo sifatida metropoliyam joʻnatilar edi. 1907-yil yarim hunarmandchilikka asoslangan yogʻ zavodi qurildi. Dastlab bu zavod bir kecha-kunduzda 50 t chigitni qayta ishlab, 8 t ga yaqin yogʻ chiqarar edi. 1954 yilda zavod yogʻ-moy kombinatiga aylantirildi. 1960–70 yillarda Andijon shahrida „Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ kabi yirik korxonalar, Marhamatda esa „Elektrotexnika“ zavodi qurildi. 1941-yil Andijon shahrida motorsozlik zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida viloyat industriyasi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, tubdan rivojlanmoqda. Mavjud korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, mulkchilikning oʻzgacha shakliga kirib bormoqda. Xususan aksariyat yirik va oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid 160 sanoat korxonasi bor (2000). Bulardan yiriklari: Bobur nomidagi ip-gazlama ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyati (Andijon shahrida; tumanlarda boʻlimlari bor), „Andijon agrofirmasi“ aksiyadorlikjamiyati, Andijon avtomobil oʻrindiqlari zavodi, Andijon biokimyo zavodi, Andijon irrigatsiya mashinasozlik zavodi, Andijon „Semurgʻ“ trikotaj aksiyadorlik birlashmasi, Andijon don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati, „Andijonkabel aksiyadorlik jamiyati“, Chinobod paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati. 1991–2000 yillar davomida Andijon viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar bunyod qilindi. Viloyatda 79 qoʻshma korxona, 8447 kichik va xususiy korxona mavjud. Viloyatdagi qoʻshma korxonalar butun viloyat yalpi sanoat mahsulotining 53 %dan koʻprogʻini ishlab chiqarmokda (2000). Oʻrta Osiyoda yagona avtomobilsozlik korxonasi – Oʻzbek-Janubiy Koreya „OʻzDEU avto“ kompaniyasi Asaka shahrida joylashgan. Italiyaning „Aka-uka Federichi“ aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Asakada barpo etilgan Oʻzbek-Italiya „FAM“ qoʻshma korxonasi soatiga turiga qarab 1–1,5 t makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shahrixon tumanidagi Segazaqum qishlogʻida kalava ip tayyorlaydigan va kelgusida undan gazlama toʻqiydigan „ANTEKS“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati korxonasi barpo etildi va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoklar, paxtani qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil (ip-gazlama, paypoq fabrikalari va boshqalar), oziq-ovqat sanoati eng rivojlangan tarmoklardir. Viloyat mamlakatda neft va gaz qazib chiqarishda salmoqli oʻrin tutadi. Oʻnga yaqin neft va neft-gaz konlari (Andijon neft koni, „Xoʻjaobod“, „Boʻston“, „Janubiy Olamushuk“, „Xartum“, „Polvontosh“, „Xoʻjausmon“ va boshqalar) ishlab turibdi. Xoʻjaobod – Andijon – Asaka gaz quvuri bor.
Andijon viloyatida dastlabki paxta tozalash zavodlari Andijon shahrida 1911 yilda, Asakada 1912 yilda, Shahrixonda 1915 yilda qurilgan. Sanoatning bu turi paxta yetishtirishga qarab tez rivojlandi. 1924 yil paxta zavodlarida 25 ming t xom ashyo qayta ishlangan edi. 1999 yilda mavjud 13 ta paxta qayta ishlash korxonalarida 325 ming tdan ziyod paxta qayta ishlandi. Viloyatda yetishtirilayotgan pilla, jun, teri umuman qayta ishlanmasdan, lanib, 1999-yil oktabr ida ishga tushirildi). Baliqchi tumani notoʻqima matolar ishlab chiqarish yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Oʻzbek – Amerika qoʻshma korxonasi ham oʻz mahsulotlari bilan chet elda eʼtibor qozongan korxonalardandir. Qoʻshma korxona zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlandi. Kalava ip va xom gazlama tayyorlanadigan mazkur korxonada 1300dan ortiq ishchi ishlaydi (2000). Shuningdek, viloyatda rivojlangan mamlakatlarning sarmoyalari jalb qilingan „Andijon-Praga“, „Andijon durdonasi“, „Navigul“, „Oʻz-Koromko“, Oʻzbek-Rus-Britaniya „Mask“, „Al-Osiyo“ qoʻshma korxonalari va Oʻzbek-Amerika qoʻshma korxonasi filiali bor.

Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi – paxtachilikdir. Paxtaning yalpi hosili va hosildorligi jihatidan Andijon viloyati mamlakatda oldingi oʻrinlarda turadi. Ayniqsa mustaqillikdan keyin paxtakorga erkinlik berilgach, paxtachilikda tub oʻzgarishlar sodir boʻldi. 1997 yildan chigitni keng maydonlarda plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi (mazkur texnologiyani qoʻllashda viloyat hokimi, Oʻzbekiston Qahramoni Qobiljon Obidov katta jonbozlik koʻrsatdi). Paxta, gʻalla almashlab ekilishi yoʻlga qoʻyildi. Faqat mineral oʻgʻitlarga qarab qolmasdan mahalliy oʻgʻitlardan ham foydalanildi. Xususan gidroliz zavodining chiqindilaridan kompost tayyorlab, tuproq unumdorligini oshirishga ahamiyat berildi; ekin qator oralariga ammiak suvi oqizish oʻzlashtirildi. Gʻoʻza navlarini tuproq va iqlim sharoitiga koʻra tanlashga eʼtibor berildi. Har yili katta maydonlarda paxtaning „Oqdaryo“, „Armugʻon“, „Fargʻona-5“ singari istiqbolli navlari sinab koʻrildi va muntazam yangilanib borildi. Keyingi yillarda sinovdan oʻtib, ertapishar, tolasi pishiq, chigiti toʻla, kasalliklarga chidamliligiga ishonch hosil qilingan „Okdaryo“ navi koʻproq ekildi. Natijada mamlakatning boshqa viloyatlariga qaraganda gʻoʻza Andijon viloyatida barvaqt yetilmoqda. Sentabr oyiga qadar hosilning asosiy qismi yigʻib olinmoqda va yuqori navlarga oʻtkazilmoqda. 2000 yilda Oltinkoʻl tumanidagi „Ittifoq“ jamoa xoʻjaligida gektaridan oʻrtacha 45,7 s, Asaka tumanidagi „Yangi hayot“ jamoa xoʻjaligida 48,4 s atrofida hosil olindi. Shahrixon tumanidagi Gʻ. Joʻrayev nomidagi jamoa xoʻjaligining fermeri N. Toshmatov 60 sdan xirmon uydi.Andijon viloyatida 2000 yilda sentabr oyidayoq 305 ming tdan ziyod paxta tayyorlanib, shartnoma rejasi mamlakatda birinchi boʻlib bajarildi.
Gʻallachilikda ham „Andijon maktabi“ yaratildi. Don 3 barobar koʻpayib, hosildorlik 1,2 marta oshdi. 2000-yilda gʻalla hosildorligi moʻljaldagi 70,8 sdan oshib ketdi. Marhamat tumanining Ulugʻtogʻ adirlarida Oxunboboyev nomidagi jamoa xoʻjaligining ijarachisi Muhammadsharif Toshpoʻlatov 67 s dan, Baliqchidagi Xayrixon Ergasheva nomidagi shirkat xoʻjaligida ijarachilardan Erkinboy Shukurov, Alijon Komilov, Turobjon Hakimov 85 sdan don olishdi.
Shahrixon tumanidagi „Oltin vodiy“ jamoa xoʻjaligi gʻallachilik brigadasi boshligʻi Oʻzbekiston Qahramoni Sodiqjon Abdurasulov uzoq yillar davomida donchilikda va paxtachilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. U Andijon viloyatida boshqa mintaqalardan keltirilgan yangi bugʻdoy navlarini sinash va ulardan moʻl hosil olish boʻyicha tajriba maktabi yaratdi. 2000 yil hosili uchun viloyatda 74 ming ga maydonga elita va superelita urugʻlari ekildi. Kuzgi bugʻdoyning istiqbolli „Andijon–1“, „Andijon–2“, „Chillaki“ navlari sinab koʻrilib, ularning parvarish tartibi aniqlab chiqildi.Keyingi yillarda boshqa viloyatlarda ham andijonliklar yaratgan yangi navlar keng ekilmoqda. 2000 yilda davlatga 250 ming t ga yaqin gʻalla topshirildi. Uning 150 ming t sidan ziyodini sara urugʻlik tashkil etadi. Gʻallachilik 1999 yilda Andijon viloyatiga 9,3 mlrd. soʻmdan ortiq daromad keltirdi. (1994 yil yanvarda bosh Asaka avtomobil zavodidan chiqqan yangi avtomobillar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Asaka avtomobil zavodila, 1996 yil 19 iyul. Qishloq xoʻjalikda, shuningdek bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, don va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Bogʻdorchilikda Andijon viloyati anor, anjir, bodom, behi, nok, shaftoli, olma, uzum yetishtirish bilan ayniqsa mashhur. Viloyatda aholi soni koʻpligi sababli adirlarda bogʻlar yaratishga katta ahamiyat berilgan. Shunday bogʻlardan eng mashhuri „Sohibkor“ meva-tokchilik ishlab chiqarish shirkatlar uyushmasi bogʻidir. Mazkur bogʻ 1981 yilda, Asaka tumanidagi Fayziobod qishlogʻidan 3–4 km narida Asaka adirlarining suvsiz qovjirab yotgan yerlari bagʻrida pastdan quvur orqali suv chiqaribyara-tilgan. Bogʻning barpo etilishi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi Tilavoldi Yoqubov nomi bilan bogʻliq. Andijon viloyati bogʻlarida mevali daraxtlardan tashqari toknint Andijon kora uzu mi navi keng ekiladi.
Qishloq xujalikda foydaniladigan yerlar maydoni tomorqa yerlarini qoʻshgan holda 256,7 ming ga. Qishloq xujalik ekinlari ekiladigan jami yerlari 257,6 ming ga, shu jumladan haydaladigan yer 200,9 ming ga, yaylovlar 21,7 ming ga (2000). Barcha ekin maydoni 202,5 ming ga, shu jumladan don ekinlari 82,5 ming ga, paxta ekiladigan yer PO ming ga, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari 4,9 ming ga, ozuqa ekinlari 16,1 ming ga, 3500 ga oʻrmonzor bor (2000). Grechixa va soya ham yetishtirilmoqda. Umuman viloyatda mirishkor dehqon yil davomida 2–3 martadan hosil olmokla.
Andijon viloyatida Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona, Janubiy Fargʻona, Katta Andijon, Savay, Andijonsoy, Shah-rixonsoy va boshqa kanallar bor. Adir zonalaridagi dalalarga suv nasos stansiyalari yordamida chiqariladi. Qoradaryoda Andijon suv ombori barpo qilingan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 7,8 ming km kollektor-drenaj tarmokdari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlaridagi sugʻoriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekiladi. Andijon viloyatida 13 jamoa xoʻjaligi, 6 davlat xoʻjaligi, 13 xoʻjaliklararo korxona, 133 shirkat xoʻjaligi, 36 boshqa xoʻjalik, 2724 fermer xoʻjaligi mavjud. Jamoa xoʻjaliklarida chorvachilik asosan sut yetishtirishga ixtisoslashgan, togʻ oldi va togʻli tumanlarda qoʻychilik rivojlangan. 95 ming qoramol, 56 ming sigir, 65 ming qoʻy va echki, 190,2 ming parranda bor (2000).

Temir yoʻl transporti viloyatda asosiy transport turlaridan biri. Uning uz. 2459 km (2000). Viloyatda dastlabki temir yoʻl 19-asr oxirlarida qurilib, keyinchalik undan tarmoqlar davom ettirilgan. Urushdan oldin Asaka – Shahrixon (1931), Uchqoʻrgʻon – Toshkoʻmir (1935) va boshqa temir yoʻllar qurildi. Barcha avtomobil yoʻllarining 6,2 ming km qismi qattiq qoplamali (2000). Havo yoʻllari Andijon shahrini Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlar, shuningdek Kavkaz, Qrim bilan bogʻlaydi. Andijon shahri koʻchalarida, shuningdek Andijon shahridan Kuyganyor shaharchasiga trolleybus qatnaydi.

Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti bor: Andijon Mashinasozlik instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon qishloq-xoʻjalik instituti, Andijon Davlat universiteti. Andijon oliy oʻquv yurtlarida 10,8 ming talaba taʼlim oldi (2000). 1999 yil oktabrda Kuyganyor shaharchasida (Andijon tumani) Oʻzbekiston Respublika Andijon viloyati va suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xujalik ilmiy ishlab chiqarish markazining Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. Institutning asosiy vazifasi mamlakatda sugʻoriladigan yerlarda dehqonchilik sharoitiga moslashgan yangi don navlarini yaratish, tumanlashgan va istiqbolli gʻalla va dukkakli oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat.Viloyat shahar va tumanlarida 1998– 2000 yillarda 19 kollej va akademik litseylar binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 20 kasb-hunar kollejida 22389 oʻquvchi, 28 akademik litseyda 15928 oʻquvchi oʻqiydi. Andijon shahridagi va Oqoltin tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejlari, Andijon tumanining Oqyor qishlogʻidagi sanoat kasb-hunar kolleji (mazkur kollejga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ikki marta tashrif buyurdi) eng namunali oʻquv dargohlaridir. Viloyatda 4 muzey (Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi, Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Bobur uy muzeyi, Choʻlpon uy muzeyi), 508 ommaviy kutubxona (8150,4 ming nusxa asar), 183 klub, 37 madaniyat uyi, 966 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Andijon shahridagi Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida (1967 yil ishga tushgan) 2000 urnnli qiroatxona mavjud (2000). Andijon viloyatida 3 ta teatr bor. Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri Oʻzbekistondagi toʻngʻich teatrlardan biri boʻlib, unga 1919 yil noyabrda Hamza asos solgan (qarang Andijon teatri). Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri 1990-yil 1-dekabrda „Istiqbol“ teatr studiyasi asosida tashkil etilgan (qarang Andijon bolalar va yoshishr teatri). Andijon viloyat „Lola“ Qoʻgʻirchoq teatri 1968-yil aprelda Respublika davlat qoʻgʻirchoq teatri qoshidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil boʻlgan Andijon viloyatidan Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soyib Xoʻjayev, Abbos Bakirov, Gʻanijon Toshmatov, Muzaffar Muhamedov kabi yirik sanʼatkorlar; Fattohxon Mamadaliyev, aka-uka Ismoiljon va Isroilon Vahobovlar kabi xalq hofizlari; Habiba Oxunova, Sherali Joʻrayev, Turgʻun Xontoʻrayev, Hoshimjon Olimjonov kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, Toshkanboy Egamberdiyev (Asakadan) boshliqdorbozlar sulolasi yetishib mashhuru maʼlum boʻlishgan. Andijon viloyatida 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab koʻkalamzor xiyobonlar bor. Ayniqsa Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi (1934 yil tashkil etilgan) mashhurdir. 1997–2000 yillarda bogʻ butunlay qayta qurilib, nihoyatda kurkamlashtirildi. Ramziy burgut ostidagi qahvaxonaga uygʻunlashtirilib qurilgan „Amfiteatr“ (2000) bayram tantanalari va boshqa tomoshalar oʻtkaziladigan maskanga aylangan. Andijon shahrining janubi-sharqida – Bogʻishamolda 300 ga maydonni egallagan Bobur nomidagi milliy bogʻ (Bogʻi Bobur), Andijon shahrining markaziy qismida Choʻlpon bogʻi tashkil etildi. Andijon viloyatida ziyoratgoh joylar koʻp. Sultonobod, Xonobod, Andijon dengizi kabi joylar chet ellik sayyoxlarda katta taassurot qoldiradi. Xoʻjaobod tumanida Bobur qadamjolaridan biri – Lotkontepada ajoyib ziyoratgoh barpo etildi. Bu ziyoratgoh Shirmonbuloq, Chilustun togʻlari bilan tutashib ketgan. Asaka, Shahrixon, Poytugʻ, Qoʻrgʻontepa shaharlari xalq hunarmandchiligi badiiy buyumlari tayyorlash bilan mashhur. Viloyatda 14,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 64 oʻrin) 70 kasalxona muassasasi, 6233 vrach, shu jumladan 317 stomatolog (10 ming kishiga 28,7 vrach), 22 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim, 5 sanatoriy bor (2000). Andijon shahrida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining boʻlimi ishga tushirildi (2000).

Andijon viloyatida sportchilari sportning 37 turi boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etadi (2000). Chavandozlik, chim ustida xokkey, yengil atletika, futbol, tennis, sport gimnastikasi, boks va boshqa Chim ustida xokkey boʻyicha „Andijanka“ ayollar jamoasi Yevropa chempionlari kubogi sohibi. 1996 yildan „Andijanka“ ayollar futbol jamoasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy M.D. Kim rahbarligida „Andijanka“ 1998, 1999 yillarda Oʻrta Osiyo mamlakatlari ayollar futbol jamoalari musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib, kubok hamda chempionlikni qoʻlga kiritdi. Andijonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Yevropa chempioni, jahon kubogi gʻolibi, jahon rekordchisi yengil atletikachi Svetlana Oʻlmasova va uning jamoadosh dugonasi Zamira Zaytseva, boks boʻyicha Yevropa chempioni Feliks Pak, sambo boʻyicha Yevropa chemponi Mels An kabi mashhur sportchilar tarbiyalanganlar. Baydarkachi Tatyana Levina respublika terma jamoasi tarkibida keyingi oʻn yillar davomida yetakchilikni qoʻldan bermay kelmoqda (2000). Olimpiada oʻyinlarida sobiq Ittifoq terma jamoalari tarkibida andijonlik sportchilar muntazam ishtirok etganlar. Ular orasida Seul Olimpiadasining ogʻir atletika boʻyicha kumush medali sovrindori Noil Muxammadiyorov, chim ustida xokkey boʻyicha – Igor Davidov, Moskva Olimpiadasining chim ustida xokkey boʻyicha bronza medali sovrindorlari – Laylo Ahmedova, Nelya Gorbatkova, Alina Xam, Valentina Zazdravnix kabil ar bor. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Andijon viloyati sportchilariga ham xalqaro musobaqalarda qatnashishga keng yoʻl ochildi. 2000-yilda Sidney (Avstraliya)da oʻtkazilgan 27-olimpiada oʻyinlarida mamlakat boʻyicha yagona oltin medalni andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev oldi; bokschi Sergey Mixaylov bronzamedali sohibi boʻldi. Bokschilardan Oʻtkirbek Haydarov, Ruslan Chagayevlar jahon chempionlaridir. Andijon shahri Respublika olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurtining boks boʻyicha murabbiylari M.G. Qoʻchqorov, A.A. Razmaxov „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi“ unvoniga sazovor boʻlishgan. Andijondan mohir sportchilarni tayyorlashda sport murabbiysi V.A. Zolotaryovning katta xizmati bor. Andijon shahrida zamonaviy sport inshootlari qurilgan: turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan tennis korti majmui (1998 yilda ishga tushgan; oʻn ming tomoshabinga moʻljallangan), „Navroʻz“ futbol stadioni, „Yambol“ sport majmui, chim ustida xokkey boʻyicha „Xalqaro doʻstlik“ stadioni, shaxmat-shashka klubi, gimnastika majmui, suzish havzalari va boshqa Andijon tennis inshootida har yili professional tennischilarning xalqaro turnirlari muntazam oʻtkazib kelinadi. 1996 yil oʻtkazilgan „Chellenjer“ turnirida jahondagi 26 davlatdan vakillar ishtirok etdi. 1997– 1998, 1999-yillari oʻtkazilgan xalqaro „Satellit“ va „Istiqbol“ turnirlarida ham 20 ga yaqin davlatlardan vakillar qatnashdi. Bu xalqaro turnirlardagi katta raketka ustalarining oʻyinlari andijonlik yosh oʻquvchi-tennischilar uchun katta mahorat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda. Tennis klubida 150 ga yaqin yoshlar muntazam shugʻullanib keladi, ularga 5 murabbiy saboq beryapti (2000). Oʻquvchilar orasida respublika musobaqalari sovrindorlari bor. Andijon viloyati „Navroʻz“ futbol komandasi mamlakat milliy futbol chempionatida ishtirok etib keladi.
Viloyatda 70 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi ishlaydi; ularda 32 ming oʻquvchi turli sport turlari bilan shugʻullanadi. Andijon shahrida olimpiada oʻrinbosarlari bilim yurti va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari yuqori malakali sportchilar tayyorlaydi.

Andijon olamshumul shuhrat egasi Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegimlar yurti. 20-asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulhamid Choʻlpon Andijonda tavallud topgan. Bu yerda Zokirjon Habibiy, Oraziy, Vosit Saʼdulla, Xoshimjon Razzoqov, Sayfiy, Anisiy, Azimiy, Boqir kabi oʻnlab gʻazalnavislar yashab ijod etdilar. Shu zaminda shakllanib obroʻ eʼtibor qozongan Sobir Abdulla, Sulton Joʻra, Komil Yashin, Toʻxtasin Jalolov, Sayda Zunnunovalar oʻzbek adabiyoti rivojida alohida oʻrin va mavqega egadirlar. 20-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida sheʼriyatda Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻlan Nizom, Respublikada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Olimjon Xoldor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Tursunoy Sodiqova va Xoldorjon Quronboyev, isteʼdodli shoirlar – Fozil Emin, Halima Qoraboyeva, Ismoil Toʻlak, Xanifa Solihova, Abduhalil Qoraboyev, Shukur Qurbon, Usmonxon Shukurov, Farid Usmon, Zamira Roʻziyeva, Qobil Mirzo, Munavvara Tillaboyeva, Xurshida, Nabi Jaloliddin; nasrda Xabibullo, Qamchibek Kenja, Sotvoldi Rajabov, Ubaydulla Sodiqov, Odiljon Olimov, Omina Tojiboyeva; dramaturgiyada Rahbar Fayziboyeva, Zahriddin Muhitdinov, Nazirjon Rahimov, Ziyo Najmiy; bolalar adabiyetida Muqimjon Niyozov, Odil Abdurahmonlarning nomlari keng tanilgan. Nusrat Abdusalomov, Habib Siddiq, Najmiddin Ikromov, Rafiq Muxtor, Dilmurod Shokirov, Xamidullo Yusupov, Muborak Qosimova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Andijon viloyat boʻlimining bosh binosi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi boʻlimi binosi kabi bir necha oʻnlab shoir va adiblar oʻz asarlarida mustaqillik davri hayotinm aks ettirmoqdalar. Andijon viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.

Andijon viloyatida 2 viloyat gazeta („Andijonnoma“, „.Andijanskaya pravda“), 14 tuman gazeta, 3 shahar gazeta („Asaka oqshomi“, 1995; „Xonobod ovozi“, 1992; „Qorasuv tonga“, 1992) chiqadi. Viloyatda, shuningdek 14 tarmoq gazeta, 2 jurnal („Limfa“ ilmiy ishlab chiqarish majmuasining „Limfalogaya“ jurnal, 1991-yildan 3 oyda bir marta rus tilida chiqadi; Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining „Taʼlim ravnaqi“ oylik jurnal, 1999) nashr etiladi. Andijon viloyatida dastlabki radio eshittirishlari 1927-yildan boshlangan. Shundan buyon viloyat radiosi oʻzining mazmunli eshittirishlari bilan viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻz oʻrni va ovoziga ega boʻlib kelmoqda. 1963 yilda Andijon viloyatlararo telestudiya tashkil etilib telekoʻrsatuvlar bera boshladi (mazkur studiya bir yilcha faoliyat koʻrsatib keyinroq texnik imkoniyatlar boʻlmaganligi tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgan). Respublikamiz mustaqillikka erishgach, Andijonda 1991-yil 25-oktabrda viloyat televideniyesi tashkil etilib, uning birinchi koʻrsatuvlari efirga uzatildi. Bir oylik koʻrsatuvlar vaqti 45 soatdan ortadi. Andijon viloyati radiosi oyiga 36 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2000). Bundan tashqari Andijon viloyatida 1997-yil 23-iyundan „Andijon“ yoshlar teleradiokompaniyasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati vodiy aholisiga telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar olib boradi. Teleradiokompaniya „Tasvir“ nomi bilan gazeta nashr etadi; 1998-yilning oktabrdan uning „Vodiy sadosi“ radiosi faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda, shuningdek „Taraqqiyot“ (1995 yildan) nodavlat telekanal i koʻrsatuvlar olib boradi. 

Qadimda va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon shahrida 19-asr oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid, minora va Madrasa bor. Jome masjidi Fargʻona vodiysida eng mahobatli binodir (qarang Andijon jome masjidi majmuasi). Shahrixonda oʻtgan asrda bino qilingan bir qancha mahalla masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri 19-asr boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini fargʻonalik ustalar ishlagan. Shahrixonda 1872 yil qurilgan Gumbaz madrasasi saqlangan. Andijon shahrida 20-asr boshida qurilgan 2 qavatli Axmadbekhoji uyi ham milliy meʼmorlik namunalaridan biri (qarang Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hozirgi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Ahmadbekhoji bogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Boyning bogʻidagi shiypon binosi ham saqlanib qolgan. Paxtaobod shahrida 20-asr boshida qurilgan Otaqoʻzi madra-sasi yodgorligi ham diqqatga sazovor. Uning 5 minorasi bor. orasidagi Andijon viloyatining tabiiy va iqtisoodiy rangli xaritasiga q. Abdugʻulom Sultonov, Sobirjon Shokarimov, Shuhratjon Karimov.




#Article 21: Buxoro viloyati (2011 words)


Buxoro viloyati — O‘zbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum cho‘lida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor, G‘ijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan Uzbek, Rus, Fors (Eroniylar), Turkman, tojik, Ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.Markazi-Buxoro

Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga ko‘ra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oralig‘ida Oyoqog‘itma botig‘i joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef ko‘rinishlarini ajratish mumkin:

Tog‘lar asosan silur, devon, toshko‘mir, bo‘r, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar to‘rtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida o‘zgargan. Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, O‘rtabuloqda neftgaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda ko‘p mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jing‘ildi,Oyoqog‘itma botig‘i atroflaridan topilgan suvlardan xo‘jalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq, iyulning o‘rtacha harorati 28-32°, qumliklarda 60-70° gacha ko‘tariladi. yanvarning o‘rtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90-150 mm yog‘in tushadi. Asosan bahor va qishda yog‘adi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai — AmuBuxoro mashina kanali. Quyimozor, To‘dakul, Sho‘rkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizko‘l, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi ko‘llar mavjud. Buxoro viloyati bo‘yicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada sho‘rlangan. Cho‘l zonasida kam chirindili qo‘ng‘ir tusli sur, qumli ishgandan so‘ng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.

Korxonalar ilg‘or texnologiya bilan jihozlandi. Yangi qadoqlash liniyalari, Buxoro, G‘ijduvon, Qorako‘l, Vobkent shaharlarida Germaniya texnologiyasiga asoslangan non sexlari ishga tushirildi. „Buxoroteks“ aksiyadorlik jamiyatining filiallari G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l va Olotda ishlab turibdi. Buxoro pillakashlik fabrikasi va uning filiallarida pilla qayta ishlanmoqda. Buxoro trikotaj kiyimlar fabrikasida erkaklar, ayollar va bolalarning ustki va ichki kiyimlari ishlab chiqariladi. Buxoro tikuvchilik fabrikasi, Buxoro va G‘ijduvon poyabzal fabrikasi, Shofirkonda Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan „Vardanzi“ tikuvchilik qo‘shma korxonasi, „Qorako‘l“ aksiyadorlik jamiyati qoshida Yunoniston bilan hamkorlikda „Omega-Sitora“ qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Mahalliy sanoat korxonalaridan Buxoro „Zardo‘z“ aksiyadorlik jamiyati, G‘ijduvon kulolchilik sexi, G‘ijduvon va Shofirkondagi gilam to‘qish fabrikalari, Kogon paxta titish fabrikasi, Romitan to‘qimachilik fabrikasi, tikuvchilik, badiiy kashtachilik, misgarlik, zargarlik, kosibchilik va 20 dan ortiq g‘isht zavodlari ishlab turibdi. Paxta tayyorlash punktlari, quritish, tozalash sexlari, paxta tozalash zavodlari bor. Paxta tolasi yangi uskuna va texnologiyalar asosida jahon andozalariga muvofiq ishlab chiqarilmoqda. Buxoro uysozlik kombinati, Kogon ohak zavodi, Quyimozor va Kogon yig‘ma temirbeton buyumlari zavodlari, Italiya bilan hamkorlikda qurilgan koshinlar ishlab chiqariladigan „Minokor“ zavodi, Buxoro temirbeton zavodi bor. Gazavtomatika ishlab chiqarish birlashmasida qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Qishloq xo‘jaligi. Buxoro viloyati iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi (paxtachilik, g‘allachilik, mevachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik) tashkil etadi. Viloyat dehqonchiligida sug‘oriladigan yerlar (tomorqa yerlar bilan birga) 273,7 ming ga, partov yerlar 14,2 ming ga, cho‘l yaylovlari 2764, 6 ming ga, Paxta 129 ming ga, makkajo‘xori 857 ga, donli ekinlar 81,2 ming ga, sholi 200 ga, pomidor 2741 ga, sabzavot-poliz ekinlari 9,3 ming ga, lavlagi 116 ga, kartoshka 2967 ga, yemxashak ekinlari 15,9 ming ga, shu jumladan beda 7,1 ming ga, bog‘lar 18,2 ming ga, tutzorlar 5,9 ming ga, Buxoro viloyati da 236 shirkat uyushmasi va jamoa xo‘jaligi, 4162 fermer xo‘jaligi, 41 xo‘jaliklararo korxona, 5 parrandachilik fabrikasi mavjud (2001), Chorvachilik Buxoro viloyatining rivojlangan tarmog‘i bo‘lib, qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik va parrandachilik rivojlangan. Ayniqsa, Buxoro qorako‘llari mashhur. Buxoro viloyatining barcha tizimdagi xo‘jaliklarida 428 ming qoramol, shundan 184,7 ming sigir, 750 ming qo‘y, 64 ming echki, 3 ming yilqi, 2,8 ming tuya, 771 ming parranda mavjud (2001). Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta o‘rmonchilik xo‘jaligi bo‘lib, asosiy o‘simliklari saksovul, cherkez, qandim. Qorako‘l o‘rmon xo‘jaligida esa dorivor o‘simliklar ham yetishtiriladi.Transporti. Buxoro viloyatidan magistral temir yoʻli o‘tgan. Eng katta temir yoʻl stansiyasi — Kogon. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining umumiy uz. 9820 km, shu jumladan qattiq qoplamali yo‘llar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yo‘llari: Buxoro-Toshkent, Buxoro-Urganch-Nukus, Buxoro-Turkmanobod (Chorjo‘y) va Buxoro-Termiz yo‘nalishlari. Aeroport bor.

Viloyatda 6700 o‘rinli kasalxonada 4343 vrach va 16100 o‘rta tibbiy xodim ishlab turibdi. 22 ayollar konsultatsiyasi, 281 qishloq vrachlik punkti, 68 feldsherakusherlik punkti, 28 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 17 poliklinikada jarrohlik markazlari, 9 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 3 sanatoriy, jumladan Sitorai Moxi Xosa sanatoriysi mavjud. Buxoro shahridan 25 km narida To‘dako‘l dam olish maskani joylashgan. 2001-yilgacha o‘z kasbi bo‘yicha xususiy ish faoliyati yuritish uchun viloyatda 150 mutaxassisga litsenziya berildi.

Buxoro viloyati sportchilarisportning ko‘plab turlari bo‘yicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, chim ustida xokkey, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Buxoro viloyatida shakllangan va o‘z tarixiy ildiziga ega buxorocha kurash bugungi kunda o‘zbekcha kurash sifatida jahon sport olamida o‘ziga xos o‘rin egalladi. Buxorodan sambo bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbonov, 2 marta jahon chempioni Shuhrat Xo‘jayev, jahon chempionlari Shuhrat Ochilov, Botir Turdiyev, Ra uf Boltayev, Botir Xujayev, kurash bo‘yicha 1-jahon chempionlari Akobir Qurbonov, Kamol Murodov, 1Osiyo chempioni Farhod Turayev, Shuhrat Saʼdiyev (yunonrum kurashi), Narimon Otayev (boks) kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. „Sitora“ ayollar jamoasi chim ustida xokkey bo‘yicha Osiyo chempionlari kubogi sohibidir (2000). O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sport turlari Buxoro shahri va viloyatida ommalashdi. Zamonaviy sport inshootlaridan „Buxoro“ futbol klubining 25000 tomoshabinga mo‘ljallangan „Buxoro“ stadioni, „Semurg‘“ suv havzasi, „Olimpiya“ sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigan „Xumo“ tennis korti mavjud. Buxoro viloyatida 44 bolalar va o‘smirlar sport maktabida 27 mingdan ziyod o‘quvchi taʼlim oladi (2001).

Buxoro qadimdan shoir va ulamolar to‘plangan eng yirik shaharlardan biridir. Unga „Qubbat ulislom“, „Buxoroyi sharif“ unvonlari berilgan. Buxoroda „malik ulkalom“ Abu Abdulloh Jaʼfar Rudakiy yashab, ijod qildi. Narshaxiyshtt „Buxoro tarixi“ asarida go‘zal sheʼriy parchalar mavjud. Balʼamiy Tabariyning „Taʼrix…“ asarini Buxoroda fors tilida qaytadan yozgan. Ibn Sino buyuk qomusiy olim bo‘lish bilan birga arab va forstojik tillarida shsʼriy asarlar yozgan. Buxorolik Daqiqiy Abu Mansur Muhammad Firdavsiyning ustozi bo‘lib, „Shohnoma“ dostonini dastlab u yoza boshlagan. Abu Mansur Saolibiy „Yatimat ud-dahr“ tazkirasida 10-asrda poytaxt Buxoroda yashab arab tilida ijod qilgan 25 shoir haqida qimmatli maʼlumotlar keltiradi. Uning yozishicha, „Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida shonshuhrat makoni, saltanat kaʼbasi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o‘z davrining fozil kishilari yig‘ilgan joy edi“. Avfiy Buxoriy adib, tarjimon va tazkiranavis olim edi. U Turon adabiyotida tazkiranavislik janriga asos solgan. Sharofiddin Buxoriy (13-14-asrlar) mashhur „Chor kitob“ni tuzgan shofirkonlik ulug‘ mutasavvuf shoirdir. Temuriylar sulolasi davrida Buxoroda Nosir Buxoriy, Ismat Buxoriy (1365-1426), Burunduq Buxoriy, Tohir Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Sayfiy Buxoriy (15-asr) kabi shoirlar yashab, devon tuzishgan. Ismat Buxoriy oʻzbek, fors va arab tillarida sheʼr yozish anʼanasini Buxoroda boshlab berdi. „Ibrohim Adham“ dostonini o‘zbekchada bitdi. U temuriy shahzoda Xalil Sultonning murabbiysi edi. Muhammad Solih Muhammad Shayboniyxonta bag‘ishlangan o‘zbekcha „Shayboniynoma“ dostonini yezdi. Shayboniylar sulolasining vakillari bo‘lgan Buxoro xonlari Muhammad Shayboniyxon „Shayboniy“, Ubaydullaxon ibn Mahmud Sulton „Ubaydiy“, Abdullaxon II „Xon“ ta xalluslari bilan sheʼr va dostonlar yozishdi, devon tuzishdi. Xususan, Ubaydullaxonning ijodi sermahsul bo‘lib, u oʻzbek, fors, arab tillarida lirik g‘azallar, masnaviy yo‘lida so‘fiyona mazmun bilan sug‘orilgan risolalar yozgan.Hasanxo‘ja Nisoriy „Muzakkiri ahbob“ tazkirasida 16-asrda faqat Buxoroning o‘zida yashab, ijod qilgan 110 nafar shoir va tarixchilarning nomlarini keltiradi. Ular orasida Mavlono Abdurahmon Mushfiqiy, Mavlono Majlisiy, Fazlulloh ibn Ro‘zbehon Isfahoniy („Mehmonnomayi Buxoro“ tarixiy asari va o‘zbekcha sheʼrlari bor), Mavlono Naxliy (1549-1636; u Hofiz Tanish Buxoriy bo‘lib, „Abdullanoma“ — „Sharafnomai shohiy“ tarixiy asarining muallifidir), Mavlono Xoja Muhammad Sadr (Afzaliy), Mavlono Foniy, Mavlono Qabuliy Buxoriy, Devona Husomiy (Husomiy Qorako‘liy; 1442-1505), Sayd Podshohxo‘ja bin Abdulvahhobxo‘ja (Xoja), Mavlono Kasiriy, Mavlono Afsariy, Sayfiy Aruziy, Saqqo Buxoriy kabi mashhur shoirlar bor. Turdiy Farog‘iy, Buxoriy Naxliy, Shavkat Buxoriy (17-asr), Mulham Buxoriy, Voras, Saidkamol Fitrat (17-18-asrlar), Imlo Buxoriy, Abdullatif Kirom Buxoriy (18-asr) ashtarxoniylar davridagi eng taniqli shoirlar edi. Buxoro viloyati da mashhur shoir Sayido Nasafiy (17-asr) yashab ijod qildi. Yirik faylasuf olim Muhammad Sharif Buxoriy (vafoti 1697) „Favoidi Hoqoniyya“ (1643), Muhammad Yusuf Munshiy „Tarixi Muqimxoniy“, Mir Muhammad Amir Buxoriy „Ubaydullanoma“, Muhammad Amin ibn Muhammad Zamon Buxoriy „Muhit attavorix“ tarixiy asarlarini yozishdi. Mir Muhammad Amin Buxoriy Subxonqulixon (hukmronligi 1681 — 1702) va Ubaydullaxon II ibn Subxonqulixon (hukmronligi 1702-1711) saroyida bosh munshiylik lavozimida xizmat qildi. Buxoro xoni Subxonqulixon „Nishoniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yezdi. Muhammad Vafoyi Karminagiy (1685-1769) „Tuhfat ulXoniy“ („Xon tuhfasi“) kitobining muallifidir. Shoir, tarixchi va munajjim Abdurahmon Toleʼ (18-asr) „Tarixi Abulfayzxon“ asarini yaratdi. Muhammad Sharif Buxoro amirligi tarixiga oid „Toj uttavorix“ (1800) asarini yezdi. Buxoroda mang‘itlar sulolasi davrida Mirzo Sodiq Munshiy, Mirzo Ato, Muhammad Nishotiy, Mujrim Obid, So‘fixo‘ja So‘fiy, Bebok, Vozeh, Savdo (1824-73), Muztarib, Iso Maxdum Buxoriy (1827-88), Muhammad Siddiq Hayrat (1876-1902), Abdurahmon Tamkin (1851-1915), Mirzo Hayit Sahbo, Ahmad Donish, Yaʼqub ibn Doniyol Buxoriy (17711831), Mulla Ibodulla va Mulla Muhammad Sharif (18-19-asrlar), Muhammad Olim Buxoriy (19-asr), Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniy kabi shoir va tarixchilar ijod qilishgan. Sadr Ziyo — Sharifjon Maxdum (1867-1932), Mirzo Sirojiddin Hakim (18771912), Mulla Ikrom (Ikromcha domla) ham ularning munosib izdoshlari edi. Buxorolik Afzali Pirmastiy (vafoti 1915) „Afzal uttazkor“ (1904) tazkirasida 19-asr oxiri — 20-asr boshida Buxoroda yashab o‘tgan 135 ijodkor haqida maʼlumot beradi. Jadid adabiyotining tamal toshini qo‘yganlar safida buxorolik Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy bor. Abdulvohid Burhonov „Munzim“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.20-asrda Buxoroda o‘ziga xos adabiy muhit shakllandi. Sulton Jo‘ra (1910- 43), Muhammadjon Rahimiy (1901-67), Jalol Ikromiy, Toshpo‘lat Hamid (1927-84), Saʼdulla Karomatov, Nemat Aminov, Jamol Kamol, Omon Muxtor, Oydin Hojiyeva, Toshpo‘lat Ahmad kabi shoir va adiblar sho‘rolar rejimi davrida ham badiiy jihatdan pishiqasarlaryaratshddi. Bugungi o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida Gulchehra Jo‘rayeva, Usmon Qo‘chqor, Sadriddin Salimov, Tilak Jo‘ra, Norto‘xta Qilich, Safar Barnoyev, Yusuf Jumayev, Halima Ahmedova, Ahad Hasan, Vafo Fayzullo, Sulaymon Rahmon, Chorshaʼm Ro‘zi kabi shoir va yozuvchilarning o‘ziga xos hissasi bor. Mustaqillik davrida buxorolik ijodkorlar o‘z salaflarining anʼanalariga sodiq qolgan holda o‘zbek, tojik, rus tillarida samarali ijod qilishmoqdasrBuxoro viloyatida O‘zbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar) ning viloyat sho‘’balari faoliyat ko‘rsatmoqdasr.

Buxoro viloyati da 2 viloyat gaz. („Buxoronoma“, „Buharskiy vestnik“), 11 tuman gaz., 2 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek 9 tarmoq gazetasi nashr etiladi. Buxoro viloyati da dastlabki radio eshittirishlari 1922-yildan boshlagan. O‘sha davrdan radio ijtimoiysiyosiy hayotga doyr mazmunli eshittirishlari bilan eʼtibor qozonmoqdasr Buxoro viloyati radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2001).1924-yilda Turkistondagi dastlabki kino tashkiloti Buxoroda tuzildi (qarang „Buxkino“). 1993 ylan Buxoro viloyati televideniyesi faoliyat ko‘rsatmoqdasr Studiya uchun maxsus bino kurilgan. Bir oylik ko‘rsatuvlar vaqgi 30 soatdan ortadi. Buxoroda „Istiqlol“ xususiy televideniyesi tashkil ztilgan (1995). Buxoro viloyati G‘ijduvon shla „Ark“ xususiy televideniyesi ham bor. Meʼmoriy yodgorliklari. Buxoro viloyati kddimiy davr, ilk va o‘rta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqo‘rikxonasi hisobida 997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qad. yodgorliklardan biri sanalgan Buxoro hukmdorlarining qarorgohi — Buxoro arki (miloddan avvalgi 1-asr) bugungi kungacha saqlangan.Shahar yonidagi Fathobodda Sayfiddin Boharziy makbarasi (13-asr), Bayonkulixon makbarasi (14-asr), Buxoro tumanidagi Sumiton qishlog‘ida Chorbakr ansambli (16-asr), Hazrat bobo masjidi (18-asr), amirning yozgi qarorgohi — Sitorai Mohi Xosa saroyi (19-20-asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (12-asr), Chashmai Ayyub hazirasi (1208), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi (13-asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (14-asr), Vobkent hammomi (16-17-asrlar), Toshmasjid (16-17-asrlar), So‘fidehqon xonaqosi (17-18-asrlar), Jondor tumanida Varaxsha shahar harobalari (7-asr), Mahmud Torobiy dahmasi (13-asr), Qizbibi majmuasi (15-asr), Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, Abdulazizxon honaqosi va Dahmai Shohon (14-16-asrlar), Hazrat Mir Kulol maqbarasi (14-asr), Kogon shahrida Temiryo‘lchilar (sobiq Amir) saroyi (19-20-asrlar), Peshku tumanida Xo‘jam Bandi Kushod va Xo‘jam Sayd Po‘lat maqbaralari (18-19-asrlar), Romitan tumanida Xoja Ali Rometaniy — Xojai Azizon va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (14-asr), Mulla Mir Hakim xonaqosi, Shofirkon tumanida Vardonze shahar yodgorligi (6-7-asrlar), Hazor Hyp daxmasi (8-asr), Xoja Orif Revgariy — Mohitobon maqbarasi (13-asr), Qorovulbozor tumanida Bo‘zachi va Qorovulbozor sardobalari (17-asr), Qorako‘l tumanida Poykend shahar harobalari (8-asr). Shoburxon ota maqbarasi va masjidi, G‘ijduvon tumanida Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy — Xojai Jahon (12-asr) masjidi va maqbarasi, Ulug‘bek madrasasi (15-asr), Toshmasjid va Dehqonbobo xonaqosi (15-16-asrlar), Xoja Soktare masjidi (17-asr), Chorsu masjidi (18- 19-asrlar) kabi noyob meʼmoriy obidalar saqlangan. Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va Malik sardobasi (11-asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom maqbarasi (10-11-asrlar), Qosim shayx xonaqosi (16-asr) mavjud.Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq meʼmorlik anʼanalari o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. O‘zbek xalqi tomonidan ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy isteʼdodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik kudratidan dalolat beradi.




#Article 22: Jizzax viloyati (1925 words)


Jizzax viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973-yil 28-dekabrda tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubisharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,2 ming km. Aholisi 1 382,10 ming kishi (2020). Jizzax viloyatida 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol), 8 shaharcha (Boʻston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Oʻsmat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qoʻytosh), 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2001). Markazi — Jizzax shahri (Jizzax viloyati tumanlari haqida tegishli maqolalarga q.)

Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shimoli-gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining janubi-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi -G dan —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq.-yillik yogʻin viloyat janubida 400-500 mm, shimolida 250- 300 mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun.-yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Janubiy Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001-yilda Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan.

Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.

Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor.

Aholisi 1 km ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi (2001). Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va b. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30 %, qishloq aholisi 70 % ni tashkil etadi.

Jizzax viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida salmoqli oʻrin tutadi. Xususan, paxta, gʻalla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilikni rivojlantirishga eʼtibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmogʻi oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Faoliyat koʻrsatayotgan 9400 ga yaqin xoʻjalik subʼyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xoʻjaliklaridir.

Hozirgi Jizzax viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi bu xududda savdo madaniyatining tez rivojlanishiga taʼsir etdi. Ilk oʻrta asrlarda jahon bozorida Jizzaxda jun va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab katta boʻlgan. 8—9-asrlarda kulollik, zargarlik, aravasozlik kabi mahallalarining mavjudligi milliy hunarmandchilikning oʻsha davrlarda rivojlanganligidan darak beradi.

Viloyatdagi ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarini hududiy jihatdan Jizzax, Gʻalla-orol, Dashtobod, Doʻstlik shaharlaridagi sanoat tarmoqlariga ajratish mumkin. Bular foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoqlar, paxtani qayta ishlash, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil sanoat (ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj fabrikalari), oziq-ovqat sanoatidir. Viloyatda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarning salmogʻi sezilarli. Shulardan Dashtobod qurilish materiallari, Zomin oniks, Baxmal marmar, gʻisht zavodlari, Dashtobod, Doʻstlik un kombinatlari, Jizzax mebel fabrikasi ishlab turibdi. Jizzax viloyatida konchilik tarmogʻi ham rivojlangan. Marjon buloq oltin koni, Qoʻytoshdagi ohak, vollastonit, volfram, Koʻtarmada ohak, Uchqulochda qoʻrgʻoshin konlari faoliyat koʻrsatmoqda. 1991 — 2001-yillar davomida Jizzax viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Viloyatda qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar mavjud. Qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmogʻi tobora ortib bormoqda. „Jibri“ (Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya) qoʻshma korxonasi-yiliga 50 ming t chigitni qayta ishlab oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaradi, „Kumush tola“ (Oʻzbekiston—Tojikiston) qoʻshma korxonasi-yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, „Paxta interneyshnl“ (Oʻzbekiston—Suriya) qoʻshma korxonasi-yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega, „Baxmalsharob“ (Oʻzbekiston—Polsha) qoʻshma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Shuningdek, paxta tolasidan eshilgan ip tayyorlovchi „Irjartekstil“ (Oʻzbekiston—Pokiston), yogʻ-moy va sovun ishlab chiqaruvchi „Madina“ (Oʻzbekiston—Xitoy), „Jizzax—Telekom“ (Oʻzbekiston —Indoneziya), Qoʻytosh shaharchasida „Vollastonit“ ishlab chiqarish sexi (Oʻzbekiston—Rossiya), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi „Vostok LTD“, „Belogorsk“ qoʻshma korxonalarining hissasi sezilarlidir.-yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovchi „Oʻzeksayd“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi (2002). „Zilolateks“ aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta ekini maydoni viloyatdagi sugʻoriladigan yer maydonining asosiy qismi (110 ming ga)ni tashkil etadi. Viloyatning 12 tumanidan 10 tasida paxta ekiladi. 1994-yildan Jizzax viloyatida gʻalla ekiladigan maydon keskin oshirildi. 2000-yilda 317,7 ming t gʻalla tayyorlandi. Gʻallachilikni rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar va boshqalar imkoniyatlar mavjud, Viloyat qishloq xoʻjaligida pillachilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Joylarda-yiliga 440—480 t pilla yetishtirish imkonini beradigan tabiiy resurslar yaratildi.

Qishloq xoʻjaligida kartoshka, poliz, sabzavot, uzum, hoʻl meva yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Bir-yilda 25—30 ming t kartoshka yetishtiriladi. Poliz va sabzavotdan-yiliga oʻrtacha 70 ming t dan hosil olinadi.

Jizzax viloyatida 9,4 ming ga dan ortiq, maydon mevali bogʻ (olma, behi, shaftoli, oʻrik, olcha, gilos, anor), 7,9 ming ga tokzor, 2,4 ming ga tutzor, 410 ga koʻchatzor. 78,7 ming ga yer qoʻriqxonaga aylantirilgan.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 1241,4 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 478,5 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 266 ming ga, lalmi yerlar 212,5 ming ga, yaylovlar 850 ming ga, pichanzorlar 12,5 ming ga, koʻp-yillik daraxtzorlar 21,5 ming ga.

Don ekinlari 212 ming ga, paxta ekiladigan maydon 110,8 ming ga, sabzavotpoliz ekinlari 10 ming ga, ozuqa ekinlari 12,5 ming ga, 165 ming ga oʻrmonzor bor. (2001).

Jizzax viloyatida jamoa, davlat, shirkat va fermer xoʻjaliklari mavjud. Fermer xoʻjaliklarining salmogʻi ortib bormoqda. Viloyat qishloq xoʻjaligida chorvachilik aloxida oʻrin tutadi. Barcha xoʻjaliklarda 280 mingdan ziyod qoramol, 800 mingdan koʻproq qoʻy va echki, qariyb 15 ming ot, 410 mingga yaqin parranda boqiladi (2000).

Temir yoʻl viloyatda asosiy transport turlaridan. Umumiy uz. 217 km (2001). Avtomobil yoʻllari ham salmoqli oʻrin tutadi. Havo yoʻllari Jizzax shahrini Toshkent va boshqalar viloyat markazlari, shuningdek, Kavkaz, Qrim bilan bogʻlaydi. Jizzax sh. koʻchalarida trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻzbekiston gʻallachilik ilmiy tadqiqot Jizzax viloyati, onalik va bolalikni muxofaza qilish ilmiy markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyat shahar va tumanlarida 1998—2001-yillarda 7 kollej va 2 akademik litsey binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. 32 kasb-hunar kollejida 17293 oʻquvchi taʼlim oladi. Akademik litseylarda tayyorlov, asosan, 4 yoʻnalishda olib borilayotgan boʻlsa, kasb-hunar kollejlarida 33 mutaxassislik boʻyicha oʻqitiladi (2002).

Viloyatda 5 muzey (Jizzax viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Sharof Rashidov muzeyi, Zomin tarixi muzeyi, Hamid Olimjon muzeyi, Mehnat Qahramoni X. Nosirov muzeyi), 289 jamoat kutubxonasi (8 mln. nusxadan ortiq asar), 126 klub, 12 tuman markaziy, 73 qishloq va shahar madaniyat uylari, 77 badiiy havaskorlik, 54 folklor-etnografik jamoalar, 12 maqomchilar guruhi, 60 xoreografik rake dastalari, vokal va estrada guruhlari faoliyat koʻrsatadi.

Jizzax viloyatida 3 teatr: Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, Gagarin sh.da qozoq milliy teatri bor.

Viloyatda 1996-yilda tashkil etilgan „Oʻzbeknavo“ gastrol konsert birlashmasi boʻlimining yosh iqtidorli sanʼatkorlaridan L. Moskalyova, F. Ibragimova, G. Sultonova, O. Malikovlar „Oʻzbekiston —Vatanim manim“, „Yangi taronalar“, „Sado—99“ koʻrik tanlovlarining gʻolibi boʻlishdi.

Jizzax viloyatida 5 madaniyat va istirohat bogʻi, 2 bolalar bogʻi, „Sangzor koʻli“ istirohat bogʻi, H. Olimjon nomidagi shoirlar bogʻi, „Oʻrda“ oromgohi, Jizzax, Zomin, Gʻallaorol, Paxtakor shaharlarida Xotira bogʻlari, „Maʼnaviyat va maʼrifat“, „Salomatlik va goʻzallik“, mahalla va yoshlar markazlari, „Istiqlol“ yoshlar forumi, Baxt uylari bor. Viloyatda Parpiota, Navkatota, Avliyoota Malikajdarota, Saʼd ibn Vaqqos, Sayfinota, Savrikota, Qavsota ziyoratgohlari, Temur darvoza, Xuttot, Quyosh taqvimi obidalari, qad. Jizzax, Hoshim qoʻrgʻon, Abdullaxon qoʻrgʻoni, Koʻkrabot, Sabat kabi arxeologik yodgorliklar mavjud.

Jizzax viloyatida 67 kasalxona, 47 ta hududiy va 13 markaziy kasalxona, 1 davolash markazi, 16 maxsus dispanser, 2,3 ming vrach, shu jumladan stomatologlar, 9,9 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim bor. Viloyat tez yordam markazi, onalar va bolalarni muhofaza qilish ilmiy markazi, markaziy bolalar shifoxonasi, viloyat tugʻruqxonasi, reabilitatsiya markazi, oʻsmirlar dispanseri kabi muassasalar tashkil etildi, 34 ta xususiy shifoxona, 170 dorixona, 7 ta fitobar ishlab turibdi. Sanatoriy bor (2002).

Jizzax viloyatida sportning kurash, boks, moto poyga, yengil atletika, karate kabi turlarida respublika va xalqaro musobaqalar oʻtkazish odatga aylandi. 2001-yilda Jizzaxda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi oʻquv yurtlari talabalarining „Barkamol avlod“ sport oʻyinlari oʻtkazildi. Sportning 8 turi boʻyicha 2000 ga yaqin sportchi yoshlar Jizzax sh., Paxtakor, Gʻallaorol, Baxmal tumanlaridagi stadion va sport zallarida bellashdilar.

Viloyatda jami 28 stadion, 2 ta suv sporti saroyi, 18 tennis korti, 136 sport zali mavjud. Jizzax sh.da Olimpiya zaxiralari kolleji ishga tushirildi. Kollejda umumiy maydon 9 ga (72x102 m yopiq sport maneji) sport majmuida bir vaqtda 11 turdagi sport mashgʻulotlari olib boriladi. Kollej 4 tennis korti, 1 suzish havzasi, 200 oʻrinli yotoqxonaga ega. Shuningdek, 2 futbol maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat yosh sportchilari orasida boks boʻyicha Osiyo chempioni Lazizbek Zo-kirov, bir necha-yillardan buyon shaxmat boʻyicha xalqaro musobaqalar sovrindori, respublika chempioni, oʻquvchi Yulduz Hamroqulovalar bor.

Jizzax viloyati qadimdan ilm-fan va ijodkorlar oʻsib ulgʻaygan yurt. Bu zaminda oʻrta acrlarda shayx Abulhasan Harakoniy (950—1034), shayx Aba Ali Fayumardiy (1084), Abu Tala ibn Nasr ibn Jundabek al-Usrushoniy, Poyanda Zaminiy, Soki Zaminiy kabi islom maʼrifati va fiqh ilmiga ulkan hissa qoʻshgan allomalar yashab oʻtgan. Keyinroq 19—20-asrlarda Maxmur Koriziy, Ubaydulloh Alamkash, Narzullo Narziy, Inomxon Maxjur singari ijodkorlar boy adabiy meros qoldirgan. 20-asr oʻzbek adabiyoti rivojida Jizzaxda tugʻilib oʻsgan Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Nazir Safarov, Shukur Saʼdulla, Sarvar Azimov kabi adiblarning munosib hissasi bor. 20-asrning oxirlarida Jizzaxdan Keldi Qodir, Jonibek Quvnoq, Ergash Muhammad, Saʼdulla Hakim, Rustam Gʻaniyev, Asror Moʻminov, Oqiljon Husanov, Sharofat Botirova, Ibrohim Donish, Sayyora Toʻychiyeva, Venera Ibrohimova, Sattor Qoraboyev, Meli Normatov, Farogʻat Kamolova kabi ijodkorlar oʻz mahoratlari bilan adabiy jamoatchilikka tanildi. Gulchehra Shahobiddin qizi, Shahlo Ahrorovalar sheʼriyati, qoʻshiqchilik mahorati bilan ajralib turdi.

Jizzax viloyatida 2 viloyat gazeta („Jizzax haqiqati“, „Djizakskaya pravda“), tuman va shahar gazetalari chiqadi. Viloyatda, shuningdek, tarmoq gaz.lari, jurnallar ham nashr etiladi.

Viloyat radiosi oʻz eshittirishlari bilan viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻz oʻrni va mavqeiga ega. 1990-yilda Jizzax viloyati televideniyesi tashkil etilib, uning birinchi koʻrsatuvlari efirga uzatildi. Jizzax sh.da „Baxtiyor — Shahboz“ firmasining telestudiyasi koʻrsatuvlar olib boradi. Viloyat teleradiokompaniyasi haftasiga 4 soat, Jizzax shahri televideniyesi 7 soat hajmdagi eshittirish va koʻrsatuvlar olib boradi. Jizzax sh.da kabelli televideniye ham ishlayapti. Teletomoshabinlar respublika televideniyesi va Rossiyaning ORT, RTR kanallarini tomosha qilishlari uchun imkoniyatlar mavjud.

Qad. va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Oʻrta asrlarga oid koʻpgina qalʼaqoʻrgʻon va karvonsaroylar tepa va qoʻrgʻon (Koʻltepa, Oqtepa, Rabot, Qoʻrgʻontepa, Xonimqoʻrgʻon, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan ortiq. Jizzax va Gʻallaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq rasm, Baxmal, Gʻallaorol, Jizzax tumanlarida juda koʻp yer osti yoʻllari saqlangan. 1956-yilda Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldigʻi topilgan. Parpiota, Malik Girkushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saqlangan. Forish tumanida qad. „Band“ toʻgʻoni qoldigʻi hozir ham mavjud. Jizzax tumanida Uzunota qabri bor. Bu yerda sohibqiron Amir Temur 1404 y.dekabrning soʻnggi kunida bir kecha tunagan. Jizzax ruslar tomonidan bosib olingandan soʻng rus harbiy ish boshchilari nazoratida mahalliy aholi kuchi bilan barpo etilgan bir qancha imoratlar (uyezd hokimi binosi, rus askarlari qarorgohi, qamoqxona, cherkov) saqlanib qolgan.

Viloyat 1973-yil 29-dekabrida tashkil topgan. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. Shimolda Qozogʻiston, janubda Tojikiston, gʻarbda Samarqand va sharqda Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralanadi. Maydoni 20,5 ming kvadrat kilometrga teng boʻlib, respublika maydonining 4,5 foiziga teng. Tabiiy-geografik jihatdan viloyatning janub tomonlarida Turkiston togʻ tizmasining gʻarbiy tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbiy qismida Nurota togʻ tizmasi tarmogʻi mavjud. Viloyat aholisi 1166,7 ming(2011)dan ortiq boʻlib, uning taxminan uchdan ikki qismi qishloq aholisi hisoblanadi. Jizzax viloyati hududida aholining oʻrtacha zichligi 57 kishi.

Viloyat tarkibiga 12 tuman kiradi: Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Gʻallaorol, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Forish va Yangiobod.

Viloyatda 7 shahar mavjud, markazi Jizzax shahri.

Viloyatda 3 ta oliy oʻquv yurti, 31 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari bor.

Jizzax shahrining Qipchoq maxxalasida Juda katta zavod bulib Oxak ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va bu zavod Toshkent Sirdaryo Samarqandni taminlab beradi.Yana bir malumot Qipchoq maxallasida Butun Oʻzbekistonga malum bulgan uzining Somsasi bilan xam mashgʻul Va Qipchoq maxallasida Shodmanov Yuldash ota Qabristoni xam mavjud.




#Article 23: Navoiy viloyati (1773 words)


Navoiy viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1982 yil 20 aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988 yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992 yil boshida qayta tiklandi. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qozogʻiston, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, jan.dan Qashqadaryo, janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 111,0 ming km². Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati tarkibida 8 qishlok tumani (Konimex, Navbahor, Navoiy, Nurota, Tomdi, Uchquduk, Xatirchi, Qiziltepa, 5 shahar (Zarafshon, Qiziltepa, Navoiy, Nurota, Uchquduq), 8 shaharcha (Konimex, Langar, Malikrabot, Muruntov, Tinchlik, Shalqar, Yangirabot, Gʻozgʻon) va 53 qishlok fukarolari yigʻini bor (2003). Markazi — Navoiy shahri Tabiati. Navoiy viloyatining hududi tabiiy sharoitiga koʻra, 3 qismga boʻlinadi: viloyatning shimoli-gʻarbiy qismini Qizilqum choʻli egallagan — bu yerda berk botiqlar (Karaqota, Moʻlali, Mingbulok), eol qumli tekisliklar va qoldik togʻlar (Ovminzatogʻ, Yetimtogʻ, Boʻkantov, Tomditov va h.k.) bor; janubi-sharqiy qismini Nurota togʻ tizmalarining gʻarbiy qismi past va oʻrtacha balandliklardagi togʻlar (Qoratogʻ, Oktogʻ va boshqalar) hamda togʻlararo botiqlar (Nurota botigʻi va boshqalar) egallagan; Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida viloyatning paxtachilik zonasi oʻrnashgan. Navoiy viloyatidagi togʻlar, asosan, silur, devon, toshkoʻmir, bur, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davrdagi kompleks tabiiy omillar taʼsirida oʻzgargan. Muruntovda oltin, Ovminzatogʻ shimolida grafit topilgan. Viloyatda volfram, fosforitlar, kvars qumi, sement, ohaktoshning zaxiralari mavjud. Navoiy viloyatida mineral shifobaxsh, shoʻr va yer osti chuqur suv zaxiralari aniqlangan. Chunonchi, Tomdibulok, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda keng foydalanilmoqda. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli zilzila zonasiga kiradi. Qizilkum choʻli tufayli iqlimi keskin kontinental choʻl iqlimi: yozi uzoq, quruq. issik, iyulda oʻrtacha temperatura 27,2—29,6°, kumda oftobda temperatura 60—70° gacha koʻtariladi. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 1,9° dan —0,6° gacha. Choʻl va yaylovlarda, vohalarda iqlim oʻrtacha. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yillik yogʻin 125–282 mm. Vegetatsiya davri 177—212 kun. Navoiy viloyatining asosiy suv manbai — Zarafshon daryosi. Zarafshondan Konimex kanali chikarilgan. Navoiy viloyatini suv bilan taʼminlashda Quyimozor, Toʻdakoʻl suv omborlari, Konimex kanalining ahamiyati katta. Viloyatning shim. va gʻarbiy katta qismi koʻchma qum barxanlari, unda-bunda uchraydigan gilli choʻllardan iborat. Astragal, shuvok, shoʻra, isirik, qamish, zarpechak, saksovul, yulgʻun, va boshqa choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Choʻl tuproqlarida chirindi kam, ohak, gips, eruvchi tuzlar koʻp. Choʻl oʻsimliklari, ayniqsa, shoʻra, shuvoq kabilar qorakoʻl qoʻylari va boshqa mollar uchun ozuqa boʻladi. Bukantovda va Mingbuloq botigʻida qobon, boʻri, chiyaboʻri, tulki, uzun dumli mushuk, choʻl mushugi, boshqa yerlarda malla yumronqoziq, kalamush, sichqon, sugʻur, sassiqkoʻzan, jayron, kaltakesak, turli xil ilonlar, toshbaqa, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar, qargʻa, hakka, musicha, chumchuq uchraydi.

Qizilqum choʻlida pastak koʻhna togʻlar, Mingbuloq botigʻi, shuningdek, Qaraqota havzasi, shoʻrxok tekisliklar va pastliklar, qator qum tepalari alohida manzara kashf etgan. Yaylovlarda chorva boqiladi. Saksovul, qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va shoʻralar chorva mollari uchun ozuqa.

Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar (63,3%) tashkil etadi. Shuningdek, rus (13,5%), qozoq (11,5%), tatar (2,6%), ukrain (1,4%), qoraqalpoq (1,4%), tojik (1,3%), ozarbayjon (0,9%), belorus (0,2%) va boshqa millat vakillari yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 7 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar — 319,7 ming kishiga yaqin, qishloq aholisi — 482,6 ming kishidan ziyod (2003).

Xoʻjaligi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari energetika, konchilik (oltin va boshqa metallar qazib olish), metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalaridan iborat. Yirik korxonalari: Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Navoiyazot ishlab chiqarish birlashmasi, Qizilqumsement, Elektrkimyo, Nurotamarmar korxonalari, mahalliy sanoat konserni. Toʻkma kon chiqindilaridan oltin ajratib oluvchi Zarafshon-Nyumont oʻzbek-amerika qoʻshma korxonasi samarali faoliyat koʻrsatyapti. Ulardan tashqari Agama, Zerispark, Bentonit va boshqa qoʻshma korxonalar ishlab turibdi. Jami 20 dan ortiq qoʻshma korxona bor. 730 ga yaqin kichik korxona, 30 shirkat korxonasi, 10 mingdan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Kichik korxonalardan Ittifoq, Navoiy (qurilish materiallari ishlab chiqaradi), Edem korxonalarining hissasi salmoqlidir.

Eksport qilinadigan mahsulotlarning aksari qismini paxta tolasi, ammiak selitrasi, kimyoviy tola, sulfat, ammoniy, ortoaminofenol tashkil qiladi. Chetdan xalq isteʼmoli mollari, kalsiy karbid, kaustik soda, tiomochevina, tikuv uskunalari, tibbiy texnika, yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar va ularga ehtiyot qismlar, xoʻjalik uskunalari keltiriladi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, gʻallachilik; shuningdek, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, pillachilik, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligi koʻp tarmokli. 228 ming donadan ziyod qorakoʻl terisi tayyorlanadi (2003). Navoiy viloyati qorakoʻl teri tayyorlash boʻyicha respublikada 1-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 9266,2 ming ga, haydaladigan yer maydoni 111,1 ming ga, yaylovlar 9137,5 ming ga (2003). Barcha ekin maydoni 112,6 ming ga, shu jumladan, paxta 39,4 ming ga, don ekinlari 42,0 ming ga, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari 1,4 ming ga yerga ekiladi. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 2,6 ming km kollektor drenaj tarmoqlari, 138 zax qochirish qudugʻi qurilgan. Navoiy viloyatida dehqonchilik maydonlari AmuBuxoro mashina kanali Navoiy, Oʻrtachoʻl, Amu, Sumbul, Mayna tarmoklari hamda Zarafshon daryosidan suv oladigan Toss, Shovot, Chovli, Oʻng va Chap qirgʻoq, Navkar, Konimex kanallari orqali suv bilan taʼminlanadi. 32 yirik suv chiqarish elektr nasos stansiyalari ishlab turibdi. Navoiy viloyatida 75 shirkat, 4 ming fermer xoʻjaliklari mavjud.

Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 200,0 ming qoramol (shu jumladan, 96,4 ming sigir), 1458 ming qoʻy va echki, 723 ming parranda bor (2003).

Transporti. Transport yoʻlilarninguzunligi — 390,7 km, avtomobil yoʻllarniki— 4,1 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 3,3 ming km). Toshkent— Buxoro — Turkmanobod, ToshkentUchquduq — Nukus yoʻnalishlaridagi temir yoʻl liniyalari viloyat hududidan oʻtadi. Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida zamonaviy aeroportlar bor. Havo yoʻllari Navoiy shahrini Toshkent orkali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan bogʻlaydi.

Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2002/2003 oʻquv yilida viloyatda 376 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 201,3 ming oʻquvchi, 5 gimnaziyada 6,4 mingga yaqin oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1040 oʻquvchi, 11 musiqa va 19 sport maktabida 16795 oʻquvchi taʼlim oldi. Navoiy viloyatida 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy davlat ped. instituta, Navoiy davlat konchilik instituti) bor. Bu oliy oʻquv yurtlarida 7,7 ming talaba taʼlim oladi (2003). Viloyat shahar va tumanlarida 1998—2003 yillarda 18 kollej va akademik litseylar binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 23 kasb-hunar kollejida 16,03 ming talaba oʻqiydi.

Navoiy oʻlkashunoslik muzeyi, uning Qosim Shayx majmuasi filiali va viloyatdagi 7 ta boʻlimi, 253 jamoat kutubxonasi (1893 ming nusxa asar), 105 dan ziyod klub, 7 madaniyat saroyi, 429 badiiy xavaskorlik jamoalari bor. Navoiy viloyatida Yosh tomoshabinlar teatri faoliyat koʻrsatadi.

Viloyatda 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab favvorali koʻkalamzor xiyobonlar mavjud. Zarafshon va Navoiy shaharlarida mehnatkashlarning xordiq chiqarishi uchun sunʼiy koʻllar barpo qilingan. Bir qancha tumanlarda bogʻlar yaratilgan. Xalq hunarmandchiligi ham rivojlangan.

Sogʻliqni saqlash. Navoiy viloyatida 3223 oʻrinli (10 ming kishiga 45,3 oʻrin), 40 kasalxona muassasasi, 1567 vrach, 7,013 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlab turibdi. 85 ayollar konsultatsiyasi, 93 qishloq vrachlik punkta, 116 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 18 poliklinika, 3 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 4 profilaktoriy faoliyat koʻrsatadi.

Sport. Navoiy viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha nufuzli musobaqalarda ishtirok etmoqdalar (kurash, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Viloyatdan sportning suzish, nafis gimnastika, ogʻir atletika, armestling, pauerlifting turlari boʻyicha mamlakat va Osiyo chempionlari yetishib chiqqan. Markaziy stadion, tumanlarda 13 stadion, 14 suzish havzasi, sport majmui, 190 sport zallari, 1287 sport maydonchalari, 18 tennis korti mavjud. Navoiy viloyatida 19 bolalar va oʻsmirlar maktabida 15 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi, sport seksiyalariga 68 mingga yaqin yoshlar jalb etilgan (2003).

Adabiyoti. Navoiy zaminida qad.dan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, adib va muxaddislar, moqir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. Karminiy taxallusi bilan ijod qilgan bir necha oʻnlab ijodkorlarning nomlari maʼlum. Shulardan Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al Karminiy, Abu Hamid Ahmad ibn Lays al Karminiy (996 yilv.e.), Al Muntasir ibn Muhammad al Karminiy va boshqa Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al-Karminiy Qurʼonga tafsir bitishi bilan birga arab, fors sheʼriyati nazariyasini ishlab chiqqan, ilk marta arab, fors, turk maqollarini qiyosiy oʻrgangan. Najmiddin Abulvafo al-Boʻzjandiy (9asr), Zabeho as-Samarqandiy (16-asr) Karmanada tugʻilib boshqa shaharlarda ijod etganlar. Shuningdek, shoirlar Shayx Pahlavon Muhammad Gʻolib (18-asr), Mavlono Dilkash Tanburiy (19—20-asr boshlari), Shayx Koʻriy Muhammad Hasan (1823 — 1921) va boshqa shu yurt farzandlaridir. 20-asrda Navoiy viloyatidan chiqqan ijodkorlar Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari adabiy muhitida shakllandilar. Karmanalik shoir Saʼdulla Mahmudovning ilk kitobi 1939 yilda nashr etilgan. Shundan keyin Dushan Fayziy, Toshpoʻlat Hamid, Yodgor Baxshi, Raybulla Salomov, keyinchalik Oydin Hojiyeva, Sulaymon Rahmon, Gʻaffor Hotamov, Hosiyat Bobomurodova, Odil Hotamov, Amir Poʻlkan oʻgʻli, Ashurali Joʻrayev, Marusa Hosilova, Nazira Yoʻldoshevalar adabiyot maydoniga kirib kelishdi. Faylasuf olim Naim Gʻoyibov Ahmad Donish merosidan Navodir al-vaqoyeʼdan lavhalar tarjima qildi. 1990-yillar boshlaridan Aziz Saidov, Halima Ahmedova, Faxriddin Nizomov, Vafo Fayzullayev, Barno Eshpoʻlatov, Bektemir Pirnafasov, Surayyo Zoirova, Farhod Arziyev singari yosh shoirlar faol ijod qilmoqdalar. Ayni paytda qozoq va tojik tilida yozayotgan ijodkorlar safiga rus tilida asarlar yaratayotgan yosh adiblar ham qoʻshildi. Ibodulla Jahongirov ozarbayjon yozuvchisi Anorning Oq koʻrfaz qissasini tarjima qildi.

Navoiy viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Matbuoti, radio va te-levideniyesi. Navoiy viloyatida 2 gaz. (Doʻstlik bayrogʻi, Znamya drujbi), 9 tuman gaz., 1 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 22 tarmoq va tijorat gaz., 2 jurnal nashr etiladi.

Navoiy viloyatida dastlabki radio-eshittirishlar 1982 yilda boshlangan. 1982 yildan viloyatda telestudiya tashkil etilib telekoʻrsatuvlar berila boshladi. Viloyatda shuningdek, Qizilqum (2002 yildan) nodavlat telekanali koʻrsatuvlar olib boradi.

Meʼmoriy yodgorliklar. N.vda kad. davr, ilk va oʻrta asrlarda qurilgan 10 dan ziyod meʼmoriy yodgorliklar bor. Shulardan qad. Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbarasi (11-asr), Qosim Shayx meʼmoriy majmuasi (16-asr), Katta Gumbaz masjidi (17—18-asrlar), Qiziltepa tumani Vangʻozi qishlogʻidagi Toshmachit (16— 19-asrlar), Nurota tumanidagi Abdullaxon bandi (16-asr), Buxoro — Navoiy yoʻlidagi Raboti Malik karvonsaroy va sardobasi (11-asr) mashhur. Viloyatda 30 ga yaqin arxeologiya yodgorliklari mavjud. Ayniqsa, Navbahor tumani Uchtut qishlogʻidagi shaxta (neolit davri), Nurota tumani hududidagi Qoratogʻda oʻyib yozilgan qoyatosh yozuvlari (miloddan avvalgi 3-asr) va boshqa tarixchilar diqqatidadir.

Qahramon Rajabov, Zulxumor Abdiyeva, Barno Eshpoʻlatov

Navoiy viloyati - Oʻzbekiston Respublikasining eng yosh viloyati hisoblanadi.  U dastlab, 1982-yil 20-aprelda Qizilqum sahrosining maʼlum bir qismini oʻzlashtirish va u yerdagi tabiat boyliklardan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan edi.

Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. Uning maydoni 110,8  ming km² ga teng, bu jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati gʻarbda Qoraqalpogʻiston, shimolda Qozogʻiston, sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan chegaralanadi.

Navoiy viloyati aholisi 818,9 ming kishiga yaqinlashmoqda. Shundan koʻrinib turibdiki, bu koʻrsatkich boʻyicha, Navoiy viloyati respublikada 11-oʻrinni egallaydi, aholining zichligiga koʻra esa, viloyatlar orasida oxirgi oʻrinda, har bir km2 maydonga atigi yetti kishi toʻgʻri keladi, xolos.

Navoiy viloyati hududi yetti qishloq tumanlariga boʻlingan. Bular quydagilar: Karmana, Konimex, Navbahor, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa. Viloyatda oltita shahar mavjud: Navoiy, Uchquduq, Qiziltepa, Nurota, Zarafshon va Yangirobod.  Uning maʼmuriy markazi  Navoiy shahridir.

Navoiy viloyati ahamiyatli tabiiy resurslarga, shu jumladan, tabiiy gaz, neft, rangli metall va qurlishi uchun xom-ashyo materiallariga boy hisoblanadi. Viloyat iqtisodiyotining asosiy tarkibi yirik konchilik, metallurgiya va kimyoviy majmualardan iborat. Navoiy viloyatida joylashgan  (NKMK) dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilardan biridir. Viloyatda, shuningdek, sement zavodi, kimyo majmui va bir qator yirik sanoat zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Qishloq  xoʻjaligining asosiy mahsulotlari bu paxta va qorakoʻl qoʻy mahsulotlaridir. Agar kerakli sugʻorish manbalari topilib yoʻlga qoʻyilsa, unda viloyat hududidagi yerlarning 90%ida unumdorlik salohiyati mavjud boʻladi.




#Article 24: Qashqadaryo viloyati (2616 words)


Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ sistemasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3225, 8 ming kishi (3-oʻrin) (2020). Tarkibida 13 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor,Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).

Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q; mas, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar. Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan; shim., sharq va jansharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togʻlari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155-160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura −20°.-yiliga tekisliklarda 290-300 mm, adirlarda 520-550 mm, togʻlarda 550-650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsadi.

Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻoʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.

Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq (2006). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (91,2 %), shuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, ozarbayjon, koreys, qirgʻiz, turk, ukrain, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 83,7 kishi. Shahar aholisi 587,5 ming kishi, qishloq aholisi 1790,7 ming kishi (2005).

Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini qazib olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 %, oltingugurtning 100 % ni beradi.

Qashqadaryo respublikada eng koʻp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 10,2 %,shu jumladan, paxtaning 11,8 %, gʻallaning 12 %, qorakoʻl terining 19 % viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar korxonalardan iborat.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta tozalash, yogʻ ekstraksiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik, oziqovqat va boshqalar Eng yirik korxonalari: Muborak neftgaz unitar korxonasi, Shoʻrtan gaz unitar korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Qarshi, Koson yogʻekstraksiya, Shahrisabz konserva zdlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati va boshqalar 49 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi, shulardan: Oʻzbekiston — Turkiya „Kashteks“ toʻqimachilik, „Oqsaroy toʻqimachilik LTD“ qoʻshma korxonalari ishlamoqda.

Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi — Shahrisabz paxta tozalash zavodi 1916-yilda qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalash zdlari, tikuvchilik fabrikalari qurildi. 1971-yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik-yillarida Shahrisabz, Yakkabogʻ un ktlari, Tallimarjon issikdik elektr stansiyasi, 2001-yil oxirida Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilib ishga tushirildi. Qashqadaryo viloyati da gaz (propan), jun, paxta tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: gʻallachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik. Bogʻdorchilik, tokchilik, ipakchilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, Gʻuzor tumanlarida qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan yirik naslchilik xoʻjaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta eʼtibor berilgan.

Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 418,7 ming gektari sugʻoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoshka, 38,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8 ming ga yer koʻp-yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming ga yer mevazor, 9,2 ming ga yer tutzor, 10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 13815 km uzunlikda kollektordrenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sugʻorish kanallari (Qarshi, Sandal va boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Chimqoʻrgʻon, Hisorak, Qizilsuv vaʼb.) barpo etilgan. Sugʻorishni tashkil etish uchun 6 ta yirik nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Qarshi choʻlida 250 ming ga yer oʻzlashtirilgan.

Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Qashqadaryo viloyati shirkat, fermer va shaxsiy xoʻjaliklarida 654,7 ming qoramol (shu jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 mln. qoʻy va echki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming-yilqi boqiladi (2005). 1996-2005-yillar viloyatdan B.Roʻziyev, Q.Moʻminov, Gʻ. Rahmonov, M.Saidovlar „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoniga sazovor boʻldilar.

Viloyatdagi temir yoʻl uzunligi 401 km. Asosiy temir yoʻl magistrallari Kogon — Qarshi — Dushanba, Qarshi — Kitob, Qarshi- Samarqand. Yangi qurilayotgan Toshgʻuzor — Boysun-Qumqoʻrgʻon (umumiy uz. 223 km) temir yoʻlning 106,2 km qismi Qashqadaryo viloyati hududidan oʻtadi. 2004-yil oktyabrgacha ushbu yoʻlning 112 km dan ziyod Toshgʻuzor — Dehqonobod va Qumqoʻrgʻon — Boysun qismlari foydalanishga topshirildi. Viloyatda jami 13,9 ming km uzunlikda avtomobil yoʻllari mavjud. Shundan umumiy foydalanilayotgan yoʻllar uz. 3,4 ming km, xoʻjaliklar hisobidagi yoʻllar uz. 10,5 ming km. Qashqadaryo viloyati hududidan respublika ahamiyatiga ega boʻlgan Qarshi — Amudaryo (Turkmaniston), Katta Uzbekiston trakti (Toshkent — Termiz), Qarshi — Buxoro, Qarshi — Samarqand avtomobil yoʻllari oʻtadi. Qarshidan Toshkent, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Denov va boshqalar shaharlarga avtobuslar qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Qarshi — Toshkent, Qarshi — Andijon va boshqalar yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Qashqadaryo vohasi oʻzining madaniy tarixi bilan mashhur. 1990-yillargacha Qashqadaryo hududida paleolit (tosh asri) davrida odamzodning yashaganligi haqida ashyoviy dalillar kam edi. Faqatgina Tanxozdaryo vodiysidan topilgan chaqmoqtoshdan yasalgan ayrim buyumlar, Taxtaqoracha dovonida Takalisoy boʻyidagi gʻordan arxeolog D.N.Lev tomonidan mustye davriga oid bir nechta tosh buyum topilganligi Qashqadaryo vodiysida tosh davri odamlari yashaganligidan dalolat berar edi.

Vohada miloddan avvalgi 10-8-asrlar, jez va temir asrlarga oid Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon yodgorliklari topiddi. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Kesh, Naxshab shahrilari paydo boʻlib rivojlangan. qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan.

Miloddan avvalgi 329-yilda Aleksandr Makedoniyalik qoʻshinlari Navtaka (Qashqadaryo) viloyatini bosib olgan. Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan Spitamen qoʻzgʻolonining markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda Qashqadaryo vohasi Salavkiylar, undan keyin Yunon Baqgriya davlati tarkibiga kirdi. 468-yilda kushonlar avlodidan boʻlgan koʻchmanchi chorvador toxarlar Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxshabni oʻzlariga vaqtincha qarorgoh qilib turdilar.

Qashqadaryoda 7-8-asrlarda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha-yillar davomida Sugʻd Kesh podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi Shasheppi (Shishpar) davrida zarb qilingan tanga pulda „Ixshid Shishpar“ degan yozuv boʻlgan. Arablar qoʻshini 700-yilda ilk bor Qashqadaryoga bostirib kelib, Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qishloqlarni qoʻlga kiritdilar. Qutayba ibn Muslim 710-yilda Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo, Qarshi, Kesh va Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi. Kesh asosiy markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. 9- 10-asrlarda Qashqadaryoda iqtisodiyijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana rivojlandi. Kesh „Qubbat ulilm val adab“ nomiga sazovor boʻddi.

Moʻgʻul bosqinchilari 1220-yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, Kesh, Gʻuzor shahrilari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka oʻtgandan soʻnggina (14-asrda) Kepakxon (1318-26) qurdirgan saroy yaqinida yangi shahar — Qarshi shahri ga asos solindi. 14-15-asrlarda Temur va Ulugʻbek davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar — saroy, masjid va maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga aylandi. Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish harakati kuchaydi. Mangʻitiylar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga aylandi.

Qashqadaryo viloyati qoʻxna tarixi, qadimiy madaniyat yodgorliklari bilan mashhur. Viloyatdan buyuk olimlar, adib va shoirlar, mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar yetishib chiqqan.

Qashqadaryo viloyati da 2004/05 oʻquv-yilida 1094 umumiy taʼlim maktabi, shu jumladan 34 ixtisoslashgan, 4 maxsus maktab, 3 gimnaziya va boshqalarda 620 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. Viloyatda 62 kasb-hunar kolleji (49 ming talaba), 4 akademik litsey (2 ming oʻquvchi), 18 bolalar musiqa maktabi (1,7 ming oʻquvchi), 3 mehribonlik uyi, 2 oliy oʻquv yurti (Qarshi unti, Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti; 10,4 mingga yaqin talaba) bor. Qashqadaryo oʻlkashunoslik muzeyi (Qarshi shahri), Amir Temur muzeyi (Shahrisabz shahri da), viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, „Eski masjid“, „Muloqot“ teatr studiyalari, „Oʻzbekraqs“, „Oʻzbeknavo“ning viloyat boʻlimlari, ashula va raqs direksiyasi faoliyat koʻrsatadi. 464 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3930 ming nusxa), 148 klub muassasasi, 6 madaniyat va istirohat bogʻi bor. 16 ashula va raqs xalq ansambli, 2 folklor etnografik xalq ansambli, 373 badiy havaskorlik jamoa va boshqalar madaniy muassasalar ishlab turibdi.

Qashqadaryo viloyati da Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari: Rahimjon Komiljonov, Sadriddin Salimov, Isoq Toʻrayev; Oʻzbekiston xalq hofizi Oʻlmas Saidjonov; Oʻzbekiston xalq baxshilari: Shomurod baxshi Togʻayev, Qahhor baxshi Rahimov; Oʻzbekiston xalq artistlari: Farogʻat Rahmatova, Ikroma Boltayeva, Zamira Suyunova, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Husan Amirqulov, Muhtarama Nosirova; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: Tojiddin Murodov, Oygul Xalilova, Bahriddin Rahmonov, Zebo Tursunovalar voyaga yetganlar.

Qashqadaryo vohasi oʻtmishda 300 ga yaqin nasafiylar va oʻnlab keshiylarga vatan boʻlgan yurtdir. Viloyatda 1996-yilda Amir Temurning 660-yilligi, 2003-yilda Shahrisabz shahrining 2700-yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Qashqadaryo viloyati da Respublika „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasiga qarashli boʻlimlar, bir necha mehmonxona mavjud. 2004-yilda viloyat hududiga 31 mingdan ziyod turist kelib ketdi.

Viloyatda94 kasalxona (12,1 ming oʻrin), 395 vrachlik ambulatoriyapoliklinika muassasasi, ambulatoriya va boshqalar tibbiy muassasalar, 221 bolalar poliklinikasi va xonalari, 199 qishloq va shahar vrachlik punkti, 368 feldsherakusherlik punkti, 27 qishloq uchastka kasalxonasi, 90 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 53,6 mingga yaqin vrach (har 10 ming kishiga 21,9 vrach), 23,6 mingga yaqin oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Davlat dasturiga asosan, viloyatdp Davlat tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi boʻlimi (220 oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (410 oʻrin) tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Tibbiyot sohasida xususiy, yakka tartibda va boshqalar nodavlat sektorlarida 131 tibbiy muassasa faoliyat koʻrsatadi.

Qashqadaryo viloyatida 3 sanatoriy ishlab turibdi.

Qashqadaryo viloyati sportchilari sportning koʻp turlari (kurash, dzyudo, karate, futbol, boks, shaxmat, tennis va boshqalar) boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Farhod Xoʻjanov, Zokir Sharipov, Shavkat Joʻrayev, Erkin Xoliqovlar dzyudo boʻyicha; Bahrom Avezov kurash boʻyicha (Buxarestda va Antaliyada jahon chempioni); akauka Isom va Furqat Kenjayevlar yunonrum kurashi boʻyicha jahon chempionati bronza medali; Alisher Muxtorov dzyudo boʻyicha, Sofiya Kaspulatova karate boʻyicha (3 marta) Osiyo chempioni unvonlariga sazovor boʻldilar. Shaxmatchilardan Anvar Rajabov Yalta, Fransiya, Ispaniya, Sarvinoz Ergasheva (6 marta respublika chempioni) Fransiyadagi jahon chempionatlarida qatnashdilar. Viloyatning „Nasaf“, „Mashʼal“, „Shoʻrtan“ jamoalari futbol boʻyicha Oʻzbekistonning oliy ligasida ishtirok etmoqda. Xotin-qizlarning „Sevinch“ futbol jamoasi 2004-yilda oʻtkazilgan respublika birinchi chempionatining gʻolibi boʻldi. Viloyatda 21 stadion, tennis kortlari, sport zallari, 8 suzish havzasi va boshqalar sport inshootlari mavjud. 26 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. 689 ming kishi (shu jumladan, qishloq joylarida 614 ming kishi) doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi.

Qashqadaryo vohasida qadimiy dan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, yozuvchi va muhaddislar, mohir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. 9-asr boshlarida Nasaf va Keshda hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari vujudga kelgan. 10-asr da Ahmad ibn Muhammad atTadyoniy, Hammod ibn Shokir anNasafiy, Abdulmuʼmin ibn Xalaf anNasafiy, alLays ibn Nasr alKojariy, 11-asrda Abdulaziz ibn Muhammad anNaxshabiy, Muhammad ibn Ahmad alalHasan ibn Ali alHammodiy anNaxshabiy kabi olimlar islom olamida shuhrat topganlar.

Keyingi davrlarda ham bu ilmiy anʼanalar muvaffaqiyat bilan davom ettirilgan. Aziziddin Nasafiy asarlari dunyo xalqlarining koʻp tillariga tarjima qilingan. „Nasafiy“ taxallusli bir necha oʻnlab ijodkorlarning nomlari maʼlum. Bulardan: Moturidiya kalom maktabining atoqli namoyandalaridan biri Abul Muʼin anNasafiydir. Uning Bahr alkalom fi ilm alkalom („Kalom ilmi boʻyicha soʻzlar dengizi“) asari kalom ilmi boʻyicha almoturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri hisoblangan.

Hadisshunos va hanafiy mazhabining taniqli fiqhshunosi Abul Hasan alBazdaviy anNasafiyning musulmon qonunchiligi asoslari haqidagi „Usuli Bazdaviy“ kitobi Sharqda keng tarqalgan, unga koʻplab sharhlar bitilgan. Shu sababli „Faqihu Movarounnahr“ va „Us toz alaimma“ („Imomlarning ustozi“) unvonlariga sazovor boʻlgan. Fiqhshunos Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy 100 dan ortiq asar yozgan. Shuningdek, Abul Barakot gnNasafiy, Abu alMutiʼ Nasafiy, Hakim Soʻzaniy, Abu Turob Naxshabiy, Saido Nasafiy, Nurmuhammad Nasafiy, Shamsiddin Soʻzaniy, Muayiddin Nasafiy, Shahobiddin Ahmad Nasafiy, Sharafiddin Xusom, Abul Barakot anNasafiy, Hofiziddin Nasafiy, Xoja Abulbaraka (Firoqiy), Ayub Shahrisabziy, Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy va boshqalar bir qancha nasafiylar yashab, ijod etganlar.

Nasaf va Kesh allomalari arab (9- 10-asrlar), fors (9-11-asrlar) tillarida ijod qilganlar. 15-asrdan turkiy tilda asarlar yoza boshlaganlar. Temuriy shahzodalar ijod ahlini oʻz ona tillarida yozishga daʼvat etganlar, oʻzlari ham turkiy tilda asarlar bitganlar. Alisher Navoiyning „Muhokamat ullugʻatayn“ asari ana shu ijtimoiy talab zaminida yaratilgan. Ammo, amalda arab va fors tillari ham qoʻllanavergan.

Amir Temur va temuriy shahzodalar saltanati davrida Qashqadaryoda ilmfan, madaniyat va sanʼat rivojlangan. Ushbu vohadan chiqqan koʻpgina yozuvchi va ulamolar turli-yillarda poytaxt boʻlgan Buxoro va Samarqandda, ayrimlari esa Hindiston, arab davlatlarida yashab ijod etganlar. Moʻgʻullar istilosi davrida ziyolilarning kattagina qismi Hindistondan boshpana topgan.

Abu Saʼd Abdulkarim asSamʼoniyning (1113-67) „Kitob alAnsob“ („Nisbalar kitobi“) asarida 8-12-asrlarda yashab oʻtgan 180 yaqin nasaflik olim va shoirning nomlari qayd etilgan. Nasaf tarixi va adabiyoti bilan bogʻliq bir qancha asarlar, xususan, Abul Horis Asad ibn Hamduvayh alVarsiniy anNasafiyning (928-yil v. e.) „Kitob mufoxarot ahl Nasaf va Kash“ („Nasaf va Kesh ahlining iftixorlari haqidagi kitob“), Abu Saʼd Abdurahmon ibn Muhammad alAstrobodiy alIdrisiyning (milodiy 1015-yil v. e.) „Tarixi Nasaf“, Abul Abbos alMustagʻfiriy Nasafiyning (961 — 1041, 2 jildli) mufassal „Nasaf va Kesh tarixi“ asarlari bizgacha yetib kelmagan.

Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar) ning viloyat shoʻʼbalari faoliyat koʻrsatadi.

Qashqadaryo viloyati da 33 gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta (1935-yildan „Qashqadaryo haqiqati“, 2005-yildan „Qashqadaryo“, adadi 5 ming; 1943-yildan „Kashkadarinskaya pravda“, 2005-yildan „Novosti Kashkadari“, adadi 1,5 ming), shahar („Nasaf“), 13 tuman gazetalari, 16 tarmoq, 1 xususiy gazeta, shuningdek, „Nasaf ziyosi“ jurnali (Qarshi davlat universiteti muassisligida) nashr etiladi.

Viloyatda birinchi radioeshittirishlar 1945-yil dekabrdan boshlangan. Viloyat radiosi va „Oltin voha“ GʻM radiostansiyasi eshittirishlar olib boradi. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik, „Oltin voha“ GʻM radiostansiyasi haftada 112 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Qashqadaryo viloyati da 2 davlat (viloyat va Shahrisabz shahar televideniyesi), 3 nodavlat (Qarshi jamoatchilik, Muborak „Yangi asr“, Qashqadaryo kabelli) televideniyelari mavjud. 1994-yil 24 avgustdan faoliyat koʻrsatayotgan Qashqadaryo viloyati televideniyesining haftalik koʻrsatuvlari 11 soatni tashkil etadi. Shuningdek, Qarshi jamoatchilik televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 42 soat, „Yangi asr“ telestudiyasining 1 haftalik koʻrsatuvlari 21 soat, Shahrisabz televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 24 soat, Qashqadaryo kabelli televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 63 soatni tashkil etadi.

Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyatdagi tarixiy yodgorliklardan 602 tasi arxeologiya, 192 tasi meʼmoriy va shaharsozlik yodgorliklaridir, shuningdek, monumental sanʼat yodgorliklari ham bor. Viloyatdagi mashhur obidalar Shahrisabz shahrida joylashgan. Mirzo Ulugʻbekning 600-yilligi, Amir Temurning 660-yilligi, Shahrisabz shahrining 2700-yilligi munosabati bilan Shahrisabzda obidalarni taʼmirlash ishlari keng koʻlamda olib borildi. Oqsaroy meʼmoriy majmuasi konservatsiya qilindi, markaziy maydonda Amir Temurga haykal oʻrnatildi. Dor uttilovat, Dor ussiyodat majmuasidagi Jahongir (Hazrati Imom) maqbarasi (1379-80-yillar), Oqsaroy majmuasi (1380-1404-yillar), Ulugʻbek madrasasi (Gumbazi Sayidon, 1437-yil), Kitob tumanidagi Xoja Ilimkon xonaqosi (15-16 asrlar), Lan#ar qishlogʻidagi Langarota (Katta Langar) masjidi (15-asr oxiri — 16-asrlar), Langarota maqbarasi (16-asrning 1-yarmi), Fudino qishlogʻidagi Xusamota ansambli (11 — 19-asrlar), Qarshi shahrida Mahalla masjidi (19-asr) va boshqalar saqlangan. Qarshi shahrining 2700-yilligi munosabati bilan Qarshi shahridagi Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar madrasa va masjid binolari taʼmirlanmoqda.




#Article 25: Samarqand viloyati (181 words)


Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasida birinchi tashkil boʻlgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.

Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.

Aholi soni—2016 yil 1 yanvar holatidagi doimiy
aholi soni 3 million 590 ming
kishi (o‘rtacha aholi 3mln 596,6 kishi).Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi. 
Viloyat hududi 16,8 ming km² Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular (Samarqand va Kattaqoʻrgʻon.

Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924ndash;1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.




#Article 26: Sirdaryo viloyati (2360 words)


Sirdaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,3 ming km. Aholisi 667.748 kishi (2003). Tarkibida 9 tuman (Boyovut, Guliston, Mehnatobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.

Relyefi, asosan, toʻlqinsimon tekislik boʻlib, janubidan shim.gʻarbga pasayib boradi. Mirzachoʻl dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Bal. shimubida 230 m, markaziy qismida 400–450 m, jan. va jan.gʻarbda 600–650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, choʻkindi jinslarning qalin qatlami bilan qoplangan. Shoʻroʻzak, Mirzarabot, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziklardan hosil boʻlgan, baʼzi joylarini koʻl, botqoq va shoʻrxok yerlar egallagan. Sirdaryo viloyatida yangi kanallar, zovurlar qazilib, choʻl oʻzlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurilib, paxtazor, bogʻ va tokzorlar barpo qilindi. Adirlar lalmikor yerlar va yaylovlardan iborat.

Ob-havosi keskin oʻzgaruvchan va quruq. Yillik oʻrtacha temperaturasi 14°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —6°, janubida —2°. Qishda havo tez soviydi va tra —30° gacha (Gulistonda —35°) pasayadi. Baʼzan, qish oʻrtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Kech koʻklamda va erta kuzda ham kora sovuq tushib oʻsimlikning oʻsish davrini qisqartiradi. Yozi quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27—29°. Yozda tra 32—45° gacha koʻtariladi. Koʻpincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va oʻsimliklar rivojlanishiga yomon taʼsir qiladi. Vegetatsiya davri 218 kun. Yillik yogin 180–220 mm, asosan, qishda yogʻadi. Yozda kuchli bugʻlanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarning (Sharof Rashidov, Oqoltin, Guliston tumanlari) tuprogʻini shoʻr bosadi. Noyabrdan martgacha teztez esib turadigan Bekobod shamoli tezligi 20–25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.)ga yetadi. Bahorda esadigan bu xildagi shamol unib chikayotgan gʻoʻzalarni baʼzan nobud qiladi. Keyingi yillarda ixota daraxtzorlari barpo qilindi. Tuproqlari, asosan, och tusli kuchsiz joylashgan boʻz tuproq boʻlib, kam va oʻrtacha shoʻrlangan, mexanik tartibiga koʻra, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda shoʻrxok va shoʻrxoksimon tuproq uchraydi. Yer osti suvining chuq. 5–6 m. Shoʻroʻzak massivida, hali oʻzlashtirilmagan pastqam joylarda shoʻrxoklar keng tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlarning 32% shoʻrlangan, 25% kuchsiz shoʻrlangan, 16% shoʻrxoklardan iborat. Oʻsimliklardan lolaqizgʻaldoq, boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, shoʻra, shuvoq, qoʻngʻirbosh, qoʻziquloq, tuyatovon, quyonsuyak. juzgʻun, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulgʻun, oqbosh, qushqoʻnmas, naʼmatak, mingboshi, chitir, gʻumay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, doʻlana, tol, terak, qayragʻoch, oq akatsiya, zarang, shumtol va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: jayra, tulki, boʻri, chiyaboʻri, qobon, jayran, nutriya, ondatra, koʻrsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt; qushlardan xoʻjasavdogar, moyqut, bulduruq va boshqa bor.

Qadimgi Sirdaryo tarixi haqida maʼlumot beruvchi muhim yozma manba qad. yunon tarixchisi Arrianning Iskandarning harbiy yurishlari asaridir. Bu asarda Sirdaryo Tanais, Yaksart nomi bilan yuritiladi.

Mil. av. 3—2-asrlarda Oʻrta Osiyoning shimoliy rayonnlarida 5 ta mayda davlatlardan iborat Qangʻyuy davlati ittifoqi yuzaga keladi. Uning tarkibiga hozirgi Sirdaryo viloyati hududlari ham kirgan. Ushbu davrda koʻchmanchi aholining viloyat hududiga kelib oʻrnashishi yer tanqisligini yuzaga keltiradi. Natijada hozirgi Xovos tumanining gʻarbiy qismlari ham aholi tomonidan oʻzlashtiriladi. Shoʻrbuloqsoyning quyi qismida Eski Xovos yodgorligi, Shirinsoyning quyi qismida Munchoqtepa yodgorligi qad koʻtaradi.

Sirdaryo viloyati hududi ilk bor alohida oʻlka— Ustrushona sifatida Beyshi, Suyshi va Tanshu kabi Xitoy yilnomalarida tilga olinadi. Undan oldingi manbalarda Sharqiy Sao (suvi yoʻq) deb yuritiladi. Uning bunday nomlanishi hududda qoʻshni Choch va Sugʻddan farqli ravishda daryolarning koʻp boʻlmaganligi bilan izoxlanadi. Nisbatan oʻlkaning toʻlaroq nomlanishi Tanshu yilnomalarida (Shuaydushana, Suydushana nomlari bilan) berilgan. Tan imperatorlari saroyida oʻlka nomi, shuningdek, Layviy (magʻrurligini sezgan holda boʻysunmoq) deb ham yuritilgan. Viloyat qad. aholisining tili sugʻd tiliga oʻxshash tilda soʻzlashuvchi Sirdaryo va Amudaryo oraligʻida yashagan aholi tiliga yaqin boʻlgan. Xan davri yozma manbalarida Dovon (Fargʻona)dan to Ansi (Baqtriya)gacha boʻlgan hudud aholisi turli shevalarda gaplashsalarda, birbiriga yaqin tidda gaplashganlar va oʻzaro birbirini tushunganlar deyiladi.

Mil. 6-asrda Turk xoqonligi davrida mahalliy aholining turk qabilalari bilan munosabatlari rivojlanadi. Qudaandachilik munosabatlari oʻrnatiladi. Ustrushona afshini Xasan ibn Haydar turk lashkarboshisining qiziga uylangan. 8-asrga oid Xitoy yozma manbasi Syuandzanda yozilishicha, oʻlka Sutulisen deb nomlanadi. Shuningdek, unda shim.gʻarbda katta choʻl (Mirzachoʻl) joylashganligi, oʻlka hukmdori Bosi togʻi (Turkiston togʻ tizmasi)ning shim. yon bagʻrida yashaganligi haqida maʼlumotlar bor. Oʻlkada zarb qilingan 6—8-asrlarga oid tangalar Ustrushonaning ilk hukmdorlari Chirdmish, Satagari, Raxang haqida maʼlumot beradi.

Hokimiyat shu davrda otadan bolaga oʻtgan. 8-asr boshida Ustrushonaga arablar bostirib kirgan. Ustrushona arab va Tan sulolasi oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 749 yilda xitoyliklar yurish qilgan boʻlsa, 751 yilda Ustrushonani arablar bosib olgan. Fakatgina 9-asr boshlaridan Haydar ibn Qavus arab xalifasi xizmatiga kiradi.

Qadimgi viloyat axoliyey, asosan, soy va chashmalar boʻylarida vohavoha boʻlib hayot kechirishgan. Viloyat hududida Xoʻjamushkentsoy, Shoʻrbuloqsoy, Mugʻolsoy, Tagobsoy, Sarmichsoy singari suv manbalari boʻlgan. Suv balansining buzilishi manzilgohlarning yoʻq boʻlib ketishiga yoki boshqa joyga koʻchib oʻtilishiga olib kelgan.

Sirdaryo viloyatida qadimgi kanallarning izlari, sardobalar mavjud. 70 km uzunlikdagi Oʻrinboyoʻgʻiz, Iskandarariq, Buxoroariq juda qad. kanallardir. 15-asrda Shohrux va Ulugʻbek Sirdaryodan Mirzachoʻlga kanal orqali suv chiqartirgan. Keyinchalik Mirzachoʻlning janubi-sharqida Boʻzariq, Sirdaryoning oʻng tomonida Dalvarzinariq barpo etilgan. Qiyot koʻli yonida Sirdaryodan suv oladigan mayda ariqlar boʻlgan. 1872 yilda Bekobod yonida Kaufman kanali (13 km), 1878—82 yillarda Toʻngʻizariq (6 km) qazildi. 1883—85 yillarda Iskandarariq va Buxoroariq qayta kavlandi. 1891—95 yillarda Farhod togʻi yonida maxsus toʻgʻon (Shohtoʻgʻon) qurildi. 1896 yilda hozirgi Doʻstlik kanali qazilib Mirzachoʻlning ichkarisiga suv yuborildi. 1897 yilda Mirzachoʻlda birinchi marta 6 ga yerga paxta ekildi. 1899 yilda 8 ming ga, 1907 yilda 9,09 ming ga, 1910 yilda 12,2 ming ga, 1915 yilda 34,5 ming ga yer sugʻorilib, 19 ming ga yerga paxta ekildi. 1926 yilda 180 km ariq va kanallar qazildi, sugʻoriladigan maydonlar 53 ming gektarga yetdi, 1927 yilda 60 ming ga (shundan paxta 27 ming ga), 1929 yilda 68 ming ga, 1934 yilda 134 ming ga, 1938 yilda 154 ming ga (shundan paxta 40 ming ga) yer sugʻorildi. 1942 yilda 180 ming ga yer (shundan 70 ming ga yer paxta) sugʻorildi. 1943—48 yillarda Farhod GES, bosh toʻgʻon Doʻstlik kanaliga tutashtirildi. Boyovut kanali va Farxrd suv ombori qurildi. Natijada Mirzachoʻlning jan. qismi va Dalvarzin choʻlini sugʻorish masalasi hal qilindi. 1956—59 yillarda Qayroqqum suv ombori va GES (quvvati 126 ming kVt) qurildi. 1956 yillarda sugʻoriladigan yerlar maydoni 280 ming gektar yerga yetdi. 1960 yilda Janubi Mirzachoʻl kanali (uz. 128 km) qazildi. 1958 yilda shoʻr suvlarni oqizish uchun 90 km uzunlikdagi Markaziy Mirzachoʻl kollektori qurilib, Boyovut va Yettisoy kollektorlariga qoʻshildi. Viloyat qududidan Sirdaryo oqib oʻtadi.

Sirdaryo viloyatida, asosan, oʻzbeklar (60%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. 1 km² ga 126 kishi toʻgʻri keladi (2003). Qishloq aholisi 455,9 ming kishi, shahar aholisi 211,9 ming kishi.

Sirdaryo viloyati respublikaning yirik paxtachilik bazalaridan biri. Viloyat xoʻjaliklari, asosan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan.

Sirdaryo viloyatidagi 10774 ta korxonadan 10129 tasi kichik va oʻrta biznes korxonasi, shundan 8557 tasi mikrokorxona va 1282 tasi kichik va 290 tasi oʻrta korxonalardir.

Viloyatda xorijiy investitsiya ishtirokida 39 ta korxona faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 35 tasi qoʻshma korxonadir. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekistan — Rossiya hamkorligidagi Turkiston S (konditer mahsulotlar ishlab chiqaradi), Oʻzbekiston — Chexiya Lechiva farmsanoat qoʻshma korxonasi (tibbiy spirt, doridarmon tayyorlaydi), chet el parrandachilik firmasi, Oʻzbekiston — Avstriya Sirdaryo, Lolamodel (trikotaj buyumlar ishlab chiqaradi), Sarbonteks (tibbiy bint, doka, jarroxlik salfetkalari), Oʻzbekiston — Eron Sayxun PAYA (tomat pastasi ishlab chikariladi), Oʻzbekiston — Xitoy Paxtakor LTD (issiqxona),Oʻzbek — Arab Ok,oltin PMB (paxta tolasi ishlab chiqaradi) va boshqa korxonalar, ayniqsa, samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 9 paxta tozalash zavodi, Sirdaryo issiklik elektr stansiyasi, Farhod GES, Momiq, Zilola, Shuxrat, Gulistonnon, Xovosdon, Oq oltindon aksiyadorlik jamiyatlari, Sayxunsut xususiy korxonasi, Bunyod korxonasi (temirbeton buyumlar ishlab chiqaradi) va boshqa ishlab turibdi.

Paxtachilik, gʻallachilik, pillachilik, mevachilik, sabzavotpolizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sirdaryo viloyatida 30 shirkat va 6170 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2004). Viloyatning jami ekin maydonlari 245,0 ming ga, shundan 115,3 ming ga yerga paxta, 86,3 ming ga yerga gʻalla, 6,0 ming ga yerga sholi, 1,9 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 450 ga yerga kartoshka, 19,5 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 1233 ga bogʻ va tokzor bilan band. Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarga beda, noʻxat, mosh, kunjut, tariq, loviya, kungabokar va boshqa ekiladi. Guliston va Xovos tumanlari sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan asosiy joylardir. Viloyatda yetishtiriladigan qovun, tarvuz, piyoz Ural, Sibir va Uzok, Sharqdagi shaharlarga ham joʻnatiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Sirdaryo viloyatidagi jami jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 181,1 ming krramol (shundan 75,9 ming sigir), 120,5 ming qoʻy va echki, 376,3 ming parranda, 6,1 ming ot boqiladi (2004). Viloyatda 2 ta baliqchilik xoʻjaligi mavjud.

Viloyat hududidagi temir yo'l uzunligi 172 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzun. 1,6 ming km. Sirdaryo viloyati hududidan Toshkent—Kitob, Toshkent — Nukus, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Termiz, Toshkent — Samarqand, Toshkent — Andijon, Toshkent — Xovos poyezdlari oʻtadi. Toshkent — Samarqand, Toshkent — Guliston elektr poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Katta Oʻzbekiston trakti ham viloyat hududidan oʻtgan. Sirdaryo viloyati orqali Toshkentdan Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Kitob, Shahrisabz, Urganch, Nukusga katnaydigan avtobuslar oʻtadi. Bundam tashkari, viloyat markazi bilan tuman markazlari oʻrtasida hamda Guliston va Yangiyerdan Toshkentga avtobuslar katnaydi.

Sirdaryoda 1914 yilda bitta, 1916 yilda 13 ta rus-tuzem maktabi faoliyat koʻrsatdi. 1917—23 yillarda maktablar soni 52 ta, oʻquvchilar soni 2030 ga yetdi.

Xalq taʼlimi tizimida xalqaro hamkorlik borasida ham maʼlum ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Mirzaobod tumanidagi 21maktab YUNESKO maktabi Kengashiga aʼzo, YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda viloyatda 5 ta xonadonbogʻcha tashkil etilgan.

Viloyat shahar va tumanlarida 1998— 2003 yillarda 22 kasb-hunar kolleji va akademik litseylari binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. 2004 yilda Sirdaryo viloyatidagi 22 kasb-hunar kollejida 12483 oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1186 oʻquvchi taʼlim oladi. Guliston universiteti mavjud.

Sirdaryo viloyatida 1 muzey (Guliston shahridagi Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi muzeyi), 198 jamoat kutubxonasi (1659,8 ming nusxa asar), 103 klub va madaniyat uyi, 1 teatr (qarang Sirdaryo teatri), viloyat rasmlar galereyasi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar viloyat markazi, Guliston sanʼat bilim yurti, 2 ta madaniyat va istirohat bogʻi, Oʻzbeknavo, Oʻzbekraqs viloyat boʻlimlari bor, Sirdaryo navolari ashula va raqs ansambli, 9 ta xalq havaskorligi jamoalari respublika va viloyat ommaviymadaniy tadbirlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Sirdaryo viloyatidan Shafoat Rahmatullayeva kabi Oʻzbekiston xalq artistlari, A. Gʻofurov, Gʻ. Hamidullayev, M. Nurmatov, R. Hasanov, T. Qosimova, A. Yusuvaliyev, A. Abdullayev, O. Abdullayeva, A. Xoliqov, R. Karimov, Sh. Jumayev kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar yetishib chiqqan.

Viloyatda 4,1 ming oʻrinli (10 ming kishiga 63,2 oʻrin) 32 kasalxona, 10 tugʻruqxona, 131 ambulatoriya, poliklinika, 130 qishloq vrachlik punkti, 108 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 1522 vrach, 7616 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi (2004). Guliston shahrida respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi ishlab turibdi. Uning 9 ta tumanda boʻlimlari tashkil etilgan.

Sirdaryo viloyati sportchilari sportning 33 turi boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Shulardan kikboksing, kurash, belbogʻli kurash, boks, akademik eshkak eshish, armrestling, taekvondo, yengil atletika, shaxmat, shashka, karate, velosport va boshqa turlari boʻyicha har xil turdagi medal sovrindorlari boʻlishdi.

Viloyat sportchilari vakillari Respublika terma jamoalarining 19 tasida ishtirok etmoqdalar. Sirdaryo viloyati sportchilari 2003 yilda jahon, xalqaro va Osiyo musobaqalarida qatnashib sovrinli oʻrinlarni egallashdi. Jumladan, kikboksing boʻyicha Gretsiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida Jahongir Koʻchmurodov, Alisher Abdullayevlar oltin medallar, Sobir Qodirov bronza medali, Rossiyada armrestling boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida Farid Usmanov kumush medal, shashka boʻyicha Hindistonda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Alisher Ortiqov kumush medal, boks boʻyicha Italiyadagi jahon chempionatida Sherzod Abdurahmonov kumush hamda Boku shahridagi xalqaro turnirda bronza medal sovrindorlari boʻlishdi. Italiyada akademik eshkak eshish boʻyicha xalqaro turnirda Sergey Tyan, Yuriy Shaxsuvaryan, Sergey Yaqubov va Vitaliy Silayevlar bronza medallarini, Rossiyadagi xalqaro shaxmat turnirida Sobir Umarov 1-oʻrinni, Angliyadagi kurash boʻyicha Islom Karimov xalqaro turnirida Alisher Boʻronov 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. 2003 yilda viloyat sportchilari 6 ta jahon, 16 ta xalqaro, 40 ta dan ortiq respublika musobaqalarida qatnashib, munosib oʻrinlarni egallashdi. Viloyatda tennis boʻyicha xalqaro Fyuchers turnirini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Sirdaryo viloyatida sportning texnik turlari (karting) boʻyicha Respublika chempionatlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Viloyatda 22 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Ularda 11 mingga yaqin oʻquvchi sportning har xil turlari bilan shugʻullanadi. Guliston shahrida viloyag sport qoʻmitasiga qarashli Olimpiya oʻrinbosarlari bolalar va oʻsmirlar maxsus sport maktabi ishlab turibdi.

Sirdaryo viloyatida sportchilar va aholi ixtiyorida 1493 sport inshootlari (shu jumladan, Alpomish sport majmui, Boks saroyi, Yoshlar sport markazi, tennis kortlar va boshqalar), 1230 sport maydonchasi, 11 suzish havzasi, 12 stadion bor. Viloyatda barcha turdagi sport tashkilotlari sport seksiyalarida 181,3 mingdan ziyod bola shugʻullanib kelmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish boʻyicha umumiy taʼlim maktablari, kollej va litseylar boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqildi, tegishli choratadbirlar belgilandi. Taʼlim muassasalarini, sport maktablarini malakali kadrlar bilan taʼminlashda Guliston davlat universitetida ochilgan boshlangʻich taʼlim va sporttarbiyaviy ishlar, jismoniytarbiya va jismoniy madaniyat yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi boʻlimning muayyan oʻrni bor.

Sirdaryo viloyati adabiy muhitining yuksalishida Sirdaryo haqiqati gazetaning tashkil etilishi (1963) munosabati bilan bu yerga yuborilgan bir guruh yozuvchi va jurnalistlarning taʼsiri katta boʻldi.

Sirdaryo adabiyoti respublika adabiyotining tarkibiy qismi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda Ziyo nashriyoti tashkil etilgan. Mustaqillik yillarida oʻnlab yosh, iqtidorli shoirlar oʻz ijodi bilan viloyat sheʼriyat muxlislarga tanilib kelmoqda.

Oʻzbekiston xalq shoiri Toʻra Sulaymon oʻzining 20 dan ortiq sheʼriy toʻplamlari va dostonlari bilan oʻzbek adabiyotiga qissa qoʻshgan. Uning Istar koʻngil, Hamqishlokdarim, Qorasoch va boshqa kitoblari adabiyot muxlislarining mulkiga aylangan.

Shoira Halima Xudoyberdiyeva poeziyasining mavzui vatan, dala, bobodehqon, ayol, muhabbat, mangulikdir. Oʻzimizning bogʻlar, Ona, seni sharaflayman, Qalbingga chorlaysan turkum sheʼrlari, Oq olmalar, Chaman va boshqa sheʼriy toʻplamlarida insonning ruhiy dunyosi aks etgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Hamroqul Rizo (Rizoqulov) Sirdaryoning meqnatkash kishilari matonatini kuylab adabiyotga kirib kelgan. Uning Sirdaryo qasidasi, Choʻl qaldirgʻochi, Umid karvonlari sheʼriy toʻplamlari, Oʻgʻirlangan bolalik, Oyning oʻn beshi yorugʻ qissalari oʻz muxlislarini topgan.

Shoira Hayotxon Ortiqboyeva, hajvchi adib Joʻra Umarqulov, va boshqa ijodkorlar Sirdaryo vohasining mustaqillik yillaridagi kamolotini, sirdaryoliklarning ijodiy mehnatini oʻz asarlarida aks ettirmoqdalar.

Adabiyotshunos Anqaboy Quljonov, Ravshanbek Maxmudov, Umrzoq Oʻljaboyev kabi olimlarning bir qancha asarlari nashr etilgan.

Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.

Sirdaryo viloyatida 2 viloyat gazeta (Sirdaryo haqiqati, Sirdarinskaya pravda), 9 tuman gazeta, 5 shahar gazeta. (Guliston yangiliklari, 1989; Gulistanskiye novosti, 1989; Yangiyer tongi, 1967; Shirin Sadosi, 1995; Baxtnoma, 1996 yildan) chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 14 tarmoq, 1 xususiy gazeta. (Yogʻdu plyus, 1994 yildan chiqadi), 1 jurnal (Universitet axborotnomasi, 2001 yildan chiqadi) nashr etiladi.

Sirdaryo viloyatida dastlabki radioeshittirishlar 1963 yildan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 21 soat 20 min. hajmida eshittirishlar beradi. Shuningdek, Oʻzbekiston radiosining birinchi Oʻzbekistan kanalida radioeshittirishlar retranslyasiya qilinadi.

Meʼmoriy yodgorliklardan viloyat hududida Sharof Rashidov tumanidagi Sardoba (16-asr)saqlanib qolgan (Sardobaaagch rasmga q.)640—641betlar orasidagi Sirdaryo viloyatining tabiiy va iqtisodiy ran pli haritasiga q.

 




#Article 27: Surxondaryo viloyati (3173 words)


Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubisharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib o'tuvchi Surxon (fors-tojik: qizil ) daryosi nomidan kelib chiqqan.  Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2612,4 ming kishi (2019-yil, 1-oktyabr holatiga ko‘ra). Tarkibida 13 tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon),  114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2019). Markazi — Termiz shahri.

Surxondaryo viloyati relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shimoliy, gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan.

Yana bir koʻzga koʻringan joylaridan biri Angor tumanidagi Qoraqir qishlogʻidir. Qishloq oʻz polvonlari hamda sabzavotchilik, mevachilik hamda chorvachilikda eng ilgʻor xisoblanadi. Qishloq hamda mahallaning gullab-yashnashiga ulkan xissa qoʻshgan mahalla oqsoqoli Chorshanbiyev Begʻam bobo tumanining koʻzga koʻringan jonkuyarlaridan biridir.

Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botik, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan. Togʻlar shim. sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300–500 m boʻlgan SurxonSherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Janubiy qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq koʻp. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanvarniki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq temperatura ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat togʻlar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yogʻin kam. Viloyatning jan. tekisliklarida yiliga 130– 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445–625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy va shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning janubi-sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, togʻ va tog oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi, janubidagi keng tekisliklarda doimiy suv tanqisligi kuzatiladi. Yer osti (artezian) suvlaridan tobora keng foydalanilmoqda. 1957—58 yillarda Uchqizil, 1959— 62 yillarda Janubiy Surxon va Degrez suv omborlari, Jarqoʻrgʻon gidrotuguni qurildi. Hazorbogʻ, Daytoʻlak, Qumqoʻrgʻon, Zang kanallari, Sherobod, AmuZang mashina sugʻorish kanallari barpo etildi. Tuprogʻi tekisliklarda taqirsimon va shoʻrxok och boʻz tuproklar, togʻ yon bagʻrida turli xil boʻz tuprokdar. Oʻsimliklar dunyosi ham tabiiy sharoiti bilan bogʻliq. Janubidagi ekin ekilmaydigan qumloq joylarda qandim, oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq, butasimonlar; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, savagʻich, qiyoq, qamish; adir va togʻlarning pastki yon bagʻirlarida bir yillik efemerlar (lolaqizgʻaldoq, nixatak); 1200–2500 m balandliklarida efemerlar bilan birga archa, pista, qayin, tol, yongoq, olma, zarang oʻrmonlari uchraydi. Bobotogʻ tizmasi yon bagʻirlarida respublikaning eng yirik tabiiy pistazorlari joylashgan. Baland togʻ zonasi subalp va alp oʻtloklari bilan band. Hayvonot dunyosi ancha boy: buri, tulki, chiyaboʻri, ayiq, jayran, qobon, yovvoyi echki, arhar, toʻqaylarda bugʻu, toʻqay mushugi, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, gekkon kaltakesagi, koʻzoynakli ilon (kobra), oʻq ilon, jayra, qushlardan ular (togʻ kurkasi), qirgʻovul, mayna, qaldirgʻoch, gʻoz, oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, chil, kaklik bor. Daryo va suv omborlarida har xil baliq koʻp.

Surxondaryo viloyati hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (78%), shuningdek, tojik, rus, turkman, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi (2004). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 130,0 kishi. Shahar aholisi 923,4 ming kishi, qishloq aholisi 1689,0 ming kishi (2019).

Yaqin oʻtmishda viloyat iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi. yetakchi mavqeda edi. Keyingi davrda yangi tarmoqlar vujudga keldi. Viloyatning tabiiy geografik oʻrni qulay, mehnat resurslari ham yetarli.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Yirik sanoat korxonalari: Jarqoʻrgʻonneft boshqarmasi, Sherobod keramika badiiy buyumlar, Denov yogʻekstraksiya, Sariosiyo tosh saralash zavodlari, Shoʻrchi un kombinati, Jarqoʻrgʻon yigiruvtoʻquv, Termiz tikuvchilik f-kalari, Shargʻun koʻmir, Xoʻjaikon tuz konlari korxonalari va boshqa Surxondaryo viloyatida 40 ga yaqin qoʻshma, 4000 dan ziyod kichik va xususiy korxona ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʼmoli mollari ishlab chikariladigan Namaf va Afroʻz, Surxonteks va boshqa qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston — Termiz Farmed qoʻshma korxonasida mahalliy giyohlar asosida doridarmon, Turkiya— Termiz Poʻlat qoʻshma korxonasida milliy gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Tumanlarda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etilmoqda.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, gʻallachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, limonchilik. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa) bilan shugʻullaniladi. Oʻzbekistonda eng koʻp ingichka tolali paxta Surxondaryo viloyatida tayyorlanadi. Viloyatning togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor qoʻylari), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan Surxon suri qorakoʻl terisi yetishtiriladi.

Dehqonchilikda foydalanadigan yerlar maydoni 284,3 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 271,6 ming ga, shu jumladan, 120,8 ming ga yerga paxta, 129,7 ming ga yerga don ekinlari, 9,1 ming ga yerga sabzavot, 1,8 ming ga yerga poliz, 5,5 ming ga yerga kartoshka, 16,2 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. 33,5 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, 12,7 ming ga yer mevazor, 5,2 ming ga yer tutzor, 15,1 ming ga yer tokzorlar bilan band. 854,2 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektordrenaj tarmoklari qurilgan. Viloyatda 151 shirkat, 4715 fermer xoʻjaliklari bor. Viloyat jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 487,2 ming qoramol (shu jumladan, 227,7 ming sigir), 1042,0 ming qoʻy va echki, 1052,5 ming parranda, 12,2 ming ot boqiladi (2004).

Viloyatda temir yo'l transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temir yo' 1915 yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925 yilda 248 km li Termiz—Dushanba temir yo'lni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971 yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temir yo'ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton temir yo' koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yo'llari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi temir yoʻllarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan.

Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida taʼriflanadi. Boysun tizmalaridan oʻrta paleolit davriga (mil. av. 100— 40 ming y.liklarga) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiklari topilgan.

Surxondaryo togʻlarida tosh davrining soʻnggi bosqichi—yuqori paleolitga (mil. av. 40—12 ming yilliklar) doir topilma ham kup. Shulardan biri Teshiktosh unguridan qazib olingan 8—9 yashar bola suyaklaridir (antropolog M.M. Gerasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Ushbu topilma neandertal odam nomi bilan mashhur boʻlib Oʻzbekistonning, umuman, Oʻrta Osiyoning hozirgi zamon odami (kromanon) shakllangan mintaqaga taallukli ekanini isbotlashga dalil boʻldi. Vohada qad. madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolchayon, undan keyingi davrlarga oid Sopomitepa, Mirshodi, Moʻlali, Kampirtepa, Jarqoʻrgʻon, Bolaliktepa va boshqa arxeologik yodgorliklar topilib oʻrganildi.

Koʻhitang togʻlarida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari mezolit yoki neolit davriga tegishli. Zarautsoydagi gʻor shiftlari va devorlarida oxra boʻyogʻi yordamida rayem chizilgan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi buqalarni sehrjodu yoʻli bilan ovlash manzarasini aks ettiradi.

Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida hozirgi Oʻzbekiston jan.ga Amudaryo soʻl sohilidan kelgan qabilalar Koʻhitang va Boysun togʻoldi xududlarini oʻzlash.tirib Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa aholi manzilgoxlariga asos soldilar.

Mil. av. 329—327 yillarda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Salavkiylar davlati tarkybiga kirgan.

Oʻrta asrlarda Buyuk ipak yulinang bir tarmogi Surxondaryo (Termiz) orqali oʻtgan.

Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaharlarning naqadar rivojlanganligini koʻrsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligi.ning taraqqiy topishi, tovarpul munosabatlarining rivojlanishi, meʼmorchilik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va boshqa sanʼatlarning yuksalishi kuzatiladi.

Surxondaryo viloyatining hozirgi qududi, 3—4-asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, 5—8-asrlarda Tohariston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qoʻl ostida boʻldi.

Surxon vodiysidagi olimlarning koʻpchiligi Termiziy taxallusi bilan nom chiqarganlar. Ular, tarix, geog ., falsafa, huquqshunoslikka oid asarlari bilan tanilgan. AlHakim atTermiziy, Shahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok, Termiziy va boshqa allomalar shu vohadan yetishib chiqqanlar. Surxondaryo viloyatida mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga yetgan.

Viloyatda 2003/04 oʻquv yilida 827 umumiy taʼlim maktabi, 2 internat maktabi, Mehribonlik uyi, 18 litsey, 4 gimnaziyada 517,5 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 2003 yilda AKSELS xalqaro tashkilotining Oʻqishga aʼlochilik dasturi tanlovida viloyatning gʻolib chiqqan oʻquvchilari oʻqishni xorijda davom ettirmoqdalar. 2004 yilda ham taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari davom ettirilib AYREKS xalqaro tashkilotining Butun olam Sizning sinfingizda tanlovida Termiz tumani oʻquvchilari respublika gʻolibi boʻlishdi.

Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston xalq rassomi Roʻzi Choriyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov, Oʻzbekiston xalq baxshilari Sh. Boltayev va A. Poyonoye, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi A. Ibroqimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar G. Ravshanova, R. Mamataliyev, H. Oripov, M. Maxmudova, A. Narzullayev, Y. Mirqurbonov, S. Qosimova, N. Allanazarovlar voyaga yetganlar.

Viloyatda Boysun bahori halqaro folkloretnografik festivali oʻtkazilib boriladi. 1999 yilda Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi.

Viloyatda 92 kasalxona (8715 oʻrin), 366 poliklinika, ambulatoriya va boshqa tibbiy muassasalar, 179 ayollar konsultatsiyam, 225 bolalar poliklinikasi va xonalari, 149 qishloq vrachlik punkta, 398 feldsherakusherlik punkti, 19 qishloq uchastka kasalxonasi, 73 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 4,2 ming vrach (har 10 ming aholiga 24 vrach), 17,6 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Davlat dasturiga asosan viloyatda Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz boʻlimi (140 oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (340 oʻrin) tashkil etilgan, gʻamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan.

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz faoliyatida AQShning Projekt Xoup, Karelift Interneyshnl, Kauntepart Interneyshnl tashkilotlari bilan uzviy aloqalar bogʻlagan.

Oʻrta Osiyo xalqaro taraqqiyot agentligi (YUSAID) tomonidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi sistemasidagi tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi dasturni rivojlantirish, giyohvandlikka qarshi kurash, sil kasalligini davolash va uni oldini olish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda tashkil etilgan nodavlat muassasalar soni 75 ta. Surxondaryo viloyatida Xonjiza dam olish uyi, Jayranxona, Uchqizil balneologik kurorti, bolalar revmatologiya sanatoriylari, Denov tumanidagi Hazorbogʻ sanatoriysi ishlab turibdi.

Surxondaryo viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha har xil darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, dzyudo, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Surxondaryodan kurash boʻyicha Jahon va Osiyo chempioni, Hakim atTermiziy, Prezident sovrini uchun xalqaro turnirlar gʻolibi Toshtemir Muhammadiyev, xalqaro Hakim atTermiziy turniri gʻoliblari Oʻrol Toʻrayev, Rustam Ergashev, Erali Mamarasulov; bir qancha xalqaro turnirlar gʻolibi, Antaliya musobaqasi jahon chempioni Mahtumquli Mahmudov, dzyudo boʻyicha Osiyo chempioni, kurash boʻyicha xalqaro turnirlar gʻolibi Abdulla Tangriyev kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. Surxondaryo viloyatida zamonaviy sport inshootlaridan Kurash saroyi, stadion, Delfin suv havzasi, Alpomish sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan tennis korti mavjud. Surxondaryo viloyatida bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat kursatadi (2004).

Surxondaryo qadimdan shoir va ulamolar, baxshilar toʻplangan vohalardan biridir. Bu zaminda xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyot rivojlanib kelgan. Alpomish dostoni yaratilgan makon sifatida shu vohada bayram qilinishi, 40 dan ortiq Termiziy, 10 dan ortik, Chagoniy taxallusi bilan ijod qilgan allomalarning ilmiy-adabiy merosi buni toʻliq isbotlaydi.

Eski Termizda islom nazariyotchisi, muhaddis alHakim atTermiziy yashab ijod kilgan. Ilal ashshariat va xatm ulAsliyot asari islom nazariyotchilari tomonidan eng koʻp eslanadigan kitoblardan biri. Boshqa muhim asarlari Kitob annahi (Yoʻriqnoma kitobi), Kitob alfuruh (Ollohdan qoʻrquvchilar haqida kitob), Navroʻznomai Xoja Hakim Termiziy.U Abu Ali alJuzjoniy, Abu Bakr Varroq va boshqa mashhur olimlar ustozidir. Andalusiyalik yirik islomshunos Muhyiddin ibn alArabiy (1165—1240) oʻzini Hakim Termiziyning shogirdi deb hisoblagan.

Surxondaryo viloyatida yashagan mashhur muhaddis Imom Termiziy hadislarni toʻplab bir qancha asarlar yaratgan. AlJomiʼ assahih yoki Sunani Termiziy, Kitob alilal, Kitob azzuxd va boshqa shular jumlasidandir. U Imom Buxoriyning mashhur shogirdi va izdoshi hisoblanadi.

Surxondaryoning Oltinsoy hududida tasavvuf ilmining pirlaridan boʻlgan Soʻfi Olloyoʻr, Xoʻjaipok oma (asl nomi — Abdurahmon bin Avf Abu alKurayshiy azZuhriy), Sayd ibn Vaqqos, Mavlono Zohid Xalifa bobo kabilarning xoklari bor.

Surxon vohasida 10—12-asrlarda yashab oʻtgan Daqiqiy, Farruhiy, Adib Sobir Termiziy kabi yirik shoirlar mashhur.

Chingiz bosqini tanazzulidan keyin, 16—19-asrlardan yana Termiziy taxallusi bilan bir turkum shoirlar paydo boʻddi. Ular Umar atTermiziy asSufiy, Mavlono Qudsiy Termiziy Maxjub, Xoja Samandar Termiziy, Abdulloh Termiziy, Taqiy Termiziy, Soʻfi Olloyor va Masiho Boysuniylar edi.

Vohaning qad. Sherobod dosshonchilik maktabidn oʻzbek dostonchiligining mashhur ijrochilari yetishib chiqqan, ayni shu maktab Nurota va Bulungur dostonchilik maktablariga ham ijobiy taʼsirini oʻtkazib turgan. 18-asrda bu maktabdan Bobo shoir, Qosim oqinlar, 19-asrda Olim baxshi, Xoler baxshi, Niyozali baxshi, Sherna baxshilar, 20-asrda esa Shotoʻra baxshi, Mardonakul baxshi, Mamarayim baxshi, Boʻriboy baxshi Ahmedov, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Chorsham baxshi Rahmatulla oʻgʻli, Toshmurod baxshi, Xushboq baxshi Mardonaqul oʻgʻli, Qora baxshi, Shoberdi baxshi Boltayev, Boboraxim bahshi Mamarayim oʻgʻli, Abdunazar baxshi, Shodmon baxshilar yetishib chiqqan. Bulardan eng isteʼdodlilari Alpomish va Goʻroʻgʻli turkumidagi dostonlarni mukammal biladigan Bobo shoir, Sherna baxshi, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli va Chorsham baxshi Rahmatulladir.

Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.

Surxondaryo viloyatida 3 viloyat gazeta, 14 tuman gazeta chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 13 tarmoq va 2 ta xususiy gaz. nashr etiladi. Jami 32 nomdagi gaz. chop etiladi (2004).

Birinchi radioeshittirishlar 1954-yildan boshlangan. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik xajmda eshittirishlar beradi. 2003 yil fevraldan boshlab Surxondaryo viloyati radiotelevideniye uzatish markazi muassisligidagi Surxon sadosi radiosi faoliyat koʻrsatadi. Har kuni 15 soatlik radioeshittirishlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda. 2003 noyabr oyidan Surxondaryo radiosi qoshida Yangi asr radiostudiyasi faoliyat koʻrsata boshladi. Kuniga 8 soat eshittirishlar tayyorlanib efirga uzatiladi.

Viloyatda 1 davlat va 4 tarmoq va nodavlat televideniyelari mavjud. 1990 yildan buyen faoliyat koʻrsatayotgan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining kunlik koʻrsatuvlari oʻrtacha 3—4 soatni tashkil etadi.

Viloyatdagi 359 tarixiy yodgorliklardan 294 tasi arxeologiya, 26 tasi meʼmoriy, 39 tasi monumental sanʼati yodgorliklaridir. Termiz shahrining 2500 y.lik yubileyi munosabati bilan 2001—02 yillarda viloyatdagi bir kancha tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarda taʼmirlash ishlari olib borildi. Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklar oʻzining qadimiyligi bilan mashhur. Xuroson meʼmorlik anʼanalarida qurilgan mashhur Jarqoʻrgʻon minorasi (1108—09 yillar), Sulton Saodat majmuasi (10-asr, 15—17 asrlar), Denovdagi Chagʻoniyon davlati qalʼasi qoldiqlari (15-asr), Hakim atTermiziy majmuoti (11 — 15-asrlar), Eski Termizdagi Zurmala minorasi krldikdari (2-asr), Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi (16-asr) va boshqa shular jumlasidan.

OʻzME 7jiddining 656—657betlari orasidagi Surxondaryo viloyatining tabiiy va iktisodiy rangli haritasiga q.

Nurislom Toʻxliyev.

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubiy qismida joylashgan bo‘lib, uning hududi quruq suptropik iqlimiy mintaqaga to‘g‘ri keladi. Viloyat hududini 37°10' — 39°02' shimoliy kenglik va 66°32'- 68°25' sharqiy uzunlik chiziqlari kesib oʻtadi. Viloyat hokimi, 2012-yilning 15-iyunidan eʼtiboran - Normoʻmin Choriyev.

Surxondaryo O‘zbekistonning siyosiy, maʼmuriy, ijtimoiy hayotida alohida o‘rin tutadigan regiondir. U O‘zbekistonning 5 iqtisodiy rayonlaridan biri tarzida eʼtirof etilgan.

Surxondaryo viloyatining tarkibi maʼmuriy jihatidan davrlar osha o‘zgarib turgan. Jumladan Surxondaryo viloyatining hududi 20 asrning boshida maʼmuriy va siyosiy jihatdan Buxoro amirligi qaramog‘ida bo‘lgan. U dastlab 1927 yilda O‘zbekiston Respublikasi tarkibida tuzilgan viloyatlarning biri bo‘lgan. Biroq tez orada u Buxoro viloyati tarkibidagi «Surxondaryo okrugi» ga aylantirilgan. 1941 yil 6 mart kuni O‘zbekiston Oily Kengashining qarori bilan Surxondaryo viloyati tarzida qayta tuzilgan.

Sobiq ittifoqning regionlardagi ichki tabiiy va iqtisodiy shart-sharoit hamda imkonyatlarni hisobga olmasliklari oqibatida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlri 1960 yilning 25 yanvarida qo‘shib yuborildi. Bir-biridan tabiiy resurslar va iqtisodiy imkoniyatlari jihatidan katta farq qiladigan bu regionda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish bir xil kechmadi. Viloyatning janubiy — Surxondaryo qismining xalq xo‘jaligi taraqqiyotiga markazdan uzoqlik salbiy taʼsir ko‘rsatib turadi. O‘zbekiston hukumati va iqbolini belgilash tashkilotlari maʼmuriy bo‘linishdagi bu xatoni tuzatish maqsadida 1964 yil 7 fevralida Surxondaryo viloyati maʼmuriy jihatidan 14 tumanni birlashtiradi. Ular:

tumanlaridir. Viloyatda 2 ta yirik shahar bor. Ular Termiz (viloyatning maʼmuriy markazi) va Denov (viloyatning sanoatlashgan markazi) dir. Viloyatda 8 shahar kengashi va 3 kasaba kengashi mavjud bo‘lib, ular maʼmuriy jihatidan tuman hokimliklariga qaraydi.

Surxondaryo viloyatining chekka (va ayni bir paytda janubiy geografik) o‘rni uning boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘proq xorijiy davlatlar bilan chegaralanishini taqozo qilgan. Surxondaryo viloyati Surxon — Sherobod vodiysida joylashgan bo‘lib u yaqin xorijiy davlatlar Tojikiston bilan shimol, shimoliy-sharq va sharq tomondan hamda Turkmaniston bilan g‘arb tomondan, uzoq xorijiy davlat Afg‘oniston bilan esa janibiy tomondan Amudaryo o‘zani orqali chegaralanadi. Shuningdek, viloyat baland tog‘lar orqali O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati bilan ham katta masofaga chegaralanadi. Bu chegaraning sarhad chizig‘i O‘zbekistonning eng baland tog‘i — Hisor tog‘ tizmasining qirralariga to‘g‘ri keladi. «Dunyo osmoni» deb nom olgan Pomir tog‘iga mansub bo‘lgan Hisorning qudratli devor tarzida cho‘zilgan tizmalari:

Viloyatning Qashqadaryo orqali bo‘lgan bu chegarasi shimolroqda Chaqchar va Boysun tog‘ suvayrig‘ichi, so‘ngra janubiy g‘arbda sho‘rob botig‘ining boshlang‘ich nuqtasi suvsiz tog‘ va Ko‘hitangning shimoldagi qirrasi orqali o‘tadi.

Viloyat hududi egri chizilgan uchburchakni eslatadi. Uning o‘lchamlari: shimoldan janubga 220–250 km g‘arbdan sharqqa esa 150–170 km ga cho‘ziladi.

Viloyatning 3 tomonidan tog‘lar bilan o‘ralgan, chegarasi janubiy tomonga ochiq unug janubdagi Amudaryo o‘zani orqali Afg‘onniston davlati bilan o‘tgan chegarasi esa daryo o‘zaniga ko‘ra g‘oyat egri bugridir.

Surxondaryoning g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy checara chiziqlarida joylashgan baland tog‘lar viloyatda o‘zgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardandir. Janubiy chegaradagi ochiqlik esa shimoliy shimoliy-g‘arbiy havo oqimlarining viloyat hududiga kirib kelishi uchun «darvoza» hisoblanadi. Viloyat iqlimi subkontinental, qishi iliq, yozi issiq va quruq bo‘ladi. Yozda kunduzi harorat 46-48 darajagacha etadi. Viloyat janubida havo namligini keskin tushirib yuboradigan quruq, janubi — g‘arbiy shamollar esadi. Viloyatning tabiatga tabiiy landshaftiga uning iqlimi, suv resurslari, tuprog‘, o‘simliklar va hayvonot dunyosi holatiga uning geografik o‘rni (ayniqsa chegara qismidagi tog‘lar) ta‘sir ko‘rsatib turadi. Shuningdek viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga chegaradosh davlatlar bilan a‘loqaning ta‘siri kuchli. Ayniqsa Afg‘oniston bilan Amudaryo porti va Amudaryo temir yo‘li (va ayni paytda avtomobil yo‘li) ko‘prigi orqali olib borilayotgan 20 mingdan ortiq Osiyo va Avro‘po davlatlarining iqtisodiy, texnikaviy savdo-sotiq aloqalari hamda Tojikiston bilan Termiz-Dushanbe, Termiz-Yovon temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali olib borilayotgan aloqa, viloyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga o‘ta kuchli taʼsir koʻrsatib turadi.

Viloyat hududining ko‘lami 20,8 ming kv. km. U O‘zbekiston hududining 4.6 % ni tashkil qiladi Surxondaryo egallagan maydonning kattaligi jihatidan O‘zbekiston viloyatlari ichida salmoqli o‘rinda turadi, yaʼni Surxondaryoning hududi Xorazm viloyatlnikidan 33, Andijonnikidan 4.9, Namangannikidan 2,6, Farg‘onanikidan 2,9, Sirdaryonikidan 4 marta kattadir. Xorijiy davlatlarga qiyosda, jumladan uning hududi Kiprnikidan 2,23, Quvaytnikidan 1,3, Litvanikidan 2, Singapurnikidan 34,7 marta katta. Shuningdek, Surxondaryoning hududi Markaziy Amerikadagi Yamayka davlati (21,0 ming kv. km.) ga deyarli teng.




#Article 28: Xorazm viloyati (3552 words)


Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925 yil fevraldan 1938 yil yanvargacha Xorazm okrugi. 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Umumiy maydoni — 6 300 kvadrat kilometr. Iqlimi kontinental, o‘rtamiyona sovuq qish va quruq issiq yoz bo‘ladi. Viloyat aholisi 1 810 000 kishi, zero, taxminan 80 foizi chet (qishloq) joylarda yashaydi. Viloyat 10 ta ma’muriy tumanga ajratilgan, ma’muriy markazi Urganchdir. Urganch aholisi 135 000 kishi. Viloyatning boshqa katta shaharlari — Xiva va Pitnak.

Viloyatda 32 ta xorijiy investitsiyali qo‘shma korxona faoliyat yuritadi. Ular byudjeti 1997 yilda 301,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Viloyat iqtisodiyoti paxtani qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatiga asoslangan. Ko‘p sonli paxta tozalash zavodlari, neft qazib oladigan va ipak yigiradigan fabrilar, to‘qimachilik va vinochilik korxonalari va hokazo bor. Shuningdek qurilish materiallarini ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Xiva gilam fabrikasida tayyorlangan gilamlar butun dunyoga mashhur.

Mashinasozlik va to‘qimachilik tarmoqlari rivojlanib bormoqda. Mahalliy qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishi — albatta, paxtadir. Boshoqlilar, ayniqsa, guruch etishtirish so‘nggi bir necha yilda keskin oshdi. Shuningdek, ko‘plab bog‘ va uzumzorlar, qovun va qovoq plantatsiyalari bor, kartoshka dalalari butun viloyatni qamrab olgan. Shakar tozalash zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda. Viloyat iqtisodiy jihatdan o‘sishga tayyor.

Ushbu sohalarga eʼtibor qaratilsa, quyidagilarga erishish ehtimol qilinmoqda:

Paxta, ipak xom asholsi va boshqa mahalliy zaxiralardan foydalanadigan mavjud korxonalarni ta’mirlash, texnik zamonaviylashtirish va kengaytirish. Paxta tolasini qayta ishlash jarayonini yaxshilash va oshirish, ip, gazlama, paxta yigiruv ipi va gilamlar tayyorlash va eksport qilish zarur.

Mavjud oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini yangilash va yangilarini, ayniqsa, mevalar, uzum, sabzavot, qovun va qovoq bilan bog‘liq korxonalarni tashkil etish. Go‘sht-sut mahsulotlariga asoslangan korxonalar kengaytirilishi kerak.

O‘rab-joylash uskunalarini ishlab chiqarish. Idish materialarining yetishmasligi — eksportga mo‘ljallangan tomat pastasi, o‘simlik yog‘i, turli turdagi jem va marmeladlar ishlab chiqarish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun viloyatga xorijiy investitsiyalar ko‘rinishida qariyb 52,1 million AQSh dollari zarur. Xorazm viloyati temir yo‘llari umumiy uzunligi 130 km dan ortiq. Viloyat Rossiyaning Yevropa qismi va Kavkaz bilan temir yo‘l orqali bog‘langan. Yo‘llarning umumiy uzunligi — 2 300 km, shoh ko‘chalar 2 000 km masofaga yaslangan. Viloyat aviareyslari Xorazmni butun Markaziy Osiyo, shuningdek Rossiya mintaqalarining katta qismi va MDH bilan birlashtiradi. Xiva — xalqaro sayyohlikning katta markazi. 1997 yilda Xiva o‘zining 2500 yilligini nishonladi. Xiva atrofida sayyohlikni yanada rivojlantirish uchun ko‘p ishlar qilindi.

Respublikaning shimoli-g‘arbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubiy va janubi-gʻarbdan Turkmaniston, janubi-sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Tarkibida 11 qishloq tumani (Bogʻot, Gurlan, Urganch, Xiva, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor,Qoʻshkoʻpir, Hazorasp va Tuproqqal’a), 3 shahar (Urganch, Xiva, Pitnak), 7 shaharcha (Gurlan, Xonqa, Chalish, Shovot, Yangibozor, Qoʻshkoʻpir, Hazorasp), 100 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Urganch shahri.

Viloyat choʻl zonasida, Xorazm vohasining gʻarbiy qismida, oʻrtacha 100 m balandlikda joylashgan. Relyefi pasttekislikdan iborat. Amudaryo qad. deltasining bir qismi boʻlib, daryo yotqiziqlaridan tashkil topgan. Qoraqum choʻliga tutashgan gʻarbiy va janubi-gʻarbiy qismi qum bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan ohaktosh, qum, gil va boshqa qurilish materiallari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi moʻtadil sovuq, qor kam yogʻadi, yanvarning oʻrtacha tempaturasi −5°, eng past temperatura −32°. Yozi issiq, quruq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori tempatura 47°. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Yiliga 78-79 mm yogʻin tushadi, asosan, mart-aprel oylarida yogʻadi. Shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Amudaryo viloyat hududida keng vodiy boʻylab oqadi, qirgʻoqlari past, shu sababli toshqin boʻlib turadi. Toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Amudaryo suvidan yirik kanallar yerdamida ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyat janubida mayda shoʻr koʻl, botqoqlik va shoʻrxok koʻp. Tuproqlari Amudaryoning allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Daryo vodiysida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar, gʻarbida qumliklar uchraydi. Sugʻoriladigan yerlarda, asosan, boʻz tuproq boʻlib, kuchli shoʻrlangan. Viloyat hududining asosiy qismi haydaladigan yerlar. Amudaryo qirgʻoqlaridagi toʻqayzorlarda terak, tol, jiyda, yulgʻun, kandir, qumliklarda saksovul va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan, asosan, kemiruvchilar, sudraluvchilar, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, chiyaboʻri; qushlardan toʻrgʻay, oʻrdaklar, kulrang gʻoz, oqqush, birqozon, baliqchi, dehqonchumchuq, qizilishton, zargʻaddoq va boshqalar bor. Suv havzalarida ondatra va nutriya iqlimlashtirilgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (96,3 %), shuningdek, turkman, rus, qozoq, tatar, koreys, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 231,6 kishi. Shaharliklar 321,7 ming kishi, qishloq aholisi 1091 ming kishi (2004).

Oʻtmishda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643-64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming, shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va boshqalar) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (Anbar Manaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan.

Xorazm viloyati iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi bilan birga sanoat ham salmokdi oʻrinni egallaydi. Paxta tolasi, kalava ip, gilam, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina uskunalari eksport qilinadi.

Viloyatda paxta tozalash sanoati rivojlangan (barcha tuman markazlari va Urganch shahrida paxta tozalash zavodlari bor). Gurlan, Bogot, Xonqa, Urganch, Xiva va Hazoraspda toʻqimachilik, pillakashlik, tikuvchilik; Xivada gilam fabrikasi, „Xiva gilami“ aksiyadorlik jamiyati ishlab turibdi. Faoliyat koʻrsatayotgan jami korxona va tashkilotlar 13748 ta. Mikrofirmalar soni 11340 dan ziyod (2004).

Viloyatda 36 qoʻshma korxona va ularning filiallari ishlab turibdi. Oʻzbekiston — Turkiya „Bagat Tekstil“, „Xorazm-Nurtop“, „SemurgʻSanTe“, „Xorazm Tekstil“, „Memgilam“; Oʻzbekiston — AQSH „Amerozindustriyes“, „Xiva malikasi“, „Nurlayt“, „Rahnamo Hyp“; Oʻzbekiston — Germaniya „Unixo“, „OʻzOlmonXotelz“, „Xiva Karpet“; Oʻzbekiston- Britaniya „Xiva“; Oʻzbekiston-Rossiya „NamunaAgrofud“; Oʻzbekiston — Italiya „Meva“; Oʻzbekiston-Ukraina „KiyevXorazm“; Oʻzbekiston — Xitoy „Aziya Tekstil LTD“; Uzbekistan-Turkmaniston „GʻayratXumoyun“ va boshqa shular jumlasidandir.

Qishloq xoʻjaligi asosini paxtachilik va gʻallachilik tashkil etadi. Polizchilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Shirkat, ijapa va xususiy fermer, dehqon xoʻjaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda jami ekin maydoni 232,1 ming ga, shundan 129,4 ming ga q.h. shirkatlari (69 ming ga yer xususiy fermerlar, 33,7 ming ga yer dehqon xoʻjaliklari)ga tegishli. Umumiy yer fondining 38,4 % haydaladi, 18,2 % yaylov, oʻtloq, 1,3 % bogʻ va tokzor; oʻrmon va changalzorlar 9,6 % ni, tutzorlar 0,9 %ni tashkil etadi.

Jami ekin maydonining 102,3 ming gektariga paxta, 86 ming gektariga don, 3 ming gektariga kartoshka, 9 ming gektariga sabzavot ekiladi (2003). Don (asosan, bugʻdoy, sholi) yetishtiriladigan maydonlar kengaydi. Xorazm viloyati mamlakatda sholi yetishtirish boʻyicha 1oʻrinda turadi.

Viloyat jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 492,3 ming qoramol (shu jumladan, 202,1 ming sigir), 247,1 ming qoʻy va echki, 1437,6 ming parranda boqiladi. 6500 dan ziyod fermer xoʻjaligi chorvachilikka ixtisoslashgan. Urganch, Xiva parrandachilik fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Paxtachilik ilmiy tadqiqot stansiyasining paxtachilikbedachilik zonal kompleks tajriba styasi (Urganch shahrida), Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyasi, paxta navlarini tajriba qilish uchastkasi (Xiva tumanida), mevali daraxtzorlar koʻchatzori, oʻrmon koʻchatzori (Urganch tumanida) va boshqa bor.

Xorazm viloyati orqali Toshkent- Moskva, Dushanba-Moskva temir yoʻl oʻtgan, Urganch — Toshkent yoʻnalishida poyezdlar qatnaydi. Transport yoʻli uzunligi 128 km (2004). Amudaryo ustiga qurilgan Hazorasp temir yoʻl koʻprigi ishga tushirilib (Hazorasp yaqinida, 2004), Hazorasp — Miskin — Toshkent temir yoʻl masofasi qisqardi. Koʻprik har sutkada 14 poyezd, 20 ming avtomobil oʻtkazish imkoniyatiga ega. Koʻprik strategik ahamiyatga ega. Viloyatdagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarining uz. 2750 km (2004). Xiva-Urganch yoʻnalishida trolleybus qatnovi (1997 yildan) yoʻlga qoʻyilgan. Urganch, Xiva shaharlaridan Toshkent, Samarkand, Navoiy, Buxoro, Nukus va boshqa shaharlarga avtobuslar katnaydi. Urganch sh. xalkaro va mahalliy yoʻnalishlar aeroportlaridan xorijiy davlatlar (shu jumladan, Parij, Tokio, Munhen, Tel-Aviv, Moskva, Simferopol va boshqalar) shuningdek, Toshkent, Nukus va boshqa shaharlar bilan muntazam aviatsiya aloqasi oʻrnatilgan. Viloyat orqali Oʻrta Osiyo — Markaz, Buxoro — Ural, Turkmaniston — Rossiya xalqaro gaz magistral quvurlari oʻtkazilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Xorazm Mamun akademiyasi qayta tiklandi, pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan viloyat ped. instituti (1935 — 1992) AlXorazmiy nomidagi Urganch universitetitl aylantirildi. Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat 1tibbiyot institutning Urganch filialida 7460 talaba taʼlim oladi (2004). Oʻzbekiston FA arxeologiya regional boʻlimi, paxtachilik, Qoraqum ilmiy tadqiqot stansiyalari faoliyat koʻrsatadi. Xorazm viloyatida Xiva davlat „Ichan salʼa“ tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻrikxonasi va uning filiallari, 424 jamoat kutubxonasi (5 mln. asar), 302 klub muassasasi, madaniyat uylari va madaniyat saroylari, 10 ga yaqin madaniyat va istirohat bogʻi, Xorazmiy, Beruniy, Jaloliddin Manguberdi, Avesto yodgorlik bogʻmajmualari, „Orazibon“, „Avazxon“, „Doston“ folkloretnofafik xalq dastalari, Muborak, „Yulduz“, „Navbahor“, „Xiva naqshlari“ ashula va raqs dastalari, milliy dorbozlar guruhi, koʻplab badiiy havaskorlik jamoalari bor. Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri (Xiva shahrida) ishlab turibdi.

Xorazm musiqiy hayoti Xorazm vohasida qadimgidan yashab kelayotgan xalqlarning turmush tarzida muhim oʻrin egallagan. Qadimgi Xorazm hududidagi Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Qirqqizqalʼa kabi istehkomlardan topilgan va asl nomlari saqlanmagan torli (dutorsimon, changkanora, arfaga oʻxshash), damli (nay, mizmar), zarbli (daf va nogʻoraga oʻxshash) cholgʻu sozlarni ushlagan ayol va erkaklar tasvirlari tushirilgan tangalar va ganch haykalchalar bu voha musiqa sanʼatining ildizlari juda qad. ekanligidan dalolat beradi. 8-asr boshidagi arablar istilosi oqibatida Qadimgi Xorazm madaniyati va sanʼati xarobalikka yuz tutib, islom madaniyatining yangi anʼanalari taraqqiy eta boshladi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Abdullo ibn Yusuf Xorazmiy (10-asr) va boshqa olimlarning qomusiy asarlarini musiqaga bagʻishlangan qismlarida musiqani hisob ilmining tarkibiy boʻlagi va uni inson ruhiyatiga taʼsiri taʼriflanadi. „Mafotix ululum“ asarida oʻsha davrdagi mavjud cholgʻular: ud, changkanora, qanun, tanbur, mizmar, argʻanun, nay, surnaylarning nomlari keltirilgan. Oʻsha davrda Gurganjda cholgʻu asboblar yasovchi ustalar mahallasi boʻlgan.

Muhammad Xorazmshoh davrida (1200-21) mashhur sozanda ustod Mahmud, Yusufbek Dutoriy kabi sozandalar edda tanilgan. 14-asrda yashagan „Muhabbatnoma“ dostonining muallifi Xorazmiy, Abdurahim Hofiz Xorazmiy, ayniqsa, Alisher Navoiyning „Sabʼai sayyor“ dostonida va boshqa klassik shoirlarning gʻazallarida oʻsha davr maqomlari, sozandalari va cholgʻulari yuksak did bilan taʼriflanadi. Shuningdek, sanʼatkorlar homiysi Sulton Vayis (Uvays), baxshilar piri Oshiq Oydinlar ham shu davrda yashaganlar. Muhammad Rahimxon (1806-25) davriga kelib Niyozjonxoʻja va uning shogirdlari Mahdumjon qozi, Muhammadjon Sandiqchi, Abdusattor maxram, uning shogirdi Xudoybergan kosib va boshqa tanbur maqomlarini rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Komil Xorazmiy Xorazm maqomlarini oʻzi ixtiro kdlgan „ Tanbur chizigʻi“ asosida qogʻozga tushirishni boshlab bergan yetuk musiqashunoslardan hisoblanadi. 1883 yilda dastlab Xorazm maqomlari tarkibidagi „Rost“ maqomi, keyin, bu ishni davom qildirib oʻgʻli Muhammad Rasul Mirzo Xorazm maqomlaridan Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Rostlarni qogʻozga tushirgan. Bu davrda Otash baxshi, Nurjon baxshi va, ayniqsa, Eshvoy baxshi hamda uning shogirdi Muhammadniyoz Gurji kabi baxshilar nom qozonganlar.

Nomlari nomaʼlum boʻlgan ustoz sozandalar va baxshilar tomonidan Xorazm dutor yoʻllari jamlanib 11 ta dutor maqomi shakllangan. Mashhur sozanda va nafis taʼb egasi Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) xonlik davri (1864-1910) ga kelib Xorazmda musika sanʼati yanada rivoj topdi. Feruz saroyida 40 dan ortiq shoir, 20 ga yakin maqomchi sozandalarni toʻplab mushoira va maqom kechalarini oʻtkazib turardi. Saroy maqomchilari orasida Paxlavon Niyoz Mirzaboshi Komil, Muhammad Yoqub Devon Xarrot, Yoqub fozachi, Qalandar Doʻnmas va boshqa maqomlarning cholgʻu va aytim qismlarini boyitganlar. Feruzning oʻzi ham maqom cholgʻu qismlariga 14 ga yaqin kuy bastalagan. Bu davrda 40 dan ortiq baxshi, 32 sozanda qoʻshlari (sozandalarning jamlangan dastasi) faoliyat koʻrsatgan. Ular sayil va bayramlarda xonning koʻrigidan oʻtar va elyurtning tomoshasini oʻtkazishga fatvo olar edilar. Baxshilar ichida mashhurlari: Rizo baxshi, Ernazar baxshi, Suyav baxshi; sozanda qoʻshlaridan elga tanilgan namoyandalardan Shomurod surnaychi va boshqa boʻlgan.

Xorazmda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, maqom va musiqa rivoji biroz toʻxtadi. 1923 yilda Xiva shahrida musiqa maktabi tashkil qilinib, skripka, klarnet, tanbur kabi cholgʻu asboblarda ijro etish boʻyicha sinflar ochiddi. 1925 yilda Moskva shahrida Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodalarning „Xorazm musikiy tarixchasi“ kitobi chop etiddi. Bu davrda sozandalardan Safo Ollaberganov (Mugʻanniy), Qurbon sozchi Ismoilov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Qurbonnazar Abdullayev (Bola baxshi), Matyusuf Xarratov (Chokar), Otajon Abdullayev, Hojixon Boltayev; ayol xalfalardan Onajon Sobirova (Anash maxram), Onabibi qori Otajonova (Ojiza) va boshqa mashhur boʻlishgan. Ularning izdoshlari va shogirdlari ichida xonandalardan Komiljon Otaniyozov, Vahobjon Fayozov, Kommuna Ismoilova, Sultonposhsha Rahimova, Matyoqub Rahimov, Quvondiq Iskandarov, Jumanazar Bekchonov, Olmaxon Hayitova, Roʻzmat Jumaniyozov, Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov; sozandalardan dutorchi N. Boltayev, qoʻshnaychi Q. Bobojonov, torchi H. Bobojonov, gʻijjakchi O. Hasanov; bastakorlar R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, Sh. Solayev, A. Otajonov, M. Yusupov, S. Hayitboyev, U. Musayev, R. Abdullayev, Q. Polvonov, M. Otajonov, R. Bekchonov, Sh. Fayzullayev, Q. Raximov; musiqashunos O. Matyoqubov va boshqa maʼlum. 1958-60 yillar orasida M. Yusupov tomonidan toʻplab notaga olingan „Oʻzbek xalq musiqasi“ (6,7 va 9 jildlar) chop etildi. 1980-87 yillarda Xorazm maqomlarining yangi toʻldirilgan variantlari nashrdan chiqsi.

Xorazm viloyatida 16 ta bolalar musiqa maktabi (shulardan 3 tasi sanʼat maktabi), musiqa bilim yurti, filarmoniya, viloyat teleradiokompaniyasi qoshidagi maqomchilar ansambli faoliyat koʻrsatadi.

Xorazm viloyatidan Devonai Hisobiy, Niyozjonxoʻja, Niyoziy, Xudoybergan muhrkan, Komil Xorazmiy, Matyoqub Xarratov, M. Xudoyberganov, Safo Mugʻanniy, X. Devonov kabi yirik sanʼatkorlar; Bola Baxshi, Q. Iskandarov, R. Jumaniyozov, F. Davletov singari Oʻzbekiston xalq dostonchi va hofizlari; Matyusuf Xarratov, M. Yusupov, R. Ollaberganov, Sh. Ramazonov, L. Abdullayeva, I. Niyozmatov, R. Abdullayev, O. Matyokubov, S. Davletov, U. Musayev, O. Ollaberganov, Q. Rahimov kabi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari va kompozitorlar; Sheroziy (Yokubov), K. Otaniyozov, H. Boltayev, K. Raximov, M. Raximov, B. Rahimova, S. Devonov, S. Rahimova, G. Yoqubova, M. Ixtiyorova, O. Hayitova, G. Matyoqubova, M. Bobojonov, O. Otajonov, G. Raximova singari Oʻzbekiston xalq artistlari; Norbek baxshi, Qalandar baxshi kabi Oʻzbekiston xalq baxshilari yetishib chiqqanlar.

Xorazm viloyatida xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik, ayniqsa, Xiva, Hazorasp va Xonqa shaharlarida kadimdan taraqqiy etgan. Yogʻoch oʻymakorligi, zargarlik, kandakorlik, gilamchilik, kulolchilik va boshqa rivojlangan. Xiva gilamchilik fabrikasi, „Xiva sopoli“ aksiyadorlik jamiyati va boshqa ishlab turibdi. Oʻzbekiston xalq rassomi A. Boltayev, xalq naqqoshlari va yogʻoch oʻymakor ustalari O. Polvonov, R. Masharipov, S. Bogʻbekov, mashhur kulol, koshinkor usta R. Matchonov va boshqalarning nomlari mashhur.

Viloyatda 6269 oʻrinli 36 kasalxona va 211 tibbiy muassasalarda 3882 vrach (har 10 ming kishiga 27,1 vrach), 13337 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Davlat dasturiga asosan, viloyatda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat boʻlimi va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Xorazm viloyatida 4010 oʻrinli 20 sanatoriy faoliyat koʻrsatadi.

Xorazm viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, futbol, qoʻl toʻpi, voleybol, tennis, boks va boshqalar). „Umid nihollari — 2003“ sport musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan shahar va tumanlarda 17 ta yirik sport inshootlari, „Olimpiya zaxiralari“ kolleji, 10- 15 ming kishilik stadion foydalanishga topshirildi.

Viloyatda 14 sport majmuasi, shuningdek, 16 stadion, 8 suzish havzasi, 136 tennis korti, otchopar, sport zallari, otish tiri, basketbol, qoʻl toʻpi, futbol maydonlari bor. 389 ming kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi. Turli miqyosdagi respublika va xalkaro sport musobakalarida viloyatning 9 sportchisi oltin, 8 tasi kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Xorazmda „Umid nihollari-2003“ tadbiri katta bayram sifatida nishonlandi. „Umid nixrllari“, „Prezident kubogi uchun“, Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan Respublika va xalkdro sport bellashuvlarida 6 sportchi respublika va jaxrn chempioni unvonlarini oldilar.

Xorazm viloyatida 10 dan ortiq xalkaro toifadagi sport ustasi, 100 dan ortiq sport ustasi, 300 dan ziyod sport ustaligiga nomzod, shuningdek, koʻplab 1toifadagi sportchi tayyorlandi. Viloyatning 30 dan ortiq sportchisi Oʻzbekistonning turli milliy terma jamoalari aʼzolaridir.

Xorazm adabiyoti zamonlar silsilasida yemirilib, yoʻqotilib, qayta shakllandi. Arablar Xorazmga bostirib kelganda oʻzlariga qaraganda juda ham yuqori madaniyatga duch keldilar. 8-asrga kelib qad. xorazmiy tilining batamom yoʻqotilishi bilan 8-asrdan toki 12-13-asrlargacha fors hamda arab va 12-asrlardan boshlab turk oʻzbek tillarida ijod qilindi. Abu Mansur Saolibiyning „Yatimat addaxr fi maxosin axlal asr“ („Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi“) tazkirasida 10-11-asrlarda Xorazmda yashab, arab tilida ijod etgan yetuk arabnavislar haqida keng maʼlumot beriladi. Qariyb 5 asr davomida (8-12-asrlar) arab tilida ijod qilgan koʻpgina Xorazm shoirlari oʻz faoliyati bilan Xuroson va Movarounnahrda shuhrat qozonganlar. 11-asr boshida Xorazmda ilk bor tashkil etilgan Xorazm Maʼmun akademiyasida jahon tarixi, fani va adabiyotiga munosib ulush qoʻshgan Beruniy raisligida Ibn Sino, Abu Nasr Iroq kabi zamonasining yirik fan va madaniyat namoyandalari ijod qildilar. Asli balxlik boʻlib, Xorazmda turgʻun yashab Xorazmshoh Otsiz hukmronligi davrida yuqori martabaga ega boʻlgan Rashididdin Vatvot („Saʼdalmulk“ faxriy unvonini olgan) fors va arab tillarida ijod qilib sheʼriyatda murassaʼ, tarseʼ, tajnis va boshqa usullarni qoʻllashda forsiy tilda yozadigan peshqadam shoirlardan biri hisoblanadi. Ahmad Yassaviyning shogirdi Sulaymon Boqirgʻoniy 12-asrdayoq turkiyda ijod qilgan. Bu davrlarda arab, fors tillari va turkiyda baravariga ijod qilingani oʻsha davr adabiy muhitining naqadar koʻp qirraligini koʻrsatadi. Xorazmdagi adabiy jarayon Chingizxon istilosi va undan keyingi davrda ancha murakkab kechgan boʻlsada, toʻxtab qolmadi. Kubroviylik tariqatining asoschisi, „Shayxi valitarosh“ („Avliyolar yetishtiruvchi shayx“) nomi bilan butun Sharqqa mashhur boʻlgan shoir Najmiddin Kubro, „Muhabbatnoma“ muallifi Xorazmiy (14-asr), Nasriddin Burxoniddin Rabgʻuziy (13-asr oxiri — 14-asr boshlari), Pshdgavon Mahmud, Haydar Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi (14-asr) kabi buyuk siymolar ijod etgan. Rabgʻuziyning „Qissasi Rabgʻuziy“ asari oʻzbek nasrining mukammal namunasi boʻlishi bilan eʼtiborlidir. Xorazm adabiy muhiti, ilm fani jahon maʼrifati taraqqiyotiga taʼsiri eʼtirofga loyiq. Azzamaxshariy arab dunyosini kezib ilm tarqatgan boʻlsa, 1414-yilda Sherozga kelgan Abdurahim Hofiz Xorazmiy turkiyda bitgan gʻazallari bilan shuhrat topgan.

Alisher Navoiy „Majolis unnafois“ asarida Xoja Abulvafoyi Xorazmiy va Mavlono Jaloliddin Rumiy masnaviysiga sharh bitgan Husayn Xorazmiylarni katta hurmat bilan taʼriflaydi. Xorazm adabiy jarayonining rivojlanishi natijasida yetuk adabiyot namoyandalari yetishib chiqa boshladi. Bular Ravnaq (1725-1805), Roqim (1742-1825), Nasimiyning gʻazallarini oʻzbek tiliga agʻdargan mashhur shoir Andalib (1710-70), Vosifiyning „Badoyeʼ ulvaqoyeʼ“ asarini forsiydan tarjima qilgan, oʻzbek va fors tillarida baravar ijod etgan Dilovarxoʻja (18-asr), Navoiyning „Xamsa“sidagi dostonlarning nasriy variantlarini yaratgan Umar Boqiy (18-asr), oʻz zamonasining ulugʻ shoirlari Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy (1825- 99), Bayoniy va boshqalardir.

Feruz davrida Xorazm adabiy muhiti yanada rivojlandi. Uning buyrugʻi bilan shoir Tabibiy „Majmuai 30 shuaro payravi Feruz“ tazkirasini tuzadi va Feruzning 101 gʻazaliga 30 shoir yozgan payravni kiritadi. Tazkiranavis Laffasiy tuzgan „Tazkirai shuaro“da (1945) Munis davridan Laffasiy davrigacha ijod kilgan (Munis va Laffasiy bilan birga) Xorazmdagi 51 shoirning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar bitilgan.

Xorazmda qadimdan dostonchilik rivojlangan. Xalq anʼanaviy dostonlari baxshilar orqali ogʻizdanogʻizga oʻtib sayqallangan. „Avazxon“, „Bozirgon“, „Sayyodxon va Hamro“, „Qorakoʻz Oyim“, „Gulruh pari“, „Shobaxrom“, „Zavriyo“, „Oshiq Gʻarib va Shohsanam“, „Yusup Ahmad“, Qirq mhhd kabi dostonlar Xorazm xalq ogʻzaki ijodining nodir boyligidir. Xorazm xalq dostonlari hajmi boshqa oʻzbek xalq dostonlariga qaraganda kichikligi, shu bilan birga musiqaviyligi bilan ajralib turadi. Xorazmda doston kuylovchilarni baxshi deb atab kelganlar. Xorazm vohasida 19-asrning 1-yarmida Eshvoy baxshi mashhur boʻlgan. Xorazm vohasida muallif nomi bilan atalgan „Eshvoy nagʻmasi“ kuyi tarqalgan. 19-asrda Xorazmda yashab ijod qilgan baxshilardan Otash, Gʻaribniyoz baxshilar, Bobo baxshi, Jumanazar baxshi Bobo baxshi oʻgʻli, Bekjon baxshi, Abdrim baxshi va boshqa shuhrat qozongan. 20-asr boshlarida Xoʻjayoz baxshi atokli baxshi hisoblangan. U „Oshiq Gʻarib va Shohsanam“, „Sayyodxon va Hamro“, „Bozirgon“, „Alpomish“ va „Goʻroʻgʻli“ turkumidagi dostonlarni yod bilgan va uni xush ovoz bilan dutor jurligida ijro etgan. Undan keyingi davrda Bola baxshi, Matnazar Jabbor oʻgʻli, Qalandar baxshi, Bola baxshining farzandlari Norbek baxshi, Matyokub va Yetmishboy baxshilar Xorazm dostonchilik maktabini taraqqiy qilishga xissa qoʻshdilar.

Xorazmdagi xalq ogʻzaki ijodining yana bir turi xalfachilikdir. Xalfalar (folklorda) repertuarida xalq dostonlari, rangbarang xalq qoʻshiklari, mumtoz shoirlarning ashulabop gʻazallari asosiy oʻrin olgan. 19- 20-asrning 2-yarmida Xorazmda Xonimjon xalfa, Onajon xalfa, Onabibi kori (Ojiza), Shukurjon xalfa, Sharifa xalfa, Joni xalfa, Bibijon xalfa, Durxonim xalfa, Kish xalfa, Guljon kori, Oysha kulol xalfa, Yoqut xalfa Vafoyeva, Sharifa noʻgʻay Otasheva, Ugʻil Noʻgʻay Quryozova, Yoqut xalfa Seytniyazova va boshqalarning nomlari xalq orasida tanilgan edi. Xalfachilik sanʼati anʼanalari Xorazm yosh ijrochilari tomonidan keyingi davrlarda ham davom ettirilmoqda.

Omon Matjon, Bahrom Roʻzimuhammadning falsafiy sheʼriyati, Erkin Samandarning „Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq“, „Tangri qudugʻi“, Komil Avazning „Qoʻnalgʻa“ romanlari, Matnazar Abdulhakimning Najmiddin Kubro, Bedil, Paxlavon Maxmud ruboiyoti va gʻazallarining oʻzbek tiliga tarjimalari muhim ahamiyatga ega. Professorlardan O. Madrahimov, S. Roʻzimboyev, Z. Doʻsimov, J. Yusupov, arab va fors tillari bilimdoni A. Ahmedov va boshqa adabiyotshunoslikka doyr asarlar yozdilar. Ayniqsa bu borada H. Abdullayevning Abu Bakr Xorazmiydan hozirgacha yashab ijod qilgan adabiyot ahlining hayoti va ijodini aks etgiruvchi tazkirasi, N. Krbulovning 2 jildli „Xorazm adabiy muhiti“ asari, S. Roʻzimboyevning „Goʻroʻgʻli“ kitobi muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Xorazm viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilari, rassomlar va boshqalar) viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Xorazm viloyatida 2 viloyat gazeta („Xorazm haqiqati“ va „Xorezmskaya pravda“, 2 ta gazeta adadi 5500), 10 tuman gazeta, 3 jurnal („Ilm sarchashmalari“, „Diydor“, „Xiva Sharq gavhari“, adadi 2000) nashr etiladi. Viloyatda, shuningdek, bir qancha tarmoq gazetalari chop kilinadi. Jami 27 nomdagi gaz. va jurnallar chiqariladi.

Xorazm (Xiva)da Muhammad Rahimxon Feruz tashabbusi bilan 1874 yilda Turkistonda ilk bor toshbosma ochilgan. Toshbosmada ilk matbaachilik faoliyatini birinchi oʻzbek matbaachisi Otajon Abdalov boshlagan. Ushbu toshbosma faoliyati keyinroq, 1920 yildan „Inqilob quyoshi“ gaz., 1939 yildan „Xorazm haqiqati“, 1941 yildan „Xorezmskaya pravda“ gazetalarining tashkil qilinishiga zamin yaratgan.

Xorazm viloyatida 1874-1924 yillarda faoliyat koʻrsatgan matbaachilik anʼanalari 1991 yilda qayta tiklandi. „Xorazm“ nashriyoti ishga tushirilib, darsliklar, kitoblar nashr etish yoʻlga qoʻyildi. „Xorazm tarixi“ (1995), „Hazorasp tarixi“, „Xonqa tarixi“ (1995-98), „Avestoning yaratilishi“ (2001), „Maʼmun akademiyasi“ (toʻplam, 2003) kabi kitoblar chop etildi.

Xorazm viloyati da birinchi radioeshittirishlar 1936 yildan boshlangan. Viloyat radiosi oyiga 31 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Telekoʻrsatuvlar 1961 yildan olib boriladi. Mahalliy koʻrsatuvlar, 1979 yildan rangli tasvirda (oʻzbek va rus tillarida), haftasiga 15 soat hajmda namoyish qilinadi.

Xorazm viloyatidagi tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar jahonga mashhur. Viloyatda 149 meʼmoriy va shaharsozlik, 16 arxeologik, 21 monumental sanʼat va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Meʼmoriy yodgorliklarning asosiy qismi Xiva shahrida joylashgan. Uning Ichan qalʼa qismi esa YUNESKOning Jahon merosi shaharlari tashkiloti hisobiga kiritilgan. Xivadagi yodgorliklardan Juma masjid (10-18-asrlar), Pahlavon Mahmud meʼmoriy majmuasi (14-asr, 19-20-asr boshlari), Sayid Aloviddin (14-18-asrlar), Uch Avliyo (1549, 1821) makbaralari, Toshhovli (19-asr), Koʻhna Ark (17-19-asrlar) saroylari, Muhammad Aminxon Madrasa va minorasi va boshqa mehmonlar va sayyohatchilar diqqatini oʻziga tortadi. Shuningdek, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Qoʻshkoʻpir, Bogʻot va boshqa tumanlarida ham tarixiy obidalar mavjud. Shulardan Xiva tumanidagi Chodra hovli (18-19-asrlar), Shohimardon meʼmoriy majmuasi (19-asr), Qubla Tozabogʻ saroyi (1893-1913), Hazoraspdagi Muzrobshoh (16-18-asrlar), Shayx Kosim eshon makbaralari (18-19-asrlar), qadimgi Hazorasp qalʼasi (mil. av. 6-5-asrlar), Xonqa tumanidagi Sayd ota masjidi (1766), Shovot tumanidagi Vayangan bobo makbarasi (16-19-asrlar); Yangiariq tumanidagi Shayx Muxtor Valiy (Ostonabobo, 14a) meʼmoriy majmuasi; Qoʻshkoʻpir tumanidagi Imoratbobo meʼmoriy majmuasi (16-19-asrlar) va boshqalarni aytish mumkin.

Mustaqillik yillarida viloyatda yakka tartibda uyjoy kurish tez rivojlandi. Urganch, Xiva shaharlarlariga yoʻdsosh Navroʻz, Qosmaobod shaharchalari bunyod etildi. Viloyatda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni asrash, taʼmirlash ishlariga Oʻzbekiston hukumati tomonidan katta eʼtibor berilmoqda. Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi (1997), Jaloliddin Manguberdining 800 yiligi (1999), Avesto kitobi yaratilishining 2700 yilligi (2001) bayramlari arafasida viloyatda keng miqyosda meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, ular atroflarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xorazm viloyati 2003 yil 22 avgustda Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mukofotlangan.




#Article 29: Guliston (316 words)


Guliston - Sirdaryo viloyatining markazi. Guliston shahri 1961-yilda tashkil etilgan. Shahar bir necha qismga boʻlingan: 1, 2,3,4,5 mavzelar, Ahillik, Maxalla, Suvchilar, Doʻstlik qoʻrgʻoni,Ulugʻobod qoʻrgʻoni(1985-yilda qoʻshilgan), Yangilik.  Shaharda juda koʻp koʻngilochar joylar, maʼdaniyat va istirohat bogʻlari, Olim Xoʻjayev nomli drama teatr, Guliston markaziy stadioni, Alpomish sport majmuyi, suzish havzalari , bolalar sport markazlari,madaniyat va maʼrifat markazi faoliyati koʻrsatishadi.

Guliston (1923 yil va 1952-60 yillarda shahar, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, 1961 y. 8 maydan yana shahar) — Sirdaryo viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzachoʻlning jan.-sharqida, 276 m balandlikda, Doʻstlik kanali sohilida. Toshkentdan 118 km. G.dan Toshkent—Xovos temir yoʻl oʻtgan. 1895 y.da endigina qurilayotgan Samarqand—Toshkent temir yoʻl yoqasida hozirgi G. oʻrnida dastlabki uylar qad koʻtargan edi. Keyinchalik u yerda ikkita qishloq paydo boʻlib, ularning birlashishidan Mirzachoʻl sh. (1961 yildan G. deb atalgan) vujudga keldi. Yiliga oʻrtacha 295–300 mm yogʻin yogʻadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5°, minimum temperatura —35°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, maksimum temperatura 45°. Aholisi 255,3 ming kishi (2017), asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys , tojik va b. millat vakillari ham yashaydi.

Sanoati paxta tozalash zavodi, paxta punkti, elevator, sut, yogʻ-ekstraksiya, non zavodlari, yaxna ichimliklar korxonasi, qishloq xoʻjaligi mashinalari va avtomashinalarni taʼmirlash ustaxonalari, qurilish materiallari kombinati, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, Peng-Sheng O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi ,Turkiston qandolatchilik qoʻshma korxonalaridan iborat. Dori-darmon ishlab chiqariladigan Lichava-Farmsanoat Oʻzbekiston—Chexiya qoʻshma korxonasi qurildi. G.da Guliston universiteti, tibbiyot kolleji, kasb-hunar va sanʼat bilim yurtlari, qurilish kolleji, 16 umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Sirdaryo teatri, kutubxona, pochta, telefon st-yasi bor. Poliklinika, viloyat markaziy kasalxonasi xizmat koʻrsatmoqda. Oʻn mingtomoshabinga moʻljallangan stadion mavjud.

Shaharda koʻp qavatli turar joylar, jamoat binolari, jumladan Nikoh saroyi, suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan Guliston choyxonasi, akademik litsey, qoʻgʻirchoq teatri binolari va b. bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri oʻtgan. Viloyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.

Guliston shahrida 1 ta universitet, 2 ta akademik litsey va 5 ta kollej faoliyat yuritadi.

Guliston shahrida 1ta futbol klub mavjud,




#Article 30: Iso Masih (280 words)


Iso, Iso Masih — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi. Qurʼonda, shuningdek, al-Masih (xudo yarlaqagan), Ibn Maryam (Maryamning oʻgʻli), Abdulloh (Allohning quli), Rasululloh (Allohning elchisi), Allohning muqarrabi (yaqini), Haqni soʻzlovchi, deb taʼriflanadi. I.ga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, I. — Allohning oʻgli emas, Xudo ham emas. I. — Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan moʻʼjiza bilan tugʻilgan. Alloh unga Bani Isroil qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambarlik darajasini iroda etdi. I. odamlarni oʻz taʼlimotiga ergashishlariga daʼvat qildi. Yahudiylarni notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Oʻzidan keyin Ahmad (yaʼni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishi bashorat.

Xristianlikda I. Iisus Xristos nomi bilan yuritilib, xrispgianlik asoschisi hisoblanadi (Xristos soʻzi yunoncha boʻlib, oʻzbek tilida xaloskor maʼnosini anglatadi). Xristian cherkovlarining aksariyati uni Xudo-odam sifatida ulugʻlaydi. Injilga koʻra, I. xudoning oʻgʻli boʻlgan, Vifleyem (hoz. Beyt Laxm sh.)da duradgor Iosifning xotini Mariyadan tugʻilgan. Iosif va Mariya goʻdagi bilan podshoh Irod I taʼqibidan qochib, Misrga boradilar, keyin Galileya (Falastin)ga qaytadilar. I. targʻibotchilik faoliyatini boshlab yuboradi. Uni Ioann Krestitel choʻqintiradi. I. atrofiga 12 shogird (apostol — havoriy)larni toʻplaydi. Xavoriylardan biri I. targʻibot qilayotgan yangi taʼlimotni oshkor etib qoʻygach, yahudiylar sudi — sinedrion I.ni oʻlim jazosiga hukm qiladi. Rim noibi Pontiy Pilat hukmni tasdiqlaydi, I. chormix qilinib qatl etiladi. Lekin u tirilib oʻz shogirdlari oldiga keladi. Xristianlar I.ning tirilib kelishi (voskresenye)ga ishonadilar.

Fanda I.ning tarixiyligi eʼtirof etiladi. U 1-asrning 1-yarmida Falastinning Galileya mintaqasida Iisus (Iyeshua) ismi bilan sayyor daʼvatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. I.ning tar-gʻiboti fariseylar va esseylar taʼli-moti kabi maxdud emas, balki falas-tin jamiyatining barcha tabaqalariga qaratilgandi. Shu boisdan ham keyingi asrlarda grekrim zaminida I. taʼlimotining tarafdorlari mahalliy tusdagi bu harakatni Oʻrta dengiz hav-zasini toʻligʻicha qamrab olgan olamshu-mul dinga aylantirishga erishdilar.




#Article 31: Namangan (832 words)


Namangan — Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi Aholi soni boʻyicha Fargʻonadan oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik shaharlaridan biri. Fargʻona vodiysining har jihatdan peshqadam viloyati. Vodiyning shim.da, Shim. Fargʻona kanali bilan Namangansoy kesishgan yerda, 450 m balandlikda joylashgan. Maydoni 83,3 km². Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26,3°, yanv.niki —2,3°. Aholisi 395,8 ming kishi (2003).

Fargʻona vodiysining qad. poytaxti Axsikat (Axsikent) 1620 yildagi qattiq zilzila natijasida vayron boʻlganligi sababli, uning aholisi hozirgi Namangan shahri hududiga koʻchib oʻtgan. Namangan tuz koni (Namak kon) yaqinida vujudga kelgan boʻlib, shahar nomi oʻrta asrlarga oid tarixiy qujjatlarda birinchi marta tilga olinadi. Zahiriddin Bobur oʻzining Boburnoma (16-asr) asarida Namangan qishlogʻi haqida gapirib oʻtgan. V. P. Nalivkinning (Qoʻqon xonligining qisqacha tarixi, Qozon, 1886) yozishicha, Namangan 1643 yilga mansub vaqf hujjatlarida uchraydi. 18-asrda Namangan Qoʻqon xonligiga tobe boʻlgan. Biroq viloyatni boshqaruvchi bek qarorgohi sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. U faqat shahar aholisigina emas, balki atrofdagi tumanlar aholisiga ham xizmat qiluvchi hunarman-dchilik markazi boʻlgan. Dehqonlar Namangan bozorlarida ip va gazlamalar, mis idishlar, zargarlik buyumlari va mehnat qurollarini sotib olishgan. Shaharda meʼmorlik sezilarli darajada taraqqiy etgan.

Xoʻja Amin maqbarasi (17-asr), Mulla Qirgʻiz madrasasi (1911-12) va Ota Valixon toʻra masjidi (20-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari hozir ham mavjud. 1817—22 yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta Yangiariq kanali qazilib, suv taʼminoti yaxshilandi. 1842—45 yillarda shahar baland devor bilan oʻrab olingan. 1813—14 yillarda Namanganga kelgan rus ofitseri F. Nazarov bu yerda shahar hokimining devor bilan oʻralgan saroyida ancha katta garnizon borligini aniqlagan. Qoʻqon xonligi hukmronligining soʻnggi kunlarigacha Namangan bek qarorgohi boʻlib keldi. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Fargʻona maʼmuriy viloyati tuzilgach, Namangan uning uyezd shaharlaridan biriga aylandi. 1894—95 yillarda uyezd muassasalari uchun davlat binolari quridsi. 20-asrning boshlarida Namangan Oʻrta Osiyoning eski va yangi qismlardan iborat tipik shahriga aylandi. 1912 yilda shaharga Qoʻqon tomonidan temir yoʻl oʻtkazildi. 1914 yil zavodlar soni 17 taga yetdi. Bundan tashqari, 2 yogʻ zavodi ham qurildi. Shahardagi har ming kishidan 22 tasi sanoat ishchisi boʻlgan. 1916 yilda Namanganda Nikolay II ning mardikorlikka olishi haqidagi farmoniga qarshi mehnatkashlarning chiqishi boʻldi (qarang Mardikorlik). Bolsheviklarning bosqinchilik urushi davrida Namangandagi korxonalarning kariyb 80%ida ish toʻxtab qoddi. Urushdan keyin sanoat korxonalari tiklanib, rivojlana boshladi. Motor taʼmirlash, sut-yogʻ, konserva, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, non kombinati, elektr stansiyasi va bir qancha mayda mahalliy sanoat korxonalari ishga tushirildi. Viloyatda paxtachilik, pillachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari rivojlanishi shaharda keng isteʼmol buyumlari va oziq-ov-qat mahsulotlari sanoatining rivojlanishiga sabab boʻldi. Shu davrda shaharda 3 elektr stansiya, vino va pivo zavodlari, yigiruv-toʻquv fabrikasi, taʼmirlash-mexanika ustaxonasi qurildi. Sanoatning yalpi mahsuloti yildan-yilga ortib bordi. Ikkinchi jahon urushi yillarida shaharda poyabzal fabrikasi, tikuvchilik korxonasi, goʻsht kombinati, mahalliy va kooperativ sanoat korxonalari ishga tushirildi. Urushdan keyin yengil, oziq-ovqat, ogʻir, kimyo, metallsozlik, elektrotexnika va kurilish sanoatlari rivojlandi. Shaharni elektr energiya bilan toʻla taʼminlash maqsadida 1946 yil Namangansoyda 2-GES kurildi. 1949 yilda markaziy ekskavator stansiyasi tashkil etilib, bu yerda turli xil ekskavator, skreper, buldozer kabi qishloq xoʻjaligi mashinalari taʼmirlandi. Oʻrta Osiyoda yagona elektrotexnika zavodi (sanoatda va roʻzgʻorda ishlatiladigan) elektr isitkich asboblari ishlab chikara boshladi.

Namangan respublikaning yengil va oziqovqat sanoatlari markazlaridan biriga aylandi. Bu yerda Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlarining 15%ini ishlab chiqaruvchi yirik toʻqi-machilik korxonalari kurildi.

Shaharda 36 qoʻshma korxona mavjud. Shulardan, Oʻzbekiston—Yaponiya Silk Road, Oʻzbekiston—Shveysariya Nestle, Oʻzbekiston — Turkiya AsnamTekstil va boshqa qoʻshma korxonalarning hissasi salmoqlidir. Atlas, Notoʻqimachi, Namangangoʻshtsutsanoat, Namanganekstraktyogʻ, Namanganmebel, Namangandonmahsulot, Mehmash, Karbonam, korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shaharda 400 dan ziyod kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. Mustaqillik yillarida shahar butu nlay oʻzgarib ketdi. Ilgarigi tor koʻchalar oʻrnida keng va ravon yoʻllar bunyod etildi. Boburshoh, Doʻstlik, Margʻilon, Oromgoh, Uychi koʻchalari tubdan qayta taʼmirlandi. Namangan azaldan oʻzining hunarmandchiligi bilan nom qozongan. Shaharning turli burchaklarida kichik bozorchalar boʻlib, hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar oʻz mahsulotlarini ana shu bozorchalarda sotishgan. Keyingi 10 yil ichida bu bozorlar oʻrnida Chorsu, Doʻstlik, Taxtakoʻprik, Shohbekat, Jahon singari zamonaviy bozorlar qad koʻtardi. Shahar markazida Amir Temur, Bobur xiyobonlari, Tinchlik maydoni, Mashrab nomidagi bogʻ bunyod etildi. Bobur bogʻi hududida Xotira maydoni barpo qilindi. Boburshoh koʻchasida akademik litseyning oʻquv binosi va yotoqxonasi, Doʻstlik koʻchasida transport-aloqa kollejining binosi qurib foydalanishga topshirildi. Sanʼat, madaniyat, tibbiyot, sanoat kollejlarining binolari tubdan qayta taʼmirlandi va jihozlandi. Shahar markazida tez tibbiy yordam koʻrsatish markazi, endokrinologiya, Ona va bola markazlari, koʻpgina mahallalarda ambulatoriyalar ishga tushi-rildi. Aksariyat mahallalarda guzarlar qurildi. Shaharda 21 avtotransport va 7 aloqa korxonasi, 48 yirik kurilish korxonalari mavjud. Transport vositalari qatnaydigan koʻchalarining uz. 1010 km. Trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Xalqaro Aeroport bor. Viloyat tumanlariga avtobuslar qatnaydi. Shaharga Oʻzdunrobita, Kamalak — TV va DEU Yunitel qoʻshma korxonalari xizmat kursatmoqda. Namanganda 38 yirik savdo korxonasi va koʻpgina savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Namangan respublikaning fan va madaniyat markazlaridan biri. Shaharda universitet, 2 institut, 10 kollej, 2 kasb-hunar maktabi, 2 akademik litsey, iktisodiyot litseyi, 51 umumiy taʼlim maktabi, 53 maktabgacha tarbiya muassasasi bor. 2002/2003 oʻquv yilida universitet va institutlarda 11129, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 10630 talaba, kasb-hunar maktablarida 498, litseylarda 1608, umumiy taʼlim maktablarida 76801 oʻquvchi taʼlim oldi. Shaharda 2 teatr, bolalar qoʻgʻirchoq teatri, 27 jamoat kutubxonasi, 5 klub, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, 2 madaniyat saroyi, 6 madaniyat uyi, 5 muzey, 2 bolalar musiqa maktabi mavjud (2003). 5 sport maktabi, bir kancha stadion va suzish havzalari, Paxla




#Article 32: Ingliz tili (545 words)


Ingliz tili () — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3-oʻrinda turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.

Ingliz tili BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shim. Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 400 milliondan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shim. Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy til sifatida qoʻllaniladi.

Ingliz tili  qadimgi german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Ingliz tili Angliyaning Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiy Shotlandiya yerlari avvalgi Norzumbriya qirolligida vujudga keldi. Tarixiy manbaalarga koʻra, eski ingliz tili juda koʻplab shevalar turkumini oʻz ichiga oladi. Qadimiy ingliz tili (7— 11-asrlar) anglosaks tili deb atalgan va 4 shevaga ega boʻlgan: nortumbriy, mersiy, uessek va kent. 9—11-asrlarda uessek shevasi asosida adabiy ingliz tili shakllangan. Bu shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirgʻogʻiga nemis qabilalari boʻlmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. English (ingliz) soʻzi Angles soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu xalqning ajododlar yurti Angeln hozirgi Schleswig-Holstein boʻlgan. Ingliz soʻzlarning koʻpchiligi Lotin tilidan olingan, vaholanki lotin tili Xristian Cherkovi hamda Yevropa tafakkur doirasining tili edi. Vikinglarning 8 hamda 9-asrdagi istilosidan keyin ingliz tili eski norz-tilining bir qismini oʻzlashtirdi. Angliyaning 11-asrda Normandlar tomonidan egallanilishi norman fransuz tilininin ingliz tili bilan qorishishiga olib keldi. Aynan shu sababli ingliz tili lugʻaviy va imloviy tarzda roman tillar turkumiga aloqador. Oʻrta ingliz tili (12—15-asrlar) urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi natijasida feʼllik soʻz birikmalari koʻp oʻzgarishlarga uchragan. 16—17-asrlarda yangi ingliz tili yuzaga kelgan. Buyuk Britaniyaning 17 va 20-asr oʻrtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQSHning 20-asrdagi dunyoviy tasiri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi.

Hozirda ingliz tili oʻz hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi, shim., jan., markaziy shevalar guruhi, AQShda Sharqiy, Oʻrta Atlantika (markaziy), jan.sharqiy, oʻrta, gʻarbiy shevalar guruhi mavjud. Ingliz tili fonematik tizimida oʻziga xos unlilar va undoshlar mavjud. Boshqa german tillaridan ingliz tili analitik qurilish belgisi bilan farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalashda yordamchi soʻzlar (artikl, yordamchi feʼllar, predloglar) va soʻz tartibi katta ahamiyatga ega. Ingliz tili boshqa tillar (lotin, fransuz, italyan, ispan va b.)dan 70 % ga yaqin soʻz qabul qilgan. Ingliz tilining amerikacha variantini Buyuk Britaniya variantidan farqini shu bilan izohlash mumkinki, Shim. Amerikaga dastlab koʻchib kelganlar (1607) London va uning atrofidan, keyingilari esa Shim. Britaniya va Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari yorqin ifodalangan shevalar yoʻq. Prof. X. Kurat taxriri ostida chiqqan „AQSH va Kanadaning tilshunoslik atlasi“da (1939) yetti sheva, shu jumladan, tarqalishi hududi jihatidan eng salmoqli boʻlgan AQShning markaziy va shim. viloyatlari shevalari ajratib koʻrsatilgan; u AQShda asosiy adabiy meʼyor hisoblanadi. Ingliz tilining amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari oʻrtasidagi farq leksikada va maʼlum darajada fonetikada namoyon boʻladi; grammatikasidagi farq sezilarli emas. Ingliz tilining mavjud Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va JAR adabiy variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ingliz tili yozuvi lotin alifbosi asosidadir.  Ingliz tili alifbosi lotin yozuviga asoslangan va 26 ta harfdan iborat:
A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z.
Ingliz tili asoschisi Zamonov Aziz




#Article 33: Termiz (1894 words)


Termiz,  O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatidagi shahar. 

Viloyat markazi Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning janub qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yoʻl stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Maydoni 27,8 km². Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori temperatura 49,5°, 1914-yil 21-iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16–18°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,8–3,6, iyulniki 28–32°. Baʼzida, qishda sovuq – 20° va undan ham past boʻladi. Yillik yogʻin 133 mm.

Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar Termizning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan.ni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yoʻlinint muhim bir tarmogʻi ham Termiz orqali oʻtgan.

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻxna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. av. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. T. Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan.

Mil. av. 4–3-asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning qad. qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi Taramastxa (baqtriycha narigi sohildagi manzil) soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-asrdan Termiz deb atala boshlagan.

Termiz mil. av. 3–2-asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi.

Termiz shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Termiz hududiy jihatdan kengayib, Shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari kabi topilmalarning koʻplab qayd qilinishi buning dalilidir. Mas., Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat donalari (fil va hoʻkizzebu shaklida) xrz. kunda yer yuzida aniqlangan eng qad. shaxmat donalari (mil. 2-asr) xisoblanadi. Oʻsha davrda Termiz Kushonlar davlatining muhim shahri va buddizmnint markazlaridan biri boʻlgan.

Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. Oʻsha davrda Termiz Termizshoxlar hokimligining poytaxti boʻlib turgan. Arablar bosib olgan davrda (686–704) Termiz 70 gektarga yaqin maydonni egallagan, toʻrtburchak shaklidagi qalʼadan iborat boʻlgan. 10-asrda yozilgan Hudud ulOlam asarida Termiz Jayxun boʻyidagi kurkam va obod shahar. Qalʼasi daryo boʻyida, ulkan bozori mashhur, Xuttalon va Chagʻoniyon ahli shu yerda savdo qiladi, deb taʼriflangan.

Shaharda temirchilik, shishasozlik, kulolchilik rivojlangan. Termizda tayyorlangan hunarmandchilik buyumlariga talab yuqori boʻlgan. Shaharda oʻnlab karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Oʻsha davrda Termiz yirik madaniyat va ilmfan markazi sifatida ham nom qozongan. Termizlik olimu ulamolar oʻrta asr Sharqining fan, madaniyat va maʼrifatiga oʻz hissasini qoʻshgan.

Termiz vaqtvaqti bilan Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida boʻlgan. 1220 yilda Termiz moʻgʻullar tomonidan vayron qilib tashlangan. Sharafudsin Ali Yazdiyning Zafarnoma asarida qayd qilinishicha, Termiz aholisi moʻgʻullarga qattik, qarshilik koʻrsatgan va shu bois shahar Madinat urrijol (Mardlar shahri) deb ham atalgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng , 14-asrda Termiz Surxondaryo sohiliga yaqin joyda yangidan qad. koʻtardi. Shahar oʻz oʻrnini bir necha bor oʻzgartirsada, asrlar davomida oʻz nomini Tarmita, AntioxiyaTarmita, Tarmiz, Tirmiz, Termiz koʻrinishlarida saklab kelgan.

Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), Termiz Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407 yilda Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi Termiz qalʼasi qayta tiklandi. Koʻp oʻtmay oʻz tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi. 1504–05 yillarda shaharni Shayboniyxon egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida boʻlib, 18-asrning 2yarmida shahar oʻzaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloklari saklanib qolgan.

Oʻzbekistonni qoʻshni Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlar bilan bogʻlovchi yoʻl Termiz orqali oʻtishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin egallaydi.

Termizda dastlabki arxeologik qazishma ishlari B.P.Denike (1926–27), M.Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936–38) tomonidan olib borilgan. Eski Termizda arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh.Pidayev, T.Annayev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi.

Termizda jami 2500 dan ziyod korxona boʻlib, mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalar, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Paxta tozalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish., yengil va oziq-ovqat sanoati muhim oʻrin tutadi.

Termizda unt, 8 ta kollej (sanʼat, iktisod, ijtimoiyiqtisodiy, ped., tibbiyot, bank ishi, maishiy xizmat koʻrsatish, oziq-ovqat sanoati kollejlari) bor. Akad. va fizikamat, litseylari faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida shaharda 16 umumiy taʼlim, 2 tayanch, 1 boshlangʻich maktablari ishladi.

Oʻquvchilar saroyi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Hakim atTermiziy meʼmoriy majmuasidagi Meros tarmoq muzeyi bor. OʻzR Prezidenti I.A.Karimovning loyihasi va tashabbusi bilan Termizning 2500 yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatrlari ishlab turibdi. 4 shahar kutubxonasi hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. Hayvonot bogʻi bor (qarang Termiz hayvonot bogʻi).

Termizda 18 gazeta chiqariladi, 3 telestudiya eshittirishlar olib boradi. Shahar markaziy kasalxonasi (165 oʻrin), yuqumli kasalliklar kasalxonasi (130 oʻrin), bolalar va kattalar, tish davolash poliklinikalari, shahar bolalar sanatoriybogʻchasi va boshqa tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan tashqari, viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat tugʻruqxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, bolalar kasalxonasi, onkologiya, koʻz kasalliklari kasalxonalari, endokrinologiya, sil kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, asab kasalliklari dispanserlari, Ona va bola va Reproduktiv salomatlik markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Termizda islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan. Termizda 1999 yilda Alpomish dostonining 1000 yilligi, 2002 yilda xalqaro miqyosda Termizning 2500 yillik yubileyi oʻtkaziddi.

Ushbu qarorlar asosida 2002 yil 2 aprelda oʻzining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz shahri koʻplab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan. «Buyuk Ipak Yoʻli»ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bogʻliq boʻlgan memorchilik anʼanalarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan.

Termizning geografik jihatdan qulay joylashishi, iqlimi va strategik mavqei koʻplab davlatlar va hukmdorlarning diqqat-eʼtiborini oʻziga tortar edi. Shuning uchun u Eron va grek, arab va moʻgʻul bosqinchilarining hujumlariga duchor boʻldi, Movarounnahr ichki qon to;kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz istilochilarning olovli janglarida yonib ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab paydo boʻlardi, oʻsib shon-shuhrat va qudratga ega boʻlardi. U yana halok boʻlardi, yonardi, kulga aylanardi va yana oʻzini tiklab ulgʻayardi. Shu sababli Termizning har safar qaytadan tiklanishi qadimgi oʻrnida yuz bermagan.

Koʻhna Termiz yoki Kushon Termizi amudaryo boʻyida rivoj topgan boʻlsa, Chingizxon bosqinidan song u sharqroqda Surxondaryo boʻyida qad koʻtarib gullab-yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi oʻzaro urushlar tufayli vayronaga aylangan Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda Pattakesar qishlogʻi zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi.
Koʻhna Termiz obidalari oʻzining takrorlanmasligi bilan hamisha qadimgi davr mualliflari, ilk oʻrta asr Xitoy sayyohlari va musulmon davri tarixchilarining diqqat-markazida boʻlib keldi.

Termiz haqidagi qimmatli yozma maʼlumotlar VII asrda Xitoy sayyohi, buddizm monaxi Syuan Tzyan yozmalarida; IX–X asrlar arab muarrixlari Ibn Xoʻrdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istahriy asarlarida; grek, arman, xitoy, fors, arab manbalarida; qadimiy «Shohnoma» dostonida, ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta, Ispaniya elchisi Ryui Gonsales de Klavixo, venger sharqshunosi Herman Vamberilar asralarida, oʻrta asr mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Bobur, Hofiz Abru, Anvariy, Hofizi Tanish Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida berilgan. Termiz tarixini oʻrganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan yanada kuchaydi. Arxeolog olimlardan V. V. Bartold, D. N. Logofet, N. A. Mayev, V. V. Krestovskiy, I. V. Mushketov, A. A. Semenov, M. E. Masson, V. A. Shishkin, T. V. Grek, B. N. Kostalskiy, B. B. Piotrovskiy, V. A. Vyatkin, D. D. Bukinich, B. N. Zasipkin, L. A. Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, Ya. Gʻulomov, A. A. Asqarov va boshqalar Termizni shaxsan oʻrgandilar va ilmiy xulosalari bilan shahar tarixini boyitdilar.

Koʻhna Termiz tarixini oʻrganishda 1926–1927 yillarda professor Denike boshliq Moskvaning Sharq xalqlari madaniyati muzeyi ekspeditsiyasi, 1936–1939 yillarda professor M. E. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, 1961 yili B. Ya. Staviskiy boshchiligidagi Sharq xalqlari muzeyi va Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi, 1959 yildan professor G. A. Pugachenkova boshliq Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti ekspeditsiyasi, 1972 yildan professor V. M. Masson boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Baqtriya ekspeditsiyasi, 1980 yildan akademik A. A. Askarov boschiligidagi kompleks ekspeditsiyasi, 1993 yildan professor T. Shirinov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Pyer Lerish boshchiligidagi Fransiya Ilmiy tadqiqotlar Instituti Milliy Markazi va Kyudzo Kato boshchiligidagi Yaponiyaning Buyuk Ipak Yoʻli Akademiyasi bilan hamkorlikda olib borayotgan ekspeditsiyalari katta ahamiyatga ega boʻldi. Natijada, miloddan avvalgi I ming yillik ortalaridan tortib, XVII asrga qadar Termiz shahri xalqlarining moddiy va maʼnaviy madaniyatini yorituvchi koʻplab arxeologik dalillar qoʻlga kiritildi. Mazkur ekspeditsiyalar tarkibida Termiz Davlat Universitetining arxeolog olimlari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Rivoyatlarga koʻra, Termizni miloddan avvalgi VII asrda Baqtriyaning birinchi podshosi Zaroastr bunyod etgan. Miloddan avvalgi VI asrda bu yerlarni bosib olgan Eron Ahamoniylari Termizni juda koʻhna shahar deb taʼriflashgan. Shahar Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qadar Ahamoniylar davlatiga boʻysungan.

Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan biri Taramasta – Taramata (baqtrcha – daryo qirgʻogʻi) boʻlgan. MIloddan avvalgi 327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni oʻz nomi bilan Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronligi tugaganidan keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi Demetriy shaharga Demetris nomini beradi. Miloddan avvalga I asrda Grek-Baqtria davlatining kushonlar tomonidan tor-mor qilinishi munosabati bilan Termiz, yozma manbalarning guvohlik berishicha, Ta-limmi shahri deb Xitoy manbalarida esa, Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi.
Termiz asosan kushonlar davrida (mil. avv. I – mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu davrda Termiz Hindiston bilan gʻarb, shimol, sharq mamlakatlari bilan boʻgʻlaydigan savdo yoʻllaridagi yirik shaharga aylanadi. Termizda koʻplab budda ibodatxonalari va moʻla-maqbaralar quriladi.

V–VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh eftaliylar hukmronligi, gohida eron sosoniylari hukmronligi ostida boʻldi. VII asrdab boshlab Termizni termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab istilochilari zabt etdilar.
IX–XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida maʼmuriy, savdo, hunarmandchilik va ilm-maʼrifat markaziga aylandi. Bu davrda shaharni oʻrab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9 ta darvozasi boʻlgan. Shu davrda Termizda dunyoga mashhur boʻlgan shoirlar, allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar yetishib chiqdi.

IX–XII asrlarda Termiz Gʻaznaviylar, Saljuqiylar va Qoraxoniylar davlarlari tasarrufida boʻldi. 1206 yili Xorazmshoh Muhammad davlati ixtiyoriga oʻtdi. 1220 yili Chingizxon qoʻshinlari tomonidan 11 kunlik qamaldan song vayron qilindi.
XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Termiz eski oʻrnida emas, sharqroqda Sulton Saodat maqbarasi tevaragida yana rivojlandi. Temuriylar davlati tarkibiga oʻtgandan keyin u gullab-yashnaydi va Shahri gʻulgula nomini oldi.

Termiz Shayboniylar davlati tasarrufiga oʻtgandan keyin ham rivojlanishda davom etdi. Kohna Termiz qalʼasini qayta tiklash ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va xonaqohlar qurildi.

Ilm-maʼrifat rivoj topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida olib borilgan oʻzaro janglar, taxt talashishlar tufayli Termiz butunlay vayron boʻldi. Faqat Salovat va Pattakesar qishloqlarigina saqlanib qoldi. Masjidlar, minoralar va saroylar quladi.
XVII asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo boʻyidagi Koʻhna Termizdan janubda Pattakesar qishlogʻi paydo boʻldi. Qishloqning kengayib borishi hisobiga oradan bir asr oʻtgandan keyin hozirgi Termiz shahri qad koʻtardi. Yangi Termizning vujudga kelishi Rossiya-Angliya munosabatlarining keskinlashgan davriga toʻgʻri keldi-ki, Rossiya bu joylarda oʻz taʼsirini kuchaytirish maqsadida Oʻrta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlab yuborgan edi.

Mustaqillik yillarida Termiz chiroyini yanada ochdi, shahar koʻchalari boshqadan qurilib, ravon va keng koʻchalarga aylantirildi, istirohat bogʻlari, sharqona usuldagi muhtasham va obod bozorlar, zamonaviy maʼmuriy binolar, oʻyingohlar, teatr va kinoteatrlar, ilm-fan maskanlari barpo etildi, borlari taʼmirlandi. Qisqasi, shaharning qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgardiki, bu oʻz navbatida har bir termizlik qalbida quvonch va faxrlanish hissini uygʻotmoqda.

 




#Article 34: Chirchiq (310 words)


 

Chirchiq — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiqdaryosining oʻng sohilida, Qorjontovning yon bagʻrida, 730 m balandlikda, Toshkentdan 30 km shim.sharqda joylashgan.  Aholisi 170,1 ming kishi (2015).

Toshkent Chorvoq temir yoʻldagi stansiya va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Ch. 1932 yilda daryo boʻyidagi Qirgʻizquloq, Qipchoq, Niyozbek qishloqlari oʻrnida yirik elektrkimyo kti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Yangi sanoat korxonalari qurilishi bilan aholi soni ham tez oʻsdi (1939 yil — 15 ming kishi, 1959 yil — 65 ming kishi, 1970 yil — 107,4 ming kishi). 30 — 40- yil larda Industrial texnikumi binosi, 50- yillarda elektrkimyo korxonasining Madaniyat saroyi va boshqa jamoat binolari qurildi. 1966—67 yillardan koʻp qavatli yirik panelli binolar qad koʻtardi. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan chirchiqliklar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maktablar, poliklinika, kasalxona va boshqa bunyod etildi. Shahar yonida aholining dam olish joylari mavjud. 

Shaharda Chirchiqqishloqmash, Transformator, Oʻzbekkimyomash, Elektrkimyosanoat (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, Kibo, Chirkom, Uzmetalltexnolodji, Bursel—Tashkent—Tekstil), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari mavjud.

Chirchiq aholisi 170 000 ming odam atrofida sanaladi. Chirchiq ko`p millatlarni o`z bag`riga sig`dirgan shahar. Chirchiqda o`zbek, qozoq, tojik, rus, tatar, qoraqolpoq, qizg`iz, koreys va boshqa millat vakillari tinch totuvlikda hayot kechirmoqdalar. Chirchiq shahrining aholisi yildan yilga oshib bormoqda. Ohirgi yillarda yangi turar joylar qurilib shahar infrastrukturasi rivojlanmoqda. 
Aholisi asosan o`zbek, rus va qozoq tillarida gaplashishadi.

Chirchiq oliy tank komandirmuhandislik bilim yurti, 25 umumiy taʼlim maktabi, 7 oʻrta maxsus bilim yurti, 12 kutubxona, 3 madaniyat muassasasi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Kasalxona (500 oʻrin), poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi. 2017 yili Chirchiqda yangi Pedagogika Insituti ochildi.

Chirchiqdan Toshkent shahriga avtobuslar va yonalishli kichik mikroavtobuslar(gazel) qatnaydi. Shahar ichida 26 ta yonalishli avtobus va mikro avtobuslar qatnamoqda. Shahardan poezd yoli o`tgan.




#Article 35: Google (340 words)


Google LLC, Amerikaning internetga oid xizmatlar va mahsulotlar, jumladan, onlayn reklama texnologiyasi, qidiruvi, dasturiy taʼminot va apparatura sohasidagi ixtisoslashgan ko‘p tilli texnologiya kompaniyasi. U Amazon, Apple va Facebook bilan birga Katta To‘rtlik texnologiya kompaniyalaridan biri sanaladi.

Ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi boʻyicha birinchi oʻrinda bormoqda (u 70% qidiruv soʻrovlarini amalga oshiradi). Hozirda u kuniga 50 million qidiruv soʻrovlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ayni vaqtda 8 milliarddan ortiq veb sahifalarni indeksatsiyalagan. Google qidiruv tizimi 101 tadan ortiq tillarda soʻrovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan ortiq kompyuterlardan iborat (2004-yil avgust oyi maʼlumotlariga asosan).

Qidiruv tizimi Google Inc. sifatida Mauntin Vyuda roʻyxatdan oʻtgan.

Google qidiruv roboti tarkibida User Agent bor. User Agent - Googlebot(Qidiruv roboti) - bu sahifalarni tarkibini qidirishda indekslash uchun skaner qiluvchi asosiy robotlardan biri xisoblanadi. Bundan tashqari bu kabi bir qancha robotlar mavjud:

The Google search engine includes a User Agent. User Agent - Googlebot (Search Robot) - is one of the main robots that scans to index the content of pages when searching. There are also many robots like this:

Google interfeysi murakkab soʻrovlar tilidan tarkib topgan. Soʻrov jarayonida alohida domenlar, tillar, fayl turlari va hokazolar boʻyicha soʻrov sohasini yanada aniqroq boʻlishini taʼminlaydi. Masalan, «intitle:Google site:wikipedia.org» soʻrovi Vikipediada mavjud boʻlgan mavjud tillardagi barcha maqolalarda, shuningdek sarlavhalarda Google soʻzi uchrovchi natijalarni koʻrsatadi. Ushbu murakkab va koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlgan soʻrov tili xakerlar tomonidan veb saytlarni tadqiq qilishda foydalanishi mumkin.

Google 19 avgust 2004-yilda oʻz aksiyalarini fond birjasida sota boshladi. 1.67 mlrd. AQSh dollarilik 20 mln. aksiyalar sotilib ularning 1.2 mlrd. dollari Googlening oʻzida qoldi.

 'Google'  19 avgust 2004 - yilda o'qilgan aksiyalarini fond birjasida sota qilinmoqda. 1,67 mlrd. AQSh dollarlik 20 mln. aksiyalar sotilib 1,2 mlrd. dollari  'Google'  ning o'zida qoldi.

 'Google'  shares listed on August 19 2004 are being traded on the stock exchange. 1.67 billion $ 20 million 1.2 billion shares sold dollars remained on Google itself.
As of November 2005, Google's stock had risen to more than $ 400 (valued at $ 83 on the stock exchange) and the corporation had a market capitalization of $ 119 billion.




#Article 36: Algoritm (177 words)


Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

Algoritm, algorifm – maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ish-latiladigan amallarning muayyan tar-tibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va mat.ning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani A. deb atashgan. Bu qoidalarni mat.ga 9-asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevro-pada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida algorizm deyilgan), keyinchalik algoritmga aylangan (akad. A. N. Kol-mogorov). Fanda Yevklid algoritmi, G‘iyosiddin Koshiy algoritmi, Laure algoritmi, Markov algoritmi deb ataluvchi A.lar maʼlum. A. tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan A.lar nazariyasi paydo bo‘ldi. Oʻzbekiston Respublikasi da bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash mar-kazlarida A.dan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O‘zbekistondagi bar-cha universitetlarda, Toshkent davlat texnika untida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqgisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo‘la oladi.




#Article 37: Quicksort (441 words)


Tez saralash(quicksort) algoritmi - Charlz Xoar tomonidan yaratilgan mashxur saralash algoritmidir. Ushbu algoritm n ta elementdan iborat massivni eng uzogʻi bilan O(n2) vaqtda saralaydi. Biroq algoritm bajarilish tezligining matematik kutilmasi  O(n log n) ga teng va u boshqa shunday tezlikda bajariluvchi algoritmlardan tezroq ishlaydi.

Algorimning 2 qadami turlicha boʻlib uning bir nechta realizatsiyalari mavjud. Ayni shu 2 qadamda elementlarni joylashtirish algoritmi tufayli algoritm saralash algoritmlari ichida eng tez ishlaydiganlaridan biridir.

 function QuickSort(A, p, r)
 {
         if(p beg + 1) 
   {
     middle=arr[(beg+end)/2];
     l=beg;r=end;
     while (l middle) r--;
       if (l
 #include 
 #include 
 
 template
 void quick_sort( BidirectionalIterator first, BidirectionalIterator last, Compare cmp ) {
   if( first != last ) {
     BidirectionalIterator left  = first;
     BidirectionalIterator right = last;
     BidirectionalIterator pivot = left++;
 
     while( left != right ) {
       if( cmp( *left, *pivot ) ) {
          ++left;
       } else {
          while( (left != --right)  cmp( *pivot, *right ) )
            ;
          std::iter_swap( left, right );
       }
     }
 
     --left;
     std::iter_swap( first, left );
 
     quick_sort( first, left, cmp );
     quick_sort( right, last, cmp );
   }
 }
 
 template
 inline void quick_sort( BidirectionalIterator first, BidirectionalIterator last ) {
   quick_sort( first, last,
     std::less_equal::value_type ()
   );
 }

 import java.util.Comparator;
 import java.util.Random;
 
 public class Quicksort {
     public static final Random RND = new Random();
 
     private void swap(Object[] array, int i, int j) {
         Object tmp = array[i];
         array[i] = array[j];
         array[j] = tmp;
     }
 
     private int partition(Object[] array, int begin, int end, Comparator cmp) {
         int index = begin + RND.nextInt(end - begin + 1);
         Object pivot = array[index];
         swap(array, index, end);	
         for (int i = index = begin; i  begin) {
             int index = partition(array, begin, end, cmp);
             qsort(array, begin, index - 1, cmp);
             qsort(array, index + 1,  end,  cmp);
         }
     }
 
     public void sort(Object[] array, Comparator cmp) {
         qsort(array, 0, array.length - 1, cmp);
     }
 }

 def qsort(L):
    if L == []: return []
    return qsort([x for x in L[1:] if x=L[0)

 DEFINE sort == [small][]
                [uncons [] split]
                swap] dip cons concat] binrec .

 function quicksort($seq) {
   if(count($seq)1) {
     $k = $seq[0];
     $x = array();
     $y = array();
     for($i=1; $i [a] - [a]
  
  sort []           = []
  sort (pivot:rest) = sort [y | y =pivot]

 split(H, [A|X], [A|Y], Z) :-
   order(A, H), split(H, X, Y, Z).
 split(H, [A|X], Y, [A|Z]) :-
   not(order(A, H)), split(H, X, Y, Z).
 split(_, [], [], []).
 
 quicksort([], X, X).
 
 quicksort([H|T], S, X) :-
   split(H, T, A, B),
   quicksort(A, S, [H|Y]),
   quicksort(B, Y, X).

 def sort(array)
   return [] if array.empty?
   left, right = array[1..-1].partition { |y| y  []
      | (x::xs) =
         let
           val (left,right) = List.partition (fn y = lt (y, x)) xs
         in sort left @ x :: sort right
         end
   in sort lst
 end




#Article 38: Buxoro (6359 words)


Buxoro — O‘zbekiston Respublikasining qadimgi shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Buyuk ipаk yo‘lida yirik tijorat markazlaridan bo‘lgan. Oʻzbekistonning janubiy-gʻarbida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan. Toshkentdan 616 km. Buxoro 2 ta shahar tumani (Fayzulla Xoʻjayev va Toʻqimachilik)ga boʻlingan. Aholisi 264 ming kishi (2001).

Buxoro shahri eng qadim zamonlarda qanday atalganligi — nomaʼlum. Milodiy V asrga oid xitoy manbalarida Buxoro shahri Nyumi tarzida tilga olinib oʻtilgan. Binobarin, shaharda shu nomdagi mulk hukmdorining qarorgohi ham boʻlgan. Tan imperiyasining VII asrga oid solnomalarida Buxoro shahri An (Ango), Ansi, Buxo (Buxe, Fuxo) shakllarida qayd etib oʻtilgan. Keyinchalik shahar turlicha atala boshladi. Arab tilidagi qadimgi manbalarda u Bumiskat, Madinat us-sufriya (Mis shahar), Numijkat (soʻgʻdcha numij yoki namich degani mashhur degan maʼnoni anglatgan) tarzida keltirilgan. Qadimgi zamonlarda yashagan mahalliy mualliflarning fikricha, shaharning nomi Buxor, yaʼni „Sanamlar turgan ibodatxona“ maʼnosini anglatuvchi bir soʻzdan kelib chiqqan.

Muhammad paygʻambar hadislaridan birida esa Buxoro shahri Foxira deb tilga olinib oʻtilgan.(MANBA?) Bu arabcha soʻz magʻrur, faxrli, iftixorga loyiq, buyuk maʼnosida keladi. Ayrim tadqiqotchilarning faraz qilishlaricha, Buxoro nomi mintaqaning eng asosiy buddaviylik ibodatxonasi vixara yoki ana shu vixaraning turkiycha transkripsiyasi boʻlmish buxoro (ibodatxona) soʻzidan kelib chiqqan. Biroq buddaviylik va moniylik diniy taʼlimotlariga oid osori atiqalar shahar hududida ham, umuman, Buxoro vohasida ham topilgan emas.

Buxoro (Buxara) toponimi birinchi boʻlib Soʻgʻd yozuvlari bilan Buxoroda zarb qilingan mis tangalarida tilga olingan (milodiy IV-V asrlar).

Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida asos solingan. Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi.

Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi boʻylab, chunonchi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qoʻrgʻoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Boʻston, Qoʻzimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar harobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jyoz davri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinchli yarim yertoʻlalardan iborat boʻlgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmogʻi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrda esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan oʻrab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi 1-ming yillik boshidan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh oʻzaro birlashib va toʻxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina shaharga — Buxoro vohasining savdohunarmandchilik va maʼmuriy markaziga aylangan.

X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asarida oʻz aksini topgan mahalliy mifologik anʼanalar shaharning qadimiy qismi — Ark qalʼasiga asos solinishi qahramonlik eposlari bahodirlari Siyovush yoki Afrosiyob, yaʼni Alp Er Toʻngaga bogʻlab, shu tariqa olis-olis zamonlarga mansub tarzda rivoyat qilinadi. Biroq, vohadagi Vardonze, Romitan, Varaxsha kabi istehkomlar va Poykenddek bir tijorat shahri — Buxoro shahridan ham qadimiyroq, deb hisoblab kelinadi.

Buxorodan topilgan tangalar bu yerda savdo-tijorat aloqalari va tovar-pul munosabatlari taraqqiy etganidan guvohlik beradi. Tangalarga qarab, bu yerda hukm surgan sulolalar almashinuvi, hukmdorlar ismlari, unvon-martabalar nomlanishi, sulola alomatlari — tamgʻa va boshqa tasvirlari oʻzgarib borishini aniq-tiniq kuzatish mumkin. Biroq shahar hududida Salavkiylar hukmdori Yevtidemning dirhamlariga taqlidan zarb etilgan xazina 1937-yili topilgan xolos.

Buxoro qalʼasidan sharq tomonda uch yoki toʻrt nafar dehqonning (oliy zamindor toifaning) oʻziga xos mustaqil qalʼa-istehkomlari (koʻshklari) negizida asta-sekin shaharning oʻzi — Shahriston shakllanib bordi (maydoni 28—30 gektar). Shahristonga asos solinishi esa Abruyning zulmi tufayli Buxorodan Turkiston va Tarozga koʻchib ketgan buxorolik dehqonlarning iltimosi bilan 560—580-yillarda qoʻshinlari bilan shaharga kelgan turk hukmdori Sheri Kishvar nomi bilan bogʻliq holda talqin etiladi.

VII asrda, arablar istilosi arafasida Buxoro vohaning yirik maʼmuriy markaziga aylangan edi. Buxoro qalinligi 18 metrgacha boʻlgan mustahkam devorlar bilan oʻralgan diz — qalʼadan iborat boʻlgan savdo shahri edi. Bidun Buxorxudot esa «tuzilishi jihatidan Katta Ayiq yulduzlar turkumiga oʻxshab ketadigan» bir saroy ham barpo ettirgan. Hukmdor bu saroy darvozalariga oʻz ismi chekilgan temir lavhacha osib qoʻyishni ham buyurgan ekan. Bidun saroyida majusiy ibodatxona, xazina, zindon ham joylashgan edi. Uning gʻarbiy darvozasi „Registon“ deb atalardi. Negaki bu darvoza qum toʻshalgan keng maydonga olib chiqardi. Sharqiy darvoza esa „Goʻriyon“ deb atalar, ana shu «Qabriston darvozasi» ortida tabarruk qadamjo — Buxoroning afsonaviy asoschisi Siyovush qabri joylashgan edi.

Shahristondan tashqarida esa savdo va hunarmandchilik shaharchasi ham shakllangan. Mox bozori tevaragi asosiy iqtisodiy markaz edi. Uning nomi „Majusiylar ibodatxonasi“ degan maʼnodagi soʻzdan kelib chiqqan. Bu ibodatxona Shahristondan tashqarida, uning janubiy darvozalari va Roʻdi Zar anhori oraligʻida joylashgan edi. Roʻdi Zar keyinchalik Shohrud deb atala boshlagan va hozirga qadar ham u shu nom bilan yuritiladi. Shahristonning asosiy alomati boʻlmish Magʻoki Attori masjidi bugungacha saqlangan. Bu joyda bozor qadim-qadim zamonlardan to 1930-yillargacha mavjud boʻlgan.

Arablarning Buxoroga dastlabki yurishlari oʻlja va daromad olish uchun talovchilik tarzidagi hujumlardan iborat boʻlgan.

Buxoroga islom uzil-kesil kirib kelishi VIII asr boshlarida roʻy bergan. Arab xalifaligining Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim (704—715) shaharda doimiy arab qoʻshinini joylashtirdi va mavjud uylarning yarmini arablarga taqsimlab berish toʻgʻrisida buyruq chiqardi. Ayyub ibn Hasanni Buxoroning birinchi arab amiri etib tayinladi. Qutayba islomni qabul qilgan Tugʻshodani taxtga oʻtqazish bilan Buxoroda qadimiy mahalliy sulolalar hokimiyatini saqlab qoldi. Shu tarzda Buxorxudotlar oʻz oʻlkalarida arablar bilan birgalikda hukmdor boʻlib qolishdi.

Aynan Qutaybaning oʻzi 713-yili qalʼada majusiylar butxonasi oʻrnida birinchi jome masjid qurdirdi va shahar aholisiga 2 dirham evaziga har juma kuni ibodatga jamlanishni buyurdi. Registon maydonining shimoliy qismida esa birinchi hayit masjidi — Maʼbad (ibodat joyi) deb nomlangan darvozasi boʻlgan Namozgoh bunyod etildi. Oradan koʻp oʻtmay ana shu Namozgohning shimoliy tarafida musulmonlarning yirik xilxonasi — qabriston ham paydo boʻldi. Banu Hanzaliya masjidi (keyinchalik, chamasi, Ash-Shom deb atala boshlagan) Shahristonning janubi-gʻarbiy qismidagi nasroniylar cherkovi oʻrnida paydo boʻlgan. Aynan shu atroflarda Banu Saʼdiya masjidi joylashgan, shimoli-gʻarbiy tarafida esa Banu Qurayshiya, shimoli-sharqiy tarafida esa Banu Hamdoniya masjidlari makon tutgan. Qisqasi, arablarning quraysh, saʼd, hanzala va hamdon qabilalari Shahristonni egallab olgan edi. Shahristonning janubi-sharqiy tarafida joylashgan, Xin degan aslzoda dehqonga tegishli boʻlgan qalʼa — qoʻrgʻonni esa unga Ahmad nomini bergan Buxoroning birinchi imomi — Ayyub egallab oldi. Shahristondan tashqarida, Mox bozorida joylashgan majusiylar ibodatxonasi esa Magʻoki Attori masjidiga aylantirilgan edi.

Arab qabilalari Buxoro shahriga kelib joylashganidan keyin mahallalar — mavzelar oʻrtasidagi devorlar asta-sekin olib tashlandi, bir qancha vaqt oʻtib, ularning oʻrnida yangi turarjoy binolari paydo boʻldi.

Dastlabki vaqtlarda Buxoroga kelib oʻrnashgan arab qabilalari 750-yili Arab xalifaligida Abbosiylar sulolasi hokimiyat tepasiga kelishini maʼqul koʻrishmadi, oʻsha yili Abbosiylarga qarshi Sharik ibn Shayx Maxri boshchiligida boʻlgan qoʻzgʻolon shundan dalolat beradi. Buxoroning arab hokimiyati vakillari va shahar aholisi qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatladi. Abu Muslim Buxoro va Samarqand hokimi Ziyod ibn Solihni Sharikka qarshi yubordi. Ibn Solih qoʻshinlari qoʻzgʻolonni shafqatsizlarcha bostirdi. Buxoroga oʻt qoʻyildi, shahar uch kun oʻt ichida qoldi. Asirlar shahar darvozalariga osib qoʻyildi. Buxorxudot Qutayba ibn Tugʻshoda 700 Xurosondan shimoldagi qoʻrgʻon aholisi bilan hamjihat Ziyod ibn Solih tomonida jang qildi, biroq keyinchalik u, qoʻzgʻolonni bostirishda faol qatnashganligiga qaramay, islomdan yuz oʻgirganlikda ayblanib, Abu Muslimning koʻrsatmasiga binoan qatl etildi.

VIII asrning uchinchi choragida arablar Buxoroda hukmronligi nomigagina boʻlib qolgan Buxorxudotlarni siqib chiqardi, oʻz hokimiyatini toʻliq mustahkamlab oldi.

Buxorxudotlar Buxoroni Abbosiylarga qarshi oʻz kurashining tayanchi qilib olgan Hoshim ibn Hakim (Muqanna) tomonida boʻlishgan. Bu kurashga Mavoli Tagif, Yusuf Garm boshchilik qilishgan. Muqannaning buxorolik muridlari asosan Narshax qishlogʻida toʻplanishgan.

Muqanna qoʻzgʻoloni bostirilganidan keyin Musayb ibn Zuhayr hukmronligi davrida 782-yili Varaxshada Muqanna qoʻzgʻolonini qoʻllab-quvvatlagani uchun soʻnggi Buxorxudot Bunyod oʻldirildi. Binobarin, Buxoroda bir necha yuz yilliklar davomida hukmronlik qilgan Buxorxudotlar sulolasi, ayni vaqtda Buxoro tarixidagi islomgacha boʻlgan davr Bunyodning oʻlimi bilan nihoyasiga yetdi. Oʻshandan boshlab sulola yoʻqotib yuborilmagan boʻlsada, amalda siyosiy hokimiyatdan mahrum boʻldi.

Tarixdan maʼlumki, mahalliy, arab boʻlmagan zodagonlar vakillaridan biri — Tohir ibn Husayn Xuroson noibi etib tayinlangan va Xuroson hamda Movarounnahrni egallagan Tohiriylar sulolasining (821—873) asoschisi boʻlib qolgan.

Soʻnggi Tohiriylardan biri Husayn ibn Tohir 874-yili Xorazmdan chiqib, Buxoro vohasi tomon yoʻl oladi va besh kunlik qamaldan keyin Buxoroni qoʻlga kiritadi. Uning qoʻshinlari tomonidan qilingan beboshlik sababli, shaharning kattagina qismi yonib ketadi, buxoroliklar qoʻzgʻolon koʻtarib, Husaynni qochishga majbur qiladilar. Undan keyin Buxoroni keyinchalik mashhur boʻlgan Somoniy amir Ismoil ibn Ahmad boshqara boshladi. Shundan nafaqat shahar, balki butun Markaziy Osiyo tarixida yangi davr boshlandi.

IX asr oʻrtalarida, aniqrogʻi, Tohiriylar sulolasi Xurosonda noiblik qilgan yillarda Buxoro shahri tevaragida tashqi devor barpo etildi. Uning hududiga esa Qalʼa, Shahriston, Mox bozori, Namozgoh va uning shimol tarafida joylashgan qabriston, Koʻshki Mugʻon, Buxorxudotlar avlodlari va shaharliklarning oʻzlari yashab turgan manzillarga tutash chekka yerlar kirgan edi. Aytib oʻtilgan tashqi devor sarhadida shaharning umumiy maydoni 700 gektardan ortiqroq boʻlgan. Shahar imoratlari egallagan maydonlar Somoniylar hukmronligi davrida eng katta koʻrsatkichga erishgan, XIII asr boshlarida esa keskin ravishda qisqarib ketgan, xullas, oʻsha kezlarda imoratsozlik va bunyodkorlik ravnaq topgan edi.

Har holda bu davrga kelib Qalʼa — Koʻhandiz (Eski qalʼa), Shahriston — Shahri darun (Ichkari shahar) yo Madina (arabchadan shahar), ana shu shahar unsurlari hududidan tashqi devorlari ichkarisida boʻlgan qismlar Shahri berun (Tashqari shahar) yoki Rabot deb atala boshlagan edi. Shahar tashqi devorida esa 11 ta darvoza oʻrnatilgan edi.

IX asr boshlarida Movarounnahrda Tohiriylar oʻrnini Somoniylar sulolasi egalladi.

Somoniylar sulolasi asoschisi Somonxudot nevaralari oʻz boshqaruviga olgan Movarounnahr viloyatlari orasida Buxoro yoʻq edi. Faqat yarim asr oʻtgach, 874-yilda Somonxudotning 25 yoshli avarasi, keyinchalik mashhur boʻlib ketgan Ismoil ibn Ahmad Buxorodan Husayn ibn Tohir quvilganidan soʻng bu yerda qaror topdi. Ismoil Somoniyning koʻtarilishi shu yerda boshlandi. 892-yili u butun Movarounnahr hukmdori boʻlib qoldi.

Ismoil Somoniy taxtga oʻtirishidan ancha oldin Buxoro vohasi atrofiga anchagina uzun boʻlgan Kanpir devor nomli devor oldirilgan edi. Uni risoladagidek saqlab turish uchun katta mablagʻ va kuch talab qilingan. Ismoil Somoniy vaziyatni qatʼiy oʻzgartirdi va qonuniy faxr bilan: „Men tirik ekanman, men — Buxoro devoriman“, deb xitob qilgan.

Keyingi yillarda u Tarozni (hozirgi Janubiy Qozogʻistonda), Gʻarbiy Afgʻoniston, Sharqiy va Markaziy Eron yerlarini oʻz saltanatiga qoʻshdi. Ulkan Somoniylar davlati shu tarzda barpo etilib, taxminan oʻsha sarhadlarda X asr oxirlarigacha yashab keldi. Ismoilning mehri tushgan Buxoro oʻz tarixida ilk bor katta saltanatning poytaxti boʻlib qoldi.

Qoʻlyozma manbalar, shu jumladan Somoniylar hukmronligi davrida yozilgan Muhammad Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asarida keltirilgan maʼlumotlar aynan Ismoil Somoniy Buxoroni davlat poytaxti qilganiga hech bir shubha tugʻdirmaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, Ismoil zarb ettirgan Buxoro tangalaridan birontasi bizgacha yetib kelmagan. Olimlarning taʼkidlashlaricha, Ismoil poytaxt Buxoroda mustaqil musulmon davlati podshohining oʻz nomidan tanga zarb etishdek eng muhim va nufuzli huquqidan biron marta foydalanmagan. Movarounnahrga hukmdorlik qila boshlaganidan keyin u oʻzining bu huquqini Samarqandda amalga oshirgan. Olimlar Somoniylar davrida Samarqand maydoni, kattaligi va boyliklari boʻyicha Buxorodan ustunligini hisobga olib, Ismoil davrida Samarqand oʻziga xos rasmiy poytaxt, Buxoro esa — amaliy poytaxt rolini oʻynagan, yaʼni tanga zarb etish shaharning rasmiy mavqeini, qoʻlyozma anʼanasi esa amaliy mavqeini ifoda etgan degan xulosaga kelishgan. Ismoil Somoniydan keyin Buxoroda ham muntazam tanga zarb etildi, chamasi u endilikda rasmiy poytaxt boʻlib qolgan.

Shahar Somoniylar davrida, tarixan, toʻrt qismga ajratilgan boʻlib, mazkur qismlar bugungi kunda ham relyef jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Bu qismlar orasida eng mustahkami Koʻhandiz (Ark qalʼasi) edi, u xom gʻishtdan terilgan juda baland va qalin devor bilan oʻralgan, deyarli yoʻlab boʻlmasdi. Ana shu devorning butun tevaragi boʻylab pishgan gʻishtdan oʻziga xos «yopinchiq» qadamalar kiydirilgan. Qalʼa maydoni esa uning tashqi devorlari boʻylab taxminan 3,5—3,8 gektarni tashkil etardi. Bu yerda qabulxona, xazina, ulkan kutubxona (yosh Abu Ali ibn Sino shu yerda shugʻullangan), zindon va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan edi. Arkning gʻarbiy etagida kattagina Registon maydoni boʻlib, unda 10 ta davlat boshqarmalari — devonxona binosi qad koʻtargan. Xuddi shu yerda saroy qurilgan boʻlib, Buxoroga X asr oxirlarida kelgan Muqaddasiy musulmon olamida bundan muhtashamroq saroyni koʻrmaganligini taʼkidlaydi. Registonda, shuningdek, hayit namozlari oʻqiladigan iydgoh — musallo ham boʻlgan, ammo Somoniylar davrida shahar aholisi shu qadar koʻpaydiki, natijada eski musalloga barcha namozxonlar sigʻmay qoldi. 971-yilda qalʼadan yarim farsax (3—4 kilometr) masofada yangi musallo qurildi. Yana bir hukmdor saroyi Joʻyi Moʻliyon kanali sohilida qad koʻtardi.

Arkdan sharq tomonda mustahkamlangan Shahriston joylashgan. Unda binolar zich qilib qurilgan, chuqur handaq va yettita darvozaxonasi boʻlgan mustahkam devor bilan oʻrab olingan edi. Ulardan ayrimlari esa zamon silsilasida oʻzgarib turgan bir qancha nom bilan atalgan. Sharqiy devorda Mox darvozasi (Bozor, Madina, Shahriston, Attoron), Koʻhandizga qaragan gʻarbiy devorda esa Banu Saʼd yoki Saʼdobod, Banu Asad (islomdan avvalgi nomi Muhra), Koʻhandiz, Haqroh (Xokroh) yoki Hufra (yer osti tonneli — lahm) singari toʻrtta darvoza, shimoliy devorda Nur darvozasi, X asrning oʻrtalaridan boshlab Mansur darvozasi, sharqiy devorda esa Samarqand ichki darvozasi yoki Nav darvozasi joylashgan edi. Shahar tashqarisi — rabot ham devor bilan oʻralgan va ichki hamda tashqi rabotlarga boʻlingan.

Buxorodagi Somoniylar davri inshootlaridan faqat Somoniylar maqbarasi — Markaziy Osiyodagi eng koʻhna musulmon meʼmoriy inshooti va butunlay pishiq gʻishtdan koʻtarilgan ilk binogina bizning davrimizgacha saqlanib keldi.

Ark va Shahriston oraligʻida, Jome masjidi yaqinida katta toʻqimachilik korxonasi joylashgan boʻlib, unda ajoyib matolar, gilamlar toʻqilgan. Uning mahsulotlari Suriya, Misr va Rumga (Kichik Osiyo) olib borilgan.

Poytaxtning imtiyozli sharoiti, podshoh saroyining boy va serhashamligi, koʻpincha Somoniy amirlarning oʻzlaridek fanga, sanʼatga homiylik qiluvchi davlatmand kishilar — mesenat tarzida namoyon boʻluvchi toʻralarning koʻpligi — bularning bari Buxoroda fan va madaniyat ishtiyoqmandlarini jalb etdi. Shu boisdan Somoniylar Buxorosi „shon-shuhrat makoni, davrining buyuk kishilari yigʻiladigan joy“ hisoblangan. Arab tilida yozuvchi oʻn va yuzlab shoirlar Somoniylar davrida Buxoroda ijod qildilar. Fors-tojik sheʼriyati sohasidagi muvafaqiyatlar, avvalo, Somoniylar vaziri Balʼamiyning himmati va homiyligidan foydalangan buyuk Rudakiy nomi bilan bogʻliq. U Buxoroda fors tilida sheʼr bituvchi eng yaxshi, lekin yagona shoir emas edi.

Buxoroning Afshona qishlogʻida tavallud topgan buyuk tibbiyot sohibi, faylasuf Abu Ali ibn Sino Somoniylar davlati poytaxtida yashagan olimlar orasida eng mashhuri edi.

Somoniylar davridayoq Buxoro oʻtmishiga bagʻishlangan asarlar paydo boʻla boshlaydi. Shunday asarlardan biri Narshax fuqarosi Muhammad Narshaxiy tomonidan Somoniy Nuh ibn Nasr uchun yozilgan „Buxoro tarixi“ asaridir. Katta shuhrat qozongan ana shu asar keyinchalik (XIX asrga qadar) bir necha bor qayta ishlandi, qisqartirildi va toʻldirildi, qayta-qayta koʻchirildi.

Somoniylar davlatining yuqori lavozimli amaldorlari (masalan, Balʼamiy va Jayhoniy) faqat fan va sanʼat homiysi boʻlibgina qolmay, ayni vaqtda Buxoroning ijodiy hayotida ham bevosita ishtirok etganlar.

Somoniylar davridayoq Buxoro yirik diniy ilmlar markaziga aylanib, islom tayanchidek buyuk sharafga muyassar boʻldi. IX asrning mashhur hadisshunosi, Buxoro nomini butun musulmon olamiga sharaflantirgan Imom al-Buxoriy ham aynan Buxorodandir. Somoniy amirlar ulamolarni shu qadar yuksak qadrlar edilarki, barcha fuqarolardan faqat ulargina hukmdor oldida yerni oʻpishdek tahqiromiz udumdan ozod etilgandi. Aynan Buxoroda X asrda birinchi Farjok madrasasi ochilgan.

Oʻrta asrlar muarrixlari asarlarida Buxoro, haddan tashqari koʻp ishlatiladigan taʼbir bilan aytganda, «bir-biriga zid manzaralarga boy bir shahar» sifatida kishi oldida namoyon boʻladi. Keng koʻchalar, xushifor hammomlar, chiroyli bozorlar, muazzam masjidlar, adolatli sultonlar, shahar aholisi farovon yashashi va savodxon ekanligi, yaxshi va sifatli oziq-ovqatlar isteʼmol qilinishi singari bir qator ijobiy holatlar barobarida peshayvoni boʻlgan choʻpkori imoratlar va tor uylar shaharda nihoyatda zich qurib tashlangani, turar joy qimmatligi, quduqlarning suvi shoʻrligi, havo yetishmaydigan savdo rastalari, axlat toʻlib ketgan ariqlar, tez-tez roʻy berib turadigan yongʻinlar va hokazo salbiy jihatlar qayd etib oʻtilgan.

X asr oxiri — XI asr boshlarida Somoniylar bilan Qoraxoniylar oʻrtasida kurash jarayonida Buxoro bir necha bor qoʻldan qoʻlga oʻtgan. Koʻp oʻtmay boshlangan Qoraxoniylarning oʻzaro urushlari Zarafshon etaklariga ham bevosita yetib keldi. Movarounnahrning qoraxoniy istilochisi Nasr ibn Ali oʻlimidan keyin ham, bir necha yil badalida (1012—1021) Buxoro necha marta qoʻldan qoʻlga oʻtdi. Koʻp hollarda (ehtimol, barcha hollarda) bu oʻtishlar harbiy harakatlar bilan kechdi, kuch ishlatish va vayronaliklar roʻy berdi. Buxoro, garchi oʻz poytaxtlik mavqeidan mahrum boʻlgan esa-da (Chuy vodiysidagi Bolasogʻun shahri Qoraxoniylar davlatining poytaxti boʻlgan), mamlakat yangi hukmdorining intilishlari uzviy bogʻliq eng yirik markazlardan biri boʻlib qoldi.

Movarounnahrda Ibrohim tomonidan alohida davlat tuzilmasi sifatida barpo etilgan Gʻarbiy Qoraxoniy xoqonligining poytaxti Samarqand boʻlib qoldi. Qatʼiy sunniy mazhabi himoyachisi boʻlgan Ibrohim ibn Nasr bu mazhabdan har qanday chetga chiqqanlarni taʼqib qildi va 1044-yilda (yoki 1045-yilda) Buxoroda shialarni kaltaklatdi. 1056-yilda Iroqdan to Movarounnahrgacha boʻlgan ulkan hudud dahshatli ochlik balosiga uchradi, shundan keyin oʻlat tarqalib, Buxorogacha yetib keldi.

Bu davr musulmon ruhoniylari, ayniqsa Samarqand va Buxoro ruhoniylarining taʼsiri va qudrati orta borishi bilan eʼtiborga sazovor. Samarqand xoni Ahmad ular bilan kurashda 1095-yili halok boʻldi. Ana shu kurashning ilk bosqichida 1069-yili uning oʻtmishdoshi Shamsulmulk Buxoroda juda eʼtiborli kishilardan biri boʻlgan imom Ismoil as-Safforni qatl ettirdi. XII asr boshlarida Sulton Sanjar oʻziga xos Burxoniylar yoki sadrlar sulolasining asoschisi boʻlib qolgan boshqa oilaning aʼzosi Imom Abdulazizni Buxoro shahri raisligiga (hokimligiga) tayinladi. Garchi ular XIII asr boshlanishiga qadar Qoraxoniylarga boʻysunishgan boʻlsa-da, oʻz qoʻllarida Buxoro vohasi ustidan ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatni jamlashdi. Sulolaning ikkinchi aʼzosi Abdulazizning oʻgʻli Umar 1141-yili Qatvon jangida qatnashib, urushdan keyin qoraxitoy gurxon tomonidan qatl qilindi. Shunga qaramay, qoraxitoylar uning oʻrniga Ahmadning ukasini tayinlashdi. XIII boshlariga kelib haddan tashqari boyib ketgan sadrlar shia savdogarining oʻgʻli tomonidan boshqarilgan qoʻzgʻolon vaqtida quvib yuborildi. U shaharni egallagach Malik Sanjar deb ataladigan boʻldi. Buxoro esa qisqa vaqt mustaqillikka erishdi. 1207-yili Muhammad Xorazmshoh Buxoroni zabt etdi va uni oʻzinig ulkan saltanatiga qoʻshib olib, bu yerga sadrlarni qaytardi.

Garchi Somoniylarning taxtdan ketishi tufayli Buxoro oʻzining ilgarigi siyosiy markazlik mavqeini yoʻqotgan boʻlsada, XI—XII asrlarda uning ahamiyati hali nihoyatda yuqori edi, koʻpgina qoraxoniylar u haqda gʻamxoʻrlik qilishdi. Buxoro chekkalarida qishni oʻtkazgan Shamsulmulk oʻz lashkarlariga oʻlim jazosi qutqusi bilan quyosh botganidan keyin shahar ichida qolishni man etdi, buning asosiy boisi shaharliklarni ehtimoliy zoʻravonlikdan qutqarishdir. U Buxoro tevaragida Shamsobod qoʻriqxonasini barpo ettirib, saroy, bogʻ, yaylov va hayvonot bogʻi tashkil qildi, shaharning oʻzida esa 1069-yili yangi jome masjidi qurdirdi. Shamsulmulk vorislaridan biri Buxoroda yana muhtasham qasr qurdirdi. Arslonxon Muhammad (1102—1130) bu yerda ayniqsa koʻp qurilishlar qildi. U qoʻrgʻonni va shaharning tashqi devorlarini tikladi. Yangidan minorali muhtasham jome masjidi, ikkita hammom, ikkita saroy qurdirdi. Ana shu saroylardan biri keyinchalik madrasaga, shahardan tashqari namozgohga aylantirildi. Mazkur inshootlardan Namozgoh, aniqrogʻi uning pishiq gʻishtdan koʻtarilgan va sernaqsh bezatilgan mehrob devori, shuningdek jome masjidining minorasi — Arslonxon minorasigina (Minorai Kalon) saqlanib qolgan. U hozirga qadar Buxoroning goʻyoki betakror ramzi sifatida saqlanib kelmoqda. Magʻoki Attori masjidi ham XII asrga oid boʻlib, uning peshtoqi oʻsha davr meʼmoriy bezagining butun boyligi va xilma-xilligini namoyon etadi. Buxoro sadrlaridan biri ham bunyodkorlik sohasida oʻzidan unutilmas esdalik qoldirdi. XII asr oxirida uning koʻrsatmasiga binoan Buxoro yaqinidagi Vobkentda hozirda shu shahar nomi bilan atalivchi minora qurildi.
 

Oʻsha kezlari Buxoroda roʻy bergan voqealar manbada shunday bayon etilgan: „Jome masjidiga moʻgʻullar kirib olib, uni murdor qildilar, Qurʼon kitoblari masjid hovlisiga uloqtirib yuborildi, ular saqlab kelingan sandiqlardan moʻgʻullar otlarini boqish uchun oxur sifatida foydalanishgan, imomlar, shayxlar va sayidlar, ulamo va mujohidlar otxonada otboqarlik qilishga majbur etilgan“. Chingizxon davlatmand kishilarning roʻyxatini tuzishni buyurdi, unga 280 kishi kiritildi; ularni oʻz boyliklarining barchasini topshirishga majbur qilishdi va shahardagi badavlat xonadonlarni aniqlash, ularni boyliklarini musodara qilish uchun kishilar belgilandi.

Soʻng odatdagi moʻgʻul anʼanasiga koʻra, barcha aholi shahardan tashqariga chiqarildi va Buxoro shafqatsizlarcha talon-taroj qilindi. Shaharda kuchli yongʻin chiqib, deyarli hamma narsa yonib kul boʻldi. Masjidlarning talon-taroj qilinishi, moʻgʻul lashkarlarining asirlarni tahqirlashi, shaharliklar koʻzi oʻngida ayollarni zoʻrlash buxoroliklarning sabr kosasini toʻldirdi: bir qator ruhoniylar, shaharlik olimlar qoʻlda qurol bilan oʻz vatandoshlarini himoya qilishga otlandilar, ammo ular darhol qirib tashlandi. Bular orasida mashhur sufiy Rukniddin Imomzoda va uning oʻgʻli qozi Sadriddinxon, sadr Majdiddin Masʼud va boshqalar bor edi. Moʻgʻullar istilosi davrida sufiy vakillari ommani boshqalarga qaraganda ancha qatʼiy tarzda, qoʻrqmay moʻgʻullarga qarshilik koʻrsatishga daʼvat etishdi.

Moʻgʻullar juda koʻp Buxoroliklarni qirb tashlash bilan bir qatorda, koʻp buxorolik yigitlarni Samarqand va boshqa shaharlarni qamal qilish uchun olib ketishdi. Hunarmandlar, yosh ayollar va bolalarni qulga aylantirib, moʻgʻul shahzodalari lashkarlariga boʻlib berishdi. Buxoro shu darajada vayron etildiki, Ibn al-Asirning taʼbiricha, „xuddi shahar kecha boʻlmagandek“ edi. Oʻsha  davr muallifi taʼbiri bilan aytganda, „keldilaru yemirdilaru yondirdilaru oʻldirdilaru taladilaru ketdilar“.

Istilo natijasida aholi soni keskin kamaydi, minglab shahar va qishloqlar vayron etilib, bir umrga qayta tiklanmadi, feodal jamiyatda quldorlik tuzumi vujudga keldi, iqtisodiyot butunlay yemirildi. Hududiy jihatdan Movarounnahr Chingizxonning uchinchi oʻgʻli Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirdi.

Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan Buxoro keyinchalik 1238, 1263, 1273—1276-yillarda ham qattiq buzgʻunchilik va vayronkorlikka mubtalo etildi.

Shunday qilib, shahar bir necha bor qirgʻin va talon-taroj qilinib, aholisi haydab ketilganligi va shaharga oʻt qoʻyilganligiga qaramay, Buxoro asta-sekin qaddini rostlay bordi. Bunga uning faqat Buyuk ipak yoʻli chorrahasida anʼanaviy joylashgan yirik savdo, hunarmandchilik va madaniyat markazlaridan biri sifatidagi mavqeigina emas, balki bu davrga kelib uning maʼnaviy-diniy markaz, musulmon olamining Sharqiy Makkasi sifatida uzil-kesil qaror topganligi ham katta imkon berdi. Shuning uchun moʻgʻul hukmdorlarining ogʻir yillarida ham Buxoro Movarounnahrning yirik iqtisodiy va siyosiy markazi — ikkinchi poytaxti boʻlib qolaverdi.

Buxoro va uning viloyatining barcha mehnatkash ommasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan qoʻzgʻolon ancha muvaffaqiyatli boʻldi. Qoʻzgʻolonni bostirish uchun yuborilgan moʻgʻul qoʻshinlari tor-mor keltirilib, 10 mingga yaqin kishisidan ajraldi. Biroq qoʻzgʻolonchilar jangda oʻzlarining ikki nafar yoʻlboshchilarini qurbon berishdi, buning oqibati oʻlaroq keyingi olishuvda qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchradilar. Qoʻzgʻolon shafqatsizlarcha bostirildi.

Shaharning Chingizxon tomonidan tayinlangan birinchi moʻgʻul hokimi Buka Numa edi, ammo oliy Oʻqtoyxon hukmdorligi davridayoq butun hokimiyat toʻla-toʻkis ijarador Mahmud Yalavoch Xorazmiyga oʻtdi. Juvayniyning soʻzlariga qaraganda, Mahmud Yalavoch va uning oʻgʻli Masʼudbekning farogʻatli hokimligi tufayli mamlakat moʻgʻullar vayronidan butunlay tiklandi. Buxoro buyuk rivojlanish darajasiga yetdi, binobarin, bironta musulmon shahri aholi soni, omma boyligi va fanning yuqori darajada rivoji boʻyicha Buxoro bilan bahslasha olmas edi.

Mahmud Yalavochning bu yerga kelishi bilan Buxoroning qirgʻin qilinishi toʻxtadi. U soliq undirish vositasida savdo-iqtisodiy faoliyatning yangidan rivojlanishi va uni moʻgʻul qoʻshinlarining takroriy vayronagarchiligidan himoya qilish uchun katta kuch sarfladi. Shu harakatlari tufayli, u keyichalik Chigʻatoy ulusidan soliq yigʻishni boshqarish lavozimidan chetlatildi. Biroq, koʻp oʻtmay, Mahmud Yalavoch oʻrniga moʻgʻullarning oliy xoni Oʻqtoyning talabi bilan uning oʻgʻli Masʼud oʻtqazildi. Masʼud bu lavozimda, kichik tanaffus bilan umrining oxirigacha — 1289-yilga qadar xizmat qildi.

Aytilishicha, Masʼudbek Buxoroni juda sevardi, shu bois u shaharni asta-sekin muhtasham binolar bilan goʻzallashtirdi. Shulardan biri Masʼudiya madrasasidir. Uning davrida Buxoroda Chingizxonning oʻgʻli Tuluyning bevasi, nasroniy diniga eʼtiqod qilgan Munkexonning  (1251—1259) volidasi Suyurkoʻkteni beka mablagʻi hisobidan Xoniya madrasasi bunyod etilgan. Har ikki madrasa Registonda joylashib, ularning har birida, goʻyoki, 1000 ga yaqin talaba tahsil koʻrgan, ajoyib kutubxonalari ham boʻlgan. Xoniya madrasasining mudarrisi va mutavallisi mashhur ilohiyotchi olim, Najmiddin Kubroning muridlaridan biri, Kubroviylik tariqatining davomchisi Sayfiddin Boharziy edi.

Hulokuning oʻgʻli Abaqaxon 1273-yilda Buxoroga qoʻshin yuborib, aholini Xurosonga koʻchirishni yoki shaharda qirgʻin oʻtkazishni buyurdi. Buxoro 1273-yil 22-yanvarda Hulokuiylar tomonidan egallandi. Hatto Chingizxon shaharga bostirib kirganda kuzatilmagan darajadagi qirgʻinbarot va talon-taroj boshlandi. Bir hafta tinimsiz qon toʻkildi, Masʼudbek madrasasi va undagi koʻplab kitoblar yondirilib, kuli koʻkka sovurildi. Hulokuiylar qoʻshini katta oʻlja bilan shaharni tark etdi. Buxoroga goʻyoki „yordamga“ kelgan 10 minglik Chigʻatoiylar lashkari esa harbiy toʻqnashuvga qaror qilmay, faqat oʻljalarni Hulokuiylar bilan boʻlishishga kelishib olishdi va Buxoroga qaytgach, oʻzlari shaharni talash va qatl etishni davom ettirishdi. Natijada 50 mingga yaqin kishi qirib yuborildi, butun viloyatga tarqalgan moʻgʻul lashkarlari yana 3 yil mobaynida bosqin va vayronlikni davom ettirishdi. Shunday qilib, Buxoro shahri va viloyati butkul vayron qilinib, xarobaga aylantirildi, natijada, shahar keyingi 7 yil davomida hayotdan mahrum boʻldi. Keyinchalik 1280-yilarda ijarador Masʼudbek shaharga aholini koʻchirib kelib, uni tiklash borasida katta kuch sarfladi. 1282—1283-yillardan eʼtiboran bu yerda hatto kumush tangalar muntazam ravishda zarb qilina boshlaydi. Masʼudiya madrasasi tiklanib, keyinchalik, 1289-yili bu yerga Masʼudbek dafn etildi.

XIII asrning 2-yarmidan boshlab muhtasham meʼmorchilik obidalarini bunyod etish ishlari qayta tiklandi. Buxoroning sharqiy chekkasida, ilgarigi Qarshi darvozasi ortida, Fathobod degan joyda barpo qilingan ikki maqbara (Sayfiddin Boharziy va Bayonqulixon maqbaralari) bizning davrimizgacha saqlanib qolgan eng mashhur obidalardandir. Ulardan biri 1261-yili vafot etgan Kubroviya tariqatining mashhur shayxi Sayfiddin Boharziy qabri ustida bunyod etilgan boʻlsa, ikkinchisi, ushbu binoning yonida, gʻarb tomonida 1358-yili vafot etgan va oʻz shayxi goʻri yoniga dafn etilishini vasiyat qilgan Chingiziylardan biri — Bayonqulixonning qabri usdida qurilgan.

Soʻz yuritilayotgan davrda bunyod etilgan yana bir noyob yodgorlik Buxoroning Saloxxona darvozasidan 200 metr janubi-sharqda joylashgan Boboyi Poradoʻz maqbarasidir. Yodgorlik bizning davrimizgacha XIX—XX asrlarda qayta qurilgan holda yetib kelgan, lekin arxeologik tadqiqotlar vaqtida olingan nafis oʻyma meʼmoriy terrakota namunalari bu obidaning XIV asrning ikkinchi choragiga mansubligini koʻrsatadi.
 

Amir Temur va Temuriylar hukmronligi  davrida Buxoro Movarounnahrning iqtisodiy va madaniy markazi sifatida oʻz ahamiyatiga koʻra, ikkinchi oʻrinni egallab keldi, diniy-maʼnaviy taʼsir jihatidan esa yanada kuchliroq yetakchilik qildi. U shuningdek, „Islom dinining gumbazi“ („Qubbat ul-islom“), nufuzli shariat va tasavvuf ilmi namoyandalari vatani va ziyorat maskani boʻlib qolaverdi. Amir Temurning solnomanavis kotibi Hofizi Abru Somoniylar davridagi shon-shuhratga burkangan Buxoroni tasvirlab beradi, oʻziga zamondosh shahar haqida esa qisqacha qilib shunday deb yozadi: „Garchand oʻtgan zamon bilan taqqoslaganda mavjud narsalarning oʻndan biri ham qolmagan boʻlsada, boshqa dongdor shaharlar bilan qiyoslaganda, oʻz zamini serhosilligi va tinch-farovon turmushi bois Buxoro shahrini „jannat bogʻi“ deya atash mumkin“.

Buxoro shahrida Amir Temur davrida barpo etilgan ayrim binolar saqlanib qolgan. Uning nomidan Namozgoh mukammal taʼmirlangan, Masjidi Kalon qayta tiklangan va Hazrati Imom xilxonasida xonaqo qurilgan, Amir Hajjoj ismli shaxs esa qadimiy ziyoratgoh ustida Chashmai Ayyub maqbarasini bunyod etishga (yoki taʼmirlashga) bosh-qosh boʻlgan.

Kastiliya (Ispaniya) elchisi Ruy González de Clavijo Amir Temur saroyiga kelgan elchilar bilan 1404-yil kuzida vataniga qaytayotganida Buxorodan ham oʻtganini tilga oladi: „Boyar (Buxoro) degan bir shaharga yetib keldik. U keng tekislikda joylashgan, paxsa devor va suv toʻla chuqur handaq bilan oʻralgan ekan. Bir chekkasidagi qalʼa ham paxsadan qurilgan, negaki bu zaminda toʻsiqlar va devorlar qurish uchun tosh yoʻq, qalʼa yaqinidan daryo oqib oʻtadi. Shahar atrofida katta yerlar bor, u yerda ham katta-katta imoratlar qurilgan. Shahar non, goʻsht, sharob va shu kabi yeguliklarga boy va bu yerda boshqa koʻplab tovarlar ham mavjud. Bu shaharda elchilar oʻzlariga kerakli hamma narsani oladilar, bu yerda ularga otlar ham berishdi“.

XIV—XV asrlar chegarasida taniqli soʻfiy, Bahouddin Naqshbandning muridi Xoja Muhammad Porso Buxoroda xonaqoh, hammom, madrasa barpo ettirdi, katta Xoja bozoriga asos soldi. Xoja Muhammad Porso madrasasida ulkan kutubxona joylashgan, unda yigʻilgan qoʻlyozma kitoblar orasida XII asrda koʻchirilganlari, eng qadimiylari ham bor edi. Amir Temurning vorisi — Shohrux Mirzo buxorolik shayxlar, shu jumladan, Xoja Muhammad Porso bilan koʻpincha „musulmonlar ishini tartibga solish maqsadida“ maslahatlashib turardi.

Mirzo Ulugʻbek oʻldirilgandan soʻngra Movarounnahrdagi Temuriylar davlatiga avvaliga Sulton Abusaid Mirzo, keyin esa Sulton Ahmad Mirzo hukmdorlik qilishdi. Ular davlat boshqaruv ishlarini oʻz murshidi — naqshbandiya tasavvuf tariqati peshvosi Xoja Ahror Valiy rahnamoligi ostida amalga oshirgan edi. Buxoroda esa Temuriy sultonlar nomidan temuriy Tarxonlar hokimiyat yuritardi. Tarxonlarning shahardagi faoliyati izlari hozircha aniqlangani yoʻq. Faqat shu narsa aniqki, Buxoroda ikkita hammom Xoja Ahrorga qarashli boʻlgan, ulardan tushgan daromad muassisi, uning avlodlari va Samarqandda oʻzi asos solgan Xoja Ahror madrasasi foydasiga kelib tushar edi.

XVI asrda, Shayboniylar oʻzbek sulolasi hukmronligi davrida, Markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida Buxoroning mavqei ancha ortdi. Buxoro shahri avvalboshda uluslardan biri markazi maqomida, keyin esa butun boshli davlat poytaxti maqomida boʻlib keldi.

Buxoro tarixi, madaniyati va meʼmorchiligida Shayboniylar sulolasining uch vakili alohida oʻrin tutadi. Ubaydullaxon (otasi Mahmud Sulton oʻlimidan soʻng Buxoroni boshqargan, 1533—1540-yillarda esa butun oʻzbeklar xoni — Oliy hukmdor boʻlgan) — Shayboniyxon (1500—1510) halok boʻlgandan keyin oʻzaro urushlarga chek qoʻygan va Buxoro binolarini tiklashga bor kuch-gʻayratini sarflagan sarkarda va bahodir. Uning davrida Buxoroning siyosiy va iqtisodiy markaz sifatidagi mavqei ancha kuchaydi va shahar davlat poytaxti vazifasini oʻtay boshladi. XVI asrning birinchi yarmida Movarannaxrda eng muhim saroy adabiy doirasining shakllanishi Ubaydullaxon nomi bilan bog’liq. U Ubaydiy adabiy taxallusi bilan turkiy, fors va arab tillarida sheʼrlar ham yozgan. Uni shaxsan bilgan zamondoshlarining xotiralariga qaraganda, bu hukmdor oʻz davrining ilgʻor va yetakchi siymosi boʻlgan. Uning „madaniy saviyasi Temuriylar rahnamolari savodxonlik darajasidan aslo qolishmasdi“ va u „oʻz kutubxonasiga koʻproq eʼtibor berar edi“: u Buxoroda miniatyurada oʻziga xos Buxoro uslubi yaratilgan birinchi kutobxonaning asoschisi hisoblanadi. Uning maʼnaviy-ruhoniy murshidi — murabbiysi naqshbandiya tasavvuf tariqatiga mansub soʻfiy Mahdumi Aʼzam va Shayx Abdulloh Yamaniy — Mir Arab boʻlgan (Ubaydullaxon inʼom etgan mablagʻ hisobiga uning piri Shayx Abdulloh Yamaniy tomonidan Mir Arab madrasasi qurilgan). Ubaydullaxon mohirona Qurʼon oʻqigan va turkiy tilda sharhlar bergan, iste’dodli qo’shiqchi va sozanda edi. U xattotlik bobida 7 ta husnixat usulini, ayniqsa nasx va nastaʼliqni nihoyatda yaxshi egallagan, Qurʼonning bir necha nusxalarini koʻchirib, Makka va Madinaga joʻnatgan.

Shayboniylar davrida davlat poytaxti boʻlgan Buxoro shahri ilm va maʼrifat kishilari jamlangan bir goʻshaga aylandi. Ubaydullaxon davrida Buxorodagi ilmu hunar ahli shunday yuksak bir darajaga erishdiki, bu jihatdan shahar Husayn Boyqaro zamonasidagi Hirotni ham esga solib turar edi.

Ubaydullaxon oʻlimidan keyin Movarounnahrning ikki asosiy shaharida bir vaqtning oʻzida ikki xon: Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon (1540—1550), Samarqandda esa Abdullatifxon (1540—1552) hukmronlik qilishdi. Movarounnahrning boshqa shaharlarida hukmdorlik qilgan oʻzbek sultonlari ularning hokimiyatini nomigagina eʼtirof etishdi.

Ubaydullaxonning oʻgʻli — Abdulazizxon (1533-yildan Buxoroni boshqargan. 1540—1550-yillarda esa Buxoroda davlat hukmdori) ham betakror va isteʼdodli insonlardan biri edi. Zamondoshlarining soʻzlariga qaraganda, Abdulazizxon olim va shoirlar homiysi boʻlgan, „nasx husnixatida ajoyib xat bitar, sheʼr yozish bilan mashgʻul boʻlgan“, Aziziy degan adabiy taxallus qoʻllagan. U mashhur Buxoro kutubxonasiga alohida eʼtibor bilan qarab, unga homiylik qilgan. Bu dargoh saroy madaniy hayotining oʻziga xos markazi boʻlib, Buxoro-Samarqand badiiy xattotlik maktabi shakllanishida katta rol oʻynagan edi. Ana shu maʼrifat dargohi Movarounnahr miniatyura rassomchiligi maktabi shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Aynan Abdulazizxon hukmronligi davrida Buxoroda rekonstruksiya — mukammal taʼmirlash va yangi binolar barpo etish jarayoni boshlangan edi. Bu, ayniqsa, Buxoroning eski bozori joylashgan nuqtalarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Magʻoki Attori masjidi mukammal taʼmirlangan va masjid, hammom va savdo-sotiq timini (chorsuni) oʻz ichiga olgan Sarrofon meʼmoriy ansambli bilan toʻgʻri yoʻl bilan bogʻlangan edi.

Oʻzbek xoni Abdullaxon II hukmronligi davridan boshlab (1557—1598; 1583-yildan Buxoro xonligi hukmdori) Buxoro xonlikning uzil-kesil poytaxti boʻlib qoldi. Bu davrda meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi — Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Koʻkaldosh madrasasi, Modarixon madrasasi va boshqa, Masjidi kalon,  Govkushon majmuasi va boshqa karvonsaroylar, Timi kalon va boshqa rastalar, va boshqa koʻprik va suv omborlari qurildi, sardoba va hammomlar solindi. Xoja Muhammad Porso, yangi Chorsu (1569–70), tim (qarang Abdullaxon timi),  va boshqa qurildi..
Buxoro shahri yangi mudofaa devori bilan oʻraldi. Taʼlim tarbiyaga eʼtibor kuchaydi, har bir mahallada maktab ochildi, baʼzi xonadonlarda uy taʼlimi joriy etildi. Abdullaxon II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma („Sharafnomayi shohiy“) (1584–89), Amin Ahmad Roziyning „Haft iqlim“ (1583) va boshqa ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va boshqa kitob koʻchirish bilan mashgʻul boʻlishgan. Hasanxoja Nisoriyning „Muzakkiri ahbob“ asari Abdullaxon II ga bagʻishlangan.

XVI asrning ikkinchi yarmida Joʻybor shayxlari yerlari (50—60 gektar) shahar sarhadiga qoʻshib olingach, uning yer maydoni 500 gektarga yetdi. Shaharda rekonstruksiya ishlari davom ettirildi, ana shu taʼmirlash va takomillashtirish jarayonida eski toʻkilgan binolar taʼmirlangan yoki butunlay buzib tashlangan va ayrim koʻchalar kengaytirilgan edi. Eski shahar va Yangi shahar bozorlari hududida meʼmorchilik majmualari — masjidlar, hammomlar, karonsaroylar va hokazolarni oʻz ichiga olgan oʻziga xos diniy-ijtimoiy markazlar vujudga keldi. Bozorlar kengayib borishi asnosida turarjoy binolarining siqib, nari surish jarayoni ham yonma-yon kechdi. Yangi turarjoy mavzelari, xonaqoh va masjidlar Buxoro chekkalaridagi odamlar bir mahallar tashlab ketgan maskanlarda bunyod etila boshladi. Abdullaxon II va uning amirlari, ularning orasida eng nufuzlisi Qulbobo koʻkaldosh, naqshbandiya tasavvuf tariqati peshvosi Xoja Islom Joʻyboriy, keyin esa uning oʻgʻli — Xoja Saʼd Joʻyboriy qurilishlarning asosiy donatorlari — homiylari va buyurtmachilari sifatida ish koʻrgan edi.
 

Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqa yashab ijod etgan. Abdullaxon IIning oʻzi ham isteʼdodli shoir boʻlib, „Xon“ taxallusi bilan oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar yozgan. Buxoroda  hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-roʻzgʻor, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻlar va boshqa tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir boʻlgan.

XVI asr tarixchisi, oʻzbeklarning Qatagʻon qabilasidan boʻlgan Muhammad Yar ibn Arab Qatagon Musaxir al-bilad (Mamlakatlarni zabt etish) asarini yozgan. Asarda  Shayboniylar, jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi.

XVII asr — XVIII asrning birinchi yarmida Buxoroda Shayboniylarga qarindosh boʻlgan Ashtarxoniylar (Joniylar) oʻzbek sulolasi hukmronlik qildi.

.

Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi davridagi muttasil urush harakatlari madaniy hayot taraqqiyotiga toʻsqin boʻldi. Adabiyot, sanʼat va boshqa sohalarda bir qancha isteʼdodli olimlar (musiqada Darvishali Changiy va boshqalar) yetishib chiqdi. Adabiy, tarixiy asarlar — „Hayvonnoma“ (Sayd Nasafiy). „Bahr ulasror“ (Mahmud ibn Vali), „Ubaydullanoma“ (Muhammad Amin Buxoriy), „Tarixi Abulfayzxon“ (Abdurrahmon Toleʼ), „Muhit uttavorix“ (Muhammadamin ibn Muhammadzamon Buxoriy), „Subhonqulixon toʻgʻrisida hajviya“ (Turdi) va boshqa Tibbiyot va meʼmorlik bir oz taraqqiy etdi: ashtarxoniylardan Subhonqulixon Buxoroda maxsus shifoxona hamda tibbiyot kutubxonasi qurdirdi. Hashamatli binolar (Abdulazizxon madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi, Bolohovuz masjidi va boshqalar) bunyod etildi. Maktab va madrasalarda asosan diniy fanlar, qisman adabiyot (Navoiy, Fuzuliy, Hofiz, Bedil va boshqalar) oʻqitildi.

Imomqulixon uzaro kurashlarga barham bergan. U atrofiga olimlar va shoirlarni toʻplagan, oʻzi ham sheʼrlar yozgan. Koʻchmanchilar bilan olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan or-tiq hukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatda markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan.

Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakili Subxonqulixon tibbiyot va astrologiyaga oid bir qancha asarlarning muallifi boʻlgan. Uning tibbiyotga oid asari Oʻzbek tilida yozilgan. Uning asari Budapeshtdagi kutubxonada saqlanadi. Subhonqulixon sheʻriyatga ham mehr qoʻygan va Nishoniy taxallusi bilan sheʻrlar yozgan.

XVII asr Buxoro meʻmorchiligida Temuriylar davri anʻanalari yana tiklandi, moʻl-koʻl bezaklarga boʻlgan ishtiyoq qaytdi, ammo shu bilan birga yirik shahar me'moriy ansambllarining rivojlanishining ilgari koʻrsatilgan yoʻnalishi davom etdi. Bu davrda eng faol qurilish Buxoroda oʻzbek hukmdorlari Imomqulixon (1611-1642) va uning jiyani Abdulazizxon (1645-1681) davrida amalga oshirildi.

Amir Haydar hukmronlik qilgan davrda Buxoroda ilm-fan, xususan, tarix va islom ilmlari rivojlangan. Haydar madrasalarda tahsil olib borish uchun Istanbul, Kobul va boshqa shaharlardan koʻplab qoʻlyozma kitoblarni oldirgan. Uning oʻzi muntazam ravishda saboq bergan, madrasalarda dars oʻtgan. Haydar al-Favoid al-alfiya nomli fiqhning xanafiya mazhabiga oid asar ham yozgan. U hukmronligi davrida Buxoroda Chor minor va Xalifa Niyozqul madrasasi (1807), masjidlar, xonaqohlar, hammomlar qurilgan, Xalfa xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan. Buxoroda Haydar onasiga atab maxsus madrasa qurdirgan.

Nasrullaxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxoʻja, Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modorixon, Ismoilxoʻja (1829) Aliy Choʻbin, Mirzo Abdulgʻaffor, Tojiddin madrasalari (1860) qurildi, Xalifa Xudoydod meʼmoriy majmuasining qurilishi yakunlandi (1855). Bu paytda tarixchi Muhammad Mirolim Buxoriy Fathnomai sultoniy (Sulton fathnomasi) asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma boʻlib yetishgan yosh Ahmad Donish Nasrullaxon nazariga tushib, saroyga xizmatga olingan.

Rossiya istilosi davrida bir necha mayda qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. 20-asr boshida Buxoroda 12 ta mahalla, 360 dan ortiq guzar, 250 dan ziyod Madrasa, 390 ta masjid, qariyb 150 ta karvonsaroy, 350 ta hovuz boʻlgan. Buxoro madrasalarida 10 mingdan ortiq talaba oʻqigan. Buxoroda 1920-yillardan boshlab sanoat korxonalarining soni va salmogi ortib bordi. Viloyat hududida gaz va neft konlarining topilishi shaharda yangi sanoat tarmoklarini rivojlantirishga asos boʻldi. Uysozlik, madaniymaishiy xizmat tarmoqlarini barpo etish jadallashdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tubdan yaxshilandi. Xalqaro va mahalliy turizm yoʻlga qoʻyildi.

Buxoro shahrini arxeologik jihatdan faol oʻrganish ishlari 70-80-yillarga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutitining maxsus arxeologik jamoasi (A. R. Muhammadjonov, I. Ahrorov, J. Mirzaahmedov, Sh. Odilov) va Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining Meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash va asrash instituti otryadi (Ye. G. Nekrasova boshchiligida) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi Buxuro viloyati hududida miloddan avvalgi 4-3-ming yilliklardayoq ovchilik va baliqchilik bilan shugʻullangan, toshdan turli qurol va buyumlar yasash mahoratlari yuksak darajaga yetgan neolit davriga mansub qabilalar yashagani aniqlandi. Milolddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Zarafshon daryosi oʻzaniga yaqin yerlarga, ayniqsa uning qad. tarmoqlari (Vobkentdaryo, Mohondaryo, Gujayli va boshqalar) havzalariga chorvadordehqon qabilalar kelib joylashib, ular botqoq yerlarda dehqonchilik qilish bilan birga yaylovlarda chorvachilik bilan ham mashgʻul boʻlganlar. Arxeologlar Qorakoʻl tumanidagi Zamonbobo degan joydan mazkur qabilalar manzilgohlaridan birining qoldiqlarini topib oʻrgandilar. Shu bois bu madaniyat fanda Zamonbobo madaniyati deb ataldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Buxoro vohasida astasekin sunʼiy sugʻorish tarmoqlari va mustahkamlangan qishloqlar vujudga kela boshlaydi. Zarafshon daryosining kad. tarmogʻi — Shoxrud boʻylaridagi dastlabki qishloqlarning, jumladan hozirgi Buxoro shahri oʻrnida boʻlgan qishloqning barpo boʻlishi aynan ana shu davrga toʻgʻri keladi. 70-yillarda Buxoroning eski shahar qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Buxoroni arxeologik jihatdan oʻrganish tarixida birinchi marta materik qatlamga qadar yetib borishga va madaniy qatlamlanish chuqurligi 20 m dan ortiq ekanligini aniqlashga muvaffaq boʻlindi. Mir Arab madrasasi yaqinidagi arxeologik qazishma chogʻida materik qatlam ustida toʻq jigarrang torf qatlami (40-70 sm) borligi, uning ichida esa yovvoyi va xonaki hayvonlar suyaklari qoldiqlari hamda sopol idish va buyumlar parchalari koʻp ekanligi maʼlum boʻldi. Torf qatlami Madrasa tomon tobora qalinlashib borib, bino ostiga kelganda qalinligi 7,5 m ga yetgan. Bu esa qadimda Buxoro hududidan Zarafshon daryosi tarmoqlaridan biri — ilk oʻrta asr manbalarida qayd etilgan „Rudi zar“ („Oltin irmoq“) ning oʻtganligini isbotlaydi. Arxeologik tadqiqotlar keyinchalik qurib qolgan mazkur tarmoqning har ikki qirgʻogʻi boʻylab bir qancha mustahkamlangan qishloqlarning vujudga kelgani va ular Buxoroning eng qadimgi shahar oʻzagini tashkil qilganini tasdiqladi. Shahar oʻzagi 3 qism — „Oltin irmoq“ning oʻng qirgʻogʻida joylashgan ark, yaʼni qalʼa hamda uning oʻng va soʻl qirgʻoqlaridagi qishloqlardan iborat boʻlgan. Bu yerdan topilgan koʻplab ashyoviy dalillar, xususan sopol idish va buyumlar Buxoro tarixining turli davrlari (milolddan avvalgi 1-ming yillikning 3choragidan 20-asr boshlariga qadar) ga oid boʻlib, ulardan 2 tasi milolddan avvalgi 5-asrga taalluqli ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, Buxoro arkida olib borilgan arxeologik qazishmalar vaqtida yana koʻplab yangi va nodir ashyoviy dalillar topildiki, ular shaharning qadimgi tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir. Bu yerda 13-15,5 m, shuningdek 16,5-18,5 m chuqurlikdan 2 ta paxsa devor qoldigʻi topildi. Ular Buxoroning qadimiy mudofaa devori harobalari boʻlib, biri (miloldiy 4-5 asrlar) ning balandligi 2,5–3 m, ikkinchisi (miloddan avvalgi 4-3 asrlar) niki 2-2,5 m.

Hozirgi kunda Buxoro shahrida 30 dan ortiq yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining yarmidan koʻprogʻi Buxoroda ishlab chiqariladi. Korxonalarda asosan mahalliy xom ashyo qayta ishlanadi. Ayrim korxonalar gaz va neft sanoati hamda qishloq xoʻjaligiga xizmat qilishga ixtisoslashgan. Buxoro toʻqimachilik kombinati („Buxoroteks“), qorakoʻl zavodi, zardoʻzlik, pillakashlik fabrikalari, paxta, yogʻekstraksiya, vino, gʻisht, remontmexanika zavodlari, un, goʻsht, uysozlik kombinatlari, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari hamda hunarmandchilik tarmoqlari ishlab turibdi. Shaharda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatadi: „BuxTel“ (Isroil) mayonez, „OmegaSitora“ (Gretsiya) moʻyna buyumlari, „GufikAvitsenna“ (Xindiston) dori-darmon, „Marmar“ (AQSH) qurilish materiallari ishlab chiqaradi. 1996 yilda Buxoroda Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan telefon stansiyalari oʻrnatildi. Buxoroda Oʻzbekiston paxtachilik i.t. institutining filiali, bogʻdorchilik, niholchilik tajriba xujaligi va „Sohibkor“ xoʻjaligi joylashgan.

Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperatura 15, G, iyulniki 29,5°, yanvarniki 0°. Maydoni 0,02 ming km².

Buxoroda 20 dan ortiq yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. 1986 yildan trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyiddi. Xalkaro aeroport Buxoroni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Buxoroda 100 dan ortiq yirik tarixiy meʼmoriy yodgorliklar: Buxoro arki, Somoniylar maqbarasi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Matki Attori masjidi, Namozgoh masjidi, Poyi kalon ansambli, Qalʼadevor qoldiqlari, Minorai kalon, Masjidi kalon, Mir Arab madrasass, Tim va toqilar, Labihovuz ansambli, Ulutbek madrasasi, Chor minor, Bolohovuz masjidi, Sitorai Mohi Xosa ansambli va boshqalar saqlangan. Bular shaharning yangi kismidagi zamonaviy koʻp qavatli binolar (hokimiyat uyi, „Buxoro“, „Zarafshon“, „Varaxsha“, „Guliston“ mehmonxonalari) bilan uygʻunlashib ketgan.

Buxoro yirik ilmmaʼnaviyat, maʼrifat markazlaridan. 1996 yil martdan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimining Buxoro mintaqaviy markazi faoliyat koʻrsatmoqda. 1997 yilda 3 oliy oʻquv yurti (davlat unti, oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, tibbiyot instituti), 5 kollej, 3 akademik litsey, tarix faniga ixtisoslashgan maktab, 47 umumiy taʼlim maktabi, 89 maktabgacha tarbiya muassasalari, 28 ommaviy kutubxona, Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzey koʻrikxonasi, 2 teatr mavjud. „Buxoro haftanomasi“ gaz. chiqadi (adadi 2000).

Buxoro zaminida mashhur, donishmand allomalar voyaga yetgan, oʻqib ijod etgan. Abu Hafsi Kabir Buxoriy (767— 832), Imom al-Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Narshaxiy, Daqiqiy, Rudakiy, Balʼamiy, Abduxolik Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Sayfiddin Boharziy,  Mushfiqiy, Hofiz Tanish Buxoriy, Turdi, Ahmad Donish, Fitrat, Muso Saidjonov, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xoʻjayev, Ibrohim Moʻminov, Jalol Ikromiy shular jumlasidandir.

Buxoro — o‘rta asrning 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o‘zida saqlagan „muzey shahardir“. Koʻp asrlar avval qurilgan Poi Kalon, Qo‘sh Madrasa, Ismoil Somoniy maqbarasi, minorai kalon kabi ansambllar bugungi kungada ham barchaning diqqatida.




#Article 39: Fargʻona (608 words)


Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924-yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M.D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.

Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar Fargʻona soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida Pargʻana, Pragʻana shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida kichik viloyat; fors tillarida togʻ oraligʻidagi vodiy, atrofi berk soylik degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar.

Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi. 1898 yil Samarqand—Andijon temir yoʻl oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891 yilda shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik zavpdi faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Paxta tozalash zavpdi faqatgina temir yoʻl oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899 yilda Yangi Margʻilon shahri aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi.

Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917 yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi. Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud edi.

Undan keyin gidroliz zavodi, 1958 yilda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 1960- yillarda Fargʻonada temirbeton buyumlari, shifer-gʻisht zavodlari, 2 issiqlik elektr markazi qurildi.

Shaharda 2300 dan ortiq kichik korxona, 10 avtokorxona, mahalliy xom ashyodan kimyoviy tola (atsetat ipagi) ishlab chiqaradigan, azot, sovun, gaz apparatlari, neftni qayta ishlash, mexanika, paxta tozalash, konserva zavodlari; uysozlik, moy, sut k-tlari, trikotaj, pillakashlik, poyabzal fabrikaalari, Fargʻonapivo, don mahsulotlari korxonalari ishlab turibdi. 24 qoʻshma korxona (KabulFargʻona, Oʻzsalaman, Ferteks, Yevraziya Tapo Disk, Ferkon va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Sanoat korxonalari, asosan, shahar markazida hamda Qirguli mavzeida joylashgan.

Fargʻona Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. Fargʻonadan 52 km jan.da Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4 madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot instituti filiali, universitet, politexnika instituti, 3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3 akad. litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona, poliklinika, dorixonalar mavjud. Fargʻonadan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gazeta, shahar gazeta (Fargʻona tongi, 1955 yil 29 dekabrda tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gazeta va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta telestudiya faoliyat koʻrsatadi.

Aholisi 250,000. Fargʻona shahriga Margʻilon va Toshloq shaharlari tutashib ketgan. Agar 3 ta shaharni aholisi bilan hisoblasak, 400,000 dan oshadi. Fargʻona shahrining ramzi chinor bargidir.
Fargʻonada Markaziy Osiyodagi eng mashhur futbol jamoasi — «Neftchi» shahar shaʼnini himoya qiladi. «Neftchi» FC 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 7 karra kumush medal sohibi, 2 marta billur sovrin egasi, 1 marotaba Osiyo Chempionlar Ligasi 3-oʻrin sohibi va MDH davlat chempionlari 2-oʻrin sohibidir.

Fargʻonaning iqlimi huddi boshqa vodiylar kabi,континентальный. Qish — yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat +0,2°, Past daraja —25,8 °. Uzoq qor yogʻish davomiy emas. Baʼzi qishning kunlari kun issiq boʻladi. Yoz issiq. Iyulda oʻrtacha harorat +27,4°, Baland harorat +45,2°.

Iyul oyida issiq shamol kuzatiladi asosan gʻarbiy qismida

 




#Article 40: Qozogʻiston (3978 words)


Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi () – Oʻrta Osiyoda joylashgan mamlakat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Nur-Sulton shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Nur-Sulton, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qaragʻandi va Aqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hosoblanadi. Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi.

Qozogʻiston – boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-avgustdagi referendumda qabul qilingan; 1998-yil 7-oktyabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Joʻmart Toqayev), u umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Qozogʻiston agrar partiyasi, 1999-yil yanvarda tuzilgan; Fuqarolik partiyasi, 1998-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston demokratik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Aq jol (Oq yoʻl) demokratik partiyasi, 2002-yil martda tuzilgan; Qozogʻiston „Aul“ („Qishloq“) sotsial-demokratik partiyasi, 2000-yil yanvarda asos solingan; Xalq kommunistik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Qozogʻiston kommunistik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Qozogʻistonning demokratik tanlovi“ xalqpartiyasi, 2001-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston vatanparvarlar partiyasi, 2000-yil tashkil etilgan; Respublika „NurOʻtan“ („NurVatan“) siyosiy partiyasi, 1999-yil yanvarda asos solingan; „Ruhoniyat“ partiyasi, 2003-yil aprelda tuzilgan. Qozogʻiston erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1991-yil avgustda tuzilgan; Qozogʻiston mehnat konfederatsiyasi, 2004-yil 2-martda tashkil etilgan, 1990-yil oktyabrda asos solingan.

Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 4–3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida koʻpgina dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Miloddan avvalgi 3–1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda turgashlar, 766-yil qarluqlar davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766–940) hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo boʻldi. 8–10-asrlarda Qozogʻiston janubda islom dini tarqaldi. 9–11-asrlarda Qozogʻistonning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlari oʻgʻuzlar davlati tarkibida boʻlgan. 8–11-asrlarda shimoli-sharqiy va markaziy hududlarda qimoqlar va qipchoqlar yashagan (bu katta hudud Dashti Qipchoq deb atalgan).

Rossiyaning taʼsiri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qoʻqon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun 20 ming askar yubordi. Oʻsha yilning oktyabrda rus qoʻshinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunogʻoch darasida Qoʻqon xoni askarlarini magʻlubiyatga uchratdi. Natijada Yettisuvning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. 19-asrning 60-yillarida qozoq yerlarining Rossiyaga qoʻshib olinishi tugallandi. Podsho hukumati oʻlkada maʼmuriy islohotlar oʻtkazdi. 1867-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va Toʻrgʻay viloyatlari, Gʻarbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general-gubernatorligi tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi. Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar ovullarga boʻlindi. Barcha yerlar davlat mulki deb eʼlon qilindi. 1867–68 yillardagi islohotlar qozoq jamoalarining barcha tabaqalarida norozilik tugʻdirdi. Natijada mustamlakachilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. U shafqatsiz bostirildi. Qozogʻiston Rossiya sanoati uchun oʻz tovarlarini sotish bozori va xom ashyo bazasi boʻlib qoldi.

Birinchi jahon urushi yillari (1914–18)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorva mollarini ommaviy ravishda tortib olish, soliqlarning koʻpayishi, qimmatchilik, qozoq aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi (1916) aholi orasida gʻalayonlarning avj olishiga sabab boʻldi. 1916-yilga kelib gʻalayonlar Qozogʻistonning butun hududini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi. Ayniqsa, bu harakat Toʻrgʻay viloyatida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralda Qozogʻistonda sovet hokimiyati oʻrnatildi. Qozogʻistoning Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari 1918-yil aprelda tashkil etilgan Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1920-yil 26-avgustda RSFSR tarkibida Qirgʻiziston (Qozogʻiston) ASSR tuzildi. 1920-yil 4–12 oktyabrda Orenburgda boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Sovetlarining taʼsis sʼyezdi RSFSR tarkibida Qozogʻiston ASSR tuzilganligini eʼlon qildi. 1936-yil Qozogʻiston ASSR SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990-yil 25-oktyabrda davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi. 1990-yil 10-dekabrda Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 16-dekabrda respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. 1991-yil 21-oktyabrda MDH tarkibiga kirdi. Qozogʻiston – 1992-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 23-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 16-dekabr – Mustaqillik kuni (1991).

Qozogʻistonning hududi gʻarbda Volga daryosi quyi oqimidan sharqda Oltoygacha va shimolda Gʻarbiy Sibir tekisligidan janubda Tyanshan togʻlarigacha choʻzilgan. Gʻarbda Kaspiy boʻyi pasttekisligi va Mangʻishloq yarim oroli bor; bu yerda dengiz sathidan past botiqlar (mas, Qoragiyo – 132 m) uchraydi. Mangʻishloqdan sharqda Ustyurt platosi (balandligi 340 m gacha) joylashgan. Kaspiyboʻyi pasttekisligi shimoli-sharqda Ural togʻlarining janubiy tarmoqlari va Mugʻojar togʻi bilan chegaralangan. Mugʻojar togʻidan shimoli-sharqda Toʻrgʻay platosi bor. U janubda Turon pasttekisligi (Qizilqum choʻli)ga tutashib ketadi. Orol dengizidan shimolda Katta va Kichik Boʻrsiq qumli choʻllari va Orolboʻyi Qoraqumi joylashgan. Qozogʻistonning markaziy qismini Qozogʻiston past togʻlari (Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray (1565 m), Qarqarali (1366 m), Ulugʻtov (1133 m) kabi alohida togʻ massivlari bor. Qozogʻiston past togʻlaridan janubda Betpaqdala choʻli, undan janubda Moʻyinqum choʻli joylashgan. Betpaqdaladan sharqda katta maydonni egallagan Yettisuv hududi mavjud. Qozogʻistonning sharqi va janubi-sharqida Oltoy togʻlarining janubiy tarmoqlari, shuningdek, Saura, Tarbagʻatay, Jungʻariya Olatovi tizmalari, Shimoliy va Gʻarbiy Tyanshanning ayrim tizmalari joylashgan.

Qozogʻistonda foydali qazilmalardan Mugʻojar togʻi tokembriy va paleozoy burmali va metamorfozlashgan qatlamlari orasida mis kolchedani, Toʻrgʻay bukilmasi zaminida magnetit rudalari (Sokolov, Sarbay va boshqa) hamda qoʻngʻir temirtosh (Qoʻstanay viloyati), qoʻngʻir koʻmir, boksit uchraydi. Qozogʻistonning burmali paleozoy zaminida rudali va noruda foydali qazilmalar (mis, polimetall va boshqalar)ning yirik konlari bor. Shuningdek, toshkoʻmir (Qaraganda, Ekibastuz) va qoʻngʻir koʻmir (Maykuba) konlari mavjud. Mugʻojar togʻining vulkanogen jinslarida xromit, nikel, kobalt, oltin, asbest bor. Qozogʻiston hududida qoʻrgʻoshin, rux, molibden, volfram, fosforit. barit, kadmiy, vismut, profillit, neft, gaz, yonuvchi slanets, marganets, titan, vannadiy, temir, alyuminiy, qalay rudalari, oltingugurt, mirabilit, flyuorit ham bor.

Iqlimi keskin kontinental. Qish shimolda sovuq, markazi va janubda moʻtadil sovuq, chekka janubda yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat shimolda –18 °C, tekislik qismining janubda – 3 °C. Shimoliy va markaziy rayonlarda qishda – 45 °C gacha, janubdada – 35 °C gacha sovuq boʻladi. Yozi shimolda iliq, janubda issiq. Iyulda oʻrtacha harorat shimolda 19 °C, janubda 28–30 °C. Yillik yogʻin dasht va oʻrmonli dashtlarda 250– 400 mm, choʻl va chala choʻlda 100–200 mm. Balxashboʻyi, Orolboʻyi Qizilqumi va Ustyurt janublarida 100 mm dan kam. Togʻ oldi va togʻlarda yillik yogʻin 400– 1600 mm. Janubidagi togʻlarda muzliklar boʻlib, ularning soni 2700 dan ziyod, umumiy maydoni 2000 km2 chamasida.

Qozogʻistonda 85 mingdan ziyod daryo va soy boʻlib, shundan 328 tasining uzunligi 100 km dan ortiq. Daryolarining aksariyati ichki berk havzalar (Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash koʻli va boshqalar)ga oqadi. Tekisliklardan oquvchi daryolarning koʻpi yozda qurib qoladi. Togʻ daryolari sersuv va gidroenergiyaga boy. Asosiy daryolari – Irtish, Ural, Chu, Ili, Sirdaryo. Chordara, Buxtarma, Qopchigʻay va boshqa suv omborlari bor.

Qozogʻistonda 48,3 mingga yaqin koʻl bor; ularning umumiy maydoni 45 ming km2 dan ortiq. Yirik koʻllari: Balxash, Zaysan, Olakoʻl, Tengiz, Sassiqkoʻl, Marqakoʻl va boshqalar.

Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, er osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 – 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim hususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100–150 kub km, suv sathi maydoni – 4000 kv, km ni tashkil etgan.
Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida suʻorilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000-yilga borib 180–200 gGʻl koʻtariladi. Schozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 – 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan erlar 23 ming km² tashkil etadi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlibqoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiy ustyurt va Amudaryo daryosi kabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni – 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi choʻllanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda. Dengiz tubining ochilishi va daryo delütalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida kum, tuz ayrozonalarini shamol yordamida kuchirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga karaganda yiliga atmosferaga 100–150 mln. tonnagacha chang – tuzon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang – tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang – tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1 marta 1875-yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang – toʻzon uzunligi – 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 – 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang – tuz zarrachalaridan umumiy miqdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKRning suʻoriladigan maydonlari chang – tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi. Shoʻrlangan qum tuzlari yili orol boʻyidagi 15 imng ga Yaylovlarni egallabbormoqda. gʻoʻza uchun ajratilgan maydonlar kasallik koʻzgatuvchi zarakunandalar bilan zararlangan. qishloq xoʻjalik maxsulotlari hosili pasayib ketmoqda. Daryoning yuqori oqimidagi hududlarda meliorativ holati yomonlashishi (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Qiziloʻrda) II turkumda erlaning koʻpayishiga olib kelmoqda. Amudaryoning oʻrta oqimi joylashgan. Turkmanistonning suv xoʻjalik tumanlarida murakkab meliorativ holat kelib chiqmoqda. Amudaryo va Sirdaryoning kuyi okimlarida koʻpchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ ahvoli bilan 3 va 4 katigoriyaga mansub erlar hisoblanadi, shurlangan, kuchli shurlangan maydonlar 35–70 % tashkil etadi. Tuproqlarning shoʻrlanishi hisobiga kishlk xoʻjalik maxsulotlari hosili Oʻzbekistonda – 30 %, Turkmanistonda 40 %, Qozogʻistonda – 33 %, Tojikistonda – 1990 Qirgʻizistonda – 20 % pasayib ketdi. Kuchli shurlangan er osti suvlarning joylashishi, chullanishi jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo av Sirdaryo qirgʻoklarini pasayish natijasida daryolarning kuyi qismida suv toshqinlarini aqmaytirib yuboradi. Bu oʻz navbatida toʻqay oʻsimliklari maydonlarini qisqarishiga, ilgari gumusga boy boʻlgan oʻtloqi – botqoqli tuproqlar unumsiz oʻtloq taqir choʻl, qumli tuproqlarga aylanishga olib keladi. Sutemizuvchi hayvonlar qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasalliklarni tarkatuvchi kemiruvchilar bilan tulib bormoqda. Orol boʻyining sanitar – epidemiologik ahvoli nixoyatda ogʻir aholi markazlashtirilgan suv bilan taʼminlash 29–67 % ni tashkil etadi. Aholini yarmi ifloslangan ochiq suv havzalaridan foydalaniladi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosini asosi uni dengiz sifatida saqlab qolish tashkil etadi.Shuni taʼkidlash lozimki Orol oʻz tarixi davomida ilmiy maʼlumotlarga qaraganda koʻp marta oʻz shaklini oʻzgartirganini va qurib qolgani maʼlum. Orol dengizining dastlabki absolyut balandligini tiklash uchun ming kub km dan ortiq suv kerak boʻladi. Orol dengizi muammosi xam diqqatga sazovordir. Orol dengizi 80-yillarda ayniqsa quriy boshladi. Xozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoni umumiy muammosiga aylanib qolgan. Dengiz xozirda „oʻlik dengiz“ deb xisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yoʻq. Dengizning qurigan soxillaridagi toʻplanib qolgan erdagi tuzlar shamol esganda changlar bilan aralashib, inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi.Oʻsha erdagi aholida suv muammosiga duch kelinmoqda.Bundan tashqari deyarli Orol dengizining yarmi qurib qolayotganidan, hech kim qaygʻurmayapti. Orol dengizini tiklashga chet el mablagʻlari ajratilgani bilan oʻsha mablagʻ dengizga xarajat qilinishini xech kim oʻz nazoratiga olmayapti. BUndan kelib chiqadiki mablagʻlar oʻsha erga „etmayapti“. Buni kiska kilib shunday taʼriflash mumkinki, Oʻrta Osiyo mamlakatlarida qurgʻoqchilik vujudga keladi. Buni jahon xamjamiyati va Markaziy Osiyo mamlakatlari „pichoq suyakka qadalganida“ anglab etishadi. Afsuski Orol dengizi qurib qolgandan soʻng bu muammoni echish yoʻllari qidiriladi. Orol dengizining qurishining asosiy sababi bu xoʻjalik ehtiyojlariga ishlatilishi yaʼni paxta, bugʻdoy sugʻorilishiga Amudaryo va Sirdaryodan foydalnganliklari uchun Orol dengiziga suv kam etib kela boshlagan. Shu tufayli Orol dengizi sekin-asta quriy boshlaga

Orol dengizining ahvoli 2000-yilga kelib, ayniqsa, achinarli boʻlib qoldi. Qachonlardir kattaligi jihatdan dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallagan bu dengiz oʻtgan asrning oltmishinchi yillaridan beri tinimsiz quriy boshladi. Amudaryo va Sirdaryo suvlari dengizga bormay, sovet davrida bunyod boʻlgan irrigatsion loyihalarga oqizilishi natijasida, shu bugunga kelib dengizning chorak qismi qoldi, xolos. Oqibatda ekologik halokat va mahalliy aholining ommaviy kasalliklarga chalinishlari yuzaga keldi. Ulkan koʻl qurib borgani sari bu erlarda qishlar yanada qahraton, yozlar esa yanada jazirama va qurgʻoqchil boʻlib ketdi. Ammo Orol dengizining Qozogʻiston hududida joylashgan shimoliy qismi bugunga kelib qayta jonlana boshlagan. Shoʻr koʻlning bu qismini suvga toʻldirish imkoniyati Qozogʻiston hukumati Jahon banki tomonidan ajratilgan 85 million dollar kreditdan foydalanib, uzunligi yigirma kilometr boʻlgan Koʻkorol toʻgʻonini qurganidan keyin mumkin boʻlib qoldi. Natijada dengiz janubiy qismining qurishi davom etmoqda, ammo shimoliy qismining qurishi toʻxtadi. Qozogʻiston hukumatining rasmiy maʼlumotlariga qaraganda, sobiq Orol dengizi shimoliy qismining 40 foizini qayta tiklashga erishildi. Joriy yilning aprel oyi boshlarida Qozogʻiston hukumati dengizda ikkinchi toʻgʻon qurilishi uchun Jahon banki qoʻshimcha 126 million dollar kredit ajratib berayotganini eʼlon qildi. Orol dengizining Qozogʻiston qismi qayta hayotga kelayotgan bir paytda, Oʻzbekistonda dengiz sohillari tobora uzoqlashib bormoqda. Bu sahifada 2005–2007-yil aprel oylarida Orol dengizi holati boʻyicha fotosuratlarini solishtirib koʻrish mumkin.

Tuproqlari shimolda 52° shahrik.gacha qoratuproq, 52–48° shahrik.lar orasida kashtan tuproq, undan janubda qoʻngʻir va boʻzqoʻngʻir choʻl tuproqlari bilan birga qumli va taqir tuproqlar, togʻlarda togʻ qoʻngʻir, togʻ kashtan, qora tuproq, boʻz oʻrmon va togʻ-oʻtloqi qoramtir tuproqlar tarqalgan. Togʻ tepalarida togʻ-oʻtloqi subalp va alp tuproqlar mintaqasi joylashgan.

Qozogʻistonda oʻsimliklarning 15 ming turi bor. Tekislik qismi oʻsimlik qoplamining xarakteriga qarab 3 asosiy zonaga: dasht, chala choʻl va choʻl zonalariga boʻlinadi. Dasht zonasida har xil boshoqli oʻsimliklar oʻsadi, shimolroqda qayinzorlar uchraydi. Chala choʻl zonasida shuvoq-boshoqli oʻsimliklar koʻproq. Choʻl zonasi eng katta maydonni egallagan. Qizilqum choʻlida qora saksovulzorlar bor. Yirik daryo vodiylarida toʻqay oʻrmonlari (jiyda, turangʻil, tol, chingʻil) oʻsadi, daryo va koʻl boʻylari qamishzor. Togʻ etagi tekisliklari va togʻ oldilarida efemer va efemeroidlar. togʻ yon bagʻirlarida butalar (naʼmatak, zirk va boshqalar), yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Togʻlarning oʻrta mintaqasi igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻ tepalari subalp va alp oʻtloklaridan iborat.

Hayvonot dunyosida sut emizuvchilarning 180 turi, qushlarning 500 turi, sudralib yuruvchilarning 52 turi, suvda va quruqda yashovchilarning 12 turi, baliqlarning 104 turi yashaydi. Umurtqasiz hayvonlar koʻp. Kemiruvchilar, asosan, choʻl va dasht yerlarda tarqalgan. Choʻl va chala choʻllarda saygʻoq, jayran, togʻlarda maral, togʻ takasi, arxar, yovvoyi choʻchqa, yirtqichlardan boʻri, tulki, boʻrsiq, togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir ayiq, qor qoploni, silovsin, rosomaxa, kolonok, tiyin va boshqalar yashaydi. Suv parrandalaridan yovvoyi gʻoz, oʻrdak, Tengiz koʻlida qizil gʻoz, qamishzorlarda laylak, birqozon, turna, dashtda burgut va hakozolar bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Oqsuv-Jabalgʻa, Olmaota, Borsakelmas, Qurgʻalja, Marqakoʻl, Naurzum qoʻriqxonalari, Bayanovul milliy bogʻi bor. Qozoqlar juda iflos bo'ladi ba'zilari

Qozogʻistonda 131 millat va elat istiqomat qiladi. Qozogʻistonning aholisi 16 815 000 kishi. Jahonda 62-oʻrinda. Markaziy Osiyo davlaridan 2-oʻrinda (Oʻzbekistondan keyin). Qozogʻiston koʻp millatli davlat hisoblanadi. Aholi zichligi 1 km2 ga 6 kishidan toʻgʻri keladi. Aholi zichligi boʻyicha jahonda 184-oʻrinda. Katta songa ega aholining etnik tarkibi (2018)

Qozogʻistonda 75 % musulmonlar (etnik musulmonlar bilan hisoblaganda), 25 % masihiylik.
Davlatda din erkinligi mavjud yani dinga chek qoʻyilmagan. Biroq diniy erkinlikni cheklaydigan qonunlar ham mavjud.

Qozogʻiston 14 ta viloyatdan va 3 ta respublika ahamiyatiga ega shaharlardan iborat. 1-aprel 2013-yilga koʻra viloyat aholisining soni.

Qozogʻiston – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 23 %, savdo va umumiy ovqatlanish 18 %, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi 12,7 %, transport va aloqa 11,8 % ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 167 milliard dollar (2018 y) va bu borada Markaziy Osiyodagi mutloq yetakchi davlat.

Sanoatida yonilgʻi-energetika, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, mashinasozlik va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil, qurilish materiallari sanoati yetakchi tarmoqlardir. Qora metallurgiya sanoati markazlari Temirtov, Aqtoʻbe, Qaragʻandi, Oqsuv shaharlari. Rangli metallurgiya sanoati mis (Balxash va Jezqazgʻan kon-metallurgiya kombinatlari), qoʻrgʻoshin-rux (Oʻstkemen, Chimkent), alyuminiy (Pavlodar) sanoatini oʻz ichiga oladi; titan-magniy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (temirpress uskunalari, stanok, ekskavator, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish) korxonalari Qaragʻanda, Olmota, Nursulton, Pavlodar, Oʻstkemen shaharlarida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari mineral oʻgʻit, fosfor, plastmassa, sintetik kauchuk, kimyoviy tola va boshqalar ishlab chiqaradi (Qoratov, Chimkent, Taraz, Atirau). Atirau, Pavlodar shahalarida neftni qayta ishlash zavodlari bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, ohak, gʻisht, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish, yengil sanoatning koʻn-poyabzal, terimoʻyna, jun, trikotaj, ip-gazlama ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida goʻsht, yogʻ, qand-shakar va konserva ishlab chiqariladi. Toshkoʻmir (Ekibastuz, Qaragʻanda havzalari), neft va tabiiy gaz (Mangʻishloq yarim oroli), temir rudasi (Sokolov-Sarbay koni), polimetall, mis, uran, xrom, qoʻrgʻoshin, nikel rudalari, rux, vismut, kadmiy, molibden, boksit qazib olinadi. yiliga oʻrtacha 58,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi – I (85,7 % issiqlik elektr stansiyalarida). Irtish (Oʻstkemen, Buxtarma), Sirdaryo (Chordara), Ili (Qopchigʻay) daryolarida yirik GESlar bor.

Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining 44 % dan foydalaniladi; uning 19 % haydaladi, 1 % ga yaqini sugʻoriladi. 1954–60 yillarda qoʻriq va boʻz yerlarning oʻzlashtirilishi natijasida Qozogʻiston gʻalla yetishtiruvchi yirik respublikaga aylandi. Lalmi va sugʻoriladigan yerlarda gʻallachilik bilan birga goʻshtjun qoʻychiligi va goʻsht-sut chorvachiligi ham rivojlangan. Gʻallachilikda, asosan, bugʻdoy yetishtiriladi. Shuningdek, paxta, kungaboqar, zigʻir, yem-xashak ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik, polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, uy parrandasi, tuya va yilqi boqiladi.

Qozogʻiston chetga avtomobillar, turli harbiy tehnikalar, lokomotivlar, neft va tabiiy gaz, qora metall, mis, gʻalla, koʻmir, oziq-ovqat va boshqa turli hil yuqori sifatli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va jihozlar oladi. Tashqi savdoda Italiya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, BAA, Rossiya, Ukraina, Qirgʻiziston, Germaniya, Xitoy bilan faol hamkorlik qiladi. Pul birligi – tenge. Qozog'iston Markaziy Osiyodagi iqtisodi eng kuchli davlat.

Transportida temir yoʻllar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 87,4 ming km. Kaspiy va Orol dengizlari, Balxash, Irtish, Ural, Sirdaryo daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. „Air Kazakhstan“ havo yoʻllari kompaniyasi mavjud.

Qozogʻistonda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Aqiqat“ („Haqiqat“, qozoq tilidagi oylik jurnali, 1921-yildan), „Atameken“ („Vatan“, qozoq tilidagi gazeta, 1991-yildan), „Vechernyaya Astana“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gazetasi, 1991-yildan), „Jas alash“ („Yosh millat“, qozoq tilidagi kundalik gazeta, 1921-yildan), „Juldiz“ („Yulduz“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1922-yildan), „Qazaqstan ayelderi“ („Qozogʻiston xotin-qizlari“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1925-yildan), „Kazaxstanskaya pravda“ („Qozogʻiston haqiqati“, rus tilidagi kundalik gazeta, 1920-yildan), „Narodnoye xozyaystva Kazaxstana“ („Qozogʻiston xalq xoʻjaligi“, rus tilidagi oylik jurnal, 1926-yildan), „Prostor“ („Kenglik“, rus tilidagi oylik jurnal, 1933-yildan), „Qazaqstannin aul sharuashilngʻi“ („Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1936-yildan), „Ara“ („Ari“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1956-yildan). „Qozogʻiston axborot agentligi“ milliy kompaniyasi, ochiq aksiyadorlik jamiyati, 1921-yil tashkil etilgan. „Xabar“ agentligi, aksiyadorlik jamiyati, 1996-yil tuzilgan. „Qozogʻiston“ respublika teleradiokorporatsiyasi, Qozogʻiston radiosi (1920-yildan faoliyat koʻrsatadi) va „Qozogʻiston“ milliy telekanali (1958-yildan faoliyat yuritadi)ni birlashtiradi. „Xabar“ teleradiokompaniyasi, 1995-yilda tashkil etilgan. Qozogʻistonda radioeshittirishlar 1921-yildan, telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan.

Qozoq xalqi adabiyoti xalq ogʻzaki ijodi (qoʻshiq, ertak, maqol va matal, qahramonlik va lirik-epik dostonlar) dan boshlanadi. „Er Targʻin“, „Qambar batir“ va boshqa qadimgi dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yoʻlida kurashgan xalq qahramonlari madh etiladi. „Qiz Jibek“, „Bayan Suluv“, „Ayman-sholpan“ dostonlarida qozoq xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar koʻsa, Jirenshi, Tazsha, Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan. 15-asrda Asan Kaygʻi, Sipira, Qaztugʻan, 16-asrda Doʻstpambet, Shalkiiz, 17-asrda Jiyembet, Margʻaska Jirov, Aqtamberdi, 18-asrda Tetiqora, Buqar kabi jirovlar oʻz dostonlari bilan mashhur boʻldilar. 18–19-asrlarda qozoq madaniyati, jumladan, qozoq adabiyoti taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Janaq Sogʻindiq oʻgʻli, Shoʻji Qarja-ubay oʻgʻli, Suyunbay Aron oʻgʻli, Shortanboy Qanay oʻgʻli, Murat Moʻnke oʻgʻli, Abubakir Shoʻqon oʻgʻli va boshqalar taraqqiyparvar xalq oqinlarining asarlari paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida B. Qoʻjagulov, A.Naymanboyev kabi oqinlar, shoira T.Tansanbekova, Jambul Jabayev va boshqalarning asarlari ommalashdi. Bu davrda etnograf va folklorshunos Ch.Valixonov adabiyotda maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yoydi. 19-asr 2-yarmida tanqidiy realizm adabiyoti – qozoq yozma badiiy adabiyot rivojlandi. Uning asoschisi, shuningdek, milliy adabiy tilning yaratuvchisi Abay Qoʻnonboyev boʻldi. I.Oltinsarin maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yaratdi va rus grafikasi asosida qozoq alfavitini ishlab chiqdi. 20-asrda yozuvchilardan S.Kubayev, S.Toʻraygʻirov, S.Dunentayev, M.Seralin, B.Kuleyev, B.Utetileuov, T.Iztileuov, Gʻ.Qarash, N.Ormanbot oʻgʻli, T.Joʻmartboyev va boshqa maʼrifatchidemokratlarning realistik anʼanalarini davom ettirdilar. 20-asrning 20-yillarida qozoq adabiyotida Saken Sayfullin yetakchi oʻrin egalladi. Bu davrda sheʼriyat (Jambul jabayev, N.Bayganin, N.Bayzakov, T.Jarokov, A.Tojiboyev, Gʻ.Oʻrmonov. A.Toqmagʻambetov va boshqalar) va nasr (M.Avezov, S.Muqonov, Gʻ.Musrepov, Gʻ.Mustafin va boshqalar) rivojlandi. 1930-yillarda qozoq adabiyotida mavzu kengaydi (S.Sayfullin, B.Maylin, AAbishev, I. Jonsugʻurov, Sh.Husainov asarlari). Ikkinchi jahon urushi yillari (1939–45)da qozoq adabiyotida qozoq xalqining jang maydonidagi qahramonligi va mamlakat ichkarisidagi mehnat jasoratini aks ettiruvchi asarlar maydonga keldi. S.Muqonov, A.Toqmagʻambetov, T.Jarokov, Gʻ.Oʻrmonov, K.Abdiqodirov, X.Bekxojin, J.Moʻldagʻaliyev, X.Ergʻaliyev kabi shoirlar, Gʻ.Mustafin, A.Nurpeisov, M.Avezov, A.Abishev va boshqa adiblarning vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan asarlari yaratildi. Urushdan keyingi yillarda ham vatanparvarlik mavzui davom ettirildi va bu davrda M.Avezov, Gʻ.Musrepov, A.Nurpeisov, T.Jarokov, G.Kairbekov, A.Tojiboyev, Gʻ. Oʻrmonov, Sh.Husainov, S.Muqonov va boshqa samarali ijod qildilar. 1948-yil S.Muqonovning „Sirdaryo“, 1953-yil „Hayot maktabi“, 1953-yil Gʻ.Musrepovning „Uygʻongan oʻlka“, 1952-yil Gʻ.Mustafinning „Qaragʻanda“ romanlari yaratildi. 1956-yil M.Avezov „Abayning yoʻli“ tetralogiyasini yozib tugatdi (1-kitobi 1942-yilda nashr etilgan). 1960-yillarda adabiyotga X.Yesenjakov, I. Yesenberlin, A.Olimjonov, T.Axtanov, Sh.Murtazayev, A.Nurshaixov, M.Sundetov, A.Kekilbayev, S.Sanbayev. S.Muratbekov, S.Junusov kabi yozuvchilar, J.Muldagaliyev, S.Mavlenov, Oʻ.Sulaymonov, K.Mirzaliyev, T.Muldagaliyev, S.Jiyenboyev, M.Makatayev, J.Najmiddinov kabi shoirlar kirib keldi. 1960–90 yillarda I.Yesenberlin. Sh. Murtozayev, A.Kekilboyev, A.Olimjonov. S.Junusov, S.Smatayevlarning tarixiy romanlari paydo boʻldi.

Qozogʻiston hududida yashagan qabilalarning jez davridagi turar joy qoldiqlari (qarang Andronovo madaniyati), mozorqoʻrgʻonlar va hokazo saqlangan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va mil. dastlabki asrlarda Qozogʻiston hududida yashagan qabilalar koʻchma kigiz oʻtov uylar bilan birga paxsa, xom gʻishtdan ham uylar qurgan. Oʻrta asrlarda shaharlar [Isfijob (11-asrdan Sayram), Taraz va boshqalar] barpo etildi, qalʼa va qoʻrgonlar qurildi. 8-asrdan hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismida islom dini tarqalishi munosabati bilan masjid, madrasa kabi yangi tipdagi binolar, sardoba, hammom, karvonsaroy, konussimon maqbaralar qurildi. 10-asrdan memorial inshootlar (Taroz shahri yaqinidagi Babaji xotin maqbarasi, Oyshabibi maqbarasi) barpo etildi. 13-asr 2-yarmidan shaharlar (Sigʻnoq. Taroz, Sayram va boshqalar) qayta tiklandi. 14–16-asrlarda shaharlar qurish avj oldi, monumental binolar (Qaragʻandi viloyatidagi Alasha xon maqbarasi, 13-asr 2-yarmi; Turkiston shahridagi Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi – Yassaviy majmuasi, 14-asr oxiri – 15-asr boshi) bunyod etildi. 17–18-asrlarla Qozogʻiston hududi chegarasi boʻylab harbiy istehkomlar – Yoyiq shaharchasi (Uralsk), Guryev, Orsk. Semipalatinsk, Orenburg qalʼalari qurildi. 19-asrda eklektika ruhida qalʼa, maʼmuriy va savdo inshootlari, maqbaralar qurildi. 1920-yillarda turar joy va jamoat binolari meʼmorligida milliy anʼanaviy meʼmorlik unsurlaridan foydalanildi. Balxash, Qaragʻandi, Jezqazgʻan kabi yangi shaharlar barpo etildi. 1920–30 yillardagi meʼmorlikda konstruktivizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. 1950-yillarning 2-yarmidan qurilish ishlari keng koʻlamda davom ettirildi (Olmaotada Hukumat uyi). 1960–70 yillarda koʻp qavatli turar joy binolarining qavati soni oshirildi, yangi meʼmoriy shakllar {Medeo sport majmui, 1951, 1971–72 yillarda rekonstruksiya qilingan, meʼmorlar V.Katsev, A.Qaynarboyev va boshqalar; Shevchenko (hozirzi Aqtau) shahrining meʼmoriy majmuasi; Olmaotadagi „Qozogʻiston“ mehmonxonasi, 1978, meʼmorlar Yu.Ratushniy, L.Uxobotov] yaratildi. 1935-yil Qozogʻiston Meʼmorlar uyushmasi tuzilgan.

Qozogʻiston hududida eng qadimgi tasviriy sanʼat yodgorliklaridan paleolit davrida hayvonlarning qoyaga ishlangan rasmlari (Qoratov va Xontovda) va neolit davriga mansub gʻor rasmlari (Pavlodar viloyatidagi jasiboy gʻorida) topilgan. Jez davridan Andronovo madaniyatiga mansub yodgorliklar: hayvon (bugʻu, echki va boshqalar) haykalchalari, ov manzaralarining qoyaga ishlangan tasvirlari (Olmaota viloyatidagi Tamgʻalidara rasmlari) saqlangan, sopol idishlar topilgan. Qozogʻistonning oʻrta asrlarga mansub tasviriy sanʼati namunalaridan erkak, ayol va hayvonlarning tosh haykalchalari, ayollarning bronza haykalchalari saqlangan. Oʻsha davr amaliy bezak sanʼati yodgorliklaridan oʻyma, qolipaki naqsh bilan bezatilgan sirsiz va sirlangan sopol idishlar, charm, metall buyumlar maʼlum.

Musiqasi qozoq oila va aymoqlarining tarixan qaror topgan turmush tarzi (asosan, yarim koʻchmanchi chorvachilik va dehqonchilik), dunyoqarash va eʼtiqodlari (shomonlik, tangrichilik va boshqalar) asosida rivoj topgan. Anʼanaviy musiqa amaliyotida qozoq baqsi (shomon-baxshi), termeshi, olenshi, jirov, oqin, kuyshi, 18-asrdan sal-sere (sayyor ijodiy guruhlari tashkil etgan professional sozanda, xonanda)larning ijodi alohida oʻrin tutadi. Har bir baqsining oʻzi ijod etgan shaxsiy sarin (kuy)lari ilohiy hisoblangan, odamlar ruhiga afsun-jodu, fol ochish, tabobat va boshqa marosimlar jarayonida katta taʼsir oʻtkazgan. Xalq qoʻshiqlari mavsum va diniy („tasattiq“, „navriz-olen“, „jaramazan“, „sahar-olen“), tabobat (badik, „arbau“), oilaviy marosim qoʻshiqlari („jar-jar“, „sinsu“, „bet oshar“, „tanisu“, „qoshtasu“, „joqtau“ va boshqalar), inson hayoti turkumiga oid „besik jiri“, „tusau kesu“, „jubatu“, „jiirma bes“ va boshqalar, terma, oʻlan, jirlarlyan iborat. Xalq musiqa cholgʻulari orasida baqsi va jirovlarning asosiy cholgʻusi hisoblangan qoʻbiz, choʻponlar hamda professional sozandalar (Sarmalay va boshqalar) tomonidan keng qoʻllanilgan sibizgʻa ommalashgan. Xalqning eng sevimli cholgusi boʻlgan doʻmbira turli mazmundagi (oʻynoqi „akjelen“, falsafiy „tolgʻau“, dramatik „qosbosar“, lirik „qonir“ va boshqa) kuylarni Birjansal, Dauletkerey, Tattimbet, Jayau-Musa, Qurmongʻozi, Dina Nurpeisova kabi sozanda va bastakorlar ijro etgan. qozoqlarda, shuningdek, changqoʻbiz, yaqin oʻtmishda sherter, jetigen (torlichertma), karnay, dovul kabi cholgʻular tarqalgan.

Teatr sanʼati unsurlari qadimdan xalq marosimlarida, sayillarda koʻrsatilgan tomoshalarda, masxarabozlik, oqinlarning aytishuvlarida mavjud boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridan Semey, Qoʻstanay, Petropavlovskda havaskorlik truppalari tuzildi. 1922-yil Orenburgda Qozoqxalq maorif instituti huzurida birinchi doimiy teatr toʻgaragi tashkil etildi. 1926-yil Qiziloʻrdada birinchi professional qozoq teatri ochilib, u 1928-yil Olmaotaga koʻchirildi (1961-yildan M.Avezov nomidagi Qozoq drama teatri). 1930-yillarda M.Oqinjonovning „Isatoy va Mahambet“, M.Avezovning „Tungi momaqaldiroq“, Gʻ.Musrepovning „Omongeldi“ pyesalari, shuningdek, S.Sayfullin, B.Maylin, J.Shanin, A.Tojiboyev, Sh.Husainov, A.Abishevlarning zamonaviy mavzudagi pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi yillari qozoq teatrlari sahnalarida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy, folklor asarlar namoyish etildi. 1940–50-yillar qozoq teatri uchun mahorat oshirish yoʻlida betinim izlanish davri boʻldi, tarixiy va zamonaviy mavzularda Gʻ.Mustafinning „Millioner“, A.Tojiboyevning „Yashnayver, choʻl“, „Mayra“, S.Muqonovning „Choʻqon Valixonov“, M.Avezovning „Yenlik va Kebek“, K.Muhammadjonovning „Telpak tagidagi boʻrivachcha“ asarlari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Qozogʻiston teatr sanʼati rivojiga Sh.Aymanov, S.Qojamqulov, Q.Quanishpayev, R.Qoʻychiboyeva, X.Bukeyeva, S.Murodova, S.Maykanova, Ye.Umirzaqov, Q. Badirov, I.Nogʻayboyev, Sh.Jandarbekova, B. Rimova va boshqalar katta hissa qoʻshdilar.




#Article 41: HTML (162 words)


HTML ( — hipermatnli belgilash tili) — SGML (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro toʻrda ishlatiladi.

HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.

  
    Bu sarlavha
  
  
    
        Hello world!
    
  

  Sarlavha
   

Sarlavha 1
Sarlavha 2
Sarlavha 3
Sarlavha 4
Sarlavha 5
Sarlavha 6

HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:

HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas.

HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud boʻlganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan.

HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (masalan, lt;labelgt;) tushirib qoldirildi, baʼzi teglar eskirgan sifatida tavsiya etildi (masalan, lt;fontgt; tegi oʻrniga CSS imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi).




#Article 42: René Guénon (116 words)


René Guénon (Musulmon ismi: Abdulwohid Yahyo) - ( 15 noyabr, 1886, Blua, Fransiya - 7 yanvar, 1951, Qohira, Misr)taniqli fransuz yozuvchisi. Yoshligidan, jamiyatdagi turli diniy va traditsion oqimlarga kirip, ularni oʻrganadi. Uning bu qidiruvlari, asosan, undagi haqiqatni topish istagidan kelip chiqqan. Ohiri, islomni tasavvuf orqali taniydi, va musulmon boʻladi. Umrining soʻnggi qismida Misrga koʻchip keladi va shu yerda vafot qiladi.
U dinlar, turli diniy va yashirin guruhlar va maxfiy ishoralar va timsollar (simvologiya) va boshqa mavzularda juda koʻp asarlar yozgan.

Uning Zamonaviy dunyo boʻhroni (La crise du monde moderne) kitobida, yigirmanchi asrlar boshida toʻla shakllanishga kirgan, demokratiya va hamda, zamonasining turli falsafiy maktablarini juda chuqur tahlil va oʻtkir tanqid qilgan.

René Guénon y los Estudios Tradicionales




#Article 43: Markaziy Osiyo (386 words)


Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Shinjon, jan va boshqalar. esa Tibet hududidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan oʻralgan. M.O. dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan togʻ tizmalari (Mongoliya Oltoyi, Xangay, Xentey, Tyan-shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiklar (Jungoriya, Gʻarbiy Mongoliyadagi Katta Koʻllar soyligi, Tarim, Saydam)dan iborat. Ayrim joylarida mutlaq balandlik dengiz sathidan past (mas, Turfon botigʻi — 154 m). Qum va shagʻalli baland tekisliklar, kichik togʻ koʻp. Iqlimi hamma yerda keskin kontinental, choʻl iqlimi; yogʻin kam, yiliga oʻrtacha 100–200 mm, markaziy qismlarida 10–30 mm, chekkalarida 300– 400 mm, jan.-sharqida, Tibet togʻlarining chetlarida 1000 mm va undan ham koʻproq. Qishda antitsiklon taʼsirida qattiq sovuq boʻladi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —25°, eng past temperatura —50°, —52°. Tyanshan, Nanshan, Qoraqurum togʻlarida muzliklar bor. Selenga, Irtish, Xuanxe, Yanszi, Brahmaputra, Hind, Mekong , Tarim, Xaydikgol, Kobdo, Tes, Manas, Urungu, Edzin-gol daryolari togʻlardan boshlanadi. Chuchuk suvli eng katta Xubsugul oqar koʻlining maydoni 2620 km², eng chuqur joyi — 238 m. M.O.da Gobi, Takla-. Makon, Alashan va boshqa choʻllar katta maydonni egallagan. Choʻl va chala choʻllar baland togʻlargacha koʻtarilib boradi. Balandlik mintaqalari Nanshanning sharqiy qismida, sharqiy Tyanshanning shim. yon bagʻirlarida va Mongoliya Oltoyiningjan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida uchraydi. Xangay, Xentey togʻlari va Tibet togʻligining jan.-sharqiy chetlarida anchagina oʻrmonlar bor.

Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston nazarda tutiladi.

Sovetlar davrida bu hududga O‘rta Osiyo va Qozog‘iston atamasi qo‘llanilgan.
Lekin, 1991 yilda mustaqillikka erishilgandan keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini qo‘llana boshlashdi. 1992 yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan. Aksariyat halqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo bo‘limlari ochilgan.

Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Xitoyning Uyg‘ur viloyatlari ham kiradi. Bundan tashqari „Greater Central Asia“ yoki, Kengroq Markaziy Osiyo atamasi bo‘r. Bu hududga, bazi siyosatchilar va tadqiqotchilar, ushbu zikr etilgan davlatlardan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, hatto Hindistonning bazi qismlarini ham qo‘shishadi.

Markaziy Osiyo darajasida, maʼlum bir maʼnoda hududiy hamkorlik harakatlari ham mavjud.
Bu harakatlarning misolida Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotini ham ko‘rsatish mumkin. Lekin, hozirgacha bunday harakatlarda maʼlum bir tartiblilik va davomiylik bo‘lmadi.




#Article 44: Internet (1067 words)


Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) ndash; standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.

Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.

Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.

Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).

Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar Internet Architecture Board (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).

Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa bogʻlashning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U World Wide Web (Jahon oʻrgimchak uyasi) tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.

Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.

Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda Internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997 yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov (Uznet () yoki Istlink (kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular qidiruv dvigateli deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan Internet adresini abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar Internet varaqchalari da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, mas, paxta soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin.

Xalqaro Internet tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar bor. Rasmiy varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari, Oʻzbekistonning AQSH dagi elchixonasi varaqchalari va b. koʻplab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan tashqari, Oʻzbekistonga taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: Umid varaqchasi, oʻzbek estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000 yil fevral oyidan boshlab Internet efiriga Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV)ning Axborot dasturi chiqa boshladi, Oʻz TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informatsiya resurelariga oid koʻp masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi Internet tarmogʻi koʻlamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi va boshqa.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Internetning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.

Internetdan foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-provayder roʻyxatga olingan. Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).

Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla boshladi.

Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi.




#Article 45: Ensiklopediya (663 words)


Ensiklopediya ( — barcha bilimlar doirasida taʼlim olish) yoki qomus ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashrdir. Oʻzida barcha (universal ensiklopediya) yoki baʼzi (soha ensiklopediyasi) sohalar boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarni saqlaydi. Ensiklopedya ensiklopedik maqolalardan iborat boʻlib, har bir maqola biror narsa-buyum, shaxsiyat yoki hodisaga taʼrif beradi. Odatda bunday maqolalar alifbo tartibida saralangan boʻladi.

Ensiklopediya (yun.— bilimlar doirasi), qomus — muayyan tizimga solingan keng qamrovli bilimlar toʻplami, ilmiy yoki ilmiy ommabop nashr. E. terminining maʼnosi tarixan oʻzgarib turgan. Antik davrda u erkin sanʼat deb atalgan 7 ilm (grammatika, ritorika, dialektika yoki logika, geom., arifmetika, musiqa va astronomiya)ni anglatgan. 16-asrda Gʻarbiy Yevropada E. yangi maʼnoda — turli bilimlar majmui maʼnosida ishlatilgan. Ayni vaqtda bilimlar tasnifi maʼnosini ham bildirgan; bu maʼnoda E. termini 18-asrda ham qoʻllangan. Hozirgi paytda E. termini fanning barcha sohalari boʻyicha (universal E.) yoki biror tarmogʻi (soha E.si) yoxud amaliy faoliyat boʻyicha eng muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi nashrni anglatadi.

E. materiallari, asosan, alifbo tartibida yoki mavzusi boʻyicha beriladi. Universal E., odatda, muayyan davlat miqyosida tuzilib, shu davlatda erishilgan fantexnika, madaniyat yutuqlari darajasini koʻrsatadi. Unda oʻsha davlatning mafkurasi ozmikoʻpmi aks etadi. Shu maʼnoda ham universal E. milliy E. hisoblanib, unga davlatning shahodatnomasi, maʼnaviy koʻzgusi degan sifatlar ham beriladi. Universal E.larda turli fan sohalaridagi muhim tushunchalar bilan bir qatorda tarixiy voqea va jarayonlar, insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari aks etadi. Soha E.si muayyan fan sohasidagi tushuncha va boshqalar maʼlumotlarni universal E.ga qaraganda batafsilroq yoritadi. Hajmiga koʻra, E.lar koʻp jildli va 1—2 jildli boʻlishi mumkin.

E. maqolalarida soʻzlarning etimologiyasi, transkripsiyasi, definitsiyasi muayyan tartib bilan beriladi. Yoritilayotgan tushuncha haqida koʻproq maʼlumot olish uchun muhim adabiyotlar roʻyxati (bibliografiya) koʻrsatiladi. E. hajmining muayyan qismini bezak materiallar (oqqora, rangli suratlar, xarita, chizmasxemalar va boshqalar) tashkil etadi. E. maqolalarida ortiqcha tafsilotlarga, qaytariqlarga yoʻl qoʻyilmaydi (buning uchun tegishli maqolaga havola qilishdan foydalaniladi). E. tayyorlashda fakt va maʼlumotlar aniqligiga, atama va terminlar oʻz oʻrnida, toʻgʻri ishlatilishiga ahamiyat beriladi. Uning bayonida ilmiylik, ommaboplik, qisqalik, loʻndalikka eʼtibor beriladi.

Ensiklopedik tarzdagi asarlar qadimiy Shumer davlatida, Xitoy, Yunoniston, qadimiy Rimda, keyinchalik arab yozuvidagi mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda paydo boʻlgan. Yunonistonda Demokrit va Aristotel asarlari ensiklopedik asarlar hisoblangan. Oʻrta Osiyo mutafakkirlari — Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari ham oʻz davridagi bilimlarni atroflicha qamrab olgan. Imom Buxoriyning Sahihi Buxoriysi, Forobiyning Fanlar tasnifi, Beruniyning Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Ibn Sinoning Tib qonunlari, Donishnomasi, Yusuf Xos Hojibning Qutadgʻu bilig, Mahmud Koshgʻariyning Devonu lugʻotit turk, Alisher Navoiyning Majolis unnafois, Davlatshoh Samarqandiyning Tazkirat ushshuaro, Zahiriddin Muhammad Boburning Boburnoma asarlari qomuschilik tarixiga qimmatbaho hissa boʻlib qoʻshilgan.

Vizantiya tilshunosi Svidaning Leksikoni (10-asr) dan boshlab muayyan tizimga solingan bilimlar lugʻatlart ifodalana boshladi. 17-asr oxiri va 18-asrda Angliyada P. Beylning Tarixiy va tanqidiy lugʻati katta ahamiyatga ega boʻlgan. 1704 yil J. Xarris Texnik leksikon yoki Umumiy ingliz sanʼat va fan lugʻatining birinchi nashrini chiqargan. Ensiklopediya yoki fan, sanʼat va kasb-hunarlarning izohli lugʻati (1751—80 yillar, 35 j.)ning yuzaga kelishi Fransiya tarixida yirik ijtimoiy-siyosiy voqea boʻldi. Bu E.ni tayyorlashda mashhur faylasuf D. Didro asosiy rol oʻynadi; uni nashr etishda Sh.L. Monteskyo, Volter, J.J. Russo, J.D,’Alamber ham qatnashgan. 1768—71 yillarda shotland matbaachisi U. Smelli 3 jildli Britaniya ensiklopediyasini chiqardi. Bir necha marta qayta nashr etilgan ushbu E. Angliyaning eng yirik milliy E.si boʻlib qoldi.

SSSRda 1925 yildan Katta Sovet Ensiklopediyasiiit uch nashri, 1928 yildan Kichik Sovet Ensiklopediyasining uch nashri, Ensiklopedik lugʻatning bir necha nashri chiqdi. Ushbu universal E.lardan tashqari, turli davrlarda bir necha fan tarmoqlaridan va amaliyotdan soha E.lari nashr etildi.

SSSR parchalanib ketgandan keyin undan ajralib chiqqan mustaqil mamlakatlar ichida birinchilardan boʻlib Oʻzbekiston Respublikasida universal milliy ensiklopediya tayyorlashga kirishildi. 1997 yil 20 martda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, nashriyot zimmasiga 12 jildli Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasini tayyorlash va nashr etishni topshirdi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda, shuningdek, Toshkent ensiklopediyasi, 1 jildli Bolalar ensiklopediyasi, Xotin-qizlar ensiklopediyasi, Islom ensiklopediyasi va baʼzi fan tarmoqlaridan soha E.lari nashr etildi.

Murodjon Aminov.

Oʻzbekistonda sovet davrida 14 jildli Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, mustaqillik davrida esa 12 jildli Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashr etildi.




#Article 46: Tilshunoslik (1374 words)


Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi.

Tilshunoslik, lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga koʻra, T.ning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo’siytarixiy tilshunoslik va boshqa Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.

Mazkur yoʻnalishlardan tashqari T.ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni oʻrganuvchi koʻplab tarmoq va boʻlimlari bor: semasiologiya til birliklari maʼnolarini oʻrganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lugʻaviy materialini tadqiq etadi. Soʻz yasalishining tadqiqot obʼyekti soʻzlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi boʻlsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) soʻz oʻzgarishlarini va soʻzlarning gaplar va soʻz birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini oʻrganadi. T. ning har bir boʻlimida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus boʻlimchalar boʻlishi mumkin. Mac, leksikologiya doirasida onomastika boʻlimchasi boʻlib, u, oʻz navbatida, antroponimika, toponimika va boshqalarga boʻlinadi. Muayyan tilning hududiy farklanishi (differensiatsiyasi)ni dialektologiya oʻrganadi. Mazkur boʻlimlarning har birida tilning hozirgi ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (qarang Diaxroniya, Sinxroniya). Jahon tillari, ularning oilalari va guruxlarini oʻrganuvchi T. tarmoklari: arabistika (arabhunoslik), germanshunoslik, turkiyshunoslik, slavyanshunoslik, finugorshunoslik va boshqa Tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi, yordamchi xalkaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi oʻrganadi.

T. fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni oʻrganishda, terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy narsalar (moddiylik va gʻoyaviylik)ning oʻzaro aloqadorligi muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot boʻlmish insonning oʻzini toʻgʻri tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning , lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning oʻzaro aloqasi muammosi T. va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning oʻzida oʻrganiladi. Asosiy lingvistik metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy (qiyosiytarixiy, komparativ) va normativstilistik (meʼyoriyuslubiy) metodlarni koʻrsatish mumkin. T.da yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik talqin usullari ham mavjud. T. falsafa va filol. fanlari tutashgan chegarada paydo boʻlgan.

T. muammolarini oʻrganish dastlab qad. Hindistondan boshlangan. Kds. xind T. mil. av. 6-asrdan oldin yaratilgan vedalarni til nuqtai nazaridan sharxlash natijasida vujudga keladi va mil. av. 5 —4-asrlarda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka kutarildi. Bu asar nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat boʻlib, unda sanskrit fonetikasi va grammatikasi tavsif etilgan. Yunonistonda til mantiqqa bogʻliq holda, shuningdek, uning grammatik qurilishi nuqtai nazaridan oʻrganilgan (Geraklit va Demokritning qarashlari, Platon va Aristotelning asarlari, Frakiyalik Dionisiyning Grammatikasi va boshqalar). Soʻzlarni turkumlarga ajratish Aristoteldan boshlangan (mil. av. 4-asr). Qad. yunon T.ning kamoloti Iskandariyadagi, qisman Pergan (Kichik Osiyo)dagi yunon tilshunoslarining faoliyati bilan bogʻliq. Iskandariya grammatika maktabi (mil. av. 3—2-asrlar) vakillari tomonidan yunon tili grammatikasi yozildi. Yunon T. asosida lotin T. vujudga keldi (M. T. Varron, E. Donat, Prissian va boshqalarning asarlari).

Keyinchalik arab (Bagʻdod, Kufa. Basradagi grammatika maktablari), kdd. yahudiy, oromiy (Andalusiya filologlarining 9— 12-asrlardagi asarlari) va turkiy (Koshgʻariy va Zamaxshariy asarlari) tillari ilmiy tavsif manbai boʻladi. Oʻrta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab, shuningdek, arab tilida ijod etgan arab boʻlmagan filologlar nomi bilan bogʻliq. Arab T.ning rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Javhariy singari oʻrtaosiyolik olimlarning xam hissasi katta boʻlgan. Ibn Sino tovushlarni fonema nuqtai nazaridan tekshirgan boʻlsa, Javhariy, Koshgʻariy va Zamaxshariylar leksikologiya va leksikofafiya sohasida jahon tilshunosligiga katta yangiliklar kiritdilar. Maxmud Koshgʻariy va Zamaxshariy oʻzlarining Devonu lugʻotitturk, Muqaddimat uladab asarlari bilan turkiy lahjalarni hamda boshqaboshqa oilalarga mansub tillarni qiyoslash va chogʻishtirish bilan T.da qiyosiytarixiy metod va tipologiyadan foydalangan dastlabki tilshunoslar sifatida nom qozonganlar. Filologik fanlar Uzoq Sharqda, xususan, Xitoy va Yaponiyada ham rivojlandi. Rossiyada T. 15— 16-asr lardan boshlab taraqqiy qildi.

M. V. Lomonosovning Rus fammatikasi asarida rus adabiy tilining fonetik, morfologik, qisman sintaktik xususiyatlari birinchi marta izchil bayon qilindi.

Uygʻonish davrida antik dunyo madaniy merosiga boʻlgan qiziqish klassik filologiyaning rivojlanishiga ham turtki boʻldi. Shu bilan bir katorda, yangi, zamonaviy yevropa tillarini mantiqiy asosda oʻrganish boshlandi. Qiyosiy metodika va tarixiylik tamoyilining qoʻllanishi qiyosiytarixiy T.ka asos soldiki, bu soha tillarning qarindoshligini oʻrganishda, tillarning genealogii: tasnifshsh ishlab chiqishda, qarindosh tillarning , tillar oilalarining , asosan, hindevropa tillari oilasining tarixiy taraqqiyotini oʻrganishda, tillarning qad. holatini qayta tiklashda va boshqalarda muvaffaqiyatlarga erishdi. T.dagi qiyosiytarixiy yoʻnalishning rivojlanishiga nemis olimlari F. Bopp, Ya. Grimm, A. F. Pott, A. Shleyxer, A. Dits, daniyalik R. K. Rask, chexiyalik Y. Dobrovskiy, avstriyalik F. Mikloshich, rus olimi A. X. Vostokov va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Umumiy T. asoslari, tilni faoliyat va faoliyat mahsuli sifatida tushunish, tilning tashqi va ichki shakli haqidagi taʼlimot, tillarning tipologii tasnifi va boshqa muammolar nemis olimi V. Gumboldt tomonidan ishlab chiqildi. Uning fikrlari 19—20-asrlar gʻarb T.ning bir qancha yoʻnalishlari rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Gumboldt T. mantiqiylikdan qutulishi va oʻz metodiga ega boʻlishi kerakligini, tilning tizim xususiyatiga egaligini, uning 2 jixdti — tovush va maʼnosi borligini qamda ijtimoiy hodisaligini asosli bayon qildi. 19-asr oʻrtalarida A. Shleyxer T.da biologik nazariyalarni qoʻllashga urinib koʻrdi.

Lingvistik naturalizmni tanqid qilish negizida yosh grammatikachilar (nemis olimlari A. Leskin, K. Brugman, G. Ostxof, B. Delbryuk, G. Paul va boshqalar) maktabi shakllanib, u asosiy eʼtiborni jonli tillarni oʻrganishga karatdi. Ushbu maktab vakillari qiyosiytarixiy T.ning rivojini yangi bosqichga olib chiqdilar. 19-asrda hindevropashunoslikning asosiy tarmoqlari (ellinistikayunonshunoslik, romanistika, germanistika, slavyanshunoslik, keltshunoslik va boshqalar) batamom shakllanib boʻldi. Hindevropa tillari uchun ishlab chiqilgan qiyosiytarixiy metod tamoyillari ushbu oilaga kirmaydigan boshka tillarga ham tatbiq etildi. Shu tarika semitologiya, turkiyshunoslik, finugorshunoslik, afrikashunoslik kabi sohalar shakllanadi. T.ning 20-asr boshlaridagi rivojlanishida Ferdinand de Sossyurnnnt asarlari, birinchi navbatda, Umumiy tilshunoslik kursi (1916) muhim rol oʻynadi. Sossyur tilning belgi nazariyasini yaratdi, sinxroniya va diaxroniya, ichki lingvistika, tashki lingvistika va boshqa muammolarni tadqiq qildi. F. de Sossyur gʻoyalari keyinroq paydo boʻlgan lingvistik strukturalizm maktablarida: Praga lingvistik maktabi — funksional tilshunoslik, Kopengagen lingvistik toʻgaragi (glossematika), Jeneva maktabi, Amerika deskriptiv (tavsifiy) T.da yanada rivojlantiriladi.

Struktural oqimlar bilan bir katorda boshqacha yoʻnalishlar va qarashlar rivojlana boshladi: psixologik yoʻnalish (nemis olimlari X. Shteyntal va V. Vundt asarlari; rus olimi V. V. Potebilanya ham ushbu yoʻnalishga qoʻshiladi), neyrolingvistika va boshqa Materialistik dunyoqarashning keng yoyilishi bilan eksperimental fonetika va lingvistik geografiya xam rivojlana boshladi. Keyinchalik T.da yangi yoʻnalish va boʻlimlar: psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, semiotik lingvistika, transformatsiyey lingvistika, matn lingvistikasi va boshqa paydo boʻladi. Hozirgi xorijiy T.da materialistik nazariyalar bilan bir qatorda idealistik tamoyillarga asoslangan nazariyalar ham (mas., lisoniy nisbiylik nazariyasi yoki yangi gumboldtchilik) mavjud.

Oʻzbek T. tarixi Mahmud Koshgʻariy va Zamaxshariylarning izlanishlaridan boshlanib, uzok, tarixiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 15-asrdan 20-asr 20-yillarigacha oʻzbek tilini oʻrganishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor berildi (qarang Leksikografiya, Lugʻat), koʻplab ikki tilli (oʻzbekchaforscha, oʻzbekchaturkcha, oʻzbekcharuscha va aksincha tartibda) lugʻatlar tuzildi — T.ning leksikologiya va leksikofafiya boʻlimlari rivojlandi. Oʻzbek tilini hozirgi maʼnoda oʻrganish 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. Shoʻro davrida olib borilgan til siyosati, rus tilining jamiyatdagi mavqeini haddan ziyod oshirib koʻrsatish oqibatida tilni, til hodisalarini oʻrganish, tavsif va tadqiq etishda (ayniqsa, oʻzbek tili grammatikasini oʻrganishda) muayyan kamchilik va nuqsonlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsada, oʻzbek T. rivojlanib, maʼlum yutuklarga erishdi. Oʻzbek T. rivojiga Fitrat, K Ramazon, Otajon Hoshim, S. Ibrohimov, Olim Usmon, 3. Maʼrufov, Faxri Kamol, A. Gʻulomov, F. Abdullayev, Sh. Shoabduragʻmonov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov, M. Asqarova, X. Doniyorov, Sh. Shukurov, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev, E. Begmatov kabi olimlarimiz, rus tilshunoslaridan Ye. D. Polivanov, A. K. Borovkov, K. K. Yudaxin, A. N. Kononov, A. M. Shcherbak, V. V. Reshetov va boshqa katta xissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonda T. muammolari Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Tip va adabiyot institutoʻ, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining tilni oʻrgatish bilan bogʻliq kafedralari tomonidan oʻrganiladi, maxsus Oʻzbek tili va adabiyoti jurnali nashr etiladi. == Adabiyot ==

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev. 

Lingvistika (lot. lingua - til) - til haqidagi fan (k,. Tilshunoslik).

Qiyosiy tilshunoslik-tillarning universal xarakterlarini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan fandir. Tarixiy tilshunoslik-tillarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va oʻzgarishini oʻrganuvchi fandir.




#Article 47: Koinot (648 words)


Koinot — fazo, olamning astronomik taʼrifi; koʻpincha fazoviy apparatlar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va sayyoralararo stansiyalar orqali oʻrganiladigan yaqin koinot nazarda tutiladi. Bugungi kunda koinotning sarhadlari toʻla toʻkis oʻrganila olingan emas. Koinotdagi borliqning asosini vodorod tashkil etadi. Vodorodning turli omillar natijasida qayta ishlanishi (yuqori harorat va gravitatsiya (tortishish kuchi)) natijasida turli koʻrinishdagi galaktikalar va ularning tarkibida yulduz (quyosh sistemalari) vujudga keladi. Koinotning qariyb ~85 foiz massasi qora teshiklar va Ulkan qora teshiklarga toʻgʻri keladi.

Koinot — makon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga keladigan kosmik obʼyektlarni (Yerga Qaraganda bir necha mln. marta katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir. Moddaning K.da makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astronomiyada, K.ning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi.

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat K.ning biror chegarasini oʻrgana olgan. Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, K.ni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda K. deb tushungan. Yerning sharsimonligi maʼlum boʻlgandan keyin markazda Yer va uning atrofida aylanuvchi gʻoyat katta osmon gumbazi K. hisoblangan. Beruniy, Ulugʻbek, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, I. Nyuton va boshqalarning ishlari K. haqida tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob boʻldi hamda Yerning K.dagi vaziyati haqidagi, sayyoralarning harakat qonunlari haqidagi va boshqa fanlarga asos solindi. Quyosh sistemasi haqida haqiqatga birmuncha yaqin tasavvur vujudga keldi. 19-asrda rus astronomi V. Ya. Struve, nemis astronomi F. Bessel va boshqa olimlar K.ni tadqiq etishda yangilik — yaqin yulduzlargacha boʻlgan masofani aniqlaydigan yangi sahifani ochdilar. Yulduzlarning sayyoralarga qaraganda koʻp marta uzoqligi aniqlandi. Galaktika haqida tushuncha paydo boʻddi. Faqat 20-asr 30-yillaridagina uning oʻlchamlari va tuzilishi haqida umumiy maʼlumotlar olindi. Bu davrda osmondagi tumansimon spiral va elliptik obʼyektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri Galaktikaga oʻxshash bir necha oʻn milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil galaktikalar ekanligi isbotlandi. K.ni kuzatishdagi yangi texnik vositalar (kosmik zondlar, kosmik apparat) ning paydo boʻlishi yangi kashfiyotlarning yaratilishiga olib keldi. Mas, Yer, Oy, Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter va ularni qurshab olgan fazolar haqida koʻpgina yangi maʼlumotlar olindi. Yer sunʼiy yuldoshlarishn foydalanish natijasida fanning amaliy tarmoqlari, xususan, kosmik yershunoslik — tabiiy muhit, yer resurslari, geogr., geol., okeanshunoslik va boshqa masalalarni oʻrganuvchi fanlar majmui vujudga keldi. Navbatda ularning birgalikda olingan sistemasi — Metagalaktikank oʻrganish muammosi turadi. Astronomik asboblar bizdan bir necha mlrd. yorugʻlik yili uzoqlikdagi obʼyektlarni kuzatish imkonini beradi. 1963 yilda kashf qilingan kvazarlar bundan ham uzoqda joylashgan. K.ning oʻrganilayotgan qismi chegaralanganligi uning makon va zamonda cheksizligiga zid boʻlmay, fan va texnikaning ayni paytdagi taraqqiyot chegarasini belgilaydi.

K.dagi moddalarning asosiy tarkibi plazmadan iborat. Biroq, K.da oʻta zich tabiatli (qora oʻra), shuningdek, asosan, aynigan gazlardan iborat boʻlgan obʼyektlar (neytron yulduzlar) ham bor. Yulduzlar va galaktikalarning oʻziga xos xususiyatlari uning sirtida portlashlar va moddalarning otilishi vaqtida yuqori faollik mavjudligi hisoblanadi (yangi yulduzlar, chaqnaydigan yulduzlar, yadrosi faol galaktikalar).

Yer materik jismlarining yoshi zamonaviy hisoblashlarga koʻra, oʻrtacha 4,6 mlrd. yilni, Quyoshniki — 5 mlrd. yildan ortiqni, Galaktikalarniki — 10 mlrd. yilni tashkil etadi.

Astronomiya fani Quyosh sistemasi, yulduzlar va galaktikalar olamidagi fizik qonuniyatlar va evolyusiya qonunlari hamda sabablarini oʻrganmoqda. Koʻpgina kosmik jismlar va ular sistemalarining tarkib topish jarayonlari juda sekin — millionlab va milliardlab yil davomida boradi. Quyosh sistemasining kosmogoniyayechni oʻrgana borib, uning tuzilishi va jismlarning hosil boʻlish tarkibi haqidagi maʼlumotlarga asoslanish mumkin.

Ilgari, K.dagi barcha jismlar massasi, asosan, yulduzlarda toʻplangan, sayyoralar va mayda jismlar (kometa, meteor jism, gaz, chang va boshqalar) uning ozgina qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning paydo boʻlishi va taraqqiyotida galaktikalar yadrosi faol ahamiyati aniqlandi, noyob kvazarlar gravitatsion linzalar kashf qilindi K. massasining asosiy qismi galaktikada toʻplangan deyish mumkin. Galaktikalarning oʻzaro uzoqlashishi galaktikalar kachonlardir bir joyda toʻplangan oʻta zich jiyemdan iborat boʻlganligidan dalolat beradi.

Mamadmuso Mamadazimov.




#Article 48: Fizika (1615 words)


Fizika ( — „tabiiy“, φύσις (physis) — „tabiat“) tabiiy borliq haqidagi fan boʻlib, koinotni tashkil etuvchi asosiy tarkiblarni, uning mohiyatini tushuntirib beruvchi maydon va uning xususiyatlarini oʻrganadi. U quyidagi asosiy qismlardan iborat:

Fizika — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan oʻzaro taʼsiriga tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar oʻrganadi. Binobarin, fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir.

Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Amal i y fizika ham mavjud (mas, amaliy optika yoki amaliy akustika).

Oʻrganilayotgan obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, gaz va suyukliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz ichiga oladi.

Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga boʻlib oʻrganish mumkin: 1) qad. zamondan 17-asrgacha boʻlgan davr; 2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha boʻlgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi; 3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha boʻlgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub.

Turli xrdisalarni va ularning sababini oʻrganish qad. zamon olimlarining bizgacha yetib kelgan asarlarida aks etgan. Miloddan avvalgi 6-asrdan to milodiy 2-asrgacha boʻlgan davrda moddalarning atomlardan tashkil topganligi haqidagi tushunchalar va goyalar yaratildi (Demokrit, Epikur, Lukretsiy), dunyoning geotsentrik tizimi ishlab chiqildi (Ptolemey), elektr va magnit hodisalari kuzatildi (Fales), statika (Pifagor) va gidrostatikaning rivojlanishiga asos solindi (Arximed), yorugʻlik nurining toʻgʻri chizikli tarqalishi va qaytish qonunlari ochildi, miloddan avvalgi 4-asrda Aristotel oʻtmish avlodlar va zamondoshlarining ishlariga yakun yasadi. Aristotelning ijodi yutuklar bilan birga kamchiliklardan ham xoli emas. U tajribalarning mohiyatini tan oldi, ammo uni bilimlarning ishonchli belgisi ekanini inkor etib, asosiy eʼtiborni farosat bilan anglashda, deb bildi. Aristotel ijodining bu tomonlari cherkov namoyandalariga qoʻl kelib, uzok, davrlar fan taraqqiyotiga toʻsqinlik koʻrsatdilar. 9—16-asrlarda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga siljidi. Bu davrga kelib, fan rivojiga, jumladan, fizikaning rivojiga Oʻrta Osiyo olimlari ulkan hissa qoʻshdilar. Fizika, matematika, astronomiya va tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Termiziy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Ali Kushchi va boshqa oʻrta osiyolik olimlarning ishlarida oʻz aksini topgan. Bu olimlarning fizikaga oid ilmiy ishlari, mexanika, geometriya, osmon mexanikasi, optika va turli tabiat xrdisalarini oʻrganish bilan bogʻliqdir. Xorazmiy oʻrta ayerlarda, nazariy va amaliy tabiatshunoslik qali boʻlmagan davrda, dunyoviy fanlar, ilgʻor ijtimoiyfalsafiy fikrlar ijodkori boʻlib chikdi. U Sharqning dastlabki akademiyasi „Bayt ulHikma“ („Donolar uyi“)ning shakllanishida faol ishtirok etgan. Bu yerda uning raxbarligida arablar va boshqa xalklar vakillari bilan bir qatorda Ahmad alFargʻoniy, Axmad Abdulabbos Marvaziy kabi oʻrta osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. „Algoritm“ soʻzi „Xorazmiy“ soʻzining lotincha transkripsiyasi boʻlib, bu soʻzni algebra masalalarini yechishda birinchi marta qoʻllagan edi. Ahmad alFargʻoniyning „Osmon jismlari harakati“ kitobi 9-asrda bitilgan boʻlib, 12-asrda lotin tiliga, 13-asrda Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilinib keng tarqalgan edi. Ahmad alFargʻoniy asarlari Yevropada Uygʻonish davri ilmiy tadqiqotchilarining asosini tashkil etgan asarlardan boʻldi. U yorugʻlikning sinishi va qaytishini aniklagan. Fargʻoniy stereografik proyeksiya nazariyasining asoschisi sifatida fazo jismlari harakatining tekisliklardagi proyeksiyalari nisbatlari asosida baʼzi bir kattaliklarni oʻlchash mumkinligini isbotladi. Bu fikr bugun ham astrofizika fanida oʻz qiymatini yoʻqotmagan.

Beruniy Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini oʻzi yasagan asboblar yordamida isbotladi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini aniqladi. U dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, atomning boʻlinishi, atomdan keyingi zarralarning oʻzaro taʼsir kuchlari, solishtirma ogʻirlikni aniklash usullari, jism inersiyasi, boʻshliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomgʻir va doʻlning paydo boʻlish sabablari, energiya aylanishi, jismlarning elektrlanishi, dengiz hamda ummon suvlarining koʻtarilishi va pasayish sabablari, yorugʻlikning korpuskulyar hamda toʻlqin xossasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlikning qaytishi hamda sinishining sabablari, dispersiya xrdisasi, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlari ellips shakliga yaqinligi, fazoviy jismlarning vaznsizligi toʻgʻrisida fikrlar yuritdi. Abu Nasr alForobiyning tovush tezligi, tovushning toʻlqin tabiati, tovush chastotasi, tovush toʻlqinining uzunligi haqidagi fikrlari va ularga asoslanib yaratilgan musiqa notasi hamda optikaga oid koʻpgina ishlari fizika fanining rivojlanishiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch, massa va tezlanish orasidagi bogʻlanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chizikli tezlik, boʻshliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlikning tabiati, issiqlik uzatilishining turlari, yashin va yashinning turlari, momaqaldiroq hodisasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlik dispersiyasi, linza, atom tuzil ishi va boshqa mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon tushunchalariga juda moye keladi.

Hakim Termiziy dunyoviy fanlarning ungacha boʻlgan yutuqlarini qomusiy olim sifatida oʻrgandi, jumladan, tabiat hodisalari va jarayonlarini tahlil etuvchi „Solnoma“, „Haftanoma“ kabi asarlari maʼlum. Mirzo Ulugbek 15-asrda jahonda yagona rasadxona qurdi. Uning „Ziji Koʻragoniy“ asarida astronomiyaning nazariy asoslari yoritiddi va 1018 ta yulduzning joylashish koordinatalarini juda katta aniklikda beriddi. Uning qiymatlari hozirgi qiymatlarga juda yaqin.

Fizik hodisalarni tushuntirishda oʻrta osiyolik olimlarning mulohazalari qad. anʼanalar taʼsirida rivojlangan boʻlsada, ular matematik usullarni keng joriy etib, tajribalardan foydalanib, fanga katta hissa qoʻshdilar.

Klassik fizikaning rivojlanishi. 17-asrga kelib G.Galiley mexanik harakatni tajriba yoʻli bilan oʻrganib, harakatni matematik formulalar asosida ifodalash zarurligini aniqladi va bu fizika fanining keskin rivojiga turtki boʻldi. U jismlarning oʻzaro taʼsiri natijasida tezlik oʻzgarib, tezlanish hosil boʻlishiini, taʼsir boʻlmaganda harakat holatining oʻzgarmasligi, yaʼni tezlanishning nolga tengligini yoki tezlikning oʻzgarmasdan saklanishini qayd etib, Aristotelning shu masalaga qarashli fikrini, yaʼni taʼsir natijasida tezlik hosil boʻlishini inkor etadi. Keyinchalik Galiley aniqlagan qonun inersiya qonuni yoki Nyutonning mexanikaga oid birinchi qonuni degan nom oldi. 1600 yilda U. Gilbert elektr va magnit xrdisalarni oʻrganish bilan shuhrat qozondi hamda Yer tirik magnit ekanligini isbotladi. U kompas magnit milining burilishini Yerning katta magnitga oʻxshashi orqali tushuntirdi, magnetizm va elektrning oʻzaro bogʻlanishini tekshirdi. Galiley mexanikadagi nisbiylik prinsipini ochdi va erkin tushayotgan jism tezlanishi uning tezligi va massasiga bogʻliq emasligini isbotladi. E.Torrichelli yuqoridagi prinsipdan foydalanib, atmosfera bosimining mavjudligini aniqladi va birinchi barometrni yaratdi. R. Boyl va E. Mariott gazlarning elastikligini aniqladilar hamda gazlar uchun birinchi qonun —Boyl—Mariott qonunini yaratdilar. Gollandiyalik astronom va matematik V.Snellius (Snell) bilan R.Dekart yorugʻlik nurining sinish qonunini ochdilar.

Shunday qilib, 17-asrda klassik mexanika mustahkam oʻrin egalladi, akustika, optika, elektr va magnetizm, issiqlik hodisalarini oʻrganish sohalarida katta izlanishlar boshlandi. 18-asrga kelib tajriba va mat.dan kengfoydalangan klassik mexanika va osmon mexanikasi yanada tez surʼatlar bilan rivojlandi. Yer va Osmon hodisalarini mexanika krnunlari orqali tushuntirish asosiy maqsad hamda bosh taʼlimot hisoblanar edi. Hatto, oʻrganilayotgan fizik hodisani mexanika qonunlari orqali tushuntirish mumkin boʻlmasa, tanlangan tushuntirish yoʻli toʻliq emas yoki notoʻgʻri deb yuritilar edi.

Rus fiziklari G.Rixman, M.V.77omonosov va amerikalik olim B. Franklin atmosferada hosil boʻladigan elektr, yashinning tabiatini tushuntirib berdilar. A.Galvani, A. Volta va keyinchalik rus fizigi hamda elektrotexnigi V. Petrovning kuzatishlari va tadqiqotlari elektrodinamikaning vujudga kelishi hamda tez surʼatlar bilan rivojlanishiga sabab boʻldi. Optika sohasida P. Buger va I. Lambert ishlari tufayli fotometriyaga asos solindi. Infraqizil (ingliz optigi V. Gershel va ingliz kimyogari U. Vollston) va ultrabinafsha (ingliz kimyogari I. Ritter) nurlar mavjudligi aniqlandi. Issiqlik hodisalari, issiklik miqdori, tra, issiqlik sigʻimi, issiklik oʻtkazuvchanlik va h.k.ni oʻrganishda xam qator izlanishlar olib borildi. M. Lomonosov, R.Boyl, R.Guk, Bernullilar issiqlikning molekulyar — kinetik nazariyasiga asos soldilar.

Italiyalik olimlar A. Galvani va A.Voltalarning elektr tokini kashf etishlari hamda dunyoda birinchi marta 1800 yilda galvanik elementning yasalishi fizika fanining rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. 1820 yilda daniyalik fizik X. Ersted tokli oʻtkazgichning kompas mili bilan oʻzaro taʼsirda boʻlishini elektr va magnit hodisalar orasida boglanish borligi bilan tushuntirdi. Shu yillarda A. Amper zaryadlangan zarralarning tartibli harakati tufayli paydo boʻluvchi elektr toki bilan barcha magnit hodisalari bogʻliq ekanligi toʻgʻrisida xulosaga keldi va tajriba asosida tokli oʻtkazgichlar orasidagi vujudga keluvchi oʻzaro taʼsir kuchini ifodalovchi qonunni ixtiro qildi (Amper qonuni). 1831 yilda M. Faradey elektromagnit induksiya hodisasini ochdi va elektromagnit maydon tushunchasi haqidagi taʼlimotni yaratdi. Metallarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻrganish Om krnunining (1826), moddalarning issiqlik xususiyatlarini oʻrganish — issiqlik sigʻimi qonunining yaratilishiga olib keldi.

Tabiatning barcha hodisalarini bir butun qilib bogʻlovchi energiyaning saqlanish va aylanish qonunining ochilishi tabiatshunoslikda, jumladan, fizikaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 19-asr oʻrtalariga kelib tajriba orqali issiklik miqdori bilan bajarilgan ish miqdorining oʻzaro qiyosiy tengligi isbotlandi va shu asosda issiqlik energiyaning maxsus turi ekanligi aniqlandi. Energiyaning saklanish va aylanish qonuni issiqlik hodisalari nazariyasining asosiy qonuni boʻlib, u termodinamikannsh birinchi bosh qonuni deb ataladi. Bu qonunni Yu.R.Mayer taʼriflagan, nemis fizigi G.Gelmgots aniqroq shaklga keltirgan (1874). Termodinamikaning rivojlanishida S. Karno, R. Kpauzius, U.Tomson, E.Klapeyron va D.I.A/yendeleyevlarning xizmatlari katta boʻldi. S. Karno issiqlikning mexanik xdrakatga aylanishini aniqladi, R.Klauzius, U. Tomson issiklik nazariyasining asosiy qonuni — termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini taʼrifladilar, R. Boyl, E. Mariott, J.GeyLyussak, B. Klapeyron ideal gazning xrlat tenglamasini aniqladilar. D.I.Mendeleyev uni barcha gazlar uchun umumlashtirdi va h.k. Termodinamika bilan birga issiqlikning molekulyarkinetik nazariyasi rivojlanib bordi. A. Eynshteyn, polyak fizigi M. Smoluxovskiy va fransuz fizigi J. Perrenlar broun harakati atom hamda molekulalarning issiklik harakati ekanligini isbotlab, molekulyarkinetik nazariya asoslari boʻlgan broun harakatining miqsoriy nazariyasini yaratdilar. Bu esa, oʻz navbatida, statistik mexanikaning toʻla tan olinishiga olib keldi. J.K.Maksvell kiritgan ehtimollik xarakteriga ega boʻlgan statistik tushunchalar asosida gazlardagi molekulalar tezligi, erkin yugurish uzunligi, vaqt birligi ichidagi toʻqnashuvlar soni va boshqa kattaliklarning oʻrtacha qiymatlarini topishga yoʻl ochildi, traning molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyasiga bogʻlikligi koʻrsatildi. Materiyaning kinetik nazariyasi taraqqiy etishi L. Boltsman tomonidan statistik mexanika — Boltsman statistikasishtt yaratilishiga olib keldi. 19-asrning 2yarmida J.K.Maksvell elektromagnit hodisalarning elektromagnit maydon tushunchasiga asoslangan yangi nazariyasini va uni ifodalovchi tegishli tenglamalar tizimini yaratdi. U tabiatda elektromagnit toʻlqinlarning mavjudligini, ularning anik, xususiyatlari — bosimi, difraksiyasi, interferensiyasi, tarqalish tezligi, qutblanishi va h.k. borligini aniqladi. Maksvell nazariyasining eng muhim natijasi elektromagnit toʻlqinlarning tarqalish tezligi yoruglik tezligiga teng boʻlgan qiymatga ega ekanligi toʻgʻrisidagi xulosa hisoblandi. Maksvell nazariyasidan yorugʻlikning elektromagnit xususiyatiga ega ekanligi kelib chikdi. G.Ge/i




#Article 49: Oʻsh (shahar) (222 words)


Oʻsh — Qirgʻiziston janubida joylashgan, poytaxt Bishkekdan keyin „janubiy poytaxt“ maqomiga ega yirik shahar, viloyat markazidir. Oʻsh shahri 3000 yillik tarixga ega. Oʻsh chiroyli va juda tarixi buyuk shahardir. Shaharning oʻrtasidan Oqbura daryosi oʻtadi. Shuningdek, shahar markazida Sulaymon togʻi joylashgan. Togʻ choʻqqisida Zahiriddin Muhammad Bobur qurdirgan hujra bor. Ayni paytda shahar aholisi rasman 255 800 kishini tashkil qiladi.

Oʻsh shahri 1939-yildan beri Oʻsh viloyatining markazi boʻlib kelyapti. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek, tojik, rus va boshqa bir qancha millat vaikkillari istiqomat qiladi. 

Oʻsh shahri — Qirgʻiziston shaharlari orasida aholisi boʻyicha Bishkekdan keyingi ikkinchi shahar hisoblanadi. 2011-yilning 1 yanvardagi hisobga koʻra, shahar aholisi 230 800 kishini tashkil qildi, shahar tarkibiga kiruvchi qishloq hududlari bilan esa, 255 800 kishi roʻyxatdan oʻtgan.. Shahar aholisi shahar chetidagi qishloqlari bilan 500 ming kishinin tashkil qiladi (2008 yil).

Aholining koʻpchilik qismini qirgʻizlar (43%) va oʻzbeklar (48%) tuzadi, shaharda shuningdek  ruslar, turklar, tatarlar, uygʻurlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladilar

Oʻsh shahri Fargʻona vodiysining janubi-sharqiy tomonida boʻlib, Oʻsh-Qorasuv tekkisligida, dengiz sathidan 700-1200 metr balandlikda joylashgan. Tekkislikning yonginasida Sulaymon togʻi qaʼd koʻtarib turadi. Shahar oralab shimoliy, shimoliy-sharqiy qismlarida Oqbura daryosi Oloy tizmasidan, Fargʻona vodiysiga oqib oʻtadi.

Qishi sovuq, yanvar oyining oʻrtacha harorati –3,5°С. Bahor erta keladi va iliq boʻladi. Yozi issiq kelib, qurgʻoqchilik boʻladi. Iyulning oʻrtacha harorati 24,7°С. Yilning oʻrtacha harorati 11,2°С ni tashkil qiladi. Yogʻingarchilik meʼyori 350 mm ga yetadi.




#Article 50: BMT (5996 words)


BMTni bilasizmi?
Koʻpchiligimiz, albatta, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish yoki insonparvarlik yordami koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati borasida eshitganmiz. Biroq uning hayotimizga bevosita taʼsir koʻrsatayotgan boshqa koʻplab faoliyatlari toʻgʻrisida zamondoshlarimiz har doim ham batafsil maʼlumotga ega boʻlolmaydilar. Mazkur kitobchada Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz faoliyati bilan butun jahon xalqlari hayot tarzini yaxshilashga qanday yordamlashayotgani haqida hikoya qilish bilan birga bu tashkilotning qachon tashkil etilgani va qanday ishlar bilan shugʻullanayotgani borasida qisqacha maʼlumot beriladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun insoniyat duch kelayotgan muammolar hal etiladigan markazdir. Mazkur faoliyat Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimini tashkil etuvchi 30 dan ortiq tashkilotning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari natijasi oʻlaroq amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish, turli xavfli kasalliklarga qarshi kurashish, taraqqiyotni barqaror etishga yordamlashish va qashshoqlikka qarshi kurashish borasida kundan kun faolroq ish olib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti muassasalari havo va dengiz orqali xavfsiz va samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyish norma va qoidalarini ishlab chiqadi, tetelekommunikatsiyalarni takomillashtirish va talabgorlar hojatini qondirisha koʻmaklashadi, intellektual mulk huquqiga hurmat-eʼtibor bilan yondoshish va radiotoʻlqinlarni tarqatishni tartibga solishga yordamlashadi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi va terrorizmga qarshi kurash xalqaro kompaniyasining ham tashabbuskoridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari dunyoning barcha mintaqalarida faoliyat koʻrsatib qochoqlarga yordam qoʻlini choʻzadi va Minalardan tozalash dasturini amalga oshiradi, ichimlik suvlarining sifatini yaxshilashga yordamlashadi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi, rivojlanayotgan mamlakatlarga qarz beradi va moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirishga koʻmaklashadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qanday faoliyat koʻrsatadi?
BMT tinchlikni barqaror etish uchun nimalar qiladi?
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik oʻrnatish boʻyicha faoliyati
BMT adolatni barqaror etish, inson huquqlari va xalqaro huquq borasida nimalar qilmoqda?
BMT insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida nimalar qilmoqda?
Taraqqiyot maqsadida BMT nimalar qilmoqda?

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qanday faoliyat koʻrsatadi?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yil 24 oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jur`ati bilan toʻlib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda 185 mamlakat, yaʼni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzolaridir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzosi boʻlgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti toʻrtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolari - mustaqil davlatlardir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi. Biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va bizning barchamizga daxldor boʻlgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqishga yordam bera oladigan mablagʻlarga ega boʻladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha katta-kichik, boy va kambagʻal, turli siyosiy qarashlar va ijtimoiy tizimdagi davlatlar aʼzo boʻlib, ular ovoz berish va ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega.

Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi - Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ - Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat koʻrsatadi.

Bosh Assambleya

Bosh Assambleya - oʻziga xos butunjahon parlamentining insoniyatning eng dolzarb muammolari koʻrib chiqilayotgan majlislarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi boʻlgan barcha mamlakatlar vakillari qatnashadi. Har bir aʼzo-mamlakat bir ovozga ega. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi aʼzolarni qabul qilish yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti budjetini tasdiqlash, shu jumladan, tinchlikni saqlash operatsiyalariga mablagʻ ajratish singari muhim masalalar koʻpchilik, aniqrogʻi, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi.

Boshqa masalalar boʻyicha qarorlar, odatdagidek, koʻpchilik ovoz bilan qabul etilaveradi. Keyingi yillarda Assambleya qarorlari rasmiy ovoz berish yoʻli bilan emas, balki, konsesus asosida qabul etilishi uchun maxsus saʼy-harakatlar olib borilmoqda. 1999/2000 yilgi sessiyalarda yadroviy qurolsizlanish, taraqqiyot, atrof muhitni muhofaza etish va yangicha demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 masala koʻrib chiqilishi kerak edi. oʻz qarorlari gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlsa ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning axloqiy talabi hisoblansa ham Assambleya oʻz qarorlarini majburan qabul qildirmaydi.

Assambleyaning har yilgi navbatdagi sessiyasi sentabrdan dekabrga qadar boʻlgan muddat davomida oʻtkaziladi. Assambleya zarurat tugʻilganda oʻz ishini qayta chaqirilgan sessiyada davom ettirishi yoki jiddiy tashvish tugʻdirgan masalalar boʻyicha maxsus yoki favqulodda sessiyalar oʻtkazishi mumkin. Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita bosh qoʻmitalarida, boshqa organlarida va Kotibiyatda davom etadi.

Xavfsizlik Kengashi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin.

Kengash 15 aʼzodan tashkil topgan. Ularning beshtasi - Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya - doimiy aʼzolar hisoblanadi. Kengashning qolgan oʻn aʼzosi Bosh Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadilar. Keyingi yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Kengashning aʼzolar tarkibini oʻzgartirish, bu tadbir zamonaviy va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti.

Kengashning qarorlari, uning uchun toʻqqiz aʼzo ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi. Kun tartibidagi masalaga Kengashning doimiy aʼzolaridan birortasi qarshi ovoz bersa, shuningdek, veto huquqidan foydalansa qaror qabul qilinmaydi.

Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda bu mojaro avvalo tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Kengash, balki bartaraf etish tamoyillarini ishlab chiqadi yoki hakam vazifasini oʻtaydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda

Kengash oʻt ochishni toʻxtatish choralarini koʻradi. Shuningdek, u tomonlarni yarashtirish yoki bir-birlari bilan janjallashayotganlarni ajratishga yordam beradigan, tinchlikni barqaror etuvchi missiya yuborishi mumkin.

Kengash oʻzi qabul etgan qarorlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar qabul qilishi mumkin. U iqtisodiy jazo choralari qoʻllashi yoki qurollarni yetkazib berishga embargo qoʻyishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda Kengash oʻzi qabul qilgan qarorni bajarish uchun aʼzo-mamlakatga birgalikdagi harbiy harakatlarga qadar boʻlgan barcha zarur vositalarni qoʻllashga vakolat beradi.

Shuningdek, Kengash Bosh kotib lavozimiga muayyan nomzodni va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi aʼzolarni tavsiya etadi.

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Bosh Assambleyaning umumiy rahbarligi ostida harakat qilib Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi muassasalar faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy sohada muvofiqlashtirib turadi. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama etish va shu sohadagi siyosat borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun bosh anjuman hisoblangan Kengash taraqqiyot maqsadlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Kengash ish faoliyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Fuqarolar jamiyati oʻrtasidagi oʻsha muhim hayotiy muloqotni qoʻllab-quvvatlagan holda tegishli nohukumat tashkilotlari bilan maslahatlashadi.

Kengash tarkibiga Bosh Assambleya tomonidan uch yilga saylanadigan 54 nafar aʼzo kiradi. Kengash har yili - Nyu-York va Jenevada, galma-galdan - oʻzining bir oy muddatga choʻziladigan sessiyasini oʻtkazadi. Sessiya davomida muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muhokama etish uchun ministrlar darajasida majlis, 1998 yildan esa sessiya doirasida insonparvarlik masalalarini koʻrib chiqish bosqichi oʻtkazilmoqda.

Kengashning ishlari yil mobaynida oʻz yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib turadigan va Kengashga hisobot beradigan yordamchi tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Masalan, inson huquqlari komissiyasi dunyoning barcha mamlakatlarida inson huquqlariga qanday rioya etilayotganligini nazorat qiladi. Boshqa tashkilotlar ijtimoiy taraqqiyot, xotin-qizlarning ahvoli, jinoyatchilikdan ogoh etish, giyohvandlikka qarshi kurash va atrof muhitni muhofaza etish masalalari bilan shugʻullanadilar. Beshta hududiy komissiya iqtisodiy taraqqiyot va oʻz hududlarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi.

Vasiylik Kengashi

Vasiylik Kengashi 7 aʼzo-mamlakat qoʻl ostidagi 11 vasiylik hududida xalqaro nazoratni taʼminlash, shuningdek, ularning hukumatlari bu hududlarda oʻz-oʻzini boshqarish yoki mustaqillikning zarur chora-tadbirlarini koʻrishlari uchun xalqaro nazoratni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. 1994 yilga kelib vasiylik hududlarining barchasi oʻzlarini boshqara boshladilar yoki alohida davlatga aylanib mustaqillikka erishdilar, yoxud mustaqil qoʻshni davlatlar bilan qoʻshilishdi. Eng oxiri boʻlib bunday tadbirni Qoʻshma Shtatlari qoʻl ostida boʻlgan Tinch okean orollari (Palau) vasiylik hududi amalga oshirdi va 185-aʼzo davlat boʻlib qoldi.

Hozirgi paytda, tarkibiga Xavfsizlik Kengashining besh doimiy aʼzosi kirgani sababli Vasiylik Kengashi ishlari, asosan, tugallandi, uning ish tartibi qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi, yaʼni u oʻzining yigʻilishlarini faqat shart-sharoit taqozo etgan hollardagina oʻtkazadigan boʻldi.

Xalqaro Sud

Xalqaro Sud - Butunjahon sudi sifatida hammaga maʼlum boʻlib, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh sud organidir. Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan saylangan 15 sudyadan tashkil topgan Xalqaro Sud davlatlar oʻrtasidagi mojarolarni bartaraf etish bilan shugʻullanadi. Davlatlarning - sud muhokamasida qatnashishlari ixtiyoriydir, biroq davlatlar shunga rozi bGʻlsalar, ular Sud qaroriga boʻysunishlari shart. Shuningdek, Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi iltimoslari bilan Sud konsultativ xulosalar chiqarish ishlari bilan ham shugʻullanadi.

Kotibiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi va boshqa tashkilotlari koʻrsatmalariga muvofiq tezkor va maʼmuriy ishlarni amalga oshiradi. Uni umumiy maʼmuriy rahbarlikni olib boradigan Bosh kotib boshqaradi.

Hozirgi vaqtda Kotibiyat qariyb dunyoning 160 mamlakatidan boʻlgan 8900 kishi ishlaydigan yetti deportament va turli boshqarmalardan tashkil topgan. Bundan tashqari Nyu-York, Jeneva, Vena va Nayrobida Birlashgan Millatlar Tashkilotining boʻlimlari mavjud.

BMT tinchlikni barqaror etish uchun nimalar qiladi?
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng bosh vazifalaridan biri - butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir. Nizomga binoan aʼzo-mamlakatlar oʻzlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch yoʻl bilan hal etadi, qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbatan qoʻllamaydilar, ularga tahdid solmaydilar.

Koʻp yillar mobaynida xalqaro krizislarni bartaraf etish va paydo boʻlgan mojarolarni hal qilishga yordam berishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti muhim rol oʻynadi. U tinchlikni oʻrnatish, tinchlikni saqlab qolish va insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida koʻplab operatsiyalar turkumini amalga oshirdi. Shuningdek u birmuncha jiddiy tus olgan mojarolarni ham bartaraf etishga muvaffaq boʻldi. Mojarolar kelib chiqqan hollarda u zoʻravonlikning tub ildizlarini qirqish va mustahkam tinchlik uchun asoslar yaratishga yoʻnaltirilgan va koordinatsiyalashtirilgan yanada qatʼiy chora-tadlbirlar qabul qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu borada diqqatga sazovor natijalarni qoʻlga kiritdi. Masalan, 1962 yilgi Karib krizisini, 1973 yilgi Yaqin Sharq janjalidagi keskinlikni bartaraf etishga muvaffaq boʻldi. 1988 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi saʼy-harakatlari Eron-Iroq urushini bartaraf etish imkonini berdi, undan keyingi yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan oʻtkazilgagn muzokaralar tufayli sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 90-yillarda Quvayt mustaqilligini tiklashga yordam berdi, Kambodja, Salvador, Gvatemala va Mozambikda fuqarolar urushini toʻxtatishda, Gaiti va Syerra-Leonda demokratiya asosida saylangan hukumatni tiklashda katta rol oʻynadi, shuningdek, qator boshqa mamlakatlardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etdi va hal qildi.

Qurol-yarogʻlar tarqalishiga chek qoʻyish, shuningdek, yalpi qirgʻin qurollarining qisqartirilishi, pirovardida, ularning barcha zahiralari yoʻqotilishiga erishish eng muhim vazifalardan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurolsizlanish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish, shu sohada tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqotlar tashabbuskori boʻlish uchun doimiy forum vazifasini oʻtaydi. U qurolsizlanish boʻyicha Konferensiya va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida olib boriladigan koʻpqirrali muzokaralarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu muzokaralar natijasida Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi keng qamrovli shartnoma (1996 y.) va yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi shartnoma kabi xalqaro kelishuvlar roʻyobga chiqdi.

Shuningdek, bundan boshqa kimyoviy (1992 yil) va bakteriologik (1972) qurollarning zahiralarini tayyorlash, ishlab chiqish va toʻplashni taʼqiqlovchi, dengiz va okeanlar tubiga (1971 yil) va kosmik fazoga (1967 yil) yadro qurolini joylashtirishni taʼqiqlovchi shartnomalar, shu singari yana boshqa turdagi qurollarni taʼqiqlovchi yoki chegaralovchiartnomalar tuzilgan edi. 1977 yilda yer usti minalaridan foydalanishni taʼqiqlovchi konvensiyaga 100 dan ortiq davlat imzo chekdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti mana shu konvensiyaga va vayron qiluvchi turdagi qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi boshqa xalqaro shartnomalarga barcha davlatlarni qoʻshilishga chaqirdi. BMT shuningdek, oʻq otar va yengil qurollar ustidan nazoratni kuchaytirishning ham tarafdoridir. Bosh Assambleya karoriga binoan xalqaro konferensiya oʻq otish qurollari bilan noqonuniy savdo qilish boʻyicha masalani 2001 yilda koʻrib chiqadi.

Venada joylashgan atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik, kafolatlar borasidagi bitimlar tizimi asosida faoliyat koʻrsatib, tinchlik maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan atom ashyolari va jihozlaridan harbiy maqsadlarda foydalanilmasligini taʼminlashga javob beradi. Gaagada joylashgan Kimyoviy qurollarni taʼqiqlash boʻyicha tashkilot jahonning barcha mamlakatlari kimyoviy obyektlari haqida maʼlumot yigʻish bilan shugʻullanadi va kimyoviy qurollar boʻyicha Konvensiyaga amal qilish uchun nazoratni taʼminlash maqsadida doimiy kuzatuv olib boradi.

Tinchlikni barqaror etish

Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining tinchlik oʻrnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda qarama-qarshi boʻlib qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasidagi oʻz saʼy-harakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va tinchlik oʻrnatish yoki uni, masalan, muzokaralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yoʻllarini tavsiya qilishi mumkin.
Tinchlikni barqaror etish ishida Bosh kotib muhim rol oʻynaydi. U Xavfsizlik Kengashi eʼtiboriga oʻz fikri boʻyicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan har qanday muammoni havola etishi mumkin. Bosh kotib beminnat xizmatdan, vositachilik funksiyasidan foydalanishi yoki sahna ortida bevosita oʻzi yoki maxsus vakil orqali tinch diplomatiya bilan ish olib borishi kerak. Bosh kotib, shuningdek, holat kesinlashguniga qadar janjalning oldini olish uchun ogohlantiruvchi diplomatiya mexanizmidan ham foydalanishi mumkin. Bundan tashqari faktlarni aniqlash, hududiy doirada shugʻullanayotgan tinchlik oʻrnatuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatlarda - tomonlarga ishonchni mustahkamlashga yordam koʻrsatadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining siyosiy boʻlimlarini ochish uchun missiya joʻnatishi mumkin.

Tinch qurilish

Birlashgan Millatlar Tashkilotining faoliyati - jabr-zulmning tub sabablarini imkon qadar koʻproq bartaraf etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham tinch qurilishning eng muhim unsurlaridan biri - taraqqiyot uchun yordamni ayamaslikdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimning boshqa tashkilotlari bilan hamkorlikda va davlatlar orasidagi donor mamlakatlar hamda nohukumat tashkilotlari ishtirokida butun jamiyatning baxt-saodati uchun, qonun-qoidalar ustuvorligini barqaror etish uchun mojarolar oqibatlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda saylovlar oʻtkazish va inson huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan, boshqarishni takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlaydigan yordam koʻrsatadi. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu mamlakatlarga mojarolar oqibatida izdan chiqqan maʼmuriy tizimni, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa unsurlarini tiklashga yordam beradi.

Mazkur faoliyatning 1989 yilda Namibiyada saylovlarning oʻtkazilishini, Mozambikda minalardan tozalash dasturini va Gaitida fuqaro politsiyasi xodimlarini tayyorlashni kuzatish kabi baʼzi turlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni oʻrnatish boʻyicha operatsiyalari doirasida amalga oshirildi, bu holda ushbu faoliyatning baʼzi jihatlari tinchlikni oʻrnatish operatsiyasidan keyin ham davom etishi mumkin. Faoliyatning boshqa, masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Liberiyada tinch qurilish jarayonini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz boʻlimini ochishi, Kambodjada Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha boʻlimining faoliyat koʻrsatib turishi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gvatemalada mamlakat hayotining qariyb barcha jabhalariga taʼsir koʻrsatib, tinchlik bitimlari tuzilishiga yordam berayotgani kabi turlari hukumatlarning iltimosiga binoan amalga oshiriladi.

Tinchlikni saqlab qolish

Xavfsizlik Kengashi oʻzining tinchlikni saqlash va xalqaro xavfsizlik borasidagi saʼy-harakatlari doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash bhyicha operatsiyalarining vakolat va mandat doiralarini tasdiqlab beradi. Muzokaralar davrasida uzoq muddatga moʻljallangan qarorlar ustida izlanishlar olib borilayotgan paytda, bunday operatsiyalarning koʻpchiligida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini kuzatayotgan yoki oraliq zona tashkil etgan harbiy xizmatchilar ishtiroki koʻzda tutiladi. Boshqa operatsiyalarda saylovlarni tashkil etishga yordamlashadigan yoki inson huquqlari himoya etilishini nazorat qiladigan fuqaro politsiyachilar va fuqaro mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Sobiq Yugoslaviya Respublikasining Makedoniyasida amalga oshirilgan shunga oʻxshash baʼzi operatsiyalar ehtiyot chorasi sifatida talqin etildi va u harbiy harakatlarni kengayib ketishining oldini oldi. Koʻpgina hollarda operatsiyalar tinch muzokaralarga amal qilinishini nazorat etishga yoʻnaltiriladi va hududiy tashkilotning tinchlik oʻrnatuvchi kuchlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tinchlik oʻrnatish operatsiyalari bir necha yilga qadar davom etishi mumkin. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hindiston va Pokistonning Jammu va Kashmir shtatlari oʻrtasidagi oʻt ochish toʻxtatilishi lozim boʻlgan liniya boʻylab faoliyat koʻrsatayotgan operatsiyasi 1949 yildan buyon davom etadi, Kiprda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchilari 1964 yildan beri posbonlik qilmoqdalar. Boshqa bir tomondan, 1994 yil Liviya va Chad oʻrtasidagi Aozu mintaqasida operatsiya oʻtkazish uchun bir oydan ortiqroq muddat zarur boʻldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik oʻrnatish boʻyicha faoliyati
Afrikada...

Uzoq yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi saʼy-harakatlari, uch oʻnyillikka choʻzilgan Janubiy Afrikadagi aparteidga qarshi kurash kompaniyasini, Namibiyaning mustaqillikni qoʻlga kiritish jarayonini faol qoʻllab-quvvatlanishini, tinchlikni oʻrnatish boʻyicha amalga oshirilgan 18 operatsiya va saylovlar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator missiyalarni shu jumlaga qoʻshganda gʻoyat xilma-xil shakllarda amalga oshirildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mozambikdagi qochoqlarning oʻz uylariga qaytishlariga yordam berdi, Somali va Sudanda insonparvarlik yordami koʻrsatdi va Buyuk koʻllar rayonida tinchlikni oʻrnatish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlar olib bordi. U Janubiy Saxara kelajagi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha referendum tayyorlashga yordam bermoqda. Yaqinda Xavfsizlik Kengashi iltimosiga binoan Bosh kotib Afrika mamlakatlaridagi mojarolarning har tomonlama tahlilini mustahkam tinchlik oʻrnatishga maʼlum darajada yordam beradigan tavsiyalar bilan tayyorladi.

Osiyoda...

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambodja mamlakatida 1992-1993 yillardagi keng koʻlamli operatsiyasi tugallanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi muassasa va tashkilotlari fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini davom ettirmoqdalar.

Afgʻonistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus missiyasi 1993 yildan buyon faoliyat koʻrsatmoqda. Uning vazifasi milliy yarash va uzoq davom etgan fuqarolar urushi natijasida izdan chiqqan xoʻjalikni tiklashga yordam berishdan iboratdir. Biroq, Bosh kotib va uning maxsus vakillarining qatʼiy diplomatik saʼy-harakatlariga qaramasdan mamlakatda juda katta insonparvarlik xarajatlarini talab qilayotgan harbiy harakatlar davom etmoqda, bu - Birlashgan Millatlar Tashkilotining afgʻon xalqiga yordam koʻrsatish tizimi faoliyatiga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti.

Sharqiy Timorda BMT yordamida Indoneziya va Portugaliya oʻrtasida oʻtkazilgan, mazkur xududning maqomi borasida butunjaxon referendumi uchun yoʻl ochgan muzoqaralar 1999 yili may oyida yakunlanadi. Shu muzokaralarga binoan BMT missiyasi ovoz beruvchilarni roʻyxatga olish ishini kuzatib bordi va 1999 yilning avgustidagi bu referendumda Sharqiy Timor aholisining 78 foizi Indoneziyadan mustaqil boʻlish uchun ovoz berdi. Referendum yakunlari eʼlon qilinganda mustaqillikka qarshi turgan militsiya Sharqiy Timorning 200 ming aholisini oʻz uylarini tashlab ketish uchun majburlashga harakat qildi. 1999 yilning sentabr oyida Xavfsizlik kengashi tartib oʻrnatishga yordam bergan xalqaro xavfsizlik kuchlarini junatish uchun qaror qabul qildi. BMTning muvaqqat maʼmuriyati xalqaro kuchlarni almashtirdi va ayni paytda Sharqiy Timorda mustaqillikni amalga oshirish jaroyonini kuzatib bormoqda.

Yevropada...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qariyb 4 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatib sobiq Yugoslaviyadagi mojarolarni bartaraf etishga astoydil harakat qilmoqda. 1991 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurol-yarogʻ yetkazib berishga chek qoʻydi; ayni paytda Bosh kotib va uning vakili qon toʻkishni toʻxtatish uchun yoʻnaltirilgan diplomatik saʼy-harakatlar bilan yordam qila boshladi. 1992 yildan 1995 yilga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchi kuchlari Xorvatiyada tinchlik va xavfsizlikni tiklashga harakat qildilar, Bosniya va Gersegoviniya fuqaro aholisining xavfsizligini taʼminlashga yordam berdilar, shuningdek, sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya respublikasi urush girdobiga tortib ketilmasligiga koʻmaklashdilar. 1995 yildagi Deyton (Parij) tinchlik bitimi tuzilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻrtta missiyasi bu hududda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashdilar. Ularning birmuncha yirigi hisoblangan - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Slovoniya uchun muvaqqat maʼmuriyati Xorvatiya tarkibidagi bu hududning reintegratsiya jarayonini kuzatib turdi.
Kosovoda (Yugoslaviya Federal Respublikasi) NATOning bombardimonlarini toʻxtatilganidan va Yugoslaviya qurolli kuchlari chiqarilganidan soʻng, 1999 yili bu yerda BMT muvaqqat xalqaro maʼmuriyat tashkil etdi. Xavfsizlik kengashi BMTning bu maʼmuriyatiga Kosovo xududi va xalqiga nisbatan barcha qonuniy, ijroiy va huquqiy vakolatlarga qadar bGʻlgan favqulodda vakolatlar yaratib bermoqda. Yevropa ittifoqi, Yevropa xavfsizligi va hamkorligi tashkiloti, BMTning qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissari va Birlashagan Millatlar Tashkiloti demokratik jamiyat hamda barqaror avtonomiya tashkil etishda Kosovo xalqi bilan ish olib bormoqda.

Amerika qitʼasida...

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi faoliyati va uning tinchlikni oʻrnatish boʻyicha saʼy-harakatlari Markaziy Amerikada paydo boʻlgan toʻqnashuvni bartaraf etishda katta rol oʻynadi. 1989 yili Nikaraguada tinchlik oʻrnatish borasidagi saʼy-harakatlar tufayli qarshilik koʻrsatish kuchlari ixtiyoriy tarzda tarqatib yuborildi va uning qatnashchilari oʻz qurollarini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga topshirdi. 1990 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi Nikaraguadagi saylovlarni kuzatdi - bu, mustaqil mamlakatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuzatuvida oʻtgan birinchi saylov edi.

Salvadordagi Bosh kotib vositachiligida oʻtgan tinch muzokaralar 12 yil davom etgan harbiy harakatlarga chek qoʻydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish boʻyicha missiyasi barcha kelishuvlarning amalga oshirilishini kuzatib turishni taʼminladi. Gvatemalada Birlashgan Millatlar Tashkiloti yordamida tashkil etilgan muzokaralar tufayli 35 yillik fuqarolar urushi toʻxtatildi. Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gvatemaladagi Nazorat komissiyasi keng koʻlamdagi tinchlik bitimlari toʻla-toʻkis amalga oshirilishini taʼminlash uchun daʼvat etilgan.

Gaitida demokratik yoʻl bilan saylangan mamlakat hukumatini qayta tiklash boʻyicha xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz ishini milliy politsiyaga taʼlim berish bilan davom ettirmoqda.

Yaqin Sharqda...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti beshta oʻnyillik mobaynida (bu muddat davomida besh marta keng koʻlamdagi urush olovi alanga olgan) Arab - Isroil mojarosiga katta diqqat-eʼtibor bilan qarab keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqqoniy va mustaqkam tinchlik oʻrnatish tamoyillarini muammoni hal etishning mustahkam asosi boʻlib qoladigan Xavfsizlik Kengashining 242 (1967) va 338 (1973) sonli ikkita tayanch rezolyutsiyalarida ishlab chiqdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti siyosiy muammolar asosida kelib chiqqan mojarolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan boshqa tashabbuslarni ham qoʻllab-quvvatladi va bu mintaqaga qator tinchlik oʻrnatuvchi missiyalar joʻnatdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda tashkil etilgan birinchi harbiy kuzatuvchilari guruhi mintaqada bugungi kunda ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1956 yildagi Sues krizisi davrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlik oʻrnatish boʻyicha oʻzining birinchi kuchlarini tashkil etdi.

Hozirgi paytda mintaqada tinchlikni barqaror etuvchi ikkita missiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning 1974 yilda tashkil etilgan bittasi Golan tepaliklarida Isroil va Suriya qurolli kuchlarini ajratib turadigan mintaqani nazorat etadi; 1978 yilda tuzilgan ikkinchisi barqarorlikni taʼminlashga va Livanning janubiy qismida yashayotgan aholi himoya qilinishini taʼminlashga yordam beradi.

Yaqin Sharqning boshqa rayonlari haqida shuni aytish kerakki, 1991 yili Quvayt mustaqilligi tiklanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuzatuvchilar missiyasi Iroq va Quvayt oʻrtasidagi qurolsizlantirilgan mintaqaning nazorat qilinishini taʼminlamoqda.

BMT adolatni barqaror etish, inson huquqlari va xalqaro huquq borasida nimalar qilmoqda?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-harakatlari tufayli dunyoni bizning hammamiz uchun yanada bexatar va sogʻlom, yanada istiqbolli va pok qilish uchun hukumatlar bilan yuzlab koʻptomonlama shartnomalar tuzilgan. Xalqaro huquq normalarining bu kengqamrovli majmui va inson huquqlari standartlarining ishlab chiqilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ulkan yutuqlari hisoblanadi.

Inson huquqlari

Ishtirokchilari koʻpchilik davlatlar hisoblangan ikki xalqaro bitim bu huquqlarga yuridik jihatdan majburiy xarakter kasb etadi. Bitimlarning biri iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar. Ikkinchisi esa - fuqarolik va siyosiy huquqlarga bagʻishlangan. Deklaratsiya bilan birgalikda ular inson huquqlari haqidagi Xalqaro billni tashkil etadi.

Deklaratsiya inson huquqlari borasida, jumladan, irqiy kamsitish va xotin-qizlarni kamsitishga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya; bolalar huquqlari haqidagi konvensiya, qochoqlik maqomi va genotsidga barham berish, oʻz taqdirini oʻzi hal etish, zoʻravonlik bilan yoʻqotib yuborish toʻgʻrisimdagi deklaratsiyalar va taraqqiyot huquqi kabi 80 dan ortiq konvensiya va boshqa deklaratsiyalarni tayyorlash uchun poydevor qoʻydi.

Normalarni ishlab chiqish faoliyati nihoyasiga yetayotgan ayni paytlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining inson huquqlari borasidagi ishlarida asosiy eʼtiborni joriy etilgan normalarni hayotga tatbiq etilishiga qaratmoqda. Inson huquqlari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi butun faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Oliy komissar har qanday buzgʻunchilikning oldi olinishi, har qanday jinoyat taftish etilishiga erishib, inson huquqlari yanada yaxshiroq muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida hukumatlar bilan hamkorlik qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha komissiyasi hukumatlararo organ hisoblanib, davlatlar tomonidan inson huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan masalalarni ommaviy koʻribigʻish ishlarini amalga oshiradi. U inson huquqlari buzilgan muayyan holat toʻgʻrisida maʼruza taqdim etish uchun yoki baʼzi bir mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi ahvolni oʻrganish uchun mustaqil ekspertlar - maxsus maʼruzachilar tayinlaydi. Jeneva-dagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Boʻlimida keng jamoatchilik uchun inson huquqlari buzilganligi haqidagi axborotlar beradigan faksimal aloqaning bevosita ochiq liniyasi (41-22-917-0092) faoliyat koʻrsatmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha tashkilotlari ilgaridan ogohlantirish va mojarolarning oldini olish, turli tadbirlarini qoʻllash, shuningdek, kelishmovchiliklarning tub ildizlarini qirqishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish yoʻllari bilan faoliyat koʻrsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash borasidagi qator komissiyalari inson huquqlari komponenti bilan joylashtirilgan: shunday komponent, jumladan, Gruziyadagi va Gvatemaladagi missiyalar tarkibida mavjud. Gaitida esa bu ish Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Amerika davlatlari tashkilotining birgalikdagi operatsiyalari doirasida olib boriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari sohasidagi barcha tadbirlari hozirgi paytda 27 mamlakat va hududlarning turli joylarida amalga oshirilmoqda.

Inson huquqlariga gʻoyat katta hurmat-eʼtibor Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyotga yordamlashish borasidagi saʼy-harakatlarida yana ham sezilarli oʻrin egallaydi. Jumladan, taraqqiyot huquqi oʻzida barcha fuqarolik, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarni mujassam etgan dinamik jarayonning muhim unsuri sifatida olib qaraladi va bu - jamiyatning barcha aʼzolari farovonligining oshishiga yordam beradi. Taraqqiyot huquqining kalitini topish - qashshoqlikka barham berish bilan izohlanadi, bu esa, oʻz navbatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlaridan biridir.

Xalqaro huquq

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi Birlashgan Millatlar Tashkiloti oldiga xalqaro huquq va uning kodifikatsiyasini ilgʻor taraqqiyot yoʻliga burishdan iborat aniq vazifa qoʻygan. Bu ishning natijasi hisoblangan konvensiyalar, shartnomalar va normalar xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish uchun asos yaratadi. Bu konvensiyalarni ratifikatsiya etgan davlatlar huquqiy jihatdan uni bajarishga majburdirlar.

Xalqaro huquq komissiyasi xalqaro huquqiy mavzudagi hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, ular keyin konvensiyaga qoʻshilishi va davlatlarning ratifikatsiyasi uchun zarur boʻlishi mumkin. Bu konvensiyalarning baʼzilari davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni reglamentga solish huquqiy normalarining asosini tashkil etadi. Jumladan, diplomatik aloqalar haqidagi konvensiya, xalqaro ochiq suv oqimlaridan foydalanish turlarini reglamentlaydigan konvensiya shunday hujjatlardandir. Dengiz huquqi boʻyicha konvensiya barcha mamlakatlarga Dunyo okeani boyliklariga teng huquq bilan kirib borish, uni ifloslanishdan muhofaza qilish va kema qatnovi hamda tadqiqotlar erkinligiga yordam berish uchun yoʻnaltirilgan. Giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylantrishga qarshi kurash haqidagi konvensiya giyohvand moddalarni tarqatishga qarshi kurashda gʻoyat muhim xalqaro-huquqiy vosita hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasi oʻzaro muvofiqlashtirish va xalqaro savdo sohasida huquqiy normalarni tayyorlashga yordamlashish maqsadida qoida va boshqarish tamoyillarini ishlab chiqmoqda. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro ekologik huquqni ishlab chiqish kashshofi hamdir. Yerlarning choʻlga aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya, xavfli chiqindilarni tashish haqidagi konvensiya kabi kelishuvlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof muhit dasturida oʻz takomilini topmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari tomonidan terrorizmga qarshi kurashning asosiy huquqiy quroli hisoblangan xalqaro bitim ishlab chiqildi.

Jazosizlikka chek qoʻyiladi

Sobiq Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar davomida yuz bergan koʻplab inson huquqlarini buzish normalari Xavfsizlik kengashini ushbu mojaroda 1993 yili harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan shaxslarni sudlash uchun xalqaro tribunal tashkil qilishga majbur etdi. 1994 yili Kengash Ruandadagi genotsidda ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish uchun yana bir tribunal tashkil etdi. Ushbu tribunallar ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qator sud majlislari oʻtkazdilar. 1998 yil Ruanda boʻyicha tribunal tarixda birinchi marta genotsid jinoyatiga oid ishlar uchun xalqaro sud tashkilotining verdiktini, yaʼni tarixda ilk bor mazkur jinoyat boʻyicha hukmni eʼlon qildi. Sobiq Yugoslaviya boʻyicha tribunal, shuningdek, Kosovodagi mojarolar paytida sodir etilgan jinoyatlarni koʻrib chiqayapti.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy maqsadlaridan biri - inson huquqlari keng koʻlamda buzilgan hollarda buning uchun javobgarlik mas`uliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan soʻng, 1998 yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, jazoni chetlab oʻtishga, qasosdan qutulib qolishga umid bogʻlamasligi zarurligini qoʻllab-quvvatladi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro insonparvarlik huquqi sohasida qator konvensiyalar ishlab chiqishga oʻz hissasini qoʻshdi.

Adolat va tenghuquqlilikni barqaror etish borasidagi turli chora-tadbirlar 1945 yili oʻz egalari boshqarmaydigan hududlarda 750 million kishi yashar edi. Ushbu son bugungi kunda 1,3 millionni tashkil etadi. Bu gʻoyat jiddiy tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qaram hududlarda yashayotgan xalqlar orzu-umidlarining qoʻllab-quvvatlanganligi va ularning mustaqillikni tezroq qoʻlga kiritishlari uchun berilgan yordam tufayli amalga oshdi. Bosh Assambleya qaram mamlakatlar va davlatlarga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilgan 1960 yildan buyon 60 ga yaqin sobiq qaram hududlarda yashayotgan xalqlar mustaqillikka erishdilar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻla huquqli aʼzolariga aylandilar. Assambleya oʻz oldiga 2000 yilgacha kolonializmdan xalos boʻlish maqsadini qoʻygan.
Oʻttiz yildan ortiq muddat davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan olib borilgan muayyan operatsiyalar majmui tufayli aparteid singari butun dunyoga maʼlum boʻlgan Janubiy Afrikadagi irqiy segregatsiya tizimiga barham berildi. 1994 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi kuzatuvchilari ishtirokida bu mamlakatda barcha irqlar vakillari uchun ochiq boʻlgan birinchi saylovlar oʻtkazildi.

Birlashlan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunlaridanoq barcha xalqlar tinchligini barqaror etish va barcha shakllardagi irqchilikka qarshi kurashish ustida ish olib boradi. Bosh Assambleya qaroriga muvofik 2001 yilda Janubiy Afrikada irqchilik, irqiy kamsitishlar, ksenofobiya va shu kabilarga toqat qilib boʻlmaslik masalalariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkaziladi.

BMT insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida nimalar qilmoqda?
Ijtimoiy halokatlar har bir joyda va har qanday vaqtda yuz berishi mumkin. Biroq ularning sababi suv bosish yoki qurgʻoqchilik, zilzila, fuqarolar mojarosi, bir soʻz bilan aytganda - nima boʻlmasin, - har doim u odamlarning qurbon boʻlishiga, xalqlarning aralashib ketishiga, butun-butun jamoalarning oʻz yashash imkoniyatlarini oʻz kuchlari bilan taʼminlay olmay qolishlariga olib keladi va juda katta qiyinchiliklar tugʻdiradi.

Favqulodda yordam

Shunday falokat paytlarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining tashkilotlari jabrlanganlarga - asosan bolalar, ayollar va qariyalarga oziq-ovqatlar va dori-darmonlar bilan yordamlashadi, ularga boshpana beradi va moddiy-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi. Muhtojlarga beriladigan bunday yordamlar uchun mablagʻlarning milliard dollarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro donorlardan topdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-harakatlari tufayli 1999 yilda qariyb 26 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatish haqidagi chaqiriqqa javoban 1,4 milliardga yaqin AQSH dollari yigʻildi. 1997-1998 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 77 tabiiy ofat va ekologik halokat oqibatlarini bartaraf etishga koʻmaklashish uchun 51 aʼzo-mamlakatga yordam berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik yordamlari berish bilan keng koʻlamda moddiy-texnika taʼminoti va joylarda xavfsizlikni taʼminlash muammolarini hal etishga erishadi. Talofat koʻrgan rayonlarga yetib borishning oʻzi ham koʻpincha mushkul boʻlib, gohida juda murakkab toʻsiqlar orqali oʻtish zarur boʻladi. Keyingi yillarda koʻpgina tangliklar inson huquqlariga amal qilmaslik tufayli murakkablashmoqda. Insonparvarlik yordami koʻrsatayotgan xodimlarni muhtojlikda qolganlar huzuriga qoʻymaydilar, janjallashayotgan tomonlar ataylab tinch yashayotgan aholi va yordam olib borayotganlarga qarab oʻt ochadilar. 1992 yildan keyingi davr mobaynida dunyoning turli rayonlarida insonparvarlik operatsiyalari olib borayotganlarning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti fuqaro boʻlgan xodimlarining 180 nafardan ortigʻi halok boʻldi va 178 nafari garovga olindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari jabrlangan aholi himoya qilinayotganda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sharoitida insonlar huquqlari buzilishining yashirin xavf-xatarlariga ham eʼtibor bilan qaragan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining favqulodda holatlar munosabati bilan joylarda olib borayotgan faoliyatida yana ham katta rol oʻynaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ijtimoiy boʻhronlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz harakatini barcha asosiy insonparvarlik boʻlinmalarini birlashtruvchi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining favqulodda yordamlar Koordinatori raisligida faoliyat koʻrsatuvchi komitet orqali muvofiqlashtirib turadi. Bu komitet tarkibiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Jahon oziq-ovqat dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi kabilar kiradi. Uning tarkibida, shuningdek, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkilotlari, Xalqaro Qizil Xoch kabi yirik hukumatlararo va nohukumat insonparvarlik tashkilotlari mavjud.

Insonparvarlik yordamlari

Favqulodda yordamlar Koordinatori insonparvarlik yordamini ishlab chiqish siyosati va insonparvarlik masalalariga eʼtiborni tortish, jumladan, oʻq otish qurollarini tarqatish oqibatlari yoki sanksiyalarning insonparvarlik qudratidan jamoatchilik xabardorlik darajasini oshirishga yordamlashish borasidagi ishlar uchun javob beradi.

Urushlardan, taʼqib etishlardan yoki inson huquqlarini poymol etilishidan qochib ketish bilan himoyalanib yurgan kishilarga - qochoqlar va koʻchirilgan shaxslarga Qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi yordam koʻrsatadi. 1998 yili Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi diqqat-eʼtiborida 22 million kishi bor edi. Uning birmuncha yirik operatsiyalari 2,6 million Afgʻon qochoqlari boʻlgan Gʻarbiy Osiyoda, bir million kishi yordamga muhtoj boʻlgan sobiq Yugoslaviyada va yarim millionga yaqin qochoq toʻplangan Afrikaning Buyuk koʻllar rayonida amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat bilan favqulodda koʻmak berish ishlariga bu boradagi yordam boʻyicha jahon talabining yildan yilga uchdan ikki qismini qondirib kelayotgan Jahon oziq-ovqat dasturi javob beradi.1999 yili Butunjahon oziq-ovqat dasturi jahon boʻyicha 82 mamlakatdagi 86 milliondan ortiq odamlarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga yordam berdi.

Keyingi 10 yil mobaynidagi urushlar va fuqarolarning turli janjallari natijasida 1 millionga yaqin bolalar oʻz ota-onalaridan ajralib qoldilar, 12 millioni esa boshpanasiz qoldi va 10 millioni ogʻir ruhiy jarohat oldilar. YUNISEF bu bolalarning talablarini qondirish, ularni oziq-ovqat, ichimlik suvi va turar joy bilan taʼminlash uchun barcha choralarni ishga solmoqda. Bundan tashqari, bolalarni harbiy toʻqnashuvlar sharoitida himoya etish, ularga eng zarur sharoitlarni yaratib berish saʼy-harakatlaridan kelib chiqib, YUNISEF tinchlik mintaqasidagi kabi bolalar konsepsiyasini ishlab chiqdi va tinch turmush kunlari hamda tinchlik koridorlarini eʼlon qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik sohasidagi faoliyatining yana bir tarmogʻi tabiiy ofatlarni bartaraf etish va buning uchun tayyor turishni taʼminlashdan iboratdir. Masalan, 1998 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitda ishlarni tashkil etish va 11 mamlakatda ularning oqibatlarini bartaraf qilish dasturini taʼsis etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bevosita tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitida mahalliy hudud doirasida favqulodda yordam berish borasidagi ishlarni koordinatsiyalash bilan shugʻullanadi.
Shu bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi favqulodda yordamni tiklanish va uzoq yillar davomida rivojlanish uchun berishiga harakat qiladi. Uzoq muddatlar mobaynida tabiiy ofatlar girdobida qolgan yoki mojarolarini endigina bartaraf etgan mamlakatlarda insonparvarlik yordamiga, asosan, taraqqiyot, siyosiy va moliyaviy koʻmak bilan bir qatorda tinch qurilishni taʼminlash borasidagi umumiy chora-tadbirlar elementlarining biri sifatida qaraladi.

Falastin qochoqlari

Falastin qochoqlariga yordam berish ishlarini 1949 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam va Ishlarni tashkil etish boʻyicha Yaqin Sharq agentligi olib bormoqda. Bugungi kunda agentlik roʻyxatga olingan 3 milliondan ortiq falastin qochoqlariga sogʻliqni saqlash, maorif, favqulodda yordam va ijtimoiy xizmat sohalarida asosiy koʻmak berib keladilar. 1993 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koordinatori - Birlashgan Millatlar Tashkiloti yoʻli bilan Gʻazo va Gʻarbiy sohildagi Falastin aholisiga taraqqiyot sohasida beriladigan barcha yordamlar ustidan nazorat olib boradi.

Iroq boʻyicha Dastur Boshqarmasi

Taraqqiyot maqsadida BMT nimalar qilmoqda?
Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy vazifalaridan biri yanada yaxshiroq hayot tarzini, ish bilan toʻliq bandlikni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlanish uchun sharoitlarni taʼminlashdan iboratdir. Bu vazifa ijrosibilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining 70 foiz faoliyati mashgʻuldir. Ushbu faoliyat asosida - qashshoqlikni bartaraf etish va hamma joyda insonlar farovonligi darajasini oshirish - butun dunyoda mustahkam tinchlikni taʼminlash sharoitini yaratish yoʻlidagi zarur qadamlarga ishonch yotadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot ishini ragʻbatlantirish borasida noyob afzalliklarga ega. Uning faoliyat doirasi butun dunyoni qamrab oladi, keng koʻlamli mandati esa ijtimoiy, iqtisodiy va favqulodda ehtiyojlarni qondirishni koʻzda tutadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti allakimlarning tor doiradagi milliy yoki tadbirkorlik manfaatlarininggina ifodachisi emas. Muhim strategik qarorlarni tayyorlashda barcha mamlakatlar, boy va kambagʻallar qatnashadilar.

Kun tartibini tayyorlash

Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot manfaatlari yoʻlidagi saʼy-harakatlar borasidagi xalqaro konsensusni ishlab chiqishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. 1960 yildan boshlab Bosh Assambleya Taraqqiyotning qator oʻnyilliklar xalqaro strategiyasi doirasidagi birinchi darajali ishlari va vazifalarining kun tartibiga qoʻyilish tarzini aniqlashga yordam bermoqda. Bu oʻnyilliklar dasturi diqqat-eʼtiborida aniq masalalar turibdi, unda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha yoʻnalishlari boʻyicha taraqqiyotga erishish zaruriyati shubhasiz taʼkidlanadi. Rivojlanishning toʻrtinchi oʻnyilligi (1991-2000 yillar) doirasida quyidagi toʻrt soha: qashshoqlik va ochlik, inson resurslari va institutsional (belgilangan qoida va tartiblar asosidagi) rivojlanish, xalq va atrof muhit kabilarga ustuvorlik beriladi.

Qator butunjahon konferensiyalari oʻtkazish tufayli maorif (1990 yil), atrof muhit va rivojlanish (1992 yil), inson huquqlari (1993 yil), xalq, taraqqiyot va tabiiy ofatlar xavfining kamayishi (1994 yil), ijtimoiy taraqqiyot (1995 yil), xotin-qizlar mavqeini yaxshilash (1995 yil), aholi punktlari (1966 yil) va oziq-ovqat xavfsizligi (1996 yil) kabi qator sohalardagi global muammolarni hal etishning amaliy yoʻllari belgilab olindi. Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzo-mamlakatlar bilan yaqin hamkorlikda shu konferensiyalarda qabul etilgan qarorlarni amalga oshirish bilan shugʻullanmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti barqaror rivojlanishni tashkil etish, ayollar mavqeini yaxshilash, inson huquqlariga amal qilish, atrof muhitni muhofaza etish va oqilona boshqarish kabi rivojlanish sohasidagi qator yangi muhim vazifalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni amalga oshirish dasturini yaratish uchun javob berdi.

Taraqqiyot maqsadlaridagi yordam

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi - shu jumlaga kiradigan Tashkilotning oʻzi, uning ixtisoslashtirilgan muassasalari, dasturlari va jamgʻarmalari ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritishga yordam berishda koʻpqirrali faoliyat olib bormoqda. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (oxirgi berilgan roʻyxatga qarang) mandati ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning qariyb barcha jabhalarini qamrab oladi. Bu muassasalar dunyoning barcha mamlakatlariga texnik yordam koʻrsatadi va ularga boshqa shakllarda amaliy yordam beradi. Ular Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatib siyosatni ishlab chiqishga, rahbarlik tamoyillarini aniqlashga, yordamlar tashkil etish va mablagʻ jalb qilishga koʻmaklashadi.

Masalan, Butunjahon banki taraqqiyot maqsadlari uchun har yili 25 milliard AQSH dollaridan ortiqroq yordamajratadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bunday yordamlardan oʻz iqtisodiyotlarini mustahkamlash va bozorlarini kengaytirish uchun foydalanadilar. Qarzlar faqat hukumatlarga beriladi, biroq barqaror oʻsish darajasiga erishish maqsadida Bank mahalliy jamoalar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalaridan, shuningdek, Xalqaro moliyaviy korporatsiyalar orqali xususiy sektordagi korxonalardan ham foydalanishlari mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan ixtisoslashtirilgan muassasalar oʻrtasidagi muomalalarni yaqindan muvofiqlashtirish - tarkibiga Bosh kotib, ixtisoslashtirilgan muassasalar rahbarlari va atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik kiradigan koordinatsiya boʻyicha Maʼmuriy komitet orqali taʼminlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dasturlari va Jamgʻarmalari oʻz faoliyatlarini - Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi mandatini bajarayotgan Bosh Assambleya hamda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash rahbarligida olib boradilar. Bu organlar oʻrtasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish uchun Bosh kotib 1977 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tezkor jamgʻarmalari va dasturlarining vakillari tarkibida Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot masalalari boʻyicha Guruhini tashkil etdi.

Ijtimoiy va iqtisodiy sohada taraqqiyotni barqaror etish saʼy-harakatlarining eng oldingi saflarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson potensiali barqaror rivojlanishi uchun yordam mablagʻlari - subsidiy berish boʻyicha koʻptomonli yirik mexanizmi boʻlib qolgan bu tashkilot oʻz saʼy-harakatlarini texnik hamkorlik va qashshoqlikni tugatish tomonga yoʻnaltirgan holda 174 mamlakat va hududlarda faoliyat olib bormoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining - bolalarning hayot kechirishi, muhofazasi va rivojlanishini taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli, kelajakdagi vazifalarni hal etish bilan shugʻullanadigan yetakchi tashkiloti hisoblanadi. Qariyb 150 mamlakatda amalga oshirilayotgan YUNISEF dasturi diqqat markazida emlash, birinchi meditsina-sanitariya xizmati, oqvatlanish va boshlangʻich taʼlim kabi masalalar turadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining koʻplab boshqa dasturlari taraqqiyot borasidagi oʻz ishlarini hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. Jahon Oziq-ovqat dasturi - asl mohiyati favqulodda yordamdan, shuningdek Taraqqiyot dasturidan iborat boʻlib, dunyodagi oziq-ovqatlar bilan yordam koʻrsatadigan eng yirik xalqaro tashkilotdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) ham xalqlar va elatlarga yordam beradigan yirik xalqaro muassasadir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muhit dasturi (YUNEP) dunyoning hamma burchaklarida tabiatdan foydalanishning eng ilgʻor usullarini joriy etishga koʻmaklashadi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi punktlari markazi (Xabitat) esa turmush sharoiti salomatliklariga tahdid solayotgan kishilarga yordam koʻrsatadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiyasi (YUNKTAD) dunyo ekonomikasida rivojlangan mamlakatlar rolini eʼtirof etgan holda xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam beradi. YUNKTAD shuningdek, Jenevadagi xalqaro savdo boʻyicha Markaz orqali taraqqiy etgan mamlakatlardan eksport qilib kelishga yordam beradigan, mustaqil faoliyat koʻrsatadigan Butunjahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik qiladi.

Resurslar birlashmasi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi muassasa va tashkilotlar oʻzlarining kompetensiyalaridagi barcha sohalarni qamrab olgan holda har qanday yolgʻiz harakat qilgan mamlakatning qurbi yetmaydigan murakkab muammolarni hal etish uchun oʻz kuch-qudratlarini yana ham yaxshiroq jipslashtirmoqda.

Masalan, butun dunyoda 50 million kishi kasallikka chalingan epidemiya - OITSga qarshi kurashish maqsadini koʻzda tutgan Birlashgan dasturni amalga oshirishda Birashgan Millatlar Tashkilotining olti muassasa va dasturining mutaxassislari ishtirok etmoqdalar. Xarajatlari 25 milliard AQSH dollarini tashkil etadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika boʻyicha 10 yilga moʻljallangan maxsus Umumtizim tashabbusi asosiy taʼlim, meditsina xizmati va shu mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi umumiy dasturini amalga oshirish ishiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining deyarli barcha boʻlinmalarini jalb etadi. BMTning taraqqiyot dasturi, YUNEP va Butunjaxon banki tomonidan boshqariladigan 2 milliard AQSH dollariga teng zahiraga ega boʻlgan Global ekologik jamgʻarma taraqqiy etayotgan mamlakatlarga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ularning dasturlarini amalga oshirishga yordam beradi.




#Article 51: Birlashgan millatlar tashkiloti (7768 words)


Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish o‘rni (shtab kvartirasi) — NyuYork. BMT Ustavida ko‘rsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukdi bo‘lishi va o‘z takdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iktisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini taʼminlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin ko‘p o‘tmay—1992-yil 2 martda BMTga aʼzo bo‘ddi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zRning Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda O‘zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo bo‘ldi.

O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50-yilligiga bag‘ishlangan sessiyada (1995-yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining Ming-yillik sammiti (2000-yil sentabr) da so‘zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr so‘nggidagi eng yirik anjumanida O‘zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‘liq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jurʼati bilan toʻlib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda 185 mamlakat, yaʼni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzolaridir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzosi boʻlgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti toʻrtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolari — mustaqil davlatlardir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi. Biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va bizning barchamizga daxldor boʻlgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqishga yordam bera oladigan mablagʻlarga ega boʻladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha katta-kichik, boy va kambagʻal, turli siyosiy qarashlar va ijtimoiy tizimdagi davlatlar aʼzo boʻlib, ular ovoz berish va ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega.

Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi — Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ — Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat koʻrsatadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin.

Kengash 15 aʼzodan tashkil topgan. Ularning beshtasi - Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Fransiya - doimiy aʼzolar hisoblanadi. Kengashning qolgan oʻn aʼzosi Bosh Assambleya tomonidan ikki-yil muddatga saylanadilar. Keyingi-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Kengashning aʼzolar tarkibini oʻzgartirish, bu tadbir zamonaviy va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti.
Kengashning qarorlari, uning uchun toʻqqiz aʼzo ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi. Kun tartibidagi masalaga Kengashning doimiy aʼzolaridan birortasi qarshi ovoz bersa, shuningdek, veto huquqidan foydalansa qaror qabul qilinmaydi. 
Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda bu mojaro avvalo tinchlik yoʻli bilan bartaraf etish nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Kengash, balki bartaraf etish tamoyillarini ishlab chiqadi yoki hakam vazifasini oʻtaydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda Kengash oʻt ochishni toʻxtatish choralarini koʻradi. Shuningdek, u tomonlarni yarashtirish yoki bir-birlari bilan janjallashayotganlarni ajratishga yordam beradigan, tinchlikni barqaror etuvchi missiya yuborishi mumkin.

Kengash oʻzi qabul etgan qarorlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar qabul qilishi mumkin. U iqtisodiy jazo choralari qoʻllashi yoki qurollarni yetkazib berishga embargo qoʻyishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda Kengash oʻzi qabul qilgan qarorni bajarish uchun aʼzo-mamlakatga birgalikdagi harbiy harakatlarga qadar boʻlgan barcha zarur vositalarni qoʻllashga vakolat beradi.
Shuningdek, Kengash Bosh kotib lavozimiga muayyan nomzodni va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi aʼzolarni tavsiya etadi.

Bosh Assambleya - oʻziga xos butunjahon parlamentining insoniyatning eng dolzarb muammolari koʻrib chiqilayotgan majlislarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi boʻlgan barcha mamlakatlar vakillari qatnashadi. Har bir aʼzo-mamlakat bir ovozga ega. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi aʼzolarni qabul qilish yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti budjetini tasdiqlash, shu jumladan, tinchlikni saqlash operatsiyalariga mablagʻ ajratish singari muhim masalalar koʻpchilik, aniqrogʻi, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi.

Boshqa masalalar boʻyicha qarorlar, odatdagidek, koʻpchilik ovoz bilan qabul etilaveradi. Keyingi yillarda Assambleya qarorlari rasmiy ovoz berish yoʻli bilan emas, balki, konsesus asosida qabul etilishi uchun maxsus saʼy-harakatlar olib borilmoqda. 1999/2000-yilgi sessiyalarda yadroviy qurolsizlanish, taraqqiyot, atrof muhitni muhofaza etish va yangicha demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 masala koʻrib chiqilishi kerak edi. Oʻz qarorlari gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlsa ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning axloqiy talabi hisoblansa ham Assambleya oʻz qarorlarini majburan qabul qildirmaydi.

Assambleyaning har yilgi navbatdagi sessiyasi sentabrdan dekabrga qadar boʻlgan muddat davomida oʻtkaziladi. Assambleya zarurat tugʻilganda oʻz ishini qayta chaqirilgan sessiyada davom ettirishi yoki jiddiy tashvish tugʻdirgan masalalar boʻyicha maxsus yoki favqulodda sessiyalar oʻtkazishi mumkin. Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita bosh qoʻmitalarida, boshqa organlarida va Kotibiyatda davom etadi.

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Bosh Assambleyaning umumiy rahbarligi ostida harakat qilib Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi muassasalar faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy sohada muvofiqlashtirib turadi. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama etish va shu sohadagi siyosat borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun bosh anjuman hisoblangan Kengash taraqqiyot maqsadlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Kengash ish faoliyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Fuqarolar jamiyati oʻrtasidagi oʻsha muhim hayotiy muloqotni qoʻllab-quvvatlagan holda tegishli nohukumat tashkilotlari bilan maslahatlashadi.

Kengash tarkibiga Bosh Assambleya tomonidan uch-yilga saylanadigan 54 nafar aʼzo kiradi. Kengash har-yili - Nyu-York va Jenevada, galma-galdan - oʻzining bir oy muddatga choʻziladigan sessiyasini oʻtkazadi. Sessiya davomida muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muhokama etish uchun ministrlar darajasida majlis, 1998-yildan esa sessiya doirasida insonparvarlik masalalarini koʻrib chiqish bosqichi oʻtkazilmoqda.

Kengashning ishlari-yil mobaynida oʻz yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib turadigan va Kengashga hisobot beradigan yordamchi tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Masalan, inson huquqlari komissiyasi dunyoning barcha mamlakatlarida inson huquqlariga qanday rioya etilayotganligini nazorat qiladi. Boshqa tashkilotlar ijtimoiy taraqqiyot, xotin-qizlarning ahvoli, jinoyatchilikdan ogoh etish, giyohvandlikka qarshi kurash va atrof muhitni muhofaza etish masalalari bilan shugʻullanadilar. Beshta hududiy komissiya iqtisodiy taraqqiyot va oʻz hududlarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi.

Vasiylik Kengashi 7 aʼzo mamlakat qoʻl ostidagi 11 vasiylik hududida xalqaro nazoratni taʼminlash, shuningdek, ularning hukumatlari bu hududlarda oʻz-oʻzini boshqarish yoki mustaqillikning zarur chora-tadbirlarini koʻrishlari uchun xalqaro nazoratni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. 1994-yilga kelib vasiylik hududlarining barchasi oʻzlarini boshqara boshladilar yoki alohida davlatga aylanib mustaqillikka erishdilar, yoxud mustaqil qoʻshni davlatlar bilan qoʻshilishdi. Eng oxiri boʻlib bunday tadbirni Qoʻshma Shtatlari qoʻl ostida boʻlgan Tinch okean orollari (Palau) vasiylik hududi amalga oshirdi va 185-aʼzo davlat boʻlib qoldi.

Hozirgi paytda, tarkibiga Xavfsizlik Kengashining besh doimiy aʼzosi kirgani sababli Vasiylik Kengashi ishlari, asosan, tugallandi, uning ish tartibi qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi, yaʼni u oʻzining yigʻilishlarini faqat shart-sharoit taqozo etgan hollardagina oʻtkazadigan boʻldi.

Xalqaro Sud - Butunjahon sudi sifatida hammaga maʼlum boʻlib, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh sud organidir. Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan saylangan 15 sudyadan tashkil topgan Xalqaro Sud davlatlar oʻrtasidagi mojarolarni bartaraf etish bilan shugʻullanadi. Davlatlarning - sud muhokamasida qatnashishlari ixtiyoriydir, biroq davlatlar shunga rozi bGʻlsalar, ular Sud qaroriga boʻysunishlari shart. Shuningdek, Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi iltimoslari bilan Sud konsultativ xulosalar chiqarish ishlari bilan ham shugʻullanadi.

Kotibiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi va boshqa tashkilotlari koʻrsatmalariga muvofiq tezkor va maʼmuriy ishlarni amalga oshiradi. Uni umumiy maʼmuriy rahbarlikni olib boradigan Bosh kotib boshqaradi.
Hozirgi vaqtda Kotibiyat qariyb dunyoning 160 mamlakatidan boʻlgan 8900 kishi ishlaydigan yetti deportament va turli boshqarmalardan tashkil topgan. Bundan tashqari Nyu-York, Jeneva, Vena va Nayrobida Birlashgan Millatlar Tashkilotining boʻlimlari mavjud.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng bosh vazifalaridan biri - butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir. Nizomga binoan aʼzo-mamlakatlar oʻzlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch yoʻl bilan hal etadi, qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbatan qoʻllamaydilar, ularga tahdid solmaydilar.

Koʻp-yillar mobaynida xalqaro krizislarni bartaraf etish va paydo boʻlgan mojarolarni hal qilishga yordam berishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti muhim rol oʻynadi. U tinchlikni oʻrnatish, tinchlikni saqlab qolish va insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida koʻplab operatsiyalar turkumini amalga oshirdi. Shuningdek u birmuncha jiddiy tus olgan mojarolarni ham bartaraf etishga muvaffaq boʻldi. Mojarolar kelib chiqqan hollarda u zoʻravonlikning tub ildizlarini qirqish va mustahkam tinchlik uchun asoslar yaratishga yoʻnaltirilgan va koordinatsiyalashtirilgan yanada qatʼiy chora-tadlbirlar qabul qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu borada diqqatga sazovor natijalarni qoʻlga kiritdi. Masalan, 1962-yilgi Karib krizisini, 1973-yilgi Yaqin Sharq janjalidagi keskinlikni bartaraf etishga muvaffaq boʻldi. 1988-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi saʼy-harakatlari Eron-Iroq urushini bartaraf etish imkonini berdi, undan keyingi-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan oʻtkazilgagn muzokaralar tufayli sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 90-yillarda Quvayt mustaqilligini tiklashga yordam berdi, Kambodja, Salvador, Gvatemala va Mozambikda fuqarolar urushini toʻxtatishda, Gaiti va Syerra-Leonda demokratiya asosida saylangan hukumatni tiklashda katta rol oʻynadi, shuningdek, qator boshqa mamlakatlardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etdi va hal qildi.

Qurol-yarogʻlar tarqalishiga chek qoʻyish, shuningdek, yalpi qirgʻin qurollarining qisqartirilishi, pirovardida, ularning barcha zahiralari yoʻqotilishiga erishish eng muhim vazifalardan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurolsizlanish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish, shu sohada tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqotlar tashabbuskori boʻlish uchun doimiy forum vazifasini oʻtaydi. U qurolsizlanish boʻyicha Konferensiya va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida olib boriladigan koʻpqirrali muzokaralarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu muzokaralar natijasida Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi keng qamrovli shartnoma (1996-yil) va yadro qurolidan xoli zona toʻgʻrisidagi shartnoma kabi xalqaro kelishuvlar roʻyobga chiqdi.
Shuningdek, bundan boshqa kimyoviy (1992-yil) va bakteriologik (1972) qurollarning zahiralarini tayyorlash, ishlab chiqish va toʻplashni taʼqiqlovchi, dengiz va okeanlar tubiga (1971-yil) va kosmik fazoga (1967-yil) yadro qurolini joylashtirishni taʼqiqlovchi shartnomalar, shu singari yana boshqa turdagi qurollarni taʼqiqlovchi yoki chegaralovchiartnomalar tuzilgan edi. 1977-yilda yer usti minalaridan foydalanishni taʼqiqlovchi konvensiyaga 100 dan ortiq davlat imzo chekdi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti mana shu konvensiyaga va vayron qiluvchi turdagi qurollardan foydalanishni taʼqiqlovchi boshqa xalqaro shartnomalarga barcha davlatlarni qoʻshilishga chaqirdi. BMT shuningdek, oʻq otar va yengil qurollar ustidan nazoratni kuchaytirishning ham tarafdoridir. Bosh Assambleya karoriga binoan xalqaro konferensiya oʻq otish qurollari bilan noqonuniy savdo qilish boʻyicha masalani 2001-yilda koʻrib chiqadi.

Venada joylashgan atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik, kafolatlar borasidagi bitimlar tizimi asosida faoliyat koʻrsatib, tinchlik maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan atom ashyolari va jihozlaridan harbiy maqsadlarda foydalanilmasligini taʼminlashga javob beradi. Gaagada joylashgan Kimyoviy qurollarni taʼqiqlash boʻyicha tashkilot jahonning barcha mamlakatlari kimyoviy obyektlari haqida maʼlumot yigʻish bilan shugʻullanadi va kimyoviy qurollar boʻyicha Konvensiyaga amal qilish uchun nazoratni taʼminlash maqsadida doimiy kuzatuv olib boradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining tinchlik oʻrnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda qarama-qarshi boʻlib qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasidagi oʻz saʼy-harakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va tinchlik oʻrnatish yoki uni, masalan, muzokaralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yoʻllarini tavsiya qilishi mumkin.

Tinchlikni barqaror etish ishida Bosh kotib muhim rol oʻynaydi. U Xavfsizlik Kengashi eʼtiboriga oʻz fikri boʻyicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan har qanday muammoni havola etishi mumkin. Bosh kotib beminnat xizmatdan, vositachilik funksiyasidan foydalanishi yoki sahna ortida bevosita oʻzi yoki maxsus vakil orqali tinch diplomatiya bilan ish olib borishi kerak. Bosh kotib, shuningdek, holat kesinlashguniga qadar janjalning oldini olish uchun ogohlantiruvchi diplomatiya mexanizmidan ham foydalanishi mumkin. Bundan tashqari faktlarni aniqlash, hududiy doirada shugʻullanayotgan tinchlik oʻrnatuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakatlarda - tomonlarga ishonchni mustahkamlashga yordam koʻrsatadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining siyosiy boʻlimlarini ochish uchun missiya joʻnatishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining faoliyati - jabr-zulmning tub sabablarini imkon qadar koʻproq bartaraf etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham tinch qurilishning eng muhim unsurlaridan biri - taraqqiyot uchun yordamni ayamaslikdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimning boshqa tashkilotlari bilan hamkorlikda va davlatlar orasidagi donor mamlakatlar hamda nohukumat tashkilotlari ishtirokida butun jamiyatning baxt-saodati uchun, qonun-qoidalar ustuvorligini barqaror etish uchun mojarolar oqibatlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda saylovlar oʻtkazish va inson huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan, boshqarishni takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlaydigan yordam koʻrsatadi. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu mamlakatlarga mojarolar oqibatida izdan chiqqan maʼmuriy tizimni, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa unsurlarini tiklashga yordam beradi.
 
Mazkur faoliyatning 1989-yilda Namibiyada saylovlarning oʻtkazilishini, Mozambikda minalardan tozalash dastoʻrini va Gaitida fuqaro politsiyasi xodimlarini tayyorlashni kuzatish kabi baʼzi turlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni oʻrnatish boʻyicha operatsiyalari doirasida amalga oshirildi, bu holda ushbu faoliyatning baʼzi jihatlari tinchlikni oʻrnatish operatsiyasidan keyin ham davom etishi mumkin. Faoliyatning boshqa, masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Liberiyada tinch qurilish jarayonini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz boʻlimini ochishi, Kambodjada Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha boʻlimining faoliyat koʻrsatib turishi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gvatemalada mamlakat hayotining qariyb barcha jabhalariga taʼsir koʻrsatib, tinchlik bitimlari tuzilishiga yordam berayotgani kabi turlari hukumatlarning iltimosiga binoan amalga oshiriladi.

Xavfsizlik Kengashi oʻzining tinchlikni saqlash va xalqaro xavfsizlik borasidagi saʼy-harakatlari doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash bhyicha operatsiyalarining vakolat va mandat doiralarini tasdiqlab beradi. Muzokaralar davrasida uzoq muddatga moʻljallangan qarorlar ustida izlanishlar olib borilayotgan paytda, bunday operatsiyalarning koʻpchiligida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini kuzatayotgan yoki oraliq zona tashkil etgan harbiy xizmatchilar ishtiroki koʻzda tutiladi. Boshqa operatsiyalarda saylovlarni tashkil etishga yordamlashadigan yoki inson huquqlari himoya etilishini nazorat qiladigan fuqaro politsiyachilar va fuqaro mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Sobiq Yugoslaviya Respublikasining Makedoniyasida amalga oshirilgan shunga oʻxshash baʼzi operatsiyalar ehtiyot chorasi sifatida talqin etildi va u harbiy harakatlarni kengayib ketishining oldini oldi. Koʻpgina hollarda operatsiyalar tinch muzokaralarga amal qilinishini nazorat etishga yoʻnaltiriladi va hududiy tashkilotning tinchlik oʻrnatuvchi kuchlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tinchlik oʻrnatish operatsiyalari bir necha-yilga qadar davom etishi mumkin. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hindiston va Pokistonning Jammu va Kashmir shtatlari oʻrtasidagi oʻt ochish toʻxtatilishi lozim boʻlgan liniya boʻylab faoliyat koʻrsatayotgan operatsiyasi 1949-yildan buyon davom etadi, Kiprda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchilari 1964-yildan beri posbonlik qilmoqdalar. Boshqa bir tomondan, 1994-yil Liviya va Chad oʻrtasidagi Aozu mintaqasida operatsiya oʻtkazish uchun bir oydan ortiqroq muddat zarur boʻldi.

Uzoq-yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi saʼy-harakatlari, uch oʻnyillikka choʻzilgan Janubiy Afrikadagi aparteidga qarshi kurash kompaniyasini, Namibiyaning mustaqillikni qoʻlga kiritish jarayonini faol qoʻllab-quvvatlanishini, tinchlikni oʻrnatish boʻyicha amalga oshirilgan 18 operatsiya va saylovlar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator missiyalarni shu jumlaga qoʻshganda gʻoyat xilma-xil shakllarda amalga oshirildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mozambikdagi qochoqlarning oʻz uylariga qaytishlariga yordam berdi, Somali va Sudanda insonparvarlik yordami koʻrsatdi va Buyuk koʻllar rayonida tinchlikni oʻrnatish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlar olib bordi. U Janubiy Saxara kelajagi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha referendum tayyorlashga yordam bermoqda. Yaqinda Xavfsizlik Kengashi iltimosiga binoan Bosh kotib Afrika mamlakatlaridagi mojarolarning har tomonlama tahlilini mustahkam tinchlik oʻrnatishga maʼlum darajada yordam beradigan tavsiyalar bilan tayyorladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambodja mamlakatida 1992-1993-yillardagi keng koʻlamli operatsiyasi tugallanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi muassasa va tashkilotlari fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini davom ettirmoqdalar.

Afgʻonistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus missiyasi 1993-yildan buyon faoliyat koʻrsatmoqda. Uning vazifasi milliy yarash va uzoq davom etgan fuqarolar urushi natijasida izdan chiqqan xoʻjalikni tiklashga yordam berishdan iboratdir. Biroq, Bosh kotib va uning maxsus vakillarining qatʼiy diplomatik saʼy-harakatlariga qaramasdan mamlakatda juda katta insonparvarlik xarajatlarini talab qilayotgan harbiy harakatlar davom etmoqda, bu - Birlashgan Millatlar Tashkilotining afgʻon xalqiga yordam koʻrsatish tizimi faoliyatiga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti.

Sharqiy Timorda BMT yordamida Indoneziya va Portugaliya oʻrtasida oʻtkazilgan, mazkur xududning maqomi borasida butunjaxon referendumi uchun yoʻl ochgan muzoqaralar 1999-yili may oyida yakunlanadi. Shu muzokaralarga binoan BMT missiyasi ovoz beruvchilarni roʻyxatga olish ishini kuzatib bordi va 1999-yilning avgustidagi bu referendumda Sharqiy Timor aholisining 78 foizi Indoneziyadan mustaqil boʻlish uchun ovoz berdi. Referendum yakunlari eʼlon qilinganda mustaqillikka qarshi turgan militsiya Sharqiy Timorning 200 ming aholisini oʻz uylarini tashlab ketish uchun majburlashga harakat qildi. 1999-yilning sentabr oyida Xavfsizlik kengashi tartib oʻrnatishga yordam bergan xalqaro xavfsizlik kuchlarini junatish uchun qaror qabul qildi. BMTning muvaqqat maʼmuriyati xalqaro kuchlarni almashtirdi va ayni paytda Sharqiy Timorda mustaqillikni amalga oshirish jaroyonini kuzatib bormoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qariyb 4 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatib sobiq Yugoslaviyadagi mojarolarni bartaraf etishga astoydil harakat qilmoqda. 1991-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurol-yarogʻ yetkazib berishga chek qoʻydi; ayni paytda Bosh kotib va uning vakili qon toʻkishni toʻxtatish uchun yoʻnaltirilgan diplomatik saʼy-harakatlar bilan yordam qila boshladi. 1992-yildan 1995-yilga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchi kuchlari Xorvatiyada tinchlik va xavfsizlikni tiklashga harakat qildilar, Bosniya va Gersegoviniya fuqaro aholisining xavfsizligini taʼminlashga yordam berdilar, shuningdek, sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya respublikasi urush girdobiga tortib ketilmasligiga koʻmaklashdilar. 1995-yildagi Deyton (Parij) tinchlik bitimi tuzilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻrtta missiyasi bu hududda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashdilar. Ularning birmuncha yirigi hisoblangan - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Slovoniya uchun muvaqqat maʼmuriyati Xorvatiya tarkibidagi bu hududning reintegratsiya jarayonini kuzatib turdi. Kosovoda (Yugoslaviya Federal Respublikasi) NATOning bombardimonlarini toʻxtatilganidan va Yugoslaviya qurolli kuchlari chiqarilganidan soʻng, 1999-yili bu yerda BMT muvaqqat xalqaro maʼmuriyat tashkil etdi. Xavfsizlik kengashi BMTning bu maʼmuriyatiga Kosovo xududi va xalqiga nisbatan barcha qonuniy, ijroiy va huquqiy vakolatlarga qadar bGʻlgan favqulodda vakolatlar yaratib bermoqda. Yevropa ittifoqi, Yevropa xavfsizligi va hamkorligi tashkiloti, BMTning qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissari va Birlashagan Millatlar Tashkiloti demokratik jamiyat hamda barqaror avtonomiya tashkil etishda Kosovo xalqi bilan ish olib bormoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi faoliyati va uning tinchlikni oʻrnatish boʻyicha saʼy-harakatlari Markaziy Amerikada paydo boʻlgan toʻqnashuvni bartaraf etishda katta rol oʻynadi. 1989-yili Nikaraguada tinchlik oʻrnatish borasidagi saʼy-harakatlar tufayli qarshilik koʻrsatish kuchlari ixtiyoriy tarzda tarqatib yuborildi va uning qatnashchilari oʻz qurollarini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga topshirdi. 1990-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi Nikaraguadagi saylovlarni kuzatdi - bu, mustaqil mamlakatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuzatuvida oʻtgan birinchi saylov edi.

Salvadordagi Bosh kotib vositachiligida oʻtgan tinch muzokaralar 12-yil davom etgan harbiy harakatlarga chek qoʻydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish boʻyicha missiyasi barcha kelishuvlarning amalga oshirilishini kuzatib turishni taʼminladi. Gvatemalada Birlashgan Millatlar Tashkiloti yordamida tashkil etilgan muzokaralar tufayli 35-yillik fuqarolar urushi toʻxtatildi. Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gvatemaladagi Nazorat komissiyasi keng koʻlamdagi tinchlik bitimlari toʻla-toʻkis amalga oshirilishini taʼminlash uchun daʼvat etilgan.

Gaitida demokratik yoʻl bilan saylangan mamlakat hukumatini qayta tiklash boʻyicha xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz ishini milliy politsiyaga taʼlim berish bilan davom ettirmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti beshta oʻnyillik mobaynida (bu muddat davomida besh marta keng koʻlamdagi urush olovi alanga olgan) Arab - Isroil mojarosiga katta diqqat-eʼtibor bilan qarab keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqqoniy va mustaqkam tinchlik oʻrnatish tamoyillarini muammoni hal etishning mustahkam asosi boʻlib qoladigan Xavfsizlik Kengashining 242 (1967) va 338 (1973) sonli ikkita tayanch rezolyutsiyalarida ishlab chiqdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti siyosiy muammolar asosida kelib chiqqan mojarolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan boshqa tashabbuslarni ham qoʻllab-quvvatladi va bu mintaqaga qator tinchlik oʻrnatuvchi missiyalar joʻnatdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948-yilda tashkil etilgan birinchi harbiy kuzatuvchilari guruhi mintaqada bugungi kunda ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1956-yildagi Sues krizisi davrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlik oʻrnatish boʻyicha oʻzining birinchi kuchlarini tashkil etdi.

Hozirgi paytda mintaqada tinchlikni barqaror etuvchi ikkita missiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning 1974-yilda tashkil etilgan bittasi Golan tepaliklarida Isroil va Suriya qurolli kuchlarini ajratib turadigan mintaqani nazorat etadi; 1978-yilda tuzilgan ikkinchisi barqarorlikni taʼminlashga va Livanning janubiy qismida yashayotgan aholi himoya qilinishini taʼminlashga yordam beradi.

Yaqin Sharqning boshqa rayonlari haqida shuni aytish kerakki, 1991-yili Quvayt mustaqilligi tiklanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuzatuvchilar missiyasi Iroq va Quvayt oʻrtasidagi qurolsizlantirilgan mintaqaning nazorat qilinishini taʼminlamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-harakatlari tufayli dunyoni bizning hammamiz uchun yanada bexatar va sogʻlom, yanada istiqbolli va pok qilish uchun hukumatlar bilan yuzlab koʻptomonlama shartnomalar tuzilgan. Xalqaro huquq normalarining bu kengqamrovli majmui va inson huquqlari standartlarining ishlab chiqilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ulkan yutuqlari hisoblanadi.

Ishtirokchilari koʻpchilik davlatlar hisoblangan ikki xalqaro bitim bu huquqlarga yuridik jihatdan majburiy xarakter kasb etadi. Bitimlarning biri iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar. Ikkinchisi esa - fuqarolik va siyosiy huquqlarga bagʻishlangan. Deklaratsiya bilan birgalikda ular inson huquqlari haqidagi Xalqaro billni tashkil etadi.

Deklaratsiya inson huquqlari borasida, jumladan, irqiy kamsitish va xotin-qizlarni kamsitishga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya; bolalar huquqlari haqidagi konvensiya, qochoqlik maqomi va genotsidga barham berish, oʻz taqdirini oʻzi hal etish, zoʻravonlik bilan yoʻqotib yuborish toʻgʻrisimdagi deklaratsiyalar va taraqqiyot huquqi kabi 80 dan ortiq konvensiya va boshqa deklaratsiyalarni tayyorlash uchun poydevor qoʻydi.

Normalarni ishlab chiqish faoliyati nihoyasiga yetayotgan ayni paytlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining inson huquqlari borasidagi ishlarida asosiy eʼtiborni joriy etilgan normalarni hayotga tatbiq etilishiga qaratmoqda. Inson huquqlari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi butun faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Oliy komissar har qanday buzgʻunchilikning oldi olinishi, har qanday jinoyat taftish etilishiga erishib, inson huquqlari yanada yaxshiroq muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida hukumatlar bilan hamkorlik qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha komissiyasi hukumatlararo organ hisoblanib, davlatlar tomonidan inson huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan masalalarni ommaviy koʻribigʻish ishlarini amalga oshiradi. U inson huquqlari buzilgan muayyan holat toʻgʻrisida maʼruza taqdim etish uchun yoki baʼzi bir mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi ahvolni oʻrganish uchun mustaqil ekspertlar - maxsus maʼruzachilar tayinlaydi. Jeneva-dagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Boʻlimida keng jamoatchilik uchun inson huquqlari buzilganligi haqidagi axborotlar beradigan faksimal aloqaning bevosita ochiq liniyasi (41-22-917-0092) faoliyat koʻrsatmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha tashkilotlari ilgaridan ogohlantirish va mojarolarning oldini olish, turli tadbirlarini qoʻllash, shuningdek, kelishmovchiliklarning tub ildizlarini qirqishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish yoʻllari bilan faoliyat koʻrsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash borasidagi qator komissiyalari inson huquqlari komponenti bilan joylashtirilgan: shunday komponent, jumladan, Gruziyadagi va Gvatemaladagi missiyalar tarkibida mavjud. Gaitida esa bu ish Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Amerika davlatlari tashkilotining birgalikdagi operatsiyalari doirasida olib boriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari sohasidagi barcha tadbirlari hozirgi paytda 27 mamlakat va hududlarning turli joylarida amalga oshirilmoqda.

Inson huquqlariga gʻoyat katta hurmat-eʼtibor Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyotga yordamlashish borasidagi saʼy-harakatlarida yana ham sezilarli oʻrin egallaydi. Jumladan, taraqqiyot huquqi oʻzida barcha fuqarolik, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarni mujassam etgan dinamik jarayonning muhim unsuri sifatida olib qaraladi va bu - jamiyatning barcha aʼzolari farovonligining oshishiga yordam beradi. Taraqqiyot huquqining kalitini topish - qashshoqlikka barham berish bilan izohlanadi, bu esa, oʻz navbatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlaridan biridir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi Birlashgan Millatlar Tashkiloti oldiga xalqaro huquq va uning kodifikatsiyasini ilgʻor taraqqiyot yoʻliga burishdan iborat aniq vazifa qoʻygan. Bu ishning natijasi hisoblangan konvensiyalar, shartnomalar va normalar xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish uchun asos yaratadi. Bu konvensiyalarni ratifikatsiya etgan davlatlar huquqiy jihatdan uni bajarishga majburdirlar.

Xalqaro huquq komissiyasi xalqaro huquqiy mavzudagi hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, ular keyin konvensiyaga qoʻshilishi va davlatlarning ratifikatsiyasi uchun zarur boʻlishi mumkin. Bu konvensiyalarning baʼzilari davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni reglamentga solish huquqiy normalarining asosini tashkil etadi. Jumladan, diplomatik aloqalar haqidagi konvensiya, xalqaro ochiq suv oqimlaridan foydalanish turlarini reglamentlaydigan konvensiya shunday hujjatlardandir. Dengiz huquqi boʻyicha konvensiya barcha mamlakatlarga Dunyo okeani boyliklariga teng huquq bilan kirib borish, uni ifloslanishdan muhofaza qilish va kema qatnovi hamda tadqiqotlar erkinligiga yordam berish uchun yoʻnaltirilgan. Giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylantrishga qarshi kurash haqidagi konvensiya giyohvand moddalarni tarqatishga qarshi kurashda gʻoyat muhim xalqaro-huquqiy vosita hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasi oʻzaro muvofiqlashtirish va xalqaro savdo sohasida huquqiy normalarni tayyorlashga yordamlashish maqsadida qoida va boshqarish tamoyillarini ishlab chiqmoqda. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro ekologik huquqni ishlab chiqish kashshofi hamdir. Yerlarning choʻlga aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya, xavfli chiqindilarni tashish haqidagi konvensiya kabi kelishuvlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof muhit dasturida oʻz takomilini topmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari tomonidan terrorizmga qarshi kurashning asosiy huquqiy quroli hisoblangan xalqaro bitim ishlab chiqildi.

Sobiq Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar davomida yuz bergan koʻplab inson huquqlarini buzish normalari Xavfsizlik kengashini ushbu mojaroda 1993-yili harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan shaxslarni sudlash uchun xalqaro tribunal tashkil qilishga majbur etdi. 1994-yili Kengash Ruandadagi genotsidda ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish uchun yana bir tribunal tashkil etdi. Ushbu tribunallar ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qator sud majlislari oʻtkazdilar. 1998-yil Ruanda boʻyicha tribunal tarixda birinchi marta genotsid jinoyatiga oid ishlar uchun xalqaro sud tashkilotining verdiktini, yaʼni tarixda ilk bor mazkur jinoyat boʻyicha hukmni eʼlon qildi. Sobiq Yugoslaviya boʻyicha tribunal, shuningdek, Kosovodagi mojarolar paytida sodir etilgan jinoyatlarni koʻrib chiqayapti.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy maqsadlaridan biri - inson huquqlari keng koʻlamda buzilgan hollarda buning uchun javobgarlik masʼuliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan soʻng, 1998-yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, jazoni chetlab oʻtishga, qasosdan qutulib qolishga umid bogʻlamasligi zarurligini qoʻllab-quvvatladi.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro insonparvarlik huquqi sohasida qator konvensiyalar ishlab chiqishga oʻz hissasini qoʻshdi.

Adolat va tenghuquqlilikni barqaror etish borasidagi turli chora-tadbirlar 1945-yili oʻz egalari boshqarmaydigan hududlarda 750 million kishi yashar edi. Ushbu son bugungi kunda 1,3 millionni tashkil etadi. Bu gʻoyat jiddiy tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qaram hududlarda yashayotgan xalqlar orzu-umidlarining qoʻllab-quvvatlanganligi va ularning mustaqillikni tezroq qoʻlga kiritishlari uchun berilgan yordam tufayli amalga oshdi. Bosh Assambleya qaram mamlakatlar va davlatlarga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilgan 1960-yildan buyon 60 ga yaqin sobiq qaram hududlarda yashayotgan xalqlar mustaqillikka erishdilar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻla huquqli aʼzolariga aylandilar. Assambleya oʻz oldiga 2000-yilgacha kolonializmdan xalos boʻlish maqsadini qoʻygan.

Oʻttiz-yildan ortiq muddat davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan olib borilgan muayyan operatsiyalar majmui tufayli aparteid singari butun dunyoga maʼlum boʻlgan Janubiy Afrikadagi irqiy segregatsiya tizimiga barham berildi. 1994-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi kuzatuvchilari ishtirokida bu mamlakatda barcha irqlar vakillari uchun ochiq boʻlgan birinchi saylovlar oʻtkazildi.

Birlashlan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunlaridanoq barcha xalqlar tinchligini barqaror etish va barcha shakllardagi irqchilikka qarshi kurashish ustida ish olib boradi. Bosh Assambleya qaroriga muvofik 2001-yilda Janubiy Afrikada irqchilik, irqiy kamsitishlar, ksenofobiya va shu kabilarga toqat qilib boʻlmaslik masalalariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkaziladi.

Ijtimoiy haloqatlar har bir joyda va har qanday vaqtda yuz berishi mumkin. Biroq ularning sababi suv bosish yoki qurgʻoqchilik, zilzila, fuqarolar mojarosi, bir soʻz bilan aytganda - nima boʻlmasin, - har doim u odamlarning qurbon boʻlishiga, xalqlarning aralashib ketishiga, butun-butun jamoalarning oʻz yashash imkoniyatlarini oʻz kuchlari bilan taʼminlay olmay qolishlariga olib keladi va juda katta qiyinchiliklar tugʻdiradi.

Shunday faloqat paytlarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining tashkilotlari jabrlanganlarga - asosan bolalar, ayollar va qariyalarga oziq-ovqatlar va dori-darmonlar bilan yordamlashadi, ularga boshpana beradi va moddiy-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi. Muhtojlarga beriladigan bunday yordamlar uchun mablagʻlarning milliard dollarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro donorlardan topdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-harakatlari tufayli 1999-yilda qariyb 26 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatish haqidagi chaqiriqqa javoban 1,4 milliardga yaqin AQSH dollari yigʻildi. 1997-1998-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 77 tabiiy ofat va ekologik haloqat oqibatlarini bartaraf etishga koʻmaklashish uchun 51 aʼzo-mamlakatga yordam berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti insonparvarlik yordamlari berish bilan keng koʻlamda moddiy-texnika taʼminoti va joylarda xavfsizlikni taʼminlash muammolarini hal etishga erishadi. Talofat koʻrgan rayonlarga yetib borishning oʻzi ham koʻpincha mushkul boʻlib, gohida juda murakkab toʻsiqlar orqali oʻtish zarur boʻladi. Keyingi-yillarda koʻpgina tangliklar inson huquqlariga amal qilmaslik tufayli murakkablashmoqda. Insonparvarlik yordami koʻrsatayotgan xodimlarni muhtojlikda qolganlar huzuriga qoʻymaydilar, janjallashayotgan tomonlar ataylab tinch yashayotgan aholi va yordam olib borayotganlarga qarab oʻt ochadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ijtimoiy boʻhronlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz harakatini barcha asosiy insonparvarlik boʻlinmalarini birlashtruvchi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining favqulodda yordamlar Koordinatori raisligida faoliyat koʻrsatuvchi komitet orqali muvofiqlashtirib turadi. Bu komitet tarkibiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Jahon oziq-ovqat dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi kabilar kiradi. Uning tarkibida, shuningdek, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkilotlari, Xalqaro Qizil Xoch kabi yirik hukumatlararo va nohukumat insonparvarlik tashkilotlari mavjud.

Favqulodda yordamlar Koordinatori insonparvarlik yordamini ishlab chiqish siyosati va insonparvarlik masalalariga eʼtiborni tortish, jumladan, oʻq otish qurollarini tarqatish oqibatlari yoki sanksiyalarning insonparvarlik qudratidan jamoatchilik xabardorlik darajasini oshirishga yordamlashish borasidagi ishlar uchun javob beradi.

Urushlardan, taʼqib etishlardan yoki inson huquqlarini poymol etilishidan qochib ketish bilan himoyalanib yurgan kishilarga - qochoqlar va koʻchirilgan shaxslarga Qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi yordam koʻrsatadi. 1998-yili Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi diqqat-eʼtiborida 22 million kishi bor edi. Uning birmuncha yirik operatsiyalari 2,6 million Afgʻon qochoqlari boʻlgan Gʻarbiy Osiyoda, bir million kishi yordamga muhtoj boʻlgan sobiq Yugoslaviyada va yarim millionga yaqin qochoq toʻplangan Afrikaning Buyuk koʻllar rayonida amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat bilan favqulodda koʻmak berish ishlariga bu boradagi yordam boʻyicha jahon talabining-yildan-yilga uchdan ikki qismini qondirib kelayotgan Jahon oziq-ovqat dasturi javob beradi.1999-yili Butunjahon oziq-ovqat dasturi jahon boʻyicha 82 mamlakatdagi 86 milliondan ortiq odamlarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga yordam berdi.

Keyingi 10-yil mobaynidagi urushlar va fuqarolarning turli janjallari natijasida 1 millionga yaqin bolalar oʻz ota-onalaridan ajralib qoldilar, 12 millioni esa boshpanasiz qoldi va 10 millioni ogʻir ruhiy jarohat oldilar. YUNISEF bu bolalarning talablarini qondirish, ularni oziq-ovqat, ichimlik suvi va turar joy bilan taʼminlash uchun barcha choralarni ishga solmoqda. Bundan tashqari, bolalarni harbiy toʻqnashuvlar sharoitida himoya etish, ularga eng zarur sharoitlarni yaratib berish saʼy-harakatlaridan kelib chiqib, YUNISEF tinchlik mintaqasidagi kabi bolalar konsepsiyasini ishlab chiqdi va tinch turmush kunlari hamda tinchlik koridorlarini eʼlon qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik sohasidagi faoliyatining yana bir tarmogʻi tabiiy ofatlarni bartaraf etish va buning uchun tayyor turishni taʼminlashdan iboratdir. Masalan, 1998-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitda ishlarni tashkil etish va 11 mamlakatda ularning oqibatlarini bartaraf qilish dastoʻrini taʼsis etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bevosita tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitida mahalliy hudud doirasida favqulodda yordam berish borasidagi ishlarni koordinatsiyalash bilan shugʻullanadi.

Shu bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi favqulodda yordamni tiklanish va uzoq-yillar davomida rivojlanish uchun berishiga harakat qiladi. Uzoq muddatlar mobaynida tabiiy ofatlar girdobida qolgan yoki mojarolarini endigina bartaraf etgan mamlakatlarda insonparvarlik yordamiga, asosan, taraqqiyot, siyosiy va moliyaviy koʻmak bilan bir qatorda tinch qurilishni taʼminlash borasidagi umumiy chora-tadbirlar elementlarining biri sifatida qaraladi.

Falastin qochoqlariga yordam berish ishlarini 1949-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam va Ishlarni tashkil etish boʻyicha Yaqin Sharq agentligi olib bormoqda. Bugungi kunda agentlik roʻyxatga olingan 3 milliondan ortiq falastin qochoqlariga sogʻliqni saqlash, maorif, favqulodda yordam va ijtimoiy xizmat sohalarida asosiy koʻmak berib keladilar. 1993-yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koordinatori - Birlashgan Millatlar Tashkiloti yoʻli bilan Gʻazo va Gʻarbiy sohildagi Falastin aholisiga taraqqiyot sohasida beriladigan barcha yordamlar ustidan nazorat olib boradi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy vazifalaridan biri yanada yaxshiroq hayot tarzini, ish bilan toʻliq bandlikni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlanish uchun sharoitlarni taʼminlashdan iboratdir. Bu vazifa ijrosi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining 70 foiz faoliyati mashgʻuldir. Ushbu faoliyat asosida - qashshoqlikni bartaraf etish va hamma joyda insonlar farovonligi darajasini oshirish - butun dunyoda mustahkam tinchlikni taʼminlash sharoitini yaratish yoʻlidagi zarur qadamlarga ishonch yotadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot ishini ragʻbatlantirish borasida noyob afzalliklarga ega. Uning faoliyat doirasi butun dunyoni qamrab oladi, keng koʻlamli mandati esa ijtimoiy, iqtisodiy va favqulodda ehtiyojlarni qondirishni koʻzda tutadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti allakimlarning tor doiradagi milliy yoki tadbirkorlik manfaatlarininggina ifodachisi emas. Muhim strategik qarorlarni tayyorlashda barcha mamlakatlar, boy va kambagʻallar qatnashadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot manfaatlari yoʻlidagi saʼy-harakatlar borasidagi xalqaro konsensusni ishlab chiqishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. 1960-yildan boshlab Bosh Assambleya Taraqqiyotning qator oʻnyilliklar xalqaro strategiyasi doirasidagi birinchi darajali ishlari va vazifalarining kun tartibiga qoʻyilish tarzini aniqlashga yordam bermoqda. Bu oʻnyilliklar dasturi diqqat-eʼtiborida aniq masalalar turibdi, unda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha yoʻnalishlari boʻyicha taraqqiyotga erishish zaruriyati shubhasiz taʼkidlanadi. Rivojlanishning toʻrtinchi oʻnyilligi (1991-2000-yillar) doirasida quyidagi toʻrt soha: qashshoqlik va ochlik, inson resurslari va institutsional (belgilangan qoida va tartiblar asosidagi) rivojlanish, xalq va atrof muhit kabilarga ustuvorlik beriladi.

Qator butunjahon konferensiyalari oʻtkazish tufayli maorif (1990-yil), atrof muhit va rivojlanish (1992-yil), inson huquqlari (1993-yil), xalq, taraqqiyot va tabiiy ofatlar xavfining kamayishi (1994-yil), ijtimoiy taraqqiyot (1995-yil), xotin-qizlar mavqeini yaxshilash (1995-yil), aholi punktlari (1966-yil) va oziq-ovqat xavfsizligi (1996-yil) kabi qator sohalardagi global muammolarni hal etishning amaliy yoʻllari belgilab olindi. Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzo-mamlakatlar bilan yaqin hamkorlikda shu konferensiyalarda qabul etilgan qarorlarni amalga oshirish bilan shugʻullanmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti barqaror rivojlanishni tashkil etish, ayollar mavqeini yaxshilash, inson huquqlariga amal qilish, atrof muhitni muhofaza etish va oqilona boshqarish kabi rivojlanish sohasidagi qator yangi muhim vazifalarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni amalga oshirish dastoʻrini yaratish uchun javob berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi - shu jumlaga kiradigan Tashkilotning oʻzi, uning ixtisoslashtirilgan muassasalari, dasturlari va jamgʻarmalari ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qoʻlga kiritishga yordam berishda koʻpqirrali faoliyat olib bormoqda. Ixtisoslashtirilgan muassasalar (oxirgi berilgan roʻyxatga qarang) mandati ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning qariyb barcha jabhalarini qamrab oladi. Bu muassasalar dunyoning barcha mamlakatlariga texnik yordam koʻrsatadi va ularga boshqa shakllarda amaliy yordam beradi. Ular Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatib siyosatni ishlab chiqishga, rahbarlik tamoyillarini aniqlashga, yordamlar tashkil etish va mablagʻ jalb qilishga koʻmaklashadi.

Masalan, Butunjahon banki taraqqiyot maqsadlari uchun har-yili 25 milliard AQSH dollaridan ortiqroq yordamajratadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bunday yordamlardan oʻz iqtisodiyotlarini mustahkamlash va bozorlarini kengaytirish uchun foydalanadilar. Qarzlar faqat hukumatlarga beriladi, biroq barqaror oʻsish darajasiga erishish maqsadida Bank mahalliy jamoalar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalaridan, shuningdek, Xalqaro moliyaviy korporatsiyalar orqali xususiy sektordagi korxonalardan ham foydalanishlari mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan ixtisoslashtirilgan muassasalar oʻrtasidagi muomalalarni yaqindan muvofiqlashtirish - tarkibiga Bosh kotib, ixtisoslashtirilgan muassasalar rahbarlari va atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik kiradigan koordinatsiya boʻyicha Maʼmuriy komitet orqali taʼminlanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dasturlari va Jamgʻarmalari oʻz faoliyatlarini - Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi mandatini bajarayotgan Bosh Assambleya hamda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash rahbarligida olib boradilar. Bu organlar oʻrtasidagi hamkorlikning samaradorligini oshirish uchun Bosh kotib 1977-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tezkor jamgʻarmalari va dasturlarining vakillari tarkibida Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot masalalari boʻyicha Guruhini tashkil etdi.

Ijtimoiy va iqtisodiy sohada taraqqiyotni barqaror etish saʼy-harakatlarining eng oldingi saflarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson potensiali barqaror rivojlanishi uchun yordam mablagʻlari - subsidiy berish boʻyicha koʻptomonli yirik mexanizmi boʻlib qolgan bu tashkilot oʻz saʼy-harakatlarini texnik hamkorlik va qashshoqlikni tugatish tomonga yoʻnaltirgan holda 174 mamlakat va hududlarda faoliyat olib bormoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining - bolalarning hayot kechirishi, muhofazasi va rivojlanishini taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli, kelajakdagi vazifalarni hal etish bilan shugʻullanadigan yetakchi tashkiloti hisoblanadi. Qariyb 150 mamlakatda amalga oshirilayotgan YUNISEF dasturi diqqat markazida emlash, birinchi meditsina-sanitariya xizmati, oqvatlanish va boshlangʻich taʼlim kabi masalalar turadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining koʻplab boshqa dasturlari taraqqiyot borasidagi oʻz ishlarini hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. Jahon Oziq-ovqat dasturi - asl mohiyati favqulodda yordamdan, shuningdek Taraqqiyot dasturidan iborat boʻlib, dunyodagi oziq-ovqatlar bilan yordam koʻrsatadigan eng yirik xalqaro tashkilotdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) ham xalqlar va elatlarga yordam beradigan yirik xalqaro muassasadir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof muhit dasturi (YUNEP) dunyoning hamma burchaklarida tabiatdan foydalanishning eng ilgʻor usullarini joriy etishga koʻmaklashadi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi punktlari markazi (Xabitat) esa turmush sharoiti salomatliklariga tahdid solayotgan kishilarga yordam koʻrsatadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiyasi (YUNKTAD) dunyo ekonomikasida rivojlangan mamlakatlar rolini eʼtirof etgan holda xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam beradi. YUNKTAD shuningdek, Jenevadagi xalqaro savdo boʻyicha Markaz orqali taraqqiy etgan mamlakatlardan eksport qilib kelishga yordam beradigan, mustaqil faoliyat koʻrsatadigan Butunjahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi muassasa va tashkilotlar oʻzlarining kompetensiyalaridagi barcha sohalarni qamrab olgan holda har qanday yolgʻiz harakat qilgan mamlakatning qurbi yetmaydigan murakkab muammolarni hal etish uchun oʻz kuch-qudratlarini yana ham yaxshiroq jipslashtirmoqda.

Masalan, butun dunyoda 50 million kishi kasallikka chalingan epidemiya - OITSga qarshi kurashish maqsadini koʻzda tutgan Birlashgan dasturni amalga oshirishda Birashgan Millatlar Tashkilotining olti muassasa va dasturining mutaxassislari ishtirok etmoqdalar. Xarajatlari 25 milliard AQSH dollarini tashkil etadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika boʻyicha 10-yilga moʻljallangan maxsus Umumtizim tashabbusi asosiy taʼlim, meditsina xizmati va shu mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadidagi umumiy dastoʻrini amalga oshirish ishiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining deyarli barcha boʻlinmalarini jalb etadi. BMTning taraqqiyot dasturi, YUNEP va Butunjaxon banki tomonidan boshqariladigan 2 milliard AQSH dollariga teng zahiraga ega boʻlgan Global ekologik jamgʻarma taraqqiy etayotgan mamlakatlarga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ularning dasturlarini amalga oshirishga yordam beradi.

Kofi Annan 1997-yil BMT Bosh kotibi lavozimida vazifasini bajarishga kirishishi bilan BMT faoliyatini yanada yaxshilashga va oʻzidan oldingi rahbarlar boshlagan islohotlarning toʻla amalga oshishiga yoʻnaltirilgan tezkor choralar koʻrishga kirishdi. Dastlabki olti oyda Bosh kotib xodimlarning vazifalari oʻrtasidagi oʻzaro takror holatlarga barham berib, muvofiqlashtirish va hisobot berishni yaxshilash maqsadida, BMT tarmoqlaridagi tashkiliy tizimni birlashtirdi va Tashkilotning yetakchi rahbarlari mahkamasini tuzdi. Bu islohotlar BMTning eng asosiy qismi - uning xodimlari ishini yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi.

Soʻnggi-yillarda Bosh kotib tinchlikni saqlash boʻyicha operatsiyalarni isloh qilish jarayoniga rahbarlik qilib, inson huquqlari himoyasi BMT faoliyatining barcha asosiy sohalariga kiritildi. Fuqarolik jamiyati va xususiy sektorning rivojlanish va xalqaro faoliyat masalalariga yangicha taʼsiri eʼtiborga olingan holda, mazkur sohalar bilan hamkorlikning yangi shakllari yoʻlga qoʻyildi.

Islohot jarayoni shunchaki oʻzgartishlar majmuidangina iborat emas: islohotlar sabab mazkur xalqaro organ faoliyatidan keng ochiqlik, batartiblik, yangilanish va ishonch madaniyati joy oldi. Bu jarayon yigirma birinchi asrda ham BMT faoliyatidagi serqirralikni saqlab qolish va tahdidlariga munosib javob berish uchun Birlashgan Millatlar tashkilotini sezilarli darajada oʻzgartirish uchun imkon yaratdi.

Bosh kotibning BMT tashkiliy tizimini oqilona tashkil etishga qaratilgan ilk qadami uning bu lavozimdagi birinchi muhlatining dastlabki oyidayoq - 1997-yil yanvarida amalga oshirildi. BMTning oʻttizta departamenti, jamgʻarma va dasturi sohalar boʻyicha toʻrtta tarmoq: tinchlik va xavfsizlik, gumanitar masalalar, rivojlanish, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha guruhlarga birlashtirildi. Bu guruhlarning ishini muvofiqlashtirish uchun ijroiy qoʻmita tashkil etildi (ijroi qoʻmita aʼzolarining roʻyxatiga qarang). Bir paytning oʻzida 1996-yilida boʻsh turgan mingga yaqin lavozim butunlay bekor qilindi.

Keyinchalik ijroi qoʻmitalar yetakchi rahbarlar guruhlari orqali Bosh kotib devoni bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanadigan boʻldi. Guruhlar mahkamasiga BMTning barcha departament, jamgʻarma va dasturlari rahbarlari kiradi.

Tashkiliy tizimni soddalashtirish uchta departamentni Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha departamentga birlashtirish hamda BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatni oqilona sudlash boʻyicha boʻlimi bilan BMT Giyohvandlikni nazorat qilish boʻyicha dastoʻrini Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmaga birlashtirish orqali amalga oshirildi. Inson huquqlari boʻyicha markaz Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi tarkibiga kirdi. Inson huquqlari boʻyicha idoraning yiriklashishi bilan bir vaqtda yetakchi rahbarlar guruhlari va ijroi qoʻmitalar yordamida inson huquqlarini himoya qilish faoliyatini tinchlik oʻrnatish va rivojlantirish faoliyati, shuningdek, BMT ishining boshqa sohalariga kiritishga qaratilgan choralar koʻrildi. Yiriklashtirish mamalakatlar darajasini ham chetlab oʻtmadi.

BMTning mamlakatlar boʻyicha guruhlari rivojlanayotgan, iqtisodiyoti oʻtish jarayonida hamda krizis holatida boʻlgan 134 davlatda BMT jamgʻarmalari, dasturlari va maxsus muassasalari ishini amalga oshiradi. 1997-yilgacha ularning har biri asosan alohida idoraga ega edi. Mamlakatlar boʻyicha guruhlarga mablagʻni tejash va hamkorliklikdagi ishning yanada samarador boʻlishini taʼminlash, eng muhimi, ushbu davlatlarda BMTning yagona qiyofasini yaratish maqsadida idoralar va xizmat koʻrsatuvchilardan birgalikda foydalanishga iloji boricha tezkorlik bilan oʻtish topshirildi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning har birida BMTning hozir uchta va undan ortiq tashkiloti faoliyat koʻrsatayotgan 50 dan ortiq umumiy Uyi mavjud. Bundan tashqari, bugun BMTning Internetga umumiy bogʻlanish va umumiy xizmat koʻrsatuvchilar xizmatidan foydalanish imkoniga ega 30 dan ortiq BMT virtual Uyi faoliyat koʻrsatmoqda. BMT mamlakatlar boʻyicha guruhlari bunday yiriklashtirish tufayli yuz minglab dollarning tejalishi haqida maʼlumot berdi.

Ayni paytda, 1997-yili Bosh kotib BMT rezident-muvofiqlashtiruvchilarga, mamlakatlardagi ishlar rejasini muvofiqlashtirish va har bir mamlakatda BMT faoliyatini yagona bayroq ostida olib borish maqsadida, yanada keng vakolatlar berdi. Koordinatsiyani yengillashtirish va BMT yordamining ushbu koʻmak berilayotgan davlatlar strategiyasi va prioritetlari bilan yanada kengroq moslanishiga erishish maqsadida yana ikkita qoʻshimcha yoʻl ochildi: mazkur mamlakat talablarini oʻrganuvchi Mamlakat ahvolini umumiy baholash va rivojlanish hamda BMT konferentsiyalarida qoʻyilgan vazifalarni bajarishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlaktlarga koʻmaklashish ishlarini BMT muassalari oʻrtasida taqsimlovchi BMTning Rivojlanish yoʻlida yordam koʻrsatish boʻyicha andazaviy dasturi. 2002-yil iyuliga kelib 106 mamlakatning ahvolini baholash nihoyasiga yetdi, 32 mamlakatning ahvolini baholash jarayoni davom etib (ulardan bir nechtasi qaytadan baholanadi), 69 ta rivojlanish yoʻlida yordam koʻrsatish boʻyicha andazaviy dasturi tuzilgan, yana 26 tasi tuzilish jarayonida edi.

VICh-OITSga qarshi kampaniya muayyan mamlakat darajasidagi hamkorlikning yaqqol namunasidir. Kishilik tarixidagi eng qiyin epidemiya, deb atash mumkin boʻlgan bu oʻlatga qarshi muvaffaqiyatli kurashish, oʻzining madaniy, ijtimoiy, tijoriy va texnologik jihatlariga koʻra, BMTning bir-ikkita emas, balki, koʻplab muassasalari ishtirokini, shuningdek, jamoat tashkilotlari yordami va mahalliy firmalariyu transnatsional farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikkacha boʻlgan koʻp qirrali yondashuvni koʻzda tutadi, albatta.

VICh-OITSga qarshi birlashtirilgan dastur (YuNEYDS) oʻz faoliyatini 1996-yili BMTning olti muassasasi - BMT Taraqqiyot boʻyicha dasturi, BMT Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha tashkiloti, BMT Aholishunoslik boʻyicha jamgʻarmasi, BMT Bolalar jamgʻarmasi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Jahon banki qoʻshma loyihasi sifatida boshladi. Shu oʻtgan davr mobaynida bu asosiy guruhga Xalqaro mehnat tashkiloti va BMTning Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha boshqarmasi ham qoʻshildi, BMT boshqa organlarining koʻpchiligi BMTning VICh-OITSga oid guruhiga muayyan mamlakatlar miqyosida birlashgan strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish borasida qoʻshildi. 2001-yili BMT tizimida yanada yuqori tashkiliy miqyosda - OITSga qarshi kurash boʻyicha byudjet va BMTning 29 jamgʻarma, dastur va muassasasi ish rejasini birlashtirgan BMTning OITS boʻyicha birlashgan rejasi tuzildi.

BMT tizimi muassasalari faoliyatini jonlantirishga qaratilgan asosiy tadbir 1944-yili Bretton-Vudsda asos solingan institutlar bilan aloqani rivojlantirish boʻldi. Bir tarafdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ikkinchi tomondan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi oʻrtasidagi hamkorlik Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr koʻp qirrali faoliyat asoschilari tomonidan rejalashtirilgan darajaga yetmagan edi. 1998-yildan boshlab BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi Bretton-Vuds institutlari moliya vazirlari bilan turkum-yillik uchrashuvlar oʻtkazdi. Bu muhim burilishlar 2002-yili Monterreda (Meksika) BMT tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi hamda Jahon savdo tashkilotining faol ishtirokida tashkil etilgan Taraqqiyotni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha xalqaro konferentsiyada erishilgan yutuqlar uchun muhim omil boʻldi.

Kengash xalqaro hamjamiyat tomonidan baʼzi tinchlikni taʼminlash operatsiyalari, shunchaki, mendan ketguncha, egasiga yetguncha qabilida, hatto, adolatli ishni amalga oshirishga irodasi boʻlmaganda ham yoki qanday tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi haqida kelishib olinmasdan turib, amalga oshirilgan, degan fikrga keldi. Toʻgʻrisini aytganda, Braximi Maʼruzasi chala-yarim choralardan voz kechib, istakni haqiqat oʻrnida koʻrishdan aniq va keng miqyosda qoʻllab-quvvatlanadigan amaliy rejalarga oʻtishga chorladi. Kengash, muvaffaqiyatli harakatlarga zamin yoʻq boʻlsa, yaxshisi, umuman hech qanday operatsiya oʻtkazmaslik lozimligini; harakatlar amalga oshiriladigan boʻlsa, operatsiyalar yaxshi taʼminlangan va kuchli madadga ega boʻlishi kerak, degan fikrni bildirdi.

Maʼruzada ishonchli harbiy ishtirokka zarurat tugʻilsa, koʻp sonli, yaxshi qurollangan va yaxshi oʻrgatilgan qoʻshin qoʻllash lozimligi tavsiya etilgan. Kengash tinchlik oʻrnatish missiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul bosh qarorgohlardagi xodimlar sonini koʻpaytirish va BMTga aʼzo davlatlar, ayniqsa, Havfsizlik Kengashi aʼzolari tomonidan siyosiy, moliyaviy va moddiy jaihatdan yanada kuchliroq qoʻllab-quvvatlanishi lozimligini isbotlab berdi. Shu bilan birga, Kengash tinchlik oʻrnatuvchilarning joylardagi va bosh qarorgohlarlardagi harakatlarini baholashning yanada qatʼiyroq andazalarini belgilab berdi.

Bosh Assambleya Tinchlikni saqlash boʻyicha operatsiyalar departamenti xodimlari sonini 50 foizga oshirish va BMTning Brindizidagi (Italiya) Moddiy-texnik taʼminot bazasini taʼminlashga qariyb 150 million AQSh dollari ajratishni maʼqullab, maʼruzaga oʻzining iliq munosabatini bildirdi. Kotibiyat maʼmuriy va taʼminot masalalarida yanada tezkorlikni taʼminlash uchun joylarga yanada kengroq vakolatlar berdi.

Yangi tinchlik oʻrnatish strategiyasi va doktrinasi 2002-yil 20 mayda Sharqiy Timor mustaqilligi eʼlon qilinishi bilan muvaffaqiyatli yakunlangan BMTning Sharqiy Timordagi Muvaqqat maʼmuriyati (BMTShTMM) va shu kabi may oyida osoyishtalikda saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzilgan Syerra-Leonda qoʻllanildi. BMTning Syerra-Leonni qoʻllab-quvvatlash missiyasi bunday burilish uchun zamin yaratish hamda 47 000 nafardan ortiq qoʻzgʻolonchini qurolsizlantirish va demobilizatsiya qilishda koʻmak berdi.

Bosh kotibning Bosh Assambleyaga 2000-yil avgustda taqdim etgan Inson resurslarini boshqarishga oid islohot (A-55-253) maʼruzasidagi soddalashtirilgan jarayonlar xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish davom etishi bilan izohlanadi. BMTning amalda oʻz xodimlari orasida turli mamlakatlar fuqarolari vakillarining boʻlishiga erishish hamda yuksak malakali xodimlardan voz kechmagan holda gender balansini yaxshilash tarafdori ekanligi xodimlarni ishga qabul qilish borasidagi qarorlar boshqa tashkilotlardagi kabi tez qabul qilinmasligini anglatadi. Lekin soʻnggi-yillarda ishga yollash jarayonining oʻrtacha choʻzilishi 400 va undan ortiq kunni tashkil etdi. Bu esa haddan ziyod koʻpdir. Yangi qabul qilingan tanlov tizimida ishga qabul qilish jarayoni qariyb 90 kunni tashkil etishi belgilab qoʻyilgan.Inson resurslari boshqarmasi, bundan tashqari, xodimlarning mansabini koʻtarishga oid masalani uzogʻi bilan ikki hafta ichida tasdiqlashi va amalga oshirishi lozim.

Barcha boʻsh oʻrinlar haqidagi maʼlumotlar BMT veb-saytiga joylashtirayotgani tufayli jarayon yanada ochiqroq kechadi. Bosh kotibning inson resurslarini boshqarish masalalariga oid maʼruzasida Kotibiyatning 7469 doimiy xodimining mobilligi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan edi. Turli malakali xodimlardan tashkil topgan yanada universal fuqarolik xizmatini tashkil etish maqsadida xodimlarning muayyan lavozimni egallab turish muddati chegaralanadi; bosh qarorgohlardan uzoqda joylashgan joylarda ishlovchilar alohida ragʻbatlantiriladi; bundan tashqari, xodimlarni oʻqitishga oid qoʻshimcha dasturlar kiritiladi va mavjudlarining darajasi yanada yaxshilanadi.

Boshqa tarafdan esa BMT boshqaruv zvenosi xodimlari hozir inson resurslarini boshqarish sohasidagi tezkor oʻquv kurslaridan oʻtishlari lozim. Bu esa kadrlar bilan ishlash sifatini oshirishni koʻzda tutib birinchi bor amalga oshirilayotgan ishga qoʻshilajak muhim hissadir. Bundan tashqari, xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishning yangi tizimi joriy etilyapti.

Soʻnggi oʻn-yilliklar mobaynida BMT xodimlariga boʻlayotgan tahdidlar soni ortayotgani Bosh kotib tomonidan xodimlar xavfsizligini taʼminlash borasida tezkor choralar koʻrilishini taqoza etdi. 2000-yili u BMTning barcha boʻlimlari uchun joylarda xavfsizlikni taʼminlashga doir zarur rejalashtirish, xodimlarni oʻqitish, aloqa vositalari va jihozlarning asosiy andazalari darajasini joriy etish orqali ikki-yillik BMT xavfsizlik tizimini mustahkamlash dastoʻrini oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishni qabul qildi. 2002-yil iyunidan buyon yuzga yaqin xavfsizlik xizmati xodimi tayyorlanib, joylarga yuborildi.

Bosh kotib Kofi Annan, rivojlanish istiqbolini asosan xususiy sektor belgilab berayotganini hisobga olib, ishni savdo va sarmoyalar oʻsishi borasidagi faollikni yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan boshladi. 1997-yilda u globallashtirish afzalliklaridan birinchilar qatorida manfaat koʻra boshlagan korporatsiyalarni jahon fuqarosi sifatidagi masʼuliyatni ham zimmasiga olishga chaqirdi. Keyinchalik ularga Global shartnoma imzolash taklif etildi. Mazkur hujjatga binoan unga imzo chekkan ishbilarmon tizimlar BMTning inson huquqlari, mehnat standartlari va atrof muhitga oid muhim qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishi lozim. 2000-yilning iyulida Bosh kotib bilan Global shartnomaga bagʻishlab oʻtkazilgan birinchi uchrashuvda taniqli fuqarolik jamiyati va xalqaro mehnat tashkilotlarining ellikdan ortiq rahbari ishtirok etdi. Unda kompaniyalar rahbarlari Bosh kotib tomonidan ilgari surilgan gʻoya oʻz kompaniyalari rahbariyati tomonidan maʼqullanganini maʼlum qildi. Shundan buyon nomi zikr etilgan Shartnomani imzolagan firma va korxonalar soni 300dan oshib ketdi.

Ayni paytda, BMT faoliyati turli xastalik, qashshoqlik va haloqatlar oqibatini tugatishga qaratilgan fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirdi. Ular bilan amaliy aloqalar yanada mustahkamlanib, nodavlat tashkilotlarning (NDT) hukumatlararo jarayonlardagi ishtiroki yoʻlga qoʻyildi. Baʼzi davlatlar hukumati hozir bunday tashkilotlarni vakillarini oʻzining Bosh Assambleya doimiy sessiyalarida ishtirok etuvchi delegatsiyalari tarkibiga kiritmoqda, xalqaro konferentsiya va maxsus sessiyalarda esa bunday tajriba oʻzining yanada keng ifodasini topmoqda. Fuqarolik jamiyatiga oid tashkilotlar rahbarlari va ekspertlar umumjahon konferentsiyalariga tayyorgarlikka bagʻishlangan uchrashuvlar va konferentsiyalarda kechadigan muzokaralarda oʻz fikr-mulohazalarini yanada faolroq aytishga kirishgan.

Fuqarolik jamiyatlari guruhlari, BMT bilan tobora mustahkamlanib borayotgan aloqalaridan foydalanib, oʻzining xalqaro hayotdagi mavqʼeini yanada oshirib, voqealar rivojidagi taʼsirini tagʻin ham koʻtarishi mumkin. Rivojlanayotgan davlatlarning oʻz qarzini toʻlashini yengillashtirishga oid xalqaro rejaning tuzilishiga sababchi boʻlgan 2000-yil yubiley kampaniyasi va piyodalarga qarshi minalarni taʼqiqlashga qaratilgan besh-yillik xalqaro kampaniyadan keyin hukumatlar tegishli konventsiyani imzolaganliklari shundan dalolatdir.

Fuqarolik jamiyati tashkilotlari inson huquqlari normalarini jahon miqyosida keng yoyish harakatida va Xalqaro jinoyat sudini tuzishda muhim rol oʻynadi. BMTning fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan oʻzaro hamkorlikka yangidan keng quchoq ochishi tufayli boshqa sohalarda ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 2000-yili beshta yetakchi farmatsevtika kompaniyasi OITS tarqalishidan katta talofot koʻrayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni mazkur kasallikka qarshi antiretroviral dori-darmon bilan koʻproq taʼminlash strategiyasini ishlab chiqish masalasida BMT muassasalari bilan muloqotga jalb qilindi. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari farmatsevtika kompaniyalariga koʻrsatgan taʼsir va Bosh kotibning bu masalani soha kompaniyalari bilan muhokama etish chogʻidagi qatʼiyati qator mamlakatlarda dori-darmon narxining keskin tushishiga olib keldi. Bunda dori-darmonning yuqori sifatli, moʻljallangan manzilga aniq yetib borishi va arzon dori-darmondan foydalanish uchun zarur boʻladigan asosiy klinik infratizimning taʼminlanishi borasida zarur choralar koʻrildi.

Bosh Assambleyaning 2001-yil iyunida VICh-OITS boʻyicha oʻtgan maxsus sessiyasi arafasida amalga oshirilgan yana bir tadbir - hozir OITS, bezgak va sil kasalligi boʻyicha global jamgʻarma, deb ataluvchi jamgʻarmaning tashkil etilishi boʻldi. Jamgʻarmaning tashabbuskori boʻlgan Bosh kotib Kofi Annan uning, avvalo, davlat muassasalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda xususiy sektor oʻrtasida oʻziga xos koʻprik boʻlishini nazarda tutgan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga doir yaqinda tashkil etilgan maxsus guruhdagi oliy texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi texnik ekspertlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari yetakchilari va kompaniyalar rahbarlari mazkur sohalar boʻyicha dunyo mamlakatlari oʻrtasidagi mavjud uzilishlarga barham berish ishiga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Kofi Annan Bosh kotib lavozimiga ikkinchi marta saylanganidan soʻng Ming-yillik deklaratsiyasida beligila berilgan vazifalarni amalga oshirishni Kotibiyat oʻz faoliyatining bosh maqsadi sifatida qabul qilishi lozimligi haqida koʻrsatma berdi. Kotibiyat xalqaro hamjamiyatning bu boradagi faolligini qoʻllab-quvvatlashga oid xatti-harakatlarini kuchaytirdi. Ming-yillik deklaratsiyasida belgilangan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarini amalga oshirish borasida qanday ishlar amalga oshirilishi lozim va ularning ijrosi uchun kimlar masʼulligi qayd etilgan va barcha amal qilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash 2000-yilning sentyabrida boshlangan edi. Bir-yil oʻtgach, rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarining bajarilish jarayoniga oid dastlabki-yillik hisobot chop etildi. Unda rivojlanishga oid sakkiz sohasi boʻyicha jahon miqyosida va muayyan mintaqalarda erishilgan ijobiy natijalar yoki boy berilgan imkoniyatlardan dalolat beruvchi asosiy tendentsiyalar oʻz ifodasini topgan edi. Amalga oshirilgan ishlar haqidagi bunday hisobotlar 2015-yilgacha har-yili chop etib boriladi.




#Article 52: Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (363 words)


Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993 yil MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993 yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2 marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.

MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.

Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.

Bu tashkilotga 11 mustaqil davlat aʼzodir:

Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan:

Oʻzining MDH tarkibiga kirishini xohlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan MDH kelishuvni amalga oshirmagan. Bular:




#Article 53: Antarktida (973 words)


Antarktida Yer sayyorasining eng janubiy qitʼasidir. Yuzasi – 14 400 000 km² (shundan 98 foizi muz bilan qoplangan), aholisi (nomuntazam) – 1 000 kishi. Janubiy Qutb shu qitʼada joylashgan. Antarktidadagi «Vostok» stansiyasida eng quyi harorat, −89 °C oʻlchangan.

Antarktida – Antarktika Janubiy kutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Maydoni 12,4 mln. km², 541shelf muzliklari va ular orqali mate-rikka tutashgan orollar bilan birgalikda 13,975 mln. km². Doimiy aholisi yo‘q. O‘rtacha balandligi 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort tog‘idagi Vinson cho‘qqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. A. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari (Janubiy oke-an) bilan o‘ralgan. Qirg‘oq chizig‘i deyarli tekis va uz. qariyb 30 ming km, ko‘pincha bir necha o‘n m keladigan tik muz jarli-klaridan iborat. Materikka Ross va Ued-dell dengizlari ancha kirib turadi.Muz qoplami va relefi. A.ning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxminan 13,0 mln. km²). Muzning o‘rtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Muzliklarning hajmi taxminan 24 mln. km³. Yer sharidagi hozirgi muzliklarning maydoni jihatdan 87% A.dadir. Muzdan xoli yerlar voha ko‘rinishida uchraydi. Aksari kutbiy ilmiy stansiyalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atro-figa siljib, dengizga tushib boradi va ko‘pincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy stansiyasi yaqinida muzning yillik harakati 30 – 40 m dan 350 – 400 m gacha. Baʼzi joylarda muzliklarning uchlari dengizga o‘nlarcha km kirib boradi. Muz ostidagi relef chuqur bo‘lgan joylarda muz ayniqsa tez siljiydi. Eng yirik muzliklar Viktoriya Yeri tog‘ tizmasida-dir. Birdmor muzligining uz. 180 km, eni 15 – 20 km. Bir-biriga yaqin bo‘lgan muz tillari orasida siljimaydigan muzlar – shelf muzliklari hosil bo‘lgan. A.da 14 ta shelf muzligi bor (eng yirigi Ross muzligi – 488 ming km²); bu muzliklarning umumiy maydoni taxminan 900 ming km². A. relefi 3-Xalqaro geofizika yi-liga qadar yaxshi o‘rganilmagan edi. Ros-siya, Angliya va Amerika A. ekspeditsiyalarining ishlari natijasida A. yer yuzasi dengiz sathidan (Polyus nedostupno-sti stansiyasi yaqinida) 800 m, geofizik qutbda 1285 m (Amundsen-Skott stansiyasi) balandlikda, biroq Litl-Amerika – Berd stansiyalari oraligi dengiz sathidan 1000 m past ekanligi aniqlandi. Antar-ktida ekspeditsiyalarining maʼlumotiga qaraganda, muz qoplamining eng baland joyi taxminan 4000 m bo‘lib, Sovetskoye pla-tosi yaqinidadir. A. – yer yuzasi juda past-baland materik bo‘lib, juda ko‘p orollar bilan o‘rab olingan. Geologik tu-zilishi va relefi xususiyatlariga ko‘ra, A. Ueddell hamda Ross dengizlarining janubiy qismlarini birlashtirib turadi-gan chiziq bo‘ylab Sharqiy A. va G‘arbiy A.ga bo‘linadi.Sharqiy A.ning ko‘p qismi (butun ma-terikning taxminan 3/4 qismi) yaxlit bo‘lib, xdmma joyi deyarli bir xil. Kembriy davridan oddin paydo bo‘lgan zaminning kristalli jinslari (granit, gneys, kri-stall slanes) ustida ancha yosh cho‘kindi yotkiziklar (devon davridan trias davri-gacha paydo bo‘lgan jinslar) – qumtosh, ohaqtosh va slaneslar yotadi, bu yerlarda katta toshko‘mir konlari bor (Viktoriya Yeri). Boshqa foydali qazilmalardan te-mir rudasi, slyuda, mis, qo‘rg‘oshin, pyx, 20° Grinvichdan g‘arbga 0° Grnnvichdan sharqqa 20’ grafit va boshqa ham kad. jinslar bilan bog‘liq; Yer po‘stining si-nishi va yorilishi hamda yovdosh joylarning ko‘tarilishi va pasayishi Sharqiy A.ning hozirgi relefini hosil qilgan. Yer po‘sti yorilganda kuchli vulkanlar ot-ilib bazalt, tuf qoplamlari (Qirolicha Mod Yeri) va vulkan konuslarini hosil qilgan (Gaussberg tog‘i). Vulkan otilishlari hozir ham tingan emas (Ross o.dagi Erebus vulkani – 3794 m). Sohillarda muz qalqonini bir necha joyda tog‘ tiz-malari yorib chiqadi: Brittaniya (3209 m), Qirolicha Aleksandra tog‘i (4572 m), Markem tog‘i (4350 m), Nyu-Shvabenlend tog‘lari bor. G‘arbiy A. (Ross dengizining g‘arbiy sohilidan Greyam Yerigacha)ning ko‘p qismi tokembriy Antarktida platformasidan iborat bo‘lib, ancha key-in paydo bo‘lgan burmali tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.Iqlimi. A.da sohillarini is-tisno qilganda, kontinental qutbiy 542iqlim hukmron: temperatura hamma vaqt 0° dan past bo‘ladi va yog‘in juda kam yog‘adi. Yer yuzasi muzlikdan iborat hamda baland bo‘lganidan havo massalari antitsiklon rejimini hosil qiladi. Yoz, kuz paytlarida materik chekkalarida siklonlar paydo bo‘lib, ichki rayonlarga ham kirib bo-radi. Yozda (dekabr, yanvar, fevral) A.da bulutsiz kunlar ko‘p bo‘ladi, shuning uchun quyosh nisbatan ko‘proq ilitadi, lekin quyosh nuri muzdan ko‘p qaytadi (o‘rta hisobda 90%), oqibatda quyosh issiqligi Shimoliy yarim sharning xuddi shu kengliklarida-giga nisbatan 4 – 5 marta kam. Materikning markaziy qismida eng sovuq oylarning o‘rtacha temperaturasi – 60°, –70°, yoz oylariniki – 30° dan –50° gacha; sohilda qishda – 8° dan – 35° gacha, yozda 0 – 5° bo‘ladi. O‘rtacha yillik temperatura – 50° ga yaqin. Mutlaq minimum – 89,2° (Vostok stansiyasi). Bu esa butun Yer sharida eng past tradir. Yer yuzasi sovuq va atrofdagi den-gizlar iliqroq bo‘lganidan tez-tez kuchli shamollar bo‘lib turadi (baʼzan shamol tezligi sekundiga 90 m ga boradi).Yog‘in eng ko‘p (700 – 1000 mm) yog‘adigan zona dengiz sohili bo‘lib, eni 15 km ga yetadi: ichki rayonlarda yiliga ati-gi 30 – 50 mm yog‘in tushadi. Iliq paytlarda ham ko‘pincha qor yog‘adi. Havoning nisbiy namligi o‘rta hisobda 73 – 78%.O‘simliklari. O‘simlik turlari (li-shayniklar, zamburug‘lar, bakteriya va suvo‘tlar) kam va o‘ziga xos, ammo ular materikning eng sovuq joylarida ham uchraydi.Hayvonlardan tyulenlar (ueddell tyuleni, qisqichbaqaxo‘r tyulen, dengiz qoploni, ross tyuleni, dengiz fillari) va qushlardan pomornikning ikki turi, adeli va imperator pingvinlari uchraydi.Tadqiq qilinish tarixi. 1820 yilda A. qirg‘og‘iga F. F. Bellinsgauzen – M. P. Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsi-yasi kemalari yaqinlashib borgan. Mate-rikning umumiy qiyofasi 19-asrda haritaga tushirilgan. A.da 1898 – 1900 yillarda norveg tadqiqotchisi K. Borxgrevink bi-rinchi marta (Viktoriya Yerida) qishlagan. 20-asr boshlarida qutb tadqiqotchilari R. Skott (1901 – 04, 1910 – 12), E. Shek-lton (1907 -09), R. Amundsen (1910 – 12), D. Mouson (1911 – 13) va boshqa materikning ichki rayonlarigacha bordilar. 1909 yil 16yanvarda Sheklton ekspeditsiyasi kat-nashchilari Janubiy magnit qugbiga, 1911 yil 11 dekabrda R. Amundsen, 1912 yil 18 yanvarda esa R. Skott Janubiy geografik qutbga yetib bordilar. 1928 yildan A. samolyotlar yor-damida o‘rganila boshladi. Ani o‘rganish sohasida amerikalik J G. Uilkins (1928 – 30), ingliz L. Elsuort (1935 -36, 1938 – 39), amerikalik R. E. Berd (1928 – 30; 1933 – 35; 1939 – 41; 1946 – 47) va Finn Ronne (1946 – 48) anchagina ish qildilar.Xalqaro geofizika yili (1957 – 58) munosabati bilan va so‘nggi davrlarda turli mamlakatlarning ilmiy qutbiy stansiyalari qurilgan, 1991 yilga kelib 48 ta ilmiy stansiya ishlab turdi.

Jumanov Umrbek




#Article 54: Osiyo (2705 words)


Osiyo, Yer sharidagi eng yirik va eng aholisi koʻp qitʼa, shimoliy va sharqiy yarimsharning barcha geografik mintaqalarini oʻz ichiga oladi. Malay arxipelagi qisman janubiy yarimsharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, sharqda Dejnyov burni, gʻarbda Bobo burni hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu qitʼada 4.5 milliard kishi yashaydi va bu koʻrsatkich Yer yuzidagi aholining 60%'ga teng.

Osiyo shimoldan Shimoliy Muz okeani, sharqdan Tinch okean, janubdan Hind okeani, janubiy-gʻarbdan Atlantika okeani va bir nechta dengizlar (Oʻrta, Egey, Marmar, Qora, Azov), hamda Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Bering dengizi esa Osiyoni Amerikadan ajratib turadi. Suvaysh boʻyni Osiyoni Afrika bilan tutashtiradi. Yevropa bilan Osiyo chegarasi shartli ravishda Ural va Mugʻojar togʻlarining sharqiy etagidan, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kuma va Manich daryolari boʻylab oʻtadi.

Osiyoning maydoni 44,5 million km², shundan 8 million km²'i yarim orollar, 2 million km²'dan ortigʻi orollardir. Osiyo dunyoda mutlaq balandliklari katta farq qiladigan qitʼadir. Dunyodagi eng baland choʻqqi (Himolay togʻlaridagi Jomolungma choʻqqisi, 8848 m), eng chuqur botiqlar, jumladan koʻl boʻlib qolgan botiqlar ham (eng chuqur joyi 1620 m boʻlgan Baykal koʻli, dengiz sathidan 392 m past boʻlgan Oʻlik dengizi), ochiq botiqlar ham (mutlaq belgisi 154 m boʻlgan Turfon soyligi) ushbu qitʼada joylashgan.

Orografiyasining asosiy xususiyatlari. Osiyo maydonining 3/4 qismi togʻlar va yassitogʻlardir. Eng baland togʻlar Markaziy va Oʻrta Osiyodadir. Tibet, Tyanshan, Po-mir, Himolay, Hindukush, K°Ra~ qurum va Oʻrta Osiyodagi bir qancha togʻ tizmalarining balandligi 7000 m dan oshadi. Kichik Oroldagi, Ar-maniston, Eron togʻliklari, Hin-dixitoy yarim orol, Yapon orollari va boshqa orollardagi togʻlar ham ancha baland. Keng Oʻrta Sibir yassi-togʻligi janubidan Oltoy, Gʻarbiy va Sharqiy Sayan togʻlari bilan oʻralgan; undan sharqda Baykal-boʻyi va Zabaykalye togʻlari, Stanovoy va Aldan togʻliklari joylashgan. Rossiya Federatsiyasining Shimoli-sharqida Yuqori Yana, Cherskiy tizmalari, Kolima togʻligi, Chukotka va Kamchatka togʻlari bor. Kamchatkada, Sha-rqiy Osiyo orollarida va Malay arxipela-gida soʻnmagan vulkanlar bor.

Osiyo maydonining 1/4 qismi tekisliklardan iborat. Eng yirik tekisliklari: Gʻarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xitoy, Hind-Gang, Mesopotamiya. Togʻlar orasidagi balandroq tekisliklar — Qashqar, Jungʻoriya, Gobi, Saydam va Fargʻona vodiylari.

Togʻlar va tekisliklarning asosiy xususiyatlari mezozoy va alp togʻ burmalanishlarida tarkib topgan. Neogen va antropogen davrlardagi vertikal harakatlar Markaziy Osiyoda, ayniqsa, kuchli boʻlgan (Pomir, Tibet, Himolay togʻlari 4000 m dan koʻproq koʻtarilgan, materikning sharqiy chek-kasi 700 m gacha choʻkkan). Kopetdogʻ, Fargʻona tizmalari, Tyanshan, Hisor-Olay togʻlari ham anchagina koʻtarilgan. Eroziya taʼsirida koʻpgina qad. yassitogʻliklar juda oʻydimqir togʻli oʻlkalarga aylanib qolgan. Oʻrta va Markaziy Osiyoda keng maydonlar lyoss bilan qoplangan.

Antropogen davrida shimoli-gʻarbiy Osiyoning 60° shahrik.dan shimoliy qismini yoppasiga bir necha bor muzlik bosgan va qaytgan. Oʻsha zamonlarda togʻlarni muz qoplagan. Qoraqurum, Pomir, Tyanshan, Hindukush, Himolay togʻlarida hozir ham muzliklar bor. 47° shahrik.gacha zamin qishin-yozin muzlab yotadi. Osiyo relyefining tarkib topishida vulkan hodisalari katta rol oʻynagan. Hindiston yarim orol va Oʻrta Sibir qad. vulkan jinslari (trapplar) yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy Osiyodagi qator orollarda, Kamchatka yarim orol, Filippin, Katta va Kichik Zond orollarida yosh vulkan relyefi shakllari va zamonaviy vulkanizm hodisalari uchraydi.

Geologik tuzilishi va foydali qazil malari. Osiyo proterozoy erasining oxiridan buyen bur-malanmagan bir qancha yirik tokembriy platformalaridan hamda bu plat-formalar orasida joylashgan va qis-man dengiz tubiga kirib ketgan burmali keng oʻlkalardan iborat. To-kembriy platformalarining eng yiriklari: shimolida Sibir platformasi, sharqda Xitoy-Koreya platformasi va Janubiy Xitoy platformasi, janubiy va janubi-gʻarbda Hindiston platformasi. Bular Osiyo materigining qad. qismlaridir. Platformalar yoki platformalarning ayrim qismlari orasida paleozoy, mezozoy va kaynozoy geosinklinallarida paydo boʻlgan burmali togʻ mintaqalari materiklarning ana shu qad. yad-rolarini bir butun qilib birlashtirgan. Osiyo gʻarbiy qismining geologik tarixida Sharqiy Yevropa platformasi muhim rol oʻynagan — paleozoy oxirida shu platformaning sharqiy chekkasi boʻylab Ural va Markaziy Qozogʻiston burmali togʻlari koʻtarilgan, oqibatda Yevropa bilan Osiyo birbiriga qoʻshilib Yevrosiyo paydo boʻlgan.

Gersin burmali togʻlari Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari orasida Shimoli-sharqiy va meridian yoʻnalishda (Taymir, Ural), Qozogʻiston, Salair va Janubiy Oltoyda shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda, Tyanshan, Mon-goliyada, Xitoyning gʻarbiy qismlarida kenglik boʻylab (Kunlun, Nanshan), Dunbeyda shimoli-sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan.

Alp burmalanishi Alp (AlpHimolay) burmali oblastini oʻz ichiga oladi. Bu yerda mezozoy erasida Te-tis geosinklinali 2 mustaqil materik — Angarida va Gondvanani bir-biridan ajratib turgan. Kavkaz, TurkmanistonXuroson, Paropamiz, Hindukush, Pomir, Hisor-Olay, Tavr, Zagros, Makron, Sulaymon, Himolay togʻlari alp burmalanishida paydo boʻlgan.

Osiyoning eng sharqiy chekkasi hozirgi zamon geosinklinal mintaqasidan iborat boʻlib, materikni Tinch okean qaʼridan ajratib turadi.

Neogen va antropogenda Osiyo materigida Yer pusti vertikal va gorizontal yoʻnalishda harakat qilgan. Baland togʻ-yaar 1–4 km va undan ham koʻproq koʻtarilgan (mas, Tibet, Pomir), togʻlar orasidagi botiklar va chekka dengizlar (Yapon, Oxota va boshqalar) esa hiyla choʻkkan.

Osiyo qitʼasi qiyosan yaqin geologik davrlarda shakllangan. Paleozoy boshlarida Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari quruqlik boʻlgan yoki sayoz dengiz tubida yotgan. Hindiston platformasi va Arabiston yarim orol platformasi Gondvana materigining tarkibiy qismi boʻlib, ular Tetis geosinklinali parchalanib ketgandan soʻng Angaridaga qoʻshilib, Osiyo materigini hosil qilgan.

Osiyo foydali qazilmalari nihoyatda xilma-xil. Qozogʻiston (Qaragʻanda havzasi va boshqalar), Sibir (Kansk-Achinsk, Lena, Kuznetsk, Minusinsk, Tunguska havzalari), Uzok, Sharq (Saxalin orol, Primorye), Xitoy, Koreya, Hindis-ton, Oʻrta Osiyo, Vyetnam va Yaponiyada kumir konlari bor. Osiyodagi Zakavkazye, Gʻarbiy Sibir tekisligi, Turkmanis-ton, Mangʻishloq yarim orol, Kaspiy boʻyi payettekisligi, Saxalin, Fors qoʻltigʻi sohili — Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Katar, Iroq, Eron, BAA neftga boy rayonlar; Xitoy (Gansu viloyati), Indoneziya (Sumatra orol), Xindiston, Bruney, Yaponiya (Xonsyu orol) va boshqa baʼzi mamlakatlarda ham neft qazib olinmokda. Yonuvchi gaz konlari Oʻzbekiston (Gazli, Buxoro depressiyasidagi boshka konlar), Gʻarbiy Sibir tekisligi, Mangʻishloq yarim orol, Yaqin va Oʻrta Sharqning yuqorida tilga olingan mamlakatlarida joylashgan. Osh tuzi konlari Sibir platformasi, Pokiston, Eron, Kaspiy boʻyi payettekisligi, Oʻrta Osiyoda. Temir rudasi konlari — Oltoy landshafti.

Qozogʻiston, Sibir, Xitoy, Shimoliy Koreya, Hindistonda. Hindiston, Zakavkazyeda yirik marganets konlari bor. Xrom rudasi konlari — Krzogʻiston shimoli-garbi, Turkiya, Filippin, Eronda. Nikel — Norilskda, mis rudasi — Qozogʻiston (Jezqazgʻan, Qoʻngʻirot va boshqalar), Sibir shim., Yaponiyada; polimetall rudalari — Oʻrta Osiyo (Kr-ramozor, Qoratov va boshqalar), Rudali Oltoy, Yaponiya, Sharqiy Xitoy, Myanma, Vyetnamda. Boksit — Krzogʻiston, Krasnoyarsk oʻlkasi, Hindiston, Myanma, Indoneziyada; fosforit — Qozogʻiston; qalay — Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqda. Oltin — Shim.Sharqiy Sibir, Aldan, Lena daryosi bosh tomoni, Amur-boʻyi, Qozogʻistonning shim., Oʻzbekiston, Koreya yarim orol, Yaponiyada va h.k. Olmos konlari Yakutiyaning gʻarbiy Femida ishga tushirilgan.

Quruqyaik maydonining kengligi, togʻ toʻsiqlari va berk botikdarning koʻpligi, quyosh radiatsiya-si, atmosferadagi harakatlar ikdimning xilma-xil boʻlishiga imkon bergan. Osiyoda barcha iklim zonalari — tundra ikdimi zonasidan ekvatorial va janubiy tropik iklim zonalarigacha uchraydi. Osiyo koʻp qismining iklimi kontinental. Atlantika havosi Osiyoga yetganda kontinental havoga aylanadi. Tinch okeanning dengiz havosi Osiyoning sharqiy chekkasiga taʼsir etadi. Shimolidan Orolga Arktika havosi bemalol kirib keladi. Orol janubida tropik va ekvatorial havo massalari hukmron. Yozda suv yuzasiga nisbatan qurukdikning tezroq isishi va qishda kuchliroq sovishi atmosfera harakatlarida mavsumiy oʻzgarishlarga olib keladi. Qurukdikning qishda sovib keti-shi Shimoliy va Markaziy Osiyoda koʻp oylar davomida ayozli antitsiklon turishiga sabab boʻladi. Eng past temperatura Shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi joylashgan Shimoli-sharqdadir (Verxoyansk, Oymyakon), bu yerda ayrim hollarda sovuq —70° ga yetadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —50° dan ham past. Yezda Gʻarbiy, Oʻrta va Markaziy Osiyoda jazirama va quruq kon-tinental tropik havo tarkib topadi. Yezda butun Osiyo ustida, xususan, janubiy qismida bosim past boʻladi. Osiyo depressiyasi (past bosim) markazi Hindiston yarim orolning gʻarbiy qismidadir. Depressiyaning janubiy chetlari boʻylab, Osiyoga yozgi musson kirib kelib, Hindiston yarim orol, Himolay janubiy va Hindixitoy yarim orolda koʻplab yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Sharqiy Osiyo yozda Tinch okean qutb fron-ti taʼsirida turadi. Yozgi musson koʻplab yogin olib keladi. Kuzda sharqiy Osiyo qir-gʻoklari yaqinida qattiq dovul — tropik siklon (tayfun) turib, jala yogʻadi.

Sibirning koʻpgina qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi —20°, Verxoyanskda —50°, Tinch okeanning Shimoliy Osiyo qir-gʻoklari yaqinida esa —15°, —5°. Osiyo yanvar izotermasi Samarkand, Nankin va Tokiodan oʻtadi. Tropiklarda qishda temperatura 20°—25°. Iyulda Gʻarbiy Osiyo va Oʻrta Osiyo (oʻrtacha temperatura 30° va undan baland), Taklamakon va Tar choʻllari ayniqsa isib ketadi. 20° izoterma 55—60° shahrik. gacha yetib bo-radi. Shimoliy Osiyoda doimiy toʻng yer koʻp. Ekvatorial mintakada yiliga 2000 mm, Janubiy va Sharqiy Osiyoning dengiz so-hilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarda 2000 – 3000 mm (baʼzi joylarda 8000–12000 mm) yogʻin yogʻadi. 1861 yil Che-rapunjida 22900 mm yogʻin yoqqan. Shar-qiy Sibirda 350 mm dan kam, Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyo choʻllarida 150– 200 mm, baʼzi joylarda 100 mm dan kam yogʻin yogʻadi.

Osiyo — azim daryolar oʻlkasi. Ob (Irtish bilan), Yenisey (Angara bilan), Lena (Aldan, Vilyuy bilan), Yana, Indigirka, Kolima Shimoliy Muz okeaniga, Anadir, Amur (Sungari, Ussuri bilan), Xuanxe, Yanszi, Sits-zyan, Mekong, Menam Tinch okeanga, Saluin, Iravadi, Brahmaputra, Gang, Hind, Shatt ul-Arab Hind okeaniga quyiladi. Osiyoda kichikroq daryolar Azov, Qora, Oʻrtadengizlargaquyiladi. Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari Kaspiy, Orol dengizlari va Balxash koʻliga quyiladi. Berk havza daryolarining bir qismi koʻllarga quyiladi, bir qismi qum yoki shoʻrxoklarga singib ketadi yoki butunlay sugʻorishga sarf boʻladi (Tarim, Chuy, Hilmand).

Osiyoning eng yirik koʻllari Kaspiy va Orol dengizlaridir. Hozir Orol qurib, juda kichrayib qolgan. Baykal, Issiqkoʻl, Xubsugul koʻllari, Ulik dengiz, Van, Urmiya, Telets koʻllari tektonik botiqlardadir. Bir qancha koʻllar togʻlarning qulashidan (Sarez koʻli), karst nati-jasida (Gʻarbiy Tavr koʻllari) pay-do boʻlgan, shuningdek, shoʻr koʻl koʻp (Kukunor, Tuz va boshqalar). Daryolarga GESlar qurilishi na-tijasida yirik suv omborlari vujudga kelgan: Bratsk (Angara), Krasnoyarsk (Yenisey), Novosibirsk (Ob), Buxtarma (Irtish), Farhod, Qayroqqum, Chordara (Sirdaryo) suv omborlari va h.k. Qurgʻoqchil oʻlkalarda yer osti suvlari katta ahamiyatga ega. Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi vohalarda buloq, quduq va artezian suvlaridan keng foydalaniladi.

Osiyoning daryo va koʻllari muhim transport yoʻllaridir. Koʻpgina daryolar katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Yaponiya, Koreya va Xitoyda energiyadan, ayniqsa, koʻp foydalaniladi.

Osiyoda Yer sharidagi barcha tuproq tiplari uchraydi. Shimolidan jan.ga tomon issiklikning orta borishi va namlik rejimining oʻzgarishi bilan tuproqlar ham almashina boradi. Osiyoda podzol tuproq ayniqsa koʻp maydonni egallagan. Gʻarbiy, Markaziy va Oʻrta Osiyoda boʻz tuproklar, qoʻngʻir oʻrmon tuproklari eng koʻp maydonni egallagan. Subtropik togʻlarda va moʻʼta-dil mintaqaning janubiy qismi, sharqi va garbida togʻ oʻrmon koʻngʻir tuproklari, Tibet togʻligida baland choʻl tuproklari va togʻ oʻtloqi tuproklari asosiy tup-roqtiplaridir. Xitoyning chekka janubi-sharqida Yaponiya, Xindiston, Hindi-xitoy va Indoneziyada kizil tuproklar asosiy oʻrin tutadi. Vodiylar va deltalarda oʻtloq va allyuvial oʻtloqi tuproklar keng maydonni egallagan.

Osiyo ikki fitoge-ografik oblastga — Golarktika oblasti bilan Paleotropik oblastiga kiradi. Paleotropik flora doimiy issiq ikdim sharoitida rivojlangan boʻlib, turlarga nihoyatda boy. Golarktika flo-rasi muz bosishlar, togʻ koʻtarilishlari taʼsiridan ancha kamayib ketgan. Shimolidan janubga tomon iklimning uzgari-shi bilan oʻsimlik tiplari ham oʻzgara bo-radi — bu yerda tundradan tortib Janubiy yarim shardagi sernam ekvatorial urmonlar va savannalargacha uchraydi.

Chekka shimolida tundra zonasi joylashgan. Tundrada oʻrmon yoʻq. Tundra bugʻular yaylovi (lishaynikli tundra — qishki yaylov, oʻtli va butali tundra —yozgi yaylov) hisoblanadi. Tundradan janubida oʻrmonli tundra joylashgan; oʻrmonli tundrada tundra bilan birga siyrak pakana yel oʻsadigan oʻrmonli joylar ham uchraydi. Undan janubida oʻrmonlar zonasi joylashgan; urmonlar zonasi aksari tayga urmonlaridan iborat; mayda bargli va keng bargli oʻrmonlar (sharqda) kamroq maydonni egallagan. Sibirning janubi-gʻarbiy hududlarida, Zabaykalye va Mongoli-yaning shimoliy qismlarida, shuningdek, Xitoyning Shimoli-sharqida oʻrmonli dasht va dasht oʻsimliklari; Kozogʻis-tonning janubida, Oʻrta va Markaziy Osiyoda, shuningdek, Gʻarbiy Osiyo togʻliklarida va Arabiston yarim orolda chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Osiyoning gʻarbiy qismlarida Oʻrta dengiz tipidagi oʻsimliklar uchraydi. Sharqiy Osiyoning subtropiklarida doim yashil va aralash musson oʻrmonlari hamda savannalar tarqalgan, dengiz sohilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarni doim yashil oʻrmonlar qoplab olgan. Togʻlarda oʻsimliklar balandlik mintaqalarini hosil qilgan, togʻ tundrasi, togʻ taygasi, togʻ oʻrmonlari, togʻ dashtlari va choʻllari, togʻ subtropik va tropik oʻsimliklari uchraydi.

Osiyo faunasi materik faunasidan iborat. Endemik hayvonlardan hind fili, ulkan panda, ikki oʻrkachli tuya, Tailand gʻorlarida juda kichik koʻrsichqon-uzuntumshuq, Yaponiyaning janubiy sohillari yaqinida changallari uz. 2 m li oʻrgimchak va boshqa bor. Koʻpgina hayvonlari Yevropa, Shimoliy Amerika va Afrika hayvonlariga oʻxshaydi. Arabiston yarim orolning janubi Afrika bilan birgalikda Efiopiya zoo-geofafik oblastiga kiradi. Fil, karkidon, bugʻu, tovuslar ana shu oblastga xos hayvonlardir. Kichik Zond orollari Avstraliya zoogeografik oblasti tarkibida. Janubiy Osiyoning boshka rayonlari Hindiston-Malay oblastiga kiradi. Orolning qolgan qismi Golarktika oblastining Yevrosiyo qismiga — Palearktikaga mansub. Shimoliy soxillar, tundra, tayga, dasht, choʻl, togʻ choʻllari, Markaziy Osiyo togʻlari, Uzok, Sharkning keng bargli va subtropik oʻrmonlari, Janubiy Osiyo tropik oʻrmonlari zoogeofafik zonalari bor. Keng maydonlarda inson taʼsirida hayvonot dunyosi oʻzgarib, kamayib qolgan (Shar-kiy Xitoy, Hindiston, Yava orol, Gʻarbiy Sibirning jan.). Keyingi vaqtda amalga oshirilgan tadbirlar bir qancha noyob hayvonlar (sobol, saygʻoq, los va boshqalar)ni koʻpaytirish va areallarini tiklashga imkon berdi. Oʻrta Osiyoda asosan, choʻl hay-vonlari yashaydi. Bu yerda YUNESKOning „Kizil kitobi“ga yozilgan noyob xayvonlardan kulon, Buxoro bugʻusi — xongul, oq tirnoqli ayiq, menzbir sugʻuri qoʻrikdanadi.

Qadim zamonlarda os-suriylar, bobilliklar, hindlar, xitoylar, misrliklar va boshqa Osiyo geo-grafiyasidan ozmi-koʻpmi tasavvurga ega boʻlganlar. Qad. Misr, Yunoniston —Fors urushlari (miloddan avvalgi 477—449), M akedoniyal ik Aleksandr yurishlari (miloddan avvalgi 4-asr), Misrning Hindiston bilan dengiz or-qali savdo ^lishi, Xitoy elchisi Chjan Syanning Oʻrta Osiyoda boʻlishi (miloddan avvalgi 2-asr), Ipak yoʻlining ochilishi, rimliklarning harbiy yurishlari natijasida Osiyo toʻfisida maʼlumotlar toʻplandi. Oʻrta asrlarda Osiyo haqida oʻrta-osiyoliklar va arablar (Masʼudiy, Idrisiy, Beruniy, Mahmud Koshgʻariy, Muhammad Xo-razmiy, Ibn Bat-tuta va boshqalar), xitoylar (Syuan-Szan va boshqalar), yevropaliklar (salib yurishlari, Karpini, Rubruk) anchagina maʼlumotlar ber-dilar. Xususan, 10-asr oxirida yozilgan „Xudud ul olam“ asarida Osiyo geografiyasi oʻsha zamonga nisbatan ancha toʻgʻri bayon etilgan. 13-asr oxirida venetsiyalik Marko Polo Markaziy Osiyoni kesib oʻtdi va oʻz safarlari haqida asar yezdi. Shimoliy Muz okeanining Osiyo sohilini ruslar oʻrgandi. 1441—44 yillarda Abdurazzoq Samarqandiy Hirot shahridan Eron orqali Hindistonga sa-far qilgan va koʻrganlarini yozib qoldirgan. Rus savdogari Afanasiy Nikitin ham 1466—72 yillarda Erondan oʻtib, Hindistonga bordi. Portugallar dengiz orqali Hindistonga (1498, Vas-ko da Gama), Yaponiyaga (1542) bordilar, 1520 yil Makaoda oʻrnashib qoldilar. 1521 yil Magellan Filippin orollariga yetib bordi. Zahiriddin Boburning „Boburnoma“ asarida hozirgi Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Hindiston geografiyasi batafsil va qiziqarli tasvirlangan. 1581—82 yillarda Yermak Sibirga yurish qildi. 1639 yil I. Moskvitin Oxota dengiziga, 1643 yil V. Poyarkov Amur daryosiga yetib bordi. 1649—52 yillarda Ye. Xabarov Amur boʻylab sayohat qildi. 1697—99 yillarda V. Atlasov Kamchatkani tadqiq qildi. 17-asrning 2-yarmida P. I. Godunov va S. U. Remezov Sibirning dastlabki haritalarini tuzdilar. 1768—74 yillarda Rossiya akademik ekspeditsiyasi Shimoliy Osiyo va Kavkazni oʻrgandi. Eversman (1820—25) va G. S. Karelin (1832—42) Oʻrta Osiyo tekisliklarini, A. F. Middendorf (1877—78) Fargʻona vodiysini oʻrgandi. 1848—63 yillarda A. I. Butakov Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo haqida asar yozdi. 19-asr oʻrtalaridan turli ilmiy tashkilotlar va harbiy muassasalarda tadqiqot ishlari rivojlana boshladi. Osiyoning ayrim oʻlkalari haqida davriy nashrlar va monografiyalar soni koʻpaydi. Rossiya Geogr. jamiyati to-monidan Sibir, Uzoq Sharq, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Oʻrta Osiyoga koʻplab ekspeditsiyalar uyushtirildi va bu oʻlkalar tabiati ancha mukammal 19-asr oxiri va 20-asr I. V. Mushketov, L.S.Bergning Oʻrta Osiyo, V. A. Obruchevning Sibir, V. L. Komarovning Kamchatka, A. N. Krasnov va A. I. Voyeykovning Sharqiy va Janubiy Osiyoga doir tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.

Osiyoda 3720 mln. aholi yashaydi (2001), bu Yer shari aholisining 60,6 %ni tashkil etadi.

Gʻarbiy Osiyo, Jan., Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning asosiy qismlarida insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar yashagan, kuyi paleolit davrida Jan.-Gʻarbiy Oda ehtimol, hozirgi tipdagi odam (Homo Sapiens) tarkib topgan. Osiyoning katta qismida odamlar yuqori paleolit va mezolit davridan yashay boshlagan. Osiyodan odamlar Amerika, Avstraliya, Okeaniyaga oʻtgan. Osiyoda yevropoid, mongoloid, avstroloid irklari kelib chiqqan. Aholining koʻp qismi 55,4 % mongoloid irkining turli guruxlariga kiradi. Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Oʻrta Osiyo xalklari (tojiklar) yevropoid irqiga mansub. Bir kancha kam sonli xalkdar avstroloid irqi vakillaridir. Gʻarbiy Sibir past-tekisligi, Janubiy Ural, Oltoy, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Shimoliy Hindistondagi bir qancha xalklar (30 mln.ga yaqin) yevropoid-mongoloid aralash irkiga mansub.

Osiyo aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil. Bu yerda koʻplab til oilalari va guruxlariga mansub bir necha yuz xalq yashaydi.

Aholisining joylashishi. Osiyoda aholi notekis joylashgan. 1 km² da aholining oʻrtacha zichligi 87 kishi. Yaponiya (1 km² da 336 kishi), Livan (430 kishi), Koreya Respublikasi (493 kishi), Shri Lanka (295 kishi), Hindistonda (314 kishi) aholi zich. Janubiy va Markaziy Xitoydagi sohillar va yirik daryolarning vodiylari, Yaponiyaning janubiy qismida, Gang daryosi boʻyida va Brahmaputra etaklarida, Hindiston yarim orolning sharqiy sohili, Mekong daryosi vodiysi, Yava orolda 1 km² ga 1000—1500 kishi, baʼzi joylarda undan ham koʻp kishi toʻgʻri keladi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyo, Shimoliy va Gʻarbiy Osiyoning koʻp joylarida aholi juda siyrak. Choʻllarda (Rub ul-Holiy, Dashti Kabir, Taklamakon, Gobi) va Tibet, Himolay, Hindukush togʻlarining baland joylarida aholi deyarli yashamaydi.

Ilk sivilizatsiya markazlari qadimda Osiyoda yuzaga kelgan. Bu yerda asrlar davomida buyuk davlatlar (Bobil, Shumer, Ossuriya, Harappa, Urartu va boshqalar) hamda saltanatlar (Boburiylar, Usmoniylar) yuzaga kelgan va parchalanib ketgan. 19-asrlarda Osiyo hududidagi bir qancha mamlakatlar yevropaliklarning mustamlakalari boʻlgan. Osiyo siyosiy xaritasida 20-asrda juda katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Milliy ozodlik kurashi oqibatida Moʻgʻuliston (1921), Vyetnam (1945), Koreya (1948), shuningdek, Birlashgan Qirollikning sobiq mustamlakalari mustaqillikka erishdi (Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Shri Lanka, Iordaniya, Maldiv orollari, Malayziya, Singapur, Yaman, Indoneziya, Suriya, Livan, Laos, Kambodja). Falastinning bir qismida Isroil davlati va Falastin muxtoriyati paydo boʻldi. 1971-yil Abu Dabi, Dubay, Sharja, Al Fujayra, Umm al-Kayvayn, Ajman amirliklarining birlashuvidan Birlashgan Arab Amirliklari davlati tuzildi. 1991-yilda Rossiya imperiyasining parchalanib ketishi oqibatida Oʻrta Osiyoda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston mustaqillikka erishdi. Osiyo hududining 1/4 qismidan koʻprogʻi, uning shimoliy qismi Rossiya Federatsiyasi tarkibida. 2000-yilda Sharqiy Timor davlati tashkil topdi.




#Article 55: Biologiya (2187 words)


Biologiya (yunoncha βίος, bios, „hayot“; va λόγος, logos, „bilim“) hayot va u bilan bogʻliq masalalar tadqiqotidir. U empirik fanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, oʻzgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va oʻlishini oʻrganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo boʻlishini, ularning oʻzaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga boʻlinadi. Biologiya tirik tabiat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon boʻladi. Chunki bu fanda ilgari oʻrganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi va ularning yigʻindisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan biri boʻlib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, taʼriflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yoʻqotmagan.

Biologiya (bio… va ..logiya)— tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. B. hayotning barcha koʻrinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan oʻzaro bogʻlanishini oʻrganadi. B.ning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon boʻlishi qonuniyatlarini oʻrganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. „B.“ terminini 1892 yda bir-biridan mustasno tariqasida birinchi boʻlib J. B. Lamark va G. R. Treviranus taklif etishgan. Bu termin T. Roze (1797) va K. Burdax (1800) asarlarida ham uchraydi.

Biologiya fanlari sistemasi. B. bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot obʼyektiga binoan B. botanika (oʻsimliklarni oʻrganadigan fan), zoologiya (hayvonlarni oʻrganadigan fan), odam aiatomiyasi va fiziologiyasi (odam organizmining tuzilishi va funksiyasini oʻrganadigan fan), mikrobiologiya (mikroorganizmlarni oʻrganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan)larga boʻlinadi. Bu fanlar oʻz navbatida birmuncha kichikroq tarmoklarga ajratiladi. Shu bilan birga B. fanlarining bir-biri bilan va boshqa fanlar bilan qoʻshilib ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar shakllangan (mas, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik fiziologiya). B. fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Maye, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, toʻqima va xujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika oʻrganadi. Oʻz navbatida bu fanlarni ham tekshirish obʼyektlariga binoan alohida fanlarga ajratish mumkin (mas, oʻsimliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). Biokimyoviy va biofizik metodlar koʻpincha oʻzaro qoʻshilib yoki boshqa fanlar bilan birgalikda yangi fanlarni hosil qiladi (mas, radiatsiyey biokimyo, radiobiologiya). Biologik tadqiqotlardan oliigan natijalarni taxlil qilish va umumlashtirishda biometriya, yaʼni biologik mat. katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar tuzilishini oʻrganish darajasiga binoan ham bir qancha fanlar shakllangan (mas, molekulyar biologiya, gistologiya, anatomiya, ekologiya va boshqalar). B.ning bevosita amaliyot bilan bogʻlangan masalalarini parazitologiya, gelmintologiya, immunologiya, bionika, kosmik biologiya kabi fanlar oʻrganadi. Insonni biologik evolyutsiya mahsuli va obʼyekta yeyfatida antropologiya, ijtimoiy hayot mahsuli yeyfatida sotsial biologiya oʻrganadi.

Rivojlanish tarixi. Hayvonlar va oʻsimliklar odamlar uchun oziq-ovqat manbai boʻlganligi nazarda tutiladigan boʻlsa, B. tarixi odam gʻorda hayot kechira boshlagan davrdan, hatto undan ham oldinroq boshlangan deyish mumkin. Ibtidoiy odamlar boshlana topgan gʻorlarga chizilgan hayvonlarning rasmlari va ov manzarasi ularni hayvonlar tuzilishidan xabardor ekanligini koʻrsatadi. Xuddi shunday rasmlar Surxondaryo viloyatidagi Koʻhitang togʻining Zirovutsoy darasi gʻorlaridan topilgan. Hozirgi zamon B. fanining rivojlanishi Oʻrta dengiz boʻyida yashovchi xalqlar (Qad. Misr, Yunoniston) sivilizatsiyasi bilan bogʻliq. Yunon va Rim naturfilosoflari birinchi boʻlib hayotning mohiyati va kelib chiqishini materialistik nuqtai nazardan tushuntirib berishga harakat qilishgan. Xususan Demokrit atrof muhitdagi narsa va hodisalar doimiy boʻlmasdan oʻzgarib turishi toʻgʻrisidagi materialistik gʻoyani ilgari surgan. Arastu birinchi boʻlib hayvonlarni sistemaga solib oʻrganishni taklif etgan. Galen xayvonlar (maymun va choʻchqa)ning ichki tuzilishi asosida odamning ichki tuzilishini, qon tomirlari va nervlar funksiyasini tasvirlab bergan birinchi fiziologeksperimentator hisoblanadi (oʻsha davrda odam jasadini yorib tekshirish taqiqlangan edi).

Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli toʻxtab qolgan bir davrda Oʻrta Osiyo xududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida oʻrin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: boʻshliq, havo, olov, suv va tuprokdan yaratilgan deb eʼtirof etadi. U oʻzining „Hindiston“ asarida tabiatni daraxtdagi eng bakuvvat va sogʻlom novdalarining oʻsishiga imkon beradigan bogʻbonga oʻxshatadi. Bu bilan u tirik organizmlar oʻrtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir boʻlishini bashorat kiladi. Ibn Sit oʻz asarlarida oʻsimlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari toʻgʻrisida yozib qoldirgan.

Uygʻonish davridagi geografik kashfiyotlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qiziqishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bogʻlarining tashkil etilishiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab asarlar paydo boʻladi. Ana shu davrda italiyalik botanik A. Chezalpino guli, urugʻi va mevasining tuzilishiga binoan oʻsimliklarni tasnif qilishga urinib koʻrdi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur toʻgʻrisidagi ayrim tushunchalar ilk bor uchraydi. 16—17-asrlardahayvonlar toʻgʻrisida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo boʻladi. Shveysariyalik olim K. Gesnerning 5 jildli „Hayvonlar tarixi“, italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, fransuz naturalisti G. Rondele va italyan Ch. Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari toʻgʻrisidagi asarlari shular jumlasidandir. Bu davrda anatomiya sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi. Ingliz olimi U. Garvey (1578—1657) oʻzining qon aylanish sistemasi toʻgʻrisidagi taʼlimotini yaratadi. Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga katta zarba berilgan boʻlsada, uning batamom barham topishiga olib kelmadi. Koʻpchilik olimlar tuxum hujayraga ega boʻlmagan tuban organizmlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi mumkin degan fikrga ega edi. 16-asrda mikroskopning kashf etilishi B.ning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʻldi. Angliyalik R. Guk tomonidan hujayraning kashf etilishi (1665), gollandiyalik A. Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermatozoidlar (1673), ingliz T. Millington (1676) va nemis R.Kamerarmus (1694) tomonidan oʻsimliklarda jinsiy tafovutlarning, italyan Malpigi (1675—79) va ingliz N. Gryu (1671—82) tomonidan oʻsimlik toʻqimalari, shuningdek baliklar tuxum hujayrasi (N. Steno, 1667) va kapillyar qon tomirlarining kashf etilishi mikroskop ixtiro qilinishi bilan bogʻliq. Bu kashfiyotlar embriologiyada ovistlar va animalistlar deb ataluvchi ikki oqimning paydo boʻlishiga olib keldi. Ulardan birinchilari—organizm mitti murtak holida tuxum hujayra ichida, ikkinchilari—urugʻ hujayra ichida boʻladi, keyingi oʻzgarishlar faqat miqdor oʻzgarishlardan iborat, degan xato fiqolarni ilgari surdi (qarang Preformizm). 17-asr oxiri va 18-asr boshlarida oʻsimlik va hayvonlarning sunʼiy sistemasini yaratish borasida bir qancha urinishlar boʻldi. Ingliz olimi J. Rey 18 mingdan koʻproq oʻsimliklarni tavsiflab, oʻsimliklarni 19 sinfga, fransuz J. Turnefor ularni 22 sinfga boʻladi. Rey tur tushunchasini anikdab berdi va umurtqasizlar tasnifini ishlab chiqdi. Hayvonlar va oʻsimliklarning mukammal sunʼiy sistemasini shved tabiatshunosi K. Linney oʻzining „Tabiat sistemasi“ (1735) asarida taklif qildi. Linney oʻz sistemasida odamni sut emizuvchilar sinfiga va maymunlar bilan birga primatlar turkumiga kiritgan boʻlsada, turlarning oʻzgarmasligi, dunyoni ilohiy kuch tomonidan yaratilganligi toʻgʻrisidagi metafizik gʻoyani yoklab chiqdi. Linneyning binar nomenklaturasi (turni urugʻ va tur nomlari orqali atalishi) oʻsimliklar va hayvonlar sistematikasida ayniqsa juda katta ahamiyatga ega boʻldi. Lekin Linneyning sunʼiy sistemasi koʻpchilik tabiatshunos olimlarni qoniqtirmasdi. Shu sababdan bir qancha olimlar tabiiy sistemani tuzishga urinib koʻrishdi. Botanika sohasida bunday sistemani ilk bor fransiyalik botanik A. L. Jyusye 1789 yilda ishlab chikdi. Hayvonlar va oʻsimliklarni sistemaga solish gʻoyasi hamma olimlarga ham bir xilda maʼqul boʻlmadi. Fransiyalik tabiatshunos J. Byuffon tabiatdagi har qanday sistema, shu jumladan Linney sistemasiga ham qatʼiy qarshi chiqadi. J. Byuffon „Tabiiyot tarixi“ (1749—88) asarida hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni koʻrsatadi, yaqin formalar oʻrtasidagi oʻxshashlikni ularning oʻzaro qarindoshligi bilan tushuntirishga harakat qiladi. Nemis vrachi va kimyogari G. Shtal kishi faoliyati uning ruhi tomonidan boshqarib borilishini taʼkidlaydi va buning dal ili sifatida fiziologik reaksiyalarning asabiyruhiy taʼsirlar bilan bogliqligini koʻrsatib oʻtadi. Uning „hayot tonusi“ toʻgʻrisidagi fikri nemis fiziologi A. Gallerning taʼsirlanish toʻgʻrisidagi gʻoyasida (1753) oʻz ifodasini topadi. U va chex anatomi va fiziologi Y. Proxoska miya ishtirokisiz taʼsirotni qabul qiluvchi hamda organlarni harakatlantiruvchi nerv kuchi borligini koʻrsatib berdi. Italiyalik olimlar L. Galvani va A. Volta hayvonlar organizmidagi elektrni aniqlaydi, bu hodisa elektrofiziologiya fanining paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi. Ingliz olimi J. Pristli oʻsimliklarni hayvonlar nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod ishlab chiqarishini koʻrsatib beradi. Fransuz olimlari A. Lavuazye, P. Laplas va A. Segen hayvonlarning nafas olishi va oksidlanish reaksiyalarida kislorodning ahamiyatini koʻrsatib berdi. Organik dunyoning tarixiy taraqqiyoti toʻgʻrisidagi gʻoyalar 18-asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllana boshladi. Nemis olimi G. V. Leybnits tirik mavjudotlarning gradatsiyasi tamoyillarini eʼlon qiladi va oʻsimliklar bilan hayvonlar oʻrtasida oraliq formalar mavjud degan fikrni oʻrtaga tashlaydi. Minerallardan boshlab odamgacha boʻlgan „tiriklik pogʻonasi“ (gradatsiya) tamoyili, shveysar naturalisti Sh. Bonne (1745—64) fikricha, hayot tuzilishi va rivojlanishining uzluksizligini koʻrsatadi. J. Byuffon Yer tarixi toʻgʻrisidagi oʻz gipotezasini ishlab chikdi. Uning fikricha, Yer tarixi 80—90 ming yildan iborat boʻlib, 7 davrga boʻlinadi, faqat eng soʻnggi davrda oʻsimliklar, hayvonlar va odam paydo boʻlgan. Fransuz olimi J. B. Lamark „Zoologiya falsafasi“ (1809) asarida „tiriklik pogʻonasi“ni evolyutsiya nuqtai nazaridan tushuntirib beradi. Tirik organizmlarning tubandan kjsak formalargacha takomillashib borishi uning fikricha organizm uchun xos boʻlgan ichki progressga intilish (gradatsiya tamoyillari) tufayli sodir boʻlgan. Lamark evolyutsiyani toʻgʻri tushuntirgan boʻlsada, uning asosiy sabablarini ochib berolmadi. Fransuz olimi J. Kyuvye tirik organizmlarning tarixiy almashinishi va bir qancha turlarning qirilib ketishini tushuntirish uchun oʻzining katastrofalar goyasini ilgari suradi. Fransuz olimi E.J. SentIler hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni tushuntirishga urinib, tuzilishdagi oʻxshashlik ularning kelib chiqishidagi oʻxshashlikni aks ettirishini taʼkidlaydi. T. Shvann tomonidan asoslab berilgan hujayra nazariyasi (1839) organik dunyoning birligini tushunib olishda hamda sitologik va gistologik tekshirishlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. 19-asrning oʻrtalarida oʻsimliklarning oziqlanish xususiyati va uning hayvonlarnikidan farq qilishi hamda tabiatda moddalar aylanishi prinsiplari kashf etiladi (Yu. Libix, J. B. Bussengo). Hayvonlar fiziologiyasi sohasida E. DyubuaReymonning ishlari tufayli elektrofiziologiyaga asos solinishi, K. Berner tomonidan organlarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati tushuntirib berilishi (1845,1847); G. Gelmgols va K. Lyudvig tomonidan nervmuskul sistemasi va sezgi organlarini oʻrganish metodlari ishlab chiqilishi; I. M. Sechenovning oliy nerv faoliyatini materialistik nuqtai nazardan talqin qilishi („Bosh miya reflekslari“, 1863) katta ahamiyatga ega boʻldi. L. Paster olib borgan tadqiqotlar tufayli hozirgi organizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga uzilkesil zarba berildi (1860—64). S. N. Vinogradskiy xemosintez yoʻli bilan anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlovchi xemosintez bakteriyalarini (1887— 91), D. I. Ivanovskiy viruslarni (1892) kashf etdi.

Oʻzbekistonda 20-asrning 1-yarmida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari asosan oʻsimlik va hayvonot dunyosi resurslarini oʻrganish va ulardan samarali foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq. Botanika sohasida yaylovlarning fitomeliorativ holatini yaxshilash, texnika ekinlari va suv oʻtlarini oʻstirish usullari ishlab chiqildi; oʻsimliklarning geoekologik tasnifi, iyerarxik sxemasi taklif etildi; oʻsimliklarning ekstremal sharoitga moslanish xususiyatlari ochib Ye^rildi (qarang 3. Zokirov, J. K. Saidov, P. A. Baranov, V. A. Burigin, A. M. Muzaffarov, P. K Zokirovva b.); gʻoʻzaning ekologik, anatomomorfologik va genetik xususiyatlarini oʻrganish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirildi (S. X. Yoʻldoshev, A. I. Imomaliyev, S. S Sodiqov va boshqalar). Mikrobiologik yoʻl bilan oqova suvlarni tozalash, maʼdanlarni ajratib olish, qishloq xoʻjaligi chiqindilaridan yemxashak tayyorlash, fiziologik faol moddalarni ajratib olish, oʻsimliklarning vilt va virus kasalliklariga qarshi kurash asoslari yaratildi (M. I. Mavloniy, A. F. Xolmurodov, S. A. Asqarova va boshqalar). Ekologikfaunistik ishlar teriologiya, ornitologiya, gerpetologiya, gidrobiologiya, entomologiya, parazitologiya va zoologiyaning boshqa sohalarida keng miqyosda amalga oshirildi (T. 3. Zohidov, D. N. Kashkarov, A. M. Muhammadiyev, S. N. Alimuhamedov, V. V. Yaxontov, R. O. Olimjonov, A. T. Toʻlaganov, M. A. Sultonov, J. A. Azimov va boshqalar). 20-asrning ikkinchi yarmida ayniqsa soʻnggi yillarda B.ning biokimyo, genetika, molekulyar B., biotexnologiya, biofizika va ekologiya sohalarida bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. Tireoid gormonlarning taʼsiri mexanizmi aniklandi (Yo. X. Toʻraqulov, T. S. Soatov). Biologik membranalarning tuzilishi, hayvonlar toksikologiyasi va biokimyosi, ionlantiruvchi nurlar, defoliantlarning taʼsir mexanizmi va ionlarni membrana orqali transporta muammolarini yechishda ham bir kator muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritiddi (A. P. Ibragimov, J. H. Hamidov, A. Q. Qosimov). Gʻoʻzada genetik belgilarning irsiylanish mexanizmi ishlab chiqildi (J. A. Musayev, O. J. Jalilov, A. A. Abdullayev, N. N. Nazirov, A. A. Abdukarimov). Gen va hujayra injeneriyasining rivojlanishi insulin, interferon va oʻstiruvchi gormonlarni olish imkonini berdi (B. O. Toshmuhamedov, A. A. Abdukarimov, M. M. Rahimov, A. I. Gagelgans va boshqalar). B.ga oid tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya, Genetika, Fiziologiya va biofizika, Biokimyo institutlarida, shuningdek oliy oʻquv yurtlarida olib borilmoqda.

B.ning zamonaviy muammolari. B.ning tabiiy fanlar va kishilik jamiyatining rivojlanishiga revolyutsion taʼsir koʻrsatadigan muammolari molekulyar B., genetika fanlari muskullar, nerv sistemasi va sezgi organlari fiziologiyasi va biokimyosi (tafakkur, qoʻzgʻalish, tormozlanish va boshqalar), fotova xemosintez, tabiiy sistemalar energetikasi va mahsuldorligi bilan bogʻliq. Molekulyar B. sohasi hujayra ichida boradigan fizikkimyoviy jarayonlar va tirik sistemalar nisbiy turgʻunligining boshqarilishi, ayniqsa genlarning ishga tushirilishi mexanizmini oʻrganish ham B.ning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Organizmni individual rivojlanishi davomida hujayralarning ixtisoslashib borishi va toʻqimalarning hosil boʻlishi, Yerda hayot paydo boʻlishining dastlabki davrlarida tirik organizmlarga xos murakkab polimerlarning tabiiy sintezlanishi va ulardan oʻz-oʻzini yarata oladigan tirik sistemalar paydo boʻlishini oʻrganish ham muhim masalalardan hisoblanadi. Yer yuzida aholi sonining tez surʼatlar bilan oʻsib borishi B. oldiga biosferaning mahsuldorligini oshirish, yashash muhitini ifloslanishdan saklash, oʻsimlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ratsional foydalanishdan iborat juda koʻp muammolarni qoʻyadi. Biosfera va ekologik sistemalarni qayta qurish va ulardan foydalanish ishlari oʻsimlik, hayvonlar va mikroorganizmlarni Yerning hamma qismida inventarizatsiya qilishni nazarda tutadi. B. sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari Xalqaro biologik dastur yordamida koordinatsiya qilib boriladi.

Bekjon Toshmuhamedov, Ochil Mavlonov.

Taqqoslash usuli yordamida bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet yoki hodisalar bilan oʻxshashligi va farqini aniqlash yoʻli orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan Bunda turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratiladi. Tarixiy usulni biologiyada qoʻllanilishi Ch.Darvinning nomi bilan bogʻliq, bu usul biologiyada chuqur sifatiy oʻzgarishlarni vujudga kelishiga sabab boʻladi. Hozirgi kunda bu usul yordamida hozirgi zamon olamini va uning oʻtmishini koʻrsatuvchi maʼlumotlar asosida tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada Oʻrta asrlarda qoʻllangan boʻlsa, haqiqiy ravnaqi fizika va kimyo fanlarining usullarini qoʻllash tufayli 19-20 asrlardan keng qoʻllanila boshlandi. Bu usullar biologiyaning tegishli sohalaraida foydalanilib kelinmoqda va ular bir-birini toʻldiradi.




#Article 56: Sayyora (745 words)


Sayyora (sayyor, harakatchan) — keskin termoyadroviy reaksiyalardan xoli boʻlgan yulduz atrofida aylanuvchi, mehvarida oʻzidan katta jism mavjud boʻlmagan va mehvarining ekssentrisiteti 0 ga yaqin boʻlgan osmon jismi. Quyosh tizimidagi sayyoralar massasi va hajmi Quyoshnikidan bir necha oʻn-yuz marta kam. Antik davrda, hatto undan avval yettita „sayyora“: Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn „qoʻzgʻalmas“ yulduzlar orasidan ajratilib koʻrsatilgan edi. Bu yoritkichlarning hammasi Yer atrofida aylanadi, deb hisoblanardi. 16-asr boshidagina polyak astronomi, geliosentrik tizim muallifi Nikolai Kopernik Yer atrofida faqat Oy aylanishini, qolgan sayyoralar esa Yer kabi Quyosh tizimi markazi boʻlgan Quyosh atrofida aylanishini koʻrsatdi. Quyoshning oʻzi esa sayyora emas, u yulduzdir, chunki yorugʻlikni qaytarmaydi, balki oʻzi chiqaradi. Oy ham sayyora emas — u Yer yoʻldoshi. Yangi davrda yana uch sayyora kashf etildi: Uran (1781, Villiam Gershel), Neptun (1846, Jon Adams, Urben Leverye, Iogann Galle), Pluton (1930, Persival Lovell, K. Tombo) (Pluton 2006-yil 14-25 avgust kunlari Pragada oʻtkazilgan Xalqaro Astronomlar Birlashmasining XXVI assambleyasida koʻrib chiqildi va sayyora maqomi olib tashlandi). Bundan tashqari minglab kichik sayyoralar (asteroidlar) ochilgan, ularning diametrlari bir necha yuz kilometr va undan kam.

Sayyoralar — Quyoshning tortish kuchi taʼsirida uning atrofida aylanuvchi yirik sharsimon jismlar. Sayyora Quyosh atrofida aylanuvchi minglab mayda sayyora (asteroid) lardan farq qiladi. Ularni juda qadimdan qoʻzgʻalmas yulduzlar fonida siljib yurishidan sezib „adashgan yulduzlar“, yaʼni Sayyora deb atashgan. Quyosh atrofida aylanuvchi yirik Sayyora 9 ta (Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ulardan 5 tasini oddiy („qurollanmagan“) koʻz bilan koʻrish mumkin.

Qadimda barcha Sayyora va Quyosh Yer atrofida aylanadi deb notoʻgʻri talqin qilingan. 16-asr boshlarida polyak astronomi N. Kopernik Sayyoraning Quyosh atrofida aylanish tartibini aniqladi. Italyan olimi G. Galiley oʻzi yasagan teleskopda Sayyorani kuzatib, ular sharsimon jismlar ekanligini aniqladi. U Venerani ham xuddi Oy kabi turli fazalarda koʻrinishini kuzatib, Sayyora oʻzidan nur chiqarmasligini, balki Quyosh nurlarini qaytarishi hisobiga yulduzlarga oʻxshab ravshan koʻrinishini aniqladi. Teleskop ixtiro qilingach, Quyosh sistemasida yana 3 ta yirik sayyora topildi: 1781-yilda ingliz astronomi V. Gershel Uranni, 1846 y. fransuz astronomi U. Leverye hamda ingliz astronomi J. Adams Neptunni va 1930-yilda amerikalik astronom Tombo Plutonni kashf etdi.

Sayyora fizik tabiatiga koʻra, Yer tipidagi Sayyora va gigant Sayyoralarga boʻlinadi: Yer tipidagi Sayyoraga Merkuriy, Venera, Yer, Mars, gigant Sayyoraga esa Yupiter, Saturn, Uran, Neptun kiradi. Pluton yaxshi oʻrganilmaganligi uchun qaysi tipdagiga mansubligi hali aniq belgilanmagan. Yer tipidagi Sayyoraning fizik tasniflarida bir qancha umumiylik boʻlib, ularning oʻlchami va massasi uncha katta emas (Yer — ular ichida eng kattasi), qattiq sirt qobigʻiga va atmosferaga (Merkuriydan tashqari) ham ega Sayyoradir. Ularning oʻrtacha zichliklari nisbatan yuqori boʻlib, Yer zichligiga (5,5 g/sm³) yaqin.

Gigant sayyora oʻlchami va massasi juda kattaligi bilan Yer tipidagi Sdan farq qiladi, oʻrtacha zichliklari ularnikidan ancha kichik. Gigant Sayyora nisbatan tez aylanishi, qattiq sirtga ega emasligi va juda qalin geliy hamda vodorodli (qisman metan — SN4 va ammiak — NH3 aralashmali) atmosfera qobikdarining mavjudligi bilan ham Yer tipidagilardan keskin farq qiladi. Quyosh atrofida bu ikki guruhga kiruvchi Sayyora dan tashqari oʻn minglab mayda sayyora (asteroidlar) ham aylanadi. Ular Quyoshdan oʻrtacha 2,8 astronomik birlik masofada, Quyosh atrofida aylanadi; bu zona asteroidlar mintaqasi deb yuritiladi. Sayyora koʻrinish shartlariga koʻra ham 2 guruhga boʻlinadi: orbitalari Yer orbitasining ichki qismida joylashgani — ichki (Merkuriy va Venera), tashkarida joylashgani esa tashki Sayyora (Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va Plutonlar) deb ataladi. Ichki Sayyora Quyosh chiqishidan oldin (sharq tomonda) va Quyosh botgandan soʻng (gʻarb tomonda) davriy koʻrinish holatlarida boʻla oladi, tashki Sayyora tunda turli paytlarda, jumladan, butun tun davomida koʻrinish holatlarida ham boʻlishi mumkin.

Sayyoraning fizik tabiati 20-asr 2-yarmidan boshlab, sayyoralararo avtomatik st-yalar yordamida muntazam oʻrganila boshladi. Xususan, Merkuriy „Mariner“, Venera „Venera“, Mars — „Mars“, „Viking“, gigant Sayyora esa AQShning „Katta tur“ dasturi boʻyicha oʻchirilgan. „Pioner10, 11“, „Voyajer“ avtomatik st-yalari yordamida samarali tadqiq qilindi. Yerdan turib olib borilgan bevosita kuzatishlar orqali topilgan Sayyoraning yoʻldoshlari quyidagilar: Yerda 1 ta (Oy), Marsda — 2 ta, Yupiterda — 12 ta, Saturnda — 9 ta, Uranda — 5 ta, Neptunda — 2 ta, Plutonda — 1 ta. Keyinchalik kosmik apparatlar yordamida gigant Sayyora atrofida yana oʻnlab yangi yoʻldoshlar topildi (qarang Sayyoralarning yoʻldoshlari).

Sayyoraning ayrimlari (Yer va Yupiter) sezilarli magnit maydoniga ega. Yer magnit maydonining kuchlanganligi uning geomagnit qutblarida 0,63 erstedni, geomagnit ekvatorida esa 0,31 erstedni tashkil etadi. Koinot qaʼridan va Quyoshdan kelayotgan kosmik nurlar va zarralar oqimi (asosan, elektronlar va protonlar) ni Yer magnit maydoni tutib qoladi. „Qafasga tushgan“ bunday zarralarning energiyasi va konsentratsiyasi ularning Yer sirtidan uzokligi va geomagnit kengligiga bogʻliq boʻladi. Bunday zarralar oxiroqibatda Yer atrofida, geomagnit ekvatorni oʻrovchi halqa yoki kamar shaklini oladi.

Yer va Yupiter atrofida turli balandliklarda hosil boʻlgan va radiatsion kamar deb ataluvchi ana shunday kuvvatli elektron hamda protonlardan tashkil topgan kamarlardan bir nechtasi oxirgi-yillarda kashf etildi.




#Article 57: Quyosh (1110 words)


Quyosh — Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sinfiga mansub sariq mitti yulduz. Massasi 1,990 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). Quyoshda Quyosh tizimi massasining 99,866 foizi jamuljam. Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710 m dan (yanvar) 1,5210 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960 m ni tashkil etadi (astronomik birlik).
Quyosh diametri 1,392 9 m (Yer ekvatori diametridan 109 marta koʻp). Oʻrtacha zichligi 1,41 kg/m3. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi 273,98 m/s kvadrat, parabolik tezlik (ikkinchi kosmik tezlik) esa 6,18 m/s. Sirtidagi harorat 5770 K. Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 8 ta.

Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz.Unda sistemaning 99,866% massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Q. qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m³. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Q. sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Q. sirtidagi effektiv temperatura, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng . Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg . Q. oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung— Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Q.ning spektral sinfi S2U.

Q. Galaktikamizspiraltarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 kps (kiloparsek) masofada joylashgan (qarang Parsek). Q. Galaktika markazi atro-fida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nis-batan Q. sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Q.ning yoshi 5T09yil.

Q. optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Q.ning Yer atmosferasi oʻtkazmaydigan qisqa toʻlqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yoʻl ochib berdi.

Fraungofer chiziqlarining toʻlqin uzunligi va intensivligi lab. nur manbalariniki bilan taqqoslanib, Q.da 69 kimyoviy element borligi aniqtangan. Q., asosan, vodorod va geliydan tarkib topgan. Har bir 1000 vodorod ato-miga 100 ta geliy, bir necha oʻn kis-lorod, uglerod, azot va boshqa element atomi toʻgʻri keladi. Q. spektrida ayrim molekulalar (ON, N14, SN, SO va boshqalar) ning ham chiziqlari bor.

Q. atmosferasi tabiatiga koʻra, 3 ta asosiy qatlam, yaʼni eng pastki qatlam — fotosfera, oʻrta qatlam — xro-mosfera va tashqi qatlam — quyosh tojidan iborat. Q.ning qariyb barcha nurlanish energiyasi fotosferadan sochiladi. Fotosferaning modda zichligi 3-10 ~7g/sm³, fotosferada temperatura tashqi qatlamlarga oʻta borib kamayadi va uning oʻrtacha qiymati taxminan 6000 K, fotosfera chegarasida deyarli 4200 K boʻladi. Bosimi 2-104dan 102N/m2gacha oʻzgarib turadi. Fotosfera ostida qalinligi 200 ming km konvektiv zona joylashgan. U fotosferaga taʼsir etib turadi, natijada fotosferaning ravshanligi notekis donador (granula) tuzilishga ega va u oʻzgarib turadi. Fotosfera granulalarining diametri 150–1000 km, yashash davri 5—10 min. Granulalarning ravshanligi oʻrtacha fondan =10% ga ortiq. Fo-tosferada radial yoʻnalishda kvazidavriy tebranishlar harakati topildi. Bu tebranishlar 2—3 ming km oʻlchamdagi maydonlarda 5 min. davr bilan va 500 m/sek tezlik amplitudasi bilan sodir boʻladi. Bir necha tebranish davrlaridan soʻng soʻnib, yana qayta hosil boʻlishi mumkin.

Fotosferada dogʻlar va mashʼallar deb ataluvchi Q. yuzasining detallari kuzatiladi. Quyosh dogʻlari kuchli (5000 e) magnit maydoniga ega. Odatda, Q. dogʻlari yuliq toʻrsimon yorugʻ maydon-chalar — mashʼallar bilan oʻralgan. Ular Q. diski cheti yaqinida yaqqol koʻrinadi va ravshanligi atrofnikidan 18% ga ortiq. Mashʼallarning temperaturasi ham atrofnikidan bir necha yuz gradusga ortiq. Mashʼallar ustida, xromosfe-rada flokkulalar kuzatiladi. Q. dogʻlari atrofida xromosfera va Q. tojida protuberanetslar deb ataluvchi gaz bulutlari, sirtmoqsimon gaz oqimlari ham kuzatiladi. Q. atmosferasining bu detallari Q. dogʻlari bilan bir-galikda Q. yuzasining aktiv sohalarini tashkil etadi.

Q. dogʻlarining oʻrtacha yillik soni, faol sohalarining soni 11 yillik davr bilan koʻpayib-kamayib turadi. Q. dogʻlari Q. ekvatorining ikkala tomo-nidan 5° dan 30° gacha geliografik kengliklarni oʻz ichiga olgan zonada uchraydi.

Fotosfera ustida xromosfera joylashgan. Quyosh toʻla tutilgan paytda xromosferani maxsus teleskop orqali kuzatilsa, u xuddi Oy diskini oʻrab turuvchi qizgʻish halqaga oʻxshaydi. Bu halqaning tashqi tomoni note-kis boʻlib, tishli gʻildirakni eslatadi. Xromosferadagi bu alanga til-chalari spikulalar deb ataladi va ularning diametri 200—2000 km, balandligi esa 10000 km. Xromosfera teleskopi yordamida maʼlum monoxro-matik nurda Q. diskida mayda (-1000 km) va yirik (2000—8000 km) yorugʻ tugunlardan tashkil topgan xromosfera toʻri koʻzga yaqqol tashlanadi. Xro-mosfera toʻri koʻzlarining kattaligi 30—40 ming km.

Xromosfera spektri bir necha yuz emission chizikdardan tarkib topgan. Xromosferada modda zichligi pastdan yuqoriga tomon 1 sm³da 1015atomdan 10’ atomgacha kamayib boradi. Xromosfera bilan fotosfera chegarasida temperatura 4500°K. Xromosfera asosidan bir necha ming km balandlikda esa temperatura ortib, 15—20 ming K ga yetadi. Atmosfera bosimi fotosferanikidan mln. marta kam. Monoxromatik nurda, odatda, mashʼallar ustida flokkulalar, vodo-rod chizigʻi Nanurida qora tolalar kuzatiladi. Q. gardishi yaqinida protu-beranetslar koʻrinadi. Flokkulalar va protuberanetslarning soni Q. faolligi oʻzgarishi bilan oʻzgarib turadi. Pro-tuberanetslarning Q.dan oʻrtacha balandligi 30—50 ming km, uz. 200 ming km. Pro-tuberanetslar bir necha oy yashashi mumkin. Protuberanetslar temperaturasi 5000— 10000°K, modda zichligi xromosferaning oʻrtacha zichligiga yaqin. Protube-ranetslarning shakli va ulardagi harakat xromosfera bilan Q. tojidagi magnit maydoniga bogʻliq.

Quyosh tojining (oq nurda) ravshanligi Q. gardishi markazinikidan million marta kam. Q. tojida qal-qonsimon va yelpigʻichsimon yogʻdu, toj nurlari va qutb chyotkalari deb ata-luvchi struktura elementlarini kuza-tish mumkin. Q. toji Q. faolligi maksimum boʻlgan yillarda simmet-rik, minimum boʻlgan yillarda esa ekvator boʻylab choʻziq shaklda boʻladi. Q. toji spektrida koʻp marta ionlashgan. Gʻe, Sa, M§, S, O, 8 ele-mentlari atomlarining emission chiziklari bor. Q. tojida barcha atomlar ionlashgan. Q. tojining oʻrtacha temperaturasi 106 K dan ortiq va toj boʻylab sekin oʻzgaradi. Xromosfera bilan Q. chegarasidagi temperatura 105 K; 1 m³ hajmga 107atom toʻgʻri keladi. Q. tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elek-tron)lar sochilib turadi va bu oqim quyosh shamoli deb ataladi. Faol sohalar ustidagi tojda radionurlanish, shuningdek, rentgen nurlanishi ni-hoyatda kuchli, Quyoshdagi xromosfera chaqnashlari vodorod chizigʻi Nsda yaxshi koʻrinadi. Spektral chiziqlar paydo boʻladigan xromosfera sohtarida temperatura (1— 2)• 104K, undan yuqorida 107 K gacha koʻtariladi. Q. chaqnashlarining yuzasi 10’ km5gacha boʻlishi mumkin. Odatda, chaqnashlar tez rivojlanayotgan Q. dogʻlari atrofida roʻy beradi. Chaqnashlar Qning ultrabinafsha nurlanishini kuchaytiradi, qisqa muddatli kuchli radio va rentgen nurlanishlari, yuqori energiyali (1010eV) korpusku-lyar oqimni hosil qiladi. Ayrim chaqnashlar yuqori energiyali zarra (pro-ton) larning oʻta kuchli oqimi — kos-mik nurlarpn beradi. Bunday chaqnashlar kosmik fazodagi kosmonavtlar salomatligiga xavf tugʻdiradi. Q.da sodir boʻlib turadigan bunday jarayonlarni qayd qilish va oʻrganish maqsadida quyosh xizmati nomli kuzatish dasturi ishlab chiqilgan. Q. sirtida yuz beradigan barcha hodisalar, oʻz navba-tida, Yer atmosferasi, magnitosferasi va biosferasida roʻy beradigan koʻpgina jarayonlarga taʼsir koʻrsatadi (qarang Quyosh — Yer bogʻliqligi, Kuyosh radiatsiyasi).

Quyoshni kuzatishda katta koʻzguli teleskoplar ishlatiladi. Bu teleskoplar optik qismlarining koʻpi qoʻzgʻalmas, q. nurlari bitta (gelio-stat, siderostat) yoki ikkita (selo-stat) olam oʻqi atrofida aylanuvchi koʻzgu yordamida teleskopning qoʻzgʻal-mas optik qismlariga gorizontal (gorizontal quyosh teleskopi) yoki vertikal (minorali quyosh teleskopi) holda yoʻnaltiriladi. Odatda, katta teleskoplar kuchli spektrograflar bilan birga ishlatiladi. Q. spektri rasmga olinadi yoki fotoelektrik oʻlchash asboblari yordamida qayd qilinadi. Yer atmosferasini kuza-tishda zararli taʼsirlarni bartaraf qilish maqsadida Q. teleskoplari oʻrnatilgan orbital rasadxonalar yordamida Yer sathidan 20^25 km balandlikka koʻtariladigan maxsus Q. teleskoplari qoʻllanadi.




#Article 58: Massa (247 words)


Massa — asosiy fizik oʻlcham birliklaridan biri boʻlib, materiyaning inersion va gravitatsion xossalarini aniqlovchi skalyar kattalik.
SIda massa kgda oʻlchanadi.

Massa ( — katta tosh; boʻlak) (fizikada) — jismning inertlik va gravitatsion xususiyatlarini ifodalovchi fizik kattalik. M. tushunchasini fanga birinchi boʻlib I. Nyuton 1687 yilda Natural falsafaning matematik asoslari nomli asarida olib kirgan. Har qanday jism unga boshqa jismlar taʼsir etmaguncha tinch yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Jismlarning bu xususiyati inertlilik deb ataladi. Jism inertliligining oʻlchovi — inersion M. Berk sistemani tashkil etuvchi ikki jism faqat oʻzaro taʼsirlashadi. At vaqt mobaynida birinchi jism tezligi Di, va ikkinchi jism tezligi Di, ga oʻzgargan bulsin. Nyuton qonunlariga asosan mtv=—t2Di, boʻladi, bunda t, va t2 — koeffitsiyentlar. At oʻzgarsa, unga mos ravishda Di, va Di2 lar ham oʻzgaradi, lekin /i, va t2 oʻzgarmas kattalik boʻlib qolaveradi, /i, va t2 lar faqat birinchi va ikkinchi jismlarning oʻziga bogʻliq boʻlganligi uchun ular inersion M.lar deb ataladi. Ammo jism faqat inersion xususiyatlarga ega boʻlibgina qolmay, atrofidagi fazoda gravitatsiya maydonini vujudga keltiradi. Bu maydon oʻz xususiyatlari boʻyicha zaryadlangan jism hosil qilgan elektrostatik maydonga oʻxshaydi. Gravitatsiya maydonini vujudga keltiruvchi zaryad gravitatsion zaryad yoki gravitatsion M. deb ataladi. Nyutonning butun olam tortishish qonunita asosan, Yerning gravitatsiya maydoniga, mas, Yer sirti yaqinida joylashgan jismga Yerning tortishish kuchi taʼsir etadi.

Tinch holatdagi M.si nolga teng boʻlgan zarralar ham bor. Mas., (foton lar), ammo bunday zarralar tinch holatda mavjud boʻlmaydi, paydo boʻlgan ondayoq s tezlik bilan harakatlana boshlaydi.

E — energiya,
m — massa,
c — yorugʻlik tezligi




#Article 59: Hajm (225 words)


Hajm — geometrik jism sirtlari bilan chegaralangan fazo qismi. Oddiy holatlarda qirrasi birga teng kublar soniga teng koʻriladi.

Hajm (matematikada) — geo-metrik jismlarning sonli xarakteristikalaridan biri. U chekli sondagi birlik kublarga ajratish mumkin boʻlgan jismlar uchun shu kublarning soniga teng . Qadimda prizma shaklli toʻsinlar, silindr, toʻliq hamda kesik piramida va boshqalarning H.larini hisoblashni bilishgan. Arximed ixtiyoriy yuza va H.ni aniqlash mumkin boʻlgan umumiy usulni topgan. Arximed gʻoyalari integral ^sksobning asosini tashkil etgan. U oʻzining usullari yordamida koʻhna mat.da oʻrganilgan deyarli hamma jismlarning yuzalari va H.larini aniqlagan. Jism H.iga matematik jihatdan taʼrif berish va uni hisoblash formulasining yaratish masalasi yassi figura yuziga doir muhokamalardan farq qiladi; har qanday (yassi) figurani toʻgʻri chiziqlar kesib, uni kvadratchalarga ajratish mumkin, ammo ixtiyoriy koʻp yoqlikda bu usul bilan kub hosil qilish mumkin emas. Yevklid uch yoqli piramida H.iga taʼrif berish va uni hisoblash uchun piramidaga cheksiz ichki prizmalar chizish usulini qoʻllagan. Uch oʻlchamli jismlar H.i quyidagi xossalarga ega: 1) nomanfiy; 2) additiv, yaʼni umumiy nuqtaga ega boʻlmagan R va £ jismlar uchun \(R) va U(£) hajmlar aniqlangan boʻlsa, bu jismlar birlashmasining hajmi, H.lar yigʻindisiga teng:\(R^0) = \(R) + \(0); 3) harakatga nisbatan invariant: R va £ jismlar uchun hajmlar aniqlangan boʻlib, ular kongruent boʻlsa, U(R)=\(0) boʻladi; 4) birlik kubning hajmi birga teng .

Yuqoridagi xossalardan H.ning monotonligi kelib chiqadi: R va £ jismlar uchun RsS? boʻlsa, u holda U(R)




#Article 60: Diametr (104 words)


Diametr — (lot. diametros — koʻndalang) aylana markazidan oʻtuvchi vatar. Shu vatar uzunligi (ikki radiusga teng).

Diametr (yun. diametros — koʻndalang oʻlcham) — aylana va doiraning markazdan oʻtuvchi (yaʼni eng katta) vatari. Radiusning ikkilanganiga teng boʻlgan bu vatar uzunligi ham D. deyiladi. D. tushunchasi boshqa figuralar uchun umumlashtiriladi. Mac, r radiusli aylana yoki shar diametri 2g ga, ellips va ellipsoid diametri ularning katta oʻqiga, kvadrat va kubniki dia-gonaliga teng boʻladi. Analitik geometriyasa konus kesimi (ikkinchi tartibli chiziq)ning diametri biror yoʻnalishga parallel vatarlar oʻrtasidan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq boʻladi. Ellips va giperbolaning D.i ularning markazidan oʻtuvchi, parabolaning D.i esa uning oʻqi va oʻqiga parallel boruvchi toʻgʻri chiziqdan iborat.




#Article 61: Astronomiya (2067 words)


Astronomiya (ostro… va yunoncha nomos– qonun) – Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo boʻlishini, taraqqiyoti va tuzilishini, koʻrinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Astronomiya yulduzlar, sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini, sayyoralararo va yulduzlararo mayda jismlar (asteroidlar, kometalar, meteor jismlar va hokazo)ni, gaz va chang tuman liklarini, ulardagi fizikaviy muhitni, sunʼiy kosmik jismlarni (vaziyatlari, harakatlari, orbitalarini) oʻrganadi, shuningdek osmon jismlarini kuzatish natijalarini insonning moddiy hayotiy talablariga qoʻllash usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni aniqlash, joyning koordinatalarini topish, sayyoralarning harakatini, sunʼiy yoʻldoshlarni kuzatish asosida tekshirish va uning asosida zilzilalar qonuniyatlarini oʻrganish, kosmik apparatlarni Koinot jismlariga nisbatan oriyentirlash va boshqa qator ishlar shular jumlasiga kiradi.

Astronomiya hozir tadqiq sohasi va usuliga koʻra 7 boʻlimga ajratiladi: astrometriya, astrofizika, radioastronomiya, osmon mexanikasi, yulduzlar astronomiyasi, kosmogoniya va kosmologiya. Bularning har biri oʻz navbatida bir qancha sohalarni oʻz ichiga oladi.

Astronomiya tarixining katta qismi kuzatish maʼlumotlarini toʻplash bilan band boʻlgan. Miloddan avvalgi 6-asrga kelib, misrliklar va bobilliklar tajribaga asoslanib Quyosh va Oy tutilishlarini, ularning davriy takrorlanib turishini oldindan aytib bera olganlar. Pifagor asarlarida Yerning sharsimonligi haqida yozilgan, oʻning maktabi esa Yer va barcha yoritqichlar markaziy olov atrofida aylanadi, degan dastlabki kosmologiyalardan birini yaratdi. Aristotel olam markazida Yer boʻlgan sistemadir, degan gʻoyani ilgari surdi. Miloddan avvalgi 3-asrdan boshlab yunon fanining markazi Iskandariyaga koʻchdi. Eratosfen gradus oʻlchash deb nom olgan usul bilan Yerning oʻlchamlarini aniqladi. Gipparx 1028 ta yulduzning osmon sferasidagi vaziyatlarini oʻz ichiga olgan va bizgacha yetib kelgan dastlabki yulduz jadvallaridan birini yaratdi. U yilning davomiyligini katta aniqlik bilan oʻlchadi, Oygacha boʻlgan masofani ikki foizdan kam xato bilan aniqladi, fanga geografik koordinatalar – kenglama va uzunlama tushunchalarini kiritdi. Gipparx taʼlimotini Ptolemeyning „Almagest“ asaridan bilamiz. Ptolemey fanga olam tuzilishining geotsentrik sistemasi nomi bilan kirgan sistemani yaratdi. Unda Quyosh, Oy va sayyoralarning koʻrinma harakati aylanalar boʻylab tekis harakatdan iborat, harakatsiz Yer esa olamning markaziga joylashgan, deb tushuntirilar edi. Bu sistema olamning haqiqiy tuzilishini aks ettirmasa ham oʻz davri uchun ilgʻor boʻlgan. Bu sistema yoritqichlarning osmondagi vaziyatlarini (oʻsha davrdagi kuzatish aniqligida) oldindan aytib berish imkonini berar edi. Shu sababli, u fanda bir yarim ming yilcha yashadi. Arximednint aytishicha, olamning markazi Quyosh, uning atrofida Yer va sayyoralar aylanadi. Bu faqat 16-asrdagina ishlab chiqilgan geliotsentrik sistemani oldindan aytib berish edi.

Astronomiya bilan Turkistonda miloddan avvalgi ham faol shugʻullanganlar. Ularning izlari moʻgʻul va arab istilolari sababli deyarli yoʻq boʻlib ketgan. Hozirgacha saqlanib qolganlari ichida Xorazmdagi Kuy qirilgan kalʻa misol boʻlib, uni yetarli darajada astronomik asbob desa boʻladi. Qalʻa inshootlari yordamida vaqtni aniqlash, fasllarning kirib kelish paytini qayd etish, ekvator va ekliptika tekisliklari orasidagi burchakni oʻlchash, yil davomiyligini aniqlash va boshqa hayot taqozo etgan amaliy masalalar hal etilgan. 8–9-asrlarda Muhammad Xorazmiy, Axmad al-Fargʻoniy, Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy va boshqa olimlar Astronomiya bilan jiddiy shugʻullandilar. Arab xalifaligi davrida va undan keyin Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Oʻrta Osiyo olimlari Astronomiyaning rivojlanishida ham katta rol oʻynadilar. Qohira, Damashq, Bagʻdodda rasadxonalar paydo boʻlib, ularda Ibn Yunus, Al-Batoniy, Abu Vafo va boshqa ishlagan. Abul Vafo faqat Sharqdagina emas, hatto Gʻarbda ham shuhrat qozongan mashhur astronomik asarning muallifidir. 10-asrda Al-Soʻfi birinchi boʻlib Andromeda tumanligita eʼtibor berib, uning yulduzlardan farq etishini tavsiflab bergan. Abu Rayhon Beruniy Astronomiyaning hamma masalalarini oʻz ichiga olgan 40 ga yaqin astronomik risola yozgan. Uning qisqartirib xronologiya deb ataluvchi „al-Osar al-boqiya anil-qurun al-xoliya“ („Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“) nomli asarida yunon, rumlik, yahudiy, arab, sugʻdiy va boshqa turli xalqlarning yil hisobi usullari batafsil qiyosiy bayon qilingan. Beruniy bir qancha davrlarni oʻzaro solishtirib tavsif qilgan va bir davrdan ikkinchisiga oʻtishning amaliy yoʻllarini koʻrsatib bergan. Fanda „Hindiston“, „Geodeziya“ nomi bilan mashhur boʻlgan asarlarida Beruniy Astronomiyaning bir qancha masalalariga yaqindan yondashib, geografik koordinatalarni, Yerning oʻlchamlarini va vaqtni aniqlash usullarini keng bayon etdi. Beruniy Aning amaliy masalalarini hal qilish jarayonida bir qancha yangi astronomik asboblarni, jumladan oʻz astrolyabiyasini ixtiro qilgan. Yoritqichlarning koʻrinma harakatlarini oʻrganishda Beruniy geotsentrik va geliotsentrik sistemalar bir xil kuchga ega, degan gʻoyat muhim fikrni oʻrtaga tashlagan. Astronomiyada Beruniyning izdoshi Umar Xayyom edi. U koinotning cheksizligiga oid juda koʻp yangi gʻoyalarni ilgari surgan. Umar Xayyom hozir qoʻllanilayotgan Grigoriy taqvimilt ham aniq boʻlgan Quyosh taqvimini ishlab chiqqan. Ibn Sino ham Astronomiyaga oid asarlar yozgan. 12–14-asrlarda turkistonlik olimlar – Mahmud Chagʻminiy, Muhammad Najib Bakron, Abu Sulaymon Banoqatiy va boshqa olimlar Astronomiya sohalarida ijod etganlar. 14-asrda Marogʻa shahrida oʻsha zamonning eng yaxshi astronomik asboblari bilan jihozlangan rasadxonada Ozarbayjonning mashhur olimi Nasriddin Tusiy ishlagan. Marogʻa rasadxonasida ijod qilingan qator asarlar, jumladan „Ziji Elxoniy“ Yevropada va Sharqda keng tarqalgan. Oʻz davrining deyarli barcha masalalari bayoni bilan berilgan Astronomiyaga oid keng astronomik jadvallar sharqda „zij“ deb atalgan. Astronomiyaning 15-asrdagi taraqqiyoti Samarqand yaqiniga oʻsha zamondagi eng mukammal asboblar bilan jihozlangan ulkan rasadxona qurgan Ulugʻbek nomi bilan bogʻliq. Rasadxonaning asosiy va eng katta asbobi radiusi 40,2 m li Faxriy sekstanti edi. Samarqand astronomlari Ulugʻbek rahbarligida yozgan „Ziji Koʻragoniy“ yoki „Ulugʻbek ziji“ deb ataluvchi asosiy asar, ayniqsa, undagi 1018 yulduz vaziyati keltirilgan jadval dunyoga mashhur. „Ulugʻbek ziji“ asosan Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar zaminida tuzilgan va Gipparx jadvalidan keyin yulduzlarning vaziyati ancha aniq belgilangan ikkinchi original toʻla jadvaldir. Ulugʻbekning koʻzga koʻringan safdoshlaridan Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy Yevropa olimlarining bir qancha kashfiyotlarini ulardan ancha il gari koʻra bilgan. Yevropa fanini Samarqand olimlarining asarlari bilan tanishtirishda Koshiyning xizmatlari juda katta. Samarqand rasadxonasida ijod qilgan astronomlar qatorida Ulugʻbekning ustozi, Sharkda „oʻz davrining Aflotuni“ nomi bilan mashhur boʻlgan Salohiddin Muso ibn Muhammad Qozizoda Rumiy, shuningdek „oʻz davrining Ptolemeyi“ nomini olgan Ali Qushchinit xizmatlari katta. Samarqand olimlarining asarlari Yevropada 1648 yildan boshlab chop qilinib kelmoqda. Oʻsha davrda xris-tian dini mafkurasi xukmronlik qilgan Yevropada Astronomiya taraqqiyoti toʻxtab qolgan edi. 16-asrda Astronomiya va butun tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida inqilobiy kashfiyotlar qilindi. Ulardan biri mashhur polyak olimi Nikolay Kopernik nomi bilan bogʻliq. 1543 yilda uning „Osmon sferasining aylanishlari haqida“ asari nashr qilindi. Kopernik bu asarida Quyosh sistemasi tuzil ishi haqida toʻgʻri tasavvur berdi. Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish qonunlarini kashf qilgan I. Kepler nomi bilan bogʻliq. Kepler qonunlari Tixo Bragenint sayyoralarni, avvalo, Marsni koʻp yillar davomida kuzatishlariga asoslangan. Bu davrda astronomik asboblar birmuncha takomillashdi. Yulduzlar vaziyatini optik asboblarsiz oʻlchashda 17-asr ikkinchi yarmida polyak olimi Yan Geveliy eng katta aniqlikka erishdi. 17-asrda Astronomiyada optik asboblar qoʻllana boshlandi. Bungacha boʻlgan davr osmon geometriyasi va kinematikasini oʻrganish bilan xarakterlanadi. 1609–10 yillarda italyan olimi Galileo Galiley astronomik kuzatishlarda oʻzi yasagan teleskopii qoʻlladi. Galileyning kashfiyotlari Kopernik sistemasini ilmiy dalillar bilan quvvatlab, uning yanada ommalashuviga yordam berdi va Astronomiyada kosmik jismlar fizikasini oʻrganuvchi yangi boʻlimning manbai boʻlib qoldi. Galiley Oy sirtini va Venera fazalarini kuzatib, sayyora va ularning yoʻldoshlari tabiati Yerga oʻxshash degan xulosaga keldi. Teleskopik Astronomiyaning taraqqiyoti bilan bir qatorda nazariy Astronomiya ham tez rivojlandi. Bunga I. Kepler va I. Nyuton asos solgan. Nyuton butun olam tortishish qonunini ochib, osmon jismlarining turli-tuman harakatlarini tushuntirishda uning universalligini koʻrsatib berdi. Nyutonning osmon mexanikasiga doir qonunlari osmon jismlarining massalarini aniqlash va ularning harakatiga oʻzaro taʼsirini hisobga olish imkonini berdi. Shundan boshlab nazariy Astronomiya va osmon mexanikasining taraqqiyoti jadal ketmoqda. Hisoblarga qarab Neptunning ochilishi Nyuton qonuni yordamida qilingan qator buyuk kashfiyotlarga yorqin misoldir. Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti amaliy masalalarni hal qilishga moʻljallangan davlat rasadxonalarining tashkil topishi bilan bogʻliq. Fransiyada (1665-yil, Parij), Angliyada (1676-yil, Grinvich) va Rossiyada (1692-yil) birinchi rasadxonalar qurildi. Rasadxonalar zamonaviy teleskoplar bilan taʼminlangan boʻlib, ularda geografik koordinatalarni aniqlashdan tashqari, barcha astronomik hodisalar kuzatilgan. 17–18-asrlarda Astronomiyada tabiatshunoslik taraqqiyotiga kuchli taʼsir qilgan bir qancha kashfiyotlar qilindi. 1675-yilda O. K. Ryomer yorugʻlikning tarqalish tezligini Yupiter yoʻldoshlarining toʻsilishini kuzatishdan aniqladi. 1718-yilda E. Galley yulduzlarning xususiy harakatini topdi. 1725–28 yillarda J. Bradley yorugʻlik aberratsiyasini ochdi. 1755-yilda I. Kant „Tabiatning umumiy tarixi va osmon mexanikasi“ nomli asarida birinchi boʻlib tabiat evolyutsiyasini tushuntiruvchi gʻoyani muhokamaga tashladi. 1761 yilda M. Lomonosov Venera atm.sini kashf qilib, sayyoralarda ham gaz qobigʻi boʻlishi mumkinligini isbotladi. 1796-yilda P. Laplas bu gʻoyani matematik usulda asoslab berdi. 1871 yilda V. Gershel kuzatish yoʻli bilan yangi sayyora – Uranni topdi. Bundan tashqari, u Quyosh sistemasining yulduzlararo harakatini kashf qildi. 1835–38 yillarda V. Y. Struve va F. V. Bessel baʼzi yulduzlargacha boʻlgan masofalarni oʻlchadilar. 1801-yilda Italiyada D. Piatssi birinchi asteroid – Sererani kashf qildi Bu bilan kichik sayyoralarni ochish gadqiqotlari boshlab berildi. 1846-yilda U. J. Leverye Uranning orbitadan chekiiishini oʻrganib, chekinish sababchisi – Neptunning vaziyatini hisoblab chikdi. Shunga asosan I. G. Galle Berlinda Neptunii topdi. 1847-yilda V. Y. Struve yulduzlararo muhitda yorugʻlikning yutilishini hisoblab, Astronomiya taraqqiyotiga hissa qoʻshdi. 19-asr ikkinchi yarmida fotografiya, fotometriya va spektral analizning qoʻllanishi kosmik jismlarni oʻrganish imkonini yanada kengaytirdi. Turkistonda 17–19-asrlar oraligʻida ham Astronomiya bilan shugʻullanilgan. Bunda asosan joylarning geografik koordinatalarini aniqlash va xaritalar tuzish bilan mashgʻul boʻlingan. 1873-yilda Toshkentda astronomiya rasadxonasi tashkil etiladi va unga bir qancha teleskoplar oʻrnatiladi. Bu yerda dastlab Astronomiya bilan bir qatorda meteorologiya, geofizika, geodeziya va seysmologiya sohalarida ham tadqiqotlar olib borildi, Turkiston hududida bir necha ming joylarning aniq koordinatalari aniqlandi. Chorjoʻy, keyinchalik Kitob shahrilari yaqinida xalqaro kenglik stansiyasi tashkil etildi. 1966-yilda bu rasadxona zaminida Astronomiya instituti tashkil qilinib, tadqiqotlar koʻlami yanada kengaytirildi va zamonaviylashtirildi.

AQShda ulkan teleskoplarning ixtiro qilinishi yulduzlararo muhitni chuqurroq oʻrganish imkonini berdi. Astronomiyada yangi olingan maʼlumotlar asosida bir qancha gipotezalar yaratildi. Arman olimi V. Astronomiya Ambarsumyan yulduzlar assotsiatsiyasi haqida gʻoyat muhim nazariyani yaratdi. Unga koʻra, yulduzlar oʻta zich obyektlardan otilib chiqib paydo boʻladi. 20-asrning 30-yillarida Astronomiyaning radioastronomiya deb ataluvchi yangi tarmogʻi paydo boʻlib, dastlab yoritqichlardan keladigan radionurlarni oʻrganish yoki radiolokatsion tadqiq asosida kosmik jismlar haqida maʼlumot ola boshlandi. Radioastronomiya ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan soʻng ixtiro qilingan oʻta sezgir radioasboblarni qoʻllanish bilan jadal rivojlandi. Astronomiya taraqqiyotining yangi bosqichi Yer, Oy va ayrim sayyoralarning sunʼiy yoʻldoshlarini, shuningdek Venera, Mars, Yupiter, Saturn va uzoq kosmosga kosmik stansiyalarni uchirish bilan bogʻliq. Avval astronomlar faqat kuzatish natijalaridangina foydalangan boʻlsalar, endilikda bevosita tajriba oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldilar. Oyga va ayrim sayyoralarga tadqiqotchi stansiyalar qoʻndirilib, ularning tabiatini yaqindan oʻrganish mumkin boʻldi.

Oʻzbekistonda Astronomiyaning eng ilgʻor sohalari boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan. Keyingi chorak asr davomida oʻzbekistonlik astronomlar astrometriya, astrofizika, xususan, Quyosh va nostatsionar yulduzlar fizikasi, yulduzlar va Galaktika astronomiyasi, Galaktikadan tashqi astronomiya sohalaridagi tadqiqotlari bilan muhim yutuklarga erishdilar. Galaktikamizning 50 mingdan ortiq yulduzlari va ularning 20 ga yaqin toʻdalari xususiy harakatlarini kuzatuv yordamida oʻlchab-hisoblab topdilar, toʻdalar tuzilishi va aʼzolari aniqlandi. Bular asosida Galaktikamizning oʻlchamlarini, Quyoshning Galaktikadagi oʻrnini va uning yadrosiga nisbatan aylanish tezligini, harakat yoʻnalishi – apeksini, shuningdek Galaktikaning qator kinematik parametrlarini aniqladilar. Yer sunʼiy yoʻldoshlari uchirilgandan boshlab shu kunga qadar ularni va sayyoralarni kuzatish, tadqiq etishning barcha xalqaro dasturlarida (SOPROG, VEGA, Planeta, Statsionar, Fobos, GPS, PRAREva b.da) qatnashib, eʼtiborli ilmiy natijalarga erishiladi. 1960-yildan boshlab Xalqaro astronomiya ittifoqi tavsiya etgan 20 ta asteroidning vaziyatlari va harakatlarini tekshirib, osmonda inersial sistemani tuzish kabi xalqaro muammoga toshkentlik va kitoblik astronomlar salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985–86 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti Toshkent Davlat Universiteti astronomlari bilan hamkorlikda Galley kometasini kuzatish boʻyicha Xalqaro dasturda qatnashib, kuzatuv maʼlumotlari sifati va hajmi bilan birinchi oʻrinni egalladilar va bu bilan uchirilgan kosmik apparatning kometa atmosferasi ichidan oʻtishini taʼminladilar. Yutuklardan yana biri Qashqadaryo viloyatining Maydanak togʻida rasadxona qurilishi boʻlib, u bugungi kunda xalqaro rasadxonaga aylanishi bilan bogʻliq. Maydanakda bajarilgan koʻp yillik kuzatish ishlari asosida yulduzlarning tugʻilish „oʻchoqlari“ topildi, turli nostatsionar va oʻzgaruvchan yulduzlar, fuorlar, zich qoʻshaloq yulduzlar xamda Somon yoʻlining maxsus qismlari oʻrganilib, zarur fotometrik, spektral maʼlumotlar toʻplandi va tahlil qilindi. Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar AQSH, Rossiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Litva va boshqa davlatlar astronomlari bilan hamkorlikda olib borilyapti. Quyosh fizikasi sohasida Quyosh dogʻlari va boshqa qator faol elementlari, turli chaqnashlar, rentgen va radiodiapazonlardagi faol jarayonlar chuqur taxlil qilingan. Hozir esa bu sohaning gelioseysmologiya yoʻnalishi jadal rivojlanmokda. Xususan, Toshkent viloyatining Qumbel togʻida (Chimyon yaqinida) Toshkent astronomiya institutining stansiyasi ochilib, unda Quyosh tebranishlari IRIS xalqaro dasturi doirasida kuzatilmokda. Institutning Toshkent hududida bu tebranishlar TON xalqaro dasturi boʻyicha zaryad yigʻuvchi kuchli matritsa yordamida kuzatilib tahlil qilinmoqda. Natijada Quyoshning ichki tuzilishiga oid muhim maʼlumotlar olinmoqda. Oʻzbekistonda keyingi chorak asrda Astronomiya ga doir nazariy tadqiqotlar ham yoʻlga qoʻyilgan. Ulardastlab 1971–81 yillarda Toshkent astronomiya institutida olib borildi, keyingi yillarda esa Toshkent Davlat Universitetida davom ettirildi. 1981 yilga kelib Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi OʻzMU)da Astronomiya mutaxassisligi ochilib, 1987-yil Astronomiya kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedra bugunga qadar 200 ga yaqin mutaxassis chiqardi. Nazariy tadqiqotlar, asosan, astrofizika, yulduz astronomiyasi va Galaktikadan tashqi astronomiya sohalarida olib borildi. Xususan, Galaktikamiz tojidagi koʻrinmas massa miqdori va uning disk va sfera tashkil etuvchilari evolyutsiyasiga taʼsiri nochizikli nostatsionar holda analitik oʻrganildi. Halqasimon galaktikalar modeli tuzilib, ularni sinflarga ajratish usuli ishlab chiqildi. Yulduzlarning bir necha sharsimon toʻdalari va galaktikalarning 10 dan ortiq sferik toʻdalari uchun tezliklar anizotropiyasi parametri qiymatlari koʻrinma zichlik funksiyasi asosida aniqlandi. Koinotning eng „qari“ obyektlaridan bir turi hisoblanuvchi elliptik galaktikalarning paydo boʻlishi muammosi birinchi bor nazariy modellarda tadqiq qilindi. Bu nazariya natijalari ancha keyin AQSH, Hindiston va Meksika nazariyotchilari tomonidan oʻta kuchli kompyuter yordamida tajriba oʻtkazish yoʻli bilan tasdiklandi. Hozir bunday nazariy ishlar Toshkent astronomiya institutida ham olib borilib, yuqoridagi usul spiral galaktikalarga qoʻllanilmoqda va ularning pulsatsiya holati nochizikli nostatsionar modellari tuzilmoqla.




#Article 62: Kimyo (1786 words)


Kimyo, ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Miloddan avvalgi Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. Kimyoi hunar sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-asrga taalluqli kimyo laboratoriya topilgan. Laboratoriya jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.

Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va qishloq xoʻjaligi yaxshi rivoj topali. Nil boʻyidagi Iskandariya shahrida 1-asrda yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy ji-hozlarning koʻrinishlari, kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshka — amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar al qoʻshimchasini qoʻshib mashhur Alkimyoga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa mamlakatlarida Ximiya nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-asrda Kimyo soʻzi arabcha kamoyakmi, yaʼni yashirmoq, berkitmoq ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha kimyax dan olingan. Baʼzi olimlar Kimyo soʻzi Misrning qad. nomi Xem yoki Hamedan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz qora yoki qoramtir maʼnosini anglatib, manbalarda Kimyo Misr fani degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa Kimyo soʻzi yunoncha kimyo iborasidan kelib chiqqan boʻlib, suyuqlik, eritilgan metallni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.

Kimyoning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sunʼiy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli koʻrilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar oʻrganildi, sunʼiy olmos olishning nazariy yoʻllari koʻrsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.

Kimyo va uning sanoatiga yondosh boʻlgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va boshqa tarmoqlar rivojlanishi bu ishlarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiyev, Z. Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetishib chiqsi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qoʻshdilar.

Umumiy va anorganiq Kimyoda tuzlar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, yerga solinadigan oʻgʻitlar hamda ularning kimyosi chuqur oʻrganildi. Ekinga solinadigan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tayyorlashda foydalanish ham oʻrganildi. Professor H. Rahimov nodir va rangli metallarning kompleks birikmalari kimyosi ustida ish olib bordi. Polimetalli xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, ogʻir metallarning geterotsiklik birikmalari, ularning N-oksidlari, kompleksonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi chuqur tahlil qilindi, ekstraksiya jarayonlari yaxshilandi. Kompleks birikmalar va kompleksonlar kimyosi chuqur oʻrganildi hamda xalq xoʻjaligining turli jabhalaridan keng oʻrin oldi.

Akademik N. Parpiyevning nodir va oʻtkinchi metallar kompleks birikmalari xossalarini oʻrganish, yangilarini sintez qilish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ishlari diqqatga sazovordir. Kremniy, germaniy, titan, sirkoniy, gafniy, molibden va vanadiy ftoridlarning vodorod ftorid kislo-tasi bilan taʼsiri oʻrganildi. Yuqori molekulali ftorli kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari topildi, anion almashishining mexanizmi tahlil qilindi. Qator komplekslarning IQ-spektrlari, termografiyasi, elektr oʻtkazuvchanligi, rentgen-fazaviy tahlili amalga oshirildi. Volfram ajratib olish ishi yoʻlga qoʻyildi. Yangi kompleks birikmalardan qishloq xoʻjaligida, tibbiyot va farmatsev-tikada foydalanish boʻyicha amaliy ishlar qilindi.

Analitik Kimyodagi dastlabki ishlar akademik Sh. Tolipov rahbarligida olib borildi. U shogirdlari bilan birga ftorli birikmalar kimyosini chuqur oʻrgandi, natijada qator elementlarni aniqlashning ogʻirlik, hajmiy va amperometrik usullari ishlab chiqildi. Bu ishlar boʻysunmagan element boʻlgan ftorning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishda muhim omillardan boʻldi. Anorganiq moddalarning lyuminessent tahlili boʻyicha R. Jiyanboyeva olib borgan ishlar oʻz vaqtida butifosning zararli xossalarini aniqlashda rol oʻynadi.

Kimyo fanining shon-shuhratini jahon miqyosiga olib chiqishda akademik S. Yunusovning alkaloidlar kimyosini rivojlantirishga oid ishlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. 4000 dan ortiq oʻsimlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari chuqur oʻrganildi. 50 dan ortigʻi tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati uchun taklif etildi. Vilt kasalligiga qarshi qoʻllaniladigan preparatlar kashf qilindi. Professor F. Qoʻchqorov va uning shogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akademik I. P. Sukervaniq, A. Abdurasuleva va boshqa alkillash reaksiyalarini oʻrganib, fan rivojiga hissa qoʻshdilar. Dekarbonillash boʻyicha Yo. Aliyev tadqiqotlari u rahbarlik qilgan Kimyo institutida karboksillash reaksiyalarini oʻrganishda qoʻl keldi.

Organiq kataliz neftni kayta ishlash instituti (hozirgi A. Sultonov nomidagi Kataliz instituti)da rivoj topdi. Institutda koʻpgina yangi katalizatorlar kashf qilindi, aromatik uglevodorodlar kimyosi, qishloq xoʻjaligi va ipakchilikning rivojlanishi uchun amaliy ishlar olib borildi.

Akademik O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil etgan Bioorganiq kimyo institutida (1973 yil) oʻsimliklarning ikkilamchi metaboliti, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi uchun zarur preparatlarni olish usullari, hayvonlar va oʻsimliklardagi oqsil tabiatli zaharlarning taʼsir mexanizmi oʻrganildi. Ilon, chayon va boshqa zaharining sunʼiy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda xossalari tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, dipiridil, paxikarpin, morfin, sitazin va boshqa kimyosi chuqur oʻrganildi. Stereokimyo, konformatsion analiz, tabiiy birikmalarning elektron tuzilishi va reaksiyaga boʻlgan xususiyatlari tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi oʻrganildi, gʻoʻzapoyadan turli mahsulotlar olish kimyosi va texnologiyasi ishlab chiqildi, viltga qarshi ishlatiladigan preparatlar kashf qilindi. Akademik A. Abduvahobov sintez qilgan feromonlar paxtachilik rivojiga muhim hissa qoʻshdi. Akademik Sh. Solihov rahbarligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika va biokimyo ehtiyojlarini qondirishga qaratildi.

Fizik Kimyo 20-yillar oxirlarida D. Alekseyevning portlash jarayonlari kinetikasini oʻrganish bilan boshlandi. Keyinroq N. A. Kolosovskiy. M. I. Usanovich va V. V. Udovenkolarning termodinamika hamda fizik-kimyoviy tahlil masalalarini bajarish bilan davom ettirildi. Polimerlarning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish (H. Usmonov), kimyoviy reaksiyalar kinetika-sini oʻrganish (H. Rustamov), elektr kimyoviy jarayonlarni tadqiq qilish (A. Murtazoyev) ustidagi ishlar kengaytirildi. Olimlar suyuq eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash, rangli va nodir elementlar hamda ular qotishmalarini elektr kimyoviy usulda choʻktirib ajratish, elektr kapillyar hodisalari oʻlchamini bilish bilan shugʻullandilar. Kislota-asos katalizatorlari ishtirokida oʻtadigan qator reaksiyalarning kinetik qonuniyatlari va mexanizmi oʻrganildi, ionitlardan foydalanish ishlari olib borildi. Koʻp atomli spirtlardan erituvchi sifatida foydalangan holda koʻpgina reaksiyalar kinetikasi va mexanizmi ravonlantirildi.

Fizik Kimyo bilan chambarmas bogʻliq boʻlgan kolloid Kimyo ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov (30-yillar), urush davridan boshlab esa akademik K. Ahmedov boshchiligida olib borildi. Oʻsha davrlarda giltuproq, tabiiy mineral boʻyoqlar, loyqa suvlar va shahrik. boshqa dispers sistemalar; gidrolizlar, kolloid choʻkmalar hisoblangan koagulyantlar, koagel, kserogellar oʻrganildi. 50-yillardan boshlab esa polimerlar fizik kimyosi va termokimyosiga oid tabiiy gazlar hamda gaz kondensatlaridan sirt-faol moddalar olish, suvda eruvchan yuqori molekulali birikmalar sintez qilish, ularning xossalarini oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Liofob gidrozollar, liofill polimerlarning kolloid xossalarini oʻrganish, ularning tuzilishini boshqarish va zarur xususiyatlarni singdirish, tabiiy mineral sorbentlardan amaliyotda foydalanishga doyr anchagina ishlar diqqatga sazovordir. K. Axmedov oʻz shogirdlari (E. Oripov va boshqalar) bilan hamkorlikda K-4, K-9, PAA-1 kabi preparatlarni kashf qilib sanoatga tadbiq etdi. Endilikda bunday preparatlardan burgʻilashda, qishloq xoʻjaligida, yoʻl qurilishi va choʻllardagi uchuvchan qumlarni muqim holatga oʻtkazish ishlarida foydalaniladi. Mana shunday ishlar natijasi oʻlaroq choʻl zonalarida ekinzorlar barpo qilish, shahar va qishloqlar qurish ishi osonlashdi, sirt-faol moddalardan foydalanish turli sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirishga, ishlab chiqarish hajmini oshirishga olib keldi.

Yuqori molekula(polimer)li birikmalar kimyosi urushdan keyingi yillarda rivojlandi. 1946 yildan boshlab paxta sellyulozasi va uning turli efirlari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Yangi monomerlar sintez qilish, ularni polimerlash, tola choʻzish kabi ishlar yoʻlga qoʻyildi.

H. Usmonov boshchiligida vinil monomerlari u-nurlari taʼsirida qator polimerlarga payvandlandi, ularning xossalari tadqiq qilindi, olingan birikmalarda fiziologik faollik borligi aniqlandi. Bu ishlarning natijalari olingan polimerlardan tibbiyotda foydalanishga yoʻl ochdi. Vinilftorid va shahrik. boshqa ftorid monomerlarini polimerlab olingan yangi xossalarga ega boʻlgan yuqori molekulali birikmalar sintez qilindi. Olingan sunʼiy tolalardan kord, polinoz tolalar, fortizanlar, sunʼiy ipak, yonmaydigan, chirimaydigan, oson boʻyaladigan hamda elektr tokini yaxshi oʻtkazadigan polimerlar olindi. Itakon kislotasi, uning qator hosilalari, ionitlar, polielektrolitlar va shahrik. moddalar akademik M. Asqarov tomonidan oʻrganildi. Polimerlarning stabillashuv jarayonlari chuqur tadqiq qilindi, sopolimerlar sintezining yangi usullari, ionlanuvchi polimerlar va sopolimerlar xususiyatlari tadqiqotlari nihoyasiga yetkazildi. Natijada qator stabilizatorlar, toʻldirgichlar, qotiruvchi moddalar va plyonkalar sanoatga tadbiq etildi. Armirlangan plyonkalardan ipak qurti boqishda foydalanish katta samara berdi.

Paxta va yogʻoch sellyulozasi kimyosi akademik T. Mirkomilov tomonidan rivojlantirildi. Sellyulozani modifikatsiyalab, olingan mahsulotlarning nurga chidamliligini oshirish, oʻtga chidamli qilish, ezilib mijgilanmaydigan boʻlishini taʼminlash, mexaniq jihatdan pishiq, chirimaydigan, kirishmaydigan va shahri k. boshka ijobiy xossalarni oʻzida mujassamlashtirgan mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib borildi.

Respublikamizda kompozitsion materiallar kimyosi akademik S. Neʼmatov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi xossalarga ega boʻlgan qoplama materiallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar keramik materiallar ishlab chiqarishga tatbiq etildi. Bu materiallardan yoʻl qurilishlarida, avtomobil, qishloq xoʻjaligi mashinalari, turli beton plitalari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.

Silikatlar Kimyosi va texnologiyasi sohasida I. S. Kansepolskiy tomonidan tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larni portladsementga qoʻshimcha sifatida qoʻllash, sement korrozitsiyasi va oʻnga qarshi kurash choralarini izlashga doir tadqiqotlar olib borildi. Fosfogipsning kalsiy alyuminatlari bilan reaksiyalari oʻrganildi, mahalliy xom ashyolar asosida sulfoalyuminatbelitli sement olindi, kam energiya sarflab sement olish texnologiyasi ishlab chiqildi (T. A. Otaqoʻziyev). Ishqoriy-yer metallari silikatlari va alyumosilikatlari hamda ularning galliy va germaniyli analoglarining yuqori temperaturalarda oʻzaro birikishi, turli sharoitlarda bir-birida erish qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Sanoat chiqindilari va ikkilamchi xom ashyolardan foydalanib, xalq xoʻjaligi uchun zarur shisha va keramik buyumlar tayyorlash texnologiyalari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi (N. A. Sirojiddinov, A. P. Erkaxoʻjayeva). S. S. Qosimova va uning shogirdlari tomonidan yangi tarkibli, rangli, boʻgʻiq hamda maxsus optik shishalar olindi va ishlab chiqarishga tavsiya etildi.

Akademik S. Rashidova va uning shogirdlari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega boʻlgan funksional guruqchalarni oʻz ichiga olgan monomerlarning polimerlanish reaksiyalari oʻrganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qoʻl keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib, qishloq xoʻjaligiga tatbiq etildi.

Kimyo texnologiyasining jarayon va uskunalari fani akademik Z. Salimoye va uning shogirdlari tomonidan oʻrganildi. Chigitni quritish, undan yogʻ olishni intensifikatsiyalash, ekstraksiya, gazlar adsorbsiyasi va shahrik. muhim jarayonlarni tadqiq qilishda yangi maʼlumotlar olindi. Bu maʼlumotlar asosida bir qancha korxonalar (Yangiyoʻl, Uchqoʻrgʻon yogʻ zavodi) ishlari yaxshilandi.

Respublikamizda Kimyo fanining rivojlanishida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida hamda turli vazirliklar tarmoq institutlari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan ilmiy tadqiqot va loyiha institutlari xizmati ham salmoqlidir. Kimyo instituti (hozirgi Umumiy va noorganiq kimyo instituti), Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti, Kataliz instituti, OʻzMU, ToshTU, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari kimyo laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari mamlakatimizda Kimyo fanini yuqori pogʻonalarga koʻtarishda muhim omillardan boʻldi.

Qudrat Axmerov.




#Article 63: Tarixshunoslik (832 words)


Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini oʻrganuvchi fan. T. tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki maʼlum bir muammoga bagʻishlangan tarixiy tadqiqotlarni urganadi va taxlil qiladi. T. nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (mas., sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar) tarixi bilan xam shugullanadi. T.ning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida tuplangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadkiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yunalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiyilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat. T. oʻtmishda kechgan va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiytarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning oʻsib borishi jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliklikda ifodalaydi, ijtimoiysiyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga taʼsirini, u yoki bu yunalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniklaydi. T., shuningdek, fan taraqqiyotida oʻz urniga ega bulgan i.t. markazlari tarixini, unda faoliyat koʻrsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qoʻshgan hissalarini oʻrganish kabi vazifalarni ham bajaradi.

T. tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud: qiyosiy iarixiy usul —turli tarixiy davrlarda tarixiy maʼlumotlar qanday paydo boʻldi, harakatlandi, oʻzgardi va rivojlandi, jamiyat taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi jarayonini aniklashda qoʻllaniladi; aniq tahliliy usul — olib borilgan T. tadqiqoti voqea-hodisalar tafsilotini kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayonini nazariy va faktik materiallarning oʻzaro aloqasida taxlil qiladi, ularning fanda kanday yoritilganligini oʻrganadi; mantiqiy tahliliy usul — T.da katta imkoniyatlarga ega boʻlib, tarixiy muammoning oʻziga xos xususiyatlari, tuzilishi, boshqa tarixiy hodisalar bilan bogʻliqligini oʻrganishda qoʻllaniladi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliqlikda ifodalaydi; xronologik usul — voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda toʻplangan tarixiy faktlarni oʻzaro bogʻliklikda oʻrganishda qoʻllaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlarning harakatini, muammoga yondashuvda konsepsiyalar, qarashlar, gʻoyalarning oʻzgarib borishini xronologik tartibda takroriy yoki xilmaxil jihatlarini ochib beradi; davriylashtirish usulida maʼlum bir tarixiydavriy chegarada tarix fanining sifat, uslub va xususiyatlarining oʻzgarishiga ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning taʼsiri, har bir yangi bosqichda vujudga kelgan ilmiy gʻoyalarni harakatlantiruvchi omil va yoʻnalishlar aniqlanadi; retrospektiv tahlil — har bir ilmiy adabiyot oʻz davriga taalluqli boʻlib, uning kuchli va kuchsiz jihatlarini oʻzida aks ettiradi. T. tadqiqotlarda tadqiqotchining vazifasi oʻzidan avvalgi bosqichlarda yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan oʻrganish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini taxlil qilishdan iborat.

T. tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yaratilgan baʼzi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar va Hindiston, Abu Bakr Narshaxiyning Tarixi Buxoro, Sharafuddin Ali Yazdiyning Zafarnoma, Boburning Boburnoma, Muhammad Yusufbek Bayoniyning Tarixi Xorazm, Shajarai Xorazmshohiy, Ahmad Donishning Buxoro amirlarining tarjimai hollari va boshqalarda muayyan maʼlumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida taxliliy yondashuvga boʻlgan harakatlar kuzatiladi.

Oʻzbekistonda T. tarix fanining maxsus sohasi va aloxida tadqiqot predmeti sifatida 20-asrning 2yarmida shakllandi. Oʻzbekiston FA Tarix institutoʻ tashkil topgach, bir qator tarixshunoslar, jumladan, V.Ya. Nepomnin, R.N.Nabiyev, I.K. Dodonov, L.M.Landa, X.I.Inoyatov, B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq qilishga kirishdilar. 1968 y. Tarix instituti qoshida T. sektori, keyinroq boʻlim tashkil etilishi bu sohaning rivojiga katta hissa qoʻshdi (boʻlimni 1968—88 yillarda tarix fanlari dri B.V.Lunin, 1988—92 yillarda tarix fanlari nomzodi V.A.Germanov boshkargan, 1992 yildan tarix fanlari dri, prof. D.A.Alimova rahbarlik qilib kelmoqda).

Oʻzbekistonda tarix fani va uning baʼzi sohalari rivoji dinamikasini yorituvchi asarlar [Axunova M.A., Lunin B. V., Istoriya istoricheskoy nauki v Uzbekistane, T., 1970; XX asrning dastlabki oʻttiz yilligi Oʻzbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari), 1— 2qism, T., 1994; Alimova D. A., Ivanova L. S, 50 let izucheniya istorii Uzbekistana v godoʻ voynoʻ 1941—1945 gg . sovremennie zadachi i perspektivoʻ yeye istoriografii, T., 1995; Lunin B. V., Istoriografiya obhestvennoʻx nauk v Uzbekistane, T., 1974; Saidqulov T. S, Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavxalar, T. S, 1992; Doniyorov A. X., Mustaqil Oʻzbekiston etnografiyasi tarixshunosligining ayrim masalalari, T., 2003] yaratildi. Sharqshunos olimlar (Lunin B. V., Biobibliograficheskiye ocherki o deyatelyax obhestvennoʻx nauk Uzbekistana, t. 1, T., 1976; t. 2, T., 1977), mustamlakatotalitar tuzum sharoitida Oʻzbekiston tarix fani sohasida xizmat qilgan tarixchilarning hayoti va faoliyati (Alimova D. A., Rashidova D., Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri, T., 1999; Germanov V. A., Istoriki Turkestana v usloviyax politicheskogo terrora 20—30x godov, T., 2000; Germanov V. A, Professor Pulat Saliyev i yego vremya, T., 2002) asarlarda aks ettirildi; xotinqizlar muammosi tarixshunosligi [Alimova D. A., Jenskiy vopros v Sredney Azii: istoriya izucheniya i sovremennie problemoʻ (20—80e gg .), T., 1991]; milliy ozodlik harakatlari, ularning xorijda oʻrganilishi (Ziyayeva D. H., Turkistonda milliy ozodlik harakati, T., 2000) asarlarda oʻz ifodasini topdi.

Tarix fanining boshqa muammolari koʻplab maqolalarda oʻzining T. tahliliga erishdi.

T. boʻlimi tomonidan oʻtkazish anʼanaviy boʻlib qolgan T. oʻqishlari Oʻzbekiston tarix fani sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib boradi. Oʻzbekistonda T. fani ilmiy maktablariga B. V. Lunin, G.I.Jeltova, F.H.Qosimov, R. Rajapova, D.A. Alimova kabi olimlar tomonidan asos solindi.

T. tadqiqotlari mustaqillik yillarida ancha kengaydi. 5 ta drlik, 20 dan ortiq nomzodlik ishlari himoya qilindi. Ayniqsa, xorijiy tadqiqotchilar (AQSH, Koreya, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya) Oʻzbekiston tarixshunoslari bilan ilmiyamaliy aloqalar oʻrnatib, Oʻzbekiston tarixshunosligining muhim muammolarini oʻrganishda davom etmoqdalar.

Nodira Mustafoyeva.




#Article 64: Qirgʻiziston (3186 words)


Qirgʻiziston (Qirgʻizcha: Kirgizstan — Ruscha: Kirgizstan), Qirgʻiz Respublikasi (Qirgʻizcha. Kirgiz Respublikasi — Ruscha. Kirgizskaya Respublika) — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — Bishkek shahri. Qirgʻiziston BMTning aʼzosidir. Mamlakat shimolda Qozogʻiston, gʻarbida Oʻzbekiston, janubi-gʻarbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % qirgʻizlar, 14,34 % oʻzbeklar, 10,65 % ruslar va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.

SSSR davlati inqirozga uchragandan soʻng, deyarli barcha ittifoqdosh mamlakatlar oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdi ular orasida Qirgʻiz SSR (, ) ham bor edi. Sovet davrida Qirgʻiziston nomi faqat rus tilida () nomlanar edi, keyinchalik milliy tilda nomlana boshlandi. () .

Qirg‘iziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 yil 5 mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003 yillarda oʻzgartishlar kiritilgan. davlat boshligʻi — prezident (2005 yildan Kurmanbek Boqiyev). U umumiy teng, toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jokorgu Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Oxirgi marta prezidentlik saylovi 15-noyabr 2017-yilda bo'lib o'tdi. Yangi prezident etib Soronboy Jenbekov saylandi. Bundan oldin 1-dekabr 2011-yildan 24-noyabr 2017-yilgacha Almazbek Atambayev prezident edi.

Qirg'iziston Respublikasi prezidentiga nomzod 35yoshdan kichik va 70yoshdan katta bo'lmagan, davlat tilida gaplashaoladigan va 15yildan kam bolmagan muddatda respublika fuqarosi bo'lishi kerak.

Q.ning koʻp qismi Tyanshan togʻlarida, qolgan qismi PomirOlay togʻlarida joylashgan. Mamlakat hududining 94 % dengiz sathidan 1000 m dan balandda. 1/2 qismi 3000-4000 m baladliklar orasida. Parallel togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqiiida) Gʻalaba choʻqqisi (7439 m) bor. Ichki Tyanshan togʻ tizmalarining relyefi alp tipli boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan Kungay Olatov tizmalari orasida Issiqkoʻl soyligi bor. Q.ning garbiy qismida Gʻarbiy Tyanshan togʻlari joylashgan (Talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Q.ning janubi-gʻarbiy qismiga Fargʻona soyligining shim., sharqiy va janubiy chekkalari kiradi. Janubiyda turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻri, Olay tizmasi, Olay vodiysi va Orqa Olay tizmasi shimoliy yon bagʻri Q.ga karashli.

Foydali qazilmalardan neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʻgʻoshin-rux, surma rudalari konlari bor.

Iqlimi kontinental iqlim, yogin miqdori oʻrtacha, havo quruq va kam bulutli. Relyefi togʻli va balandliklar farqi katta boʻlganligi uchun iklimi quruq subtropik iqlimidan baland togʻ tundrasi iqlimigacha oʻzgarib boradi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi vodiylarda —1 dan —8 gacha, togʻlarda —8 dan −27 gacha; iyulda vodiylarda 20—27, baland togʻlarda 5 va undan past. Yillik yogʻin Tyanshan sharqida 180-250 mm dan Fargʻona tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻrida 900 — 1000 mm gacha. Togʻ tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat sharqiy chekkasidagi Janubiy Inilchek va Shimoliy Inilchek muzliklaridir.

Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan.

Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni 265 ming ga. 3600-4000 m balandliklar sovuq choʻl va togʻ tundralaridan iborat.

Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va hokazo yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor.

Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67 %). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek, Ush, Jalolobod. Toʻqmoq.

Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shimolda saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shimoldagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.

Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va Shimoli-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348 yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7 marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425 yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida Shimoliy Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.

dan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936 yil 5 dekabrdan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990 yil dekabrdan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991 yil 31 avgustda respublika Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993 yil 5 maydan Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.

Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994 yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999 yil tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 yil taʼsis etilgan; q. demokratik harakati, 1993 yil. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999 yil asos solingan; „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998 yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998 yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992 yil asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991 yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992 yil taʼsis etilgan. Q. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan.

Q. agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %, xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi.

Sanoatining yetakmi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam toʻqish; asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va boshqa, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stansiyasi mavjud.

Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9 %). 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (yalpi mahsulotning 55 %), asosan mayin va yarim mayin junli qoʻychilik; sut-goʻsht chorvachili-gi, yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming choʻchqa, 3765 ming qoʻy va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmogʻi — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari, gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urugi olinadi.

Transportining asosiy turi — avtomobiltransporti. Avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 28 ming km (19 ming km umumiy foydalanish yoʻllari). Transport yoʻlilar uzunligi 417 km (2002). Issiqkoʻlda muntazam kema qatnaydi. Ichki suv yoʻllari uz. 460 km. „Kirgizstai aba joddoru“, „Itek Eyr“, „Altin Eyr“ milliy aviatsiya kompaniyalari samolyotlari dunyoning bir qancha mamlakatlariga uchadi. q. hududidan Buxoro —Toshkent—Bishkek — Olmaota gaz quvuri oʻtgan; Maylisoy—Jalolobod—Oʻsh gaz quvuri mavjud.

Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va boshqa chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Oʻzbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozogʻiston, Turkiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — som.

Respublikada 30 ming oʻrinli 250 dan ziyod kasalxona muassasalarida 15 ming vrach, 30 mingdan ortiq oʻrta tibbiyot xodimi ishlaydi. Vrach va oʻrta tibbiyot xodimlari Tibbiyot institut va bilim yurtlarida tayyorlanadi. Respublika hududida 24 sanatoriy, 21 sanatoriy-profilaktoriy, 57 dam olish pansionati, 11 dam olish uyi, 43 bolalar sogʻlomlashtirish majmuasi va boshqa dam olish maskanlari bor (2002). Mashhur kurortlari: Oqsuv, Jetioʻgʻuz, Choʻlponota, jalolobod, Jirgalan.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 19-asrning 2-yarmida Q. hududida diniy maktablar — maktabxona va madrasalar boʻlgan. q. Rossiyaga qoʻshib olingach, dastlabki rus boshlangʻich maktablari, 19-a.ning 80-yillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 yil xotin-qizlar progimnaziyasi, 1912 yil erlar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 yilgacha Q. hududidagi yagona oʻrta oʻquv yurti boʻlgan. 1923 yil Q.dagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqigan. Q.da 2002 yilda 2056 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1168,1 ming, 113 gimnaziyada 72,2 ming, 50 litseyda 18,2 ming, 75 oʻrta hunar oʻquv yurtida 31178 oʻquvchi, 49 oliy oʻquv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy oʻquv yurti)da 214173 talaba taʼlim oldi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Qirgich milliy universiteti, gumanitar universitet, ped. universiteti, tibbiyot akademiyasi, politexnika, sanʼat, qishloq xoʻjaligi insti-tutlari (hammasi Bishkek shahrida). Institutlar Qirgʻiziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2002 yil respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda), jumladan, 345 fan doktori va 1051 fan nomzodi ilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2002 yil mamlakatda 1035 kutubxona (19 mln. 790 ming asar) faoliyat koʻrsatdi. Ularning eng yirigi — Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar)dir. yirik muzeylari: Oʻlkashunoslik davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat milliy muzeyi, Tarix muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 yil Q.da 183 gaz. va 83 jurnal nashr etildi. Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 2001 yildan), „Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gazeta, 1974 yildan), „Kizil Tuusi“ („Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1924 yildan), „Literaturniy Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jurnal), „Slovo Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gazeta, 1925 yildan), „Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gazeta, 1991 yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 yil asos solingan), „Almaz“ xususiy radiostansiyasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 yil tuzilgan), „Piramida“ teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 yildan, telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.

Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“, „Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 yil birinchi qirgʻiz gaz.da bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M. Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927 yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928) dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. T. Sidiqbekov, Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T. Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N. Jetikashkayeva, adiblar Ch. Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S. Eraliyev va boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N. Boytemirov,Sh. Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T. Abilqosimova, T. Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S. Abiqodirova, R. Risqulov va boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B. Jaqiyev, M. Bayjiyev, B. Omuraliyev va boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Q. hududidan miloddan avvalgi 4—1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy turar joylari yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-asrlarda shaharlar paydo boʻldi, qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr oʻrtasi — 12-asrda masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi 3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-asr) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr), koʻshklar (Oʻsh shahri yaqinida Bobur qurdirgan koʻshk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Q. Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-asrning 20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar (Koʻktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi. 30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr, meʼmor G. A. Gradov). 40-yillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960—70 yillarda binolar yigʻma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirgʻiziston Fanlar akademiyasi binosi, 1960-yillar; Rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, meʼ-mor M.Maruxov; Tasviriy sanʼat muzeyi, 1974, meʼmorlar Sh. Jekshenbo-yev, V. Nazarov, D. Irisqulov, hammasi — Bishkek shahrida; Oʻsh shahridagi „Semetey“ kinoteatri, 1976). Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi (Issiqkoʻl atrofida yirik kurort rayoni barpo etildi). Mamlakatda birinchi yirik panelli toʻqqiz qavatli uy 1975 yil, oʻn ikki qavatli uy 1982 yil, oʻn sakkiz qavatli uy 1985 yilquriddi.

Q. hududidan topilgan qad. sanʼat asarlari namunalari neolit davriga mansub (Oq choʻnqir qoyatosh rasmlari, Soymalitosh rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar tayyorlangan. Q.ning shimoliy hududlari va Tyanshandan qoʻtos, echki, sher, qoplonlarning bronzadan quyilgan haykalchalari topilgan (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr). 5—10-asrlarda qabrlar ustiga tosh haykalchalar oʻrnatilgan. 4—5-asrlarga mansub sugʻdiylar qoʻrgʻonidan loydan quyib, har xil rangga boʻyab ishlangan Budda haykali (boʻyi 12 m dan ortiq) topilgan. Oʻtroq aholi oʻrtasida sirlangan sopol idishlar, oʻyma naqsh bilan bezatilgan ostadonlar tayyorlash, koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida ot abzallarining qismlarini metalldan bezab tayyorlash rivojlangan: Q.da tasviriy sanʼat rivojida rassomlar V. V. Obrazsov, S. A. Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol oʻynadi. 1930-yillardan qirgʻiz milliy rassomligining asoschilaridan biri Gʻ. Aytiyev samarali ijod qildi. 1935 yil Bishkekda badiiy studiya (1939 yildan Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-yillarda rassomlikda manzara janri rivoj topdi (S. A. Chuykov, Gʻ. Aytiyev, S.Oqilbekov va boshqalar). 1930-yillarning oxirlarida grafiklardan L. A. Ilina, A. I. Mixalyov, A. A. Sgibnev va boshqa samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushi yillari tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush qahramonlariga bagʻishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod qilindi. 1950-yillarda portret va manzara janrlari rivojlandi (Gʻ. Aytiyev, S. Oqilbekov). 1950-yillarning oxiri — 60-yillarda A.Usubaliyev, S.Ishenov, D.Jumaboyev, A.Usmonov kabi rassomlar yetishdi. 1960 yillarda haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov samarali ijod qildilar.

Xalq sanʼatida gilamchilik, kigiz bosish, kashtadoʻzlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi anʼanaviy tarmoklar rivojlangan.

Musiqasi qirgʻizlarning asrlar davomida saqlanib kelgan, koʻchmanchi chorvachilikka asoslangan hayot sharoitida rivoj topgan. Shu bois anʼanaviy musiqasida ansambl hamda jamoa ijrochiligi shakllari deyarli uchramaydi, yakka xonandalik va sozandalik yoʻllari asosiy oʻrin tutadi. Xalq qoʻshiq (ir)lari marosim („qoshoq“ yigʻi, „jaramazan“, „beshik iri“ va boshqalar), mehnat („bekbekey“, „shirildan“, „op mayda“), lirik („Seketbay“, „kuy-gen“, „armon“), oʻyin („selkinchek“), shuningdek, „baldar iri“ (bolalar qoʻshiqlari), „qizdar iri“ va boshqalardan iborat. Qirgʻiz shomon-baxshi (baxshi, kuuchu, byubu, emchi va h. q.) lar tomonidan afsun-jodu va tabobat aytimlari ijro etilgan. Boshqa turkiy xalqlarda boʻlgani kabi oqin, manas-chi, jomokchu (terma ijrochilari)ning ijodi keng tarqalgan. Oqinlar nasihat („ulgu ir“, „sanat“), bagʻishlov („arnoo“, „maqtoo“), qutlov („kutuktoo“) qoʻshiqlari, manaschilar „Manas“, „Semetey“, „Seytek“ turkumlari, „Kurmanbek“, „Kojojash“, „Ke-deyxon“ kabi qahramonlik dostonlarini ijro etadi. Musiqa cholgʻulari orasida qad. diddirek, jekesan, shaldiroq, qoʻngʻiroq, ooz qoʻmuz (chsshgkoʻbiz) kabi idiofonlar, puflama sibizgʻa, choor (nay), torli qiyoq, qoʻmuz va boshqa mavjud. Ayniqsa, qoʻmuz va boshqa chol-gʻularda ijro etiladigan yirik shakldagi kuylar („qambarkan“, „kerbez“, „botoy“ va boshqalar) ommalashgan. Xalq orasida manaschilar Sagimboy Orozbakov, Sayakboy Qoralayev, oqinlar Toʻqtagʻul Sotilgʻonov, Qaliq Akiyev, Olimqul Usenboyev, irchilar Atay Ogombayev, Musa Bayotov, qoʻmuzchilar Muzooke Jamankarayev, Kurenkey Belekov, Karamoldo Orozov, Ibray Tumanov, Samarbyubyu Toʻxtaxunova, qiyoqchilar Muratali Kurenkeyev, Said Bekmuro-tov va boshqa mashhur. Anʼanaviy musiqa namunalarini toʻplash va oʻrganish ishlari, asosan, 1920—30 yillarda boshlangan (A. Zatayevich, V. Vinogradov va boshqalar). Shu davrdan boshlab milliy kompozitorlik maktabi ham shakllana boshladi, K. Moldiboyev, M.Abdrayev, A.Tuleyev, A.Omonboyev kabi professional qirgʻiz kompozitorlari yetishdi. Musiqali dramalar („Oltin qiz“, A. Vlasov, V. Fere, 1937; „Oʻlim emas, hayot“, Vlasov, Moldiboyev, Fere, 1938)ning sahnaga qoʻyilishi operalar yaratilishiga yoʻl ochdi, balet, simfoniyalar ijod qilindi. „Manas“ eposi asosida birinchi qirgʻiz operasi („Oygoʻzal“, 1939, Vlasov, Moldiboyev, Fere) yaratiddi. Vlasov va Fere „Anor“ (1940), „Argʻimchoq“ (1943) birinchi qirgʻiz baletlarini, qirgʻiz xalq kuylari asosida ilk simfonik asarlarini (N.Rakov bilan) ijod qilishgan. Vlasov, Moldiboyev, Ferelarning „Manas“ (1946), „Toʻqtagʻul“ (1958) va boshqa operalari, A.Omonboyev, S. L. Germanovning „Aydar va Oysha“ (1952), A.Abrayevning „Boʻron oldida“ (1974) va boshqa operalarda qirgʻiz xalqining erk va baxt uchun kurashi eks etdi. Isteʼdodli ijrochilar yetishdi. Xonandalardan Xalq artistlari S.Kiyizboyeva, A.Moldiboyev, A.Mirzaboyev, B. Minjilkiyev, X.Muxtorov, K.Sartboyev, T.Seytaliyev, Qirgʻiziston xalq artistlari K. Chodronov, M. Mustayeva, M. Mahmutova, dirijyorlardan Xalq artistlari A. Jumahmatov, K. Moʻldabasanov va boshqa mashhur. Opera va balet teatri (1942), filarmoniya (1936), Q. radio va televideniyesining katta simfonik orkestri (1970), Milliy konservatoriya (1993), Sanʼat instituti (1967), Bishkek va Oʻshda musiqa bilim yurtlari, 100 ga yaqin musiqa maktabi, xalq ijodi markazi mavjud. 1939 yilda Q. Kompozitorlar uyushmasi tashkil topgan. Moʻldabasanovning „Momo yer“ baletoratoriyasi (1975), Omonboyevning „Boʻydoklar“ (1961), N.Davlesovning „Ehtiyot boʻling, kelin“ (1970) va boshqa musiqali dramalari, Tuleyev, A. Jonibekov, E.Joʻmaboyevning simfoniyalari zamonaviy qirgiz musiqasi yutugʻi boʻldi.

Drama teatri sarchashmalari turli marosimlar, xalq oʻyinlari, oqinlar aytishuvi, manaschi, qoʻmuzchi va qiziqchilarning faoliyati bilan bogʻliq ravishda qadim zamonlardan boshlangan.

Rahmonberdi Madazimov (1875—1933) — Qirgʻiziston teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari, yozuvchi.

Ushbu teatr Toshkentdagi Hamza nomli Oʻzbek milliy akademik drama teatridan keyin Markaziy Osiyodagi eng keksa teatrdir.

Qirgizistonning asosiy koʻllari Issiqkoʻl Chatirkoʻl, Soʻnkoʻl va Sarichelek koʻllaridir.

Norin daryosi uzunligi 535 km tuzadi. Shuningdek unda (Toqtogul) suv ombori ham mavjud.

Qirgizston qurolli quch ishlatar tizimlari. 
Jami 60 minga yetadi (armiya, militsiya, max)

Maqsadi mamlakat mudofasi

Qirgiziston Respublikasi 7 viloyatga boʻlinadi viloyatlar esa tumanlarga boʻlinadi.

Qirgʻizston halqining koʻpshiligi musulmonlar. Nasroniy diniga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Ular asosan: provoslav, katolik, va protestantlar (lyuteranlar, baptistlar, adventistlar)

Manba; Qirgiziston Respublikasining Mehnat kodeksi 113 modda




#Article 65: Germaniya (175 words)


Germaniya (), Germaniya Federativ Respublikasi () — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 83,149,300 kishi (2019-yilga koʻra). Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi.

GFR — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan aʼzolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yoʻqotsa yoki vafot etsa, bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari oʻz orasidan 4 yil muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qoʻlida. Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning oʻz konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.




#Article 66: Abdulhamid Choʻlpon (1475 words)


Choʻlpon (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov) (1897, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab madrasada (1908-1912), soʻngra rus-tuzem maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.

Adabiy ijodi 1913-1914-yillarda Andijonning ijtimoiy va madaniy hayoti haqida xabarlar yozish bilan boshlangan. 1914-yil Toshkentda Munavvar Qori Abdurashidxonov va Ubaydulla Xoʻjayev bilan tanishish Choʻlponning milliy uygʻonish harakati namoyandasi sifatida shakllanishida muhim omil boʻlgan. Choʻlpon „Sadoi Turkiston“ gazetasida dastlabki „Turkistonli qardoshlarimizga“ sheʼri, „Qurboni jaholat“, „Doʻxtir Muhammadyor“ hikoyalari va „Adabiyot nadir?“ maqolasini eʼlon qilib (1914), shu davr adabiyoti namoyandalari safidan oʻrin egallagan. Turkiston aholisining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy qoloqlik sharoitida yashayotganining asosiy sababini Rossiyaning mustamlakachilik siyosatida koʻrgan Choʻlpon, boshqa jadidlar qatori, oʻz asarlari bilan xalqning madaniy va maʼrifiy saviyasini koʻtarishga kirishgan.

Muxtoriyat tugatilgach, Choʻlpon „Ilmiy kengash“, „Chigʻatoy gurungi“, „Nashri maorif“ tashkilotlari va „Turon“ teatrida adabiy, ilmiy-maʼrifiy ishlar bilan mashgʻul boʻldi. Ayni paytda shoʻro davlatining mustamlakachilik siyosati oqibatlarini fosh etuvchi sheʼr va maqolalar yozish bilan istiqlol uchun kurashda davom etdi. Ammo respublika madaniyat xodimlarining 2-qurultoyi 1927-yildan keyin Choʻlponga qarshi boshlangan kurash uni siyosiy faoliyatdan uzoqlashishga, hatto 1931-1935-yillarda Moskvaga qochib borib, musofirlikda yashashga majbur etdi.

Jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmaydi. Taʼqib va tazyiqlarga qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan shugʻullanadi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketgan va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlagan. Choʻlpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-oktyabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida qatl etiladi.

Choʻlponning adabiy merosi sheʼriyat, nasr, dramaturgiya, publitsistik va adabiy tanqidiy maqolalar hamda tarjimadan iborat.

Choʻlponning sheʼriy asarlari „Oʻzbek yosh shoirlari“, „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926) va „Soz“ (1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda eʼlon qilishgan. Ular gʻoyaviy-tematik yoʻnalishiga koʻra 2 guruhga ajraladi: sof lirika va ijtimoiy-siyosiy lirika. Ishqiy kechinma va tabiat manzaralari tasvirlangan sheʼrlarida Choʻlpon jahon lirik sheʼriyatining mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan. Sheʼrlari lirik qahramonning boy va goʻzal ruhiy olamini, tabiat manzarasini, tabiatda kechayotgan jarayonlarni katta mahorat bilan aks ettirgan. „Goʻzal“, „Sezgi“, „Sirlardan“, „Men shoirmi?“ singari sheʼrlari bilan barmoq vazniga asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Barmoq vazni Choʻlpon va Fitratning ijodiy izlanishlari bilan 20-yillarning boshlaridayoq yangi oʻzbek sheʼriyatining asosiy vazniga aylandi.

Tarixiy davr va tarixiy sharoit Choʻlpondan muhabbat va tabiat lirikasidan koʻra shu davrdagi oʻzbek xalqining ijtimoi-ysiyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvolini yaxshilashga qaratilgan asarlar yozishni taqozo etdi. Vatan va millat manfaati bilan yashagan shoir davrning shu talabi bilan bolsheviklar olib borgan siyosatning mustamlakachilik mohiyatini fosh etishga, xalqni zulm va zoʻravonlikka qarshi hurriyat uchun kurashga daʼvat etishga qaratilgan sheʼrlar yozdi („Buzilgan oʻlkaga“, „Xalq“, „Vijdon erki“, „Kishan“ va boshqalar). Choʻlpon bu sheʼrlari bilan adabiyotning kurash quroliga aylanishi mumkinligini isbotlab berdi. Shoirning yurak qoni bilan yozilgan bu sheʼrlari vatandoshlarida oʻzbek diyoriga otashin muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, erk va hurriyat gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyaladi. Agar Choʻlponning „koʻngil lirikasi“ anʼanalari keyinchalik Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqalar ijodida muvaffaqiyat bilan rivojlantirilgan boʻlsa, uning ijtimoiy mazmun bilan yoʻgʻrilgan sheʼriyati anʼanalari keyinchalik davom ettirilmay qoldi.

Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham oʻziga xosligini belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu maʼnoda uning 20-yillarda yozgan „Oydin kechalarda“, „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“ singari hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar osha „qizil ip“ yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, „Kecha va kunduz“ (1936) romanining ham asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan.

Choʻlpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika tashkil etadi. U „Yoʻl esdaligi“, „Vayronalar orasidan“ kabi qator ocherk va publitsistik maqolalarida 20-yillardagi mustamlaka oʻlka hayotining mudhish manzaralarini tasvirlagan. Choʻlpon bu asarlarida realistik tasvir sanʼatini mukammal egallagan yozuvchi sifatida gavdalanadi. Choʻlpon yozuvchilik mahoratining shunday qirralari „Kecha va kunduz“ romanida, ayniqsa, yorqinroq aks etgan. Choʻlpon Abdulla Qodiriy bilan birga oʻzbek adabiyotida realistik roman va hikoya janrlarining taraqqiyot tamoyillarini belgilab berdi.

Choʻlponning dramaturgiya sohasidagi dastlabki izlanishlari 1919-yilga oid. U shu yili „Temirchi“, „Gunoh“, „Choʻrining isyoni“ singari kichik sahna asarlarini yozdi. 20-yillarning boshlarida esa Choʻlponning „Yorqinoy“, „Xalil farang“, Oʻldiruvchi (1921), „Sevgi va saltanat“, „Choʻpon sevgisi“ (1922) pyesalari maydonga keldi (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan).

Choʻlpon „Turon“ teatriga direktorlik qilgan yillarida sahna sanʼati va dramaturgiya sirlarini, shuningdek, rus tilini puxta egallagani tufayli 1924-yil Moskvada tashkil etilgan oʻzbek drama studiyasiga adabiy emakdosh etib yuborildi. U hali rus tilini bilmagan vatandoshlariga moskvalik mashhur artist va rejissyorlarning maʼruzalarini tarjima qilib berishdan tashqari, oʻzi ham studiyachilar uchun sahna asarlari („Yorqinoy“, „Yana uylanaman“, „Qorovul uyqusi“, Lev Sverdlin bilan hamkorlikda), „Uzun quloq bobo“ni yozib, rus va yevropa dramaturglarining pyesalari (K.Gotssi, „Malikai Turondot“, Nikolay Gogol, „Tergovchi“, Vladimir Bill Belotserkovskiy, „Labbay“, Molyer, „Xasis“)ni tarjima qilib berdi.

Choʻlpon 1927-yilda Moskva va Boku drama studiyalari qatnashchilari bazasida Oʻzbek davlat namuna truppasi (1929-yildan Oʻzbek davlat teatri) tashkil etilgach, mazkur truppa (teatr) ning adabiy emakdoshi sifatida faoliyat olib bordi. Shu davrda uning kishilar va jamiyat hayotidagi nuqsonlarni hajv etuvchi „Mushtumzoʻr“, „Hujum“ (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928), „Oʻrtoq Qarshiboyev“ (1929) kabi pyesalari sahna yuzini koʻrdi. Choʻlpon ayni paytda teatr tarjimoni sifatida ham samarali ijod qilib, K.Goldonining „Ikki boyga bir qarol“, Lope de Veganing „Qoʻzi buloq“, William Shekspirning „Hamlet“, F.Shillerning „Bosmachilar“, Bill Belotserkovskiyning „Poʻrtana“, S.Levitinaning „Hukm“, A.Faykoning „Portfelli kishi“, V.Tretʼyakovning „Naʼrangni tort, Xitoy!“, Vs. Ivanovning „14–69 raqamli zirhli poyezd“ pyesalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Choʻlpon adabiy emakdosh, dramaturg va tarjimon sifatida Uygʻur bilan birga professional oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi.

Choʻlponning adabiyot va sanʼat masalalariga bagʻishlangan faoliyati kichik-kichik maqolalardan iborat boʻlsada, ularning ayrimlari dasturiy ahamiyatga ega. Choʻlpon 1914-1915-yillarda yozgan „Adabiyot nadir?“ va „Muhtaram yozuvchilarimizga“ maqolalari bilan adabiyot va sanʼatning xalq va jamiyat oldidagi vazifasini, tarbiyaviy-maʼrifiy ahamiyatini aniq belgilab berdi. U oʻzbek va xorijiy xalqlar adabiyoti namoyandalari („Marhum Tavfiq Fitrat“, „Ikki yuqotish“, „Rizo Tavfiqbek“, „Tagor va tagorshunoslik“, „Ulugʻ hindi“, „Joʻrj Dandon“, „Katta maktab egasi“, „Uvaysiy“, „Ustodning xislatlari“), teatr va musiqa sanʼati („Abo Muslim“, „Iblis“, „Shayx Sanʼon“, „Oydin“, „Malikai Turondot“, „Meyerxold teatri“, „Tursunoy sahnada“, „Ashulaga ishkiboz“, „Qiziqlar“, „Otabola sanʼatkor“, „Bazmcholgʻu toʻdasi“, „Ukraina bandurachilari“), til („Shohnoma“ning turkcha tarjimasi, „Tilimizning ishlanishi“) va tarjima („Tarjima toʻgʻrisida jindak“, „Soʻz, soʻz, suz“) masalalariga bagʻishlangan maqolalari bilan 20-yillarda adabiy tanqid, sanʼatshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarining paydo boʻlishi va shakllanishiga katta hissa qoʻshdi.

Choʻlpon adabiy merosining salmoqli qismini tarjima asarlar tashkil etadi. U Moskvada yashagan yillarida moddiy ehtiyoj orqasida koʻpgina oʻtkinchi asarlarni tarjima qilishga majbur boʻldi. Lekin shu bilan birga Choʻlpon Aleksandr Pushkin („Boris Godunov“, „Dubrovskiy“), Nikolay Gogol („Tergovchi“), I.S.Turgenev („Choʻri qiz“), I.Franko („Million“, „Feruza“), L.Andreyev („Gubernator“, „Osilgan yetti kishining hikoyasi“), A.P.Chexov („Qochoq“), A.M.Gorkiy („Ilgaklar“, „Ona“) singari rus va boshqa xalqlar adabiyotining mumtoz asarlarini ham katta mahorat bilan tarjima qilib, zamonaviy milliy tarjima maktabiga asos soldi. Choʻlpon tarjimasidagi William Shekspirning „Hamlet“ tragediyasi oʻzbek tarjima sanʼatining shoh namunasidir.

Choʻlpon shoʻro davlatining doimiy tazyiqi va nazorati ostida yashagani sababli uning koʻplab qoʻlyozmalari oʻgʻirlandi. U 1937-yilda „xalq dushmani“ sifatida ayblanib, qamoqqa olinishi arafasida va keyin ham barcha qoʻlyozma asarlari kuydirib tashlandi. Shunga qaramay, Choʻlpondan bizga qadar yetib kelgan 10 jild hajmdagi original va tarjima asarlar oʻzbek xalqining katta madaniy va maʼnaviy boyligidir.

Oʻzbekiston mustaqil respublika deb eʼlon qilingach, Choʻlponning oʻzbek madaniyatini rivojlantirish va xalq ommasini istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholandi. Choʻlponga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va „Mustaqillik“ (1999) berildi. 1997-yil Choʻlponning 100 yilligi keng nishonlanib, Andijonda Choʻlpon uy-muzeyi tashkil etildi, Tillar pedagogika instituti va litsey Choʻlpon nomi bilan ataldi. Oʻzbek milliy akademik drama teatrida Choʻlpon xayoti va ijtimoiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi „Kunduzsiz kechalar“ (Usmon Azim asari) spektakli sahnalashtirildi.

Choʻlponning „Oʻzbek yosh shoirlari“ (1923), „Goʻzal yozgʻichlar“ (1925), „Adabiyot parchalari“ (1926) majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz sheʼrlari asosida nashr qilingan „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926), „Soz“ (1935) kabi toʻplamlari yangi oʻzbek sheʼiyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.

Uning „Kecha va kunduz“ (1936) romani, „Doʻxtur Muhammadyor“ (1914), „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“, „Oydin kechalarda“ hikoyalari yangi davr oʻzbek nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi.

Choʻlponning „Yorqinoy“ (1920), „Xalil farang“ (1921), „Choʻrining isyoni“ (1926), „Yana uylanaman“ (1926), „Mushtumzoʻr“ (1928), „Oʻrtoq Qarshiboev“ (1928), „Hujum“ (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi.

Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi.

Choʻlpon Pushkinning „Dubrovskiy“, „Boris Godunov“ asarlarini, Gorkiyning „Ona“ romani va „Egor Bulichev“ peʼsasini, Lohutiyning „Evropa safari“ni, Gotsiyning „Malikai Turandot“, Shekspirning „Hamlet“ dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qoʻshdi.

Choʻlpon ijodi bilan OʻzMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Doʻstqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Choʻlponga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning „Kecha va kunduz“ romani asosida videofilm yaratilgan.

Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning „Kecha va kunduz“ romani, „Yorqinoy“ pesasi va 1915-1938-yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid Ismoilov tomonidan tarjima qilingan.

Shu yilning o‘zida „Kecha va kunduz“ romanining Stéphane A. Dudoignon tomonidan fransuz tiliga tarjimasi Fransiyada Bleu Autour nashriyotida chop etildi.




#Article 67: Isʼhoqxon Ibrat (232 words)


Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) – maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaatchilaridan bo’lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan.
Dastlabki maʼlumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq Qoʻqonga borib madrasaga o’qishga kiradi.

Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, To’raqoʻrgʻonga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda maʼrifat tarqatish bilan boshladi. 0’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.

Is’hoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. Soʻng u Sharq mamlakatlari o’ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida bo’ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon u yerlarda koʻr ishlatiladigan arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o’rgandi. U 1896-yilda o’z vataniga qaytib keldi. 1901-yilda „Lugʻati sitta-alsina“ asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lugʻat jadid maktablarida sharq va rus tillarini o’rganishda birdan bir qoʻllanma sifatida foydalanib kelindi.

Is’hoqxon Ibrat 1912-yilda yozuvlar tarixiga bagʻishlangan „Jomeʼ ul-xutut“ („Yoshlar majmuasi“) asarini yaratdi va o’z matbaasi „Matbaayi Is’hoqiya“da bosmadan chiqardi.
Ibrat chin qalbdan o’z xalqining ilmli, maʼrifatli bo’lishini istadi. Keyingi 20-yil ichida 14 ta ilmiy-:,. tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi bo’lmish „Devoni Ibrat“ sheʼrlar toʻplamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid „Tarixi Fargʻopa“, „Tarixi madaniyat“ va „Mezon uz-zamon“ ilmiy asarlarini yaratdi.

Ibratning soʻnggi yillardagi hayoti ancha tahlikali o’tdi. 1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir va maʼrifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi.
Is’hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi nomaʼlum. Afsus




#Article 68: Asaka (shahar) (890 words)


Asaka (1937 – 1991 yillarda Leninsk) – Andijon viloyatidagi shahar (1937 yildan). Asaka tumanining ma’muriy markazi. Andijon – Toshkent temir yoʻl dagi Asaka stansiyasidan 4 km. Marg‘ilon, Farg‘ona va Andijonga boradigan avtomobil yo‘llari kesishgan joyda. Asakadan Andijon shahrigacha 16 km. Shahar adirlar yoqalab oqayotgan Shahrixonsoy sohilida, dengiz sathidan 495 m balandlikda joylashgan. Uning yon atrofini paxta dalalari, yon-bag‘irlarini bog‘lardan iborat adirlar o‘rab turadi. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 26, G, yanvarniki – 2,9°. Viloyatning Andijondan keyingi yirik industrial shahri. Aholisi 52,8 ming kishi (2000).Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (professor T. Shirinov) Asaka nomini Farg‘onada miloddan avvalgi 6–5-asrlarda yashagan sak kabilalari bilan bog‘laydi. Chunki bu qabila ba’zi joylarda assakenlar nomi bilan ham yuri-tilgan. Ularda asvaka – ot, assaka – otliqlar ma’nosini bildirgan. Arxeolog B. Matboboyev yuqoridagi fikrni vodiyning sharqiy qismida topilgan toshlardagi otlar tasviri bilan asoslashga harakat qilgan va shu joylarda nasldor otlar yetishtirilgan degan fikrni ilgari surgan. Toponomist olim S. Qorayev Asaka tumanidagi Axtachi qishlog‘i nomi mo‘g‘ulcha bo‘lib, ot tabibi (sinchi), otboqar degan ma’noni bildirishini ta’kidlab, yuqoridagi mulohazalarni birmuncha tasdiqlaydi. Shularga asosla-nib Asaka shahrining 60 yilligi (1997) mu-nosabati bilan katta yo‘l yoqasidan shaharga kiraverishdagi maydonda tulpor otning ramziy haykalchasi qo‘yildi. Asaka shahrining qadimgi davr tarixi bilan bog‘liq arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan. Umuman Asakaning qadimgi tarixi Farg‘ona vodiysining Axsi, Quva, Andijon kabi qadimgi shaharlari atrofidagi qishloqlari tarixi bilan bevosita bog‘liq. Asaka 19-asr tarixchisi Avaz Muhammad Attorning Tarixi jahonnoma va Tarixi Xo‘qand asarlarida tilga olin-678gan. Uning yozishicha, Asaka shahri hududida Xudoyorxon qal’a qurdirgan va bu yerda xonning dala hovlisi ham bo‘lgan. 18-asr oxirida qurilgan Shahrixonsoy ka-nali shaharning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1899 yil Toshkent – Andijon temir yoʻl qurilishi munosabati bilan Asakaga uz. 4 km li temir yoʻl shoxobchasi o‘tkazildi. Shundan so‘ng Asakada yevropalik, xususan rus va mahalliy boylar sanoat korxo-nalarini qura boshladilar. 20-asr boshlarida Asakada 2 ming kishi yashagan. Paxta tozalash va yog‘ zavodlari bo‘lgan. Aholining asosiy qismi mayda hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. 1946 yilda motor ta’mirlash zavodi qurib bitkaziddi. Yog‘-moy zavodida issiqlik elektr markazi ishga tushdi. Urushdan keyingi yillarda Asaka yaqinidagi Andijon va Polvontosh neft konlari, Xo‘jaobod gaz koni munosabati bilan Asaka shahar sanoat korxonalari salmog‘i ortdi. Yuqoridagi konlarni maxsus uskuna va texnika jihozlari bilan ta’minlovchi omborxonalar qurildi. Polvontosh – Asaka gaz kuvuri yotqizildi (1947). 60-yildan shahar sanoati korxo-nalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslasha boshladi. 70 –90-yillarda to‘qimachilik korxonasi (hozirgi Asakato‘qimachi aksiyadorlik jamiyafti), paxta tozalash zavodlari, elektrotenika, avtomobil tuzatish korxonalari qurildi.1994 yil noyabrda O‘zDEUavto qo‘shma korxonasi inshootlari qurilishi bosh-lanib, korxona 2 yilda ishga tushirildi: 1996 yil 19 iyulda zavodning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov, DEU korporatsiyasining Prezidenti Kim U Jung janoblari tashrif buyurdilar. Korxonadan jahon bozori talablariga javob bera oladigan, yoqilg‘ini kam sarf-laydigan ixcham, chiroyli, qulay bo‘lgan Damas, Tiko, Neksiya avtomobillari chiqarila boshladi (qarang Avtomobil, Asaka avtomobil zavodi). O‘zDEUavto qo‘shma korxonasining salmog‘i Asaka shahri sanoat korxonalari mahsulotlarining 92,3% ga, Andijon viloyat sanoat korxonalari mahsulotlarining 55,2% ga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari shaharda O‘zDEUavto qo‘shma korxonasi uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi O‘zDong-Vong qo‘shma korxonasi, Anzis zavodi, shuningdek Italiya bilan hamkorliqda makaron ishlab chiqaruvchi FAM qo‘shma korxonasi bor. Asakada hammasi bo‘lib 12 yirik sanoat korxonasi ishlaydi; 510 dan ziyod kichik va o‘rta biznes bilan shug‘ullanuvchi xususiy firma faoliyat ko‘rsatadi (2000). Asaka sanoati rivojlanishi bilan birga har jihatdan qayta qurilmoqda: yangi ko‘chalar ochilmoqda, yo‘llar qurilmoqaa. Xonobod–Asaka suv quvuri yotqizildi. Shaharda Toshkanboy Egamberdiyev no-midagi madaniyat va istirohat bog‘i bor. Bog‘ning eng to‘rida Asakada yashab o‘tgan avliyolardan Xoja Abdulloh Tug‘dor qabri o‘rnida maqbara qurildi. Bu joy ziyoratgoh, muqaddas maskan hisoblanadi. Ziyoratgoh yaqinida Shahrixonsoyning bosh to‘g‘oni joylashgan. Shu yerdan Oxun-boboyev soyiga, Asaka tashlamasi kanali va bir necha ariqlarga suv taqsimlanadi.Asakada 2000 yilda maishiy xizmat kasb-hunar kolleji qurilib ishga tushdi. 1999/2000 o‘quv yilida 10 umumiy ta’lim maktabi, gimnaziya, akademik litsey, kol-lejda 12 mingdan ortiq o‘quvchi o‘qidi; 22 bolalar bog‘cha va yaslilari, 4 kasalxo-na, salomatlik markazi, poliklinika va ambulatoriya ishladi. Shaharda 2 kinote-atr, madaniyat uyi, 2 klub, 15 kutubxona, 3 stadion bor. 16 fuqarolar yig‘ini tashkil etilgan (2000). Asaka – Andijon, Asaka – Farg‘ona yo‘nalishida avtobus qatnaydi. Asaka oqshomi shahar gaz. chiqadi.Asaka teatri – 1932 yil havaskor yoshlarning Ko‘k ko‘ylak truppasi aso-sida tashkil etilgan. 1935–39 yillar viloyat musiqali drama teatri deb nom-langan. Teatr jamoasi turli davrlarda ishlagan san’atkorlar: Zulunbek Mamadaliyev (rejissyor), G‘anijon Toshma-679tov, Yusufjon Dadajonov, Qahramon Yo‘lchiyev, G‘ulomjon Ro‘ziboyev (musiqa rahbarlari), Mamanurqori Dolixo‘jayev, Abduraim Matkarimov, Halimaxon Dadajonova (aktyorlar), Tursunxon Akbarova, Oyshaxon Usmonova, Habibaxon Oxunova, Tursunboy Yusupov (xonandalar), Shirmonxon G‘oziyeva, Oydin Akbarova (raqqosalar) va boshqa Repertuarlarida Halima, Nurxon, Gulsara, Farhod va Shirin kabi mumtoz sahna asarlari bor edi. 1939 yil teatr jamoasi tarqatib yuborildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda yana shakllandi va Neftchilar klubida faoliyat ko‘rsatdi. 1959 yilda teatr xalq teatriga aylanti-rildi.

Oktabr inqilobiga qadar shahar oʻrnida Assake kishlogi boʻlgan. 1898-yilda qadar esa bu manzilgoh oʻrnida 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻolonining markaziga aylangan qishloq boʻlgan,.

Asaka 2010-yildan tumanga boʻysunuvchi shahar maqomida, ungacha esa u viloyatga boʻysungan.

Asaka Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati markazi hisoblanadi, 1990-yillarning oxirida yiliga 250 ming donagacha avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Daewoo avtomobil zavodi qurib bitkazilgan. UzDeu Avto amalda shahar miqyosidagi ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi.

Shuningdek, shaharda boshqa bir qator zavodlar: UzDongVonKo, paxta tozalash, yogʻ-moy, avtoremont, temir-beton uskunalar, qurilish materiallari, kislorod ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar bor.

Shahardan Andijon – Qoʻqon temiryoʻl liniyasi oʻtgan, shaharning oʻzida „Asaka (temiryoʻl stansiyasi)“ temiryoʻl stansiyasi bor. Shahar, shuningdek, Margʻilon, Fargʻona va Andijonga olib boruvchi avtomobil yoʻllari tuguni ham hisoblanadi.

Shahar yaqinida neft va tabiiy gaz qazib olinadi.

Asakada savdo, tibbiyot, sanoat, xalq xoʻjaligi, iqtisodiyot kollejlari, shuningdek, akademik litsey bor.




#Article 69: Muhammad (1042 words)


Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — islom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.) yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali odamlarga Qurʼon nozil qilingan.

Quraysh qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shugʻullangan Muhammad Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va Damashq shaharlariga boradi. Muhammad 25 yoshida (595 yil) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan. Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan.

Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad Makkada oʻzining Allohdan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammadning amakivachchasi Ali ibn Abu Tolib, hamda asrandi oʻgʻli Zayd ibn Horisa eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn Avf va Usmon ibn Affon Muhammadni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliylar esa Muhammad taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi Efiopiya) ga koʻchib ketgan. Muhammad jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va Umar ibn Xattobning qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammadni Yasribga koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi Abu Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, hijrat)dan musulmonlar erasi — hijriy yil hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy („Paygʻambar shahri“) yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi.

Madinada birinchi masjid qurildi, islom arkonlari ishlab chiqila boshlandi, Kaʼba qibla qilib belgilandi. Jamoani jipslashtirish va uni kengaytirish uchun makkalik mushriklarga qarshi kurashish zarur edi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan iqtisodiy urush ular farovonligining asosiy manbai boʻlgan savdo karvonlari ishini chippakka chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari oldida Badr jangi, 625 yilda Uhud togʻi etagida Uhud janglari boʻldi. 626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorladi, shahar atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi. Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina jamoasini yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yangi badaviy qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi. Hijratning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish uchun Muhammad bilan tengma-teng muzokara olib borishga majbur boʻlishdi (q. Xudaybiya bitimi). Madinaga qarshi kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi. 630 yilda Makka Muhammadga jangsiz taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad jamoalariga qoʻshildi. 631 yildda koʻp qabilalar Muhammadga boʻysundi va islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632 yil martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu vidolashuv haji boʻlgan. Mana shu ziyorat Makkaning islom dini markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan buyon oʻtgan barcha asrlar davomida musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi. Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom etmagan kasallikdan soʻng Muhammad Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid ichida qolgan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan.

Muhammadning hayoti va tarjimai holi siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat paygʻambarning hayoti barcha musulmonlar uchun namuna boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida Muhammad hech qanday gʻayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd etiladi.

Muhammadning shaklu-shamoyillari, siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning „Shamoili nabaviya“, Muhammad Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“, Muhammad ibn Solihning „Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning „Siyari sharif“, Akbarobodiyning „Nodirul-meʼroj“, Sayyid Mahmud Taroziyning „Shirin kalom“, „Nurul kalom“, „Nurulbasar“ va boshqa koʻplab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning „Shamoili Muhammadiyya“ kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan. Maslan, ikki kiftlari oʻrtasida „Muhammadun rasululloh“ deya bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani, soch-soqollarining oqu-qorasi nechta boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari, xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari, soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari toʻgʻrisida jumladan shunday naql qilinadi: „Ul zotning boʻylari unchalik novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl, oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish, koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek koʻrinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa tomonlarini ham shunday koʻrar edilar“.

Abdulaziz Mansur.




#Article 70: Andijon (shahar) (718 words)


Andijon viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqida. Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulning oʻrtacha harorati 27 °C — 28 °C, yanvarniki — 3 °C. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon shahri shimoli-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani, gʻarbdan Buloqboshi tumani va janubi-sharqdan Andijon tumani bilan chegaradosh.

Shaharning paydo boʻlishi va nomining kelib chiqishi haqida turli xil afsona va rivoyatlar mavjud. Ayrim manbalarda shahar nomi „andi“, „adoq“ („azoq“) kabi urugʻ atamalari bilan bogʻliqligi koʻrsatilgan. Bir vaqtlar bu yerda andilar (hindlar) yashagan va shaharning nomi „Andukon“ deb atalgan, degan rivoyat ham bor. Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida 7 — 8- asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan. Andijon ilk bor yozma manbalarda 10-asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. 11 — asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. 11—12 — asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, 13- asr oxirlarida moʻgʻul xonlari boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan. A. 14- asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. 15 — asr 2 — yarmidan A. Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj topgan. Xususan, Bobur oʻzining mashhur „Boburnoma“ asarida Andijonni shunday taʼriflaydi: „Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz) qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“…. 1504 yildan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876 yil gacha) A. bekligining qarorgohi boʻlgan.
Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan.

Andijon kuchli seysmik zonada joylashgan. 1902-yil 16-dekabrda 9 balli zilzila boʻlib, mahalliy aholi uylari butunlay vayron boʻldi 1916-yil Andijon mehnatkashlari podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonida faol qatnashdi.

Shaharda 48 zamonaviy yirik sanoat korxonalari, 63 qurilish tashkilotlari va mahalliy sanoat korxonalari ishlab turibdi. „Andijonmash“, „Andijonirmash“ kabi aksiyadorlik jamiyatlari paxta zavodlari uchun uskunalar, qishloq xoʻjaligi mashinalariga ehtiyoj qismlar, nasoslar, universal yuklagichlar, aylanma pluglar, nogironlar uchun aravachalar va boshqa anjomlarni ishlab chiqaradi. Andijonda ishlab chiqarilgan dizel va nasoslar, universal yuklagichlar bosh-qa mamlakatlarga eksport qilinadi. Andijon korxonalari elektronika („Elektrodvigatel“, „Elektroapparat“ aksiya¬dorlik jamiyatlari) mashinalari ham ishlab chiqaradi. „Biokimyo“ zavodida etil spirti, efiroaldegidnal fraksiya, uglekislota va chorva ozugʻi tayyorlanadi (qarang Andijon biokimyo zavodi). Tikuvchilik va poyabzal fabikalari bor. Mahalliy sanoat korxonalari ham poyabzal, bezakli gazlama, mebel va uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Andijonda oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlari rivojlangan.
Shaharda 50 qoʻshma korxona mavjud (AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Italiya, Qirgʻiziston va boshqalar bilan hamkorlikda). Ulardan 5 tasi „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasiga avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi. Shaharda yildan yilga yangi qoʻshma korxonalar ishga tushirilib, zamonaviy va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻl ga qoʻyilmoqda.
Shaharda 3000 taga yaqin kichik va oʻrta biznes subyektlari, 7000 dan ziyod xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar bor.

Mustaqillik yillarida shaharda bunyodkorlik ishlari rivoj topdi. Andijon viloyati hokimiyati binosi oldida shaharning markaziy maydoni bunyod etilib, Bobur nomi berildi (1991) va bu yerga uning ot minib turgan haykali oʻrnatildi. Maydon atrofida Oxunboboyev nomidagi viloyat teatr binosi, Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi, Abbos Bakirov nomidagi kinoteatr, Andijon tibbiyot institutining bosh binosi joylashgan.
Shahar markazidan oʻtgan eng katta kucha — Alisher Navoiy shoh koʻchasidir. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi 1999—2000 yillarda qayta taʼmirlanib, sharqona shaklda „Ark“ darvozasi bunyod etildi. Bogʻ ichida ramziy burgutga uygʻunlashtirib qurilgan tomosha inshooti—amfiteatr nihoyatla mahobatli koʻrinishga ega. Endilikda viloyat va shaharning eng katta tantanalari shu yerda oʻtkaziladi. Shaharda keyingi yillarda zamonaviy meʼmorlik anʼanalarida qurilgan tennis korti, „Navroʻz“ stadioni, aeroportdagi deputatlarni kutib olish va joʻnatish zali, „Avtotexxizmat“, Choʻlpon bogʻi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, „Asakabank“ shahar moliya boʻlimi binosi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining boʻlimi binolari, Andijon tibbiyot instituti, 4 kasb-hunar kolleji, akademik litseylar, „Beeline“ qoʻshma korxonasi, koʻp qavatli turar joy binolari va koʻplab supermarket, savdo shaxobchalari bunyod etildi. Shaharda 25 transport va 5 aloqa korxonasi, 10 kommunal tashkilotlari m




#Article 71: Turkiston (365 words)


Markaziy Osiyoni oʻz ichiga olgan tarixiy davlat.

Turkiston — Markaziy Osiyoning oʻrta asr tarixiygeografik adabiyotlarda uchraydigan nomi. Manbalarda Turon va Turkiston atamalari oʻrnida qayd etilgan. 639 y. Turfonda tuzilgan sugʻd hujjatida Oʻrta Osiyo mintaqasining nomi sifatida ishlatilgan. T. atamasi Oʻrta Osiyo va Movarounnahr nomlaridan farqli ravishda nafaqat geografik, balki etnogeografik tushunchani anglatib, shuningdek, siyosiyhuquqiy ahamiyatga ham ega boʻlgan. Arablar istilosidan soʻng T. toponimi oʻzining siyosiyhuquqiy maʼnosini yoʻqotmagan. Uning siyosiy sarhadlari Uzok, shim. va sharqqa, Arab xalifaligi, Qarluq va Uygʻur xoqonliklari bilan chegaradosh boʻlgan yerlargacha yoyilgan. Ayni mana shu davlatlar endilikda T. nomi bilan arab tarixchigeograflari asarlarida (8—10-asrlar) qayd etilgan. Markaziy Osiyoning markaziy va jan. viloyatlari (Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi) Movarounnahr deb atala boshlagan.

Qoraxoniylar davlati barpo etilishi bilan T. toponimining ahamiyati yana qayta oʻzining sobiq hududlari doirasida deyarli tiklanadi, uning jan. sarhadlari Amudaryo bilan belgilanadi. Movarounnahr atamasi esa, T.ning bir qismi sifatida, yaʼni K,oraxoniylar, soʻngra Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatining bir qismi sifatida qarala boshlagan. Mahmud ibn Valnning yozishicha, Turkiston — bu keng va koʻngilli yurtdir.., bu yurtning uzunligi Sayhun daryosining qirgʻogʻidan Qoramurun daryosi qirgʻogʻigacha boʻlib, bu yerni Moʻgʻuliston nomi bilan ataganlar. Muallif T.ning yana bir nomi — bu Turon va uning aholisi turklar deb yozadi. Shu davrdagi Moʻgʻuliston Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Oltoyni qamrab olgan. 19-asr oʻrtalarida T. xududi (3 mln. kv. km dan ortiq) gʻarbda Ural togʻlari etagi va Kaspiy dengizi, sharkda Oltoy togʻlari va Xitoy, jan.da Eron va Afgʻoniston, shim.da Tomsk va Tobolsk gubernyalari bilan chegaradosh boʻlgan. T. shartli ravishda Gʻarbiy (Qozogʻistonning jan. qismi, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlari), Sharqiy (SintszyanUygʻur muxtor rayoni) va Afgʻon T.i (Afgʻonistonning shim. qismi)ga boʻlingan. Rossiya imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy T. hududida 1867 y. Turkiston generalgubernatorligi tashkil qilingan. 1886 yildan rasman Turkiston oʻlkasi deb atala boshlagan. Oktyabr toʻntarishidan soʻng , 1918 y. aprelda Gʻarbiy T. hududida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TurkASSR) tuzilgan. Shoʻro hokimiyati yagona va mustaqil T.ni qayta tiklash gʻoyasi tugʻilishidan xavfsirab 1924—25 yillarda shoshilinch suratda T.xalqlarining milliydavlat chegaralanishi deb atalmish tadbirni oʻtkazgan. Natijada, ugla paytda siyosiy ahamiyat kasb etgan T. atamasi sunʼiy ravishda isteʼmoldan chiqarilib, oʻrniga rasmanOʻrta Osiyo geografik termini joriy qilingan.

Ad: Bartold V.V., Istoriya Turkestana, Sochineniya, T. 11(1), M., 1963; Sagdullayev A. S., Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1996.

Shamsiddin Kamoliddinov.




#Article 72: Son (262 words)


Son — narsalarni sanash, miqdorni belgilash uchun qoʻllaniladigan matematik vosita; matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Narsalarni sanashga boʻlgan ehtiyoj tufayli eng sodda koʻrinishda ibtidoiy jamoa davrida vujudga kelgan, insoniyat faoliyati doirasining kengayishi bilan takomillashgan. Dastlab, butun musbat (natural) sonlar, keyinchalik cheksiz natural sonlar qatori (1, 2, 3, 4, 5...) tushunchasi kelib chiqdi. Natural va tub sonlar qatorlarining cheksizligi hamda yetarlicha katta sonlarni nomlash, belgilash masalalari miloddan avvalgi 3-asrdayoq yunon matematiklari Yevklid va Arximedning asarlarida taxlil qilingan. Sonlar ustidagi toʻrt amal qoidalarini oʻrganish bilan arifmetika shugʻullanadi. Son tushunchasining takomillashishi kasr son tushunchasini kiritish bilan boshlandi. Kasr son biror miqdorni oʻlchash, yaʼni bu miqdorni boshqa bir miqdor — oʻlchov bilan taqqoslash natijasida kelib chiqqan. Son tushunchasining keyingi takomillashishi fan rivojining natijasidir. Masalan, algebraning taraqqiyoti manfiy sonlar tushunchasiga olib keldi. 6—12 asrlarda hindlar masalalar yechishda manfiy sonlarni qoʻllagan edilar. Son tushunchasining rivojlanishiga oʻrta asr Sharq, matematiklari ham katta hissa qoʻshdilar. Yevropada manfiy sonlarni birinchi marta R. Dekart (17-asr) kiritdi. Hamma butun, kasr (musbat ham manfiy) sonlar va nol — ratsional sonlar deyiladi. Uzluksiz ravishda oʻzgaradigan miqdorlarni oʻrganish uchun irratsional son tushunchasi kiritiladi. 18—19-asrlarda algebrada tenglamalar nazariyasining rivojlanishi kompleks sonlar tushunchasiga olib keldi. Son tushunchasini va uning xossalarini 19-asrda nemis matematiklari G. Kantor, R. Dedekind, K. Veyershtrass va italiyalik matematik J. Peano oʻz ishlarida toʻla asoslab berdilar (yana q. Pi soni, Algebraik sonlar, Ratsional sonlar, Kompleks sonlar).

Matematika, yeyo soderjaniye, metodoʻ i znacheniye: t, 1, M., 1956;
Depman I. Ya., Istoriya arifmetiki, M, 1965;
Matviyevskaya G. P., Ucheniye o chisle na srednevekovom Blijnem i Srednem Vostoke, T., 1967;
Feferman S, Chislovoʻe sistemoʻ, per, s angl., M., 1971.




#Article 73: Xiva (1424 words)


Xiva – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. Oʻzbekistonning shim.gʻarbida, viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 95 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qad. Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Urganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². Aholisi 89,5 ming kishi (2017). Shaharning qadimgi qismidagi juda koʻp arxitektura yodgorliklariga boy boʻlgan Ichan-Qal’a sharqning ekzotik shahar timsolini oʻzida saqlab qolgan afsonaviy shahardir.

Xiva – Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar mil. av. 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qad. osetin tilidagi Xiauv – qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq–Xeyvaniq–Xeyvaq–Xeva–Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchisolnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan Dili Gʻaroyib asarida Xorazmning qad. shaharlarini nommanom sanar ekan, Bu mamlakatning yana bir qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir deydi.

Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga bo rib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qad. Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan.

Xiva toʻgʻrisidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar 10-asrdan boshlab arabfors tilidagi tarixiygeografik manbalarda uchraydi.

Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U. Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.

Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100shahar boʻlib, dunyoga alXorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.

Mil. av. 5-asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Axomaniylar davlati tasarrufida, soʻngra mustaqil Xorazm davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni Gʻarb bilan bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 4-asr boshlaridan Xiva – Xorazm bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Budavrda u qalʼa devori bilan oʻrab olingan. 712 yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyoxdari Istaxriy va Mukaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221 yildan moʻgʻullar imperiyasi, 1389 yildan temuriylar davlati tarkibida, 16-asr boshlaridan 1920 yil 2 fev.gacha Xiva xonligi poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873 yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasita koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920–24 yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib turgan.

Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S.P.Tolstov, Ya.Gʻ.Gʻulomov, A.I.Terenojkin va boshqa tomonidan 20-asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984–1993 yillarda arxeologik kazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridsi. Shahar xududida 6 ta stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qad. qismi – Ichan qalʼada 1200 m² boʻlgan maydon qazib oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 m gacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo boʻlish davri qad. ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining birinchi davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr mil. av. 5-asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiklari shu davrga mansubdir. Mil. av. 5-asr oxirida Xorazm Eronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari shakllana boshladi.

Mil. av. 4–3-asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli qalin devor bilan oʻrab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib, bunyod etilgan. Gʻishtlarning aksariyatiga tamga bosilgan. Devor orasida (ichida) eni 2 m li yoʻlak boʻlgan. Devor boʻylab, har 22– 27 m masofada minoralar tiklangan. Devordagi minoralar toʻgʻri burchakli boʻlgan. Qalʼa devorining butun tizimi asosiy devordan 4,4–8,5 m masofadagi qoʻshimcha toʻsiq – devor bilan oʻrab chiqilgan.

Devor ichi va yoʻlaklardan topilgan sopol buyumlar mil. av. 4–3-asrlarga taallukli. Boʻyin qismi ingichka, nozik kilib ishlangan xum va xumchalarning sirtiga och pushti rangda gul naqshi solingan. Yana bir nodir topilma – koʻzachaning sher kallasi shaklidagi dastasidir. Qad. qalʼa devori va yoʻlaklar Xiva oʻsha davrda vohada yirik shaharlardan biri sifatida Xeykaniq (Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin hududlarni nazorat qilib turganligini tasdiqlovchi dalildir.

Xiva dastlab agrarhunarmand shahar sifatida rivojlandi. Mil. av. 2-asrda Xivaning katta qismi qum ostida qolgach, aholi shaharni tark etdi. Ichan qalʼa devorlari vayron boʻldi.

Mil. boshlarida shaharda hayot yana tiklana boshladi. Qalʼa devorining gʻarbiy qismida ark bunyod etildi. 1–3-asrlarda (Kushonlar davri) Xiva Ichan qalʼa devorlari tashqarisidan qalin gʻishtin devor bilan mustahkamlandi, natijada shahar devori qalinligi 7,5– 9 m ga yetdi.

Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, mil. 4–5-asrlarda shaharni yana qum bosgan. 6–8-asrlarda Xiva qayta tiklana boshladi. Xiva xududida zamindorlarning dastlabki koʻshklari paydo boʻla boshladi. Ichan qalʼada shunday koʻshklardan 2 tasi topilgan.

Shahar Xorazmshoxdar davri (12–13-asr boshi) ravnaq topib, hududi kengaydi. 1220–21 yillarda Xiva Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron etildi. Keyinroq qayta tiklana boshladi. Hunarmandchilik (kulolchilik, koshinkorlik va boshqalar) rivojlandi.

Xiva 16-asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgara bordi. Shahardan oʻzaro koʻndalang kesishgan 2 ta katta koʻcha va 4 darvoza (Otadarvoza, Polvondarvoza, Bogʻchadarvoza, Toshdarvoza) orqali Dishan qalʼa (rabod) ga chiqiladi. Ichan qalʼa devorining uz. 2200 m, bal. 6– 8 m, tag zaminining qalinligi 5–6 m. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uz. 650 m, eni 400 m, jami 26 ga maydonga ega.

Xivaning rabod qismi Dishan qalʼa 1842 yil Olloqulixon davrida (1825– 42) baland devor bilan oʻrab olingan. Oʻsha davrda Ichan qalʼada 33 mahalla (machitqavm) va Dishan qalʼada 34 mahalla boʻlgan. Mahallalar nomi shu yerda yashayotgan aholining kasbkori (Chitkarlik, Elakchilik, Kulollar, Misgarlik, Gʻassollar) yoki shaxs lavozimi (Otamurod qushbegi, Yoqub mehtar, Yusuf yasovulboshi) bilan atalgan. Shaharda 109 kattakichik koʻcha, 79 masjid va 120 qorixona boʻlgan. Xivada 19-asr oʻrtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar, asosan, 19-asrning 2-yarmidan kengaya bordi.

Xivaning ilk tarhi 1740 yilda chizilgan. Shahar tarhi uzunasiga 1 ming m, eniga 400 m boʻlib, 40 ga maydonni egallagan. Uning butun tevarak atrofi suvli xandaq bilan oʻrab olingan. Shaharga sharq tomondan maxsus koʻprik orqali kirish mumkin boʻlgan. Koʻprik kechalari koʻtarib qoʻyilgan. Koʻprik yonidagi darvozadan boshlangan katta koʻcha toʻppatoʻgʻri Ark darvozasiga borib taqalgan. Ark shaharning gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharning asosiy koʻchasi uni 2 qism (shim. va jan.) ga ajratgan. Arkda xon saroyi, haramxona, aslahaxona boʻlib, ular maxsus qalʼa devori bilan oʻralgan. Lekin, oʻsha davrdagi baʼzi inshootlar chizmaga kirmay qolgan. Shaharning yana bir tarhi Rossiyadan maxfiy topshiriq bilan kelgan topograf G.N.Zelenin tomonidan 1839 yilda chizilgan. Zeleninning maʼlumotlariga koʻra, shaharda oʻsha davrda 17 ta masjid, 22 ta mahalla va 260 savdo rastasi boʻlgan. Shaharning juda aniq va mukammal boʻlgan soʻnggi tarhi 1873 yilgi rus istilosidan soʻng rus topograflari tomonidan tuzilgan va oʻsha yiliyoq 1873 yilgi Xiva yurishlari maqolasiga ilova tarzida bosilgan.

Meʼmoriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar Oʻrta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qalʼa (shahriston) qismi tarixiymeʼmoriy yodgorliklar qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni YUNESKO Bosh konferensiyasining (1995 yil oktabr–noyab.) 28sessiyasida alohida qayd qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500 yilligi 1997 yilda jahon miqyosida keng nishonlandi.

Shaharda XivaKarpet qoʻshma korxonasi, sopol buyumlar, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, tikuvchilik, Xiva gidami aksiyadorlik jamiyati va boshqa gilam toʻqish korxonalari, non kti, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Urganch universitetining agromenejment fti, Oʻzbekiston FAning Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻlimi, Qoraqum i.t. stansiyasi, ped., tibbiyot, turizm kasb-hunar kollejlari, kasbhunar litseyi, gimnaziya, 15 umumiy taʼlim maktabi, mehribonlik uyi, 2 maxsus internat, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, sanʼat maktabi, 2 kutubxona va uning tarmoqdari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. AlXorazmiy, Feruz yodgorliklari, birinchi oʻzbek kinooperatori Xudoybergan Devonov muzeyi, markaziy stadion, sport majmuasi, tennis korti, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor.

Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, bolalar kasalxonasi, tish davolash markazi, markaziy dorixona, xususiy dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.

Tarixiy-meʼmoriy obidalardan Sayd Aloviddin maqbarasi, Pahlavon Maxmud majmuasi, Juma masjid, Koʻhna Ark, Oqshayx bobo koʻshki, Toshhovli, Nurullaboy saroyi, Muhammad Aminxon madrasasi, Muhammad Rahimxon madrasasi, Islomxoʻja madrasasi va minorasi, Olloqulixon madrasasi, Qutlugʻmurod inoq madrasasi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi, Anushaxon xammomi, Oq masjid, Polvon darvoza, Ota darvoza, Bogʻcha darvoza, Tosh darvoza, Hazorasp darvoza, Kush darvoza va boshqa saqlanib qolgan.

Shaharda Xiva–Sharq gavhari jurnali (2001 yildan), Xiva tongi tuman gaz. nashr etiladi. Shahar jahon turizmi markazlaridan birga aylangan. Xivaga har yili 200 mingdan ziyod sayyoh, shu jumladan, 7 mingga yaqin xorijlik sayyoh va mehmonlar tashrif buyuradi. Shaharda Oʻzbekturizm milliy kompaniyasiga qarashli va bir necha xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi.

Xivadan Urganch shahriga trolleybus katnovi yoʻlga qoʻyilgan (1997). Xiva–Toshkent, Xiva–Buxoro, Xiva–Navoiy–Samarkand–Toshkent yoʻnalishida, shuningdek, Urganch, Qoʻshkoʻpir, Yangiariq, Bogʻot, Hazorasp va viloyatdagi boshqa shahar va yirik aholi punktlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.




#Article 74: Oʻzbekiston Ekoturizmi (460 words)


Ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oʻzgarishlar jarayonida mamlakatda ekoturizmning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbyekiston Ryespublikasining koʻpgina mintaqalaridagi tajribaning koʻrsatishicha, ekoturizm — bu ishchi oʻrinlar sonini koʻpaytirishga, tabiiy ekotizimlarni tiklash va saqlashga koʻmaklashuvchi ijobiy ekobiznyesdir, bu esa oʻz navbatida ekoturizmni Markaziy Osiyoda kyeng tarqatish zarurligini koʻrsatadi.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda koʻpgina sayyohlik tashkilotlari Oʻzbyekiston boʻylab ekologik turlarni ishlab chiqishdi, shuningdyek mamlakatda byevosita ekoturizm bilan shugʻullanadigan tashkilotlar tuzildi.

Ana shunday tashkilotlardan biri «Oʻzbyekturizm» Milliy kompaniyasi, Fridrix Ebyert nomli Fond(GFR) va Xalqaro «Ekosan» fondi rahbarligida oʻtkazilgan «Ekoturizm va Buyuk Ipak Yoʻli» 1-Xalqaro Konfyeryentsiya tavsiyalariga koʻra tuzilgan «Ekosan-tur» Markazidir. Markaz faoliyatining rivojlanishiga sayyohlik sohasining mutaxassislari, Oʻzbyekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining tabiatni asrash tashkilotlari, maslahatchilar jalb qilingan. Mintaqalardagi ekoturizm ob’yektlarida faoliyat yurituvchi biznyes tuzilmalar va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdyek joylardagi oʻz-oʻzini boshqarish organlari ham jalb etildi.

Markaz faoliyatining rivojlanishiga 1999 yili Oʻzbyekiston Ryespublikasi Pryezidyenti tomonidan tasdiqlangan «2005 yilgacha boʻlgan davr mobaynida Oʻzbyekistonda turizmni rivojlantirish Dasturi» ham yordam byerdi. Ushbu Dasturga jahon madaniyati va tarixining myerosiga kiruvchi tabiiy yodgorliklarini, qoʻriqxonalarini saqlash va aniq maqsadlarda foydalanish boʻyicha markyeting chora-tadbirlari kiritildi.

Ekoturistik marshrutlarning markyeting stratyegiyasi ishlab chiqilishi va rivojlanishida, Markaz ekologik ryesurslarning yaxlitlikda saqlanishi majburiyligi va bu ryesurslarga nagruzkalarning yoʻl qoʻyilmasligini inobatga oladi. Ushbu aspyektda oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbyekiston Ryespublikasining tabiatni asrash qonunchiligi, shuningdyek, atrof-muhit va mustahkam rivojlanish sohasida xalqaro kyelishuvlarda qabul qilingan normalar Markazning oʻz maqsadiga yetishishida ijobiy yordam byeradi.

Oʻzbyekiston Ryespublikasida ekoturizmning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina muammolar bor jumladan, mahalliy aholini ekoturistik faoliyatga jalb qilish, malakali mutaxassislarning yetishmasligi, koʻpgina mamlakatlardagi potyentsial sayyohlarning Markaziy Osiyo mintaqasining ekoturistik noyob tabiiy-landshaft imkoniyatlaridan byexabarligidir.Ushbu va boshqa masalalarni yechish maqsadida ekoturizmning mustahkamligi va ustunligi toʻgʻrisida mahalliy aholi(mahalla) bilan uchrashuvlar oʻtkazilayapti, Iqtisodiyot univyersityetida va «Oʻzbyekturizm» MKda kadrlarni oʻqitish boshlandi.

Mintaqaning ekoturistik imkoniyatlari toʻgʻrisida xorijiy jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida chyet ellik turistik markazlar, turfirmalar bilan maslahat uchrashuvlari olib borilmoqda. Bu ishda xorijiy davlatlardagi Oʻzbyekiston elchixonasi va «Ekosan» fondining chyet eldagi boʻlimlari ish olib borishyapti. Markaz tomonidan tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy aspyektlarda loyihaning amalga oshirilishi toʻxtovsiz ravishda kuzatilmoqda, ularning oʻzaro aloqasi ekoturizmning mustahkamligi koʻrsatkichidir.

Quyidagi holatlar monitoring indikatorining ahvolidir:

Tabiiy ekotizim, biogyeotsyenoz, biologik harxillikni saqlash va tiklash.
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, suv ta’minoti, sanitar-gigiyenik sharoitlar, myehnat sharoitlarini yaxshilash.
Iqtisodiy koʻrsatkichlar, mahalliy aholi daromadlarining oʻsishi, aholi punktlarining obodligi.
Ekologik madaniyat, madaniyat darajasining oʻsishi. Ekoturistlarning tashrifi natijasiga koʻra(dipkorpus missiyasi va 50 mamlakatdagi xalqaro tashkilot vakillari hamda 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar) Orolboʻyi mintaqasiga yiliga 20 mln.AQSh dollari miqdorida yordam koʻrsatildi.Suv bilan ta’minlash tarmogʻi, ijtimoiy infratuzilmalar bunyod etildi, aholi punktlarining sanitar-gigiyenik sharoitlari yaxshilandi.
Ekoturistik faoliyatning natijalarini hisobga olib, ta’kidlash mumkinki, Oʻzbyekistonda turizmning mustahkam rivojlanishida ekoturizm muhim faktor boʻlib hisoblanadi.
Ekoturizm tabiatni asrash zarurligi, oʻrmonlarni kyesishni qisqartirish, buzilgan tabiiy ekotizimlarni tiklashda qatnashish borasida mahalliy aholi ongida burilish yasaydi.
Ekoturizmning oʻtkazayotgan tadbirlari aholining ekologik ma’lumotlarini syezilarli darajada kyengaytirishga yordam byerayapti va mintaqa aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga olib kyeladi.




#Article 75: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (732 words)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may; yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.

Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, uning majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oddida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining ishi choraklik rejalariga muvofiq olib boriladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat boshqaruvi, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida 1 marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat koʻrsatadi. Bosh vazirning qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining boshqa aʼzolari ham kiritilishi mumkin. Shoshilinch masalalarni muhokama qilish zarurati tutilganda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining navbatdan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har haftada Bosh vazir oʻrinbosari, Axborot-tahliliy boshqarmasi boshligʻi va Apparat rahbari ishtirokida kengashlar oʻtkazadi, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bajarilishini uyushtirish masalalari, hukumat apparatining kundalik faoliyati muhokama qilinadi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyat koʻrsatadi. Quyidagi Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi:

Vazirlar Mahkamasi apparati ishini Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari muvofiqlashtirib boradi. Apparat rahbari oʻz maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan vazifasiga tayinlanadi va boʻshatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Xalq soʻzi“ — „Narodnoye slovo“ gazetalarining hammuassisi (ushbu gazetalar ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi gazetalari hisoblanadi), „Pravda Vostoka“ gazetasining muassisidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonida (1968, meʼmori B. Mezensev va boshqa; muhandisi V. Krichevskiy va boshqalar). 7 qavatli bino temirbeton bloklardan tiklangan, 1-qavati V shaklidagi ustunlardan iborat; tarzidagi vertikal chiziqlar feruza rang devor yoʻllari bilan binoga ulugʻvorlik baxsh etgan. 1999-yil fevralda sodir boʻlgan qoʻporuvchilik vaqtida shikastlangan bino 2000-yilda taʼmirlandi. Taʼmirlashda binoni mustahkamlash, „Hukumat uyi“ talabiga mos yangi meʼmoriy yechimini hal etishga ahamiyat berildi. Binoning yangi koʻrinishi koʻrkam, salobatli hamda vazmin: ochiq qoldirilgan 1 qavati qizil marmar devor bilan berkitildi; asosiy kirish eshigi ustidagi tom chizigʻidan chiqib yuqoriga koʻtarilgan oyna devorda respublika gerbi va bayrogʻi oʻrnatildi. Binoning tilla rang oynalari sirtlariga ishlatilgan granitlar poydevor sirtidagi qoplamalar bilan uygʻun. Binoning ichki qismi ham qayta taʼmirlandi, xonalar pardozlanib ulugʻvor koʻrinishga ega boʻldi (ganchkorlik ishlarida M. Sultonov, Mirvohid Usmonov va boshqalar; naqqoshlik ishlarida A. Karimov va boshqalar ustalar ishtirok etgan). Binoning ichki hovlisi piramida shaklidagi maxsus shaffof oynali tom bilan yopilib „qishki bogʻ“ tusini olgan. Bino maydondagi boshqa inshootlar bilan uygʻunlikda majmua hosil qiladi, atrofi koʻkalamzorlar, gulzorlar bilan soʻlim maskanga aylantirilgan.

Vazirlar Mahkamasi tarkibiga:

Vazirlar Mahkamasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Bosh vazir:

Bosh vazir boʻlmagan hollarda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.

Vazirlar Mahkamasining aʼzolari:

Vazirlar Mahkamasi yangidan saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini topshiradi.




#Article 76: Muhammad Iqbol (261 words)


Alloma Muhammad Iqbol (1877 - 1938) - mashhur Hind shoir, faylasuf va davlat arbobi. Bundan tashqari, XX asrda islom jamiyatining eng oʻrnakka sazovor farzandlaridan hisoblanadi. Ilk ta'limini uyda ota-onasi yonida boshlaydi, keyinchalik bilimlarini Hind, Ingliz va Nemis universitetlarida shakllantiradi.

Islom olamida Alloma Iqbol nomi bilan yodga olinadi. Hindiston mustaqilligi uchun olib borilgan siyosiy kurashlarda faol ishtirok etgan. Hindistonda hindular va musulmonlar oʻrtasidagi kelishmovchilik va oʻzaro kurashning avj olib ketgani va ikki jamiyat oʻrtasida sulhga erishish imkonsiz ekanligini tushunib yetgani uchun, Hindiston musulmonlari uchun mustaqil davlat tuzish gʻoyasini yoqlab chiqadi. U Pokiston davlati qurilishidan oldin vafot etgan boʻlsada, bu gʻoyani ilk yoqlab chiqqan inson sifatida Pokistonning ma'naviy asoschisi hisoblanadi. Pokiston xalqi hurmat bilan Alloma Iqbolni Pokiston mutafakkiri va Sharq shoiri sifatida yodga oladi.
Alloma Iqbol nafaqat Pokiston va Hindistonda, balki dunyoning koʻp mamlakatlarida hozirgacha hurmat bilan yodga olinadi va asarlari sevilib oʻqiladi. Shu jumladan, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda ham.

Hindiston va butun dunyo musulmonlari, ayniqsa yoshlariga oʻz she'rlari va maqolalari bilan juda qattiq ta'sir koʻrsatgan. Fors, urdu va ingliz tillarida ijod qilgan. Asrori Xudi, Jovidnoma kabi goʻzal she'r turkumlari bilan bir qatorda, Islomda diniy fikrni qaytadan qurish () kitobi din bilan jamiyat, falsafa, ilm va huquq kabi sohalar oʻrtasidagi aloqalar, ushbu sohalarni rivojlantirish va zamonaviy fan uchratgan muammolarni yechish uchun Qur'on va Islom darslariga juda keng istiqbollar ochib berish kerakligini koʻrsatib bergan mumtoz asar xisoblanadi. Alloma Iqbolning asarlari mana bir asrga toʻlib qolayotgan boʻlsada, hozirgi juda muammoli dunyoda bazi juda muhim prinsiplarni yoritib beraolishi va fikrlarimizni rivojlantirish uchun juda keng istiqbollar ochib beraolish kuchi uchun hali ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan. 

Ali Shariatiy 




#Article 77: Olivier Roy (112 words)


Olivier Roy ( 1949 yilda tugʻilgan) fransuz siyosatshunosi. Fransiyaning Ilmiy Tadqiqotlar Milliy Markazida (CNRS) va Ijtimoiy fanlarda Yuksak Tadqiqotlar Maktabida (EHESS) bosh ilmiy mutaxassis (directeur de recherches - tadqiqotlat direktori) boʻlip ishlaydi.
Asosan, Islom dunyosi xaqida olib borgan tadqiqotlari bilan tanilgan. Fransiya, Yevropa va Amerikada zamonaviy islom olamidagi jarayonlarga tegishli mavzular boʻyicha eng koʻp murojaat qilinadigan mutaxassislardan biri.

Olivier Roy Markaziy Osiyo davlatlari xaqida ham koʻplap asar va maqolalar yozgan. Uning La Nouvelle Asie Centrale ou la Fabrication des nations (Yangi Markaziy Osiyo yoki Millatlarning yasalishi (1997) asari chor rus hukumati tomonidan boshlangan va keyinchalik XX asrda sovet hukumati tomonidan davom ettrilgan Markaziy Osiyoda millatlar siyosati xaqida yozilgan eng qiziqarli asarlardan biridir.




#Article 78: Quva (509 words)


Quva — Fargʻona viloyati Quva tumanidagi shahar (1974 yildan), tuman markazi. Fargʻona shahridan 40 km shimoliy-sharqda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Quva (4 km). Aholisi 40 ming kishi (2005). Fargʻona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biri.

Shaharning vujudga kelishi va nomi haqida turli rivoyatlar mavjud. „Fargʻona tarixi“ning muallifi Ibratning yozishicha, Quva „Qubod“ yoki „Qubo“ deb atalib, keyinchalik „Quva“ shaklini olgan. … va Davan davlati toʻgrisida dastlabki maʼlumotlar mil. av. 2-asrga mansub Xitoy manbalarida keltirilgan. Oʻsha davrda Quva kengayib Qoʻhandiz, Shahriston va Rabod kabi uch qismdan iborat boʻlgan. Shahar tevaragi ikki qator qalin va baland mudofaa devori bilan oʻralgan. Rabodda baland (3,6 m) yaxlit tagkursi ustida budda ibodatxonasi qad koʻtargan. Ibodatxona 8-asr boshlarida arablar tomonidan vayron qilingan. 9—12-asrlarda Quva Fargʻonaning yirik, koʻrkam va obod shahriga aylangan. Istaxriyning taʼkidlashicha, Quva kattaligi jihatidan Fargʻonada Axsikatdan keyin ikkinchi shahar hisoblangan. Ibn Havqalning yozishicha, Quva Sayxun (Sirdaryo)gacha yetib boradigan nahr sohilida qad koʻtargan. Uning markazida Registon maydoni, Qoʻhandizda jome masjidi, Rabodida esa saroy, qamoqxona va bozorlari joylashgan. Quva moʻgʻullar istilosi oqibatida vayron etilib, 14—16-asrlarda qasaba shaklidagi maskanga aylangan. Yoqut Hamaviy Quvani katta shahar deb ataydi. Shahar Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asariga ilova qilingan xaritasida koʻrsatilgan. Quvada hunarmandchilik rivojlangan. Temirchilik va shishasozlik yuksak darajaga yetgan, shaharning oʻz tangasi zarb qilingan. „Boburnoma“da Quva Andijondan 4 ogʻoch (farsax) narida joylashgan qishloq deb aytiladi.

Tarixchi A.Muhammadjonovning fikricha, shahar nomi „Qaviybod“, „Qavobod“ yoki „Qaybod“ shakllarida talaffuz etilgan va qaviylarning qarorgohi, tojdor hukmdorning kayoniy taxti oʻrnatilgan qasr va mamlakatning bosh shahri — poytaxt maʼnosini anglatgan. Keyinchalik oʻzgarib Quva shaklini olgan.

Quvada 1956—60 yillarda Ya.Gʻulomov boshchiligida (V.D.Jukov, I.Ahrorov, V.A.Bulatova, A.Muhammadjonov, H.Muhamedov, M.Aminjonova) arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, oʻrta asrlarda Quvaning umumiy maydoni 100—120 ga ni tashkil etgan. Shundan Shahriston 12 ga va uning shimoliy-sharqiy burchagidagi arki aʼlo 1 ga maydonni egallagan (Shahriston va Ark qoldiqlari hozirgigacha saqlangan). 1998-yil Ahmad al-Fargʻoniyning 1200 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish vaqtida Quvada arxeologik qazishmalar olib borildi. Buning natijasida Shahristonning janubiy mudofaa devori ostidan 8 m dan ziyod chuqurlikdan miloddan avvalgi 2—1-asrlarga oid moddiy madaniyat buyumlari topildi. 1998-yildagi qazishma ishlari natijasida shaharning uch darvozasi oʻrni aniqlandi, shahar xarobasi hududidan turar joy binolari majmuasi va uning shimolida 7—8-asrlarga oid budda ibodatxonasi hamda u yerdagi budda ilohlari haykallari topildi.

Quvadan bir qancha mashhur kishilar, xususan, Ahmad al-Fargʻoniy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Quboviy, Rukniddin Quboviy, Muhammad ibn Muhammad al-Quboviy, Abduqayum Vaxmiy, Shokirxon Hakimiy va boshqa yetishib chiqqan.

Shaharda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, mebel, tikuvchilik, qandolatchilik fabrikalari, don mahsulotlari kombinati, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, qurilish tashkilotlari, yoʻllarni taʼmirlash tashkiloti, taʼmirlash-qurilish boshqarmasi, „Issiqnon“, toʻqimachilik korxonalari, dehqon bozori, savdo markazi, anor sharbati ishlab chiqaruvchi sex, avtokorxona bor. Oʻzbekiston — Turkiya „Ahror“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. 5 umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, liney.? klub muassasalari. Tuman markaziy, bolalar kutubxonalari, madaniyat va istirohat bogʻi, baynalminal jangchilar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xiyobonlari, Ahmad al-Fargʻoniy yodgorlik majmui, oʻlkashunoslik muzeyi, stadion mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, shahar kasalxonasi, tish davolash poliklinikasi, maxsus dispanser, „Ona va bola“ reabilitatsiya markazi, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Quvadan Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon, Andijon, Asaka, Shahrixon, Oʻsh, Aravon va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.




#Article 79: Jadidchilik (2316 words)


Jadidchilik yoki jadidizm ( jadīd — yangi) — 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,zmaʼrifiy harakat. Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.

Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishgan.

Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal, millatchilik harakati“ deb taʼrif berilgan. Bu davrda asosan tanqid qilingan jadidchilik namoyandalari nomi SSRI parchalanib ketganidan keyin qayta tiklandi.

Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar oʻrtasida vujudga keldi. 
Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929-yillarni oʻz ichiga oladi.

Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz „Xitobnoma“si (1898)da yaxshi bayon qilgan.

Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi.

Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.

Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.

Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxoʻja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Majid Qori Qodiriy, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (Ubaydulla Xoʻjayev), Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Choʻlpon, Isʼhoqxon Ibrat, Muhammadsharif Soʻfizoda (Fargʻona vodiysi), Boltihoji Sultonov, Rahmonberdi Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (Oʻsh uyezdi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi.

Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga koʻra, uchga boʻlinadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidchiligi.

Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar.

Buxorodagi jadidchilik Turkistondagiga nisbatan ogʻir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavachchalar, mayda doʻkondorlar va maʼmurlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar oʻrtasida nufuzi avvaliga past boʻlgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi boʻlishdi. Buxoroda vobkentlik dehqon Joʻraboy ilk yangi usul maktabini ochgan edi.

Buxorodagi jadidchilik harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani boʻlgan qadimiylar oqimi qarshi chiqdi. 20-asr boshlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimiylarga boʻlingan edi.

Xivada jadidchilikning soʻl oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan boʻlib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini oʻstirish maqsadini qoʻyishgan edi. 1904-yil „jamiyati xayriya“ tuzilib, uning koʻmagi bilan Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochildi (1904-yil 10-noyabrda). Xiva jadidlari maʼrifiy ishlar bilan kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qarshi kurash ham olib bordilar. Birinchi jahon urushigacha Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari boʻlmagan. Biroq jadidchilik harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib, 1914-yil avgustda u partiya shaklini olgan.

Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham roʻy berdi. Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy teatrni olib kirdi. Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila boshlandi. Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga daʼvat etishgan. 1919-yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) boʻlimi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish, sanʼatning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. „Oʻzbekiston Respublikasi“ maxsus jildining tegishli boʻlimlariga — adabiyoti, teatri, musiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy taʼlim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar. Ular musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan.

Jadidchilik harakati davomida ularning oʻz matbuoti shakllandi. Jadidlar Toshkentda 1905-1906-yillarda „Taraqqiy“ (muharriri — Ismoil Obiliy), „Xurshid“ (muharriri — Munavvarqori), 1907-1908-yillarda „Shuhrat“ (muharriri — Abdulla Avloniy), „Osiyo“ (muharriri — Ahmadjon Bektemirov), „Tujjor“ (muharriri — Saidkarimboy Saidazimboy oʻgʻli), Buxoroda 1912-yilda „Buxoroyi sharif“ (muharriri — Mirzo Jalol Yusufzoda), „Turon“ (muharriri — Gʻiyos maxsum Husayniy), Samarqandda 1913-yilda „Samarqand“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda „Sadoyi Turkiston“ (muharriri — Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev), Qoʻqonda „Sadoyi Fargʻona“ (muharriri — Obidjon Mahmudov) gazetalari va Samarqandda 1913-1915-yillarda „Oyina“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda 1915-yil „Al-isloh“ (muharriri — Abdurahmon Sodiq oʻgʻli) jurnallarini nashr qilishdi. Shuningdek, 1917-1918-yillarda Toshkentda „Najot“ (muharriri — Munavvarqori), „Kengash“ (muharrirlari — Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori), „Turon“ (muharrirlari — M. Afandizoda, Abdulla Avloniy), „Ulugʻ Turkiston“ (muharriri — Kabir Bakirov), „Shuroy Islom“ (muharriri — Abdulla Battol), „Turk soʻzi“ (muharriri — Temirbek Xudoyorxonov), „Turk eli“ (tahririyati), Samarqandda „Hurriyat“ (muharrirlari — Mardonqul Shohmuhammadzoda, Akobir Shomansurov, Fitrat), Qoʻqonda „Tirik soʻz“ (muharriri — Obidjon Mahmudov), „El bayrogʻi“ (muharriri — Boʻlat Soliyev) gazetalari va „Kengash“ (muharriri — Hamza), „Yurt“ (muharriri — Ashurali Zohiriy) jurnallari chop qilindi.

Matbuot millat dilidagi gaplarni oʻz sahifalariga koʻchirish bilan kifoyalanmay, qanday ishlarni birinchi navbatda amalga oshirish masalasini oʻrtaga qoʻydi. 1909-yilda Toshkent yosh ziyolilari tomonidan „Jamiyati xayriya“ tashkil etildi. Mahalliy yoshlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash, kambagʻal musulmonlarga madaniy-maʼnaviy yordam koʻrsatish masalasi qoʻyildi. Bu millatning boshqa xalqlar ichiga singib ketmasligi yoʻlida koʻrilgan tadbirlar edi.

Bu davrda jadidlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida koʻrindilar. Xalq ularda oʻz himoyachilarini his etdi. Sirdaryo viloyatidan Peterburgda oʻtadigan Davlat dumasiga aʼzolikka saylangan Abduvohidqori Abduraufqoriyevga Toshkent, Chimkent va boshqa joylarning aholisidan 12 moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topshirish yuklandi. Bu hujjatda koʻpgina ijtimoiy talablar koʻrsatilgan edi. Abduvohidqori 1907-yil 20-fevral-3-iyunda Peterburgda Sadri Maqsudiy, Muso Jorilloh, Alimardon Toʻpchiboshev kabi musulmon ziyolilari bilan tanishib, musulmon fraksiyasining raisi Biglovga Turkiston xalqi dardini yetkazdi. Biroq Abduvohidqori, oradan koʻp oʻtmay, qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi.

Shu tarzda, jadidchilik harakati 1906-1916-yillarda oʻzining asosiy yoʻlini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, oʻzligini anglab, uyushishga chakirdi. Oʻlka moddiy va maʼnaviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Choʻlpon sheʼr va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur advokat Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev oliy oʻquv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berish masalasini bayon qildi. Lev Tolstoy bilan fikrlashish chogʻida mashhur yozuvchini yon berishga majbur etgan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev chor hukumati maʼmurlarining poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud hokimiyat qonun-qoidalarini tushuntira bordi.

Jadid matbuoti oʻz vakillarining fikrlarini eʼlon qilar ekan, xalqni „har vaqt gʻaflat uyqusidan uygʻotuvchi millat ongining ochqichi“ ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda „Erk“, „Turon“, „Oʻqituvchilar jamiyati“ kabi uyushmalar paydo boʻldi. Munavvarqori aytganidek, „Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod qilish, ularning haququqlarini ovrupoliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi“.

Jadidlar bu davrda „Ozodlik, tenglik va adolat“ shiori ostida ishladilar. Ularning 1916-yil mardikorlikka olish voqeasiga munosabati gʻoyatda eʼtiborga molikdir. Mardikorlikka olish — Birinchi jahon urushi ketayotgan joylardagi ishlarga turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning 1916-yil 25-iyun farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Bu kutilmagan tadbir, birinchidan, 1865-yil shartnomasiga zid edi. Ikkinchidan, general Aleksey Kuropatkinning xulosasiga qaraganda, „Aholi va maʼmuriyat turar joydan tashqaridagi ishlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday shoshilinch amalga oshirilgan tadbir ogʻir tartibsizliklarni keltirib chiqargan“. Aholi uchun ana shunday musibatli paytda jadidlarning koʻzga koʻringan namoyandalaridan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev („Turkiston mardikorlikka olish qoʻmitasi“ raisi) va millatparvar boy Mirkomilboy Mirmoʻminboyev Rossiya jamoatchiligining eʼtiborini bu masalaga jalb etish, farmonni bekor qildirish uchun Peterburgga yoʻl oldilar. Davlat dumasining 1916-yil 13- va 15-dekabr kunlari oʻtgan majlisida Nikolay IIning 25-iyundagi farmoni Rossiya imperiyasining qonunchiligida koʻrsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani tan olindi. Farmon Dumada muhokama qilingunga qadar iyun—avgust oylarida jadidlar harakati orqali bir necha eshelon toʻxtatib qolindi. Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917-yil feval inqilobi boshlanishi bilan toʻla amalga oshdi. Bu hodisa el orasida ularning obroʻsini koʻtardi. Mazkur holat jadidlar maʼrifatparvarlikdan siyosiy kurashga allaqachon oʻtganliklarini bildirar edi.

Turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasi kun tartibidan mustahkam oʻrin oldi. Oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird, tatar, turkman kabi negizi bitta xalqlarni birlashtirish va shu asosda federativ yoki muxtoriyatli davlat qurish masalasi boʻy koʻrsata bordi. Ammo, Munavvarqori soʻzi bilan aytganda, koʻpgina kishilar jumhuriyat bilan muxtoriyat oʻrtasidagi farqni tushunmagan edi. Xususan, Turkiston namoyandalari chin maʼnodagi respublikani barpo etish va uning davlat tarkibini tashkil etishga toʻliq tayyor boʻlishmagan. Qozoq va boshqird namoyandalari — Mustafo Choʻqay, Zakiy Validiy va boshqalar Peterburg ularga hech qachon mustaqillik ham, muxtoriyat ham bermasligini sezgach, Turkistonga kelib, mahalliy jadidlar bilan birga ish boshladilar.

Toshkentda „Shoʻroi Islomiya“, „Turon“, „Shoʻroi Ulamo“, „Ittifoqi muslimin“, Qoʻqonda „Gʻayrat“, Buxoroda Yosh buxoroliklar, Xivada Yosh xivaliklardan tashqari, Samarqandda „Ittifoq“, „Mirvaj ul-islom“, „Miftah ul-maorif“ kabi tashkilotlar faoliyat koʻrsata boshladi. Bularning ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishini belgilashda Munavvarqori, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Mahmudxoʻja Behbudiy, Majid Qori Qodiriy,Ashurali Zohiriy, Zakiy Validiy, Mustafo Choʻqay, Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Sherali Lapin, Mirkomilboy Mirmoʻminboyev, Obidjon Mahmudov, Polvonniyoz hoji Yusupov, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov va boshqalar faollik koʻrsatdilar.

Milliy markazning 1917-yil 12-iyunda boʻlib oʻtgan yigʻilishida barcha jamiyat va uyushmalarning Markaziy musulmon deputatlari Shoʻrosiga boʻysunishi haqida Nizom qabul qilinadi. Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari — mardikor va dehqonlarga toʻliq huquq berish va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va gʻoyaviy tarbiyalash edi.

Turkistonni boshqarish shakli toʻgʻrisidagi masala 1917-yil 26-28-noyabrda Qoʻqonda boʻlgan Turkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyining diqqat markazida turdi. Muxtoriyat va mustaqillikni eʼlon qilish fikrini hamma qoʻllab-quvvatladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi — Muhammadjon Tinishboyev, soʻngra Mustafo Choʻqay) tashkil qilindi. Fitrat, Choʻlpon, Hamza singari jadid shoirlar Turkiston Muxtoriyatini alqab, satrlar bitishdi.

Buxoro amirligi va Xiva xonligida ahvol sal boshqacharoq kechdi. 1920-yilda qizil armiya har ikki davlat hududiga bostirib kirdi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilib, jadidlar hokimiyat tepasiga kelishdi. Demak, 1920-yildan jadidchilik harakati oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga, yaʼni sovetlar bilan murosa yoʻliga qadam qoʻydi.

Turkiston jadidlari faoliyati butun oʻlkani qamraydigan, inglizlarning skauting maktab dasturiga yaqin dastur asosida ishlaydigan „Turon kuchi“, „Turk kuchi“, „Temur“, „Izchilar“, „Lochin“ kabi guruhlarni tuzdilar. Bu guruxlar oʻrta maktab taʼlimi, hunar, sanʼatdan tashqari, harbiy mashqlar bilan shugʻullanib, shoʻrolarga asosiy zarba beruvchi kuch sifatida koʻrina boshladi. 1920-yil sovet rejimi bu guruxlar faoliyatini tugatdi.

Fargʻona va Toshkentdagi voqealar yakuni jadidlarning umidlarini soʻndira olmadi. Ular Buxoro respublikasi rahbarlari bilan birgalikda ish boshladilar. Buxoroda jadid taraqqiyparvarlar firqasi tuzildi. Bu firqa dasturiga koʻra, davlatni jumhuriyat raisi (prezident) va parlament boshqarishi koʻzda tutilgan edi.

Jadidchilik harakatining soʻnggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu davrda sovet rejimi turli siyosiy ishlar („Oʻn sakkizlar guruhi“, „Inogʻomovchilik“, „Qosimovchilik“, „Badriddinovchilik“ va boshqa) tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravishda qatagʻon qilishga kirishdi. 1929-yil noyabrda Munavvarqori boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli zarba berildi.

Jadidchilik harakati siyosiy maʼrifatparvarlikdan jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga koʻtarila oldi. Bu harakat hamda firqa aʼzolari oʻz faoliyati va dasturiga koʻra, shoʻro adabiyotlarida aytilganidek, „bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari“ emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini oʻylab ish koʻrgan demokratik jarayonning namoyandalari edi.

Turkistonda sovet xrkimiyati zoʻravonlik yoʻli bilan oʻrnatilgach, jadidlarning bir qismi faol siyosiy xayotdan chetlashib, faqat badiiy ijod bilan shugʻullandi (Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy va boshqalar). Ayrim jadidlar sovet idoralari madaniy-maʼrifiy shohobchalarida mehnat qilishdi (Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Hamza, Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov va boshqalar). Baʼzi jadidlar „mahalliy kommunistlar“ sifatida yuqori davlat va hukumat lavozimlarida ishlashni davom ettirdi (Fayzulla Xoʻjayev, Abdulqodir Muhiddinov, Nizomiddin Xoʻjayev va boshqalar). Ayrim jadidlar boʻlsa, Turkistondagi istiqlolchilik harakati saflariga borib qoʻshildi va xorijga muhojirlikka joʻnab ketdi (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Sadriddinxon Sharifxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va boshqalar).

Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan tashqari) 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirgʻin natijasida halok boʻldi. Jadidchilik harakatiga sovet davrida „millatchilik“, panturkizm, panislamizm tamgʻalari bosilib, qoralandi. Jadid adabiyotini oʻqish taqiqlandi.

Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal harakat“ deb taʼrif berilgan. SSRI parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning 1 jildli, shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev, Munavvarqori, Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan „Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari“ (Toshkent, 1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi.




#Article 80: Yer (6742 words)


Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Ye.da hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Ye.ni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Ye.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (qarang Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar).

Hoz. zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Ye. Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Ye. tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Ye.ning ichki qismi asta-sekin qizib, Ye. moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Ye.ning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Ye. ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Ye. ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.

Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.

E. yuzasining katta qismini Dunyo okeani egallaydi (361,1 mln. km yoki 70,8 %), quruqlik 149,1 mln. km (29,2 %)ni tashkil etadi (quruqlik olti katta materik va koʻpdan-koʻp orollardan iborat). Yevrosiyo materigi ikki qitʼaga: Yevropa va Ocueʼra boʻlinadi, Shim. va Jan. Amerika materiklari esa bir qitʼa hisoblanadi, baʼzan Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan qoʻshib qisoblanadi.

Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shim. Muz okeanlariga ajratib yuborgan, baʼzi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining Antarktida yonidagi qismlarini Jan. okean deb alohida ajratadilar.

E.ning Shim. yarim shari, asosan, qitʼalardan (quruqlik 39 %), Jan. yarim shari — okeanlardan (quruqlik atigi 19 %) iborat. Gʻarbiy yarim sharning koʻp qismi suv, Sharqiy yarim sharning koʻp qismi esa quruqlikdir.

E.ning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qariyb 20 km ga yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma (Everest) choʻqqisi (Hi-molay togʻlarida) 8848 m boʻlsa, eng chuqur Mariana suv osti botigʻi (Tinch okeanda) 11022 m dir.

E. gravitatsion (tortish), issiklik, magnit va elektr maydonlariga ega. Ye.ning gravitatsion kuchi Oy va sunʼiy yoʻldoshlarni Ye. orbitasida tutib turadi. Ye.ning sferik (dumaloq) shaklda boʻlishi, Ye. usti relyefining koʻp xususiyatlari, daryolar oqimi, muzliklar siljishi va b. jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir.

Magnit maydoni Ye. yadrosi va mantiyadagi turli jarayonlardan kelib chiqadi (qarang Yer magnetizmi). Ye.ning elektr maydoni ham magnit maydoni bilan chambarchas bogʻliq (qarang Atmosfera elektri). Atmosfera va magnitosferada birlamchi kosmik omillar katta oʻzgarishga uchraydi. Kosmik nurlar, quyosh shamoli, quyoshning rentgen, ultrabinafsha, optik va radio nurlari yutiladi va b. oʻzgarishlarga uchraydi, bu esa Ye. yuzasidagi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Magnitosfera, xususan, atmosfera elektromagnit va korpuskulyar radiatsiyaning koʻp qismini tutib qolib, tirik organizmlarni uning halokatli taʼsiridan saqlaydi.

E. Quyoshdan 1,7-1017 J/s miqdorida nur energiyasi oladi, lekin uning atigi 50 % Ye. yuzasigacha yetib keladi va Ye. yuzasidagi koʻp jarayonlarning energiya manbai bulib xizmat qiladi.

E. yuzasi, gidrosfera, shuningdek, atmosfera va Ye. poʻstining yer yuzasiga yaqin qatlamlari geografik qobiq yoki landshaft qobigʻi degan umumiy nom bilan ataladi. Hayot geografik qobiqqa paydo bulgan. Tirik modda ayni paytda geologik kuch ham boʻlib, geografik qobiqni tubdan oʻzgartirib yuborgan. Ye.ning hayot va bio-gen mahsulotlar tarqalgan sohasi biosfera deb ataladigan boʻldi.

E., uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-asr, Fales) Ye.ni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-asr, Anaksimandr) silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-asr 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-asr da Aristotel Oyning Ye. soyasiga kirish (Oy tutilishi) hodisasini oʻrganib, Ye.ning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Ye.ning diametrini mil. av. 3-asr da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda oʻlchadi. 9-asr da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Ye. meridiani yoyini oʻlchash asosida Ye. diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Ye. radiusi uzunligini va G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.

Uzoq yillar Ye. — Koinot markazi deb qaraldi. Faqat 16-asrga kelib, sayyoralarning yulduzlar fonidagi sirt-moqsimon harakatlarini tushuntirish asosida polyak astronomi N. Kopernik Ye. Quyosh atrofida aylanuvchi oddiy sayyoralardan biri ekanligini isbot qildi.

Elementlarning radioaktiv parchalanishi hodisasi kashf etilgach, koʻpgina fundamental konsepsiyalarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keldi. Jumladan, Ye. eng avval suyuq olov edi, degan tushuncha oʻrniga Ye. qattiq sovuq zarralardan vujudga kelgan degan nazariya paydo boʻldi (qarang Shmidt gipotezasi). Togʻ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashning radioaktiv metodlari ishlab chiqildi. Bu esa Ye. tarixi qancha davom etganini, yer yuzasi va bagʻridagi jarayonlarning tezligini aniqlashga imkon berdi.

E.ning massasi 5976–6021 kg, bu esa Quyosh massasining 1/330000 qismiga teng . Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Ye. Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar kabi, Quyosh atrofida doiradan juda oz farq qiladigan elliptik orbita boʻylab aylanadi. Quyosh Ye.ning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Ye. bilan Quyosh orasidagi masofa yil davomida 147,117 mln. km dan (perigeliylya) 152,083 mln. km gacha (afeliyaa) oʻzgarib turadi. Ye. orbitasining 149,6 mln. km ga teng katta yarim oʻqi Quyosh sistemasi doirasida masofalarni oʻlchashda birlik deb qabul qilinadi (qarang Astronomik birlik). Ye.ning orbita boʻylab qiladigan harakat tezligi, oʻrta hisobda, 29,765 km/s boʻlib, 30,27 km/s dan (perigeliyda) 29,27 km/s gacha (afeliyda) oʻzgarib turadi. Ye. Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida ham aylanadi, galaktik aylanish davri 200 mln. yilga yaqin vaqtga teng, harakatning oʻrtacha tezligi 250 km/s. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Ye. bilan bir-galikda Gerkules yulduzlar turkumiga tomon ~ 19,5 km/s tezlikda harakat qiladi.

E.ning Quyosh atrofida aylanish davri yil deb ataladi va Ye. harakati osmon jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga qarab yil har xil ataladi. Quyosh markazining bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikki marta ket-ma-ket oʻtishi uchun ketgan vaklta tropik yil deb ataladi. Tropik yil Quyosh taqvimlari uchun asos qilib olingan va u 365,2422 oʻrtacha quyosh sutkasiga teng (qarang Taqvim).

Boshqa sayyoralarning tortishi taʼsirida ekliptika tekisligining holati va Ye. orbitasining shakli mln. yillar mobaynida sekin oʻzgaradi. Bunda ekliptikaning Laplas tekisligita ogʻishganligi 0° dan 2,9° gacha, Ye. orbitasi ekssentrisiteti esa 0 dan 0,067 gacha oʻzgaradi. Hoz. ekssentrisitet 0,0167 ga teng bulib, yiliga 4-10~7 dan kamaya boradi. Olam Shim. Qutbidan turib Ye. shariga qaralsa, Ye.ning orbita buylab soat miliga teskari yunalishda aylanayotganini koʻrish mumkin boʻlar edi. Gravitatsiya, Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida yuzaga keladigan markazdan qochma kuch, shuningdek, relyef hosil qiluvchi ichki va tashqi kuchlar taʼsirida Ye. murakkab shaklga kirgan. Gravitatsion potensialning sath yuzasi (yaʼni hamma nuqtalarda shoqul yoʻnalishiga perpendikulyar (tik) boʻlgan va okean sathiga toʻgʻri keladigan yuza) taqriban Ye. shakli deb qabul qilingan (bunda okeanlarda toʻlqin, suv koʻtarilishi, oqim va atmosfera bosimi taʼsirida suv sathining oʻzgarib turishi eʼtiborga olinmaydi). Bu geoid shakl deb ataladi. Ana shu yuza bilan chegaralangan qajm Ye. qajmi deb h.isoblanadi (qitʼalarning dengiz sathidan yuqori joylashgan qismlari hajmi bunga kirmaydi). Geodeziya, haritagrafiya va b. da bir qancha ilmiy va amaliy masalalarni hal qilish uchun Ye. shaklining ellipsoid yuzasini Ye. shakli deb qabul qilinadi. Ye. ellipsoidi parametrlarini, Ye.dagi holatini, shuningdek, Yerning gravitatsion maydonini bilish, sunʼiy kosmik jismlarning harakat qonunlarini oʻrganadigan astrodinamikada katta ahamiyatga ega (qarang Geodeziya, Gravimetriya).

E. shar shaklida deb hisoblansa, ekvatordagi har bir nuqta 462 m/s, sr kenglikdagi nuqtalar esa 463 cos f (m/s) tezlik bilan harakatlanadi. Aylanish chizikli tezligining, binobarin markazdan qochma kuchning kenglikka bogʻliqligi turli kengliklarda ogʻirlik kuchi tezlanishining turlicha boʻlishiga olib keladi.

E.ning aylanish oʻqi ekliptika tekisligiga tushirilgan perpendikulyardan 23°26,5’ ogʻishgandir (20-asr urtalarida); hozir bu burchak yiliga 0,47 dan kichrayib bormoqda. Ye. Quyosh atrofida orbita boʻylab harakat qilganda aylanish oʻqi fazoda doimiy yoʻnalishini deyarli sakdaydi. Bu esa pil fasllarini hosil qiladi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida kun va tun hosil boʻladi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida bir marta aylanish davri sutka deyiladi. Oy, Quyosh va b. sayyoralarning gravitatsion taʼsirida Ye. oʻqi qiyaligi va orbitasi ekssentrisitetining uzok, davom etadigan davriy oʻzgarishlari yuzaga keladi, bu esa, oʻz navbatida, iklimning koʻp asrlar davomida qisman oʻzgarib borishiga sabab buladi.

Oy va Quyoshning tortishi taʼsirida Ye.ning aylanish davri muntazam ravishda ortib bormoqda. Oyning tortishi atmosfera, suv qobigʻi va „qattiq“ Ye.da ham deformatsiyalanishni yuzaga keltiradi. Oy tortishi natijasida Ye. poʻstidagi koʻtarilish-pasayish amplitudasi 43 sm ga, ochiq okeanda koʻpi bilan 2 m ga yetadi; atmosferada esa bosim bir necha yuz N/m2 (bir necha mm sim. ust.)gacha oʻzgaradi. Koʻtarilish-pasayish harakatida roʻy beradigan ishqalanish taʼsirida Ye.-Oy sistemasi energiya yoʻqotadi va harakat miqdori momenti Ye.dan Oyga oʻtadi. Oqibatda Ye.ning aylanishi sekinlashadi, Oy esa Ye.dan uzokdashadi. Ye.ning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bir asrda oʻrtacha bir necha m/s ga ortib bormoqda (500 mln. yil oldin sutka 20,8 soat boʻlgan). Ye.ning aylanish tezligi havo massalari va namlikning mavsumiy almashinib turishi natijasida ham yil davomida oʻzgarib turadi. Ye. qutblari botiq (ekvator atrofi massasi kattaroq) bulganligi va Oy orbitasi Ye. ekvatori tekisligida yotmaganligidan Oyning tortishi pretsessiyami vujudga keltiradi, yaʼni Ye. oʻqi fazoda ekliptika oʻqi atrofida sekin burilib boradi va 26 ming yil deganda bir marta toʻliq konus sirt chizadi. Bu harakatga oʻq yoʻnalishining davriy tebranishlari — nutatsiya ham qushilib ketadi (asosiy davri 18,6 yil). Aylanish uqining Ye. tanasiga nisbatan holati davriy ravishda ham (bunda qutblar urtacha holatdan 10–15 m ogadi), asrlar davomida ham oʻzgarib turadi, Shim. qutbning Urtacha holati Shim. Amerika tomonga yiliga −11 sm dan surilib boradi (k,. Geografik qutblar).

Yerning tuzilishi. Magnitosfera. Yerning eng tashqi va eng kalin poʻsti Ye.ga eng yaqin fazo — magnitosfera, uning fizik xossalari Ye. magnit maydoniga va bu maydonning kosmik zarralar oqimi bilan oʻzaro taʼsirlashuviga bogʻliq. Kosmik zondlar va Yer sunʼiy yoʻldoshlari yordamida olib borilgan tekshirishlar Ye. doimo Quyoshdan keladigan korpuskulyar zarrachalar oqimi (quyosh shamoli)da turishini koʻrsatadi. Ye. orbitasi yaqinida bu zarralar oqimining tezligi 300 dan 800 km/s gacha yetadi. Quyosh plazmasida kuchlanganligi oʻrtacha 4,8-10~3 a/m (6- 10~5)ga teng magnit maydoni mavjud.

Quyosh plazmasi oqimi Ye. magnit maydoni bilan tuqnashganda zarba toʻlqini paydo boʻladi, uning Ye. markazidan uzokligi 13—14 Re ga teng (Rfﬁ — Yer radiusi), shu toʻlqindan keyin 20 ming km qalinliqdagi qatlam (oraliq soha) keladi. Quyosh plazmasidagi magnit maydonida zarralar tartibsiz harakatlanadi. Bu maydonda plazma temperaturasi 200 ming darajadan 10 mln. darajagacha koʻtariladi.

Magnitosferaga quyosh shamoli oraliq soha orqali utadi. Oraliq soha bilan magnitosfera chegarasi — magnitopauza quyosh shamolining dinamik bosimi Ye. magnit maydoni bosimi muvozanatlab turadigan joydan utadi. U Ye. markazidan 10—12 Rfﬁ (70—80 ming km), qalinligi 100 km; magnitopauza atrofida magnit maydoni kuchlanganligi 8-10 2 a/m (10~3). Quyosh faolligi paydo boʻlishi natijasida magnitosfera oʻzgaradi. Quyosh faolligi tufayli quyosh shamoli va uning magnit maydonida sezilarli oʻzgarish yuz beradi, yaʼni magnit boʻroni paydo boʻladi. Magnit boʻroni tufayli atmosferaning yuqori qatlami qiziydi, zarralar ionlanishi ortadi, tezlashadi, qutb yogʻdusining yorqinligi kuchayadi, elektromagnit shovqinlari hosil boʻladi, qisqa toʻlqinli radioaloqa buziladi va h. k. Geomagnit maydon Ye.ning radiatsiya mintaqasini hosil qiladi, bu esa kosmik kemalarning uchishi uchun xavflidir.

Atmosfera. Atmosfera yoki Ye.ning havo qobigʻi deganda „qattiq“ Ye.ni oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan gaz muhiti tushuniladi. Atmosferaning massasi, zichligi, qatlami tuzilishi, atmosferadagi dissotsilanish, ionlanish va b. haqida atmosfera maqolasida yoritilgan.

E.ning geografik poʻstida yuz beradigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar uchun asosiy energiya manbai, yaʼni Quyoshdan tarqaladigan elektromagnit nurlar Ye. sirtiga atmosfera orqali oʻtadi. Atmosfera rentgen va gamma-nurlar (qisqa toʻlqinli nurlar) ni yutib, biosferani zararli taʼsirlardan saqlaydi. Atmosferada karbonat angidrid va suv bugʻlari boʻlgani uchun Quyosh nurlanishi energiyasining 48 % Ye. sirtiga yetib keladi. Atmosferada bugʻ, tomchi va muz kristallari koʻrinishida (1,3—1,5)1016 kg suv bor. Atmosfera boʻlmaganda Ye. sirtining yillik oʻrtacha temperaturasi — 23° boʻlar edi (aslida bu temperatura 14,8° ga teng).

Atmosfera kosmik nurlarning maʼlum qismini ham ushlab qolib, Ye.ni meteoritlar zarbasidan saqlaydi. Quruqlik va dengiz ustida, turli balandlik va turli kengliklarda atmosfera turlicha qizigani uchun atmosfera bosimi ham turlicha taqsimlanadi. Shu sababli umumiy atmosfera sirkulyasiyasi vujudga keladi. Suvning aylanib yurishi, yogʻin-sochin va ularning oqishi atmosfera sirkulyasiyasi bilan bogʻliq. Issiqlik almashinuvi, suvning aylanib yurishi va atmosfera sirkulyasiyasi iqlimni vujudga keltiradigan asosiy omillardir. Quruklik sirtida va suv havzalarining yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli jarayonlarda atmosfera muhim rol oʻynaydi. Ye.da hayotning rivojlanishida atmosferaning oʻrni beqiyos.

Gidrosfera. Suv qobigʻi Ye. shari yuzasini sidirgʻasiga qoplagan emas. Gidrosfera umumiy hajmining qariyb 94 % okean va dengizlardir; 4 % yer osti suvlariga, 2 % muz va qorlarga (asosan, Arktika, Antarktika va Grenlandiyada), 0,4 % kuruklikdagi suvlarga (daryolar, koʻllar, botqoqliklarga) toʻgʻri keladi. Atmosfera va organizmlarda ham suv bor. Ye. yuzasiga bir yilda yogʻadigan yogʻin miqdori quruklik va okeanlar yuzasidan bugʻlanadigan suv miqdoriga teng (qarang Gidrosfera).

Okeanlarda choʻkindi qatlamning qalinligi aksari bir necha yuz m ni tashkil etadi. „Granit“ qatlami juda yupqa yoki butunlay bulmaydi. Uning urnida qalinligi 1—2,5 km cha bulgan va tabiati aniqlanmagan „ikkinchi“ qatlam uchraydi. „Bazalt“ qatlamining qalinligi 5 km chamasida. Ye. poʻstining asosiy tiplaridan tashqari yana „oraliq“ tuzilishiga ega bir necha tiplari uchraydi. Subkontinental (baʼzi bir arxipelaglar tagida) va subʼokean tiplari (qitʼa ichkarisida va chekka dengizlarning chuqur suvli botiqlarida) shular jumlasidandir. Subkontinental poʻstda „granit“ va „bazalt“ qatlamlari bir-biridan unchalik aniq ajralmagan va umumlashtirilib granit-bazalt qatlami deb yuritiladi. Subʼokean poʻsti okean osti Ye. poʻstiga yaqin, ammo undan umumiy qalinligi, shu jumladan chukindi qatlamining qalinligi bilan farq qiladi. Ye. poʻsti 95 % otqindi, 5 % chukindi va metamorfik jinslardan tuzilgan. Aksariyat foydali qazilma konlar Ye. poʻstila joylashgan. Ye. poʻstining ostida Ye.ning mantiya qobigʻi boshlanadi. Mantiyadan Ye. poʻsti Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan.

Mantiya 3 qatlamdan iborat bulib, 2900 km chuqurlikkacha choʻzilib, usha yerda Ye.ning yadrosi bilan chegaralanadi. Ikki qatlami yu qori mantiya (kalinligi 850–900 km)ni va 3-qatlam quyi mantiya (qalinligi 2000 km cha)ni tashkil etadi. 1-qatlamning bevosita Ye. poʻsti tagidagi ustki qismi substrat deyiladi. Ye. poʻsti substrat bilan birgalikda litosferami hosil qiladi. Yuqori mantiyaning quyi qismi uning xossalarini kashf etgan seysmolog nomi bilan Gutenberg kotlami (astenosfera) deb ataladi. Gutenberg qatlamida seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi undan yuqori va quyidagi qatlamlardagidan kichikroq. Astenosfera quyi mantiyadan Golitsin qatlami bilan ajralgan. Golitsin qatlamida seysmik toʻlqinlarning tezligi quyiga tomon orta boradi (boʻylama toʻlqinlar 8—11,3 km/sek, koʻndalang toʻlqinlar 4,9—6,3 km/sek ga yetadi) (qarang Yer mantiyasi). Hoz. zamo-naviy tasavvurlarga kura mantiyaning tarkibi tosh meteoritiga yaqin. Man-tiyada kislorod, kremniy, magniy, temir koʻp.

Yer yadrosi (urtacha radiusi 3,5 ming km cha) tashqi yadro hamda 1,3 ming km radiusli ichki yoki subʼyadroga bulinadi. Subʼyadroda seysmik toʻlqinlar deyarli bir xil tezlikda tarqaladi. Ularni bir-biridan kalinligi 300 km ga yaqin oraliq zona ajratib turadi.

E. poʻsti va yuqori mantiyada temperatura chuqurlikka tomon koʻtarila boradi. Mantiyadan „qattiq“ Ye. ustiga tomon issiq oqim keladi; bu oqim Quyoshdan keladigan issiqlikdan bir necha ming marta kam.

Mantiyaning hamma joyida temperatura uning tarkibidagi materialning toʻla erish temperaturasidan past. Materik Ye. poʻsti tagida temperatura 600—700° ga yaqin, Gutenberg qatlamida esa erish nuqtasiga yaqin (1500—1800°) boʻlsa kerak. Mantiyaning yanada chuqur qatlamlari va yadro haqida taxminan fikr yuritiladi. Yadroda temperatura 4000—5000° dan oshmasa kerak, koʻpchilik tadqiqotchilar fikricha yadro tarkibida temir va nikel metallari koʻproq, boshqalar fikricha mantiya va yadroning tarkibi bir xil, ammo ular xossalarining turliligi katta bosimda boʻladigan fazali oʻtishlarga bogʻliq.

Yuqori mantiyaning 700 km chuqurlikkacha boʻlgan qismida zilzila oʻchoqlari mavjudligi aniqlangan. Bu esa mantiyani tashkil etadigan materialning mustahkamligidan dalolat beradi; bundan ham chuqurroqa zilzila oʻchoqlarining yoʻqligi bu yerda moddaning u qadar mustahkam emasligidan yoki yetarli darajada mexanik kuchlanish yoʻqligidan darak beradi. Substratning elektr oʻtkazuvchanligi juda sust; Gutenberg (astenosfera) qatlaminiki esa kuchli, bu temperaturaning yuqori boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa kerak deb hisoblaydilar, quyi mantiyaniki, ehtimol, bundan ham kuchliroq. Ye. yadrosida oʻtkazuvchanlik juda kuchli, bu esa yadrodagi moddaning metallik xossalaridan darak beradi.

Hoz. kosmogonik farazlar sayyoralar, ularning yoʻldoshlari va meteoritlarning kimyoviy tarkibi Quyosh tarkibiga yaqin boʻlishi kerakligini koʻrsatadi (qarang Geokimyo).

E. poʻstining deyarli yarmi kisloroddan, toʻrtdan biridan koʻprogi esa krem-niydan tarkib topgan. Alyuminiy, magniy, kalsiy, natriy va kaliy ham anchagina. Kislorod, kremniy, alyuminiy Ye. poʻstida eng koʻp tarkalgan birikmalar — silikat angidrid (SiO2) va alyuminiy oksid (A12O3)ni hosil qilgan.

Mantiya asosan magniy va temirga boy ogʻir minerallardan iborat. Ulardan SiO2 bilan birikmalar vujudga kelgan. Substratda, forsterit (Mg2Si04) eng koʻp, undan chuqurda fayalit (Fe2Si04) ulushi orta boradi. Quyi mantiyada yuqori bosim taʼsirida bu minerallar oksidlar (SiO2, MgO, GʻeO)ga parchalanib ketgan deb taxmin qilinadi.

E. ichki qismlaridagi moddalarning agregat holati Ye. qaʼridagi yuksak temperatura va bosimga bogʻliq; agarda yuqori bosim boʻlmaganda mantiya erib ketardi, shu sababli butun mantiya qattiq kristall holatdadir; faqat Gutenberg qatlamida temperaturaning taʼsiri bosimdan kuchli boʻlganligi sababli uni amorf yoki qisman erigan xrlatda deb hisoblaydilar. Tashqi yadro suyuq (erigan) holatda boʻlsa kerak, chunki suyuklikda tarqala olmaydigan koʻndalang seysmik toʻlqinlar tashqi yadrodan oʻtmay qoladi. Ye. magnit maydonining paydo boʻlishi suyuq tashqi yadro mavjudligiga bogʻliq deb faraz qilinadi. Subʼyadro har holda qattiq boʻlsa kerak (uzunasiga tarqaladigan toʻlqinlar subʼyadro chegarasiga yaqinlashganda unda koʻndalang toʻlqinlar hosil qiladi).

Geodinamik jarayonlar. Ye. geosferalarining moddasi doimiy harakatda va oʻzgarishda. Suyuq va gazsimon qobiqda bu jarayonlar tez oʻtadi. Ammo Ye. kurrasining rivojlanish tarixining asosiy magʻzini deyarli qattiq moddadan tuzilgan ichki geosferalarning ancha sekin harakatlari tashkil etadi. Ye. ichida va yuzasida sodir boʻlayotgan jarayonlar 2 asosiy guruhga ajratiladi: ichki energiya (asosan, radioaktiv par-chalanish) taʼsirida vujudga keladigan endogen jarayonlar va Ye.ga tushadigan quyosh nuri energiyasi vujudga keltiradigan ekzogen jarayonlar. Endogen jarayonlar, asosan, chuqur geosferalar uchun xos. Ye. poʻstining quyi qismlarida, yuqori mantiya va yanada chuqurroqsa juda katta hajmdagi jismlarning koʻchishi, kengayishi, siqilishi, bir fazadan ikkinchi fazaga oʻtishi, kimyoviy elementlarning koʻchishi (migratsiyasi), issiqlik va elektr toklarining sirkulyasiyasi va b. sodir boʻlib turadi. Ana shu jarayonlar taʼsirida yengil komponentlar ustki geosferalarda, ogʻir komponentlar chuqur geosferalarda toʻplana borgan. Endogen jarayonlar Ye. poʻstiga taʼsir etishi natijasida uning baʼzan qismlari vertikal hamda gorizontal yoʻnalishda siljiydi, Ye. poʻstining ichki tuzilishi deformatsiyalanadi va oʻzgaradi. Bularning hammasi tektonik jarayonlar boʻlib, bu jarayonlar namoyon boʻlgan joy tektonosfera deb ataladi. Tektonik jarayonlar bilan oʻzaro bogʻlangan holda magmatik jarayonlar ham sodir boʻlib turadi, bu jarayonlar natijasida magma pastdan yuqoriga koʻtariladi va lava xrlatida yoriqlardan Ye. yuzasiga oqib chiqadi (vulkanizm). Tektonik deformatsiyalar (dislokatsiyalar) va magmaning singishi natijasida togʻ jinslari metamorfizm jarayoniga uchraydi — yuqori bosim va temperatura taʼsirida mineral ochiq tarkibi va strukturasi oʻzgaradi.

E. yuzasi va poʻstining yuqori qatlamlariga ekzogen jarayonlar ham taʼsir etadi. Togʻ jinslarning nurashi, yemirilgan togʻ jinslarini shamol va oqar suvlar olib ketishi, yer yuzasining daryo-soylar, yer osti suvlari, muzliklar tomonidan oʻzgartirib yuborilishi, quruqlikdagi pastliklarda, dengiz va koʻllarda toʻplanib qolib, keyinchalik choʻkindi togʻ jinslariga aylanishi ekzogen jarayonlardir.

Endogen va ekzogen jarayonlarning yer yuzasiga taʼsiri bir-biriga qarama-qarshi. Endogen jarayonlar (asosan, tektonik harakatlar) katta pastbalandliklar xrsil qiladi, ekzogen jarayonlar esa koʻtarilgan joylarni parchalaydi, boʻlib-boʻlib yuboradi, yemirilgan mahsulotlarni pastqam joylarga eltadi, yaʼni yer yuzasini tekislab, muvozanatni saqlashga intiladi. Ichki va tashqi jarayonlarning oʻzaro taʼsiri natijasida yer yuzasida turli xil notekisliklar paydo boʻladi, natijada yer yuzasining relyefi tarkib topadi. Ichki va tashqi kuchlar nisbatining turlicha boʻlishiga qarab togʻlar, adirlar yoki tekisliklar hosil boʻladi.

Endogen jarayonlar taʼsirida Ye. ichidagi jinslar uning yuzasiga chiqib qolib, denudatsiya va akkumulyasiyaga uchraydi va choʻkindi jinslar hosil qiladigan asosiy manbalardan biriga aylanadi. Ye. poʻsti choʻkkanda choʻkindi jinslar Ye. ichiga kirib, endogen jarayonlar taʼsiriga tortiladi, baʼzan erib magmaga aylanadi va yana tektonik harakatlar taʼsirida Ye. yuzasiga chiqib qoladi.

Yer poʻsti strukturasining asosiy xususiyatlari. Ye. poʻsti — ichki geosferalar ichida bevosita oʻrganish imkoniyati boʻlgan yagona geosfera. Shuning uchun ham Ye. poʻstining strukturasini oʻrganish faqat Ye. poʻstini emas, balki umuman Ye.ning rivojlanishi tarixi toʻgʻrisida fikr yuritish uchun muhimdir. Ye. poʻsti 2 asosiy qism — materik Ye. poʻsti va okean osti Ye. poʻstidan iborat, shulardan materiklar Ye. poʻsti yaxshiroq oʻrganilgan. Materikdagi Ye. poʻstining eng qad. tarkibiy unsurlari qad. (tokembriy) platformalar — tektonik jihatdan kam harakat qiladigan (barqaror) keng quruqliklardir. Platforma hududlarining anchagina qismi geologik tarix davomida deyarli gorizontal yotgan choʻkindi jinslar bilan qoplangan plitalarga aylangan. Ularning ostida qad. burmalangan fundament joylashgan. Bunday fundament choʻkindi jinslar boʻlmagan qalqonlarda yer yuzasiga chiqib qolgan va burmalangan metamorfik jinslardan tashkil topgan, bularni asosan granit tarkibli chuqur magmatik intruziyalar yorib chiqqan. Qad. platformalar bir-biridan faol geosinklinal mintaqalar bilan ajralgan; geosinklinal mintaqalar bir qancha geosinklinal sistemalardan iborat. Geosinklinal mintaqalar uzunasiga oʻnlarcha ming km ga choʻzilgan, ularda Ye. poʻsti qalin, katta amplitudali vertikal qarakatlar sodir boʻlgan, togʻ jinslari kuchli burmalangan, vulkan harakatlari faollashgan va seysmik harakatlar shiddatli tus olgan.

Okean osti Ye. poʻsti kam oʻrganilgan va bu sohada koʻproq faraz qilinadi. Keng va nisbatan tekis boʻlgan okean tubida vulkanizm kam, seysmik harakatlar sust, Ye. poʻstining vertikal harakatlari sekin oʻtadi. Bunday maydonlar okean platformalari deb ataladi. Ayni vaqtda okean ostida tektonik harakatlar boʻlib turadigan zonalar ham bor, ular okean rift mintaqalari deb ataladi va butun okeanlar boʻylab oʻrtaliq togʻ tizmalari shaklida choʻzilib yotadi. Ularda vulkanizm, kuchli seysmiklik va Ye. qaʼridan keladigan issiklik oqimi katta. Tizmalari boʻylama ketgan yer yoriqlari bilan murakkablashgan shunday joylarda qator chuqur rift botiklari paydo boʻlgan. Materik va okean osti Ye. poʻstlarining oʻzaro strukturaviy nisbatiga koʻra ularning bir-biridan prinsipal farq qiladigan 2 tipini ajratish mumkin. Atlantika tipi deb ataluvchi birinchisi, asosan Atlantika, Hind va Shim. Muz okeanlariga xos. Bu yerda materik va okean chegarasi materik poʻsti strukturalarini koʻndalangiga kesib oʻtadi, undan okean osti Ye. poʻstiga oʻtishi esa keskin boʻlib „granit“ qatlamini materik yon bagʻriga kirib yoʻqolishidan amalga oshadi. Ikkinchi, yoki tinch okean tipi Tinch okean chekkalari, Atlantika okeanining Karib dengizi va orollari, Jan. Gebrid o.lari va Hind okeanining Indoneziya qirgʻoklariga tegishlidir. Bunga mezozoy va kaynozoy burmali sistemalari va hoz. zamon geosin-klinallarining kontinent chetiga parallel yotishi xosdir. Oʻtish zonasi tarkibida geoantiklinal koʻtarilmalar mavjud. Hoz. relyefda bular orollar yoyining togʻlik arxipelagi koʻrinishida namoyon boʻlgan. Bular bilan chekka dengizlarning chuqur suv osti botiklari va kambar uzun okean novlari koʻrinishidagi geosinklinal bukilmalar yonma yon joylashgan.

Tinch okean qirgʻoklarining bunday xususiyatlarini koʻpincha uning kadimiyligidan deb izoxlaydilar. Ayni paytda atlantika tipidagi okeanlarning nisbatan yosh ekanligiga shubha yoʻq. Tarixiy geol. maʼlumotlariga koʻra paleozoy erasining oxirida Jan. Amerika, Afrika, Avstraliya va Antarktida materiklari, Madagaskar o. va qad. Hind platformasi bilan birgalikda Gondvana deb atalmish yagona kontinental massivni tashkil etgan. Fakat mezozoy davomida u boʻlaklarga ajralgan, natijada xoz. Hind va Atlantika okeanlari botiklari paydo boʻlgan. Bu faktni hamma tomonidan yakdil tan olinishi uni turlicha talqin etilishini inkor qilmaydi. Baʼzi bir olimlar bu hodisani „okeanlanish“ natijasi, yaʼni materik Ye. poʻstini okean osti Ye. poʻstiga aylanishi deb hisoblaydilar. Ayni vaqtda okeanlar materik Ye. poʻsti bloklarining surilishi va tag substratning ochilib qolishidan hosil buladi degan fikrlar keng tarqalmoqda. Materiklar dreyfi toʻgʻrisidagi bunday fikrlar paleogeografiya maʼlumotlari asosida tasdiqlangan.

Yer relyefi. Ye.ning eng yirik (sayyoraviy koʻlamdagi) relyef shakllari Ye. poʻstining eng ulkan strukturali unsurlariga muvofiq keladi. Ularning morfologik tafovutlari Ye. poʻsti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixidagi farqqa hamda tektonik harakatlarning yunalishiga qarab bel-gilanadi. Ye. yuzi relyefining asosan ichki (endogen) jarayonlar taʼsirida paydo boʻladigan bu shakllari morfostrukturalar deb ataladi.

Sayyora masshtabidagi morfostrukturalar nisbatan kichikroq, lekin bari bir yirik morfostrukturalar — ayrim qirlar, togʻ tizmalari, platolar, botiklar va b. relyef shakllariga ajraladi. Bu morfostrukturalar ustida morfoskulpturalar deb ataladigan va aksari tashqi kuchlar taʼsirida vujudga kelgan xilma-xil mayda relyef shakllari joylashgan.

Morfostrukturalar Ye. yuzasidagi yirik past-balandliklar, materik doʻngliklari va okean botiqlarini hosil qiladi. Quruqlik relyefining eng yirik unsurlari — tekislik-platforma va togʻ (orogen) oblastlari.

Tekislik-platforma oblastlari kad. va yosh platformalarning tekislik qismlarini oʻz ichiga oladi va quruqlikning qariyb 64 %ini egallagan. Dastlabki tekislik yuzalari aksari maydonni egallagan, ular deyarli gorizontal yotuvchi choʻkindi jinslar qatlamlaridan iborat. Bu oblastlarning joylanishida simmetriyalik kuzatiladi: Shim. yarim sharda Shim. Amerika, Sharqiy Yevropa va Sibir tekisliklari, Jan. yarim sharda Jan. Amerika (Braziliya), AfrikaArabiston va Avstraliya tekisliklari joylashgan. Platforma tekisliklarida alohida pasttekisliklar va qirlar, plato, yassitogʻliklar va ancha baland togʻ massivlari bor. Tekislik-platforma oblastlari mutlak, bal. 100–300 m li past oblastlar (Sharqiy Yevropa, Gʻarbiy Sibir, Turon, Shim. Amerika) va Ye. poʻstining eng yangi harakatlari natijasida koʻtarilgan (400–1000 m) baland oblastlarga (Oʻrta Sibir yassitogʻligi, Afrika-Arabiston, Hindiston tekisliklari hamda Avstraliya va Jan. Amerika tekisliklarining ancha qismi) boʻlinadi. Quruklik relyefida baland tekisliklar aksariyatni tashkil etadi.

Togʻli (orogen) oblastlar quruqlikning 36 % ga yaqinini egallaydi. Bular ikki tipga boʻlinadi: dastlab kaynozoy geosinklinal sistemalari rivojlanishining orogen bosqichida paydo boʻlgan yosh yoki epige-osinklinal (Yevrosiyo jan.dagi, Shim. va Jan. Amerikaning gʻarbidagi) togʻlar va qaytadan vujudga kelgan yoki epiplatforma togʻlari; ular Ye. poʻstidagi qad. burmali oblastlarning tekislangan yoki yarim yemirilgan joylarida keyingi harakatlar natijasida yosharishi va kaytadan paydo boʻlishidan bunyodga kelgan (mas, Tyanshan, Kunlun, Jan. Sibir va Mongoliya shim.dagi togʻlar, Shim. Amerikadagi Qoyali togʻlar va b.).

Okeanlarning tubi quyidagi qismlarga ajraladi: materiklarning suv osti chekkalari, orol yoylari zonasi (yoki oraliq zona), okean tubi va okean oʻrtaliq tizmalari. Materikning suv osti chekkasi (Yeryuzasining 14 % chasi) materik sayozligi mintaqasining tekis qismi (shelf), materik yon bagʻri va 2500 dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan materik etaginsh oʻz ichiga oladi. Materik yon bagʻri va materik etagini okean qaʼri deb ataladigan okean tubining ayeosiy qismidan quruqlik va shelfdan tashkil topgan materik doʻngliklari ajratib turadi.

Orollar yoyi zonasi. Okean qaʼri Ye. kurrasining hamma oblastlarida ham materik etaklari bilan chegaradosh boʻlavermaydi. Geosinklinal rejimi ho-zirgacha saqlangan Tinch okean gʻarbiy chekkalari, Malay arxipelagi oblasti, Antil o.lari, Skosha dengizi va b. hududlarda materik bilan okean qaʼri oraligʻida oʻtuvchi zona joylashgan. Bu zona okean tubi qismlarining kengligi va koʻtarilgan hamda chuqur choʻkkan joylarining keskin almashishi bilan farq qiladi. Bu xududlarda orollar yoyi arxipelaglari, chekka dengizlar havzalari (mas, Bering , Oxota va b. dengizlar), ular hududida togʻlar va kutarilmalar, shuningdek, chuqur suv osti novlari joylashgan. Orollar yoylari (Kuril, Zond, Antil o.lari va b.) qator orollar koʻrinishida suv sathidan koʻtarilgan; chuqur suv osti novlari — okean tubining 7–11 km chuqurlikdagi uzun va kambar botiqlaridan iborat.

Asl okean qaʼri ning koʻp qismi (Ye. yuzasining 40 % gacha) okean platformalari (talassokraton)ga toʻgʻri keladigan chukur suv osti (oʻrtacha chuq. 3—4 ming m) tekisliklari bilan band. Yassi (subgorizontal), kiya va bal. 1000 m gacha boʻlgan doʻng tekisliklar mavjud. Okean qaʼridagi tekisliklar oralaridan alo-hida joylashgan koʻp sonli suv osti togʻliklari (vulkanlar) koʻtarilib turadi.

Suv osti relyefining eng yirik unsuri okean oʻrtaliq tizmalari dir (Ye. yuzasining 10 % gacha). Ularning umumiy uz. 60 ming km dan koʻproq. Ular nishabli balandliklar boʻlib, kengligi bir necha oʻn km dan ming km gacha, qoʻshni havzalar tubidan 2–3 km koʻtarilib turadi. Tizmalarning ayrim choʻqqilari okean sathidan vulkan orollari shaklida koʻtarilgan (Tristan-da-Kunya, Buve, Santa-Yelena va b.).

E. yuzasining tuzilishida Ye. poʻstini butunlay kesib oʻtadigan va koʻpincha mantiyagacha boradigan chuqur Ye. yoriqlari muhim rol oʻynaydi. Ular Ye. poʻstini relyefda yaxshi ifodalanib turadigan katta boʻlaklarga ajratib turadi. Yirik Ye. yoriqlari okeanlar tubida kenglik va subkenglik boʻyicha 1000 km gacha choʻzilgan. Bunday Ye yoriqlari okean oʻrtaliq tizmalarini kesib oʻtgan, ularni biri ikkinchisiga nisbatan 10–100 km ga siljigan segmentlarga ajratib yuborgan va relyefda tepalik, kambar botiqlar va ular ustidan koʻtarilgan togʻ tizmalari shaklida namoyon boʻlgan.

Morfoskulpturalar. Morfoskulpturalarning shakllanishida dare va vaqtincha oqar suvlarning roli katta. Suv keng tarqalgan flyuvial (erozion va akkumulyativ) shakllarni (daryo vodiylari, soyliklar, jarlar va b.) hosil qilgan. Muzlik shakllari ham koʻp. Ular xoz. va kad. muzliklar faoliyati bilan bogʻliq. Osiyo va Shim. Amerikada koʻp yillik muzloq qatlamli jinslar tarqalgan joylarda turli shakldagi muzlagan yerlar (kriogen) relyefi rivojlangan. Choʻl va chala choʻl oʻlkalarda fizik nurash, shamol va vaq-tincha okar suv oqimlari tufayli yuzaga kelgan arid relyef shakllari keng tarqalgan.

Biosfera. Tarkibi, tuzilishi, energetikasi tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchas bogʻlangan biologik qobiq, yaʼni biosferaning mavjudligi Ye.ning sayyora sifatidagi oʻziga xos eng muhim xususiyatidir. Biosferaga Ye.ning faqat hoz. hayot tarqalgan ustki qismigina emas, balki boshqa geosferalarning tirik modda kirib boradigan hamda uning faoliyati taʼsirida qachonlardir qaytadan oʻzgargan qismlari ham kiradi. Shu sababdan biosfera tirik organizmlarning faqat hoz. yashash muhitini emas, balki kad. muhitini ham oʻz ichiga oladi. Turli maʼlumotlarga koʻra, Ye.da 2,5 mln. turga yaqin tirik organizmlar tarqalgan. Shundan faqat 1/5 qismini oʻsimliklar tashkil qiladi. Hayvonlar orasida turlar soni jihatidan boʻgʻimoyoqlilar birinchi (1500000 turdan ortiq), mollyuskalar — ikkinchi (130000 tur), xordalilar (40000 tur) uchinchi, oʻsimliklardan yopiq urugʻlilar birinchi (350000 tur), zamburugʻlar (100000 tur) ikkinchi oʻrinda turadi. Biroq turlar soni individlar soniga har doim mos kelavermaydi, chunki oʻsimlik va hayvonlar ayrim sistematik guruhlarining turlari kam boʻlgani holda individlar soni haddan tashqari koʻp bulishi mumkin. Shu sababdan oʻsimliklar va hayvonot dunyosini taʼriflashda biomassa va biologik mahsuldorlik tushunchalaridan foydalaniladi. Tarkibi jihatidan biosfera moddasi tirik (organizmlar), biogen (tirik organizmlar barpo etgan mahsulotlar), biokos (biologik va anorganik jarayonlarning birgalikdagi taʼsiri natijasida ham hosil boʻlgan) va kos (anorganik) moddalarga boʻlinadi (qarang Biosfera).

Geografik qobiq (landshaft qobigʻi) qiyosan qalin boʻlmasa ham, Ye.ning oʻziga xos xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Bu sferada 3 geosfera atmosferaning qismlari, gidrosfera va Ye. poʻsti bir-biri bilan tutashadi va oʻzaro munosabatda boʻladi. Landshaft sferasi Quyosh nuri energiyasining asosiy qismini yutadi va b. kosmik taʼsirlarni qabul qiladi. Unda Ye. ichidagi radioaktiv parchalanish va b. jarayonlar taʼsirida paydo boʻladigan tektonik harakatlar roʻy beradi, minerallar qayta kristallanadi va h. k.

Turli xil manba (asosan, Quyosh) energiyalari landshaft sferasida issiqlik, molekulyar, kimyoviy, kinetik, potensial, elektr energiyaga aylanadi va natijada bu yerda Quyoshdan keladigan issiklik toʻplanib, tirik organizmlar uchun xilma-xil sharoit yaratiladi (qarang Geografik qobiq).

Geologik tarix va yerdagi hayot evolyusiyasi. Yerning geologik tarixi Ye. poʻstining geologik tuzilishi va togʻ jinslari majmuasini oʻrganish asosida aniqlangan. Ye.dagi eng qad. togʻ jinslarining mutlaq yoshi 4,5 mlrd. yildan koʻproq, sayyora shaklidagi Ye.ning yoshi esa qariyb 4,7 mlrd. yilga teng . Ye.ning paydo boʻlishi va dastlabki rivojlanishi uning geologik tarixidan oldinoq kechgan. Ye.ning geologik tarixi bir-biriga teng boʻlmagan 2 bosqichga boʻlinadi: Yer tarixining taxminan 5/6 qismini oʻz ichiga olgan tokembriy (3 mlrd. y.dan ortiq) va soʻnggi 570 mln. yilni oʻz ichiga olgan fanerozoy (qarang Fanerozoy eoni). Tokembriy arxey va proterozoyga boʻlinadi. Fanerozoy esa paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarini oʻz ichiga oladi (qarang Geoxronologiya).

E. poʻsti materik qismining tarixi yaxshiroq oʻrganilgan, ana shu qismda qad. (tokembriy) platformalar bundan 1500—1600 mln. yilcha oldin tarkib topgan; bular Yevropadagi Sharqiy Yevropa, Sibir (Rossiya); Xitoy-Koreya, Jan. Xitoy va Hindiston, Afrika, Avstraliya, Jan. Amerika va Shim. Amerika (Kanada), shuningdek, Antarktida platformalaridir. Materiklar Ye. poʻsti tarixi geosinklinal sistemalardan iborat geosinklinal mintaqalarning tarkib topish tarixidan iborat (qarang Geosinklinal).

Fanerozoy geosinklinal sistemalarining koʻpchiligi tektonik sikllar davomida vujudga kelgan. Tektonik sikllardan har birining boshlanishi va oxiri turli hollarda oʻnlarcha mln. yil farq qilsa ham, bu sikllar materik Ye. poʻsti strukturasi umumiy evolyusiyasining tabiiy bosqichlari hisoblanadi. Bulardan ikkitasi — kaledon va gersin sikli paleozoy erasiga toʻgʻri keladi (bundan 570—248 mln. yil oldin oʻtgan). Mana shu sikllar oxirida tugagan kaledon va gersin burmalanishi eng katta epipaleozoy yosh platformalarining fundamentlarini hosil qilgan. Bundan keyingi tektonik tarix koʻpincha yagona alp sikli deb qaraladi (qarang Alp burmalanishi). Birok, bu sikl ham Ye. sharining muayyan qismlari taraqqiyotida mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan bir qancha kichik sikllarga ajraladi (mezozoy sikli, haqiqiy alp sikli, kaynozoy sikli).

Butun tektonik sikl davomida vertikal harakatlarning davriy takrorlanib turishi (sikl boshida yerning koʻproq choʻkishi va sikl oxirida koʻproq koʻtarilishi) har safar Ye. yuzasi relyefining oʻzgarishiga, transgressiya va regressiya boʻlib turishiga olib kelgan. Bu davriy harakatlar choʻkindi jinslar tabiatiga, shuningdek, iklimga taʼsir etgan, oqibatda iklim davriy ravishda oʻzgarib turgan. Paleozoyda Braziliya, Jan. Afrika, Hindiston va Avstraliyani vaqti-vaqti bilan muz bosgan. Shim. yarim sharning bir qancha joylarini oxirgi marta antropogenda muz qoplagan.

Har bir tektonik siklning birinchi yarmida materiklarni koʻproq dengiz bosgan — platformalar va geosin-klinallarning koʻproq qismi suv ostida qolgan. Dengizlarda dastlab koʻproq qumgillar choʻkkan, dengizlar maydoni kengaygan sari ohaktoshlar toʻplanishi koʻpaya borgan. Sikl oʻrtalariga kelib Ye. poʻsti tobora koʻtarila borgach dengiz chekingan, quruqlik va geosinklinallarda togʻlar paydo boʻlgan. Tektonik sikl oxirlarida deyarli hamma joyda materiklar dengiz havzalaridan xoli boʻlgan. Botiklarda paydo boʻladigan choʻkindi jinslar ham oʻzgargan. Dastlab dengiz choʻkindilari qum, gillardan iborat boʻlgan, sayoz va berk dengiz havzalarida esa suvning bugʻlanib ketishidan xemogen laguna yotqiziqpari (tuz, gips) hosil boʻlgan. Choʻkindi hosil boʻlish sharoiti davriy oʻzgarib turganidan, turli tektonik sikllarning bir xil bosqichlarida hosil boʻlgan choʻkindi formatsiyalari bir-biriga oʻxshaydi. Bu esa bir qancha hollarda choʻkindi foydali qazilma konlarining hosil boʻlishiga olib kelgan. Mac, eng katta toshkoʻmir konlari gersin va alp sikllarining endigina Ye. poʻsti koʻtarila boshlagan bosqichlarida vujudga kelgan. Tektonik sikllarinng oxirlarida osh va kaliy tuzining yirik konlari hosil boʻlgan.

Platformalarda geologik tarix davomida tektonik harakatlar bir necha bor kuchaygan. Bu neogen oxirida ayniqsa yaqqol namoyon boʻlgan — kaledon yoki gersin sikllari oxirlarida paydo bulgan va tekislanib qolgan togʻlar (mas, Tyanshan, Oltoy, Sayan togʻlari va b.) bu paytda platformalarda yana baland koʻtarilib qolgan; xuddi ana shu davrda yirik grabenlar — rift sistemalari (Baykal riftlari, Sharqiy Afrika grabenlari) vujudga kelgan.

Tashqi va ichki kuchlarning oʻzaro taʼsiridan Ye. yuzasining tabiati butun geologik tarix davomida oʻzgarib turgan. Relyef, materik va okeanlarning qiyofasi, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi bir necha bor oʻzgargan. Organik dunyo taraqqiyoti Ye. taraqqiyotining asosiy bosqichlari bilan chambarchas bogʻliqdir; ana shu bosqichlar orasida nisbatan tinch davom etgan uzok, davrlar bilan birga Ye. poʻsti hamda yuzasidagi tabiiy sharoit qisqa vaqt davomida uzgarib ketgan davrlar ham boʻlgan.

Organik dunyoning rivojlanish tarixi. Ye.da hayotning paydo boʻlishi va uning dastlabki taraqqiyot davri toʻgʻrisida turli gipotezalar mavjud. koʻpchilik olimlarning fikriga koʻra, biologik evolyusiyadan oldin suv xavzalarida aminokislotalar, oqsillar va b. organik birikmalar paydo boʻlishi bilan bogʻliq, uzoq davom etgan kimyoviy evolyusiya boʻlib oʻtgan. Dastlabki atmosfera tarkibida kislorod boʻlmagan. Atmosfera, asosan, metan, karbonat angidrid, suv bugʻi va vodoroddan tashkil topgan boʻlib, kislorod birikkan holda boʻlgan. Evolyusiya tufayli dastlabki murakkab organik birikmalardan asta-sekin ibtidoiy organizmlar vujudga kelgan. Ular oqsil va nuklein kislotadan tarkib topgan va irsiy oʻzgarish qobiliyatiga ega boʻlgan (qarang Mutatsiya). Tabiiy tanlanish taʼsirida koʻproq takomillashgan va organik moddalar bilan oziqlangan ibtidoiy organizmlargina yashab qolgan (qarang Geterotrof organizmlar). Keyinroq anorganik moddalardan kimyoviy sintez va fotosintez yoʻli bilan organik moddalarni sintez qila oladigan organizmlar paydo boʻlgan (qarang Avtotrof organizmlar). Fotosintez tufayli hosil boʻladigan erkin kislorod atmosferada toʻplana borgan. Avtotrof organizmlar kelib chiqishi bilan oʻsimlik va hayvonlar evolyusiyasi uchun keng imkoniyat tugʻilgan.

Hayot tarixi togʻ jinslarida saqlanib qolgan hayvon va oʻsimliklarning tosh qotgan qoldiqlari va ular faoliyatining izlariga qarab oʻrganiladi. Pekin bu maʼlumotlar toʻla emas, chunki koʻpgina organizmlar, xususan skeletsiz organizmlar butunlay yoʻqolib ketgan.

Organizmlar hayot faoliyatining eng qad. izlari bundan 2,6—3,2 mlrd. yil va undan ham oldinroq paydo boʻlgan arxey jinslarida saqlangan; ular bakteriya va koʻk-yashil suvoʻtlar qoldiqlaridan iborat. Proterozoy jinslarida to-pilgan organik moddalar ancha xilma-xildir. Quyi proterozoydan aksari suvutlar (stromatolitlar) va bakteriyalar (jumladan, temir rudasi konlari hosil qilgan temir bakteriyalari) hayot faoliyati mahsulotlari topilgan. Pro-terozoyda dastlabki koʻp hujayrali hayvonlar paydo bulgan, chunki proterozoy oxiridagi yotqiziklarda skeletsiz bir qancha hayvonlar — bulutlar, meduzalar, marjonlar, chuvalchang va b. baʼzi organizmlarning izlari va yadrolari aniqlangan. Meduzalar qoldigʻi koʻp topilganidan proterozoy oxirini „meduzalar asri“ deb atashadi. Proterozoyda boshqa organizmlar ham boʻlgan, chunki ilk paleozoy yotqiziklaridan butun hayvonot olamining deyarli barcha tiplari vakillarining qoldiqlari va izlari topilgan.

Ilk kembriy va fanerozoy chegarasida organik yoki mineral skeletli organizmlarning dunyoga kelishi organik dunyo taraqqiyotida juda muhim voqea boʻldi. Fanerozoy yotqiziklaridagi koʻpdan-koʻp organik qoldiqlar organik dunyo taraqqiyot tarixining qanday kechganini bilib olish bilan bir qatorda uni muayyan bosqichlarga (eralar, davrlar va b.) boʻlishga, paleogeografik rekonstruksiya qilishga (dengiz va kontinentlarning, iklim zonalarining chegaralarini aniqlashga, dengiz havzalari va materi klar tarixini bilib olishga, oʻtmishda organizmlarning qanday qilib va qaysi sharoitda yashaganini aniqlashga) imkon beradi.

Evolyusiya muhitga moslashish jarayoni tarzida borgan va irsiy oʻzgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish uning asosiy omili boʻlgan. Baʼ-zan organizmlar juda katta sifat uzgarishlariga uchragan (mas, issiq qonli organizmlar paydo boʻlgan). Evolyusiya, odatda, oddiy shakldan murakkab shaklga oʻtishdan iborat boʻlgan; bir xil organizmlarning rivojlanishi muhitga uncha moslashmagan ikkinchi bir xil organizmlarning xalok boʻlib yoʻq boʻlishiga olib kelgan.

Organik dunyoga qarab aytiladigan boʻlsa, paleozoy erasi ikki bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich (kembriy, ordovik va silur)da dengiz organizmlari ustun turgan. Ordovikda dastlabki umurtqalilar paydo boʻlgan. Silur oxirida jagʻ suyakli chinakam baliklar vujudga kelgan. Ikkinchi bosqich — oʻrta paleozoyda quruqlikda yashaydigan oʻsimlik va hayvonlar paydo boʻlib, keng tarqalgan. Devon boshida birinchi hasharotlar va quruklikda yashaydigan xelitseralilar (chayonlar, urgimchaklar va kanalar) paydo boʻlgan. Devonda, ayniqsa, baliklar tez taraqqiy etgan, shuning uchun baʼzan devon davrini „baliklar asri“ deb atashadi.

Paleozoy oxirida (karbon va perm) turli organizmlar, avvalo usimliklar quruklikni ham egallay boshlagan. Daraxtlar paydo boʻlib koʻpaygan. Oʻrta va kechki karbonda 3 botanik-geografik oblast: tropik, shim. (Angara) vajan. (Gondvana) oblastlari paydo boʻlgan. Oʻsimliklar bilan bir qatorda quruklikda yashaydigan koʻpgina hayvonlar, birinchi navbatda boʻgʻimoyoqlilar (hasharotlar) koʻpaygan, dastlabki sudraluvchilar vujudga kelgan. Perm davrining oʻrtalarida dengizlarning hajmi kichraygan, materiklar maydoni kengaygan. Ochiq urugʻlilar — ignabarglilar keng tarqalgan.

Mezozoy erasining boshlarida suvda yashovchi sudraluvchilar — toshbaqalar, timsohlar, ixtiozavrlar; quruqlik hayvonlari — birinchi dinozavrlar, ibtidoiy sut emizuvchilar (triko-nodontlar) paydo boʻlgan. Trias davri oxirida qirqquloklar, ignabarglilar va b. koʻpaygan. Yura davri oxirida sudraluvchilardan qad. qushlar (arxeopteriks) kelib chiqqan.

Boʻr davrida tishli qushlar tarqalib, bahaybat dinozavrlar paydo boʻlgan. Boʻr davri oxirida koʻp organizm guruhlari qirilib ketgan va oʻzgargan.

Kaynozoy erasining boshiga kelganda organik dunyo yanada murakkablashgan. Bir qancha qushlar va sut emizuvchilar paydo bulgan; miyasi murakkab issiq qonli qushlar tashqi muhitga nisbatan ancha mustaqil boʻlib, hayotga koʻproq moslashgan. Baʼzi sut emizuvchilar quruklikda, boshqalari dengizda yashashga, bir xillari uchishga moslashgan. Tropik, subtropik va muʼtadil botanik-geografik oblastlar yaqqol ajralgan; tropik va subtropik oblayetlarda doimiy yashil palma va daraxtsimon qirqquloq (paporotnik) koʻpchilikni tashkil etgan. Moʻʼtadil oblastda ignabargli va kengbargli oʻrmonlar tarqalgan.

Paleogenning oxiri va neogenning boshida hoz. hayvonlarga oʻxshab ketadigan umurtqasizlar rivojlanishda davom etgan. Amfibiyalar va sudralib yuruvchilar yanada taraqqiy etgan; qushlar kengroq hududlarga tarqalgan. Neogen boshida uch panjali otlar, karkidonlar, mastodontlar, jirafalar, bugʻular, yirtqichlar (qilich tishli yoʻlbarslar, sirtlonlar), Gʻarbiy Yevropada tundra, tayga oʻsimliklari tarkib topgan. Yevropa va Shim. Amerikada oʻtloq oʻsimlikli tekisliklar paydo boʻlgan. Antropogen davrida hoz. flora va fauna rivojlanishda davom etgan. Shim. yarim sharning hayvonot va oʻsimlik dunyosi katta muzliklar bosgan davrda juda ham oʻzgarib ketgan. Oʻziga xos baʼzi hayvonlar (mamont, uzun junli karkidonlar) pay-do boʻlib, yana qirilib ketgan. Odamning paydo boʻlishi bu davrdagi eng muhim voqea edi.

Inson va Yer. Maʼlumotlarga qaraganda, eng qad. odamlar bundan 2 mln. yil oldin (baʼzi olimlarning fikricha, 1 mln. yil oldin) paydo boʻlgan. Odamning paydo boʻlgan joyi haqidagi masala hali uzil-kesil hal etilmagan. Baʼzi olimlar odamning dastlabki makoni Afrika boʻlgan deyishsa, boshqalari — Yevrosiyoning jan. hududlari, uchinchilari — Oʻrta dengiz oʻlkalari deb hisoblashadi. Ilk paleolit davridayoq (yana q. Tout acpu) odam Markaziy va Jan. Yevropa. Afrika va Osiyoning koʻpgina joylarida yashagan; yuqori paleolit davriga kelib jismoniy jihatdan hoz. zamon tipidagi odam (Homo Sapiens — „akdli odam“) shakllandi, shu davrning oʻzidayoq urugʻ jamoalari ham vujudga kelgan boʻlsa kerak (qarang Antropogenez, Ibtidoiy jamoa tuzumi). Yuqori paleolit davrida odamlar yana kengroq yerlarga tarqala boshlagan, jumladan Yevropa va Osiyoning muzdan boʻshagan kattakatta hududlariga oʻrnashgan; Osiyoning shim.-sharqiy chekkalariga yetib, Shim. Amerikaga qam kirib borgan. Jan. Osiyodan Avstraliya va Yangi Gvineyaga odam oʻta boshlagan. Mezolit davrida Shotlandiya va Skandinaviya, Boltik, dengizi sohillari, Shim. Muz okeani sohillarining bir qismiga odam joylashgan. Neolit davrida Yaponiya orollari va Okeaniyaga oʻrnashgan.

Ijtimoiy i. ch. jarayonida odam tevarak-atrofdagi muhitga taʼsir etadi, uni oʻzgartiradi. Kishining tabiatga taʼsir etish shakllari turlicha. Bu taʼsir natijasida suv resurslari qayta taqsimlanadi, mahalliy iqlim oʻzgaradi, re-lyefning baʼzi xususiyatlari boshqa qiyofaga kiradi. Inson taʼsirida geografik landshaft komponentlaridan birining oʻzgarishi boshqa komponentlarning ham oʻzgarishiga olib keladi. Tabiiy sharoit xoʻjalik faoliyati yoʻnalishiga va madaniyatning koʻpgina unsurlariga (uyjoy, kiyim-kechak, oziq-ovqat va b.) katta taʼsir koʻrsatadi, lekin bu taʼsir hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Tabiatdan oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va vaqshiylarcha, ayovsiz foydalanish yoʻllari bor. Birinchi usulda tabiiy boyliklar muhofaza qilinadi, maqsadga muvofiq oʻzgartiriladi. Ikkinchi munosabat esa tabiatni qashshoqlashtiradi, fazilatini pasaytiradi.

Ilmiy-texnika inqilobi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish jadal surʼatda olib borildi. Tabiiy boyliklar tiklanmaydigan (mas, foydali qazilmalar) va yangilanadigan (mas, tuproq, oʻsimliklar, hayvonlar) resurslarga boʻlinadi. Shu sababli insoniyat oldida tabiiy muhitni yoʻq boʻlib ketishdan saklab qolishdek muhim vazifa turibdi.

Hoz. paytda tabiiy muhitni ifloslanishdan saqlash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi; tabiiy muhit, asosan, korxonalar, elektr st-yalar, avtotransport ajratib chiqaradigan chang, sulfit angidrid, karbon §-oksid, kul va shlak, metall birikmalari, ishlatilgan suvlar, tuproqqa haddan tashqari koʻp beriladigan zaharli dorilardan iflos boʻladi. Muhitning radioaktiv moddalardan zararlanishi ayniqsa xavfli. Tabiatni qoʻriklash va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish masalalari BMT va YUNESKO tomonidan chaqiriladigan xalqaro konferensiyalarda muhokama qilinadi.

Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tiklash masalalariga muhim xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlgan ish deb qaraladi. Respublikada tabiatni qoʻriqlash toʻgʻrisida aholida qonunlar qabul qilingan (qarang Tabiat boyliklari va tabiatni qoʻriqlash).

Aholi sonining oʻsishi bilan tabiiy resurslarning kamayib borishi insoniyat oldida turgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Milod boshida yer yuzida 200 mln. kishi bor edi. 1000 y.da yer yuzidagi aholi 275 mln., 17-asrda 500 mln. 1950 y.da 2,5 mlrd., 1970 y.da 3,6 mlrd., 2000 y.da 6 mlrd.ga yetdi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholi soni ayniqsa tez oʻsmoqda. Bu esa oʻsha mamlakatlar oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalasini qoʻymoqda. Aholini oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlash uchun ekin maydonlarini kengaytirish, ayniqsa, hosildorlikni tobora oshirib borish, chorvachilik mahsulotlarini koʻpaytirish zarur. Dengiz va okean resurslari ham oziq-ovqat manbai boʻlishi mumkin. Shuning uchun suvlarni toza saqlash insoniyatni suv bilan taʼminlash masalasi qoz. dolzarb masalalardan biri hisoblanadi (qarang Suv resurslari).

Qahhorbek Abdullabekov, Abdumajid Rahimov, Mamadmuso Mamadazimov, Ochil Mavlonov.

Yer — Quyosh tizimining Quyoshdan uzoqligi boʻyicha uchinchi oʻrindagi sayyorasi. U yer guruhi sayyoralari orasida eng kattasidir va hayot shakllariga ega yagona maʼlum sayyoradir.

Yer yuzasi meridian yoyining uzunligi ekvatorda qutb doirasiga nisbatan qisqaroqdir. Meridian yoyining bir gradus uzunligi ekvatorda 110,9 km, qutb doirasida 111,9 km. Yer qutblarida bir oz qisilgan boʻlib, qutb oʻqlari uzunligi 12714 km, ekvator boʻyicha diametr 12756 km, radiusi 6371,221 km teng. Demak, yerning siqiqligi 12 kilometrni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda olib boradigan aniq oʻlchash ishlari yerning ellipsoid shakliga yaqin ekanligini koʻrsatdi. Agar ekvatorial va qutbiy oʻqlarning uzunligidagi farqning kichik ekanligini xisobga olinsa, bunday elllipsoidni sferoid deb atash mumkin. Lekin yer yuzasi bizga maʼlum boʻlgan biror geometrik shakliga toʻgʻri kelmaydi. Himolay togʻidagi Jomolungma choʻqqisining balandligi okean yuzasida 8848 m, Tinch okeaning eng chukur joyi 11521 m ekanligini va yer yuzasi relyefi oʻzgarishining qariyb 20 kilometrdan oshiqligi xisobga olinsa, u oʻziga xos geoid shakliga ega. Yer yuzasi 510 mln. kvadrat kilometr, xajmi 1,083*1012 km, massasi 5,974*1027 gr., oʻrtacha zichligi 5,52g*sm3 ga tengdir. Yer ichki qismining tuzilishini va tarkibini tuzatish yoʻli bilan aniqlab boʻlmaydi, shuning uchun ham u bilvosita geofizik, seysmologik, graviymetrik va astronomik usullar yordamida aniqlanadi. Yer yuzasida tez-tez uchrab turadigan moddalarning oʻrtacha zichligi 2,7 g*sm3, bu esa yerning oʻrtacha zichligidan kamroqdir.




#Article 81: Izmir (182 words)


Izmir (Turkiya turkchasida İzmir) - Turkiyaning gʻarbidagi shahar, yirik port. Izmir elining maʼmuriy markazi. Egey dengizining Izmir qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 2,018 mln. kishi (1995). Izmir mil. av. 2ming yillikda bunyod etilgan va Smirna (yun. Smirne) deb atalgan. 15-asrdan Usmonli turklar saltanati tarkibida. 18-asr oxiridan Izmir Turkiyaning iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri. 1919 yil 15 mayda shaharni Gretsiya askarlari okkupatsiya qildi; 1922 yil 9 sentabrda ozod qilindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin I. porti harbiy dengiz baza-siga aylantirildi. Izmir Turkiyaning eksport boʻyicha bi-rinchi, import boʻyicha (Istanbuldan keyin) 2-oʻrindagi porti. Temir yoʻl va shosse yoʻllar tugu-ni. Xalqaro ahami-yatga ega aeroport bor. Muhim qishloq xoʻjaligi rayonining (tamaki, paxta, uzum, zaytun, don yetishtiriladi) sanoat va savdo markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki, sement, oyna-keramika, yogʻochsozlik, mashina-sozlik, kemasozlik va b. korxonalari bor. Izmir atrofidan lignit, simob, asbest qazib chiqariladi. Shaharda har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. Universitet, iqtisodiyot va savdo akademiyasi, konservatoriya, arxeologiya muzeyi bor. Qad. binolarning qoldiklari (maqbaralar, teatr, stadion va boshqalar) sakdangan. IZO... (yun. isos — bir xil, teng) — qoʻshma soʻz boʻlagi boʻlib, oʻzi qoʻshilgan soʻzga tenglik yoki turi, vazifasi jihatidan oʻxshashlik maʼnosi ifodasini beradi (mas, izomeriya, izotoplar).




#Article 82: Berlin (474 words)


Berlin — Olmoniya poytaxti. Federal maʼmuriy birlik — Yerga tenglashtirilgan. Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda. Shimoliy va Boltik dengizlariga chiqiladigan kanallar boʻyida. Maydoni qariyb 890 km. Shaharning gʻarbi va sharqida koʻl koʻp. Iqlimi moʻʼtadil, sernam; oʻrtacha yillik temperatura 8,4°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0—0,6°, iyulniki 18°. Bir yilda urtacha 587 mm yogʻin yogʻadi.

Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939 yilda 4,3 mln., 1945 yilda 2,8 mln., 1995 yilda 3,4 mln.

Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244 i.ga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486 yildan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. 17-asrda Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisn tez oʻsdi. 19-asr esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edn. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945 yilgacha Berlin Olmoniyaning eng yirik fan. madaniyat va siyosiy markazi. 1933—45 yillarda Berlin gitlerchilar uchinchi reyxining poytaxti. Berlin Ikkinchi jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomooʻidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945 yil 2 mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet, AQSH, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Olmoniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va GDR aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961 yilda Berlin devori (Sharqiy Olmoniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70- yillar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989 yil 9 noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (qarang Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Olmoniya) va GDR (Sharqiy Olmoniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990 yil 3 oktabr dan kuchga kirdi va birlashgan Olmoniyaning federal poytaxti statuyey Bonn shahridan Berlinga oʻtdi.

Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari ishlab chiqarish, umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.

Berlin faqat Olmoniyaning iqtisodiy markazi boʻlibgina qolmay, balki Yevropaning yirik sanoat markazlaridan biridir. Berlinda yirik bank va kredit muassasalari joylashgan. Berlin mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguii, bir necha vokzal va aeroportlar bor.

Berlin radialaylana reja asosida qurilgan va oʻz qiyofasini hozirgacha saqlagan. Shaharda oʻrta asr yodgorliklaridan gotika uslubiga xos Mariyenkirxe va Klosterkirxe cherkovlari (13—14-asrlar), barokko uslubidagi Nemis tarixi muzeyi (1695—1706), Brandenburg darvozasi (1788—91), klassitsizm uslubidagi opera teatri, drama teatri (1819—21) va Berlin saqlanib qolgan. Shaharda koʻplab zamonaviy savdo-sotiq binolari, saroy, uy-joylar va Berlin binolar barpo etilgan. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, A. Gumboldt nomidagi universitet (1809) va maxsus oʻquv yurtlari mavjud. Madaniymaishiy muassasalar: teatrlar. muzeylar, (ularda badiiy osori atiqalartoʻplangan), kutubxonalar, milliy galereya kabi yirik binolar juda koʻp. Hayvonot bogʻlari bor. 11-Olimpiada oʻyinlari (1936) boʻlib oʻtgan.




#Article 83: Amir Temur (3696 words)


Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda dafn etilgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.

Amir Temurning onasi Takina xotun edi. Otasi Amir Taragʻoy esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻoy ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi.... Taragʻoybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻoybek 1360 yilda vafot etgan.

Amir Temurning katta opasi Qutlugʻ-Turkan oqa va singlisi Shirinbek oqa bor edi. Ular Temurdan oldin vafot etishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda dafn etilgan. Muyizz al-Ansab'ga koʻra, Temurning yana uchta ukasi bor edi: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish. Temurning bitta amakisi bor edi, uning ismi Bolta edi.

Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.

Amir Temur ilk harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro kurashlarida qatnashib, jasorat koʻrsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dongʻi butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazagʻon bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga, soʻngra oʻsha yili (1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon og'oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi. Xondamirning Habib ussiyar kitobida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, ulus oʻnga yaqin mustaqil bekliklarga boʻlinib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xoʻjandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bugʻa sulduz, Shibirgʻonda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Koʻhistonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar oʻzlarini hokimi mutlaq deb eʼlon qiladilar.

Bu davrda Chigʻatoy ulusining sharqiy qismi — Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan moʻgʻul xonlari Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatishga harakat kiladilar. Jeta xonlaridan Tugʻluq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360 — 61 va 1365 y. larda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Moʻgʻul xonlarining boskinchilik yurishlari va zulmiga karshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr amirlari xalqqa bosh boʻlib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashga jurʼat eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga oʻtadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, oʻzga mamlakatlardan boshpana izlaydilar. Amir Temurning amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday ogʻir pallada siyosat maydoniga Amir Temur kiradi. Moʻgʻullarga qarshi turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tugʻluq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga oʻtib, uning yorligʻi bilan oʻz viloyatining dorugʻasn etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qoʻyilgan siyosiy hamda strategik qadam boʻlib, bu bilan Amir Temur moʻgʻullarning navbatdagi talontarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni falokatdan qutqargan edi. Biroq, Movarounnaxrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja va uning lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur boʻladi.

Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir Temur Tugʻluq Temurning yana bir raqibi — qaynogʻasi amir Husayn bilan uchrashadi. Amir Temur moʻgʻullar bilan kurashish maqsadida u bilan birlashib, ikkovlon kuch toʻplashga kirishadi. Dastlab ular Tugʻluq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni taʼqib qilishga kirishgan Xiva dorugʻasi Toʻqol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. Soʻngra 1362 yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar bilan boʻlgan toʻqnashuvda Amir Temur oʻng kifti va oʻng oyogʻidan jarohatlandi.

Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja boshliq Jeta lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364 y. oxirida ular moʻgʻul qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻladilar.

Biroq, Movarounnahrni qoʻldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 y. ning bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin tortadi. Toshkent bilan Chinoz oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang tarixda Loy jangi nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va oʻz qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand oʻsha paytlarda katta qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi. Shaharning na devori va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin moʻgʻullarga qarshi xalq koʻtariladi, sarbadorlar shahar mudofaasini oʻz qoʻllariga oladilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja dastlab Samarqandni, soʻngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. Sarbadorlarning moʻgʻullar ustidan qozongan gʻalabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo boʻyida oʻtkazib, 1366 y. bahorida Samarqandga yoʻl oldilar. Ular Konigita toʻxtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrugʻi bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur. oʻz himoyasiga olib kutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan Amir Temur oʻrtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qalʼa devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan koʻp sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh boʻlgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik koʻradi. 1366 — 70 yillar oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi.

Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeyini mustahkamlab, koʻpdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur (1370 y. iyunida) Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qoʻshin tuzish masalalari muhokama etildi.

El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qoʻshinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U amir va amir ul-umaro kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi. Qoʻshinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda eʼtibor beradi (yana q. Temuriylar harbiy sanʼati).

Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, dastlabki vaqtlardayoq mamlakatda roʻy bergan ogʻir iqtisodiy tanglikni bartaraf qilish uchun eng avvalo soliq tizimini tartibga soldi. Davlat soliqlarini yigʻishda aminlar, kalontarlar va soliq yigʻuvchilarni raʼiyatga nisbatan insof va adolatli boʻlishga, qonunga xilof ish tutmaslikka chaqirdi, chunki saltanatning barqarorligi koʻp jihatdan raʼiyatning hol-ahvoli, uning davlat va davlat boshligʻiga boʻlgan sadoqatiga bogʻliq. Raʼiyatni himoya qilish qonun bilan mustahkamlangan, qonun barchaga barobar boʻlgan. Amir Temur nafaqat oʻz xalqini, balki zabt etilgan mamlakatlarning aholisini ham imkoni boricha qonun himoyasiga olgan. Ularni asirlik va talon-tarojlardan saqlagan.

Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod etib, bu qad. mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shim. hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi, Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talontaroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini taʼminlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370 y. kuzi va 1371 y. bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirgʻon viloyati boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz boʻysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371 y. yoz (iyul)ida Kot shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373 y. bahori va 1375 y. yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakoʻl viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379 yilda Amir Temurni toʻrtinchi marotaba Xorazmga qoʻshin tortishga majbur etdi. Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf soʻfi ilgari Xorazmning Chigʻatoy ulusiga tegishli boʻlgan jan.-sharqiy (Kot va Xiva sh.lari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf soʻfining tutgan bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshinchi marta yurish qilishiga sabab boʻldi. 1388 yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga boʻysundirildi.

Bu orada Amir Temur Moʻgʻuliston hokimi Qamariddin bilan ham toʻqnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga boʻlgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370 — 71 yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376 yilda esa Qamariddin hatto Fargʻona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shim.-sharqiy hududlariga nisbatan boʻlayotgan muttasil taxdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371 — 90) mobaynida Sohibqiron Moʻgʻulistonga yetti marta yurish qilib, moʻgʻul hukmdorlari Anqotoʻra va Kamariddin ustidan gʻalaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, oʻzaro nizolar, shuningdek Moʻgʻuliston tomonidan boʻlib turgan tazyiqqa chek qoʻyib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.

Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qoʻshni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni oʻziga boʻysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Bu davrda Oltin Oʻrda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qoʻl keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381 y. u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya sh.lari jangsiz taslim boʻldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga oʻtishda koʻprik vazifasini oʻtardi. 1381 — 84 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qalʼalari, 1384 yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz sh.lari boʻysundirildi.

Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va etti yillik urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik (1386 — 88) harbiy yurishlar oqibatida Jan. Ozarbayjon, Iroqning shim. qismi, Gurjiston va Van koʻli atrofidagi yerlar egallandi.

Amir Temur shu bilan birga shim.-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi uch marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389 y. da Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391 yilning 18 iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol sh.lari oraligʻida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida (qarang Qunduzcha jangi) va nihoyat, 1395 yilda (28 fev.) Shim. Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga kakshatqich zarba beradi (qarang Terek daryosi boʻyidagi jang). Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar gʻorat qilindi. Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva yurishini shunday taʼriflaydi: Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti... (Zafarnoma, 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekdi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.

Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 — 96) urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.

Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan urushi (1398 y. may — 1399 y. mart) qariyb oʻn bir oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi qoʻshinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh sh.larida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.

Amir Temurning 1399 — 1404 yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur jahonning bukj sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan gʻalaba qozondi. Turkiya sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar. Soʻng , Amir Temur Anadolu ya. o.ni egallab, Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos o.laridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir sh.larini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning vafotidan soʻng (1403 y. 9 mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) sh. uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shim.-gʻarbiy qismi suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa sh. uning poytaxtiga aylantirildi. Usmonli turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi. 

Amir Temur Usmonli turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida boʻlmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 — 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 — 1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uygonayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.

Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 y. 27 noyab.da 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda vafoti (1405 y. 18 fev.) tufayli amalga oshmay qoldi. Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi (qarang Amir Temur maqbarasi).

Amir Temur — buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning ... davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim, degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning Qay bir joydan bir gisht olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat ektirdim degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan boʻlsada, lekin asosiy eʼtiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida boʻlib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad koʻtardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar Qubbat ul-ilm val-adab unvoniga ega boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh sh.larining meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.

Hofizi Abroʻning yozishicha, Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. U davlat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Odatda u tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar oʻtkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nuʼmonuddin Xorazmiy, Xoʻja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va maʼnaviyat aqliga koʻrsatgan gʻamxoʻrligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: Agar Temur qayerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini uchratsa, ularni oʻz homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom koʻrsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan oʻz oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi. Amir Temur davrida savdo va hunarmandchilik gʻoyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Klavixo Samarqand bozorlarida bugʻdoy va guruchning moʻlligi va arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini — atlas, kimxob, har xil ip va jun toʻqima mollar, moʻynali va ipakli poʻstinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini ham taʼkidlaydilar. Bu davrda Amir Temur va uning joy Sulton Mahmudxon asir olingan noiblari Xitoy va Hindistondan Oʻrta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yoʻnalgan asosiy xalqaro savdo yoʻli — Buyuk ipak yoʻlini nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashda, rabotlar, qalʼalar, koʻpriklar qurish yoʻlida muhim chora-tadbirlar koʻrdilar va Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor berdilar. Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar oʻrtasidagi tarqoklik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqgar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik kirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi.

Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki, uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqich (1360 — 86)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqpik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat i.ch. kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga uchragan iqgisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqnda xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur biror mamlakatni tasarrufiga olishdan avval albatta oʻsha joy aholisiga tinchlik yoʻlini taklif etgan, bu yoʻl inkor etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan.

Amir Temur hayotligi chogʻidayoq saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga boʻlib, oʻgʻil, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruxga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning jan. qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston va Shim. Hindiston (markazi Gʻazna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan. Amir Temur davlati oʻziga xos tartib-qoidalarga asoslangan holda idora etilgan (qarang Temuriylar davlati). Amir Temur asos solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda 16-asr boshigacha mavjud boʻlib, Shayboniyxon tomonidan tugatilgan.

Shoʻrolar tuzumi davrida Amir Temur. shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini oʻrganishga va uni ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqa uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), Amir Temur ordeni taʼsis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheʼriy hamda nasriy asarlar yaratildi.




#Article 84: Oʻzbek maqollari (151 words)


Avval salom baʼdaz kalom.

Bir kattani bil, bir kichikni bil.

Bola aziz — odobi undan aziz.

Bolaning erkasi, bitning sirkasi.

Bosh boʻlmagan uyda otasi turib oʻgʻli soʻzlar.

Inson odobi bilan, osmon oftobi bilan.

Katta izzatda — kichik xizmatda.

Kattada izzat yoq, kichikda xizmat yoq.

Kattaga katta boʻl, kichikka — kichik.

Kattaga salom ber, kichikka kalom ber.

Kattani hurmati — qarz,
Kichikka salom — farz.

Kattani katta desang oʻzidan ketar,
Kichikni katta desang, kattaga yetar.

Kattani uyalgisi kelsa, kichikka tegar.

Koʻp oʻynagan bola,
el koʻzida ola.

Odob — kishinig zebu ziynati.

Odob — oltindan qimmat.

Odob — peshada, gunoh — teshada.

Odob bozorda sotilmas.

Odobim — oftobim.

Odobli bola elga manzur.

Odobli kelinning supurgisi hashak ostida turar.

Odobli oʻqil — koʻkdagi yulduz,
odobli qiz — yoqadagi qunduz.

Odoblikni belgisi — eshilib salom bergani,
Yaqinlikning belgisi — kelib-ketib turgani.

Odobni beodobdan oʻrgan.

Odobning boshi — til.

Odobsiz betga chopar.

Yolgʻiz bolaga indamasang, koʻpayar.




#Article 85: Alifbo (201 words)


Alifbo (arab A.sining boshlang‘ich ikki harfi – alif va bo nomidan olingan) – biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab A.si, lotin A.si) yoki bo‘g‘in belgilar (mas, hind A.si – devanagari) majmui. A. mil. av. 2000-y. oxirlarida qad. Uga-rit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run va turkiy (uyg‘ur) yozuvlari bo‘lgan. Ammo, bu o‘ziga xos turkiy yozuvlar Axi haqida maʼlumot uchramaydi. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va baʼzan bo‘g‘in A.lari finikiy A. sidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va hokazo) va boshqa Alardan kelib chiqqan. Arab A.siga – barcha arab mamlakatlari, shuning-dek Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston – Shinjon, shuningdek 13–20-asr boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin A.siga Amerika, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning ko‘pchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (In-doneziya, Turkiya va boshqalar) yozuv tizimida; Kirill A.siga – Yevropa, Osiyodagi baʼ-zi xalqlar yozuv tizimida; hind bo‘g‘in A.siga – Hindistondagi ko‘pgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan. Yana q. Arab yozuvi, Arman yozuvi, Gruzin yozu-vi, Koreys yozuvi, Turkiy(uyg‘ur) yozuvi, O‘rxun-yenisey yozuvi, Yunon yozuvi, Hind yozuvi, Lotin alifbosi.




#Article 86: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (158 words)


Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent shahrida joylashgan. 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakultetlari, 25 kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan), kompyuter; testlar; Maʼnaviyat va maʼrifat markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; Biznes olami va Ziyokor oʻquv markazlari, Internet klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Universitetda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan professorlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Universitetda BMT, UNESCO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, Xalqaro munosabatlar jurnali nashr etiladi.




#Article 87: Iqtisodiyot (385 words)


Iqtisodiyot — yunoncha ekonom va oykos soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, ekonomika qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. Ekonomika soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda iqtisodiyot atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.

Qadimda Yunon filosoflaridan biri Ksenofont oʻzining ilmiy ishlaridan birini „Ekonomikos“ deb ataydi. Bu asar orqali mamlakatida roʻy berayotgan mahsulot almashinishi xamda ishchi xalqni qishloq hoʻjaligidan unumli foydalanib oʻzining moddiy ahvolini yaxshilashi borasida ilk marotiba soʻz yuritilgan. Keyinchalik bu sohalar borasida rivojlanish statistika oqimini keltirib chiqargan bir necha oqimlar vujudga keladi ulardan ayrimlari Oʻrta asrlarda vujudga kelib oʻzining yoʻnalishi bilan bir necha mamlakatlar aro yaxshigina shuhrat qozongan:

Merkantilizm — oqimidir bu yoʻnalish „merkante“ italyancha soʻzdan olingan boʻlib savdogar, xaridor maʼnosini anglatadi, XVI-asrning boshlarida paydo boʻlgan bu oqimning asoschilari taniqli italyan iqtisodchisi Tomas Men va fransuz iqtisodchisi Jan Batist Kolberg oʻzlarining ilmiy va amaliy ishlarida asos soluvchilar qatoridan joy olishdi.Merkantilizm tarafdorlari halq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu uning savdo bilan shugʻullanishi, eksport-importning izchilligidadir deb xisoblashishgan.

Fiziokratizm — fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib Hokimiyat tabiati maʼnosini beradi. Bu oliygohni asoschisi fransuz demokratisti Fransua Kenedir,Uning XVII-asrda Parijning kichik bir nashriyotida chop etilgan „Iqtisodiy jadvallar“ kitobi orqali ushbu Fiziokrat maqomida atalgan birinchi insonlardan biri sanaladi. Uning kitobida keltirilishcha halq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu aholining qishloqxoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq deb hisoblanilgan.

Klassik iqtisodiyotchilar-bu oqim bizning zamonamizga oʻzaro bogʻlikligi bilan ajralib turadi. XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning boshlarida Adam Smith,William Petty,David Ricardo,Jean Baptist Sayning iqtisodiy ruknda ishlari ularni bevosita bu oqimni yaralishiga olib kelgan. Bu iqtisodchilarning fikricha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi oʻzaro mahsulot ishlab chiqarish, raqobat faoliyatini kengaytirishi asosida yaratiladi deya xisoblashgan va oʻzlarining amaliy ishlarida buni yaqqol isbotlab berishgan.
Iqtisodiyot hamisha jamiyat hayotining asosini tashkil etadi. Odam yashashi uchun oʻz ehtiyojlarini qondirishi kerak,Hamma ehtiyojlarni qondirish esa ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bogʻliq.Inson sanʼat, adabiyot bilan shugʻullanishdan oldin avval ovqatlanishi, kiyinishi va yashash joyiga ega boʻlishi kerak.buning uchun zarur mahsulotlar, kiyim-kechak va boshqa tovarlar ishlab chiqarishda yaratiladi. Shu tarzda kishilarning moddiy turmush darajasi, moddiy ehtiyojlarning qondirilishi iqtisodiyotning holatiga, iishlab chiqarishning rivojlanishiga tugʻridan-toʻgʻri va bevosita bogʻliqdir.

Iqtisodiyot ilmiy va amaliy iqtisodiyotga boʻlinadi.

Ilmiy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi insonlar va jamiyatning koʻp maqsadlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan noyob resurslardan foydalanish usulini qanday tanlshlarini oʻrganuvchi fan.

Amaliy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonuniyat, nazariya, takliflarni bevosita iqtisodiy tizimning alohida elementlari faoliyatiga tatbiq qilish imkoniyatlarini oʻrganadi.




#Article 88: Anatomiya (689 words)


Anatomiya (grekcha soʻzdan olingan boʻlib, kesish, kesib ochish degan maʼnolarini bildiradi) biologiyaning boʻlimi boʻlib, odam tanasining qismlarini va joylashishini organadi. Anatomiya ikki asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, Umumiy Anatomiya va Histologiyadan iborat. Umumiy anatomiyada koʻz bilan koʻrib boladigan qismlar oʻrganilinadi, va gistologiyada mikroskop bilan koʻrish kerak boʻlgan qismlar oʻrganilinadi. Umumiy anatomiya yana bir qancha boʻlimlarga boʻlingan: hayvon anatomiyasi, oʻsimlik anatomiyasi va odam anatomiyasi.

Anatomiya – ayrim a’zolar, si-stemalar va butun organizmning shakli va tuzilishini o‘rganadigan fan; mor-fologiyaning bir qismi (qarang Hayvonlar morfologiyasi, O‘simliklar morfolo-giyasi). A. hayvonlar A.si (zootomiya) va o‘simliklar anatomiyasi (fitotomiya)ga bo‘linadi. Hayvonlar A.sidan odam A.si (antropotomiya) ajratiladi. Odam va hayvonlar organizmi evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini o‘rganadigan qiyosiy (solishtirma) A. ham bor. A termini ko‘proq odam A.sini ifoda-lash uchun ishlatiladi. Odam A.siga inson organizmi faoliyati haqidagi fan – fiziologiya bilan bir butun holda qaraladi. A. har bir a’zoning kishi jinsi va yoshiga qarab o‘zgarish xususiyatlarini, atrof muhit hamda mehnat fao-liyatining a’zolar tuzilishi, vazifasiga ta’sirini ham o‘rganadi. Dastlab har bir a’zo alohida-alo-hida o‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik a’zolarning o‘zaro munosabatlarini, ularning bir siste-maga birlashish qonuniyatlarini, orga-nizm bir butun bo‘lib, uni tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqligini, a’zolarning shakli bilan funksiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olgan holda o‘rganila boshlandi.A.ga oid dastlabki ma’lumotlar eng qadimgi xitoy va hind asarlarida, shuning-dek Gippokrat, Aristotel (Arastu) asarlari va ayniqsa Aleksandriya makta-bi vakillarining asarlarida uchraydi. Keyinchalik Abu Ali Ibn Sinoning 5 jildli Tib qonunlari asarida tib-biyotning barcha sohalariga, xususan A.ga oid mukammal ma’lumot berildi. Ita-lyan rassomi Leonardoda Vinchi mur-dani yorib tekshirib normal A.ning bir qadar mufassal tavsifini bergan. Hozirgi zamon A.si Uyg‘onish davridan, ya’ni yev-ropalik anatom-olim A. Vezaliy mur-dalarni yorib tekshirib, odam tanasi tuzilishining to‘liq, sistematik va aniq 470tavsifini bergan vaqtdan boshlanadi. A. umuman normal a’zo va to‘qimalarning shakli va tuzilishini o‘rgangani uchun normal A. deb ataladi. Normal A., or-ganizmning funksional sistemalariga muvofiq ravishda suyaklar haqidagi ta’-limot – osteologiya, bo‘g‘imlar haqidagi ta’limot – artrologiya, muskullar haqidagi ta’limot – miologiya, ichki a’zolar haqidagi ta’limot –splanx-nologiya, qon aylanish va limfa siste-masi haqidagi ta’limot – angiologiya, markaziy va pereferik nerv sistemasi haqidagi ta’limot – nevrologiya, sezgi a’zolari haqidagi ta’limot – estezio-logiya va ichki sekresiya bezlari haqidagi ta’limot – endokrinologiyatg bo‘linadi. A.dan quyidagi fanlar ajralib chiqqan: gistologiya (a’zo va to‘qimalarning mi-kroskopik tuzilishini o‘rganadi); pato-logik A. (kasallik oqibatida o‘zgargan a’zo va to‘qimalarning shakli va tuzi-lishini o‘rganadi), topografik yoki ama-liy A. (xirurgik A. ham deyiladi, odam tanasida a’zo va to‘qimalarning joyla-nishini o‘rganadi). Bundan tashqari, va-zifasi tasviriy san’at (rassomchilik, haykaltaroshlik) uchun odam gavdasining tashqi ko‘rinishini tasvirlab berishdan iborat bo‘lgan plastik A., a’zolarning shakllari va tuzilishini ularning fa-oliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadigan funksional yoki nazariy A., yosh A.si va boshqa A.lar ham bor.Miyaning faoliyati bilan bog‘liq holda uning noziq tuzilishi, qon va limfa to-mirlarining nerv bilan ta’minlanishi, bir qismi ishdan chik,-qan qon aylanish sistemasining tiklanish (kompensatsiya) qobiliyati va boshqa masalalar ham A.ning tadqiqot mavzuidir.A.ning asosiy va eng qadimgi o‘rganish usulidan foydalanilgan, bora-bora ke-sib preparatlar tayyorlash, arralash, qon tomirlarga turli suyukliklar yuborish, rentgen nuri va mikroskopii qo‘llash usullari joriy etildi: tirik odamda esa paypaslab ko‘rish, perkussiya (barmoq yoki bolg‘acha bilan urib o‘rganish) yoki au-skultatsiya (eshitib ko‘rish) usullari qo‘llanila boshlandi. Bundan tashqari, A. (proyeksion A.) hayvonlar va sog‘lom odamlarda (tashqi belgilarga qarab) chuqurroq yotgan a’zolarning joylanishini tajriba yo‘li bilan aniqlaydi.O‘zbekistonda A. fanining haqiqiy rivoji 1940–50 yillarga to‘g‘ri keladi. O‘zbek olimlaridan H. 3. Zohidov markaziy nerv sistemasining ayrim sohalarini, odamning yoshiga xos tuzili-shini, R. E. Xudoyberdiyev nerv sistema-sining qon bilan ta’minlanishini, qon to-mirlar A.sini, M. N. Xolqo‘ziyev vegeta-tiv nerv sistemasi A. sini, N. K. Ahmedov periferik nerv sistemasiga rentgen nurlarining ta’sirini o‘rgandilar. Olimlardan S. Sh. Shahrbiddinov, A. T. Okdlov, F. N. Bahodirov, N. A. Ibodov, I. K. Qosimxo‘jayevlar ham A. rivojla-nishiga munosib hissa qo‘shdilar. Hozir A.ning dolzarb masalalari – jigar, to-mirlarning normal va regeneratsiya sha-roitidagi o‘zgarishlari hamda nervlarning tiklanishi va periferik qon ay-lanishi ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Boshqa boʻlimlar ichida, odam anatomiyasi eng kerakli anatomiya boʻlimi hisoblanadi. Tibbiyot nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi sogʻlom insonning badan qismlarini shaklini, badanda joylashishini, katta-kichikligini va boshqa qismlar bilan aloqadorligini oʻrganuvchi boʻlimdir. Topografik anatomiyada bir qancha jasadlarni kesib, uni yaxshilab oʻrganiladi. Morfologik nuqtai nazaridan, odam anatomiyasi eng qiziqarli boʻlim hisoblanadi. Har bir qism nega shunday shakl, shunday joylashishda ekanligini savol qiladi. Bu qiziqish biologiya fanida qoʻshimcha boʻlimlar – embriologiya yoki rivojlanish biologiyasini va gistologiyani yaratdi.




#Article 89: Moliya (507 words)


Moliya — markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. M. iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu M. resurslari yoki M. obʼyektidir. M. subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. M. daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon M.si yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona M. fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi. Daromadlar ikkilamchi taqsimlanganda byudjetdan trans-fertlar (toʻlovlar) va turli maxsus fondlar ajratiladi. Daromadlar kayta taqsimlanganda turli nodavlat va jamoat tashkilotlari korxonalardan, aholidan va byudjetdan pul olib, oʻzining maxsus fondlarini hosil etadi. M. pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarini bajaradi: 1. Taqsimlash vazifasi — jamiyat daromadi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) pul, qiymat shaklida iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida boʻlinadi, ulardan har biri oʻz hissasini oladi, oʻz daromadiga ega boʻladi. 2. Rivojlantirish vazifasi — M. fondlaridan pul berish orqali iqtisodiyot subʼyektlarining faolligi yuzaga keltiriladi. Ragʻbatlantirish M. vositalarini qoʻllash orqali, chu-nonchi mukofotlash, subsidiya, subvensiya ajratish, jarima solish, sanatsiya va soliqlarni qoʻllash vositasida amalga oshiriladi. Bozor sharoitida asosiy ragʻbatlantirish vositasi soliq hisoblanadi. Soliqdan imtiyozlar berish soliq toʻlovchilarni qoʻliga tekkan daromadini oshiradi. Maqsadli imtiyozlar ularni yaxshi ishlashga undaydi. 3. Ijtimoi y himoya vazifasi — nochor aholi qatlamlari davlatdan, korxona va har xil nodavlat tashkilotlaridan va puldor fuqarolardan moliyaviy yordam oladi. Mazkur vazifani davlat byudjetining ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablagʻlari bajaradi. 4. Axborot berish vazifasi — mamlakat va ayrim subʼyektlarning moliyaviy ahvoli haqida axborot. Moliyaviy ahvolni tavsiflovchi axborot (koʻrsatkichlar) iqtisodiyotga tashhis qoʻyishga xizmat qiladi. 5. Nazorat vazifasi — moliyalashtirish yoʻsinida ajratilgan pulni naqadar maqsadli ishlatilishini pul beruvchilar nazorat qiladilar. Shu pulni oʻrinli yoki oʻrinsiz ishlatilishiga qarab moliyalashtirish koʻpaytiriladi, qisqartiriladi yoki umuman toʻxtatiladi.

Milliy iqtisodiyotning boʻgʻinlariga qarab turli darajada M. amal qiladi. Uning asosiy boʻgʻini quyi darajadagi yoki mikromoliyadir. Bunga korxona M. si (buni korporativ M. deb yuritiladi), xonadon M.si, jamoat tashkilotlari M.si, sugʻurtalash M.si kabilar kiradi. Davlat M.si makrodarajadagi M.ni tashkil etadi va milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Niqoyat milliy iqtisodiyotning eng yukrri darajasi bu metimoliya boʻlib, bu tabiatan xalqaro M. munosabatlari hisoblanadi, mamlakatlararo yuz beradi, xalqaro M. tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Turli darajadagi M. oʻzining koʻlami bilan ajralib turadi. M. turli darajadagi moliyalashtirish usullari jihatidan ham farqlanadi. Korxona, sugʻurta va xonadon M.si oʻzini oʻzi moliyalashtirish qoidasiga tayanadi. Davlat moliyasi byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarini qoʻllaydi. Turli nodavlat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari qisman oʻzini oʻzi moliyalashtiradi. Milliy iqtisodiyotning mohiyati va funksiyalari moliya tizimi faoliyatida oʻz ifodasini topadi
Moliya — pul mablagʻlaridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tizimi boʻlib, uning vositasida turli darajada pul mablagʻlari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.

Moliya iqtisodiyot doirasida oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir qator vazifalarni bajaradi.




#Article 90: Xalqaro tashkilot (159 words)


Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqgisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va sh.k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar 19-asrda vujudga keddi va 2jahrn urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqtvaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.

Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va sh.k. nomlar bilan ataladi.

Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.

Xalqaro tashkilotlar:

 




#Article 91: Xudoybergan Devonov (356 words)


Xudoybergan Devonov (1878, Xiva — 1940, Toshkent) — birinchi oʻzbek kinooperatori va oʻzbek kinosanʼatining asoschisi.

Xudoybergan Devonov 1879 yilda Xorazmda tugʻilgan. Bolaligidan bilimga chanqoqligi va ijodiy isteʻdodi bilan ajralib turgan. U arab,fors va rus tillarini oʻrgangan. Qiziquvchan oʻsmir nemis tilini oʻrgana boshlagan va bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan. Gap shundaki, XIX asr oxirida Xorazmning oʻsha paytdagi hukmdori Muhammad Rahimxon II nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga oʻlkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi ulugʻi Vilgelm Penner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan Xudoybergan birinchi marta fotoapparatni koʻrgan va undan foydalanishga ruxsat soʻragan. Keyinchalik Panor buva shogirdining muvaffaqiyatlaridan xursand boʻlib, unga fotoapparatni sovgʻa qilgan. Shunday qilib 1903 yilda Xudoybergan Devonov Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan. Avvaliga bu diniy ulamolarning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad Rahimxon oʻz himoyasiga olgan. U nafaqat xon, balki isteʻdodli shoir va bastakor sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoyberganga oʻzining suratini olishni buyurgan, keyin esa uni oʻz devoniga ishga taklif qilgan. 1907 yilda X.Devonov Xiva xonligining bir guruh vakillari bilan birga Sankt-Peterburgga safar qilgan. Tashrifdan soʻng delegatsiya rahbaridan Rossiya poytaxtida bir necha kun qolishga ruxsat soʻragan. Bu yerda 29 yoshli Xudoybergan foto sirlarini oʻrganishni davom ettiribgina qolmay, kinematografiya bilan ham qiziqib qolgan. U ona yurtiga qaytib, Xorazmga birinchi kinoapparatni olib kelgan.

U Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorliklari, Turkiston koʻrinishlari, Xiva va xivaliklar kabi qisqa filmlarni ishlagan. Oʻz filmlarida vatanparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan. Xorazm xalqi urf-odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi. XXSR davrida maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib bordi. Oʻzbekistanskaya pravda (Oʻzbekistan haqiqati), Inqilob quyoshi gaz.larida fotomuxbirlik qilib, Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo boʻlishi, dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yigʻilishlarga oid koʻp fotosurat va kinolavhalar yaratdi. 

Oʻzbek kinostudiyasi tashkil etilgach (1925), Devonovga Xorazmda kino ishlarini olib borish topshirildi. Keyinroq Sovkinoning muxbiri etib tayinlandi va Moskvaga Shoʻr koʻl, Ishchi ayollar singari syujet va lavhalarini yuborib turdi. Devonov. suratga olgan kinolentalarning koʻpi haligacha topilgani yoʻq. Urganch shahridagi kinoteatr, Xiva shahridagi Devonov,yashagan koʻcha uning nomi bilan yuritiladi. Xudoybergan Devonov - birinchi oʻzbek fotosuratchisi va kinotasvirchisi. 

Afsuski, X.Devonovning hayoti fojeali yakunlangan. 1936 yilda Stalin qatagʻonlari avjiga chiqqan davrda u xalq dushmani sifatida hibsga olingan va toʻrt yildan soʻng otib oʻldirilgan.




#Article 92: Alisher Navoiy (727 words)


Alisher Navoiy (1441-yil, 9-fevral 1501-yil, 3-yanvar) – ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.

Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480–1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:

 „Emas oson bu maydon ichra turmoq,
 Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“ 

deya taʼkid etadi.

OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida 15-20 asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan.

OʻzMUda „Xamsa“ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus Lison ut-tayr dostoni(1499)da, Nasoyim ul-muhabbat (1495-96)da, Tarixi anbiyo va hukamo(1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari asarlarida aks etgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil-quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.

Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy yoʻnalishdadir.

Navoiy „Muhokamatul-lugʻatayn“ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.

Aruz nazariyasiga bagʻishlangan „Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari eʼtiborli.

Tarix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.

Arab va fors tillaridagi asarlari.
Alisher Navoiy fors tilida yozgan sheʼrlari asosida „Devoni Foniy“ tuzilgan boʻlib, uning muqaddimasida „Sittai zaruriya“ („Olti zarurat“) va „Fusuli arbaa“ („Toʻrt fasl“) forsiy qasidalari majmualari berilgan.

Muammo janri qoidalariga bagʻishlangan „Mufradot“ (1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz sheʼriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan asosladi. Muammo va uni ifodalangan janrlar ruboiy, qitʼa, tuyuq, ayrim hollarda gʻazal munosabatini anglatdi. Muammolarni yechish usullarini oʻrgatish barobarida 121 ta misol keltirdi.
Navoiyning arab tilida „Sabʼatul-abhur“ („Yetti dengiz“) nomli diniy-tasavvufiy ruhda lugʻat xarakteridagi asar yozgani maʼlum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli darajada oʻrganilmagan. Alisher Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat, H.Sulaymon, N.Mallaev, Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva tomonidan oʻrganilgan.
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat mukofoti, OʻzRFA Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar, jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan ataladi.

Alisher Navoiy oʻz asarlarida oʻzbek sʻozini etnonim sifatida ishlatgan. Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilg‘ali, 
Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas.




#Article 93: Sherobod tumani (1242 words)


Sherobod tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarb tomondan Turkmaniston bilan chegaradosh. Tuman shimolidan Boysun, shimoli-sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, jan.dan Muzrabot, janubi-shardan Angor tumanlari, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,73 ming km². Aholisi 173.2 ming kishi (2018). Sherobod tumanida 1 shahar (Sherobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Zarabogʻ, Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Talashqon, Ko'hitang, Yangiturmush) bor. Markazi – Sherobod shahri. 

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (95,9%), shuningdek, tojik, rus, turkman, tatar, qozoq, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km² ga 50 kishi.

Relyefi tekislik, adir va togʻlikdan iborat. Tekislik qismi choʻl landshaftli. Tuman gʻarbida Koʻhitang togʻ tizmasi (eng baland joyi Ayri ota choʻqqisi, 3139 m), togʻlar orasida Zarabogʻ va Pashxoʻrd botiqlari joylashgan. Janubiy gʻarbidan shimoli-sharqqa tomon SherobodSariqamish qirlari oʻtadi. Foydali qazilmalardan katta zaxiraga ega boʻlgan osh tuzi, oltingugurt, qoʻmir, yonuvchi slanets, marmar, granit va qurilish materiallari konlari mavjud. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 18°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekislik qismida 3,6°, togʻlarda –6°, eng past tempatura –20°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 32,1°, eng yuqori tempatura 48°. Yiliga 150 mm yogʻin tushadi, gʻarbiy togʻ oldi zonasida 500 mm ga yetadi. Vegetatsiya davri 266 kun. Tuman hududidan Sherobod daryosi va uning Maydon, Ilonsoy, Laylagonsoy irmoqlari oʻtadi. Tumanning janubiy chegarasi boʻylab Zang kanali, sharqdan Sherobod magistral kanali oqadi. Oqtosh, Dashxoʻrd, Zarabogʻ qishloqlari atroflarida qadimda foydalanib kelinayotgan korizlar bor. Tekislikda och va toʻq boʻz tuproqlar, adirlarda arid, togʻlarda sur tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan archa, mavrak, kiyikoʻt, togʻ rayhon, kovrak, shuvok, Vandob qishlogʻi atroflarida shirinmiya, zanjabil, rovoch va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayran, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, jayra, koʻrsichqon, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, qobon, chiyaboʻri; qushlardan kaklik, mayna, qaldirgʻoch, soʻfitoʻrgʻay, chil, koʻrshapalak, gʻoz, oʻrdak; sudraluvchilardan, oʻqilon, gekkon, koʻzoynakli ilon va boshqalar yashaydi.

Tumanda paxta tozalash, keramika, gʻisht, un zavodlari, MTP, Xoʻjaikon tuz koni, Kampirtepa granit karyeri, 130 dan ziyod xususiy firma, 16 aksiyadorlik jamiyati, dehqon bozori, qurilish va transport korxonalari, 250 savdo, 170 maishiy xizmat, 50 jamoa ovqatlanish obʼyektlari bor. Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan.

Sherobod tumanida 11 shirkat, 3 dehqon fermer xoʻjaliklari uyushmasi, 256 fermer, 1 asalarichilik, 2 qorakoʻlchilik xoʻjaliklari mavjud. Sugʻoriladigan yerlarning 16,5 ming gektariga paxta, 13,4 ming gektariga gʻalla ekiladi. Shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, uzum, meva ham yetishtiriladi. 24,7 ming gektar yer oʻrmonzor, 2,2 ming gektar yer koʻp yillik daraxtzor, 127 ming gektar yer yaylov bilan band (2003).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 32,6 ming qoramol (shu jumladan, 15,3 ming sigir), 122,6 ming qoʻy va echki, 57,3 ming parranda, 800 dan ziyod yilqi boqiladi.

Tumandagi 69 umumiy taʼlim maktabida 37 ming oʻquvchi taʼlim oladi (2003), 9 kasb-hunar kolleji, madaniyat va istirohat bogʻi, 7 klub va madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari mavjud. 2 stadion, 18 sport zali, 316 sport maydonchasi, sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. 5 kasalxona (shu jumladan, 2 tasi qishloqda), 24 ambulatoriyapoliklinika, 51 feldsherakusherlik punkti, 10 qishloq vrachlik punkti, tez yordam punkti, 13 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Tibbiy muassasalarda 165 vrach, 1137 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Tuman hududida Oqtosh va Vandob sanatoriy va sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashgan.

Sherobod–Qumqoʻrgʻon, Sherobod–Angor–Termiz va boshqalar yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. Arxeologik topilmalar Sherobod tumani hududi qadimiyligini tasdiqlaydi.

Tuman hududida ibtidoiy sanʼatga tegishli Zaravutsoy rasmlari, Jarsoʻton va Jondavlattepa qadimiy shahar xarobalari, Nondahana inshooti (19– 20-asr boshlari) bor.

Hozirgi Sherobod tumani hududidan islom olamidagi mashhur muhaddis Imom Termiziy yetishib chiqqan. Tumanda Imom atTermiziy maqbarasi saqlangan. 

Relyefi tekislik, choʻl, adir va togʻlardan iborat. Gʻarbida Koʻhitang togʻ tizimasi (eng baland Ayriota choʻqqisi 3139 m), togʻlar orasida Poshxurd, Zarabogʻ botiqlari bor. Tuman markazi – Sherobod shahri Termizdan 59 km shimoli – gʻarbda. Yaqin temir yoʻl bekati – Navshahargacha 42 km. Tumanda 9 qishloq (Katta rivojlangan qishlogʻi Gʻurin kichik Boʻstonsoy, Zarabogʻ Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Tallashqon, Ko'hitang, Yangiturmush) bor.

Sherobod shahri (aholisi 22,2 ming kishi) Sheroboddaryoning oʻng sohilida joylashgan. Shahar Oʻzbekistonning asosiy maʼmuriy va madaniy markazlari bilan avtomabil yoʻllari orqali bogʻlangan – u Katta Oʻzbekiston yoʻli yoqasida.

Sherobod bir necha ming yillik tarixga ega. U shahari Haybar deb atalib, Iskandar Zulqarnayn davrida ham mavjud boʻlgan. Rivoyat etilishicha, arab xalifalaridan Ali boshliq qoʻshin shaharni bir hamla bilan zabt etgan. Shu munosabat bilan shahar Sherobod deb atalgan (Ali Ollohning yerdagi sheri deb sifatlangan). V.V.Bartolʼdning tahminicha esa, Sherobod hozirgi nomini 18-asr boshlarida olgan boʻlib , Sherobod daryoning oʻng sohilida qalʼa qurilgan qoʻngʻirot urugʻidan hukumron – Sher Ali nomi bilan atalgan. Yani bir taxmin shuki, Sherobod – «bosh rabot», yaʼni «bosh bekat» maʼnosini anglatadi. Arxeologik topilmalar Sherobodning nihoyatda qadimiyligi haqidagi rivoyatlarni tasdiqlamoqda. Sherobod tumanining Koʻhitang togʻlaridagi Zaravutsoy qoyalarida biz muraqqaning bosh qish qismida qayd etib oʻtgan ibtidoiy rasmlar tasvirlangan yodgorlik topilgan. Sheroboddan oʻn kilometr janubi – gʻarbda jez davriga oid yirik yirik qoʻrgʻon – Jarqoʻtan, 6 km janubi-sharqdan esa 6-5-asrlarda paydo boʻlgan Jondavlattepa qoʻrgʻoni joylashgan. Sherobodning shimoliy chekkasida yana bir katta qoʻrgʻon – Kofirqalʼa topildi. Qoʻrgʻonning umumiy maydonni 14 gektar boʻlib miloddan avalgi 1 asr milodiy 4 asrga taluqlidir. Uning qalasida soʻngi oʻrta asrda ham hayot joʻsh urgan 10 asrda Sherabodda Termiz darvoza yoʻlidagi soʻngi boʻkat Roziqravod bino boʻlgan Sherobod daryo oqib keladigan togʻ darasi yoqalab Turkistonni Afgʻoniston va Hindistonni bogʻlovchi muhim savdo yoʻli oʻtgan Sheroboddan 3 km shimoldan mahkam istihkomli Nondaxana (non yoʻli) inshoati joylashgan. 19 asr −20 asr boshlarida bu yer maxsus boj yigʻliadigan joy boʻlgani uchun shunday atalgan. Bu yerda Sheroboddaryodan koʻp kanal va ariq shaxobchari chiqan. Binobarin Nondaxana faqat karvon yoʻlini emas suv taqsimotini ham nazorat qiladigan joy boʻlgan. 19 asr 20 asr boshlarida Sherobod Boxoro amirligiga qarashli katta bekliklardan hisoblangan. Asrimiz 70 yillarning ikkinchi yarmida Sherobod dashtini jadal oʻzlashtirishga kirishildi. Hozirgi Sherobod shahri zamonoviy obod shaharlardan. Sheroboddaryo sohili boʻylab madaniyat va istrahat bogʻi joylashgan Shahrning yangi qismida. 2 va 4 qavatli uylar qurilgan. Janubiy qismida sanoat korxonalari – paxta tozalash, sut maqsulotlari zavodi qurilish korhonalari oʻrnashgan.

Sherobod tumanida 200 dan ortiq kichik va xususiy korxonalar 13 ta xisadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda «Ulugʻbek» xususiy firmasida ip yigiruv fabrikasi ishga tusirildi . N Murodov nomidagi hirkat xoʻjaligida bir kecha kunduzda 30 tonnadan ortiq un tortadigan zavod ishlab turibdi . «Kulol» xisodorlik jamiyatida kulolchilik, ohak, qandolatchilik temirchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi

Xoʻjaikon tuz koni 1942 yilda ishga tushirilgan edi . Hozirgi kunda u mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir . Tuz konidi yiliga 760 ming tonna sanoat tuzi , 93 ming tonna osh tuzi ishlab chiqarilmoqda 1995 yili Amerika Qoʻshma Shitatlaridan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan istemol tuzi ishlab chiqarish yoʻnalishi tushirildi .

Sherobod tumanida assosan paxta, beda, makkajoʻxori, gʻalla, kartoshka etishtiriladi . Qoʻy echki, qora mol parranda boqiladi . Ishiqxonalarda limon apilsin etishriladi . Anordan, hurmadan yaxshi xosil olinadi . Tumanda paxtachilik 2 chorvachilik 1 asalarichilik jamoa va shirkat xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi . 3 saniatoriya va soʻglamlashtirish oromgohlari , 9 kasalxona , 3 hunar bilim yurti 62 maktab 4 maktabdan tashqi muassa litsey 45 bogʻcha ishlayapdi . 11 madaniyat va istirohat bogʻlari , asosiy katta stadioni 7ta kattasi Gʻurin qishlogʻida boshqalari tuman markazida sportsmenlardan box boʻyicha chimpiyon sherabodlik Sharof Xolmamatov Baxriddinovich kurash boʻyicha Karimov Dilmurod Allamurodovich taykvando buyicha yoshlar ichida iqtidorli sportchi Boymurodov Otabek Gʻayratovich larni misol keltirishimiz mumkin.

Sheroboddan koʻplab ijodkorlar taniqli kishilar etishib chiqan bulardan bir rang tasvir ustasi Oʻzbekiston xalq rassomi (1987) Roʻzi Choriyevdir . U 1931 yilda Sherobod tumanidagi Poshhurt qishlogʻida tugilgan Roʻzi Choriyev asarlarida oʻlka manzaralari, oʻtmishi va buguni katta mahprat bilan aks etrilgan . Boysunlik qariya , « Poshhurlik qiz Barno t» «Sayroblik Chol»Boysun manzarasi  Bahor Sherobod manzarasi  «Togʻlar manzarasi» shular jumlasidandir . Roʻzi Choriyev asarlari Respublika va -xalqarokoʻrgazmalarda namosh etilgan . U – Respublikada xizmat koʻrsatgan sanat arbobi , Xamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati .

Hurram Maqsadqulov, Nodir Normatov va Xolmurodov Mansur kabi shoir yozivchilar ham shu tumandan oʻsib ulgʻaygan.




#Article 94: Sariosiyo tumani (1031 words)


Sariosiyo tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. 1962-yil 24-dekabrda bu tuman Denov tumaniga qoʻshib yuborilgan edi. 1964-yil 22-fevralda u qaytadan tuzildi. Umumiy yer maydoni 3,93 ming kv. km. Aholisi 180,5 ming kishi (1996). Tumanda 1 shahar shahar (Shargʻun), 1 shaharcha (Sariosiyo), 9 qishloq (Boʻston, Dashnabod, Navroʻz, Sangardak, Sariosiyo, Soʻfiyon, Toqchiyon, Xufar, Oʻzbekiston) bor. Tuman markazi — Sariosiyo shaharchasi Termizdan 180 km shimolda. Tuman xududidan Toshkent — Dushanbe, Uzun-Shargʻun poyezdlari oʻtadi. Sariosiyo shaharchasidan yaqin temir yoʻl bekatigacha (Uzun) 7 km. Sariosiyoda Surxondaryo viloyatida ikkinchi boʻlgan aerport bor. Sariosiyo tumanining shimolida Hisor togʻ tizmalari (eng baland nuqtasi — Xoʻjapiryax togʻi — 4303 m), janubi—gʻarbiy qismida Bobotogʻ va Boysuntogʻ tizmalari (eng baland nuqtasi — Zarkosa togʻi 2280 m.) boʻy choʻzgan. Ular orasida past — baland adirlar, daryo vodiylari bor. Oʻzbekistondagi eng baland toʻg (4688m) shu tuman xududida joylashgan. Sariosiyo tumanida jumhuriyatda yagona kokslanuvchi koʻmir chiqaradigan Shargʻun koni, Xonjiza polimetall koni, qurilish materiallari, neft, gaz, bor. Shargʻun koʻmir briketlash zavodi, tosh — shagʻal saralash zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari va bosqalar ishlab turibdi. Ayniqsa parandachilik majmuoti mashhur. Bu erda tovuq — xoʻroz, oʻrdakdan tortib, tustovuq, qirgʻavul, kaklikgacha bor. Tuman xalq xoʻjaligi asosan pahtachilik, gʻallachilikdan iborat; chorvachilik keng rivojlangan. Tumanda oʻziga xos hurmolar, yirik vaznli hisor qoʻylari etishtiladi, Bobotogʻ pistasi va koʻpgina dorivor oʻsimliklar terib olinadi.

Sariosiyo tumani - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959 yildan Denov, 1962 yildan Uzun tumanlari tarkibida, 1964 y. 22 fevraldan Sariosiyo tumani nomi bilan qaytadan tuzilgan. Jan.sharqsan Uzun, janubi-gʻarbdan Boysun, jan.dan Denov, Qumqoʻrgʻon tumanlari, shimoliy va sharqdan Tojikiston Respublikasi, shim.gʻarb va gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 3,15 ming km². Aholisi 147,8 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sariosiyo), 1 shahar (Shargʻun), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Dashnobod, Navroʻz, Sangardak, Sariosiyo, Soʻfiyon, Toqchiyon, Xufar, Oʻzbekiston) bor. Markazi — Sariosiyo shaharchasi.

Tabiati. Tuman viloyatning shimoliy qismida joylashgan. Relyefi xilmaxil. Shimoliy Hisor (eng baland joyi — Xoʻjapiryax togʻi — 4303 m) tog tizmalari va ular orasidagi Surxondaryo, Tupolondaryo va irmoklarining vodiylaridan iborat. Jan.gʻarbiy qismi Bobotogʻ va Boysuntogʻ tizmalari (eng baland joyi — Zarkosa togʻi, 2290 m) va ular orasidagi pastbaland adirlar bilan band. Xufor, Xondiza, Istoch, Vochax, Maland, Zoxona qishloqlari 2500–2800 m balandlikda joylashgan. Yer usti tuzilishining xilmaxilligi iqlim, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ham taʼsir etgan. Iqlimi quruq subtropik iqlimga xos, qishi qisqa, yozi esa davomli. Yillik oʻrtacha temperatura 15,6°. Tekislik qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,5, iyulniki 28°. Eng yuqori temperatura 44°. Vegetatsiya davri 270— 280 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 200–300 mm. Togʻlarda 790 mm. Jan.gʻarbdan esuvchi, quruq, changboʻronli afgʻon shamoli salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tumanning hududidan oʻtuvchi eng uzun va sersuv Toʻpolondaryo Surxondaryoga quyiladi, shuningdek, Obizarang , Sangardakdaryolar ham bor. Yezda daryo va soylarda suv keskin kamayadi. Toʻpolon suv ombori Surxondaryo viloyatining 10 ta tumanini suv bilan taʼminlaydi.

Hisor togʻi etaklarida oddiy yoki tipik boʻz, qoʻngʻir boʻz tuproqlar, Bobotogʻ etaklarida och boʻz, shagʻalli boʻz, daryo vodiylarida esa allyuvial oʻtloqi, oʻtloqibotqoq, tekisliklarda och boʻz tuproklar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan: togʻlarda zarang , yongʻoq, archa, bodom, qatrangʻi; butalardan pista, doʻlana, itburun, chiya; kserofitlardan tikanli kavrak, betaga, chaytab, oqmomiq, toʻngʻizsirt, suvrang , choyoʻt, chalov, qiziltikan, astragal va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan: boʻri, sugʻur, tulki, qora va qoʻngʻir ayiq, qoplon, silovsin, qobon, jayran, jayra, kalamush, qoʻshoyoq, koʻrsichqon; oʻqilon, Oʻrta Osiyo kobrasi (koʻzoynakli ilon), boʻgʻma va qora ilonlar, gekkon kaltakesagi; qushlardan togʻ lochini, kopcha, kalxat, burgut, soʻfitoʻrgʻay, chil, xilol, kaklik, kaptar; baliklardan shohbaliq, ilonbaliq, laqqabaliq va boshqa bor. Oʻzbekistonda yagona kokslanuvchi koʻmir olinadigan Shargʻun koʻmir koni, Xondiza polimetall koni, kurilish materiallari, neft, gaz mavjud. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 47 kishi toʻgʻri keladi. Qishloq aholisi 115,3 ming kishi, shahar aholisi 32,5 ming kishi (2003).

Xoʻjaligi. Qishloq xoʻjaligi da paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik taraqqiy etgan. Sanoati ham salmoqli oʻrin tutadi. Shargʻun toshkoʻmir koni, marmar, fosfor konlari, rux foydali kazilmalari mavjud. 3 ta qoʻshma korxona, 34 kichik korxona, 2 temirbeton buyumlari, 2 shagʻalsaralash z-dlari, Sariosiyo parrandachilik korxonasi bor. Qoʻshma korxonalardan Miftox Oʻzbekiston—Rossiya, Lajer Oʻzbekiston—Tojikiston (pivo ishlab chiqaradigan) korxonalari ishlab turipti. Tuman hududidan Kalif — Termiz — Sariosiyo — Tojikiston Doʻstlik tabiiy gaz quvuri, temir yoʻl oʻtgan.

Tumanda 11 shirkat, 229 fermer dehqon xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Uzun oʻrmon xoʻjaligi, Hisor dorivor oʻsimliklar xoʻjaligi, asalchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik bor. 5765 ga maydonga paxta, 3300 ga maydonga gʻalla, shuningdek, sabzavot, beda, yem-xashak ekinlari ekiladi (2003). Meva va uzum yetishtiruvchi xoʻjaliklar ham bor. Oʻrmon xoʻjaligida bobotogʻ pistasi va koʻpgina dorivor oʻsimliklar tayyorlanadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 51 ming qoʻy va echki, 7 ming ot boqiladi, shuningdek, qoramol, parrandachilik fermalari ham bor. Yirik hisor qoʻylari yetishtiriladi. Ekinzorlar Hasanxon kanali, Katta va Kichik Damariq kanallaridan sugʻoriladi.

Tumanda 71 umumiy taʼlim maktabi (31 mingoʻquvchi), 2 ta gimnaziya, 3 ta maxsus internat maktab, 3 ta kasb-hunar kolleji (3 mingga yaqin oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. Sariosiyo tumanida 41 ta kutubxona, 3 madaniyat uyi, 11 klub, xalq teatri, ashula va rake ansambli ishlab turibdi. Stadion va boshqa muassasalar mavjud. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, Xondiza dam olish majmui aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman xududi orkali Toshkent — Dushanba, Uzun — Shargʻun poyezdlari oʻtadi. Sariosiyo tuman, gaz. 1932 yildan chiqadi (adadi 2000).

Sariosiyoning Qorovultepasidan topilgan buyumlar bu yerda milodning I-III-asrlarida ham madaniy hayot mavjud boʻlganidan guvohlik beradi. Ilk oʻrta asrda (5-8-asrlar) tuman xududida bir qancha qalʼa — shaharlar mavjud boʻlgan. Bulardan yiriklari: Kultepa, Nonvoytepa, Xumdontepa, Xoʻroztepa, Kofirqalʼa (Navandaqtepa), Qoʻrgʻontepa, Boburtepa, Beshkapa, Hisortepa va boshqalar. Tumanning togʻli qismida yuqori paliolit, mustʼe devoriga oid manzillar (Xushdara, Podaxona, Namozgoh, Qoʻrgʻonjuvoz, Darianhor va boshqalar) uchraydi. 10 — 12-asrlarda Xumdontepa juda rivojlangani haqida maʼlumotlar bor. Arab — fors manbalarida tilga olingan Xumdon qishlogʻi shu joy oʻrniga toʻgʻri keladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Telpakchinordagi X asr oxiri — XI asr boshlarida bunyod etilgan Oq Ostona bobo maqbarasi mashhur. Shagʻun shahri 1973-yil tshkil etilgan. Aholisi 12 mingdan ortiq (1996). Hisor togʻlarining yonbagʻridagi xushmanzara yerda joylashgan. Shargʻun koʻmir koni 1941-yilda oʻrta va yuqori yura davriga mansub koʻmir yotqiziqlari ichida topilgan. Shahardagi asosiy jamoat binolari shu konning faoliyati bilan bogʻliq. Shahardan Shargʻun koʻmir konigacga osma sim yoʻli oʻtkazilgan. Uylar asosan bir qavatli. Shaharning shimoliy qismida Shahtiyor koʻchasi boʻylab ikki qavatli uylar qurilgan. Shaharda bir necha bilim yurtlari, musiqa maktabi, kinoteatr, savdo rastalari, istirohat bogʻi bor. Tumanda koʻplab yirik inshootlar korhonalar, kichik korhonalar qurilishi jadal davom etmoqda. Keyingi vaqtda neft mahsulotlari bazasi, un zavodi majmuotini oʻz ichiga olgan yirik tayorlov korhonasi, yangi paxta zavod, maktablar, agrobank, xalq banki binolari qurildi.




#Article 95: Angor tumani (549 words)


Angor tumani 1952-yil 16-aprelda tashkil tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan Termiz tumani tarkibiga qoʻshib yuborildi. 1979 yili dekabrda qayta tashkil etildi. Umumiy maydoni 387,3 kv .km. Aholisi 82,1 ming kishi (1996). Tuman markazi – Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli – gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 qishloq bor (Birinchi may, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayron). Toshkent – Termiz avtomobil yoʻli yoqasida, yaqin temir yoʻl bekati (Navshahar) – 14 km. Angor arigʻidan suvichadi .
Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi bor. Tuman gʻalla, paxta va sabzavot – poliz ekinlariga ixtisoslashgan. Bogʻ va tokzor bor .

Angor tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Ter-miz tumaniga birlashtirilgan. 1979 yil 4 dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0,39 ming km². Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumanida 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yig‘ini (Istiqlol, Do‘stlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayran) bor. Markazi – Angor shaharchasi. Angorda miloddan avvalgi 6 – 4-asrlarda aholi manzillari bo‘lgan. Kushan podsholi-gi davrida (1–3-asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qalʼasi Angorning markazi bo‘lgan. 6 – 7-asrlarda qalʼalar, qo‘rg‘onlar vujudga kelgan. O‘tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo‘nib o‘tadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, g‘arbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shimolida Xovdog‘, janubi-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi 2 – 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 31 – 32°. Yiliga 120 – 130 mm yog‘in tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining g‘arbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib o‘tadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sug‘oriladi. Tuprog‘i bo‘z, taqir, qumloq tuproq. Tuproq sho‘rlanishini kamay-tirish uchun tuman hududi bo‘ylab shimoli-sharqdan janubi-g‘arb yo‘nalishida zovur qazilgan. Sho‘ra, yantoq, jing‘il, qiyoq, qamish, burgan kabi cho‘l o‘simliklari o‘sadi. Tuman hududining ko‘p qismi 484o‘zlashtirilganligi sababli cho‘ldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi.Aholisining aksari qismi o‘zbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga o‘rtacha 218 kishi to‘g‘ri keladi. Aholisining 90%dan ortig‘i qishloqlarda yashaydi.Xo‘jaligi. Angor tumanida 8 jamoa xo‘jaligi, 104 dehqon-fermer xo‘jaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik kor-xona, 7 sanoat korxonasi bor. Tu-man g‘alla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-gan. Bog‘dorchilik va tokchilik bilan ham shug‘ullaniladi. 1999/2000 o‘quv yilida 40dan ortiq umumiy taʼlim maktabida 20559 o‘quvchi taʼlim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, mu-allimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klu-bi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Orzu kinoteatri aholiga xizmat ko‘rsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulato-riyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000).

Angor shaharchasi (aholisi 14,3 ming kishi) hududi oʻrnida Axomaniylar davridayoq (miloddan avvalgi 6-9-asr) aholi manzillari boʻlgan. Kushon podsholigi davrida (1-3-asr) bu yerda dehqonchilik vohasi tarkib topdi. Angorning janubiydagi Zartepa qalʼasi uning maʼmuriy markazi boʻlgan. Kushon podsholigidan soʻng mavqey soʻndi. 6-7 – asrda bu erda hayot yangidan jonlandi. Katta – kichik qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga keldi .
Bulardan yiriklari : Bolaliktepa, Yumoloqtepa, Gazlartepa, Kuchuktepa, Jovliqoʻrgʻon, Zangtepa, Zartepa, Kuyovqoʻrgʻon, Qarlamtepa, Qizqoʻrgʻon, Oʻrdalitepa .
Oktyabr toʻntarilishiga qadar Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Keyingi vaqtda yangi – yangi koʻchalar ochildi, 1991 yil shaharchaga (shahar tipidagi posyolka) aylantirildi .
Angorning sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjalik mahsulotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq. Shaharchada madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor .




#Article 96: Zartepa (234 words)


Zartepa — Termiz sh.dan 26 km shim,gʻarbda joylashgan qad. shahar harobasi. 3. 1951—52 y.larda arxeolog L.I.Albaum tomonidan tekshirilgan. 3. kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uz. 400 m dan. Sharqiy devor harobalari 6—7 m, gʻarbiy devori 4 m gacha saklanib kalgan. Shaharning shim.sharqida kvadrat shaklida qalʼaqoʻrgʻon bor, u shahristondan mudofaa chizigʻi — katta xandaq b-n ajratilgan. 1960—80 y.larda arxeolog V.Zavyalov, Q.Sobirov va Sh.Pidayevlar tomonidan oʻrganish davom ettirilgan. Arxeologik qazishmalar tufayli Z.ning shahriston qismidan uyjoy qoldikdari va koʻchalar ochilgan. Sopol idishlarining asosiy qismi angob b-n boʻyalgan. Z.dan odam va hayvonlarning haykalchalari va har xil tangalar ham topilgan. Topilmalarning eng qadimgisi mil. v. 4— 2 a.larga, keyingilari ilk oʻrta asrlar (5—7-asrlar)ga toʻgʻri keladi. 

Qadimiy shahar xarobasi . Kushon podsholigining Shimoliy Bahteragi yirik markazi . 1949 yilda topilgan ; 1951 - 52 va 1972 yillarda qazishmalar olib borib o'rganilgan . Maydon 16,9 ga , kvadrat shaklida bo'lib , devorlarining uzunligi 400 m . Sharqiy devor xarobalari 6-7m . G'arbiy devori 4m . gacha saqlanib qolgan . Shaharning shimoliy - sharqida kvadrat shklida qo'rg'on bor , u shahardan katta xandaq bilan ajratilgan . To'rtta darvozasi (ikkitasi sharq , ikkitasi g'arb tomonlarda ) bo'lgan . Ko'chalar va ko'pgina arxtektura inshootlarining izi qolgan . Ko'plab sopol idishlar , odam va hayvonlarning xaykallari , tangalar topilgan . Sopol idishlarning asosiy qismi qizil angob bilan bo'yalgan . Tapilmalarning eng qadimiylari millodan avvalgi 4-2 asrlarga , keyingilari ilk o'rta asrlarga (5-7- asr) to'g'ri keladi .




#Article 97: Bandixon tumani (471 words)


Bandixon tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1992-yil 18-mayda tashkil etilgan. Bandixon tumani viloyatning Qumqoʻrgʻon, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon, Sherobod, Boysun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,20 ming km2. Aholisi 30,0 mingdan ortiq kishi (2000). Bandixon tumanida 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Bandixon, Kirshak, Olmazor, Chorvador, Qiziriq) bor. Markazi — Bandixon qishlogʻi.

Tumanda bir qancha tarixiy obidalar mavjud, bulardan eng yirigi Bandixon qoʻrgʻonidir. Bandixon qoʻrgʻoni miloddan avvalgi 2-1-asrlarga talluqli boʻlib, arxeologlar tomonidan 1973-yili aniqlangan. 1975—76 yillarda qazishmalar olib borilgan. Qadimiy kanal — Oʻrgulsoy oʻzani bilan ikki qismga ajralgan. Umumiy maydoni 1,5 gektar. Sharqdan gʻarbgacha 250 m, shimoldan janubga — 170 m. Qoʻrgʻon qalʼasi yodgorlikning sharqiy qismida — hozirgi qabriston oʻrnida joylashgan. Kvadrat shaklidagi tarhi 90-70 metr; balandligi 5—6 metr. Turarjoylar paxta va xom gʻishtdan qurilgan. Turli davrlarga oid sopol idishlar, tosh qurollar topilgan. Bandixon atrofidagi Maydatepa, Gʻozimullo, Bektepa, Kindiktepa, Qoʻrgʻon kabi tepaliklar ham qadimda aholi manzillari boʻlib kelgani isbotlandi.
Qadimda Badixon soyi pishiq gʻishtdan toʻgʻon bilan toʻsilgan va Bandixon — Qiziriq tekistliklariga suv chiqarib bergan. Xususan, Gʻozimullo tepaligi tekshirilganda sopol quvurlarda uzoqlardan ichimlik buloq suvi olib kelgani aniqlandi.
Bandixon nomi „band“ soʻzidan olingan boʻlib, toʻgʻon — koʻprik maʼnosini bildiradi.

Bandixon tumani hududi asosan gʻarbda shimoldan sharq va janubga tomon pasayib boradigan Surxon-Sherobod dashtlarining shimoliy qismida joylashgan. Tuman hududida asosan janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan Sherobod-Sariqamish togʻlari va Bandixon-Qiziriq adiri bor. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati 2,5 °C — 3 °C, iyulniki 30 °C - 31 °C. Yiliga 160 – 200 mm yogʻin tushadi. Tumanning shimolidan Bandixon soyi oqib oʻtadi. Tuman xoʻjaliklari Oqqopchigʻay va Sherobod ariqlaridan sugʻoriladi. Tuprogʻi tipik boʻz, qumloq va qisman taqir-boʻz tuproqlar. Oʻsimliklari efemer va efemeroidlardan iborat. Togʻli qismlari va jarliklarda boʻri, tulki, sudralib yuruvchilar, qushlar va hasharotlar (chayon, qoraqurt) yashaydi.

Aholisining asosiy qismi (96 %)ni oʻzbeklar, 3 % ni tojiklar tashkil qiladi, shuningdek tatarlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 145 kishi toʻgʻri keladi. Barcha aholi qishloqlarda yashaydi.

Xoʻjaligi asosan agrar xususiyatga ega. Sugʻoriladigan ekin maydonlari tuman yer fondining 70 %ni tashkil etadi. Yaylovlar 27,5 % ni, dehqonchilikka yaroqli yerlar 2,5 %ni tashkil qiladi. Bandixon tumanida 6 jamoa xoʻjaligi mavjud. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrinni egallaydi. Gʻalla ekinlari ekiladi, tokchilik, bogʻdorchilik rivojlangan.

Tumanda 4 kichik korxona, 46 dehqon va fermer xoʻjaligi, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 5 aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda. 22 xususiy kichik korxona, 11 tegirmon, 40 xususiy doʻkon va oshxonalar, 6 objuvoz bor. Sherobod — Denov avtomobil yoʻli Bandixon tumanini kesib oʻtgan. Bandixon tumanida Shreder nomidagi respublika Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining filiali mavjud. Bandixon tumanida 6 jamoa xoʻjaligi bor. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin tutadi. Don ekinlari ekiladi, uzumchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. Bandixon bugʻdoylari yaqin — yaqingacha bozorlarda 1,5-2 baravar narxlangan. Bandixonda hisori qoʻylari 180–200 kg tosh bosadi.

Tumanda 27 ta maktab, bolalar va sport maktabi, 5 bolalar bogʻchasi bor. Bandixondagi Markaziy shifoxonada 15 turdagi tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Tumanda ommaviy sport turlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Maktab va tashkilotlarda stadion, sport zali, valebol maydoni tipda ishlab turibdi. Tuman markazida zamonaviy tipda qurilgan Sayyid Muhammad jomie masjidi faoliyat koʻrsatmoqda.




#Article 98: Boysun tumani (949 words)


Boysun tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. Umumiy yer maydon 3,72 ming kv.km. Aholisi 115.8 ming kishi [2018]. Tuman markazi — Boysun shahri Termizdan 145 km shimoliy-gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 ta qishloq bor: Avlod, Boysun darvadar, Machay, Rabot, Sayrob, Qoʻrgʻoncha. Yaqin temir yoʻl bekati - Elbayongacha 72 km. Xongarangsoy, Shoʻrsoy, Qayroqsoy boshqa soylardan suv ichadi.

Boysun tumani — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965 yil 29 dekabrda qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shimoli-sharqda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, janubida Qiziriq, Bandixon tumanlari, janubi-gʻarbda Sherobod tumani bilan, shimoli-gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,72 ming km². Aholisi 79 ming kishi (2000). Boysun tumanida 1 ta tumanga boʻysunuvchi shahar (Boysun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Avlod, Boysun, Darband, Machay, Rabot, Sayrob, Qurgʻoncha) bor. Markazi — Boysun shahri Tabiati. Boysun tumani hududining shimoliy va gʻarbiy qismini Hisor togʻ tizmasi tarkibidagi Boysuntogʻ va uning tarmoqlari (Belovti, Xoʻjaboʻzbarak, Chol togʻi, Xoʻjagurgurota, Gaurli, Sariqil, KentalaMachay togʻlari, Ketmonchopti, Sarimas, Suvsiztogʻ, Kulbatogʻ va boshqalar) egallagan. Janubiy va sharqi togʻ oldi va adirlardan iborat. Togʻlar orasidagi soyliklar, togʻ oldilari oʻzlashtirilgan. Ukonit, keramzit, karbid, ohaktosh qazilma boyliklari topilgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Oʻzbekistonning boshqa togʻli tumanlaridan issiklik resurslarining ancha balandlikkacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 850 m balandlikda 2°, 3200 m balandlikda —6°, iyulniki 830 m balandlikda 30°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 500–1200 m balandlikda 150–400 mm, 1200 m dan balandda 450–800 mm. Vegetatsiya davri 230—240 kun. Mahalliy shamollar, fyon shamoli, afgʻon shamoli esadi. Boysun tumani togʻlaridan juda koʻp dare va soylar boshlanadi. Ularning eng muhimlari: Sheroboddaryo va uning irmoqlari Machaydaryo (Oʻrmoncha, Jakandi, Olchasoy), Shurob, Xoʻjabulgansoy, Panjob, Laylagansoy; Xoʻjaipok daryosi va uning irmoqlari: Qoʻrgʻonchasoy (Xoʻjaboʻzbarak, Qizilsoy, Chindon, Oʻrtanago soylari qoʻshiluvidan hosil boʻlgan), Halqajar (Olachopon va Qayroqsoy). Bulardan tashqari Hangaronsoy (Boysun), Pulhakimsoy va boshqa bor.

Boysun tumanida qadimiy qalʼashaharlar koʻplab topilgan. Eng yiriklari: Poykoʻrgʻon, Qozimullatepa, Saribandtepa, Yalangtoʻshtepa, Darband, Munchoqtepa, Boʻyrachi, Qiziljartepa, Mullatepa, Kallaqoʻrgʻon. Ibtidoiy odamlar yashagan gʻorlar, manzillar: Teshiktosh, Machay, Katta Suluvkamar, Doʻkonxona, Amir Temur, Iskandarxon va boshqa Sayrob chinori (Sayrob qishlogʻida), Temir darvoza (Darband qishlogʻida), Teshiktosh gori (Machay qishlogʻida), Dinozavr izlari, Bibishox shotisi, Boybuloq gʻori (Qoʻrgʻoncha qishlogʻida), Poyonqoʻrgʻon (Rabot qishlogʻida) kabi tarixiy obidalar bor.

Tuproqlari boʻz tuproq, chimli, qoʻngʻir va och qoʻngʻir togʻ tuproqlari, shurxok tuprok/iap. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, yantoq, jinchak, qizgʻaldoq. boychechak, yaltirbosh, noʻxatak, togʻrayxon, kiyikoʻt, gulxayri, shuvoq; dorivor oʻsimliklardan alkor, hartol, zanjovul, oʻlmasoʻt, qontepar, oqshair; archa, yovvoyi mevali daraxtlar va boshqa usadi. Jayron, togʻ echkisi, yovvoyi choʻchka, silovsin, sugʻur, boʻri, tulki, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan kaklik, kalxat, burgut, lochin, qarchigʻay, boyoʻgʻli, olashaqshak,, chil va boshqa yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek tojiklar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi har bir km²ga 20,8 kishi. Shaharliklar 23899 kishi, qishloq aholisi 55099 kishi.

Xoʻjaligi. Boysun tumanida sanoat kam rivojlangan. Tuman Surxondaryo viloyati sanoat mahsulotining 0,8%ini beradi. Muhim foydali qazilmalari: kumir (Boysun), tabiiy gaz (Gajak), polimetall rudalari (Boysuntogʻ), boksit (Qayroq), fosforit, kaliy tuzi (Boysun), oltingugurt, yonuvchi slanes (Boysun), qurilish materiallari va boshqa Asosiy sanoat korxonalari: Ishonch aksiyadorlik jamiyati, Boysun (Tuda) kumir koni, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan kichik korxona va sexlar. 1994 yil Boysunda respublikada karbid ishlab chiqaruvchi birinchi korxona ishga tushirildi. Aholiga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar uyushmasi, hunarmandlar uyushmasi, 164 kichik korxona, 18 aksiyadorlik jamiyati, Boysun, Boysunqurilish va 256koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, avtokorxonalar, Boysun bozori bor.

Boysun tumanining asosiy tarmoqlari chorvachilik, don xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi, beda urugʻchiligi, bogʻdorchilik va tokchilikdir. Boysun tumanining jami yer maydoni 329,3 ming ga, shu jumladan sugoriladigan yerlar 6,1 ming ga. Ekinzorlar jami (shu jumladan lalmi yerlar) 21,9 ming ga, kup yillik daraxtlar 1,5 ming ga. Tomorqalar, bogʻdorchilik, sabzavotchilik uyushmalarining yerlari 2,2 ming ga (1999). Boysun tumanida 9 jamoa xoʻjaligi (2 donchorvachilik, 3 chorvachilik, 2 beda urugʻchiligi, bogʻdorchiliktokchilik, asalarichilik, qishloq xoʻjaligi shirkat uyushmasi (boʻrdoqichilik), 70 ta fermer va dehqon xoʻjaliklari mavjud. Asosiy ekin maydonlari don, sabzavot, yemxashak ekinlari bilan band. Qoʻrgʻoncha va Machay jamoa xoʻjaliklari beda urugʻchiligiga, Rabot jamoa xujaligi bogʻdorchiliktokchilikka ixtisoslashgan. Boysun tumanida 21,8 ming qoramol, shundan 11,2 mingi sigir, 190,6 ming qoʻy va echki, 41.7 ming parranda, 184 yilqi bor (1999). Chorvachilik asosan goʻsht-yogʻ beruvchi dumbali hisori qoʻychilik, qorakoʻlchilik, yilqichilik, goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilikka (barcha xoʻjaliklarda) ixtisoslashgan. Boysun tumanida 25 ming ga oʻrmon (archazorlar) bor (1999).

Boysun tumanida tuman markazi va togʻ qishloqlarini Surxondaryo viloyatining asosiy avtomobil yoʻli — Katta Oʻzbekiston trakta bilan bogʻlaydigan yoʻllar bor. 1995 yilda qariyb 230 km uzunlikdagi Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl kurilishi boshlandi.

Tuman xududida qazilma boyliklardan koʻmir, yonuvchi silaney, oltingurgut va boshqalar topilgan. Boysun koʻmir koni yopa qatlamlarida joylashgan. 1940-yillardan oʻzlashtirila boshlagan. Boysun togʻida fosfor konlari bor. Uning 95 foizi maʼdanli oʻgit sifatida ishlatiladi.

Tuman asosan chorva, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlariga ihtisoslashgan. Boysunda hisor qoʻyi boqiladigan «Boysun» nasilchilik qoʻy zavodi, «Sayrob» qorakoʻlchilik, «Darband» yilqichilik — goʻsht, «Rabod» bogʻdorchilik — savzovodchilik jamoa xoʻjaliklari bor. Darbandagi qora bayr otlar nasilchilik farmasi mamlakatimizda yagonadir.

Boysunda «Ishonch» hissadorlik jamiyati, goʻsht — sut savzovodi, non zavodi, gʻisht zavodi, bir necha kishik korhonalar, fermer xoʻjaliklari bor .

Boysun shahri (20,1 ming aholi) Ketmonchopdi togʻining janubiy yonbagʻrida, Xongarangsoy boʻyida, dengiz sathidan 1200 m balandlikda joylashgan. Bu shahar Surxondaryo viloyatidagi eng qadimiy aholi manzilidir. Shaharga tutash togʻ etaklarida oʻrta paleolit davridayoq aholi yashagan. Boysun shahrining shimoli — gʻarbida joylashgan mashhur teshik tosh gʻori va uning topilmalari haqida muroqaning bosh qismida hikoya qilingan. Boysun shahrining oʻzi miloddan avalgi tahminan 5-mingyillik oxirlarida aholi manzili boʻlgan. Miloddan avvalgi I asr — milodiy I asrda bu yerda Poikalon deb atalgan qudratli qalʼa-shahar mavjud edi. Boysun nomi yozma manbalarda «Basand» shaklida dastlab 10-asrda Istahri asarlarida, nomaʼlum muallif tomonidan yozilgan «Hudud ul-olam» («Jahon mamlakatlarining chegaralari») asarida tilga olingan. Istahrining qayd etishicha, koʻplab bogʻ-rogʻlar boʻlgan bu qishloq Buxoro va Samarqanddan Chagʻaniyonga boradigan yoʻl ustida boʻlib, Chagʻaniyon shahridan ikki kunlik yoʻldir.

Boysunda Oʻzbekiston xalq yozivchisi Shukur Xolmirzayev, adiblar — Sattor Tursun va Erkin Aʼzam, shoir Usmon Azim tugʻilgan.




#Article 99: Denov tumani (702 words)


Denov tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 2U sentabrda tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydon. 0,75 ming km2. Aholisi 253,7 ming kishi (2000). Denov tumanida 1 shahar (Denov), 1 shaharcha (Doʻstlik), 18 qishloq fuqarolari yigʻini (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navroʻz, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Kiziljar, Hazorbogʻ) bor. Markazi — Denov sh.

Denov tumanining shimol, janubiy va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari bilan oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445 mm dan 625 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp.

Aholining aksari qismi (89,5%) oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 337 kishi toʻgʻri keladi.

Tuman sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yogʻ ekstraksiya, araq-vino va pivo, konserva, sut, taʼmirlash-mexanika, gisht zavodlari, qurilish, neft mahsuloti korxonalari, paxta chuvish, kandolatchilik fabrikaalari, jami 38 sanoat korxonasi mavjud. Tadbirkorlarga karashli 200 ga yaqin kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, limon yetishtirish va boshqalar Togʻ etaklarida lalmikor dehq-onchilik (asosan bugdoy va arpa) bilan shugullaniladi. 12,7 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga gʻalla ekiladi. Sugʻoriladigan yerlar 24,7 ming ga. Yaylovlarda qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi mavjud. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining seleksiya stansiyasi joylashgan. Denov dendrariysi deb atalgan bu ilmiy laboratoriyada tabiatning 900 dan ziyod oʻsimligi, mevali oʻsimliklar (jumladan Yaponiyadan keltirilgan palma daraxti, magnoliya, xurmo, apelsin, yongʻoq, boshoqli oʻsimliklar) yetishtiriladi. Tuman hududidan xalqaro temir yoʻl, Xoʻjand—Dushanba, Termiz—Dushanba avtomagistral yoʻli oʻtgan. 87 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, 2 litsey, 3 oʻrta maxsus oʻquv yurti, sanʼat, musiqa maktablari, 3 kasb-hunar maktabi, 58 ommaviy kutubxona (500 ming kitob), 46 klub, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxonalar, 13 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 6 qishloqvrachlik punkti, 7 poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari, 4 dispanser bor. Bu muassasalarda 3800 dan ziyod tibbiyot xodimlari ishlaydi. 1932 yildan Chagʻoniyon tuman gazeta nashr etiladi (adadi 9000).

Denov tumani

Denov tumaning yer usti ulkan amfiteatrni eslatadi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdan - koʻp soylar va togʻ etaklaridagi baland  zinapoyalar ajoyib manzara hosil qiladi. Tuman Surxondaryo vohasining shimoliy qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Shimoliy va sharqiy chegaralari boʻylab Surxondaryo va Toʻpolondaryo oqib oʻtadi. Gʻarbida Sina-Sangardak (3722m) togʻlari joylashgan. Tumandan Sangardak- Qizilsuv daryosi oʻtadi. 
Tumanda bir qancha koʻhna shahar xarobalari topilgan. Bulardan eng yiriklari: Badrach, Xolchayon, Yurchi, Kuloltepa, Oqqoʻrgʻon, Changilbuva, Jartepa, Teshiktepa, Quloqtepa, Qizqoʻrgʻon, Qilichbuloq, Uchtepa, Chimqoʻrgʻon, Kallaminor va boshqalar.
Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi bor. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin tutadi.Don ekinlari, sabzavot, yem - hashak ham yetishtiriladi. Uzumchilik, umuman, bogʻdorchilik rivojlangan. Yalovlarida qoramol, qoʻy (jumladan,hisor qoʻylari) boqiladi. Hazarbogʻ jamoa xoʻjaligida 25 gektarlik terakzor barpo etildi. Anbarsoyning oʻng qirgʻogʻidagi qarovsiz joylarga 1,5 milion tup kaliforniya teragining qalamchasi ekildi. Qalamcha xoʻjalikning oʻzidan chiqdi. Terak koʻp boʻlsa- uy - joy qurish Koʻpayadi, - deydi jamoa xoʻjalik boshqaruvi raisi Musurmonqul Sherqobilov.-Ota -bobomiz ilgari yogʻochni hech bir tashqaridan olib kelmagan. Shuning uchun terakzorlarni yana ham kengaytirish niyatidamiz . 
Denov tumanida 9 soat korxonasi mavjud boʻlib, 1995 yilda ularda 171 milion soʻmdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. 70 kichik korxona va bitta qoʻshma korxona tuman xududida faoliyat koʻrsatmoqda. 
Denov tumanida 72 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, 9 bogʻcha - yasli, 4 maktabdan tashqimuassasa bor. 900 oʻrinli 14 kasalxona ishlab turibdi. 
Tumanda Muhammadi Keldiyev, Shaymardon Qobilov, Islomqul Toʻrayev, Boboraxmat Yusupov, Qayum Karimov, Zulfiya Allayorova, Halima Azimova kabi taniqli raislar, Mehnat Qahramonlari faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi, Termiz Davlat universitetining rektori Nazar Toʻrayev, fan doktori, jarroh Abdurahmon Mamadaliyev; taniqli baxshilar: Toshmurod baxshi, Boborahim baxshi; Mengziyo Safarov, Togʻay Murod, Nizomjon Parda kabi ijodkorlar; milliy kurash boʻyicha jahon chempioni Ergash polvon Mamarasulovlar tumanning faxri .




#Article 100: Denov shahri (556 words)


Denov shahri

Kattaligi va aholisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi va shahar sifatida viloyatga boʻysunadi. 16 mahalla bor. Sangardak va Surxondaryo oraligʻida, dengiz sathidan 610m balandlikda joylashgan. Aholisi 58,3 ming kishi (1996).
Denov nomi dastlab 14-asr oxiri — 15-asr boshlaridagi yozma manbalarda, xususan Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida Dahainav («Daha-i-nav») shaklida, yaʼni «odamlar koʻchib brogan yangi yer» mazmunida tilga olingan. Mahmud ibn Valining (17-asr) yozishicha, Dahainav u yashagan davrda ajoyib bozori, katta masjidi va xonaqosi boʻlgan mustahkam qal’a- shahar ekan. Baʼzi tadqiqotchilar shu paytgacha Chagʻaniyon shahri aslida Denovdan 6 km janubi-sharqda joylashgan Bedrach shahri oʻrniga toʻgʻri keladi. Denovning hozirgi oʻrnida miloddan avvalgi 11-ming yilliklar oxiridayoq uncha katta boʻlmagan aholi manzili boʻlgan. Ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda ham shahar hududidagi ushbu manzilda aholi nisbatan gavjum yashagan. 15-16-asrlarda Chagʻaniyon-Bedrach mavqei tushib ketgandan soʻng Dahainav shu atrofdagi shaharlarning maʼmuriy markazi boʻlib qolgan. Denov qal’asi mustahkam istehkom qoʻrgʻoni boʻlib, xarobalari bizning zamongacha saqlanib qolgan. Qal’a doira tarhida boʻlib, diametri, 110 metr keladigan qalin devor bilan oʻralgan.

Denov yirik sanoat korxonalari bilan nafaqat viloyatda, balki respublikada ham munosib oʻrin tutadi. Sanoat korxonalari asosan viloyatdagi qishloq xoʻjalik maxsulotlarini qayta ishlashga yoʻnaltirilgan. Shahar agrosanoat kombinati, «Surxonoziqovqatsanoat» hissadorlik jamiyati, paxta tozalash zavodi, aroq-vini, pivo, konserva zavodlari, sut hissadorik jamiyati, qurilish hissadorlik jamiyati, Agrotex  dehqonchilik sanoat uyushmasi, neft mahsuloti korxonasi, paxta chuvish fabrikasi, taʼmirlash- texnika zavodi va boshqalar bor.
Denovda ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng yoʻl ochilgan. 113 kichik korxona, firma, shirkat faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar tayorlanayapti. Denovda hunarmandchilik yahshi rivojlangan: beshiksozlik, sandiqsozlik, temirchilik, kosibchilik, duradgorlik…
Denovda akademikR.R. Shredir nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korparatsiyasining Janubiy Oʻzbekiston subtropik oʻsimliklari tajriba stantsiyasi joylashgan. Denov dendrariysi deb ataladigan bu maskanda tabiatning 700 dan ziyod oʻsimligi, mevali va manzarali daraxtlar, butalar mavj urib yotibdi. Dendrariyda sirenning 28 xili, ignabarglilar oilasining 22 xili, Yaponiyadan keltirilgan magnoliya daraxti va boshqalar oʻsadi. 1921 yilda tashkil etilgan bu bogʻda turli joylardan keltirilgan dov-daraxtlar, butalar, oʻsimliklar iqlimlashtiriladi. Soʻngra viloyat boʻyicha ekishga tavsiya etiladi. Ayni paytda dendrariy bebaho ilmiy labaratoriyadir.
Denov shahridagi ikki transport korxonasi- avtobus-taksi va 8-avtokorxona respublikadamashhurdir. 8-avtokorxona ahli hozirgi kunda respublikadan tashqariga- Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa joylarga qatnab xalq xoʻjaligi mollarini tashimoqda. Korxona qoshida beton-gʻisht ishlab chiqaradigan yangi sex, 40dan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladigan tikuvchilik va toʻqimachilik sehi ishlab turibdi. 1995 yili shahar markazida yevropa va sharqona binokorlik usullari uygʻunlashtirilgan ikki qavatli «Farrux» xususiy restoran ochildi.
Shaharda oʻrta umum taʼlim maktablaridan tashqari, gimnaziya, xorijiy tillar, kimyo va fizika — matematika litseylari bor. Shuningdek, 13 bolalar bogʻchasi, bitta yasli, bolalar musiqa maktabi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, yoshlar texnik ijodiy markazi, sayyohlar maskani bor. Xalq taʼlimi muassasalarida 1,5 mingga yaqin oʻqituvchi, tarbiyachi, murabbiy mehnat qilmoqda.
Shahardagi markaziy kasalxonada 16 turdagi tibbiy xizmat koʻrsatiladi. 300 bemorni qabul qilishga moʻljallangan bolalar va kattalar poliklinikasi, bolalar va kattalar tish kasalliklari poliklinikasi, oʻsmirlar poliklinkasi yangi zamonaviy qurilgan binolarda ish olib bormoqda.
Shaharda ommaviy sport turlariga katta eʼtibor berilgan. Turli maktab va tashkilotlarda 2 stadion , 10 sport zali, 13 basketbol, 16 valeybol, 2 suv havzasi ishlab turibdi.

Shaharda gaz va vodoprovod suvi kirib bormagan koʻcha yoq. Denov bozorlari ham qurilishi, ham moʻl-koʻlligi eʼtiborni tortadi. Bu yerda hamma narsa topiladi. Bozorga qaysi vaqt kirmang, issiq non tayyor turgan boʻladi. Nonmisan-non! Denov-xurmoning koni. Anor, uzum, olma ham serob. Bozorning quruq mevalar rastasiga boqib lol qolasiz: xandon pista, bodom, xilma-xil mayiz, yongʻoq, yeryongʻoq, shoʻrdanak… Toshkentu Samarqanddagidan ancha arzon. Denov bozorida Oʻratepaning sabzisi, Xorazimning guruchi xaridorgir.




#Article 101: Said otaliq madrasasi (248 words)


Said otaliq madrasasi — Denov markazida ikki qavatli qilib qurilgan madrasa. XVI asrda, Shayboniylar hukmronligi davrida, Buxorolik meʼmor usta Ahmad Mamat Buxoriy boshchiligida islom dini arbobi — Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan. Buxoroning yirik madrasalari qurilishi uslubida barpo etilgan (Koʻkaldosh va boshqa madrasalar). Hozirda mazkur shakldagi madrasa Surxondaryo viloyatida yagonadir. Denovning Mustaqillik koʻchasida joylashgan. Hozirda madrasa ayanchli ahvolga kelib qolgan boʻlib, qulash arafasida.

Manbalarga koʻra, Said otaliq madrasasi, Hazrat Xoja Alouddin Attorga atab, uning oʻgʻillari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurilgan. Buxoro inqilobidan oldin madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Shoʻrolar tuzimi davrida madrasa yopib qoʻyilgan. 1956—1960 va 1972—1973-yillarda Oʻzbekiston SSR olimlari tomonidan ilmiy oʻrganilgan. 1991-yildan, Hoji Luqmonxon Haydarxon oʻgʻli tashabbusi bilan madrasada talabalarning 4 yillik oʻqitilishi boshlangan. Bugungi kunda madrasaning oʻrta maxsus islom bilim yurti sifatidagi faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan. 2018—2019-yillardagi xabarlarga koʻra, madrasa binosi ayanchli ahvolga kelib qolgan, qulash arafasida boʻlgan. Madrasa, 2019-yilda tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obʼektlari milliy roʻyxatiga kiritilib, unda hunarmandchilik markazi barpo etish rejalashtirilgan. 2020-yilda binoni saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning ijro muddati etib 2021 yilning mart—aprel oylari belgilangan.

Madrasasining meʼmorchilik uslubi tartibi oʻz davrida belgilangan anʼanalarga mos ravishda barpo etilgan. Bino hovlisi ikki qavatli qurilgan katta-kichik hujralardan tashkil topgan boʻlib, peshtoq ortida miyonsaroy, uning ikki yonida esa masjid va darsxona joylashgan. Madrasa burchaklariga esa guldastalar ishlangan. 40x29.5 metr tarxli hovlisidagi peshayvonlar soni 2 ta. Madrasa poydevorining chuqurligi 5,5 metr. Tomi balxi gumbazli. Hujra derazalariga ganchdan panjaralar ishlangan.




#Article 102: Davlatlar (121 words)


Davlatlar ro'yxati
 
Afgʻoniston 

Amerika Qoʻshma Shtatlari 

Antigua va BarbudaArgentina 
Avstraliya Hamjamiyati 

Belarus Belgiya 

Birlashgan Arab Amirliklari 
Birlashgan Qirollik 
Bolgariya Boliviya 
Bosniya va Gerzegovina 
Botsvana Braziliya 

Burkina Faso 

Burundi Butan

Chexiya ChiliDaniya 
 
Davlatlar ro‘yxati 

Dominika Respublikasi

Efiopiya Ekvador 
Ekvatorli Gvineya 
El Salvador 

Fil Suyak Sohili 

Gvineya-Bisso 
Gʻana

 I davomi

Janubiy Afrika 
Janubiy Kipr 

Keyp Verd 

Kongo Demokratik Respublikasi 
Kongo Respublikasi 
Koreya Respublikasi 
Kosta Rika 

Makedoniya Respublikasi 

Markaziy Afrika Respublikasi 

Marshall Orollari 

Moʻgʻuliston

 O davomi
Oʻzbekiston

Papua Yangi Gvineya 

Puerto-Riko

Qirgʻiziston 
Qozogʻiston 

Rossiya Federatsiyasi 

Saint Kitts va Nevis 
Saint Lucia 
Saint Vincent va Grenadinlar 

San Marino 
San-Tome va Prinsipi 
Saudiya Arabistoni 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi 
Shri Lanka 

Siyerra Leon 

Solomon Orollari 

Sovet Sotsialistlik Respublikalar Ittifoqi 

Trinidad va Tobago 

Xitoy Xalq Respublikasi

Yangi Zelandiya 




#Article 103: Husayn Boyqaro (621 words)


Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yil, Hirot—1506-yil, 4-may, Bobo-Ilohi, Hirot yaqinida) - temuriular sulolasining vakili, Xuroson podshosi, taniqli shoir va davlat arbobi.

Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469-yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.

Husayn Boyqaro, Husayniy (toʻliq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot — 1506) — Xuroson hukmdori (1469-1506), shoir. 15-asr oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi. Husayn Boyqaro, Bobur taʼriflaganidek, ikki tomonlama ulugʻ („karim ut-tarafayn“) boʻlgan.

Husayn Boyqaro 1457-yilni qoʻshni Marv bilan Xiva oraligʻidagi biyobonda oʻtkazgan. 1458-yilda 300 kishilik qoʻshin bilan Sulton Sanjarning yaqinlaridan Bobo Hasan qoʻshinini yengib, Niso viloyati, soʻng Astrobodni egallagan. 1459-yilda Husayn Boyqaro huzuriga Abdurazzoq Samarqandiy elchi boʻlib kelgan. 1460-yilda vaziyat taqozosi bilan Husayn Boyqaro Astrobodni tashlab chiqishga majbur boʻlgan. Ammo 1461-yil shaharni qaytarib olgan. Shu yil yoz oxirlarida Hirotga yurish qilgan. Biroq Abu Said Mirzoga bas kelolmay, orqaga chekingan, buning ustiga, Astroboddan ham mahrum boʻlgan. Amudaryo orqali Xorazmga oʻtib, Vazir shahriga — Mustafoxon huzuriga elchi yuborib, Abu Saidga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etgan. Lekin elchi kelguncha, uning ogʻasi Pir Budogʻ bilan kelishib, Mustafoxonga qarshi yurish qilishgan, lekin Vazir shahrini ololmay, bitim tuzganlar. Husayn Boyqaro Adoqqa borib, 1461-yil oxirlarigacha oʻsha yerda qolgan. Adoqda turib, Astrobod, Gurgon va Eronning boshqa tumanlariga hujumlar uyushtirgan, magʻlubiyatga uchraganida, shu yerdan panoh topgan. Mustafo zulmiga qarshi koʻtarilgan isyondan foydalanib, avval Vazirni, 1462-yilda Urganch va Xivani qoʻlga kiritgan. Oradan 1 yil oʻtmay, Abu Said uni Xorazmdan surib chiqargan.

Husayn Boyqaro temuriylar orasida ancha shijoatli va maʼrifatli, shariatga qatʼiy amal qilgan hukmdor boʻlgan. Husayn Boyqaro Xurosonda hokimiyatni egallagach, asosiy eʼtiborni mamlakatda tinchlik, osoyishtalikni qaror toptirish, ichki hududiy nizolar, ziddiyatlarni bartaraf etish va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratgan. U oʻlkada madaniy-maʼrifiy va obodonchilik ishlarini rivojlantirishga alohida ragʻbat koʻrsatgan: iqtisodiy hayot yuksalib, savdo-sotiq rivojlangan, yuzlab karvonsaroylar, rabot, koʻprik, maktab, madrasa, masjid, xonaqoh, hammom, tabobatxona, yetimxona, suv havzalari qurilgan, kanallar qazilgan, bogʻlar barpo etilgan.

Husayn Boyqaro davrida Hirot Sharqning fan, madaniyat, hunarmandchilik rivojlangan yirik markaziga aylangan: turli mamlakatlardan isteʼdod sohiblari Hirotga panoh axtarib kelganlar. Til, adabiyot, tarix, tasviriy sanʼat, xattotlik, kitobat sanʼati, tabobat, handasa, musiqa, qogʻoz tayyorlash, tomosha sanʼati va boshqa sohalar rivojlangan. Hirot, Mashhad, Marv, Nishopur singari shaharlarda koʻplab noyob obidalar barpo etilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar Xurosondan tashqarida ham mashhur boʻlgan. Husayn Boyqaro, Navoiy va Jomiy koʻplab isteʼdodlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlaganlar; oʻz davrining zabardast shoir, olim, muarrix, musiqachi, xattot, naqqoshlari xuddi shu zamonda yetishib chiqqanlar va faol ijod qilganlar.

Husayn Boyqaro turkiy tilda yozishni ragʻbatlantirgan va shunga daʼvat qilgan. Oʻzi ham badiiy ijod bilan shugʻullanib, „Husayniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, sheʼriyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Undan bizgacha sheʼrlar devoni va navoiyga bagʻishlangan Risola asari yetib kelgan. „Risola“ asari 1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan. Shoh shoirning hozirgacha 202 gʻazal, Navoiy gazaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal 1 ruboiy va bir necha baytlari maʼlum. Gʻazallarining barchasi ramal bahrida. Lekin ular Husayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi. Navoiy Majolis un-nafois tazkirasining 8-majlisini toʻliq Husayn Boyqaro ijodiboʻgʻina bagʻishlab, uning devonidagi 164 gʻazalning matlaʼini keltiradi va u qoʻllagan badiiy timsollar, sheʼriy sanʼatlar, nozik maʼno va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi.
Husayn Boyqaro gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi.

Husayn Boyqarodan 14 oʻgʻil, 11 qiz qolgan. Badiuzzamon Mirzo, Shohgʻarib Mirzo, Muhammad Husayn, Ibrohim Husayn kabi oʻgʻillari badiiy ijod bilan ham shugʻullanishgan. Keyinchalik oʻzaroichki urushlar, Husayn Boyqaro va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi oqibatida Xuroson davlati zaiflashgan. Uning vafotidan soʻng 1507-yili Hirot shayboniylar tomonidan zabt etilgan.

Husayn Boyqaro badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan.

Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov va boshqalar shugʻullanganlar.

 




#Article 104: Shohrux Mirzo (981 words)


Mirzo Shohrux , Shohrux isming lug'aviy manosi SHox (podsho)ning Yuzi degan manoga egadur, boshqa ismlari: Amirzoda Shohrux, Mirzo Shohrux, Shohrux mirzo, Xoqoni sa’id, Abu Nasr Shohrux bahodir sulton, 1377-yil 20-avgust, Samarqand – 1447-yil 19-mart, Ray) Amir Temurning toʻrtinchi oʻgʻli, Mirzo Ulugʻbekning otasi. 1397 yildan Xuroson (hozirgi Afgʻoniston) shohi boʻlgan, 1409 yildan esa Temuriylar davlatini shohi boʻlgan. Hayoti davomida Temuriylar davlati boʻlinishi toʻxtatishni istagan.

Yoshlik yillari Samarqandda o‘tgan, shu yerda dunyoviy va diniy ta’lim olgan. Amir Temur 1390-91-yillar Dashti Qipchoqqa va 1392-yil harbiy mamlakatlarga 5 yillik yurishlari chog‘ida Shohruxni mamlakatni boshqarishga tayinlab qoldirgan. Ko‘p o‘tmay, Amir Temur Shohruxni o‘z yoniga chaqirib oladi va 17 yoshli Shohrux jangovar harakatlarda qatnasha boshlaydi. Amir Temur uni lashkarning mang‘lay va juvang‘ar qismlariga tayinlaydi, keyinroq esa, Samarqandga qaytarib, poytaxtni boshqarib turishni topshiradi. 

Amir Temur 1396-yil Shohruxga Xuroson o‘lkasini suyurg‘ol qiladi va tegishli qo‘shin hamda elat bilan birga uni o‘z mulkiga jo‘natadi. Shohrux Amir Temurning 7 yillik yurishida, xususan, Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan, lashkarning ilg‘or, mang‘lay, juvang‘ar qismlarini boshqargan; janglarda shaxsiy dov-yuraklik va mahorat namoyish etgan. Uni adolatparvar, raiyat tinchligini ko‘zlovchi shaxs sifatida bilganlar; qamalda qolgan shaharlar aholisi aksari hollarda sulh taklifi bilan Shohruxga murojaat qilganlar va u ham o‘z yordamini ayamagan. Ba’zi hollarda, Amir Temur Shohruxni lashkarning o‘g‘ruq qismini qo‘riqlashga mutasaddi qilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”da yozishicha, Amir Temur hayotining keyingi yillarida Shohruxning davlatdorlik sifatlariga alohida e’tibor bergan. Chunonchi, Xitoyga yurishi chog‘ida, saltanat xavfsizligini ta’minlash, xususan, harbiy o‘lkalarni idora etish kabi katta mas’uliyatni Shohrux zimmasiga yuklaydi va uni Xurosonda qoldiradi. Sohibqiron 1391-92-yillar mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay xarob qilingan Banokat shahri o‘rniga yangi shahar barpo etib, u yerga atrof yerlardan aholini ko‘chirib obod qiladi hamda uni Shohruxga suyurg‘ol qiladi va bu shahar Shohruxiya nomi bilan shuhrat topadi. 

Amir Temur vafotidan so‘ng, 1405-yil martda Shohrux rasmiy ravishda Temuriylar saltanati hukmdori sifatida Xuroson taxtiga o‘tirdi va o‘z nomidan xutba o‘qitib, pul (tanga) zarb qildirdi. Shohrux hukmdorligining dastlabki yillarida Temuriylar saltanatida kuchli tarqoqlik yuzaga kelib, saltanatning turli qismlarida yakkahokimlik uchun kurash boshlanib ketdi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Xalil Sulton egalladi, Ozarbayjon va Iroqi Ajamni Qora Yusuf, Iroqi Arab hududini Sulton Ahmad o‘z qo‘liga kiritdi. Eronzaminda temuriy shahzodalar o‘zaro nizolashardilar, Mozandaron, Balx, G‘ur va boshqa viloyatlarda ham isyonlar yuzaga keldi. Shohrux saltanatda vujudga kelgan nizolar, isyonlar, yakkahokimlik uchun chiqishlarni teran qobiliyati, mahorati, tafakkuri, olib borgan siyosati tufayli birin-ketin bostirishga muvaffaq bo‘ldi. 
Shohrux o‘z hukmdorligi chog‘ida Temuriylar saltanatining hududiy kengligi, harbiy salohiyati, kuchli iqtisodiy mavqeini saqlashga intildi. Buning uchun Movarounnahr, Eronzamin, Ozarbayjonga yurishlar qilib g‘alaba qozondi; 1429-yil Shohrux Ozarbayjonda xavfli kuchga aylangan amir Iskandar ibn Qora Yusuf ustiga deyarli butun saltanati hududidan lashkar yig‘ib yurish qiladi. Salmos cho‘lida ikkala tomon o‘rtasida qattiq jang bo‘ladi; Shohrux o‘g‘illari Mirzo Boysung‘urni lashkarning juvang‘arini, Ibrohim Sultonni barang‘arini boshqarishga belgilaydi; Muhammad Jo‘giyni esa o‘ziga tegishli bo‘lgan g‘ul qismda qoldiradi. Shiddatli jangdan so‘ng Shohrux lashkari zafar quchadi. Shohrux Seyiston va Badaxshonga lashkar jo‘natib, u yerlardagi isyonlarga chek qo‘yadi. 1405-yildan 7 yil davomida Xorazmni zabt etib turgan Dashti Qipchoq amirlariga qarshi Shohrux katta lashkar jo‘natadi va g‘olib kelib, Xorazmni Temuriylar saltanati tarkibiga kiritadi hamda viloyatni boshqarishga sarkarda amir Shohmalikni belgilaydi. Shohrux ko‘pgina nizolarni sulh yo‘li bilan bartaraf qilgan va bunda taniqli davlat arboblari va shayxlar xizmatidan keng foydalangan. Umuman, Shohrux hukmronligi davrida sharqda Mo‘g‘ulistondan tortib g‘arbda Misr va Rum yerlarigacha, janubda Hindistonning markaziy qismidan boshlab shimoldan to Dashti Qipchoq chegaralarigacha bo‘lgan joylar Temuriylar saltanati tarkibiga kirgan. 

Saltanatni suyurg‘ol tizimi bo‘yicha boshqargan; mamlakat hududini o‘g‘illari, nevaralari, qarindoshlari, xizmat ko‘rsatgan sadoqatli amirlariga suyurg‘ol qilib bergan. Tarixchi Hofizi Abruning “Zubdat at-tavorix” asarida yozilishicha, Shohrux 1443- yil Misr podshosiga elchi yo‘llab Ka’ba uyiga yopinchiq kiygazishni so‘raydi va rozilik oladi. Shu asosda 1444-1445-yil ka’bapo‘sh tayyorlatib, uni shayx Nuriddin Muhammad al-Murshidiy va mavlono Shamsiddin Muhammad Abhariy vositasida Makkaga jo‘natadi; ular ka’bapo‘shni muqaddas Ka’ba uyiga yopib qaytadilar. Shohrux podshohlik devonida kundalik ishlarni doim nazorat qilib borgan; qarorlar qabul qilishda kengash va maslahatga keng o‘rin ajratgan, ko‘pchilik fikrini inobatga olgan holda adolatli hukmlar chiqargan. Shuningdek, devonda diniy va dunyoviy masalalar yuzasidan yetuk allomalar ishtirokida suhbatlar, fiqh, tib, nujum, geografiya, tilshunoslik va boshqa fan sohalari bo‘yicha bahs-munozaralar tashkil qilgan, o‘zi ham ularda faol qatnashgan. Shohrux saltanati hududida bunyodkorlik faoliyati uchun katta imkoniyatlar yuzaga keldi. Shaharsozlik, hunarmandchilik, savdo, dehqonchilik, ilm-fan, madaniyat tez sur’atlar bilan rivojlandi. Shohrux bunyodkorlik ishlariga, xususan, shaharlar obodonchiligi va sug‘orish tizimini rivojlantirishga katta e’tibor qaratib Hirot (1405-yil), Balx (1407-yil) shaharlarini tiklashga oliy farmon bergan. Chingizxon yurishi chog‘ida xarob qilingan (1220-yil) Marv shahrini qayta barpo etilib, unga Murg‘ob daryosidan ariq qazdirib suv keltirildi. Sug‘orish tizimi yaxshilandi, yangi yerlar o‘zlashtirildi, ekin maydonlari kengaydi. Shaharlarda hunarmandchilik va savdo rivojlandi, ko‘plab madaniy-ma’naviy muassasalar - madrasalar, masjidlar, xonaqohlar qurildi. Shohrux ilm-fan rivojiga alohida e’tibor berdi. Hirot, Samarqand, Buxoro, Mashhad, Sheroz va boshqa shaharlarda ilm-fan keng rivoj topdi. Movarounnahrda Mirzo Ulug‘bek rasadxona barpo etib aniq fanlar rivojlandi; Naqshbandiya ta’limoti yozma meros tarzida shakllandi va shu yo‘nalishda bir qancha asarlar yozildi. Hirot va Sheroz shaharlarida tarixnavislikka katta e’tibor qaratildi. Amir Temur va temuriylar tarixiga oid bir qancha yirik asarlar yaratildi. Temuriylar saltanatida kitobat va miniatyura san’ati yuksaldi. Hirotda Mirzo Boysung‘ur va Sherozda Ibrohim Sulton bu sohalarning rivojiga katta hissa qo‘shdilar.

Shohrux hukmronligi davrida Temuriylar saltanatining xalqaro miqyosdagi nufuzi ortdi, davlatlar o‘rtasidagi elchilik munosabatlariga Shohrux juda katta e’tibor bergan. Uning huzuriga Xitoy, Hindiston, Misr, Shom, Rim, Yevropa, Dashti Qipchoq hukmdorlaridan elchilar kelgani va Shohrux ham o‘z elchilarini jo‘natgani haqida Temuriylar davri tarixiy manbalarida ma’lumotlar qayd etilgan va ikkita elchilik haqida mukammal kundalik ham yozilgan. 1419-1422-yillar Xitoyga borib kelgan safar xotirotlari, unda bevosita qatnashgan G‘iyosiddin Naqqoshning kundaligi hamda 1442-1444-yillar Janubiy Hindistonga borib qaytgan elchilarning safar tafsilotlari, uni boshqargan Abdurazzoq Samarqandiyning safarnomasida aks etgan. Shohruxning elchilar vositasida yo‘llagan maktublarida savdo yo‘llari xavfsizligini ta’minlash va xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirish alohida ta’kidlangan. Buyuk Ipak yo‘li orqali savdo va elchilik karvonlari muntazam qatnab turgan. Shohrux o‘zining xalqaro siyosatida davlatlararo tinch-totuvlik va do‘stona munosabatlar ta’minlanishini ustuvor yo‘nalish deb bilgan. Shohruxning davlatchilik siyosatida bunyodkorlik ishlariga katta e’tibori natijasida ilm-fan va madaniyat rivojida o‘ziga xos uyg‘onish (renessans) bo‘ldi va bu XV asrning 2-yarmida Alisher Navoiy davrida Xurosonda ilm-fanning yuksak rivojlanishi uchun zamin yaratdi.




#Article 105: Margʻilon (815 words)


Margʻilon (boshqa nomlari Margilan, Margelan) — O‘zbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining janubiy qismida, Oloy togʻlari etagida joylashgan. Fargʻona shahridan 10–12 km shimolida, 475 m balandlikda. Yaqin temir yo'l stansiyasi — Margʻilon (4 km). Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25—26°, yanvarniki —3,5°. Margʻilonning janubiy chekkasidan Janubiy Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973 yilda 117 ming , 1939 yilda 46 ming , 1897 yilda 36 ming kishini tashkil etgan), asosan, oʻzbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Margʻilondan 3–4 km janubroqda joylashgan Yangi Margʻilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi Margʻilon shahar Kengashiga qaraydi. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkaziladi.

Margʻilon toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 10-asrga taalluqli. Oʻsha davrlarda shahar Margʻinon deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. Margʻilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar margʻ — maysazor, oʻtzordan deb taxmin qiladilar. Margʻilon murgʻ va yunon soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor. Ibratniig Tarixi Fargʻona qoʻlyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Margʻilon oʻrnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, 10-asrda u katta qishloq boʻlganligini, 11 — 12-asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston asarida Qoraxoniylar davrida ham Margʻilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. Boburnomada Margʻilon Fargʻonadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib, uning donai kalon deb ataluvchi anori va subhoniy navli oʻrigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida Margʻilonga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Margʻilon aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. Margʻilonning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab harid qilingan. Shuningdek, Margʻilonda doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875 yilda rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Margʻilonda oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum boʻlgan Poʻlatxon qoʻzgʻoloni (1873— 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zoʻrlab olib ketilishiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916) boʻlib oʻtgan. Margʻilon 1876—1926 yillarda Fargʻona viloyatining uyezd shahri boʻlgan, soʻngra Fargʻona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan.

Margʻilon vodiydagi yirik shaharlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Margʻilon haqiqati, Turon shoyisi gazetalari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. Atlaschi va Turon stadionlari, 33 sport zali, koʻplab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tarbiya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shugʻullanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Pir Siddiq majmui (Kaptarlik, 18-asr oʻrtalari), Xoʻja Magʻiz maqbarasi (18-asrning birinchi yarmi), Chokar, Toronbozor masjidlari (20-asr boshlari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-asr oxiri) va boshqa saqlanib qolgan. Margʻilonda buyuk alloma Burhoniddin Margʻinoniy yashab oʻtgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tugʻilgan va boshqa bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlar.

Margʻilon (boshqa nomlari Margilan, Margelan) — Oʻzbekiston shaharlaridan biri. Fargʻona viloyatida joylashgan. Aholisi 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % oʻzbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahr iqlimi — kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi.

Geografik kordinatlari:40°28' 16 N Shimoliy kenglik, 71°43' 29 E Sharqiy uzunlikda. Dengizdan 487 metr balandlikda.
Margʻilon shahri ming yillardan beri oʻzining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir.

Afsonalarga koʻra, Margʻilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan.Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani toʻhtaganda, unga Murgʻ yaʼni tovuq va Non berilgan ekan va shundan Murgʻinon boʻlib shaharni nomi kelib chiqqan ekan.Lekin boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Margʻilon Miloddan Keyingi IX asrda Buyuk Ipak Yoʻlidagi muhim shahrlardan boʻlgan.XV asrda yashab oʻtkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur oʻzinig Boburnoma kitobida «koʻb yahshi narsalarga boy shahar. Uning Shaftolilari va Anorlari ham koʻb yahshidur»
deb yozgan.Va uning aytishicha «Samarqand ning va Toshkent ning eng koʻzga koʻringan bezori va urishqoqlari Margʻilonliklardir». 1710-1876 yillarda Qo'qon xonligi davrida shahar Margʻilon bekligi markazi, xonlikning muhim strategik ahamiyatga molik kenti boʻlgan. Margʻilon Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston guberniyasi takibidagi, Farg'ona viloyati, Margʻilon uezdi markazi boʻlgan. Shaharda hamma zamonlarda ham hunarmandchilik va savdogarlik yuksak darajada rivojlangani maʼlum. 
Shuningdek, Margʻilonni Sunduqul orifiyn (Oriflar sandigʻi) deydilar. Bunga sabab esa bu shahardan juda koʻp olimu fuzalo, oriflarning chiqqanidir. Margʻilon savdogarlari Oʻrta Osiyo savdo-sotiq ishlarida muhim rol oʻynaganlar va Sovet davrida bu shaharni odamlarini qonun bilan chiqishmovchiliklari boʻlgan.

Yana shaharda,Oʻzbekistondagi eng yirik Shoi ishlab chiqaradigan Yodgorlkik Shoi Korhonasi va Turon Shoisi Korhonalari joylashgan.Fargʻona Vodiysiga shoi toʻqish qachon kelganligi nomaʼlum, lekin eski zamonlardan maʼlumki Margʻilon bu sohada juda mashhur boʻlgan.

Xonaqoh masjidi — 4 asrlik tarixga ega boʻlgan shaharning markaziy jomeʼ masjidi.

Said Ahmad Hoʻja Eshon Madrasasi — XIX asrdan buyon faoliyat koʻrsatib kelayotgan madrasa.

Pir Siddiq majmuasi (Kaptarlikmozor) - Burxoniddin Margʻiloniy yashab ijod qilgan chillahona va uning shogirdlarida biri dafn etilgan maqbara.
Hoʻja Maoz yoki Hasti Maoz - shahar chetida joylashgan, mashxur sahobai kirom Muoz ibni Jabal maqbarasi.

Hoʻja Porso maqbarasi.

Toron Masjidi — XIX asrdan qolgan kichkinagina masjid.




#Article 106: Muhammadsharif Soʻfizoda (253 words)


Muhammadsharif Soʻfizoda (1880–1937) Maʼrifatparvar ziyoli, shoir Muhammadsharif Soʻfizoda Oʻzbek madaniyati tarixida yorqin iz qoldirgan zotlardandir.

Muhammadsharif Egamberdi ogʻli 1969-yil 29-yanvarda Chustda tugʻildi, uning otasi pichoqchi-hunarmand edi. U mahallasidagi qoʻshnisi Manzura otinda savod chiqardi. 1893–1898-yillarda Qoʻqonda yashadi va madrasada taʼlim oldi. Qoʻqon adabiy muhitining mashhur shoirlari Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nodim Namangoniy bilan yaqin munosabatda bo’ldi. Muqimiy toʻgaragida faol qatnashishi shoir dunyoqarashining shakllanishida, badiiy mahoratining oʻsishida oʻziga xos maktab boʻldi. Boʻlajak shoir dastlabki sheʼrlariga Muqimiy tavsiyasi bilan „Vahshiy“ taxallusini qoʻlladi.

Soʻfizoda 1893-yilda ona shahri Chustda boyonlarni, chor amaldorlarini, mutaassiblarni hajv qiluvchi sheʼrlari uchun „badasl“, „beadab“, „dahriy“ deb ayblanadi va o’limga hukm qilinadi. Shoir o’z vatanini tark etishga, 14 yil turli mamlakatlarda istiqomat qilishga majbur bo’ladi.

Soʻfizoda adabiyot dargohiga 1890-yillarda kirib keldi. Uning „Gʻubor dardu alam“, „Oʻray“ kabi lirik gʻazallari, „Dakaning“, „Bedanang“ kabi hajviyalari, maʼrifat haqidagi „Oʻqing onalar“, „Gazeta toʻgʻrisida“, „Vatan“, „Xonimlar isminda“ kabi qator sheʼrlari uning demokratik adabiyot ostonasiga kirishida oʻziga xos yoʻllanma boʻldi.

Soʻfizoda 1900-1913-yillarda Oʻrta Osiyoning turli shaharlarida, Tiflis, Boku, Arabiston, Hindiston, Turkiyada boʻlgan. U qayerda yashamasin, Toshkent, Kavkaz, Qrim, Orenburg, Turkiyada chop etiladigan gazetalar bilan aloqasini uzmagan. Uning maqolalari, sheʼrlari „Turkiston viloyatining gazeti“, „Sadoyi Turkiston“, „Sadoyi Fargʻona“ gazetalarida muntazam chiqib turgan.

Bu toʻqnashuvdan keyin Soʻfizoda oʻz vatani Chustdan quvgʻin qilindi. U Toʻraqoʻrgʻon yaqinidagi Shahand qishlogʻida usuli jadid maktabi ochdi. Soʻfizodaning bu ishida Toʻraqoʻrgʻon qozisi, maʼrifatparvar, shoir, pedagog Is’hoqxon toʻra Ibrat yaqindan yordam berdi.

Soʻfizoda shoʻrolar hukumati davrida ham xalqiga chin dildan xizmat qilaverdi va adabiy-ijodiy, pedagogik faoliyat bilan shugʻullandi. 1937-yilda shoir „xalq dushmani“ deb yeʼlon qilinib, qamoqqa olindi.

Soʻfizoda qabrining qayerdaligi nomaʼlum.




#Article 107: Abdulla Qodiriy (1657 words)


Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820–1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–06), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan. 

Abdulla Qodiriyning ulkan merosi haligacha kitobxonlar qalbidan joy olmoqda. 

Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907–15). 1917-yil Oktyabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq ishlari“ gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26).

Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1 aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi masjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari, „Baxtsiz kuyov“ dramasi, „Juvonboz“ hikoyasi chop etiladi (1914–1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“ hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, XX  tongidagi oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.

Abdulla Qodiriyning 1917-yil Oktyabr toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919–1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari soni 300 atrofida. Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha davrning tarixiy hujjati, zamonasining solnomasi. 20-yillar oʻrtalarida yozilgan „Kalvak Mahzumning xotira daftaridan“, „Toshpoʻlat tajang nima deydir?“ satirik hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi „xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʻrsatishga jazm etadi.

Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik faoliyati bilan barobar oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan kunlar“ni yaratdi (1919–1920). Romandan boblar 1922-yil „Inqilob“ jurnalida eʼlon etildi. 1924–1926-yillari har bir boʻlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan davr oʻzbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahondagi oʻrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolgʻon vaʼdalariga ishondi, ammo adib bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, Qoʻqon muxtoriyatining tor-mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi, „tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi „xon zamonlari“ – XIX a. oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi.

Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „Mehrobdan chayon“ni 1928-yil fevralda yozib tugatdi. Roman 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham XIX adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.

Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql-zakovat, doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning „gʻayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr ko‘rgan Sayidxon, mulla Siddiq va Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy, publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini, xususan haramdagi qizlar fojiasini hazil-mutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini „orttirmay va kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir.

Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida turgan murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarning juda koʻpini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlanishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib yetishdilar. Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz adabiyotining Sadriddin Ayniy, M. Avezov, X. Deryayev, Chingiz Aytmatov singari yirik vakillari ham qayta-qayta qayd etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N.Tun, I. Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, asli eronlik amerika olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqur mazmunni jozibador va ravshan shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli voqealarni tasvir uchun tanlay olish, hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor, shaklning ixchamligi va katta prozada ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi, soʻzning maʼnoga mosligi va yorqinligi, hammadan ham muhimi – kishilar harakteridagi muhim xususiyatlarni koʻra olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun doimo ibrat namunasi boʻlib kelmoqda. Oybek aytganidek, „Oʻtkan kunlar“ romanida yozuvchi til ustida katta mahorat koʻrsatadi. Romanning tili haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda kuchi zoʻr, ommaga anglashilarlik bir tildir. Oʻzbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan oʻrganishga chaqirar, oʻzi ham jahon klassiklarini mutolaa etish va ularning asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida realizm ustalaridan oʻqib-oʻrganib borar edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi: „Yozuvchilikda bir qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun soʻz qurish, soʻzgina emas, sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni bajarib, bu jihatdan taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan boʻlasan…“.

Abdulla Qodiriy 30-yillardagi murakkab sharoitda ham ijodni davom ettirdi. 1934-yil qishloq hayotidan „Obid ketmon“ qissasini yozdi. Asardagi Obid obrazi oʻzbek adabiyotidagi noyob hodisa. Uni oʻzbek xalqining mehnat, dehqonchilik madaniyati bobidagi yetukligi timsoli, deyish mumkin. Yozuvchi bu obraz tasvirida oʻsha davrda odat tusiga kirgan tor „sinfiylik“ doirasidan ancha chetga chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlash yoʻlidan boradi; xolis turib qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish harakatining bir qancha tomonlarini haqqoniy koʻrsatdi; ichki muammo – ziddiyatlarni ochib berdi, kolxoz tuzumi oxir-oqibatda odamlardagi tashabbusni, shaxsiy egalik, manfaatdorlik tuygʻusini soʻndirishligini aytdi. Qodiriyning mazkur qissasini oʻzbek adabiyotidagi birinchi „ishlab chiqarish“ qissasi, Obidni esa birinchi ishbilarmon odam obrazi deyish mumkin. Abdulla Qodiriy bu oʻrinda iqtisod, xoʻjalik masalalarining bilimdoni, tadqiqotchisi sifatida ham koʻrinadi; asar bosh qahramonining harakteri, ruhiy olami asosan mehnatda, xoʻjalik ishlarida ochiladi.

Abdulla Qodiriy zukko tilshunos, zabardast tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning „Fizika“ (1928), Gogolning „Uylanish“ (1935), Anton Chexovning „Olchazor“ (1936) asarlarini oʻzbekchaga tarjima qildi. Qozonda bosilgan „Toʻla ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ni (1934) tuzishda ishtirok etgan.

Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi. „Oʻtkan kunlar“ ozarbayjon tilida 1928-yilda, „Mehrobdan chayon“ tojik tilida 1935-yilda, „Obid ketmon“ rus tilida 1935-yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar rus, qozoq, uygʻur, tatar, arab, italyan, ingliz, nemis va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelayotir.

Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yil „Mushtum“da bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining donoslari ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq, xoʻrlikdan soʻng Choʻlpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi.

Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991), „Mustaqillik“ ordeni bilan taqdirlandi (1994). Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Toshkent Davlat Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogʻiga, respublikaning turli shaharlari ko‘chalariga, respublikamizdagi koʻplab madaniyat muassasalariga uning nomi berilgan. „Oʻtkan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ romanlari asosida kinofilmlar (1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari nomlarini qoʻyish rasm boʻlgan. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida „tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan.




#Article 108: Abdulla Avloniy (173 words)


Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir.

U Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.

Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.




#Article 109: Saidnosir Mirjalilov (232 words)


Saidnosir Mirjalilov (1884-1937) — atoqli maʼrifatparvar, Turkistondagi milliy ozodlik harakatining taniqli namoyandalaridan biri. U 1884-yili Turkiston shahrida tavallud topgan. Yoshligidan oʻta ziyrak, tadbirkor va mehnatkash boʻlgan Saidnosir tujjorlik faoliyatini kichik bir gazlama doʻkonini ochishdan boshlagan. Koʻp oʻtmay u Turkistonda birinchi jadid maktabini tashkil etgan. 1914-yilda paxta zavodini qurib, Turkistonning taniqli boylari va savdogarlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.

Saidnosir Mirjalilov 1917-yil siyosiy faoliyatga oʻtadi. Fevral inqilobidan soʻng u Toshkentda tashkil etilgan „Shoʻroyi islomiya“ tashkilotining faol a’zolaridan biriga aylandi. Turkiston mustaqillikka erishishini orzu qilgan Saidnosir Mirjalilov tijoratchi sifatida topgan sarmoyasining katta qismini milliy ittihod va istiqlol uchun olib borilgan kurashga bagʻishladi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining barpo etilishida faol ishtirok etdi va hukumat a’zosi etib saylandi. Muxtoriyat qonga botirilib, uning rahbarlari taʼqib ostiga olingach, Saidnosir Mirjalilov xorijga ketishga majbur boʻldi va dastlab Samaraga borib, Turkistonda roʻy berayotgan xunrezliklarga chek qoʻyish yoʻllarini axtardi, soʻng Turkiya va Tiflisda bir muddat yashadi. Bolsheviklar e’lon qilgan umumiy afvga ishonib, u 1921-yili vataniga qaytdi. U „Turkiston“ savdo-sanoat shirkatini tashkil qilib, undan tushgan foyda evaziga „Koʻmak“ jamiyati orqali isteʼdodli yoshlarni Germaniya va boshqa mamlakatlarga oʻqishga yuborish, „Nashri maorif“ jamiyati faoliyatini avj oldirish ishiga oʻz ulushini qoʻshdi. Lekin bolsheviklar kuzatuvidan ozod boʻlmagan Saidnosir Mirjalilov 1925-yil 12-dekabr kuni hibsga olinib, Solovetsk orollariga qamoqqa yuborildi. U uch yillik qamoq muddatini oʻtaganidan keyin 1932-yili yana besh yil muddatga qamaladi, nihoyat 1937-yil 21-iyul kuni takror hibsga olinib, oʻsha yilning 25-oktabrida otib tashlanadi.

Saidnosir Mirjalilov qabrining qayerdaligi nomaʼlum.




#Article 110: Lotin alifbosi (373 words)


Lotin alifbosi, lotin yozuvi — Qadim Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining (lotin soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 9—8-asrlarda hozirgi Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat miloddan avvalgi 4—3-asrlardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qad. yodgorliklarda (miloddan avvalgi 6—4-asrlar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, miloddan avvalgi 4-asrdan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf boʻlgan, miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 -a.da W harfi, 16-asrda xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi.

Hozirgi Lotin alifbosi 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi — antikva) va got yozuvi (fraktura deb ham ataladi). Ularning birinchisi, yaʼni lotin harflari eng qad. alifboga yaqin boʻlib, hozirgi amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi.

Rim imperiyasi kulagach, xususan, 8-asr dan eʼtiboran Lotin alifbosi Gʻarbiy Yevropadagi koʻplab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos boʻldi. Hozirgi davrda dunyo tillarining 30—35%i Lotin alifbosidan foydalanadi. Oʻzbekistonda ham 1929—40 yillarda shu alifbo asosidagi oʻzbek yozuvi amalda boʻlgan (qarang Yozuv, Oʻzbek lotin alifbosi). Milliy yozuv tizimlari Lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qad. Lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Abduvahob Madvaliyev.

Lotin alifbosi - yozuv tizimidir. roman, olmon va boshqa koʻpchilik tillarning asosiy yozuvi hisoblangan hozirgi lotin alifbosi 26 harfdan iborat. Harflar har tilda har xil nomlanadi.
Lotin alifbosi asosidagi yozuvdan roman, olmon, kelt va baltiy guruhlari barcha tillari, shuningdek slavyan, fin-ugor, turk, semit va eron guruhlarining ayrim tillari, alban, bask tillari, shuningdek ayrim Hindi-xitoy (vetnam tili), Myanma tillari, Zond arxipelagi va Filippin, Afrika (Saxara janubi), Amerika, Avstraliya va Okeaniya koʻpchilik tillari foydalanadilar.

Ā Ă Â Ä Å Ą Æ Ç Ð Ē Ę Ğ Ģ Î Ķ Ł Ñ Ö Ő Ó Ø Œ ß Ş Ţ Ū Ŭ Ž Ź Ż




#Article 111: Fransiya (4581 words)


Fransiya, Fransiya Respublikasi (-{République Française}-) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 67,022 million kishi (2019). Poytaxti — Parij shahri. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.

Fransiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 yil referendumda qabul qilingan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Fransiyaning sharq va janubida togʻ tizmalari, markazining janubiy qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiyadagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim,sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, Fransiya Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. Fransiyada foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.

Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shimolida Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻʼtadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shimoli-sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfevralda oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va janubi-gʻarbda 5—7°, mamlakat janubida 8—10°. Iyul va avgustda tekisliklarda 16—18°, shimolida 20—22°, janubi-gʻarbda 23—24. Yillik yogʻinning eng kupi (1500–2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. Fransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang, chimli kulrang, qoʻngʻir rendzin, kulrang xamda terra rossa deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20% ni tashkil etadi. Shim.da keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, jan.da qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).

Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.

Fransiya hududida odam juda kddim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi (Fransiya franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat Fransiya deb atala boshladi. 1302 yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (qarang Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—1763) natijasida Fransiyaning Shimoliy Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792 yil 22 sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793 yil 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804 yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830 yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815 yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815 yil 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830 yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.

Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946 yil 24 dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.

Toʻrtinchi respublika davri (1946—1958) boshlandi. 1949 yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958 yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida milliy najot hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966 yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965 yil 19 dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7 yilga prezident etib saylandi. 1968 yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968 yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969 yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969 yil Respublika uchun demokratlar ittifoqi partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974 yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981 yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88 yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988 yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995 yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000 yil 25 sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7 yildan 5 yilga oʻzgartirildi. 2002 yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992 yil 3 yanvarda tan olgan va 1992 yil 1 martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14 iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).

Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971 yil tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962 yil tuzilgan, 1976 yilgacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978 yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965 yil tashkil etilgan, 1995 yildan hozirgi nomda; Fransiya kommunistik partiyasi, 1920 yiltuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972 yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi Fransiyadagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895 yil tuzilgan; Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919 yil asos solingan; Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919 yil asos solingan; Fors uvriyer, kasaba uyushma markazi, 1947 yil tuzilgan.

Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,9%, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7%., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 72,4% ni tashkil etadi (2002).

Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqyaari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va janubida kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. Fransiyaning janubi-gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya kombinatlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. Reno va Pejo kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6% ni tashkil qiladi, shundan 40% yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55%). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy Shimoliy Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi.

Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.

Temir yoʻl uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.

Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan: yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.

Sogʻliqni saklash sohasi kasalxonalardan va shahar tibbiyoti deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saklash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va hokazo) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va hokazolardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va boshqa; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905 yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959 yildan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99%. 2—3 yil maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar.

Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa

Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya instituti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If oroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat ilmiy tadqiqot muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik ilmiy tadqiqot markazlari: Noraviasion, Elektrisite de Frans, Sharbonaj de Frans, Gaz de Frans, SenGoben, FransAtom, MerlenJeren, Krezo va Shneyder kompaniyalari.

Fransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. Fransiyada nashr etiladigan yirik gaz. va jurnallar: Figaro (kundalik gazeta, 1826 yildan), Le Pariziyen (Parijlik, kundalik gazeta, 1944 yildan), Mond (Tinchlik, kundalik gazeta, 1944 yildan), Frans Suar (Fransiya oqshomi, kundalik kechki gazeta, 1941 yildan), Oror (kundalik gazeta, 1944 yildan), Krua (Xoch, kundalik kechki katolik gazeta, 1880 yildan), Yumanite (Insoniyat, kundalik gazeta, 1904 yildan), Uest—Frans (Gʻarbiy Fransiya, kundalik gazeta, 1944 yildan), Syud—Uest (JanubiGʻarb, kundalik gazeta, 1944 yildan), L ekspress (haftalik ijtimoiysiyosiy jurnal, 1953 yildan), Pari match (Parij matchi, haftalik bezakli jurnal, 1949 yildan), MariKler (oylik jurnal, 1954 yildan) va boshqa

Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944 yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835 yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: Radio Frans, 1975 yil tuzilgan, Televizion fransez— 1, Antenn—2, Frans rejone davlat televideniye kompaniyalari, 1975 yil tashkil etilgan.

Eng qad. adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, Avliyo Yevlaliya haqida kantilena). 10—11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. Roland haqida qoʻshiq asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. Russilonli Jirar asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning Aleksandr haqida roman, Fiva haqida roman, Eney, Troya haqida roman (barchasi 1140—65 yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO—taxminan 1191) Erek va Enida, Iveyn, Perseval va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlaridaTristan va Izolda afsonasi, Fluar va Blansheflor, Okassen va Nikolet kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453 yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar.

Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. Sent Ekzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-asrlar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120 yildan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).

Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-asrning 1yarmida hashamatli reja uslubi qoʻllanildi. Bordodagi maydon va koʻchalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir.

Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan.

Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini togshi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-asrga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr oʻrtalarida Fransiya sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-asr tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18-aar oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-asr boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning Marselyeza asarida, P.J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848 yilgi inqilob Fransiya sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851 yil toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860 yillarda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-yillar x,aykaltaroshlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-asr soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.

Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87 yillar Grand opera teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini (Dezertir, 1769), A.E. M. Gretri (Lyusil, 1769) kiradi. Komik operalar Opera komik teatri (1715 yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792 yil J. Ruje de Lil tomonidan Marselyeza yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793 yil Parijda Milliy musika instituti (1795 yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi (Karmen, 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). Birinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi (Oltilik kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). Ikkinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20-asr fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, Sxola kantorum (1894 yil asos solingan), Ekol normal de myuzik (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jurnallari chop etiladi.

F. teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning Xudo ehtiroslari misteriyasidir. 1599 yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634 yil Mars teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan Komedi Fransez teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791 yil Teatrlar erkinligi haqida dekretdan soʻng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. Komedi Fransez teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning Ernani dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848 yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi realistik dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. Erkin teatr va Antuan teatri asoschisi, Odeon teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910 yil J. Rushe tomonidan Teatr dez Ar tashkil etildi. 1926 yil toʻrt buyuk rejissyor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — Kartel tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. Ikkinchi jahon urushi yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan boʻlgan Komedi Fransezni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissyorlardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi — 50-yillar 1yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan 1789 va 1793 teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻddi.

Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rejissyor J.L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda Kompani Reno—Barro truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida absurd teatri katta oʻrin egalladi. 20-asr 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, Grandopera, Komedi Fransez, Odeon va Shayo milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rejissyorlar mashxur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. Komedi Fransez teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954 yil tashkil etilgan Xalklar teatrida xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi.

Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli Poyezdning kelishi, Bolani emizish, Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi filmlari) 1895 yil 28 dekabrda Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning Film d’ar firmasi kinoga mashxur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919 yilda rejissyor A. Gans urushga qarshi ruhdagi Men ayblayman pamfletini, rejissyor A. Antuan esa bir qancha filmlar (Yer, 1921; Arlezianlik ayol, 1922)ni yaratdi. Birinchi jahon urushidan keyingi yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak Avangard harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissyorlar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar [Krenkebil (1922) va Yangi janoblar (1928, rejissyor J. Feyder), Nana (1926) va Kichik gugurt sotuvchi (1927, rejissyor J. Renuar), Somon shlyapa (1927, rejissyor R. Kler)].

Fransiya, Farangiston (Fransuz Respublikasi, fransuzcha République française) Gʻarbiy Yevropadagi mamlakatdir. Hududiga Dunyo okeanidagi ba’zi orollar va boshqa qit’alardagi yerlar ham kiradi. Poytaxti - Parij shahri. Davlat nomi frank qabilalari nomidan kelib chiqqan.

Aholisi 64,5 mln kishi( shu jumladan 90 % dan ortig'i — fransuzlar). Administrativ-hududiy bo'linishi:100 departamentni (96 tasi metropoliyalarda и 4 tasi dengizorti departament) o'z ichiga oluvchi 26 region, (22 tasi metropoliyalarda va 4 tasi dengizorti regionlar).




#Article 112: Navroʻz (3068 words)


Navroʻz (forscha نوروز — „yangi kun“) — bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. „Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa, 22-martda nishonlanadi.

Navroʻz Shimoliy yarımsharda bahorning boshlanishi sifatida, kecha-kunduz tenglashgan kunda (martnıng 20, 21 va yoki 22-da) boshlanadi. Baʼzi xalqlar bahor faslining kelishini tabiatning uygʻonishi bilan bogʻlaydilar, shu munosabat bilan bayramlar oʻtkazishadi, uni yangi yilning boshlanishidek bayram qiladilar. Qadim zamonlardan boshlab Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Eron, Afgʻonıston, Tojikistonda va yana koʻplab sharqiy oʻlkalarda bahorning — yangi yilning kelishini bayramlar bilan qarshi olishadi. Martning 21-sanasi Eron va Afgʻonistonda rasmiy taqvimning dastlabki kuni hisoblanadi.

Navro‘z qadimiyligi, keng geografik qamrovi va uni nishonlash vaqtidagi turli davrlari sababli, nomoddiy madaniy merosning xilma-xil hususiyatlarini o‘z ichiga oladi. U „Navro‘zi Jamshid“ini anglatgan Eronning afsonaviy shohi Jamshid va shu kabi afsonalarga asoslangan ko‘pgina madaniy shakl va tasvirlardan tashkil topgan.

Shunga o‘xshash afsona hind mifologiyasida ham mavjuddir, bundan tashqari „Bo‘zqurt“ nomli turk afsonasida, „Amoo Novrouz“ Eron afsonasida, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo mamlakatlari afsonalarida Nanex Novrouz Amoo Novrouzni kutadi, lekin yangi yil kirib kelganida uxlab qoladi. Amoo Novrouz u uxlab ѐtganida kelib ketadi. Bu voqea har yili takrorlanaveradi. Bu afsonalar eskirgandek tuyulsa ham, ular bugungi kunda madaniyatimizda uchrab turadi. Ertaklar, epik sheʼrlar, „Navro‘z sheʼrlari“ deb nomlanadigan mumtoz sheʼrlar bilan birga, bugungi kunda Navro‘z marosimidan oldin va keyin kitob, jurnal, internetda chop etilgan shoirlar va radio, televidenieda yangraydigan musiqa: qadimgi va mumtoz Eron musiqasida maxsus kuylar va qo‘shiqlar mavjud bo‘lib, ular „Naz-e Novrouz“, „Yaad-e Novrouz“, „Novrouz-e Xordak“, „Novrouz-e Xara“ i „Novrouz-e Saba“ deb nomlanadi. Usmonli turk imperiyasida ham shunga o‘xshash kuy va musiqalar yang- ragan. Boshqa Navro‘zlarda bu marosimga aloqador ko‘pgina kuy va musiqalar mavjud. „Navro‘z“, „Muborakbod“, „Shohmoylar“, „Sumalak“, „Boychechak“, „Binafsha“ kabi fol’klor ashulalalari O‘zbekistonda bugungi kunda ham mashhur. Hozirda mahalliy, milliy va hatto millatlararo konsertlarda kuylanadigan Navro‘z kuy va qo‘shiqlari mavjud. Bundan tashqari „Mulla Mamajon“ afg‘on qo‘shig‘i juda mashhur bo‘lib, Mozori Sharifda, Eron, Tojikistonda ham quylanadi.

Barcha Navro‘zlarda mahalliy va anʼanaviy raqslar mavjud bo‘lib, ular etnik guruhlar tomonidan ijro etiladi, Ozarbayjon va o‘zbek raqslari kerakli maromda ijro etiladi va madaniy hamda lingvistik ko‘rinish maxsus fol’klor ko‘rinishlariga uyg‘unlashgan. Bular orasida „Xan Bazi“ va „Kusex Galin“ Eronda, „Kusa Kusa Xani“ Ozarbayjon va Turkiyada hamda „Bahor Xonim“, „Navro‘z bobo“, „Dehqon bobo“, „Nasriddin“ O‘zbekistonda, „Aspak bozi“ (masxaraboz), „Laklak bozi“ Qirg‘izistonda, uloq, otchopar, ko‘pkari, kurash, qo‘chqorlar, xo‘rozlar jangi va boshqalar. Tajriba, bilim va hunar, shuningdek, uy jihozlarini yangilash, bolalar uchun o‘yinchoqlar yasash, qimmatli tosh va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, ayniqsa yosh kelin-kuyov uchun bezak mahsulotlari bayram nishonlashning turli bosqichlarida qo‘llaniladi. Umuman olganda, bayram marosimlarida ushbu odatlar umumiy qimmatga va boy madaniy xilma- xillik ko‘rinishidagi o‘ziga xoslikka ega.

Sanalarni belgilash asosan qadimiy astronomik taʼlimot asosida hisoblanadi. O‘rta asrlarda yilnoma asosan Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy va Umar Xayyom kabi mashhur olimlar tomonidan tasdiqlangan va to‘g‘rilangan.

Har bir oila va jamiyatda nishonlanadigan ko‘pgina marosim, anʼana va madaniy hodisalar mavjud. Bayramning eng muhim vazifalaridan biri bu ommaviy yig‘inlar bo‘lib, u yerda madaniy almashinuv va tadbirlar marosimlarga qo‘shib o‘tkaziladi. Suv va olov bilan bog‘liq maxsus ommoviy marosimlar bunga misol bo‘la oladi.

Masalan, Eronda aholi „Charshanbeh Suri“ yoki „Charshanbeh-e Otash“ deb nomlanadigan yilning so‘nggi chorshanba kuni, buloq yoki olov ustidan sakrashadi. Ozarbayjonda ketma-ket keladigan yilning so‘nggi to‘rt chorshanbasi mashhur bo‘lib, ular „Charshanbeh Ob (suv)“, „Charshanbeh Bod (shamol)“, „Charshanbeh Xok (er)“ va „Charshanbeh Otash (olov)“ deb nomlanadi, bu paytda odamlar olov atrofida yurib, anʼanaviy qo‘shiqlar aytadilar va yoxud olov yoki suv atrofida raqsga tushadilar.

Kurd va zardo‘shtlar, Turkiya va O‘rta Osiѐ mamlakatlari xalqlari orasida Navro‘z arafasida olov bilan bog‘liq marosimlar mavjud. Masalan, Qirg‘iziston Respublikasida odamlar qarzlarini to‘laydilar, uylarini yig‘ishtiradilar, qo‘shnilari bilan urishib qolgan bo‘lsa yarashib, ularni kechiradilar. To‘kin-sochinlik, hosildorlik va yomg‘ir timsoli sifatida barcha idishlarni sut, qatiq, bug‘doy va bahorgi suv bilan to‘ldiradilar. Qariyalar aytishlaricha, bu insonlardan turli xil kasalliklar va omadsizliklarni haydaydi.

Ko‘pgina qishloq va qabilalarda yilning so‘nggi chorshanbasi va Navro‘z arafasida uy bekalari va qizlar uylari yaqindagi chashma, buloq yoki quduqdan suv keltirishadi.

Bayramning birinchi soatlari oila-oila bo‘lib keksalarni, qo‘shnilarni, yordamga muhtoj oilalarni va nogironlarni yo‘qlash bilan boshlanadi. Mehmondorchilik chog‘ida odamlar bir- biriga sovg‘alar ulashadi, ayniqsa, yosh bolalar va kelin-kuyovlar- ga sovg‘a ulashish odat bo‘lgan. Bayram o‘yin va tomoshalar bilan davom etadi, Eronda mahalliy kurash, poyga, „Bandbozi“ (dorda yurish), Afg‘oniston va O‘rta Osiyo mamlakatlarida chavandoz buzoq boshini eslatadigan buyumni tutishga harakat qiladigan „Buz kashi“ o‘yini keng tarqalgan va bu o‘yinlar bir necha kun davom etadi. Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkaziladigan o‘yinlar haqida alohida to‘xtalish kerak: Ot Charbish (poyga), Qiz Kumay (otda qiz ortidan quvish), Kok Noru yoki Uloq Tortish (echki tutish), Enish (ot ustida kurash), Kurash (anʼanaviy kurash) va Jambu Atuu (otda kumush bo‘lakka o‘q otish) va o‘smirlar va bolalar uchun o‘tkaziladigan maxsus o‘yin „Ak Cholmok“. O‘tganlar haqiga noz-neʼmatlar keltirib, ularning qabrlarida sham qo‘yishadi. Ozarbayjonda Navro‘z nishonlashning ikkinchi kuni erkaklar o‘tganlarning haqiga duo o‘qiydi va bu „Otalar kuni“ deb nomlanadi. Qozog‘istonda bayram arafasida odamlar eshik oldiga ikkita yoqilgan sham olib keladi.

Ikkita asosiy va muqaddas taom mavjud bo‘lib, birinchisi Navro‘zda yoki uning arafasida tushlik, ikkinchisi Navro‘zda peshin taomi. Taom qaynatilgan guruch va sabzavot, tovuq go‘shti, bug‘doy ugrasi va baliq kabi masalliqlardan iborat bo‘lib, ular odamlar yashayotgan hududga qarab qo‘shiladi.

Qirg‘izistonda bayram tushligidan so‘ng odamlar ko‘chaga saylga chiqib bayramni nishonlaydilar. Kichik shahar va qishloqlarda qurbonlikka keltirilgan buqadan Nooruz Kedji yoki Chon Kedji (sho‘rva) tayyorlash uchun maxsus joylar tanlanadi. Bu qadimiy taom go‘sht, yog‘, guruch, no‘xot, arpa, bug‘doy, jo‘xori, so‘li uni, tariq, kartoshka va ziravorlardan tayyorlanadi.

Shuni taʼkidlash joizki, Qirg‘iziston Respublikasida yarim muqaddas taomlar oilaviy bayram tushliklarida tortilib, jamoaviy marosimlarda tortilmaydi.

Bayramning eng muhim nishonalaridan biri bu dasturxon bo‘lib, unga ramziy buyumlarga mos taomlar qo‘yiladi. Buyumlar tozalik, nur, tinchlik va boylikni anglatadi. „Sofrex“ yoki Eronda „Sofrex-ye haft Sin“ deb nomlanadigan stol, poklik belgisi suv, yorug‘lik belgisi sifatida sham yoki fonus, o‘simliklar belgisi sifatida „Sabzex“ yoki „ko‘katlardan tayyorlangan taom“, Eronda „Samanu“, Qirg‘izistonda va O‘zbekistonda „Sumalak“, Turkmanistonda „Samani“, Tojikistonda „Somoluk“lardan tuziladi.

Qirg‘iziston Respublikasida Navro‘z bayramini nishonlashning asosiy anʼanalaridan biri bu uylarini, odamlarni va mol-mulkini tozalash uchun uylarga qora archa hidini taratish (Alastau) yoki „Adirashman“ (ignabargli daraxt bilan), Eronda esa yovvoyi ruta bilan taratish odat bo‘lgan.

Bayramning asosiy elementlari musiqa, raqs, og‘zaki nutq hamda adabiyot, hunarmandchilik va rassomchilik (asosan miniatyura sanʼati)dan tashkil topadi. Turli xil hunarmandlar o‘z qo‘llari bilan bezaklar, bolalar uchun o‘yinchoqlar yasab berishadi. Bu o‘yinchoqlardagi bezaklar, sheʼriyatdagi asosiy mazmun, musiqa va raqslardagi badiiy maʼno, rasmlardagi asosiy mazmun Navro‘z bayramida bahorni kelishi va tabiatning yangilanishini aks ettirgan. Misol uchun, Qirg‘iziston Respublikasida Akayn — ko‘cha sanʼatkorlarining chiqishlarida Yangi yilni olqishlash maʼnosi ko‘tarilgan. Bundan tashqari akaynlar afsonaviy voqealarni ko‘rsatib namoyishlar qo‘yishgan. Shuningdek, O‘zbekstonda ham Navro‘zni sharaflash qo‘shiqlari fol’klor sanʼatkorlar baxshi, shoir va dostonchilar repertuaridan ham joy olgan. Navro‘zga bag‘ishlangan ayrim epik afsonalar bizlarning kungacha saqlanib qolgan (Xorazm, Surxondarѐ, Qashqadarѐ, Samarqand). Anʼanaviy musiqaning rivojlanishiga diniy marosim ohangi ham o‘ziga xos hissa qo‘shgan, bular Buxoroning „Shashmaqom“, „Xorazm maqomlari“ va „Farg‘ona — Toshkent maqomlari“ kabi cholg‘u va yakkaxon maqom siklini yaratishga asos bo‘lgan.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, Navroʻzning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan „zardushtiylik“ning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbek xalqining allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi oyi deb sanalgan Farvardin oyi toʻgʻrisida soʻzlab: Bu oyning birinchi kuni Navroʻzdir, — deydi. — Navroʻz yilning birinchi kuni boʻlib, uning forscha nomi ham shu maʼnoni anglatarkan. Navroʻz eronliklar „zij“lari boʻyicha oʻtmish zamonlarda, ular yillarini kabisali qilgan vaqtlarida Quyoshning Saraton burjiga kirish paytiga toʻgʻri kelar edi. Soʻngra u orqaga surilgach, bahorga keladigan boʻldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, yaʼni bahor yomgʻirining birinchi tomchisi tushishidan, gullar ochilgan, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha, oʻsimlik unib chiqa boshlashdan takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navroʻz olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan deya izohlaydi.

Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan. Oʻsha kunlarda hatto urush-janjallar ham toʻxtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtishgan.

Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy olgan quvonchli damlarda koʻpchilikning „Navroʻz qaerda va qachon paydo boʻlgan ekan?“ — degan savoliga „Saodat“ jurnalida eʼlon qilingan „Onaqutining saxovati“ maqolasida bunga asosli javob berilgan. Unda jumladan: Dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani boʻlgan, dunyoviy fanlarga asos solgan Xorazm yurti qadimda, hatto eramizdan avvalgi minginchi yillarda Xvayrazam deb atalgan. Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navroʻz bayrami ilk bor xuddi shu zaminda Niso (yaʼni, ayol shahri poytaxti boʻlmish Parfiyona) grek va Ovrupa faylasuflari asarlarida Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar tasdiqladi. Bunga Burgut qal’a, Jomboq qal’a va Niso qoʻrgʻonlarida bunyod qilingan va shu kunlargacha saqlanib qolgan „olov uy“lari yaqqol misol boʻla oladi. Burgut qal’a markazida moviy gumbazli maqbara boʻlgan. Maqbara mehrobida Onaqutining koʻtarilgan qoʻlida Zumrad tosh boʻlgan. Bahorgi teng kunlikda-shamsiy hisob bilan hamal oyining birinchi kuni, hozirgi taqvimimiz boʻyicha 22-martda maqbara gumbazidagi tuynukdan quyosh nuri Onaquti qoʻlidagi Zumrad toshiga tushib, sumalak pishirish uchun tayyor turgan qozonning oʻtxonasiga oʻt yoqqan, deyilgan.

Boshqa afsonalarga qaraganda, Odam Ato Momo Havo bilan uchrashgan kun Navroʻz deb tan olingan emish.

Firdavsiyniig „Shohnoma“sida yangi yil bayrami shoh Jamshid nomi bilan bogʻlanadi. Jumladan, Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida odamlarga kasb oʻrgatadi, temir eritib qurol yasatadi, ip yigirtirib kiyim toʻqitadi, imoratlar barpo qiladi, tabiblik sirlarini ochadi, kema yasaydi, bogʻ bunyod qiladi. Nihoyat, „ishlari gurkirab berganda meva“ bir kuni taxt yasatib, unda osmonga koʻtariladi. Ushbu afsonaga koʻra xuddi shu kuni Navroʻz nishonlangan.

Alisher Navoiy „Tarixi mulki ajam“ („Ajam shohlari tarixi“) asarida Jamshidning buyuk kashfiyotlari soʻngida ulugʻ Navroʻz ixtiro qilinganligini bayon qiladi. Navoiy yozishicha: Jamshid „Chihil minor“ nomli odamzod koʻrmagan va aql bovar qilmaydigan baland bino qurib… „bu imorat tugandi, olam salomin va ashrov va ahbarin yigʻib, anda azim jashn qildi. Ul vaqtkim, quyosh nuqta eʼtiqodli rabiygʻa taqvil qilib erdi ul binoda taxt ustiga oʻltirib, adolat sayt va sadosin olamgʻa muntashir qildi va ul kunining otin navroʻz qoʻydi“.

Darhaqiqat, Navroʻzning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq koʻrsatish qiyin boʻlsa-da, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki Navroʻzning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, yaʼni Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bogʻliq boʻlgan. Bu esa (har qanday jamiyatda) yil boshi qachon kelishidan qatʼi nazar navroʻzni uygʻonish bayrami sifatida nishonlash uchun asos boʻlgan. Bundan tashqari, Navroʻzning chuqur ildizlariga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda — ibtidoiy odamlarning dehkonchilikka oʻtganidan soʻng dalalarda yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin oʻtkazilgan bahor bayramlariga borib taqaladi.

Bugun mana yana elimizga Navroʻzi olam uz sepini yoymokda. Maʼlumki, xalqimiz istak-xohishlarini eʼtiborga olgan holda Yurtboshimiz tomonidan, 21-martni dam olish kuni deb eʼlon qilingan.

Navroʻz barcha viloyatlarning shaharu qishloqlarida, korxonalarida, ilm-fan dargohlarida oʻziga xos tarzda koʻtarinki kayfiyat va tashabbus ila oʻtkaziladi. Bayram kuni turli xil musobaqalar, qariyalar bilan muloqotlar boʻladi. Bahor koʻkatlaridan tayyorlangan nozu neʼmatlar tortiq etiladi. Barcha viloyatlarning eng isteʼdodli va yosh xonandalari xizmatda boʻladilar.

Elimizning murodu maqsadini kuylagan, yurtimizning oromu osoyishini oʻylagan, butun borliq muruvvat aylagan, bagʻriga benihoya ezgu muhabbat joylagan, yomonliklar yoʻlin boylagan, yaxshilikdan doston soʻylagan, barchani birday siylagan bayramdir bu.

Xavashyaliklarning aytishicha, Sulaymon podshohning uzugi yoʻqolgan kun podshohligi ham qoʻlidan ketgan. Qirq kundan keyin uzugi topilgach, podshohligi ham, ravnaqi ham qaytib kelgan. Podshohlar uning huzuriga toʻplanadilar. SHunda eronliklar „Navroʻz omad“, yangi kun keldi deganlar. Natijada shu kun Navroʻz deb ataladi.

Hozir 21-martdan to 3-maygacha barcha kunlarni Navroʻz oyi deb bayram qilinadi. Bu kunlarda turli urf-odatlarni eslab, atrof-muhit tozalanadi, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari avj oladi, har xil mevali va mevasiz ixota kuchatlari utkaziladi, gullar ekiladi, turli koʻkatlarni terib, vitaminli taomlar, bugʻdoy undirib, sumalaklar pishiriladi. Qarindosh-urugʻlarni yod olib ular holidan xabar olishga boriladi, ota-bobolarni, oʻtgan avlodlarni xotirlab, qabrlarini ziyorat qiladilar. Bemorlarni Navroʻz taomlari bilan yoʻqlab, koʻngil koʻtaradilar va shundan keyingi kunlardan dala, ishlariga kirishib ketadilar.

Musulmon davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari Miloddan avvalgi III asrdayoq Navroʻz bayramini Yangi yil tariqasida keng nishonlaganlar.

Yangi yil — yilning birinchi kuni boʻlib, dunyodagi koʻpgina xalqlarning eng muhim bayramidir. Yangi yilni kutib olish va nishonlash turli davrlarga toʻgʻri kelgan. Masalan, bizda Navroʻz 21-mart kuni. Ovrupaliklar Yangi yilni 1-yanvarda, moʻgʻul va xitoyliklar Yangi yil-sagalganni fevralda nishonlar ekanlar.

Mutaxassislarning asoslangan fikrlariga koʻra, Quyosh ayni shu kuni hayotbaxsh nurlarini tik, yaʼni 90 daraja burchak hosil qilib, sayyoramizning qoq beliga — ekvatorga yoʻnaltiradi. Shu daqiqalarda bahorgi kecha-kunduz tenglashadi va 22-martdan boshlab Quyoshning tik yoʻnalgan nuri shimoliy tropik chizigʻi tomon harakatlanadi. Bu Navroʻzning ilk va qutlugʻ qadami boʻlib, tabiatning jonlanishi bilan kishilarning xoʻjalik faoliyati oʻrtasida uygʻunlik namoyon boʻladi. Jumladan, bobo dehqon ona erga mehr ishlov berishga kirishadi; tabiat oʻt-oʻlanlar, qir-adirlarni gilam singari yashil libosga boʻyaydi…

Navroʻz musulmon xalqlarining taqvimida mustahkam oʻrin olgan eng sara bayramlaridan biridir. U inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlikni anglatadigan noyob va ijtimoiy hamda tabiiy hodisadir. Lekin ayni paytda biz kutib olayotgan, yangi yilning birinchi kuni 1-yanvar toʻgʻrisida bunday fikrni aytish mumkin emas, chunki bu marosim taqvimda turgʻunsiz boʻlgan sunʼiy, yaʼni kishilarning xohish-irodasiga bogʻliq holda belgilangan sanadir.

Qadim-qadimdan xalqimiz Navroʻz arafasidan boshlaboq, rizq-roʻzimiz manbai ona erga alohida mehr bilan ishlov berib, urugʻ qadagan, mevali va mevasiz daraxtlar oʻtkazish marosimlari tashkil etilgan, xilma-xil tansiq taomlar, pishiriqlar tayyorlangan, turli musobaqalar, oʻyin-kulgular, sayillar va hokazolar boʻlib oʻtgan. Darhaqiqat, oʻz xalqiga qaytarilgan yangi yil — Navroʻz barchaga olam-olam quvonch keltirib, maʼnaviy oziq beradigan taqvimdagi muhrlangan qadimiy anʼanamizdir.

Navroʻz Sovet davrida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa qismlarida ochiq nishonlanmagan.
Bir necha ming yillik tarixga ega bu bayram Oʻzbekistonda ayniqsa 1980-yillarga kelib rasman taqiqlangani haqida maʼlumotlar bor.
Bu davrga kelib, deydi yaqin tarixni sharhlayotgan ayrim mutaxassislar, Oʻzbekistonda milliylik tuygʻusi kuchaya boshlagan.
Mustaqillikdan keyin esa Navroʻz davlat miqyosida keng nishonlanadigan bayramga aylandi. Dastlab madaniy ayyom sifatida koʻrilib, xalq sayli sifatida tantana qilingan Nazroʻz bugunga kelib ancha siyosiy-rasmiy tus olgan.
Sovet davrida Navroʻzning taqiqlanishi ikki bosqichda kuzatilgan.

Qayta qurish davrida kechgan bu taʼqiblar milliy uygʻonish davrini boshdan kechirayotgan oʻzbek ziyolilari oʻrtasida keng muhokama qilingan.
Xalq hofizi Dadaxon Hasanning eslashicha, shu yillarda Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Navroʻzni „Baxt va Bahor“ bayrami deb oʻzgartirish tashabbusi bilan chiqqan.

Fayzulla Is’hoqov fikricha esa Navroʻzni cheklash asosan Moskva buyrugʻi bilan amalga oshirilgan.

Navroʻz mustaqillikdan keyingi yillarda

Bayram bugun katta tayyorgarlik bilan qarshilanadi. Oʻzbekiston prezidenti har yili xalqni Navroʻz bilan rasman tabriklaydi.

Biroq, deydi sharhlovchilar, Navroʻz haligacha ham, tom maʼnoda xalq bayramiga aylanmagan.

Hayitboy Abdullayev fikricha esa Navroʻz toʻqchilik, toʻkin-sochinlik bayramidir. Xalq moliyaviy yetishmovchilikdan qiynalar ekan, Navroʻzga nisbatan munosabat ham shunga yarasha.

Adabiyotshunos olim Naim Karimov nazarida tarix chigʻiriqlaridan qatʼiy nazar Navroʻz ruhi xalqni tark etmagan.

Navroʻz, ayrim dindorlar nazarida, islomga xos bayram emas. Shariatga toʻgʻri kelmaydi, deydi ular.

Bu munozaralar Oʻzbekistonda ochiq muhokama qilinmasa-da, ijtimoiy tarixdan xabarbor insonlar yuqoridagi talqinni tamonan rad etadi.

Adabiyotsunos Naim Karimov deydiki Navroʻz xalq hayotida, qolaversa oʻzbek madaniyati va adabiyotida yangilanish timsoli sifatida oʻrin egallab boʻlgan.

Ozarbayjonda  odatga koʻra Navroʻz bayramida qoʻyiladigan taomlar bahorning kelishidan, tabiatning jonlanishidan, uygʻonishidan darak beruvchi taomlardir. Ozarbayjon qishloq aholisi yil davomida moʻl-koʻlchilikni orzu qiladilar, bayramga toʻrt hafta qolganda har chorshanba oqshomi va bayram kuni olov yoqib, qoʻshiq („kun chiq!“ nagʻmasi va boshq.) aytish bilan olovga, quyoshga eʼtiqod va imon keltirishadi. Butun bu marosimlar Islomdan ancha avval mavjud boʻlgan qadimgi sharq anʼanalarining davomidir.

Baʼzi qadimgi manbalarda aytilishicha, koinot 4 unsur-suv, havo, tuproq, olovdan iboratdir. Har yil 4 chorshanba Navroʻzdan, kun va tunning tenglashishidan avval nishonlanadi.Yaʼni inson suv, olov, havo, tuproq bilan bogʻliqdir.

Navroʻz bayramida quyidagi odatlar bajariladi:

Navro‘zda tinchlik va birdamlik, totuvlik va qo‘shnichilik kabi ulug‘ qadriyatlar ilgari surilgan. Misol uchun, oqsoqollar urishgan oilalarni yarashtirib oilalarni saqlab qolishgan. Tojikistonda munosabatlari buzilgan insonlar oqsoqollarning nasihatlarisiz o‘zlari yarashib ketishgan. Bu madaniy marosimlarda madaniy xilma-xillik va insonparvarlik, sog‘lom turmush tarzi va yashash sharoitini yanglish kabi odatlar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bolalar ham Sofreh, yaʼni tuxumlarini bo‘yash va bezash kabi udumlarda faol qatnashib kelishgan. Bu tuxumlar sovg‘a sifatida bolalarga tarqatilgan. Taqdim qilingan fil’mda ham, bu shuni bildiradiki, tuxumlarni bo‘yash asosan bolalar tomonidan bajariladigan Navro‘z bayramining go‘zal bir udumidir. Sovg‘alar (ko‘pincha yangi kiyimlar) asosan bolalarga beriladi. Bu tantanalar bolalarning xotirasida muhrlanib qoladi va ular ham keyinchalik bu anʼanalarni davom ettirib, o‘zlaridan key- ingi yosh avlodga o‘tkazadilar.

Navro‘z bayramida tabrik xatlarini jo‘natish ham do‘stlikni mustahkamlaydi. Bir-biridan uzoq o‘lkalarda yashovchi insonlar tabrik maktublarini jo‘natib o‘rtalaridagi aloqalarini yaqinlashtiradilar va bu bir-birinikiga mehmonga, sayohatga chiqishga undaydi. Navro‘z bayramlari vaqtida pochta idoralarida ish boshqa kunlarga nisbatan juda ham faollashadi.

Ayollar marosimlarni boshqarib, yoshlarga anʼana va udumlar bo‘yicha bilimlarini o‘rgatib, ushbu madaniy marosimda asosiy rolni o‘ynaydilar.

Ular marosimlarda muhim ahamiyat kasb etib, ayrim hollarda marosimni boshqaradigan: Samanini muqaddas taom sifatida tayyorlaydigan yagona inson bo‘lib qoladilar. Qirg‘iziston Respublikasida ayollar Somoloka taomini Navro‘zdan o‘n to‘rt kun avval tayyorlashga tushadilar, lekin Afg‘onistonda bu taomni Navro‘z arafasida tayyorlashadi. Bundan tashqari, ular „Sabzeh“ (loviyaning yashil novdalari), Sofreh, shirinliklar ni muqaddas belgi sifatida tayyorlaydilar.

Bu bayram madaniyatning bir qismi bo‘lib, madaniy birdamlikni kuchaytiradi. Bayram nishonlash chog‘ida hunarmandlar ushbu madaniyatning keng yo‘nalishlarini va mahalliy, milliy va hududiy madaniyatni o‘zida aks ettiruvchi va tarqatuvchi bo‘g‘in hisoblanadi.

Navro‘z marosimi va ayniqsa, mahalliy anʼanaviy marosimlar turli davlatlarda xalq uchun milliy va mahalliy birdamlik kasb etadi. Misol uchun, Navro‘z bayrami kunlari tug‘ilgan ayrim bolalarning ismini Navro‘z yoki unga boshqa ism qo‘shib „Navro‘z+Ali“ (Navro‘zali) deb qo‘yishadi. Bunga isbot sifatida Tehrondagi asoschisi va egasi nomiga qo‘yilgan mashhur „Novrouz Xan Bazar“ bozorini misol qilib keltirish mumkin.

Oʻzbekistonda navroʻz 21-mart kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.

Navroʻz — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun — Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi.

Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navroʻz kunlari qishki manzillari — qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari -yozloqlarga koʻchib oʻtishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qoʻsh solishgan. Jamoa-jamoa boʻlib, hasharlar uyushtirishgan. Oʻtgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda meʼvali, manzarali daraxtlar oʻtqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navroʻz — yangi yil, yangi hayot qaynagan.
Ajdodlarimiz Navroʻz bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navroʻz taomlari ham oʻziga xos boʻlgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayerlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol boʻlgan. Ular Navroʻz bayramida turli ommaviy bayram oʻyinlari oʻynaganlar. Ot oʻyin, chillak, qoʻgʻirchoq, toshoʻyin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, boʻy qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik koʻrishgan.

Bu jarayonlarda turli-tuman xalq oʻyinlari, bahor qoʻshiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli oʻyinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Koʻpkari-uloq, kurash oʻyinlari, hayvon va parrandalar (xoʻroz, it, qoʻchqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor oʻyinlari, turli xil xalq tomoshalari oʻtkazilgan. Navroʻz — mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolgʻiz qariyalar, ota-onalar yoʻqlanadi. Kishilar bir-birlariga sovgʻa-salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi. Navroʻz — muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navroʻz munosabati bilan nikoh toʻylari oʻtkazilgan. Yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qoʻlidan choy ichish maqsadida „kelin koʻrdi“ga borilgan. Navroʻz — doʻstlik, birodarlik bayramidir. Ushbu kunni nafaqat Sharq xalqlari, balki millati, dini, eʼtiqodidan qati nazar, barcha bayram qiladi. Navroʻz bayrami Oʻzbekistonda dam olish kuni, rasmiy bayram kuni deb qabl qilingan. Uni hozirgacha ham yoshlardan tortib yoshi keksa kishilar ham tantali tarzda kutib olishadi.




#Article 113: Xurshid Davron (369 words)


Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshg'ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro Oltin qalam mukofoti (2009), Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputatı (2000). «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o'rta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni o'tagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-2014 yillar   O'zTV Bosh muharriri, Toshkent, Yoshlar, O'zbekiston telekanallari direktori vazifasida  ishladi.

Dastlabki sheʼrlar toʻplami —  (1979).  (1979),  (1981),  (1983)  (1984) , Bolalikning ovozi (1986),  (1987) va  (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.D. soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.

Xurshid Davron 90-yillarda she’riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida   (1989),  (1995),  (1998,2008) ,  (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va  (1995),  (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.

Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Tеmurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda  qarorgohida, 'Odeonʼ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Temurnomaʼ, 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi.
Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat  (1989) va yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va she'rlari Azarbayjon, Pol`sha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Yaponiya, Mo'g'iliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston,Qirg'iziston,Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan.  Rus tilida 2 kitobi ( Древний напев молодого дождя. Москва., Молодая гвардия, 1982  va Полет одинокой птицы. Toshkent., 1989 ) nashr etilgan. 
Xurshid Davron 1993 yilda Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996 yilda Vashingtonda bo'lib o'tgan Osiyo adiblari kongressida,Rossiya, Pol'sha, Bolgariya, Janubiy Koreyada o'tkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.




#Article 114: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi (2949 words)


Birlashgan millatlar tashkilotining nizomi — tashkilot faoliyatini tartibga soladigan yagona hujjatdir.

Biz birlashgan millatlar xalqlari, kelajak avlodlarni hayotimizda ikki martda insoniyatga ifodalab boʻlmaydigan gʻam-gʻussa keltirgan urush kulfatlaridan xalos etishga va insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqligiga va katta-kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchni qayta qaror toptirishga va shartnomalar va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga hurmat bilan qarash va adolatga rioya qilish mumkin boʻlgan shart-sharoitni vujudga keltirishga va ijtimoiy taraqqiyot va keng ozodlik sharoitida turmushni axshilashga yordam berishga va shu maqsadda sabr-toqat namoyon etib, yaxshi qoʻshnilar kabi birgalikda, oʻzaro totuvlikda yashashga va xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun kuchlarimizni birlashtirishga va tegishli prinsip va uslublarni qabul qilish bilan qurolli kuchlarning umumiy manfaatlardan boʻlak maqsadlar uchun u\ishlatilmasligini taʼminlashga va xalqaro apparatdan barcha xalqlarning iqtisodiy va ijtomoiy taraqqiyotiga yordam berish uchun foydalanishga qatʼiy ahd qilib, oʻz kuch-gʻayratimizni shu maqsadlarga sarflashga qaror qildik. Shunga binoan, bizning tegishli hukumatlarimiz San-Fransisko shahrida toʻplangan, oʻzlarining haqiqiy deb topilgan vakolarnomalarini taqdim etgan vakillari orqali Birlashgan Millatlar Tashkilotining uchbu Nizomini qabul qilishga rozilik berdilar va shu asosda „Birlashgan Millatlar“ deb nomlangan xalqaro tashkilot taʼsis etdilar.

Xalqaro Tashkilot tuzish yuzasidan San-Frantsiskoda boʻlgan Konferentsiyada qatnashib yoki ilgariroq Birlashgan Millatlarning 1942 yil 1 yanvardagi Deklaratsiyasini imzolab, 110-moddaga muvofiq ushbu Nizomni imzolagan va ratifikatsiya qilgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki Aʼzolari hisoblanadi.

Agar Xavfsizlik Kengashi Tashkilotning biron-bir Aʼzosiga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi xarakterdagi choralarni koʻrgan boʻlsa, Bosh Assambleya Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq, uning Tashkilot Aʼzosi sifatidagi tegishli huquq va imtiyozlaridan foydalanishini Xavfsizlik Kengashi qayta tiklashi mumkin.

Tashkilotning ushbu Nizomda koʻrsatilgan printsiplarni muttasil ravishda buzib kelgan Aʼzosi Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga binoan Bosh Assambleya Tashkilotidan chiqarilishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining asosiy va yordamchi organlarida erkak bilan xotin-qizlarning istagan vazifada va teng sharoitlarda qatnashish huquqini hech ham cheklamaydi.

IV BOB. BOSH ASSAMBLEYA

Vazifa va vakolatlari

Bosh Assambleya ushbu Nizom doirasida yoki Nizomda koʻzda tutilgan har qanday organning vakolatlari hamda vazifalariga taaluqli har qanday masala yoki ishni muhokama kilishga va 12-moddada koʻrsatilgan istisnolardan tashqari, shu yoʻnalishdagi har qanday masala yoki ish yuzasidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aʼzolariga yoki Xavfsizlik Kengashiga yoki Tashkilot Aʼzolariga ham, Xavfsizlik kengashiga ham tavsiyalar berishga vakil qilinadi.

a) Siyosiy sohadagi xalqaro hamkorlikka koʻmaklashish va xalqaro huquqning tobora taraqqiy etishi va uning kodifikatsiya qilinishinin ragʻbatlantirish;

b) Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash sohalaridagi xalqaro hamkorlikka koʻmaklashish, inson huquqlarini va barchaning asosiy erkinliklarini irqi, jinsi, tili va dinini ajratmagan holda amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida tadqiqotlar uyushtiradi va tavsiyalar beradi.

Bosh Assambleyaga, 12-moddadagi qoidalarga rioya qilgan holda, kelib chiqishidan qatʼi nazar, Assambleya fikriga koʻra, millatlar umumiy farovonligiga yoki oʻrtalaridagi doʻstona munosabatlarga raxna solishi mumkin boʻlgan har qanday vaziyatni, jumladan, ushbu Nizomdagi, Birlashgan Millatlarning Maqsad va Printsiplari bayon etilgan qoidalarni buzish natijasida yuzaga keluvchi vaziyatlarnig, tinch yoʻl bilan bartaraf etish choralarini tavsiya etish vakolati beriladi.

Bosh Assambleya xalqaro vasiylik tizimi uozasidan oʻziga XII va XIII boblar asosida yuklangan vazifalarni bajaradi, bunga strategik hududlar qatoriga kiritilmagan hududlar uchun vasiylik toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash ham kiradi.

Ovoz berish

Tashkilotga aʼzolik badali toʻlash boʻyicha qarzdor boʻlgan Tashkilot Aʼzosi, agar qarzning miqdori uning oxirgi toʻliq ikki yil uchun toʻlashi lozim boʻlgan pul miqdoriga barobar yoki undan ortiq boʻlsa, Bosh Assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etiladi. Ammo Bosh Assambleya Tashkilot Aʼzosi aʼzolik badalinin oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oʻz vaqtida toʻlay olmagan, deb topsa, bunday Aʼzoni ovoz berishda qatnashishiga ruxsat berishi mumkin.

Bosh Assambleya navbatdagi yillik sessiyalariga va vaziyat taqozosi bilan maxsus sessiyalarga toʻplanadi. Maxsus sessiyalarni Bosh Kotib Xavfsizlik Kengashining yoki Tashkilot Aʼzolaridan koʻpchiligining talabi bilan chaqiradi.

Bosh Assembleya oʻzining tartibot qoidalarini belgilaydi. U har bir sessiyaga oʻz Raisini saylaydi.

Bosh Assambleyaga oʻz vazifalarinibajarish uchun zarur deb topgan yordamchi tashkilotkarni taʼsis etishiga vakolat beriladi.

V BOB. XAVFSIZLIK KENGASHI

Vazifa va vakolatlari

Tashkilot Aʼzolari, ushbu Nizomga muvofiq, Xavfsizlik Kengashining qarorlariga boʻysunishga va ularni bajarishga rozilik beradilar.

Qurollanish ishi uchun jahonning odam va iqtisodiyot zaxiralarini eng kam miqdorda jalb qilgan holda xalqaro tinchlik va xavfsizlik oʻrnatish va saqlashga koʻmaklashish maqsadida Xavfsizlik kengashi Tashkilot Aʼzolariga taqdim etish uchun qurollanishni tartibga solish tizimini vujudga keltirish rejalarining 47-moddada koʻrsatilgan Harbiy Shtab qoʻmitasi yordami bilan tuzilishiga javobgar hisoblanadi.

Ovoz berish

Xavfsizlik Kengashi oʻz vazifalarini bajarishi uchun qanday yordamchi organlarni zarur deb topsa, ularni taʼsis eta oladi.

Xavfsizlik Kengashi oʻzining tartibot qoidalarini, shu jumladan, oʻz Raisini saylash tartibini belgilaydi.

Tashkilotning Xavfsizlik Kengashiga aʼzo boʻlmagan har bir aʼzosi Xavfsizlik Kengashi muhokamasigs kiritilgan har qanday masalani koʻrib chiqishga, Xavfsizlik Kengashi ana shu masalani mazkur Aʼzoning manfaatlariga taaluqli deb topgan har bir holatda, ovoz berish huquqisiz qatnasha oladi.

Tashkilotning Xavfsizlik Kengashi aʼzoligida turmagan har qanday aʼzosi yoki Tashkilotning aʼzoligida turmagan har qanday davlat, Xavfsizlik Kengashi koʻrib chiqadigan nizoda qatnashuvchi tomon boʻlsa, ular shu nizoga taaluqli muhokamada ovoz berish huquqidan foydalanmay qatnashish uchun taklif etiladi. Xavfsizlik Kengashi Tashkilot Aʼzosi boʻlmagan davlatning qatnashuvi uchun qanday sharoitni adolatli deb topsa, oʻshanday sharoitni vujudga keltiradi.

VI BOB. NIZOLARNI TINCH YOʻL BILAN HAL QILISH

Xavfsizlik Kenggashi xalqaro ixtilofga sabab boʻlishi yoki nizo chiqarishi mumkin boʻlgan har qanday kelishmovchilik yoki vaziyatni, ularning davom etishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning saqlanishiga tahdid sola olishi ehtimolini aniqlash maqsadida, tekshirishga vakil qilinadi.

Xavfsizlik Kengashi, agar har qanday nizoda qatnashuvchi barcha tomonlar iltimos qilsalar, 33-37-moddalarning qoidalariga putur etkazmasdan tomonlarga shu nizoni tinch yoʻl bilan bartaraf etish maqsadida tavsiyalar berishga vakil qilinadi.

VII BOB. TINCHLIKKA TAHDID QILISH, TINCHLIKNI BUZISH VA BOSQINCHILIK HARAKATLARIGA NISBATAN KOʻRILADIGAN CHORALAR

Xavfsizlik Kengashi tinchlikka har qanday tahdid qilish, tinchlikni har qanday tarzda buzish yoki bosqinchilik harakati mavjudligini aniqlaydi va tavsiyalar beradi yoki xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoxud tiklash uchun 41- va 42-moddalarga muvofiq qanday choralar koʻrish kerakligini hal qiladi.

Xavfsizlik Kengashi vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun tavsiyalar berish yoki 39-moddada koʻzda tutilgan choralarni koʻrish haqida qaror qabul qilishdan avval, manfaatdor tomonlardan oʻzi vaqtincha koʻrilishi lozim va maʼqul, deb topgan choralarning bajaralishini talab etishga vakil qilinadi. Bunday vaqtincha choralar manfaatdor tomonlarning huquqlariga, daʼvolariga yoki mavqeiga zarar etkazmasligi lozim. Xavfsizlik Kengashi shu muvaqqat choralarning bajarilmaganligini tegishlicha hisobga oladi.

Xavfsizlik Kengashi oʻz qarorlarini amalga oshirish uchun qurolli kuchlardan foydalanish bilan aloqador boʻlmaganqanday choralar koʻrish kerakligini hal etishga vakil qilinadi va u Tashkilot Aʼzolaridan shunday choralarni koʻrishni talab qila oladi. Bu choralarga iqtisodiy munosabatlarni, temir yoʻl, dengiz, havo, pochta, telegraf, radio yoki boshqa aloqa vositalarini toʻla yoki qisman toʻxtatish, shuningdek, diplomatic munosabatlarni uzib qoʻyish kirishi mumkin.

Agar Xavfsizlik Kengashi 41-moddada koʻzda tutilgan choralarning etarli boʻlmasligi mumkin yoki etarli emas, deb topsa, u havo, dengiz yoki quruqlikdagi kuchlar yordamida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoki tiklash uchunzarur choralar koʻrishga vakil qilinadi. Bu choralarga Tashkilot Aʼzolarining havo, dengiz yoki quruqlikdagi kuchlarining namoyishi, qamal qilishi va boshqa amaliyotlari kirishi mumkin.

Xavfsizlik Kengashi kuch ishlatishga qaror qilganida, Kengashda vakili bo‘lmagan Tashkilot Aʼzosidan 43-modda asosida uning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish yuzasidan qurolli kuchlar berishini talab qilishdan ilgari, Tashkilotning shu aʼzosini, agar u istasa, Xavfsizlik Kengashining shu Tashkilot Aʼzosining qurolli kuchlari qismlaridan foydalanish yuzasidan qarori qabul qilinishida qatnashishga taklif etadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining shoshilinch harbiy choralar ko‘rishiga imkoniyat tug‘dirish maqsadida, Tashkilot aʼzolari o‘z milliy harbiy havo kuchlari qismlarini birgalikda xalqaro majburiy choralar ko‘rish uchun tayor holatda ushlashlari lozim. Bu qismlarning soni va tayorgarlik darajasini hamda ularning birgalikda harakat qilish rejalarini Xavfsizlik Kengashi Harbiy-Shtab qo‘mitasi yordami bilan maxsus bitimda yoki 43-moddada eslatilgan bitimlarda ko‘rsatilgan meʼyorda belgilaydi.

Qurolli kuchlar ishlatish rejalarini Xavfsizlik Kengashi Harbiy-Shtab qo‘mitasi yordami bilan tuzadi.

Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash maqsadida Xavfsizlik Kengashi qarorlarini bajarish uchun talab qilinadigan harakatlar Xavfsizlik Kengashi qanday belgilaganiga qarab, Tashkilotning barcha Aʼzolari yoki ularning baʼzilari tomonidan amalga oshiriladi.

Tashkilot Aʼzolari Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan qarorlarda ko‘rsatilgan choralarni amalga oshirishda o‘zaro yordam berish uchun birlashishlari kerak.

Xavfsizlik Kengashi biron davlatga qarshi ogohlantiruvchi yoki majburlovchi choralarni ko‘rsa, boshqa har qanday davlat yuqorida eslatilgan choralarni amalga oshirishdan kelib chiqadigan maxsus iqtisodiy muammolarga duch kelsa, Tashkilotga Aʼzo yoki Aʼzo emasligidan qatʼi nazar, shu muammolarni hal qilish uchun Xavfsizlik Kengashi bilan maslahatlashishga haqli.

Ushbu Nizom Tashkilot Aʼzosiga qurolli hujum qilingan taqdirda, Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun zarur choralar ko‘rmaguncha, uning alohida yoki birgalikda o‘z-o‘zini mudofaa qilishdan iborat ajralmas huquqiga also monelik qilmaydi. Tashkilot Aʼzolarining o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqini amalga oshirishda ko‘rgan choralari Xavfsizlik Kengashiga darhol maʼlum qilinishi va uning mazkur Nizomga muvofiq hamma vaqt xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoki tiklash uchun qanday chorani zarur topsa, uni amalga oshirishda Xavfsizlik Kengashiga berilgan vakolatlarga va uning mas`uliyatiga hech bir daxl qilmasligi kerak.

VIII BOB. MINTAQAVIY BITIMLAR

Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun mintaqaviy bitimlar asosida yoki mintaqaviy organlar tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan harakatlar haqida hamisha to‘liq xabardor qilinib turishi lozim.

IX BOB. XALQARO IQTISODIY VA IJTIMOIY HAMKORLIK

Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi tamoyilini hurmat qilishga asoslangan millatlar o‘rtasida tinchlik va do‘stona munosabatlar uchun zarur barqaror va farovonlik sharoitini vujudga keltirish maqsadida:

a) aholining turmush va ish bilan to‘la taʼminlash darajasini oshirishga, iqtisodiy va ijtimoiy o‘sish va rivojlanish sharoitini yaxshilashga;

b) iqtisodiy, ijtimoiy, sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro muammolarni hal etishga, maʼnaviyat va maorif sohasidagi xalqaro hamkorlikka;

c) inson huquqlariga, kishilarning irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutlaridan qatʼi nazar, hammaning asosiy erkinliklariga yalpi hurmat bilan qaras h va ularga rioya qilishga ko‘maklashadi.

Tashkilotning barcha Aʼzolari 55-moddada ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun Tashkilot bilan hamkorlikda va mustaqil ish ko‘rish majburiyatini oladilar.

Tashkilot ixtisoslashtirilgan muassasalarning siyosatini va faoliyatini uyg‘unlashtirishga taalluqli tavsiyalar beradi.

Tashkilot, zarur bo‘lsa, manfaatdor davlatlarning 55-moddada ko‘rsatilgan maqsadlarni bajarish uchun talab qilinadigan har qanday ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzish to‘g‘risidagi muzokaralarga kirishishi uchun tashabbus ko‘rsatadi.

Tashkilotning ushbu Bobda ko‘rsatilgan vazifalarini bajarish uchun mas`uliyat Bosh Assambleyaga va Bosh Assambleya rahbarligida Iqtisodiy va Ijtimoiy Kehgashga yuklanadi, unga X bobda ko‘rsatilgan vakolatlar beriladi.

X BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASH TARKIBI

Vazifa va vakolatlari

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Xavfsizlik Kengashiga axborot etkazib berishga vakil qilinadi va u Xavfsizlik Kengashining taklifi bilan unga yordam berishga majbur hisoblanadi.

Ovoz berish

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda hamda inson huquqlarini rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyalar tuzadi, shuningdek, o‘zining vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘ladigan boshqa komissiyalarni ham tuzadi.

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Tashkilotning har qanday Aʼzosini unga taalluqli bo‘lgan masalani muhokama qilishda ovoz berish huquqisiz qatnashish uchun taklif etadi.

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash ixtisoslashtirilgan muassasalar vakillarining masalalarni Kengashda yoki u tuzgan komissiyalarda muhokama qilishda ovoz berish huquqisiz qatnashishi uchun, shuningdek, ixtisoslashtirilgan muassasalarda masalalarni muhokama qilish chog‘ida Kengash vakillarining qatnashishi uchun tadbirlar ko‘rishga vakil qilinadi.

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash o‘z vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha qiziqqan nohukumat tashkilotlar bilan maslahatlashish uchun zarur tadbirlar ko‘rishga vakil qilinadi. Bunday tadbirlar xalqaro tashkilotlar bilan, zarur bo‘lganda esa, Tashkilotning manfaatdor Aʼzosi bilan maslahatlashgandan so‘ng milliy tashkilotlar bilan shartlashib olinishi mumkin.

XI BOB. O‘ZINI O‘ZI BOSHQARMAYDIGAN HUDUDLARGA TAALLUQLI DEKLARATSIYA

Xalqlari hali o‘zini o‘zi to‘liq boshqarishga erishmagan hududlarni idora qilish mas`uliyatini o‘z zimmasiga olgan yoki olayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aʼzolari bu hududlardagi aholining manfaatlarini birinchi darajalidir, degan prinsipni eʼtirof etadilar va, o‘zlarining muqaddas burchlari sifatida, ushbu Nizomda belgilangan xalqaro tinchlik va xavfsizlik tizimi doirasida o‘sha hududlar aholisining farovonligiga imkoniyat boricha yordam berish majburiyatini oladilar va shu maqsadda:

a) Yuqorida ko‘rsatilgan xalqlarning madaniyatiga hurmatni saqlagan holda, ularning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishini, maorif sohasidagi taraqqiyotini, ularga adolatli munosabatda bo‘lishni va ularni suiisteʼmol qilinishidan himoyalashni taminlaydilar;

b) O‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, shu xalqlarning siyosiy intilishlarini tegishlicha hisobga olish, ularning erkin siyosiy institutlari har bir hudud va undagi xalqlarga xos shart-sharoitga va taraqqiyotning turli bosqichiga muvofiq rivojlanib borishi uchun yordam beradilar;

c) Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlaydilar;

d) Bunyodkorlik tadbirlarini avj oldirishga ko‘maklashadilar, tadqiqotlarni rag‘batlantiradilar va bir-biri bilan hamda maʼqul topilgan joyida va vaqtida ushbu moddada bayon qilingan ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy maqsadlarga erishish uchun ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladilar; va

e) Bosh Kotibga iqtisodiy va ijtimoiy sharoitga, shuningdek, o‘zlari javobgar bo‘lgan hududdagi maorif ahvoliga oid statistik va boshqa maxsus xarakterdagi axborotni xavfsizlik va konstitutsiyaviy tartib nuqtai nazaridan talab qilinishi mumkin cheklanishda muntazam ravishda etkazib beradilar, XII va XIII boblar amal qiladigan hududlar bundan mustasnodir.

Tashkilot Aʼzolari o‘zlarining ushbu Bobning taʼsiri o‘tadigan hududlarga nisbatan o‘tkaziladigan siyosatlari, o‘z metropoliyalaridagi siyosatlaridan kam bo‘lmagan darajada, yaxshi qo‘shnichilik umumiy prinsipiga, ijtimoiy, iqtisodiy va savdo ishlarida dunyoning barcha mamlakatlari manfaatlarini va farovonligini tegishlicha hisobga olishga asoslanishi lozim, degan fikrga ham qo‘shiladilar.

XII BOB. XALQARO VASIYLIK TIZIMI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti keyinchalik alohida bitimlar bilan o‘ziga kirishi mumkin bo‘lgan hududlarni boshqarish va shu hududlarni kuzatib turish uchun o‘z rahbarligida xalqaro vasiylik tizimini tuzadi. Bu hududlar bundan buyon vasiylik hududlari deb ataladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Nizomning birinchi moddasida bayon qilingan maqsadlariga muvofiq vasiylik tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash;

b) Vasiylik hududlaridagi aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, maorif sohasidagi taraqqiyotiga, har bir hudud va undagi xalqlarning o‘ziga xos tomonlariga mos holda va u xalqlarning erkin bildirilgan xohishlarini inobatga olib va vasiylik to‘g‘risidagi har bir shartnomada ko‘zda tutilgan shartlarga ko‘ra, ularning o‘z-o‘zini boshqarishi yoki mustaqillik yo‘lidagi taraqqiyotiga yordam berish;

c) Inson huquqlariga va kishilarning irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutlardan qatʼi nazar, hamma uchun asosiy erkinliklarga hurmat bilan qarashni va jahon xalqlarining bir-biriga bog‘liqligini tan olishni rag‘batlantirish;

d) Tashkilot Aʼzolariga va ularning fuqarolariga ijtimoiy, iqtisodiy va savdo sohalarida teng munosabatda bo‘lishni, shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishga hech qanday ziyon yetqazmagan holda va 80-moddadagi qoidalarga rioya qilish sharti bilan odil sud yuritishda ularga teng munosabatda bo‘lishni taʼminlaydi.

a) hozirgi kunda mandat ostida bo‘lgan hududlar;

b) Ikkinchi jahon urushi natijasida dushman davlatlardan ajratib olinishi mumkin bo‘lgan hududlar; va

c) boshqarish uchun javobgar davlatlar tomonidan vasiylik tizimiga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan hududlar.

Vasiylik tizimi Tashkilot Aʼzolari bo‘lgan mamlakatlarga joriy qilinmaydi, bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar suveren tenglik prinsipini hurmat qilishga asoslanishi lozim.

Vasiylik tizimiga qo‘shiladigan har bir hudud uchun vasiylik shartlari, shu jumladan, barcha o‘zgarish va tuzatishlar bevosita manfaatdor davlatlarning, shu jumladan, mandatariya-mamlakatlarining, agar hududlar Tashkilot Aʼzolaridan birining mandati ostida bo‘lsa, bitimlari bilan belgilanadi hamda 83- va 95-moddalarda ko‘rsatilgandek tasdiqlanadi.

Vasiylik haqidagi bitim har holda vasiylik hududini boshqarish shartlarini o‘z ichiga olishi, shuningdek, vasiylik hududini boshqaruvchi hokimiyatni belgilab berishi lozim. Bundan buyon boshqaruvchi hokimiyat deb ataladigan bunday hokimiyat bir yoki ko‘proq davlat yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo‘lishi mumkin.

Vasiylik haqidagi har qanday bitimda shu bitim joriy qilinadigan vasiylik hududining bir qismini yoki hammasini 43-modda asosida tuzilgan bitimlarga yoki biron-bir maxsus bir bitimga hech bir ziyon yetkazmasdan o‘z ichiga oluvchi strategik rayon yoki rayonlar aniqlanishi mumkin.

Vasiylik hududi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda o‘z rolini o‘ynashini taʼminlash boshqaruvchi hokimiyatning vaifasidir. Shu maqsadda boshqaruvchi hokimiyat Xavfsizlik Kengashi oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishda, shuningdek, vasiylik hududi doirasida mahalliy mudofaa, qonun va tartibni saqlash uchun vasiylik hududining ko‘ngilli qurolli kuchlaridan, xizmat ko‘rsatish vositalari yordamidan foydalanishga vakil qilinadi.

XIII BOB. VASIYLIK KENGASHI

a) Vasiylik hududlarini boshqaruvchi Tashkilot Aʼzolaridan;

b) 23-moddada nomlari ko‘rsatilgan vasiylik hududlarini boshqarmaydigan Tashkilot Aʼzolaridan;

c) Bosh Assambleya tomonidan uch yillik muddatga saylangan, Vasiylik Kengashi aʼzolarining umumiy soni vasiylik hudularini boshqaruvchi va boshqarmaydigan Tashkilot Aʼzolari orasida teng bo‘linishi uchun zarur bo‘ladigan miqdordagi Tashkilotning boshqa Aʼzolaridan.

Vazifa va vakolatlari

Bosh Assambleya va uning rahbarligi ostidagi Vasiylik Kengashi o‘z vazifalarini bajarayotganda quyidagilarga vakil qilinadi:

a) Boshqaruvchi hokimiyat taqdim qilgan hisobotlarni koʻrib chiqish;

b) Boshqaruvchi hokimiyat bilan maslahatlashgan holda iltimosnomalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish;

c) Boshqaruvchi hokimiyat bilan kelishilgan muddatlarda tegishli vasiylik hududlariga vaqti-vaqti bilan borib turish; va

d) Vasiylik haqidagi bitimlarning shartlariga ko‘ra, yuqorida eslatilgan va yana boshqa ishlarni bajarish.

Vasiylik Kengashi har bir vasiylik hududi aholisining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, shuningdek, maorif taraqqiyotiga doir anketa ishlab chiqadi. Bosh Assambleya vakolatiga kiradigan har bir vasiylik hududining boshqaruvchi hokimiyati esa shu anketa asosida yillik maʼruza tuzib, Bosh Assambleyaga taqdim qiladi.

Ovoz berish

Vasiylik Kengashi tegishli hollarda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning va ixtisoslashgan muassasalarning oʻzlari manfaatdor boʻlgan masalalar bo‘yicha yordamidan foydalanadi.

XIV BOB. XALQARO SUD

Xalqaro Sud Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy sud organi hisoblanadi. U Xalqaro Odil Sudlov Doimiy Palatasi Statutiga asoslangan quyida havola etilayotgan Statutga muvofiq harakat qiladi va ushbu Nizomning ajralmas qismi hisoblanadi.

Ushbu Nizom Tashkilot Aʼzolarining o‘z ixtiloflarini hal etishni mavjud bitimlar asosida yoki kelajakda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar asosida boshqa sudlarga topshirishga mutlaqo monelik qilmaydi.

XV BOB. KOTIBIYAT

Kotibiyat Bosh Kotibdan va Tashkilotga kerak bo‘ladigan xodimlardan iborat bo‘ladi. Bosh Kotib Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq Bosh Assambleya tomonidan tayinlanadi. Bosh Kotib Tashkilotning asosiy mansabdor shaxsi hisoblanadi.

Bosh Kotib shunday lavozimda Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash va Vasiylik Kengashining majlislarida qatnashadi va o‘ziga mazkur organlar tomonidan yuklatiladigan boshqa vazifalarni bajaradi. Bosh Kotib Tashkilotning ishi haqidagi yillik hisobotni Bosh Assambleyaga taqdim etadi.

Bosh Kotib xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin, deb hisoblangan har qanday masalani Xavfsizlik Kengashiga xabar qilishga haqlidir.

XVI BOB. TURLI QOIDALAR

Tashkilot Aʼzolarining ushbu Nizomdan kelib chiqadigan majburiyatlari ularning boshqa biror xalqaro bitimdan kelib chiqadigan majburiyatlariga zid bo‘lib qolgan taqdirda, Tashkilot Aʼzolarining ushbu Nizom bo‘yicha olgan majburiyatlari ustun kuchga ega bo‘ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z Aʼzolaridan har birining hududida o‘z vazifalarini bajarish va o‘z maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan huquq layoqatidan foydalanadi.

XVII BOB. O‘TISH DAVRIDAGI XAVFSIZLIK TADBIRLARI

Bundan buyon, 43-moddada ko‘rsatib o‘tilgan va, Xavfsizlik Kengashi fikricha, uning 42-moddasiga muvofiq o‘z vazifalarini amalga oshira boshlash imkoniyatini beradigan maxsus bitimlar kuchga kirguncha 1943 yil 30 oktyabrda Moskvada imzolangan To‘rt Davlat Deklaratsiyasi qatnashchilari va Fransiya shu Deklarasiyaning 5-bandidagi qoidalarga muvofiq, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun qanday choralar zarur bo‘lib qolsa, Tashkilot nomidan birgalikda shunday choralar ko‘rish maqsadida bir-birlari bilan va, zarur bo‘lgan taqdirda, Tashkilotning boshqa Aʼzolari bilan maslahatlashadilar.

Ushbu Nizom Ikkinchi jahon urushi tufayli tegishli hukumatlarning shu urush davomida ushbu Nizomni imzolagan davlatlardan har qandayining dushmani bo‘lgan har qanday davlatga nisbatan amalga oshirgan yoki oshirilishini maʼqullagan choralarini aslo yuridik kuchdan mahrum qilmaydi, shuningdek, bunday choralarni qo‘llashiga to‘sqinlik qilmaydi.

XVIII BOB. TUZATISHLAR

Ushbu Nizomga kiritiladigan tuzatishlar, ular Bosh Assambleya Aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinib, Tashkilot Aʼzolarining Xavfsizlik Kengashi doimiy Aʼzolarining hammasini qoʻshgandagi uchdan ikki qismi ovozi bilan ularning konstitutsiyaviy tartibotiga muvofiq ratifikatsiya qilingach, Tashkilotning barcha Aʼzolari uchun kuchga kiradi.

XIX-BOB. RATIFIKATSIYA QILISH VA IMZOLASH

Xitoycha, fransuzcha, ruscha, inglizcha va ispancha matnlari bir xil kuchga ega bo‘lgan ushbu Nizom America Qo‘shma Shtatlari Hukumatining arxivida saqlanadi. Bu hukumat Nizomning tegishlicha muhr bosilgan nusxalarini uni imzolagan boshqa davlatlarning hukumatlariga yuboradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hukumatlarining vakillari yuqorida bayon qilinganlarning tasdig‘i uchun ushbu Niozomni imzoladilar.

Bir ming to‘qqiz yuz qirq beshinchi yil yigirma oltinchi iyunda San-Franisisko Shahrida tuzildi.




#Article 115: Navoiy (shahar) (496 words)


Navoiy — Navoiy viloyatidagi shahar (1958 yildan). Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Avtotransport yoʻllarining muhim tuguni, Toshkentdan 509 km. Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperatura 15,G, iyulniki 28,3°, yanv. niki 0,4°. Maydoni 60 km². N. tarkibida Karmana tumani bor. Aholisi 145,5 ming kishi (2003; 1995 yil—112,7 ming; 1974 yil—80 ming; 1960 yil—20 ming kishi).

N. Zarafshon vodiysidagi tez oʻsayotgan, yosh industrial shahar, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy nomiga qoʻyilgan. Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xoʻjaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi taʼminlanganligi shaharning tez oʻsish omili boʻldi. Navoiy Oʻrta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining koʻp qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral oʻgʻitlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Navoiyazot ishlab chiqarish birlashmasi, Elektr-kimyo zavodi, Navoiy Kon-metallurgiya kombinati (NKMK), Un kombinati, Non konbinatlari, Navoiy Issiqlik elektr stansiyasi (Navoiy GRES), Qizilqumsement korxonasi, Paxta tozalash zavodi, Mashinasozlik zavodi, (NMZ) sut, pak qurti zavodlari, Sintepon korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari bor. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan ortiq qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan Agama, Zerispark korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali Uchquduq, Buxoro, Nukus shaharlariga boruvchi temir yoʻl oʻtgan. Navoiyda 20 ga yaqin yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. Navoiy Xalqaro aeroporti shaharni Toshkent orqali Respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi.

Navoiy yirik ilm-maʼnaviyat va maʼrifat markazlaridan. Bu yerda 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy Davlat pedagogika instituti, Navoiy Davlat konchilik instituti), 3 akademik litsey, 18 umumiy taʼlim maktabi, 1 muzey (Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 3 madaniyat saroyi (Farhod madaniyat saroyi, Shirin madaniyat saroyi, Navro‘z madaniyat saroyi), madaniyat va istirohat bogʻlari, kutubxonalar, 3 stadion (So‘g‘diyona markaziy stadioni, Kimyogar markaziy stadioni, Yoshlar sport majmuasi markaziy stadioni), 3 suzish havzasi (Delfin, Suv sporti saroyi, Akvapark), kasalxonalar, poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi, tibbiy dispanserlar faoliyat koʻrsatadi. 1958—60 yillarda shahar yagona bosh plan asosida issiq iqlim, milliy anʼanalarni hisobga olgan holda qurilgan. Meʼmor va quruvchilardan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor boʻlishgan. Shahar koʻkalamzorlashtirilgan, favvora va suzish havzalari koʻp. Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligi munosabati bilan Navoiyda Alisher Navoiy istirohat bog‘i ochilib, u yerda Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi (2001).

Navoiy shahri Navoiy viloyatining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Shahar 40°5’4 shimoliy uzunlikda va 65°22’45 sharqiy kenglikda joylashgan. Shahar aholisi 125.5 ming kishini tashkil qiladi. (2005-yil 1-yanvar maʼlumoti boʻyicha)

Navoiy shahri ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning mutafakkiri va shoiri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oldin cho‘l bo‘lgan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan boʻlib, o‘tmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. Janubda Temir yo‘l stansiyasi va bir qishloq bo‘lgan, hozirda bu joy Navoiy shahrining Vokzaloldi hududi deb ataladi. 1958-yilning sentabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro oblasti tarkibida boʻlib keldi.

Navoiy shahri Oʻzbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot AJ, Qizilqumsement AJ va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi.




#Article 116: Polvontosh (133 words)


Polvontosh — Andijon viloyatining Marxamat tumaniga qarashli aholi punkti.

Polvontosh — Andijon viloyati Marhamat tuman idagi shaharcha (1947 yildan). Adirlar oʻrtasida joylashgan. Viloyat markazidan 30 km, tuman mar-kazidan 17 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Asaka (15 km). Aholisi 6,7 ming kishidan ziyod (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qirgʻiz, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. P. 1940 yilda neft koni ochilishi munosabati bilan konchilar shaharchasi sifa-tida vujudga kelgan. P. atrofidan neft va gaz qazib olinadi. Poyabzal fabrikasi, 2 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tibbiy sanitariya qismi, Polvontosh sanatoriysi (PO oʻrinli) mavjud. P. — Asaka, P. — Marhamat yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi.

Bu shaharchada sovet paytida koʻp turli millatga mansub xalqlar yashagan. Koʻpchiligi oʻzbek, qirim-tatar, rus, koreys, qirgʻiz, tojik va boshqa Adirlardan neft qazib olingan va olinmoqda.

Sovet paytida magazinlar, doʻkonlar Moskva, markazdan taʼminlangan.




#Article 117: Soʻx tumani (520 words)


Qirgʻiziston yeri ichidagi Oʻzbekistonga qarashli anklav.

Soʻx tumani — O‘zbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi tuman. 1942 yil iyulda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda Rishton tumaniga qoʻshib yuborildi. 1990 yil 27 fevralda qaytadan tuzilgan. Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0,22 ming km². Aholisi 51569 kishi (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolari yigʻini (Oxunboboyev, Ravon, Soʻx, Xushyor) bor. Markazi — Ravon qishlogʻi.

Tuman hududi Fargʻona viloyati jan.da, Soʻx daryosi vodiysida joylashgan. Foydali kazilmalardan neft, gaz, shagʻal bor. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 6,7°, eng past tra —27°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 23,6°, eng yuqori tra 42°. Yillik yogʻin 180 mm. Tuproklari boʻz tuproq va oʻtloqi tuproqlardan iborat. Yovvoyi hayvonlardan tulki, parrandalardan kaklik, bedana, zogʻcha, qargʻa, toʻrgʻay, sassiqpopishak, qaldirgʻoch; kemiruvchilardan kalamush va boshqa uchraydi. Suvlarda har xil balikdar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbek va tojiklar, shuningdek, qirgʻiz, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 255 kishi. Agʻolining barchasi qishloqda yashaydi.

Tuman asosan qishloq xoʻjaligi. ga ixtisoslashgan. Kichikrok, korxonalar jumladan, 50 xususiy korxona hamda shirkat, dehqonfermer xoʻjaliklari faoliyat kursatadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarga don, sabzavot, urugʻlik kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan.

Tuman jamoa va xususiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Tumanda 27 umumiy taʼlim maktabi, 1 kasbhunar kolleji, 3 litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona bor. Tuman hududida dam olish va xushmanzara joylar mavjud. Tuman markazida St. telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. Soʻx tumani Oʻzbekistonning qad. tarixiy maskanlaridan hisoblanadi. Sux havzasida joylashgan Selungur gʻorilan paleolit davriga mansub ashyolar topilgan. Soʻx tumani Sux—Haydarkon qad. konchilik hududini ham tashkil qiladi. 11-asrdan Buyuk ipak yulining jan. tarmogʻi Soʻx tumanidan utgan1890y.larda Sux qishlogʻi hududidan ilon shakli burttirib tushirilgan tosh tumor topilgan. Uning ustki qismida ravoqsimon ushlagich bor, quyi qismi toʻrtburchakli quti shaklida. Arxeologlarning aniklashicha, bu tumor mil. av. 3ming yillik oxiri — 2ming yillik boshlariga mansub. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur Hindiston sari yurishidan avval bir yil Suxda turganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Soʻx tumanida Sadoi Sux gazetasi chikariladi. 

Soʻx — Soʻx daryosini oʻz ichiga olgan holda 350 kv kmni tashkil etuvchi Oʻzbekistonning eksklavidir. Bu hudud toʻlaligicha Qirgʻizistonning Botken viloyati tomonidan oʻrab olingan.

Eksklav 1955-yilda siyosiy xaritada paydo boʻlgan. Uning paydo boʻlish sababi borasida aniq maʼlumot mavjud emas, faqatgina mish-mishlar. Baʼzi manbaalarga koʻra hudud qirgʻiz va oʻzbek Kommunistik Partiyasi rasmiylari oʻrtasidagi qimor oʻyinida qirgʻiz rasmiysi tomonidan yutqazib qoʻyilgan. Boshqalariga koʻra esa kommunistlarning bu hududni oʻzbeklarga berish sababi quyidagicha: hududning asosiy yoʻllari Qirgʻizistonda joylashganiga qaramay Oʻzbekiston bilan bogʻlangan, chunki qirgʻiz tomoni asosan togʻlardan iborat.

Soʻx ziddiyati Sovet davridan soʻng ham davom etdi. 1991-yilda davlatlar mustaqillikka erishganidan koʻp oʻtmay, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oʻrtasida oʻzbek tomoniga eksklavga qirgʻiz hududidan oʻtuvchi yoʻllar orqali borishga ruhsat etuvchi kelishuv imzolandi.

Shundan beri soʻxliklar eksklavga kirib chiqish uchun har ikki mamlakatning bir qancha chegara punktlaridan oʻtishga majburlar. Oʻz navbatida qirgʻiz fuqarolari ham mamlakatning sharqiy va gʻarbiy qismlariga oʻtish uchun Soʻx hamda minalangan hududlarni bosib oʻtishlariga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida koʻplab ziddiyatlarga sabab boʻladigan bu tumanda 60,000 ga yaqin odam istiqomat qiladi. Aholisining aksariyati, 95 % dan ziyodrogʻi tojik millatiga mansub.

Yuqoridagi qiyinchiliklar shunday ham qashshoq boʻlgan Soʻx va Botkenning iqtisodiy ahvoliga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Ishsizlik darajasi yuqori boʻlib, aholi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Yoshlarning koʻpchiligi ish izlab xorijga ketishga majbur.




#Article 118: Bremen (238 words)


Bremen — Germaniya yeri yoki erkin Ganza shaxri. Shim. Germaniya pasttekisligida, Vezer daryosining Shimoliy dengizga quyilish joyida, bir-biridan 65 km masofada joylashgan ikki shahar — Bremen va Bremerxafenni (avanport) oʻz ichiga oladi, bu ikki shahar oraligʻidagi yerlar quyi Saksoniya hududi tarkibida. Maydoni 404 km². Aholisi 680 ming kishi (1995). B.— Germaniya yerlarining eng kichigi. Maʼmuriy markazi — Bremen shahri

B.ga 787 yilda yepiskop qarorgohi sifatida asos solingan. 11-asrda u Shimoliy Rim deb atalgan. 1358 yilda B. Ganza shaharlari ittifoqi aʼzosi boʻlgan. 1646 yilda Erkin imperiya shahri huquqini olgan. 1618—48 ylardagi 30 yillik urushdan soʻng B. Shvesiya tarkibiga, 1715 yilda Gannoverga oʻtdi. 1815 yilda erkin shahar deb eʼlon qilindi. 1871 yildan Germaniya tarkibidagi erkin shahar.

Iqtisodining poydevorini port xoʻjaligi, xalqaro savdo va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Mamlakatning eng yirik dengiz portlari shu shaharlarda joylashgan, ular yuk ortish va tushirish jihatidan dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Bremerxafen portila yuklarning katta qismi konteynerlarda qabul qilinadi va joʻnatiladi. Bu portlarda dengiz kemalariga tezkorlik bilan xizmat koʻrsatiladi. Sanoatida kemasozlik yetakchi urin da. Aviasozlik va kosmonavtika sanoati hajmi jihatidan va bu sohalarda yangi texnologiyalarni yaratish va joriy etish boʻyicha muhim ahamiyatga ega. Avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.

Bremerxafenda Germaniya qutbni oʻrganish markazi joylashgan. Iqtisodining yana bir muhim tarmogʻi — turizm. Dunyoga mashhur kemasozlik muzeyi, unt, i. t. institutlari, sanʼat maktabi bor. Kad. B. SanktPetri gotika sobori, Uygʻonish davrida qurilgan binolari bilan mashhur.

Bremen ()  Olmoniyaning shimoli-gʻarbida joylashgan Ganza shaharlaridan biridir.




#Article 119: Hessen (150 words)


Hessen yoki Gessen — Olmoniya yeri. G.ning katta qismi Oʻrta Olmoniya togʻlarida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligida joylashgan. Mayd. 21,1 ming km. Aholisi 5 971 816   kishi  Bosh shahri —Visbaden.

Iqlimi moʻʼtadil. Yanv. ning oʻrtacha temperaturasi 0-2°, iyulniki 18—20°. Keng bargli oʻrmonlar (hududining 40%) oʻsadi. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. G. Olmoniyada chiqariladigan kaliy tuzlarining 1/3 qismini beradi. Qora metallurgiya va metall buyumlar quyish sanoati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh.larida) bor. Umumiy mashinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Koʻnchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sanoati va zargarlik korxonalari bor.

Bu yerda Wiesbaden, Frankfurt am Main, Darmstadt, Kassel, Offenbach, Wetzlar, Fulda va Gießen (Giessen) kabi taniqli shaharlar bor.

Gessen hududida transport yoʻli va avtomobil yoʻllari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryolarida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmokli oʻrin olgan.

OPEL, MERCK, WELLA, LEICA va shunga oxshash koʻp yirik firmalarning markazi.




#Article 120: Erkin Vohidov (516 words)


Erkin Vohidov (28-dekabr 1936 – 30-may 2016) — taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi. Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenen asarlaridan hamda Goethening „“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir.

Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1999-yilda esa oliy darajadagi Oʻzbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan.

Vohidovning sheʼrlari oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan va tez-tez toʻplamlarda chop etiladi. Shoirning bir necha sheʼriga kuy bastalangan, jumladan, Sherali Joʻrayev tomonidan. 2020-yilning oktabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va oʻzbek tillarida taqdim etildi.

Erkin Vohidovich Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Oʻqituvchi boʻlib ishlagan otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin, vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda boʻlgan. Vohidov oʻsha davr qiyinchiliklarini shunday eslaydi:

Vohidov 1960-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishlagan. Shoir 2016-yilning 30-mayida 79 yoshda vafot etdi.

Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975–1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963–1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985–1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982–1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995–2005) hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2005–2009) lavozimlarida ishlagan.

Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 yoshida „Mushtum“ jurnalida chop etilgan. Shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Tong nafasi“ kitobi boʻlib, u 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan.

Quyida Vohidovning sheʼriy toʻplamlari keltirilgan:

Vohidovning koʻp sheʼri rus tiliga tarjima qilingan. Quyida shoirning rus tilida chop etilgan toʻplamlari keltirilgan.

Vohidov koʻplab xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Blok, Aleksandr Tvardovskiy, Friedrich Schiller, Johann Wolfgang von Goethe, Lesya Ukrainka, Mixail Svetlov, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov, Sergey Yesenin hamda Silva Kaputikyan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xususan, shoir 1974-yil Goethening „“ asarini oʻzbekchaga oʻgirgan. Shoir Yesenin sheʼrlarini ayniqsa yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Quyida Yesenining vidolashish sheʼri boʻlmish „Xayr endi, xayr, doʻstginam“ (1925) sheʼrining Vohidov qilgan tarjimasi keltirilgan.

Vohidov sheʼrlari esa nemis, fransuz, ingliz, urdu, hind, arab va boshqa turkiy tillarga tarjima qilingan. Sovet shoiri Robert Rojdestvenskiy Vohidov asarlarini juda yuqori baholagan.

Quyida shoirning „Oʻzbegim“ sheʼrining inglizcha tarjimasidan parcha keltirilgan:

Vohidovning koʻp sheʼriga oʻzbek ijodkorlari qoʻshiq bastalagan. Bular orasida eng taniqlilari Sherali Joʻrayev ijro etgan „Inson“ hamda „Oʻzbegim“ ashulalaridir.

Vohidov oʻzbeklarning eng sevimli shoirlaridan biri. Oʻzbekistonda koʻplab muassasa va joylarga shoir nomi berilgan. 2018-yilda Margʻilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi. 2019-yilda esa shaharda Erkin Vohidov memorial muzeyi ochildi.

Vohidov hayoti va ijodi haqida koʻplab kitob yozilgan, shu jumladan, „Erkin Vohidov saboqlari“ (2016), „To quyosh sochgayki nur“ (2016), „Soʻz sehri“, „Oʻzbegimning Erkin oʻzbegi“ kitoblari.




#Article 121: Java (191 words)


Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri boʻlib, unda korporativ darajadagi mahsulotlarni (dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni operatsion sistemaga bogʻliq boʻlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++'ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʻra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʻzgarishlar qilishdi.

Java obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (OOP ndash; Object Oriented Programming) tili va u C++ ga ancha oʻxshash. Eng koʻp yoʻl qoʻyildigan xatolarga sabab boʻluvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java baribir yaxshi.

Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (bytecode) ga oʻtadi va bu bayt kod interpretator tomonidan oʻqib yurgizdiriladi.

imkoniyatini oshirish xam mumkin kerak boʻlsa.
Java texnologiyalari
Java SE (Java Standart Edition) — serverda, shaxsiy kompyuterda
desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu
texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda
ishlay oladi(Windows NT, Macintosh,Linux va Solaris). Shu bilan birga JavaSE
boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi




#Article 122: Shveysariya (2221 words)


Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, frans. Suisse, ital. Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nem. Schweizerische Eidgenossenschaft, frans. Conferderation Suisse, ital. Confederazione Svizzera) — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 41 285 km². Aholisi 7,997 mln. kishi (2012). Poytaxti Bern shahri Maʼmuriy jihatdan 23 kanton (ulardan 3 tasi yarim kantonlar)ga boʻlinadi.

Shveysariyada 4 ta davlat tili bor: nemis, fransuz, italyan va retromancha tillari. Shveysariyaning birinchi davlat tili nemis tilidur. Chunki bu tilda 5 millionga yaqin aholi soʻzlashadi. Lekin ular shevada soʻzlashishadi. Bu degani ular shveysarcha-nemischa gaplashishadi. Shveysariyada 50 dan ortiq sheva turi bor. Bundan tashqari fransuz, italyan tillari ham aholi tomonidan shevalashtirilgan.

Sh. — federal parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1874 yil 29 mayda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat va hukumat boshligʻi — prezident, u Federal majlis tomonidan Federal kengash (hukumat) aʼzolaridan 1 yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy kengash va Kantonlar kengashi) Federal majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va Federal kengash (hukumat) amalga oshiradi. Har bir kanton oʻz konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega.

Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻʼtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtlokdari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoklarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shugullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor.

Aholisi olmon-shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar, italyanshveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar — nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik shaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna.

shahrida yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Sh. haqidagi birinchi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda shahrining katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (shahrining qadimiy nomi — Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 496—536 yillarda Sh. hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda shahrining sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. 13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291 yil 1 avgustda oʻzaro abadiy ittifoq tuzib, Muqaddas Rim imperiyasi doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499 yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513 yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798 yilgacha mavjud boʻlgan). 1648 yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Sh. suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda shahrida reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida shahrida sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803 yillar Sh. hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi shahrining hozirgi davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-yillari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848 yilgi konstitutsiya boʻyicha Sh. kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va Ikkinchi jahon urushi yillari Sh. oʻz betarafligini tasdiqladi. Sh. hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Sh. 2002 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil 23 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992 yil 7 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1 avgust — Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899 yildan beri nishonlanadi.

Shveysariya demokratikxristian partiyasi, 1935 yil tashkil etilgan; Shveysariya demokratlari partiyasi; Sh. koʻkatparvarlar partiyasi, 1983 yil asos solingan; Sh. radikaldemokratik partiyasi, 1848 yil tuzilgan; Sh. sotsialdemokratik partiyasi, 1888 yil tashkil etilgan; Sh. liberal partiyasi, 1913 yil asos solingan; Sh. xalq partiyasi, 1971 yil sentyabrda Sh. dehqon, hunarmand va byurgerlar birlashgan partiyasi (1919) hamda Sh. demokratik partiyasi (1944) negizida tuzilgan; Sh. ozodlik partiyasi, 1985 yil tashkil etilgan; Sh. mehnat partiyasi, 1944 yil Shveysariya KP (1921) va soʻl sotsialistlar guruhi birlashishi natijasida tuzilgan. Sh. kasaba uyushmalari birlashmasi, 1880 yil tashkil etilgan.

Sh. — intensiv qishloq xoʻjaligiga ega boʻlgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvchilardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 25%, qishloq xoʻjaligi niki 2,9%, moliya va sugʻurtaniki 25,4 % ni tashkil etadi.

Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik sanoati metall ishlovchi aniq stanoklar, temirpress asbobuskunalari, elektrotexnika buyumlari ishlab chiqaradi. Jahonda ishlab chiqariladigan soatning U2qismi shahriga toʻgʻri keladi. Kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat (pishloq, shokolad va konsentratlar) sanoati rivojlangan. Toshtuz va qurilish materiallari qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 60,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (‘/2qismi GESlarda, 2/5qismi AES larda).

Qishloq xoʻjaligining asosi chorvachilik (asosan, sut chorvachiligi) hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 3/4 qismi chorvachilikka toʻgʻri keladi, qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Dehqonchilikda bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Tokchilik rivojlangan. Togʻlarda yogʻoch tayyorlanadi.

Transportning turli xillari mavjud. Transport yoʻlilar hammasi elektrlashtirilgan boʻlib, ularning uz. 5 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 71,1 ming km. Kanat va osma yoʻllar ham bor. Reyn daryosi va koʻllarda kemalar qatnaydi. Eng yirik porti — Bazel shahri Syurix va Jenevada xalqaro aeroportlar bor. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan (yiliga oʻrtacha 7 mln. kishi kelibketadi).

Shveysariya chetga mashinasozlik va metallsozlik mahsulotlari, jumladan, soat, aniq priborlar, ximikat, toʻqimachilik mollari, kiyimkechak, oziq-ovqat va boshqalar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, xom ashyo, jihozlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — shveysariya franki.

Shveysariya vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boshqalar shaharlarda mashhur kurortlar bor. shahrida taʼlimning yagona tizimi yoʻq. Har bir kanton oʻzining maktab qonuni va boshqaruviga ega. Lekin barcha kantonlar uchun 6—7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Asosiy (boshlangʻich) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9 yillik boʻlib, ular 2 bosqichdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Oʻrta maktablar 2 turkumli boʻlib umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablarga boʻlinadi. Hunartexnika oʻquv yurtlari, tijorat, maʼmuriy, texnika, qishloq xoʻjaligi va badiiy maktablar, oʻqituvchilar gimnaziyalari mavjud. Oliy taʼlim tizimiga universitet va institutlar kiradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya institutlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi.

Shveysariya ilmiytadqiqotlarga Shveysariya milliy fondi (1952) rahbarlik qiladi. Yirik kutubxonalari: Bazel universiteti kutubxonasi (2 mln.dan ortiq asar), Sh. milliy qutubxonasi (Bern shahrida, 1,5 mln.dan ortiq asar). shahrida 600 muzey bor. Yiriklari: Syurixdagi tarix muzeyi, Bazel, Bern, Jeneva va Syurixdagi sanʼat muzeylari, Lozannadagi nafis sanʼat muzeyi.

Shveysariya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: Bazler saytung (Bazel gazetasi, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1977 yildan), Berner saytung (Bern gazetasi, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1979 yildan), Blik (Nigoh, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1959 yildan), Veltvoxe (Jahon hafta ichida, nemis tilidagi haftanoma, 1933 yildan), Tages ansayer Syurix (Syurix kundalik sharhi, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1893 yildan), Tribyun de Lozann — maten (Lozanna minbari — tong, fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1862 yildan). Sh. telegraf agentligi (ATS) 1894 yilda tashkil etilgan; yirik gaz. nashriyotlarining aksiyadorlik jamiyati. Sh. radioeshittirish va televideniye jamiyati, yarim tijorat tashkiloti. shahrida radioeshittirishlar 1923 yildan, muntazam telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.

Adabiyoti nemis, fransuz, italyan, retoroman tillarida rivoj topmoqda; tiliga koʻra qardosh boʻlgan qoʻshni mamlakatlardagi adabiyot bilan bogʻlangan. Nemis tilidagi adabiyot qadimiy xalq qoʻshiqlari, afsonalarga boy (Vilgelm Tell haqidagi afsonalar, tarixiy xronikalar). Maʼrifatchilik oqimi davrida A. Geller va buyuk pedagog I.G.Pestalotssi ijodida milliy xususiyatlar oʻz aksini topdi. Fransuz yozuvchisi J.J. Russo hayoti va ijodi ham Sh. bilan bogʻlangan. 1848 yilgi inqilobdan soʻng nemis tilida ijod qiluvchi I.Gotxelf, G. Keller, K.F.Meyer kabi yozuvchilar ijodida realizmni ravnaq topishiga imkon yaratildi; 19-asr fransuz tilidagi adabiyotning mashhur vakili R. Tepferdir. Shu yozuvchilarning ijodi tufayli Sh. adabiyoti birinchi marta chet elga tanildi. 20-asrning 1-yarmida nemis tilida yozuvchi R. Valzer, Ya.Byurer, fransuz tilida yozuvchi Sh.F.Ramyu kabi adiblar oʻz asarlarida dolzarb ijtimoiy muammolarga murojaat qildilar. Ular urushdan keyingi davrdagi realistik adabiyotni yanada yuksaltirish uchun zamin yaratdilar. Nemis tilida ijod qiluvchi M. Frish va F.Dyurrenmatt asarlari milliy adabiyotni Yevropa madaniyatining boyligi darajasiga olib chiqsi. 1960—70 yillarda nemis tilida yozuvchi V.M.Diggelman, A. Mushg, O.F.Valter kabi adiblar roman va hikoyalarida, A.Martining sheʼriy toʻplamlarida nemis tilidagi shveysar adabiyotining realistik anʼanalari zamonaviy tasviriy vositalar bilan uygʻunlashib ketgan. Fransuz tilida yozuvchi J. Alda, F. Jakotte, J. Shesseke, italyan tilida yozuvchi F.Kyeza, retoroman tilida yozuvchi K. Birt, A. Peyer, S. Kens kabi adiblar mashhur.

Shveysariyaning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari merovinglar sanʼati (RivaSanVitaldagi baptisteriy, 5— 6-asrlar), keyinchalik Karolinglar uygʻonish davri sanʼati (SanktGallendagi monastir, 7-asr) bilan bogʻlangan. Romangotika uslubidagi binolar (Syurixdagi Grosmyunster, 12—15-asrlar; Bazeldagi soborlar, 1185—1200) Fransiya va Olmoniya meʼmorligiga yaqin. Uygʻonish davri meʼmorligi anʼanalari 17-asr inshootlarida saqlanib qolgan (Syurixdagi ratusha, 1694—98, meʼmor I.Ya.Keller). 17—18-asrlar meʼmorligida barokko uslubi qaror topdi (SanktGallendagi cherkov, 1755— 70; Lozannadagi ratusha, 17-asrda qayta qurilgan). 18-asr oxirida klassitsizm keng tarqaldi (Nevshateldagi ratusha, 1782—90, meʼmor P.A. Pari). 19-asr oʻrtalarida eklektizm, 19-asr oxirida modern uslubi koʻrinishlari paydo boʻla boshladi. 20-asrning 20-yillari meʼmorlar xalq meʼmorligi anʼanalaridan va funksionalizm usul va metodlaridan foydalandilar. 30-yillardagi buyuk inshootlar: Lyutserndagi Lyutsern kantoni sanʼat va majlislar uyi (1930—33, meʼmor A.Meyli), Jenevadagi Millatlar saroyi (1927—37, meʼmor Giyol). 50—70-yillarda yoʻddoshshaharlar (LeLinon, Jeneva yaqinida, 1962— 70, meʼmorlar G. va P. Amman va boshqalar), ijtimoiy va maʼmuriy binolar [Lozanna shahridagi Kodak firmasi maʼmuriy binosi va omborxonasi, 1961—63, meʼmor F. Blugger; Syurixdagi Bashariyat uyi (Le Korbyuzye markazi), 1967, meʼmor Le Korbyuzye; Sug shahridagi turar joy binolari, 1958—68, meʼmor F. Shtukki va boshqalar; Jenevadagi Le Pari kinoteatri, 1971, meʼmor M.J.Soje].

Sh. hududidan topilgan ilk tasviriy sanʼat yodgorliklari mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub (qarang Laten madaniyati). Myunster (hozirgi Myustair)dagi SanktIogann cherkovidagi devoriy rasmlar 9-asrga oid boʻlib, monumental rangtasvirning qadimiy yodgorligi hisoblanadi. 13—15-asrlarda gotika haykaltaroshligi va rassomligi, kitob miniatyurasi, vitraj hamda dastgoh sanʼati rivojlandi. 16-asrda rassomlar N. ManuelDeych, U. Graf va kichik X. Ley ijodi diqqatga sazovor. G.Asper, yil Amman va T. Shtimmer 16-asr kitob miniatyurasi ustalaridir. Bazelda kichik X. Xolbeyn uzoq vaqt faoliyat yuritdi. 17-asr Sh. sanʼatida barokko uslubi yaqqol koʻzga tashlanadi. 18-asrda koʻp shveysariyalik sanʼat ustalari Fransiyada taʼlim olganligi va ishlaganligi sababli, oʻsha davr Sh. tasviriy sanʼati Fransiya taʼsiri ostida boʻldi. Shu davr rangtasvirida pastel va miniatyura portreti (J.Ye. Liotar), manzara (S. Gesner), tarixiy va maishiy (I.L.Aberli, 3. Freydenberger) janrlarda koʻplab asarlar yaratiddi; ayniqsa, A. Graf va I.G.Fyusli (asosan, Angliyada ishlagan) ijodi diqqatga sazovor. 19-asr boshida tasviriy sanʼatda klassitsizm va romantizm deyarli rivojlanmadi (rassomlar X.L.Fogel, X. Xeys, grafikachi R.Tepfer ijodi). 19-asr oʻrtalarida realistik manzaralar (A. Kalam), mehnatkash xalq hayoti ifodalangan maishiy kartinalar (F. Buxser, A. Anker) yaratildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida simvolizm va modern uslubida ijod qilgan A. Beklin shuhrat qozondi; F. Xodler ijodi milliy tarix mavzusiga bagʻishlandi. Bu davrda Sh. sanʼatida impressionizm, postimpressionizm, simvolizm oqimlari avj oldi (shveysariyalik rassomlardan F. Vallotton, T. Steynlen Fransiyada ishladilar, A. Jakometti ijodi ham fransuz maktabi bilan bogʻliq).

Birinchi jahon urushi yillari Sh. sanʼatida ekspressionizm yoʻnalishi rivojlandi. 60—70-yillar Sh. sanʼatida Yevropa sanʼati oqim va yoʻnalishlari koʻzga tashlandi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, kulollik, toʻqimachilik, charm va metall buyumlar tayyorlash rivojlangan.

Sh. xalq musiqa sanʼatida Alp togʻlarida yashovchi togʻlilarning oʻziga xos janri — yodl va choʻpon kuylari ajralib turadi. Musiqa asboblari — alp burgʻusi va shveysar hushtagi. Professional diniy musiqa taxminan 10-asrda vujudga kelgan. SanktGallen monastiri Yevropa musiqa markazi boʻlgan. 13-asrdan dunyoviy musiqa sanʼatini tarqatuvchi minnezingerlar faoliyat koʻrsatgan. 16-asrda polifoniya musiqasi ustalari X. Kotter, L. Zenfl, L. Burjua ijod qildilar. 17-asrda shahar musiqa birlashmalari tuzila boshladi. 18-asr oxiri — 20-asrda xor va musiqa jamiyatlari tuzildi, musiqa taʼlimi rivojlandi (kompozitor va pedagoglar X.G.Negeli, I.F. Xegar, X. Xuber, ritmik tarbiya tizimi asoschisi E. JakDalkroz). 20-asrda F. Andre, V. Burkxard, G. Dore, F. Marten, K.F. Seminn, 20-asr 2-yarmida G. Xolliger, V. Fogel, Yu. Vittenbax, R. Mozer kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. shahrida 10 dan ortiq simfonik orkestr, bir qancha opera truppalari, xor jamoalari va kamercholgʻu ansambllari, Bazel musiqa akademiyasi, Jeneva, Syurix, Bern, Lozannada konservatoriyalar bor.

Sh. teatr sanʼati xalq rasmrusumlari asosida vujudga kelgan va fransuz, nemis, italyan tillarida rivojlanmoqda. 16-asrda reformatsiyaning katolitsizmga qarshi kurashini aks ettiruvchi pyesalar yaratilgan. 1512 yil birinchi dunyoviy pyesa — Tell toʻgʻrisida oʻyinqoʻyilgan. Fastnaxtshpil janri keng tarqalgan; bunda voqelikni haqqoniy aks ettirish siyosiy satira bilan uygʻunlashib ketgan. 1738 yil Jenevada birinchi professional truppa tashkil boʻldi va u fransuz dramaturglarining pyesalarini sahnalashtirdi. Lozanna (1781), Jeneva (1782 va 1789), Shatlen (1786) va boshqalar shaharlarda teatr binolari qurildi. 1801 yilSankt-Gallenda professional teatrga asos solindi. 1879—1951 yillar Jenevada Granteatr faoliyat koʻrsatdi. 1908 yil Syurixda Pfauenteatr drama teatri (keyinchalik Shaushpilxauz) ochildi va shahrining yetakchi milliy teatriga aylandi. 1938—61 yillarda bu teatrga taniqli rejissyor Oskar Velterlin rahbarlik qildi va teatrlarda B. Brext, F. Dyurrenmatt, A. Chexov va boshqalarning pyesalari qoʻyildi. shahridagi boshqa mashhur teatrlar: Lozannadagi Pti shen va Bolye, Jenevadagi komediya, Nuvo teatr de posh va De Rosh teatrlari, Syurixdagi Noymarkt teatri, Bazeldagi teatr, Bern, Lyutserndagi teatrlar. Sh. teatrining yetakchi arboblari: O. Eberle, X. Gnekov, L. Lindtberg, teatr rassomi G.Otto.

Birinchi toʻla metrajli badiiy film (Konfederatsiyaning vujudga kelishi, rejissyor E. Xarder) 1924 yilda yaratilgan. Shu yili Syurixda Prazens kinofirmasi tashkil etildi. 1930—40 yillarda hujjatli filmlar rejissyorlari A. Veksler, E. Layzer ishlari, rejissyor L. Lindtbergning vatanparvarlik ruhidagi badiiy filmlari (Oʻqchi Vipf, 1938; Soʻnggi imkoniyat, 1945) ajralib turadi. 1950-yillarda Batrak Uli (1954), Pishloq pishiruvchilar (1958; ikkalasining rejissyor F. Shneyder), Odeon kafesi (1958, rejissyor K. Fryu) filmlari ekranga chiqdi. 60-yillargacha shahrida kino, asosan, nemis tilida boʻlgan. Fransuz tilida ijod qiluvchilar orasida hujjatli filmlar rejissyor Sh. Dyuvanel va hujjatli filmpamfletlar muallifi A. Brandt mashhur. 1968 yil rejissyorlar A. Tanner, K.Goretta, J.L.Rua, M. Sutter va J.J.Lagranj (keyinchalik oʻrniga N. Yersen boʻldi).




#Article 123: Polsha (2633 words)


Polsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski – Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) — Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi. Yevropa Ittifoqi aʼzosi. Maydoni 312,7 ming km². Aholisi 38,5 mln. kishi (2014). Poytaxti – Varshava shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo)ra boʻlinadi.

Polsha Visla va Odra daryolari havzasida, shimolida Boltiq dengizi va janubida Karpat va Sudet togʻlari oraligʻida joylashgan. Hududining 90% dan koʻprogʻi tekislik va payettekislik, janubida togʻliklar bor. Dengiz boʻylari past, qumloq. Qazilma boyliklari – toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil, okean iqlimi bilan kontinental iqlim oʻrta-sida. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –G dan – 6° gacha, iyulniki 10–19°. Yillik yogʻin 500–1800 mm. Yomgʻir va qordan suv oladigan Odra, Visla, Bug, Notets va Var-ta daryolarida kema katnaydi. Polshada 9000 dan ortiq koʻl bor. Eng kattalari: Snyar-dvi (113,8 km²), Mamri (104 km²).

Polsha hududining yarmidan koʻprogʻi haydaladigan yerlar, 28% oʻrmon. Aksariyat joylarda igna bargli, gʻarbi va jan.da keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shimoliy va sharqida yaxlit oʻrmon-zorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shimoliy va shim,-sharkda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shimoli-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Kushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. Polshada Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor.

Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, beloruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til – polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi – katoliklar. Shahar aholisi –62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqa

Polsha hududida paleolit davridayoq odamlar yashagan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik va milodiy 1-ming yillikning 1yarmida Polsha hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir boʻldi. 8–9asrlarda qabila knyazliklari vujudga keldi. 10-asrda Odra, Visla va Bug daryolari oraligʻida yashovchi polyan (Polsha, polyaklar nomi shundan kelib chiqqan), mazovshan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona Polsha davlati tashkil topdi. Biroq, 12-asrga kelib Polsha davlati yana knyazliklarga boʻlinib ketdi. 13-asr oxirida knyaz Pshemisl II rah-barligida Polsha yerlarini birlashtirish uchun kurash boshlandi. 14–15-asrlarda yagona Polsha davlati paydo boʻldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shakllandi. 15-asrning 1yarmida Krakovdagi Yagaylo universiteti (1364 yilda asos solingan) polyak fani markaziga aylandi.

Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772, 1793, 1795 yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807 yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–15 yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi.

Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saklab qoldi. Avstriya (1867 yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794 yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830–31, 1846, 1848, 1863–64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida Polshada sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushida Polshaga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, Polshani boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918 yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920 yil aprelda Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921 yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belorussiya Polshagaoʻtdi va 1939 yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi. 

X asrda Polsha davlati vujudga keldi, xristianlik qabul qilindi (966), 1025dan Polsha – qirollik.

XIV asrda Gall-Volin knyazligiga qoʻshilib, totor-moʻgʻul bosqinidan kuchsizlangan gʻarbiy rus yerlariga yurish qiladi.

Lyublino birligiga boʻysunib (1569) Polsha Buyuk Litva knyazligi bilan birgalikda yagona davlat – Mushtarak narsani tashkil qiladi.

Peterburg konvensiyalariga koʻra 1770 –90-x yillarda Pospolita Nutqi hududi Prussiya, Avstriya va Rossiya oʻrtasida boʻlinib olingan edi (3 boʻlim – 1772, 1793, 1795). Ukrain va beloruslar yashaydigan kattagina yer qismi, rus tarixchilari fikricha Polsha tomonidan XIV–XVI asrlar mobaynida bosib olingan asl rus yerlaridir.

Polyak milliy-ozodlik harakatlari (1794) (T. Kostyushko boschiligida), 1830–1831, 1846, 1848, 1863–64da bostirilgan.

Polsha – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997 yil 25 mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (1995 yildan Aleksander Kvasnevski), u Polsha fuqarolari tomonidan umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata – seym va yuqori palata – senat), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Demokrat partiya, 1939 yil asos solingan; Konservativ xalq partiyasi, 1997 yil tuzilgan; Mustaqil Polsha konfederatsiyasi partiyasi, 1979 yil tashkil etilgan; Polyak dehqonlari partiyasi, 1990 yil asos solingan; Polyak xristian demokratlari kelishuvi partiyasi, 1999 yil tuzilgan; Oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990 yil tashkil etilgan; Mehnat ittifoqi partiyasi, 1992 yil asos solingan; Polshani tiklash harakati, 1995 yil tuzilgan; Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi, 1991 yil saylovoldi birlashmasi sifatida tashkil etilgan; Ozodlik ittifoqi tashkiloti, 1994 yilda tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984 yil asos solingan; Yakkahol dehqonlarning Birdamlik kasaba uyushmasi, 1981 yil tuzilgan; Birdamlik kasaba uyushmasi, 1980 yil tashkil etilgan; Birdamlik-80 kasaba uyushmasi, 1990 yil Birdamlik kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va oʻzini 1980–81 yillardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydi.

Polsha – industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 5,1%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 26,6%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 68,3%. Qishloq xoʻjaligi – Mamlakat maydonining 61% qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar. Mayda xususiy dehqonchilik xoʻjaliklari ustun. Davlat xoʻjaliklari, shir-katlar va qishloq xoʻjaligi toʻgaraklari ham bor. Eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari: javdar, bugʻdoy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va boshqa Sabzavot, tamaki, yem-xashak, re-zavor mevalar ham yetishtiriladi. Chorvachilik salmogʻi katta. Koramol, choʻchqa, qoʻy, ot, parranda boqiladi.

Polsha toshkoʻmir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, poʻlat eritishda Yevropada oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilgʻienergetika balansining asosini tashkil etadi. Toshkoʻmir Yuqori Sileziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qoʻngʻir koʻmir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, asosan, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga oʻrtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, ozroq miqdorda neft ham qazib olinadi.

Mamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan koʻprogʻi chet ellardan sotib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoatining asosiy markazlari – Plotsk va Gdansk. Chetdan keltiriladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya zavodlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya kombinati va mashhur Katovitse kombinati) Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnitsa), qoʻrgʻoshin, rux (Katovitse, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (Konin) zavodlari bor. Sanoatning asosiy tarmoqlari boʻlmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchetsin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svidvin), vagon va lokomotivsozlik (Svidnitsa, Zelena Gura, Vrotslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovitse, Yelch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya zavodlari uchun texnologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik, bino-korlik materiallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, koʻtarma-trans-port vositalari, roʻzgʻor mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va boshqa ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk ishlab chiqarish korxonalari bor. Asosiy markazlari – Tarnuv, Osvensim, Plotsk, Bidgoshch. Farmatsevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, sement, shisha, chinnifayans, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogoz, koʻn-poyabzal, tikuvchilik sanoati mavjud. Toʻqimachilik (ip, zigʻir, jun gazlama, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, goʻsht, yogʻ, baliq, tamaki) sanoat tarmoklari rivojlangan. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari. Polsha chet ellarga mashinalar, sanoat asbobuskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng isteʼmol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va boshqa chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, don, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa oladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, AQSH bilan savdo qiladi.

Transportning asosini temir yoʻllar tashkil etadi. Transport yoʻli uzunligi – 24 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 372,5 ming km. Dare kemachiligi rivojlangan. Asosiy dengiz portlari – Gdansk, Gdinya, Shchetsin. Dengiz savdo flotining tonnaji – 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti – Okense (Varshava yaqinida).

Davlatga qarashli kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Vrachlar 10 tibbiyot akademiyasida tayyorlanadi. Kurortlar orasida eng mashhurlari: Krinitsa, Polyanitsa-Zdruy, Sopot, Kolobjeg, Zakopane.

Maorifi 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy, barcha pogʻonalari davlat taʼminotida. Hunartexnika maktabi boshlangʻich (1– 3-sinflar) va muntazam (4–10-sinflar) taʼlimni oʻz ichiga oladi. Ixtisoslashgan litseylar ham bor. Xususiy maktablar tarmogʻi kengaymoqda. Polshada 130 oliy oʻquv yurti faoliyat koʻrsatadi. Yevropadagi eng qad. universitetlardan biri Krakov universiteti (1364), shuningdek, Varshava universiteti (1816), politexnika institutlari, oliy qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, ped. maktablari, tibbiyot va rassomchilik akademiyalari shu jumlaga kiradi.

Mamlakatdagi ilmiy faoliyatni Polsha Fanlar akademiyasi bilan birga Fan vazirligi muvofiklashtirib boradi.institutlar Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy oʻquv yurtlarida, idoraviy ilmiy muassasalarda olib boriladi. Polshada Banax nomidagi xalq-aro mat. markazi (Varshavada) va Xalq-aro’ kuchli magnit maydonlari va past temperaturalarlaboratoriya (Vrotslavda) ishlaydi. Yi-rik kutubxonalari: Krakov universiteti ku-tubxonasi (1364), Varshavadagi milliy kutubxona (1928), Varshava universiteti ku-tubxonasi (1817), Poznan universiteti ku-tubxonasi (1902), shuningdek, Polsha fanlar akademiyasining Varshava, Gdansk, Krakovdagi kutubxonalari. Eng yirik muzeylari: Varshavadagi milliy muzey (1863), Krakovdagi milliy muzey (1879), Poznandagi milliy muzey (1857), Varshavadagi F. Shopen va A. Mitskevich muzeylari.

Polsha poytaxti va voyevodalarida koʻpgina gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: Gazeta viborcha (Saylovchilar gazetasi, kundalik mustaqil gazeta, 1989 yildan), Tribuna (Minbar, kundalik gazeta, 1948 yil Tribuna lyudu nomi bilan asos solingan, 1990 yildan xoz. nomda chiqadi), Gazeta Krakovska (Krakov gazetasi, kundalik gazeta, 1949 yildan), Gazeta Lyubuska (Lyubuska gazetasi, kundalik gazeta, 1952 yildan) Gazeta samojondova (Oʻzini oʻzi boshqarish, kundalik gazeta, 1990 yildan), Gromadarolnik polski (Polyak deqqoni minbari, haftasiga 3 marta chikadigan gazeta, 1947 yildan), Yednost (Birlik haftanoma, 1989 yildan), Jiche Varshavi (Varshava hayoti, kundalik gazeta, 1944 yildan), Rech Pospolita (Respublika, kundalik gazeta, 1981 yildan), Jiche gospo-darche (Iqtisodiy hayot, haftalik iqtisodiy jurnal, 1945 yildan), Nova respublika (Yangi respublika, oylik jurnal, 1987 yildan). Polsha matbuot agentligi, davlat maxkamasi, 1918 yil tuzilgan; Polsha axborot agentligi, aksiyadorlik korxonasi, 1991 yil tashkil etilgan. Polsha radio va televideniye qoʻmitasi davlat mahkamasi boʻlib, 1944 yil tuzilgan, ra-dioeshittirish va telekoʻrsatuvlarga rahbarlik qiladi. Telekoʻrsatuvlar 1952 yildan olib boriladi.

Polsha adabiyoti 10-asrdalotin tilida vujudga keldi. 16-asrgacha unda diniy ruhdagi kitoblar, shuningdek, yilnoma va voqeiy hikoyalar ustun boʻlgan. Polyak tilidagi ilk asarlar ham diniy mazmunda edi (Bibi Maryam qoʻshigʻi, 13-asr). 15-asrda dunyoviy ruhdagi asarlar yaratila boshladi (Yalqov dehqonlar hajvi). 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida Uygʻonish davri boshlandi. M. Rey, Ya. Koxanovskiy, Sh. Shimonovich, S Klyonovich asarlari adolat va vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etdi. 16–17-asrlarda hajviy doston va qissalar, nasihatomuz koʻshiq va dramalar, qisqa hazil sheʼrlar (frashkalar) mashhur boʻldi. Maʼrifatparvarlik davri (18-asr oʻrtalari)da milliy mustaqillik uchun kurash, ilgʻor ijtimoiy-falsafiy gʻoyalar tarqaldi, adabiy-badiiy jurnallar nashr etila boshladi. 19-asr boshlarida A. Mitskevich milliy-ozodlik kurashi taʼsirida inqilobiy romantizmga asos soldi, demokratik Polsha haqidagi orzularini kuyladi. 1863 yildan keyin adabiyotda realizm yuzaga keldi (A. Asnik, M. Konop-’ nitskaya, E. Ojeshko, B. Prus ijodiyoti). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida realizm bilan bir katorda modernistik okimlar hukmron boʻldi (L. Staff, S. Jeromskiy). 1va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davr adabiyetida ijtimoiy ziddiyatlar tanqidiy yoritildi. Urushdan ke-yingi adabiy asarlarda okkupatsiya yillarida yashirin kurash olib borgan vatanparvarlarning qiyofasi har tomonlama ochib berildi. Ammo sotsialistik realizm degan soxta adabiy qoliplar zoʻrlab tiqishtirilishi oqibatida polyak adabiyetida xalq hayoti va qahramonlarning ishlari, xulq atvori bir yoklama yoritilishiga olib bordi.

Polyak yozuvchilarining ayrim asarlari, jumladan, A. Mitskevich, Yu. Tuvim sheʼrlari, V. Vasilevskaya romanlari uzbek tilida nashr etilgan.

Miloddan avvalgi 4–3-asrlarga oid Biskupin jamoa manzilgoxlarida yogochdan yasalgan inshootlar Polsha qududidagi eng qad. yodgorliklardir. Xristi-anlik qabul etilgach (966), diniy tosh meʼmorligi rivojlandi (Krakovning Vavel tepaligidagi bibi Maryam ka-pellarotondasi, 10-asrning 2yarmi). 11 -a.ning 2yarmidan roman uslubida haykallar bilan bezatilgan mahobatli binolar qurildi (Krakov va Tumadagi avliyo Anjey kostyollari, 1090, 1141–61 yillar; Vrotslavdagi Mariya Magdalina kostyoli, 12-asr vab.). 

Xalq yogʻoch meʼmorligi rivojlandi. 18-asr 2yarmidan klassitsizm urf boʻldi; shaharlarda mahobatli jamoat binolari va majmualari barpo etildi (Varshavadagi Belveder saroyi, 1818–22, meʼmor Ya. Kubitskiy; Lazenka saroylar majmuasi, 1784–95, meʼmor D. Merlini, Ya. Kamzetser va boshqa; Katta teatr, 1820–32, meʼmor A. Koratssi, X. P. Aygner). 19-asr 2yarmidan eklektizm, keyinroq konstruktivizm ustunlik qildi, Ikkinchi jahon urushi yillarida (1939–45) fashistlar Polshaning shahar va qishloqlarini vayron etib, koʻpgina meʼmoriy yodgorliklarini gʻorat qil-dilar. Urushdan keyin ularni qayta tiklash va yangilarini barpo etish sohasida koʻp ish qilindi. Krakoviya mehmonxonasi, Varshavadagi Oʻn yillik stadioni, Supersam savdo mar-kazi, uy-joy dahalari, Poznandagi Univermag, Merkuriy mehmonxonasi shu jumlaga kiradi.

Polsha hududidagi aholi neolit davridayoq naqshinkor sopol idishlar yasagan. Jez va temir davrlarida sopol va jez idishlar, parranda va xayvon rasmi tushirilgan ikki gʻildirakli aravalar ishlangan. 11 – 13-asrlarda roman uslubi hukmron boʻldi (Gneznodagi bibi Mariya kostyolining bronza eshiklari, taxminan 1170 yil, Stshelnodagi kostyolning oʻymakor ravokdari, 12-asr, Tumadagi kostyol naqshlari, taxminan 1161 yil, Emmeran ko-deksi miniatyuralari, 1099 yil va boshqalar). 13-asr oxiridan 15-asr boshlarigacha sanʼatda gotika urf boʻldi (Krakovdagi Vavel soborida V. Yagello daxmasi, 1421 yil, Gnezno bibliyasi miniatyuralari, 1414 yil). 15-asr oxiri – 16-asrda polyak Uygʻonish davri sanʼati shakllana boshladi, 16-asr oxiridan 18-asr oʻrtalarigacha barokko yoyildi. 18-asr 2yarmi – 19-asr boshlari Polsha sanʼati maʼrifatparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Garchi ayrim moʻyqalam ustalari (M. Bachcharelli) saroybop rasmlarni klassitsizm uslubida yaratsalar ham, koʻpchilik rassomlar hayotni haqqoniy tasvirlashga (B. Bellotto, J. P. Norblin, A. Orlovskiy), polyak xalqining milliy ozodlik kurashini ifodalashga (A. Grotger) intildilar. A. Kotsis, V. Gerson asarlarida tanqidiy realizm nishonalari seziladi. 19-asrda A. va M. Gerimskiylar ijodida bu yoʻnalish yuqori pogʻonaga koʻtarildi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida L. Vichulkovskiy, Ya. Stanislavskiy, Yu. Falat asarlari impressionizm, S. Vispyanskiy, Ya. Malchevskiy asarlari simvolizm ru-hida yaratildi. 1918 yildan keyin polyak sanʼati ziddiyatli rivojlandi. Ayrim rassomlar Gʻarbiy Yevropa madaniyati yutuqlariga ergashsa, boshqalari zamo-naviy milliy uslubni yaratishga institutildi. Tanik^i polyak haykaltaroshi K. Dunikovskiy oʻz faoliyatini shu davrda boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tasviriy sanʼatda rassomlardan V. Veys, F. Kovarskiy, X. Krayevskaya va Yu. Krayevskiy, haykaltarosh S. Gorno-Poplavskiy, grafiklardan T. Kulise-vich, T. Trepkovskiy va boshqa mashhur boʻldi. Mahobatli haykaltaroshlik rivoj topdi. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badiiy hunarmandchilik avj olgan.

Musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati bilan umumiylik koʻp. 20-asrgacha saqlangan xalq cholgʻu asboblari shaqildoq, buben, hushtaklar joʻrligida marosim qoʻshiqlar (asosan, bir ovozli), raqslar ijro etilgan.

Skripka, mazanka kabi torli, ligavka, bazun kabi puflab chalinadigan sozlar keng tarqalgan. 9–10-asrdan katolitsizm tarqalishi bilan birga grigo-rian xoralk keng oʻrin tutadi.

Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va oʻyinlarida teatr sanʼati nishonalari boʻlgan. 13– 16-asrlarda turgʻun va sayyor xalq tomo-shaxonalari qurilgan, diniy dramalar rivojlangan. 13-asrning 2yarmida koʻrsa-tilgan teatr tomoshalarining ayrim ssenariylari saqpangan. 1633 yil Var-shavadagi qirol saroyida birinchi do-imiy teatr ishga tushdi. 18-asr oxirida ilgʻor milliy teatr sanʼati uchun ku-rashga rejissyor, artist, dramaturg V. Bu-guslavskiy boshchilik qildi. 19-asr 60-yillari oxiridan Krakov teatri mamlakatnin g yetakch i teatri ga aylandi .1913 yil Varshavada Polyak teatri tashkil topdi. 20–30 yillarda L. Shiller Varshava, Lvov va boshqa shaharlardagi teatrlarda ishlab, mahobatli, nazmiy va siyosiy teatrlarni uygʻunlashtirishga harakat qildi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng teatr hayoti tiklandi, yangi teatrlar barpo etildi. Polshada 60 teatr bor. Varshava teatr hayotining markazidir(Xalq teatri, Polyak teatri, Zamonaviy, Umumiy teatrlari), Kra-. kov, Lodz, Lyublin va boshqa shaharlardagi teatrlarda jaqon mumtoz dramaturgiyasi va mahalliy mualliflarning asarlari sahnalashtirilgan. Polshada sirk sanʼati rivojlangan.

Alohida badiiy filmlar 1908 yilda chiqarila boshlagan. Dastlabki filmlardan biri – Antek Varshavaga ilk bor qadam ranjida qildi hazil filmida mashhur hajvchi artist A. Fertner bosh rolni oʻynagan. 1909– 10 yillarda kinofirmalar tashkil etildi. Ularning eng nufuzlisi Sfinks kompaniyasi muntazam filmlar chiqara boshladi. 1914 yil 14 film suratga olindi. 1910–18 yillarda milliy adabiyot asarlari: Gunoh tarixi (rejissyor A. Bendarchik), Qiyomat qoyim (rejissyor S. KnakeZavadzkiy), Meir Yezo-fovich (rejissyor Yu. Ostoya-Sulnitskiy) ekranlashtirildi. Start kino uyushmasi (1930) va Kinomualliflar ko-operativi (1937) kino sanʼati rivo-jida muhim rol oʻynadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Film polskiy davlat studiyasi tashkil etildi. Avlod, Kul va olmos (rejissyor A. Vayda). Xayrlashuv (rejissyor V. Xaye) filmlarida urush oqibatlari tasvirlandi. Yoʻlovchi ayol (rejissyor A. Munk), Jangdan keyingi man-zara (rejissyor A. Vayda), Sehrli stolchalar (rejissyor Ya. Mayevskiy), Yer hidi (rejissyor D. Yovanovich) filmlari polyak ki-nematografiyasida salmokli oʻrin oldi. Hujjatli va multiplikatsiya kinosi sohasida ham koʻpgina qiziqarli asarlar yaratildi. Varshava, Lodz, Vrotslavda kinostudiyalar, Krakovda multfilmlar studiyasi bor. Lodzdagi Oliy teatr, kino va televideniye maktabining rejissyorlik, aktyorlik, operatorlik, televideniye fakultetlari, ayrim oliy oʻquv yurtlarining maxsus boʻlimlari kino xodimlari tayyorlaydi.

Maydoni – 312,7 ming km². Aholisi – 38,6 mln. odam. Rasmiy til – polyakcha. Din – asosan katolizm, hamda iudaizm, lyuteranlik, pravoslavie; aholining 6 foizi ateist. Davlat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi organ – Ikki palatali parlament: Seym (quyi palata) va Senat (yuqori palata). Poytaxti – Varshava. Maʼmuriy-huduiy taqsimoti: 16 voyevodstvo. Pul birligi – zlotiy.




#Article 124: Eksport (302 words)


Eksport — tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish boʻlib, bunda mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.

Eksport (ing ., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham E.ga kiradi.

Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar E. tarkibi (koʻrinma E.) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar E. qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar E.ida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar E.ida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.

Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas E.ni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.

Har qanday davlat uchun E. import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (qarangTashqi iqtisodiy siyosat) E.ni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; E.ni davlat tomonidan kreditlash).

E.ni cheklash (qarang Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar E.i baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar E.i bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi.

Koʻpgina mamlakatlarda E. tovarlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan va shunga oʻxshash soliqlardan ozod qilinadi (yana q. Tashqi savdo).

Qodirjon Yusupov.




#Article 125: Import (132 words)


Import (lot. importare — „olib kirish“) — biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish. Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi.

Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va b. keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va b. xizmatlar harajatlari ham I. tarkibiga kiradi.

I. bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va b. notarif tarzdagi vositalar b-n tartibga solinadi. I.ning eksportaan ustunligi mamlakatning tash-qi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi.

Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli toʻsiq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qoʻyilishi tushuniladi.




#Article 126: Mobil telefon (610 words)


Mobil telefon, uyali telefon yoki qoʻl telefoni uyali aloqa tizimi boʻylab ovoz va boshqa axborot uzatuvchi hamda qabul qiluvchi elektron qurilmadir. Zamonaviy mobil telefonlar bundan tashqari internet mijozlari, oʻyinlar, infraqizil va bluetooth portlar, video/fotokamera, MP3 player, radio va hokazo taʼminot bilan qurollangan.

Uyali telefon, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent (uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza st-yaga bogʻlanadi. har k,aysi baza st-yada uyalar boʻladi (nomi shundan). Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning kattakichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Mobil telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza st-yasiga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza st-yalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Mobil telefon tarmogʻida yaratish mumkin. Mobil telefon tarmoqlarining barcha baza styalari birbirlari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi, shu bilan birga umum foydalanadigan simli telefon tarmogʻiga ulana olishi lozim. Shundagina qoʻl (mobil) telefon apparati egasi muqim (simli) telefon apparati egasi bilan bogʻlanishi mumkin. Bunga radiorele liniyalar yordamida, yo boʻlmasa, mis kabel yoki tolali optik telefon aloqa liniyalari yordamida erishiladi. Mobil telefon yordamida abonent boshqa abonent bilan gaplashishdan tashqari, matnli va faksimil xabarlarni, internet grafiklari va boshqalarni uzata oladi. Buning uchun Mobil telefon apparati ixcham koʻchma kompyuterga ulanadi. Telefonning tipiga qarab, maxsus modem yoki oddiy kabel (ichki dasturli modelini ulash uchun) talab qilinadi. Eng oddiy modeldagi Mobil telefon apparati ham haqiqiy mikrokompyuterdan iborat. Murakkab apparatlarda esa kompyuterlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalarni bajarish (har xil oʻyinlar oʻynash, suratga olish va uni saqlash, telefon qilgan boshqa abonentning raqamini qayd qilish, vaqtinchalik oʻchirib qoʻyish va boshqalar) mumkin.

Dastlab 20-asr 80-yillarida qoʻl telefon aloqa, asosan, analog texnologiyalarga asoslangan, keyinroq Mobil telefonda aloqa tizimi sof raqamli tizimga oʻtgan. Yevropa mamlakatlarining deyarli har birida oʻz milliy tarmogʻi ishlab chiqilgan (mas, Fransiyada Radiocom 2000). Mobil telefonga doyr xalqaro hamkorlik dastlab koʻchma radioaloqa tizimi masalalari boʻyicha nemisfransuz tadqiqotlari natijasi sifatida pochta va kommunikatsiyalar maʼmuriy xodimlarining Yevropa konfederatsiyasi SERT (Conference des admi nistrations Europcennes des Postes et Telecommunications) rahbarligida tashkil etildi. 1982 yil bu int 26 Yevropa mamlakatini, aniqrogʻi pochta, telefon va telegraf aloqa RTT (Post, Telephone and Telegraph) maʼmuriy muassasalarini birlashtirdi. Shu tariqa Yevropa konferensiyam Mobil aloqani ishlab chiqish boʻyicha maxsus guruh (GSM) ni tuzdi. Keyinchalik u Mobil aloqa global tizimi deb atala boshladi. Yevropa hududida bu tizim 1993 yil arafasida toʻliq faoliyat koʻrsata boshladi. GSM tizimi boshidanoq xalqaro koʻlamdagi tizim sifatida ishlab chiqilgan. Barcha qitalardagi koʻp mamlakatlar unga qoʻshilgan. Mobil telefon tizimi inson hayotining barcha sohalariga kirib keldi. GSM tarmoklari abonentlarining soni dunyoda 200 mln. kishidan oshib ketdi (2005).

Oʻzbekistonda ham bir necha Mobil telefon kompaniyalari faoliyat koʻrsatmokda. Ular eng keng tarkalgan zamonaviy Mobil telefon aloqa standartlari — AMPS/ DAMPS, GSM, CD MA dan foydalanadi. Respublikada quyidagi bir necha Uyali telefon kompaniyalari faoliyat yuritadi: Oʻzdunrobita Oʻzbekiston — Amerika QK (1992 yilda ishga tushgan; Oʻzbekistondagi 1000 dan ortiq shahar va aholi yashash punktlarini ishonchli Uyali telefon aloqasi bilan taʼminlagan); BUZTEL GSM (Bakri Oʻzbekiston telekom) kompaniyasini Indoneziyaning Bakri kommyunikeyshn kompaniyasi 1996 yilda taʼsis qilgan (eng arzon tarifli kompaniya); COSCOM kompaniyasi Oʻzbekiston — Amerika QK (1997 yilda ishga tushgan; Oʻzbekistonda GSM tarmoqlari eng keng tarqalgan); Oʻzmakom kompaniyasi (Malayziyaning Superior Kommyunikeyshne kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokida 1996 yilda tashkil qilingan; asosan, Toshkent shahri va unga yaqin hududlarga xizmat koʻrsatadi); Koreyaning Daewoo Unitel kompaniyasi (1997 yilda ishga tushgan, Oʻzbekistonning barcha hududlariga xizmat koʻrsatadi), RWC (Rubicon Wireless Communications) Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi (1997 yilda ishga tushgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xizmat koʻrsatish doiralarini borgan sari kengaytirib boradi). Oʻzbekistonda Mobil telefon xizmatiga ehtiyoj koʻpayayotganligi uchun yana boshqa yangi kompaniyalar tuziladi.




#Article 127: Avtomobil (1421 words)


Avtomobil ( – harakatchan) – dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yo‘lovchilar va yuk tashishga mo‘ljallangan.1751 – 52 yillarda Nijniy Novgorod gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyog‘i bilan yurgi-ziladigan o‘ziyurar aravacha qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizmlarni, mas, uzatmalar qutisini taklif qildi. Bug‘ mashinasi paydo bo‘lgandan 131keyin ixtirochilar undan mexanik aravada foydalanishga harakat qildilar. 1769 – 70 yillarda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyuno artilleriya to‘plari uchun 3 g‘ildirakli bug‘ aravasi qurdi. Algliyada 1802 yilda Trevitnik bug‘ mashinasi o‘rnatilgan A. qurdi. 1830 yilda rus ustasi K. Yankevich bug‘ A.lariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bug‘ qozoni o‘rnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan elektr dvigatelli A. lar bilan ham ko‘pgina tajribalar o‘tkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin A. lar muntazam rivojlantirila boshlandi. A.larga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar o‘rnatish bo-rasida turli mamlakatlarning ko‘pgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885 – 86 yillarda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch g‘ildirakli A.ga o‘rnatdi. Temir g‘ildiraklar o‘rniga yaxlit rezina shinalar, 1890 yildan esa pnevmatik re-zina shinalar ishlatila boshladi. Avto-mobilsozlik dastlab Fransiyada, so‘ngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlandi. O‘zbekiston mustaqillikka erishga-nidan so‘ng avtomobil sanoati rivoj-langan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Asaka shahri (Andijon viloyati)da Janu-biy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan O‘zDEU avto qo‘shma korxonasida 1996 yildan boshlab Neksiya, Damas va Tiko yengil avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999 yilda Samarqandda ishga tushgan SamKochAvto o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (qarang Avtomobil sanoati).A. turlari. A.ning transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor. Transport A.lari yengil A., avtobus va yuk A. larga bo‘linadi. Maxsus A. ma’lum ishlar uchun mo‘ljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi. O‘t o‘chirish, un tashish, sement gashish, sanitariya A.lari, axlat tashiydigan, avtokranlar, avtoyuklagichlar va boshqa maxsus A.lar shular jumlasidan. Poyga A. sportda ishla-tiladi. Yengil A. 2 dan 8 tagacha o‘rinli bo‘ladi. Ular berk kuzovli (sedan va limuzin), ochiq kuzovli (faeton) va ochila-digan kuzovli (kabriolet) bo‘lishi mum-kin. Yuk A. 0,25 t dan 100 t gacha va undan ortiq yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun muljallangan kuzovsiz bo‘ladi. O‘tuvchanligi bo‘yicha tekis va qiyin yo‘llarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi bo‘yicha g‘ildirakli, g‘ildirak-gusenitsali, yarim gusenitsa-li, pnevmatik galtakli va boshqa xillarga bo‘linadi.A. tuzilishi. Avtomobil dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, elektr jihozlar, kuzov yoki kabinadan iborat. Dvigatelning turiga qarab, bug‘li A. (keng tarqalmadi), ben-zinli A. (yengil va yuk A.), dizelli A. (yuk A., avtobuslar, yengil A.), gaz-ballonli avtomobil (yengil, yuk A., avtobuslar), gaz generatorli avtomobil (og‘ir yuk ta-shiydigan A.), akkumulyatorlar batareya-sida ishlaydigan A. (elektromobillar) xillarga bo‘linadi (yana qarang Avtomobil dvigateli). Transmissiya (kuch uzatmasi) dvigatelning aylantiruvchi momentini A.ning harakatlantiruvchi qismiga (g‘ildiraklar, gusenitsalar va boshqalarga) uza-tadi. Uning mexaniq elektr-mexaniq gidromexanik xillari bor. Mexanik transmissiya eng kengtarqalgan. U, odatda, tish-lashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, differensialyaan tashkil topadi. Yurish qismi rama, osma, o‘q (ko‘priklar) va g‘ildiraklardan iborat. Ramaga kuzov, kabina, dviga-tel, uzatmalar qutisi va boshqa mexanizm va uzellar mahkamlanadi. Yengil A. va avtobuslarda kuzovi rama vazifasini bajaradi. Osma rama (kuzov) bilan o‘qlarni elastik boglaydi va dinamik kuchlarni yumshatadi. G‘ildiraklarning mustaqil 132osmasi keng tarqalgan. Boshqarish mexa-nizmlariga rul boshqarmasi va tormoz tizimlari kiradi. Rul boshqarmasi A.ning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Rul chambaragi bu-rilganda valni, val esa o‘z navbatida rul mexanizmlarini, u esa sapfalarga o‘rnatilgan old gildi-raklarni bu-radi. A. ni boshqarishni yengillashti-rish uchun rul yuritmasiga gidravlik, pnevmatik yoki gidropnevmatik kuchay-tirgich o‘rnatiladi. Tormoz tizimi A. harakatini sekinlashtirish, to‘xtatish va bir joyda to‘xtatib turish (qo‘l tormoz yerdamida) uchun xizmat qiladi. Ish tor-mozi barcha g‘ildiraklarga ta’sir etadi. Har qaysi g‘ildirakka gidravlik, pnevmatik yoki pnevmogidravlik yuritma bilan ta’sir etuvchi barabanli yoki diskli tor-moz mexanizmi o‘rnatiladi. Tormozlash vaqtida friksion nakladkali tormoz kolodkalari g‘ildiraklardagi tormoz barabanlari yoki disklarga qisiladi. Katta avtobuslar va ogir yuk A.lariga qo‘shimcha sekinlashtiruvchi tormoz o‘rnatiladi. Elektr jihozlar tok manbai (akkumulyatorlar batareyasi va dvigatelga o‘rnatilgan generator) va iste’molchilaridan iborat; dvigatelni o‘t oldirish va yurgizib yuborish tizimini ishlatish, tashqi va ichki yoritish, yorug‘lik va tovush signallari uchun zarur bo‘ladi.A. konstruksiyalari borgan sari ta-komillashtirib borilmoqda. A. konstruksiyasi ko‘pgina omillar, mas, yo‘l va iqlim sharoitlari, yo‘lovchilar soni hamda yuk hajmi va boshqalarni hisobga olib yaratiladi. Konstruktorlar A. larni loyihalashda ularning sigimi, puxtali-gi, tejamliligi, bosh-qarish osonligi, shinamligi, o‘tag‘onligi va boshqa xususiyatlarini hisobga oladilar.Capeap Qodirov.

Avtomobil (yunoncha αυτο – oʻzi va lotincha mobilis – harakatlanuvchi, yuruvchi) oʻz dvigateliga ega, yer sirtida harakatlanish uchun moʻljallangan, relssiz oʻziyurar transport vositasidir. Atamaning koʻpgina taʼriflari avtomobil yoʻlda yurishga moslangan, bittada to sakkiztagacha yoʻlovchi uchun joyli, odatda toʻrt gʻildirakli, va aksar holatlarda yuk enas, balki odam tashishga moʻljallanganligini taʼkidlaydi. Biroq, bunday taʼrif aniq emas, zero shu ishlarni bajaradigan boshqa tur transport vositalari ham mavjud.

Avtomobil soʻzi fransuzcha automobiledan, u esa oʻz navbatida qadimgi yunon tilidagi αὐτός (autós, oʻzi) hamda lotincha mobilis (yuruvchi) soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, oʻzi, yaʼni hech qanday hayvon yoki boshqa ulov yordamisiz harakatlanuvchi ulovni anglatadi.

Birinchi oʻziyurar mexanik ulov yoki avtomobil 1769-yili Nicolas-Joseph Cugnot tomonidan ixtiro qilingan, deb hisoblansada, baʼzilar Cugnot'ning uch gʻildirakli mashinasi haqiqatdan ham ishlaganiga shubha bildirishadi, boshqalar esa ilk bugʻ mashinasini Xitoyda iezuit missioneri 1672-yilda yasagan, deb taʼkidlashadi. 
Nima boʻlganda ham François Isaac de Rivaz, shveysariyalik ixtirochi, birinchi ichki yonuv dvigateli muallifi hisoblanadi; u yasagan dvigatel yoqilgʻi sifatida vodorod va kislorod aralashmasini ishlatib, dunyoda shu tipdagi eng birinchi dvigatel edi. Biroq u Samuel Brown, Samuel Morey va Etienne Lenoir'lar yasagan ichki yonuv dvigatelli ulovlar kabi qoʻpol va beoʻxshov edi.

Shu muammo ustida boshqa olmon ixtirochilari (shu jumladan, Gottlieb Daimler, Wilhelm Maybach va Siegfried Marcus) ishlashgan boʻlishsada, zamonaviy avtomobilning rasman ixtirochisi, deb koʻriladi. 1879-yili Benz oʻzining ilk dvigateli (1878-yilgi) uchun patent olgandi. Uning koʻpgina boshqa ixtirolari ulovni yurgiza oladigan dvigatel yasashda qoʻl keldi, va 1896-yili Benz birinchi oppozit dvigatel patentladi.

Daimler va Maybach 1890-yili Cannstatt'da Daimler Motoren Gesellschaft (Daimler Motor Shirkati, DMG) ga asos solishib, shu savdo belgisi ostidagi ilk avtomobilni 1892-yilda sotishdi. 1895-yilga kelib 30ga yaqin DMG avtomobillari sotildi. Benz va Daimler avvalboshda bir-birlarining ishlaridan bexabar boʻlib, mustaqil ishlashgani taxmin etiladi.

Daimler 1900-yilda vafot etdi va shu yili, biroz vaqt oʻtib, Maybach Emil Jellinek buyurtmasiga binoan Daimler-Mercedes motorini yasadi. Ikki yildan soʻng DMG'da shu motorli avtomobil ishlab chiqarilib, Mercedes deb ataldi. Soʻngra Maybach DMG'dan ketdi va oʻz biznesini ochdi. Daimler savdo belgisi boshqa ishlab chiqaruvchilarga sotildi.

Karl Benz Birinchi Jahon Urushidan soʻnggi Olmoniya iqtisodiyotining ojizlana boshlaganida DMG va Benz  Cie. orasida hamkorlik oʻrnatishni taklif etdi, biroq DMG direktorlar kengashi bu taklifni rad etdi. Ikki shirkat orasidagi muhokamalar bir necha yil oʻtib boshlandi va 1924-yilda ular 2000-yilgacha kuch saqlaydigan Oʻzaro Manfaatdorlik Shartnomasini imzoladilar. Ikkala tashkilot oʻz belgilarini saqlab qolishsada, dizayn, ishlab chiqarish, sotuv, xarid va reklama marketinglarini kelishib loyihalasha boshlashdi. Nihoyat, 1926-yilning 28-iyunida Benz  Cie. va DMG Daimler-Benz nomi ostida birlashib, avtomobillarini DMG'ning eng muhim markasi, Maybach loyihalagan 1902 Mercedes-35hp ulovi va Benz sharafiga Mercedes Benz, deb atashdi. Karl Benz vafotigacha (1929) Daimler-Benz direktorlar kengashining vakili boʻlib qoldi.

Turli porshensiz rotorli dvigatellar anʼanaviy porshen va tirsakli valli motorlar bilan raqobatlashishga harakat qilishgan boʻlsada, faqatgina sanoqli shunday motorlar oz-moz omadga erishishdi (masalan, Mazdaning Wankel motori).

Ilk bor ommaviy avtomobillarni keng miqyosda ishlab chiqarish 1902-yili Ransom Olds'ning Oldsmobile zavodida yoʻlga qoʻyildi. Bu konseptni keyinchalik (1914-yildan) Henry Ford kengaytirdi.

Natijada Ford avtomobillarining har biri har oʻn besh daqiqada zavoddan chiqadigan boʻldi, avtomobilni yigʻish ancha tezlashdi (Ford'gacha bir avtomobil uchun 12,5 kishi-soat sarflanar edi, bu koʻrsatkich keyin 1,5 soatga tushdi), bunday surʼat oʻz davri uchun misli koʻrilmagan edi. Avtomobil ishlab chiqarishda vaqt asosan uni boʻyashga ketadigan boʻldi. Eng tez quriydigan boʻyoq qora boʻlgani uchun, avtomobil zavodi rang-baranglikdan voz kechdi (bu 1926-yilgacha, tez quriydigan loklar ixtiro qilinguncha davom etdi). 1914-yilga kelib avtomobil narxi shu qadar pasaydiki, oddiy zavod ishchisi toʻrt oylik maoshiga Model T sotib olishi mumkin edi.

Ford tomonidan joriy etilgan xavfsizlik choralari – ayniqsa har bir ishchiga oʻz ish joyi ajratilishi (bu ishchilarning korxona hududida sangʻib yurishining oldini oladi) – jarohatlar sonini keskin kamaytirdi. Yuqori samaradorlikka erishish uchun yuqori maoshlar tayinlash Fordchilik deb atalib, boshqa katta tashkilotlar tomonidan ham qoʻllanila boshlandi. Yigʻish liniyasi – konveyerning samaralari Amerika Qoʻshma Shtatlari iqtisodiyotiga katta yordam berdi. Konveyer ishchilarni muayyan bir xil ishlarni tez-tez bajarishga koʻniktirib, yuksak samaradorlikka erishishni taʼminladi; boshqa mamlakatlarda esa nisbatan kam samarali usullardan foydalanilar edi.

Avtomobilsozlik sanoatida bunday usul tezda shuhrat topib, dunyo boʻylab tarqalib ketdi; 1911-yili Ford Fransiya va Ford Britaniya, 1923-yili Ford Daniya, 1925-yili Ford Olmoniya mahalliy shirkatlari ochildi; 1921-yildan boshlab Citroën Yevropa shirkatlari orasida birinchi boʻlib Ford konveyerlarini qoʻllay boshladi. Konveyersiz ishlaydigan avtomobilsozlik shirkatlari sinish xavfiga duch kelishdi; 1930-yilga kelib bunday shirkatlardan 250 tasi yoʻqolib ketdi.

Avtomobilsozlik texnologiyasi taraqqiyoti yuzlab kichik shirkatlar raqobatlashuvi tufayli ilgʻorlab ketdi. Shu davr uchun xos muhim ixtirolar safiga oʻt oldirish va elektr starter (Charles Kettering tomonidan Cadillac Motor Company uchun, 1910–1911), amortizator toʻrt gʻildirakli tormozi kiradi.




#Article 128: Moskva (1381 words)


Moskva () — Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd shahri) boʻlingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yoʻlidan oʻtadi. Maydoni (Moskva meriyasiga karashli boʻlgan Zelenograd va boshqa aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yoʻli doirasida 878,7 km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; Moskva shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod. 

Rossiyaning Yevropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, Oka-Moskvoretsk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joyda, Oka va Volga daryolari orasida, Moskva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy qismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega boʻlgan Moskva daryosi va uning irmoqlari (Yauza, Setuni va boshqalar)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-sial tekisliklari chegarasi ichida oʻrnashgan. Suvayirgʻichlar (shu jumladan, etti tepalik — Kreml, Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Lefort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz koʻtarilgan qismlari daryo vodiylari va jarliklar bilan almashib boradi. Relyefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (balandligi 254 m gacha) kirib borgan janubi-sharq va SmolenskMoskva qirlarining janubiy yon bagʻridagi Ximki suv havzasi xududida joylashgan. Shaharning sharqiy, janubi-sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining gʻarbiy chekkasida oʻrnashgan. Moskvaning markaziy rayonlarida qayta ishlangan grunt, koʻchalar va hokazo qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4–6 m (koʻmilgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar oʻrnida 10–20 m)ga yetadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya yer osti quvurlari orqali oʻtkazilgan. Moskva iqlimi mo'tadil kontinental. Qishi moʼtadil sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10,2°. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18,1°. Shahar markazi temperaturasi chekkalarga nisbatan oʻrta hisobda 1,5—2° yuqori. Yillik yogʻin 540–650 mm (eng ko'pi iyul— avgustda). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bogʻi Moskva hududida joylashgan.

Moskva toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 1147 yildagi solnomada berilgan. Suzdal va Buyuk Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy anʼana boʻyicha Moskvaning asoschisi hisoblanadi. 1156 yil chamasi Borovitsk tepaligida, Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki qoʻrgʻoncha oʻrnida keyinroq Kreml nomini olgan yogʻoch-tuproqdan istehkom qurilgan (qarang Kreml). Vladimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. Moskva Chernigovdan Kiyevga boradigan yoʻllar chorrahasida shakllangan. 1237 yilda, moʻgʻullar bosqini davrida, Botuxon qoʻshinlarining bostirib kirishi natijasida Moskva vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tiklanib kichikroq udel knyazligining markazi boʻldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303—25 yillarda boshqargan) knyazlikka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi boʻldi. 14—15-asrlarda Moskva rus yerlarini birlashtirish, moʻgʻullar zulmidan ozod boʻlishga qaratilgan kurashning tashkilotchisi, markaziga aylandi. Moskva atrofida rus yerlarining astoydil birlashtirishni boshlagan knyaz I. D. Kalitaning (1325—40) faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. taxminan 1326 yilda Moskvaga Vladimir shahridan Rus pravo-slav cherkovi mitropolitlarining qarorgohi koʻchirildi. KnyazD. I.Donskoy (1359—89) davrida Moskva moʻgʻullar zulmiga qarshi kurash markaziga aylandi. 1380 yilda Kulikovo maydonida moʻgʻullar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan umumrus qoʻshini Moskvada shakllandi. 15-asr oxirida ulugʻ knyaz Ivan III Vasilyevich (1462—1505) davrida Moskva yagona Rus davlatining poytaxti boʻldi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida Kremlni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari — Uspeniye, Arxangelskiy va Blagoveshcheniye qad koʻtardi. 1547 yilda ulugʻ knyaz Ivan IV Grozniy (1533—84) podsho unvonini qabul qildi. Romanovlar sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodorovich va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri — notinch yillarda yoqib tashlangan Moskva yangidan qurildi. 1687 yilda Slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708 yilda shahar Moskva gubernyasining markazi boʻldi.

Rossiya poytaxtining Sankt-Peterburgga koʻchirilishi (1712) bilan Moskva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini saklab qoldi. Moskvada imperatorlarga toj kiygizish marosimlari oʻtkazib kelingan. 1703 yildan boshlab podsho Petr-Ining tashabbusi bilan Vedomosti birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-asr oxiridan shaharning oʻzini oʻzi boshqarish tizimi shakllandi. Izchillik bilan shahar bo-shqaruvi organi sifatida Burmistr palatasi, Ratusha, Magistrat, 1785 yildan — Umumiy va Olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870 yilda) shahar Dumasi tuzildi, 1812 yildagi urush davrida Moskva sentabr-oktabr oylarida Napoleon-Ining fransuz qoʻshinlari qoʻlida edi. Katta yongʻin shahar binolarining 2/3 qismini yoʻq qildi. Fransuzlar Moskvani tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va temir yoʻl qurilishining rivojlanishi bilan Moskva Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917 yil noyabrda shaharda bolsheviklar xrkimiyati oʻrnatildi. 1918 yil 12 martda poytaxt yana Moskvaga koʻchirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922 yil 30 dekabrda) Moskva uning poytaxti boʻldi. 1929 yildan Moskva — Moskva viloyati markazi. 1935 yilda Moskvani birinchi Bosh plani qabul qilindi. Oʻsha yili Moskvada metropoliten ishga tushirildi. 1941 yil dekabrda nemis qoʻshinlari Moskva ostonalariga yetib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Keyinroq nemislar chekinishga majbur boʻldi. 1945 yil 24 iyunda Moskvada Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtdi. 1965 yil 8 mayda Moskvaga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-yillar oʻrtalaridan shaharda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980 yilda Moskvada 22-olimpiada oʻyini boʻlib oʻtdi. SSSR qulagach, Moskva (1991 yil 25 dekabrdan) — Rossiya Federatsiyasiga aylanadi

Moskvada aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, priborsozlik sanoatlarining yetakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-asbobsozlik (Moskvada Rossiya metall kesuvchi stanoklarning 9,3% hamda asboblar, temirchilikpress uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va boshqalar), turli elektronika, avtomobilsozlik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% yengil avtomobillar) sanoati rivojlangan. Sovitkich, kompressor va koʻtargich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, texnik rezina mahsulotlari, boʻyoklar, maishiy kimyo mollari), neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli poʻlatdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall buyumlar ishlab chiqariladi. Moskva — yengil, asosan, toʻqimachilik (Rossiya ip gazlama ishlab chiqarishning 5,9%, ipakning 9,4%, hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sanoatining anʼanaviy markazi. Poligrafiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda koʻpgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. AMO ZIL, AZLK avtomobil zavodi, Moskva podshipniki va aviatsiya korxonasi ishlab turibdi.

Shahardan turli yoʻnalishlarda temir yoʻl liniyasi ketgan. Har kuni Moskvaning 9 ta temir yoʻl vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yoʻlovchi kelib-ketadi. Moskvada 3 yirik dare porti (Gʻarbiy, Shimoliy va Jan.) bor. Moskva 13 avtoyoʻl orqali Rossiyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan bogʻlangan. Moskva mamlakat havo yoʻllarining eng yirik tugunidir (Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). Moskvada Rossiyaning toʻngʻich va eng katta masofaga choʻzilgan (1999 yilda 160 stansiya) metropoliteni mavjud. 

Poytaxtda Rossiya fanlar akademiyasi, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 1000 dan ziyod ilmiy tadqiqotlar instituti va konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 13 universitet mavjud. 

Shaharda 140 dan ziyod professional teatr bor, shulardan: Katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. NemirovichDanchenko nomidagi, Operetta teatrlari; dramatik teatrlar — Kichik teatr, Moskva Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Yermolova nomidagi, Rossiya Armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, Kichik Bronniy, Satira, Sovremennik, A. I. Raykin nomidagi Satirikon, S. V. Obrazsov nomidagi Markaziy qoʻgʻir-choq teatri va boshqa 2 sirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning konsert zali va boshqa bor. Moskvada Mosfilm kino-konserni va boshqa kinostudiyalar joylashgan. Moskva mamlakat tele- va radioeshittirish tizimining markazi, bu yerda mashhur Ostankino teleminorasi mavjud.

Moskvada 70 dan ziyod muzey bor. Ular orasida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyi, Tarixiy muzey, Politexnika muzeyi, Kremlning Qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi meʼmorlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi Teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnetsov uymuzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetayeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va boshqa mavjud.

Moskvaning eski qismi radialhalqa shaklidagi tuzilishga ega. Moskvaning tarixiy markazi — Moskva Kremli ansamblidir, uning yonida Kizil maydon, Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi joylashgan. Saklanib qolgan yedgorliklar orasida — Kolomenskoyedagi Vozneseniye cherkovi, monastirlar meʼmoriy majmuasi (Andronikov, Donskoy, Svyato-Danilov, Novodevichiy, Simonov va boshqalar), qoʻrgʻonlar ansambllari (Kuskovo, Ostankino, Kuzminki, Saritsino va boshqalar), 17-asr cherkov va ayrim binolari, 18-asr — 19-asrlarning 1-yarmidagi klassitsizm uslubidagi turar joy va jamoat binolari — Pashkov uyi (hozirgi Rossiya davlat kutubxonasi binosi), Oliy Majlis binosi, Moskva universitetining eski binosi, Katta teatr bor. 1920—70 yillarda Moskva markazi va yirik magistrallar qayta tiklandi (bu jarayon davomida koʻpgina nodir tarixiy va meʼmorii yedgorliklar buzib tashlandi). 50-yillar oʻrtalaridan zamonaviy loyixa boʻyicha katta shahar rayonlari qurildi, yangi mikrorayon va yirik jamoat inshootlari, baland binolar (shu jumladan, Vorobyev te-paligidagi universitet), Lujnikidagi Markaziy stadion majmuasi, Kremldagi sʼyezdlar saroyi, Yangi Arbat ansambli, olimpiya obʼyektlari barpo qilindi. 1990-yillar boshlaridan koʻpgina meʼmorii va tarixiy yedgorliklar (shu jumladan, Iso paygʻambar ibodatxonasi) taʼmirlanmoqda. Poklonnaya tepaligidagi Zafar bogʻi memorial majmuasi va Manej maydonidagi savdo majmuasi qurildi, Lujnikidagi Markaziy stadion taʼmirlandi, shahar va uning atrofi transport infrastrukturam yaxshilandi. Moskva atrofida Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik shaqar aglomera-siyasi vujudga keldi. 2001 yilda Moskvadagi Dobrininsk maydonida Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J. Mirtojiyev).




#Article 129: Matematika (2684 words)


Matematika (yun. thematike, mathema — bilim, fan), Riyoziyot — aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obʼyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga hisob-kitob haqidagi fan deb qaralgan’ (bugungi matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qadimiy fanlardan biri boʻlib, uzoq rivojlanish tarixini bosib oʻtgan va buning barobarida matematika nima? degan savolga javob ham oʻzgarib, chuqurlashib borgan. Yunonistonda matematika deganda geometriya tushunilgan. IX-XIII asrlarda matematika tushunchasini algebra va trigonometriya kengaytirgan. 17—18-asrlarda matematikada analitik geometriya, differensial va integral hisob asosiy oʻrinni egallaganidan soʻng, to XX asr boshlarigacha u miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan mazmunida taʼriflangan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida turli geometriyalar (Lobachevskiy geometriyasi, proyektiv geometriya, Riman geometriyasi kabi), algebralar (Bul algebrasi, kvaternionlar algebrasi, Keli algebrasi kabi), cheksiz oʻlchovli fazolar kabi mazmunan juda xilma-xil, koʻpincha sunʼiy tabiatli obʼyektlar oʻrganila boshlanishi bilan matematikaning yuqoridagi taʼrifi oʻta tor boʻlib qolgan. Bu davrda matematik mantiq va toʻplamlar nazariyasi asosida oʻziga xos mushohada uslubi hamda tili shakllanishi natijasida matematikada eng asosiy xususiyat — qatʼiy mantiqiy mushohada, degan gʻoya vujudga keldi (J. Peano, G. Frege, B. Rassel, D. Xilbert). XX asr oʻrtalarida Burbaki taxallusi ostida matematika taʼrifini qayta koʻrib chiqqan bir guruh fransuz matematiklari bu gʻoyani rivojlantirib, Matematika — matematik strukturalar haqidagi fan degan taʼrif kiritdi. Bu yondashuv avvalgi taʼriflarga koʻra kengroq va aniqroq boʻlsada, baribir cheklangan edi — strukturalar oʻrtasidagi munosabatlar (masalan, matematika, turkumlar nazariyasi, algebraik topologiya), amaliy hamda tatbiqiy nazariyalar, xususan, fizika, texnika va ijtimoiy fanlarda matematik modellar bu taʼrif doirasiga sigʻavermas edi. Soʻnggi asrda xilma-xil matematik obʼyektlar orasida juda chuqur munosabatlar mavjudligi va aynan shunga asoslangan natijalar Matematikaning bundan keyingi taraqqiyotida asosiy oʻrinni egallashini koʻrsatmoqda. Elektron hisoblash vositalari bilan birga Matematika tatbiqlarining kengayishi (biometriya, sotsiometriya, ekonometrika, psixometriya va boshqalar), matematik usullar hayotining turli sohalariga jadal surʼatlar bilan kirib borayotgani ham Matematika predmetini ixcham taʼrif bilan qamrab boʻlmaydigan darajada kengaytirib yubordi. Demak, Matematika aksiomatik nazariyalar va matematik modellarni, ular orasidagi munosabatlarni oʻrganadigan, xulosalari qatʼiy mantiqiy mushohadalar orqali asoslanadigan fandir. Dastlab oddiy sanoq sonlar va ular ustidagi arifmetik amallardan boshlangan tematik bilimlar umuminsoniy taraqqiyot bilan birga kengayib va chuqurlashib borgan. Eng qadimgi yozma manbalardayoq (masalan, matematik papiruslar) kayerlar ustida amallar va chiziqli tenglamalarni yechishga doir misollar uchraydi. Sugʻorma dehqonchilik, meʼmorlikning rivojlanishi, astronomik kuzatuvlarning ahamiyati ortishi geometriyaga oid dalillar jamgʻarilishiga olib kelgan. Masalan, Qadimgi Misrda tomonlari 3, 4 va 5 birlik boʻlgan uchburchak toʻgʻri burchakli bulishidan foydalanilgan. Bu davr Matematikasining oliy yutuqlarini muntazam toʻrtburchakli kesik piramida hajmini hisoblash qoidasi (hozirgi yozuvda V— (a2 + ab + b2) L/3 formulaga mos keladi) va l= (16/9)2 taqribiy qiymatini misollarida koʻrish mumkin.

Yunonistonda geometrik xossalar faqat kuzatuv va tajriba yoʻli bilangina topilmay, avvaldan maʼlum xossalardan keltirib chiqarilishi mumkinligi ham payqalgan hamda deduktiv isbot gʻoyasi rivojlantirilgan (Fales, Pifagor va boshqalar). Bu gʻoyaning choʻqqisi Yevklidning Negizlar asarida geometriyaning aksiomatik qurilishi boʻldi. Bu kitob Matematikaning keyingi rivojiga katta taʼsir qildi va XIX asr boshlarigacha mantiqiy bayonning mukammalligi boʻyicha namuna boʻlib keldi. Yunonlar Matematikani geometriya bilan tenglashtirib, sanʼat darajasiga koʻtarganlar. Buning natijasida planimetriya va stereometriya ancha mukammal darajaga yetgan. Faqat 5 xil qavariq muntazam kupyoqlikning mavjudligi (Platon), kvadratning tomoni bilan diagonali umumiy oʻlchovga ega emasligi (Pifagor), nisbatlar nazariyasiga asoslangan son tushunchasi (Evdoks), qamrash usuli bilan egri chiziqli shakllar yuzi va yer uzunligini, jismlar hajmini hisoblash, Geron formulasi, konus kesimlari (Apolloniy, Pergayos), sterografik proyeksiya (Ptolemey), geometrik yasashlar va shu munosabat bilan turli egri chiziqlarning oʻrganilishi yunon geometriyasining taraqqiyot darajasi haqida tasavvur beradi. Yunon olimlari qoʻygan burchak triseksiyasi, kubni ikkilash, doira kvadraturasi, muntazam koʻpburchak yasash masalalari XIX asrga kelib oʻz yechimini topdi, mukammal va doʻst sonlar haqidagi muammolar esa hamon ochiqligicha qolmoqda. Ayniqsa, Arximed tadqiqotlarida yunon Matematikasi oʻz davridan juda ilgarilab ketgan — u integral hisob, ogʻirlik markazi gʻoyalarini qoʻllagan. Yunon olimlari trigonometriyaga oid dastlabki maʼlumotlarga ham ega boʻlganlar (Gipparx, Ptolemey), Diofantning Arifmetika asarida sonlar nazariyasiga oid masalalar qaralgan.

Ayni paytda Matematika Qadimgi Xitoy va Hindistonda ham taraqqiy topdi. Toʻqqiz kitobli matematika nomli xitoy manbasida (miloddan avvalgi II-I asrlar) natural sonlardan kvadrat va kub ildiz chiqarish qoidalari berilgan. Keyinroq xitoy olimlari chiziqli tenglamalar sistemasi va chegirmalar nazariyasi bilan shu-gʻullanib, xususan, qoldiqlar haqidagi xitoy teoremasini topganlar. V asrda Szu Chun-chji π soni 3,1415926 bilan 3,1415927 oraligʻida boʻlishini koʻrsatgan.

Hindistonda Matematika Ariabhata (V asr), Brahmagupta (VII asr), Bxaskara (XII asr) ishlarida rivojlantirilgan. Hind Matematikasining olamshumul yutugʻi oʻnli sanoq sistemasi va 0 raqamining ixtiro qilinishidir. Shuningdek, hind olimlari manfiy sonlar va irratsional ifodalar bilan tanish boʻlganlar, geometriyada muhim natijalarni qoʻlga kiritganlar.

Yunon, xitoy va hind Matematikasi bir-biridan deyarli mustaqil holda mavjud boʻlgan. III-IV asrlarga kelib Yunonistonda fan inqirozga uchraydi, mavjud asarlar ham unutila boshlaydi. Yevropa sivilizatsiyasining bundan keyin to Uygʻonish davrigacha boʻlgan davri zulmat asrlari deb atalgan (A. Mets). VII asrda islom dini tarqalishi va Arab xalifaligi vujudga kelishi bilan fan hamda madaniyat yuksalishi uchun yangi sharoit tugʻildi. Horun ar Rashid davrida xalifalik poytaxti Bagʻdod yirik shaharga aylanib, bu yerga turli mintaqalardan olimlar kela boshlaydi. Ular dastlab yunon, suryoniy va hind tilidagi asarlarni arabchaga oʻgirish bilan shugʻullangan. Xuroson va Movarounnahr voliysi etib tayinlangan Horun ar Rashidning oʻgʻli Maʼmunning ilmparvarligi tufayli Marvga oʻrta Osiyolik olimlar yigʻila boshlaydi. 813-yilda xalifalikka oʻtirgan Maʼmun Marvdagi olimlar toʻgaragini Bagʻdodga olib ketadi va mashhur Bayt ul-hikma (Maʼmun akademiyasi)ga asos soladi. Bu ilmiy muassasaga Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy rahbarlik qilgani haqida maʼlumotlar saqlangan. Bayt ul-hikmada, shuningdek, Ahmad al-Fargʻoniy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Habash Hosib al-Marvaziy, Muso ibn Shokir oʻgʻillari kabi koʻplab oʻrta Osiyolik olimlar faoliyat koʻrsatgani bu oʻlkada arablar istilosiga qadar ham fan rivojlanganligi, xususan, yosh iqtidorli olimlar chiqishi uchun qulay muhit mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.

IX asrdan fan tarixi Musulmon renessansi deb nomlangan yangi yuksalish davriga kiradi. Bayt ul-xikmada Yunoniston, Hindiston, Xorazm va Xitoyda jamg'arilgan bilimlar sintez qilinib, Matematika izchil rivojlantirila boshlandi. Xorazmiy tarqoq bilimlarni tartibga keltirib, algebraga asos soladi. Uning oʻnli sanoq sistemasi bayon qilingan asari tufayli bu qulay hisoblash vositasi dunyoga yoyildi. Asarlari oʻqimishli boʻlishi uchun Xorazmiy aniq va loʻnda bayon uslubini qoʻllagan. Shu tufayli uning asarlari keng tarqalgan. Xorazmiy uslubi yevropalik tarjimonlar tomonidan muallif nomi bilan algoritm deb atalgan.

Musulmon Sharqi olimlari geometriyani ham rivojlantirgan (Sobit ibn Qurra, Abulvafo, Umar Xayyom), trigonometriyaga fan sifatida asos solganlar (Ibn al-Xaysam, Beruniy, Tusiy), xususan, Ahmad al-Fargʻoniy tomonidan Ptolemeyning stereografik proyeksiya haqidagi teoremasining isbotlanishi Bagʻdod akademiyasida geometriya chuqur oʻrganilganini koʻrsatdi. Arab tilida ijod qilgan matematiklarning uchinchi va toʻrtinchi darajali tenglamalarni geometrik usulda yechish yoʻllari keyinchalik analitik geometriya yaratilishiga turtki boʻlgan.

Matematika rivojlanishida Xorazm Maʼmun akademiyasi (Ibn Iroq, Beruniy) ham muhim rol oʻynagan. Sharq Matematikasi rivojining choʻqqisi esa Samarqand ilmiy maktabi davriga toʻgʻri keladi. Ulugʻbek va uning rahbarligidagi olimlar (Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Qushchi, Miram Chalabiy, Husayn Birjaniy va boshqalar) ulkan rasadxona qurish, yulduzlar koordinatalari va sayyoralar harakatini katta aniqlikda kuzatish ishlari bilan birga kuzatuv natijalari bo'yicha yoritqichlarning sferik koordinatalarini hisoblash usullarini, interpolyasiya formulalari, keyinchalik Gorner sxemasi deb atalgan usulni hamda ketma-ket yaqinlashishlar usulini ishlab chiqadilar. Ulugʻbekning Ziji jadidi Koʻragoniy asaridan oʻta aniqlikdagi trigonometrik funksiyalar jadvallari ham oʻrin olgan.

Ulkan hajmdagi hisoblash ishlarini bajarish uchun Ulugʻbek rasadxonasi qoshida maxsus guruh — oʻziga xos hisoblash markazi tuzilgan. Bunda masalan, x = sin G ni aniqlash uchun avval geometrik usul bilan sin 3° hisoblangan, soʻngra sin3a = 3sinacos2a — sin3a formula asosida x3-45xf0,785039343364006=0 tenglama tuzilib, sinG=0,0174524066437283571 qiymati topilgan. Koshiy aylanaga muntazam 3-228 burchak chizish yoʻli bilan j sonini verguldan soʻng 17 xona aniqlikda hisoblagan.

XVI asrdan Sharqda fan inqiroz sari yuz tutdi. Islom dunyosi olimlarining asarlari X-XII asrlardan Yevropaga tarqalib, tarjima qilina boshlangan va Matematikaning XVI asrdan jadal rivojlanish yoʻliga kirishi uchun zamin hozirlagan. Jumladan, al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy asarlari Ispaniya va Italiya orqali, Ulugʻbekning Ziji jadidi Koʻragoniy asari Istanbul orqali Yevropaga kirib borgan. Bu asarlar taʼsirida Italiyada Matematikaga qiziqish kuchaydi (L. Fibonachchi, L. Pacholi, N. Tartalya). Arifmetik amallar qatoridan daraja, ildiz va logarifm oʻrin egallaydi. Uchinchi va to'rtinchi darajali tenglamalarning ildizlari haqiqiy boʻlsada, manfiy sondan kvadrat ildiz vositasidagina yechish mumkinligi kompleks sonlarga ehtiyoj tugʻdiradi.

XVII asrdan Matematika tarixining J. Vallis, I. Kepler, R. Dekart, B. Kavalyeri, P. Ferma, F. Viyet va boshqa Paskal nomlari bilan bogʻliq yangi davri boshlanadi. Matematik belgilashlar keng joriy etiladi. Bu, oʻz navbatida, Matematika rivojiga ijobiy taʼsir etadi, analitik geometriya, proyektiv geometriya, ehtimollar nazariyasi va sonlar nazariyasiga asos soladi. Birin-ketin ochila boshlagan universitetlarda Matematika asosiy predmetga aylanadi.

Bu davrda fransuz olimi M. Mersenn orqali dunyo olimlari oʻrtasida olib borilgan oʻzaro yozishmalar tufayli dastlabki xalqaro matematiklar jamoasi vujudga keldi, ular oʻrtasida ilmiy musobaqa muhiti kuchaydi, natijada yangi obʼyektlar (chiziqlar va tenglamalar) tadqiqotga tortildi, ekstremum topish, urinma yasash, yuzlarni hisoblash, kombinatorikaga oid yangi masalalar qoʻyish rayem boʻldi, funksiyalar, yaʼni oʻzgarishi bir-biri bilan bogʻliq kattaliklar bilan ishlashga toʻgʻri kela boshladi. Bunday masalalarni yechishda elementar usullar yetishmagani uchun cheksiz marta takrorlanadigan amallarga murojaat eta boshladilar. B. Kavalyeri aylanma jismlar hajmini hisoblashda boʻlinmaslar usulini qoʻlladi, F. Viyet ayniyatni, J. Vallis 12.32.52.72,. tenglikni, N. Merkator formulani topdi. I. Barrou egri chiziqli temperaturapetsiya yuzi bilan urinmaning oʻzgarishi orasidagi munosabatni payqadi. XVII asr oxirida bu yoʻnalishdagi izlanishlar differensial va integral hisob yaratilishiga olib keladi. G. Leybnits yangi hisobga cheksiz kichik kattaliklar tushunchasini asos qilib oldi — bunday kattaliklar oʻz holicha aniq maʼnoga ega boʻlmasada, ularning nisbatlari va cheksiz yigʻindilari tayin qiymatlarga teng chiqar edi. Leybnits bu usul bilan geometriyaning avvaldan yechilmay kelgan koʻplab muammolarini hal etish mumkinligini koʻrsatdi (1782—86 yy.).

I. Nyuton differensial va integral hisob gʻoyasiga boshqa tomondan — mexanika masalalari orqali yondashdi. Bu yerda ham ahvol geometriyaga oʻxshash edi: tekis harakatlarni oʻrgangan G. Galiley uchun elementar geometriya ki-foya qilgan boʻlsa, murakkabroq harakatlar murakkabroq chiziqlarni tekshirishni talab etar edi. I. Nyuton 1669 yilda bu mavzudagi tadqiqotlari jamlangan Flyuksiyalar metodi nomli asarini I. Barrou va J. Kollinzga taqdim etgan, lekin u 1736 yilda nashr etilgan.

Bu davrda Parij, Berlin, Peterburg akademiyalari va Kembrij unti yirik fan markazlariga aylangani, dastlabki ilmiy jur.lar nashr etila boshlagani M. taraqqiyotini jadallashtirdi. Proyektiv geometriya, ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra va sonlar nazariyasi rivoj topdi, kompleks sonlar keng qoʻllanib, kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar oʻrganila boshladi.

K. F. Gauss l darajali koʻphad kompleks sonlar maydonida pta chiziqli koʻpaytuvchiga ajralishini (algebraning asosiy teoremasini) bekamu koʻst isbotladi. Bir necha asr davomida 5 darajali tenglamani yechish masalasi matematiklarni bezovta qilib kelgan edi. P. Ruffini va N. Abel bu tenglama ildizini uning koeffitsiyentlari orqali toʻrt arifmetik amal hamda ildiz chiqarish orqali ifodalash mumkin emasligini asosladilar. E. Galua esa Lagranj, Lejandr gʻoyalarini davom ettirib, algebraik tenglama ana shu maʼnoda yechilishechilmasligi masalasi iLdizlarining simmetrik funksiyalari tenglamaning koeffitsiyentlari orqali ifodalanishiga bogʻliq boʻlishini koʻrsatdi. Bu yerda Galua birinchi marta simmetriyaning oʻlchovi vazifasini bajaradigan gruppa tushunchasini qoʻlladi. Bundan avvalroq shunga yaqin gʻoya asosida Gauss sirkul va chizgʻich yordamida muntazam koʻpburchak yasash muammosini hal qilgan edi. Galua gʻoyalaridan hosil boʻlgan maydonlar nazariyasi bunday yasashlar masalasini umumiy holda hal qilish im-konini berdi.

Gauss va Galua gʻoyalari taʼsirida avval mustaqil rivojlangan sohalarning bir-biriga aralashuvi boshlandi: kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar differensial tenglamalar va sonlar nazariyasiga, algebra — sonlar nazariyasi va kristallografiyaga tatbiq etildi. Ayniqsa, Kleyn har bir almashtirishlar guruppasiga alohida geometriya mos kelishi asoslangan, fan tarixiga Erlangen dasturi nomi bilan kirgan maʼruzasidan soʻng matematik krnuniyatlarning tagida yotuvchi tub tamoyillar ochila boshladi.

Ayni paytda M.ning ildizlari ham oʻsdi. Evklid zamonidan rayem boʻlib kelgan tasdiqlarni qatʼiy isbotlash prinsipi ortga chekindi. Differensial va integral hisobni asoslamay qoʻllash, ayniqsa, cheksiz amallar bilan erkin muomala qilish paradokslar, anglashilmovchiliklar keltirib chiqardi. Mac, I— I + 1 — 1 + 1 — ... yigʻindining qiymati amallarni bajarish tartibiga qarab 0, 1 yoki S ga tengchiqar, log (— I)2 = logl2 tenglikka log a = nloga formulani qoʻllab boʻlmas edi va h. k. Uzoq vaqt differensial, cheksiz kichik tushunchalari taʼrifeiz qoʻllanilib kelindi, funksiya, uzluksiz deganda nimani tushunish lozimligi ham munozaraga sabab boʻldi.

Ammo M. asoslariga chuqurroq kirishilgani sayin muammolar ham oʻtkirlashib bordi — 20-asrning boshlari M. tarixidagi eng chuqur inqirozga toʻqnash keldi — M.ning asoslarida chuqur ziddiyatlar ochila boshladi (Burali — Forti, Rassel, Rishar, Grelling paradokslari). Ularni yengib oʻtish yoʻlidagi urinishlar natijasida toʻplamlar nazariyasining aksiomatik nazariyasi yaratildi (Sermelo, Frenkel, Bernays, J. Fon Neyman) va M. binosi yaxlit mukammal loyiha asosiga qurilgani haqidagi Hilbert tasavvuri qayta tiklandi.

Garchi bu tabiatan tashkiliy inqiroz hali toʻliq yengib oʻtilmagan boʻlsada, 20-asr nihoyasida M.da yangi koʻtarilish yuz berdi, xususan, Fermaning katta teoremasi isbotlandi (E. Uayls), M.ning bir-biridan yiroq sohalari oʻrtasida chuqur aloqalar ochila boshladi. M. sohasida taʼsis etilgan xalqaro Fields medaliga sazovor boʻlgan ishlarning koʻpchiligi M.ning bir-biridan mustaqil uch-toʻrt sohasiga oid tushuncha va usullar qoʻllanib olingan natijalar ekani M. — yaxlit fan degan konsepsiyaga qaytadan jon bagʻishladi. AQSH lik matematik D. Knut tomonidan universal Tex matn muharriri ishlab chiqilishi va elektron aloqa vujudga kelishi 21-asrda M. rivojlanishi uchun yangi ufklarni ochib bermoqda. Bugun P. Dirakning quyidagi ramziy taʼrifi yana ham oʻrinliroq: M. bu — istalgan tabiatli abstrakt tu-shunchalar bilan ishlash uchun maxsus moslashgan quroldir. Bu borada uning qudratiga cheku chegara yoʻq.

Oʻrta asrlarda hozirgi Oʻzbekiston hududi va uning atrofidagi mintaqada yuksalishga erishgan M. fani taraqqi-yoti 16-asrdan toʻxtab qoldi. 20-asrning 2-choragidan bu sohada yangi yuksalish davri boshlandi. 1918 yilda tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi birinchi universitet (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) da V. I. Romanovskiy M. professori boʻldi. Sharqona milliy qadriyatlarni chuqur hurmat qilgan, oʻzbek tilini oʻrgangan prof. iqtidorli yoshlardan professional matematiklar yetishtirishga kirishdi va Toshkent ehtimollar nazariyasi va matematik statistika maktabiga asos soldi. Bu maktabdan T. A. Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov, T. Azlarov, Sh. Farmonov kabi yuzdan ortiq mutaxassislar yetishib chikdi. Xalqaro Bernulli jamiyatining I kongressi Toshkentda oʻtkazilgani (1986 yil) bu sohada Oʻzbekistonda olib borilayotgan tadqiqotlarning xalqaro miqyosda tan olinishi natijasidir.

Metodologiyasi: Puankare A., O nauke, M., 1990; Klayn M., Matematika. Utrata opredelyonnosti, M., 1984; Klayn M., Matematika. Poisk istini, M., 1988; Matematicheskoye modelirovaniye, M., 1979; M. tarixi, toʻplamlar, T. 2000; Froydental G., Matematika kak pedagogicheskaya zadacha, Chasti 1 i 2, M., 1982-83.

Matemátika (yunoncha μάθημα - bilim, μαθηματικός - bilimni o`rganish) — sonlar, strukturalar, fazolar hamda oʻzgarishlarni tadqiq etuvchi fan. Avvalboshda matematika hisoblash, oʻlchash, shuningdek fizik jismlar tabiatini deduktiv oʻrganish uchun qoʻllanilgan.

Bundan tashqari matematika matematik bilimlarning samarali uzatilishi uchun rasmiy til taklif etadi. Shuning uchun matematika tabiiy fanlar, iqtisodiyot, modellashtirishda eng muhim vositalardan biridir.

Matematika, uslublarning absolyut aniqligi va natijalarning xatosizligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Uning shu xususiyatlari boshqa barcha fanlardan yaqqol ajratib turadi.

Eng qadimgi matematikaga oid qoʻlyozmalar miloddan avvalgi VI-asrda Yunonistonda Yevklid tomonidan yozib qoldiralgan.

Keng jamoatchilikda doirasida elementar metemetikakadan foydalaniladi. Qaysiki, uning yozdamida sonlar ustida amallar, amaliy masalalar, oddiy tenglamalar va geometrik obyektlar oʻrganiladi. Fizika, kimyo, informatika, iqtisodiyot va xok. sohalarda odatda amaliy matemetika qoʻllaniladi. Sof matemetikaning oʻzi faqatgina mavhum abstrakt tushunchalarni oʻrganib, haqiqiy hayotda amalda mavjud emas. Sof matematikaning baʼzi bir yoʻnalishlari falsafa va mantiq chegaralari bilan chambarchas bogʻliq.

Boshqa fanlarga nisbatan matematika, abstraktsiyaning eng yuqori oʻlchamdaligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati fanlar podshoxi deyilishiga sababdir. Matematik bilimlarning nihoyatda mantiqiyligi, inson ongining boshlangʻich aqli yetmasligini namoyish etadi. Matemetik isbotlash xossa va tasdiqlarni haqiqiyligini belgilovchi eng ishonchli uslubdir.

XX-XXI asr zamonaviy matematikasi uchun eng yuqori aniqlik darajasiga erishish bu masalani toʻliq umumiylashtirishdir. Agar koʻrilayotgan boshlangʻich masalalarga isbot talab qilinmasa (aksioma), unda umumiylashtirish yordamida isbotni keltirib chiqarish mumkin.

 
Matematika tarixdan ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Yaʼni birinchi abstrakt matematik tushuncha bu – natural son. Matemetikaning keng koʻlamda rivoj topishi antik Yunonistonda geometriyadagi katta yutugʻlar bilan belgilanadi. Matematikaning paydo boʻlishida har xil savdo-sotiq, yer taqsimlash, qurilishlar va vaqtni oʻlchash kabi amaliy masalalarni hal qilish, yechish katta ahamiyat kasb etgan.

Matematikaning rivojlanishida oʻrta asrlardagi islom dunyosining alohida oʻz oʻrni bor. U yunon matematikasidan farq qilgan holda, nisbatan koʻproq amaliy xarakterga ega boʻlgan. Matematika asosan savdo-sotiq, kasb-hunar, qurilish, geografiya, astronomiya va astrologiya, mexanika, optika va xok. yoʻnalishlarida keng qoʻllanilgan.

Islom dunyosining madaniy markazi Bog'dod hisoblanib, Bayt al-Hikmaga turli millat olim va ulamolar yigʻilishgan.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy (arab محمد بن موسى الخوارزمي) - (taxminan 780-850 yillarda yashagan) - mashhur O'rta Osiyolik  musulmon matematigi, astronomi, astrologi, geografi, hamda qomusiy olimidir. Ayrim manbalarga koʻra, u forsiy boʻlgan.

U, taxminan, 780-yilda Xorazmda (hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bogʻdoddagi Bayt al-Hikmada olim sifatida ishlab oʻtkazdi.

Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi algebra fanining otasi degan unvonga sazovor boʻldi. Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi.  Al-Xorazmiy Batlimusning Joʻgʻrofiya asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.

Koʻpchilik matematiklar oʻz sohasini estetik miqyosda yetakchi deb baholashadi. Haqiqatdan ham, koʻpchilik matematik isbotlar nodir hisoblanib, ularning natijalari esa go'zallik dir. Ularga misol qilib qoʻyidagilarni keltirish mumkin: Tpanstsendent soni, Eyler tenglamasi (eiπ + 1 = 0) va xok.




#Article 130: Kompyuter (1537 words)


Kompyuter (ing . computer — hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Birok, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng . EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981 yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh (Makintosh) yoki oddiygina maki deb ataladigan K. ni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga sichqon manipulyatori va printer kiritiladi. Sichqon ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish - ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

K. oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (qarang Kompyuter oʻyinlari). K.ning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostansiyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang Intranet, Internet, Kompyuter tarmogʻi).

Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo’lib, ular quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta’minoti.

Narxi qimmat hamda o’lchami katta EHMlarga ko’p sonli muhandislar va dasturchilar xizmat ko’rsatishgan. Bunday hisoblash mashinalarining oddiy inson xonadoniga kirib kelishi uchun narxini arzonlashtirish, o’lchamlarini kichiklashtirish, o’rnatilgan dastur asosida dasturchilarsiz mustaqil ishlatilishi mumkin bo’lgan holatga keltirish zarur bo’ldi. Bu rivojlanish shaxsiy kompyuter (PC – Personal Compyuter) atamasi bilan bog’langan.

Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.

Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o‘yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi «Apple Computer» firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.

Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ular­ning tashqi ko‘rinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (ya’ni apparatli ta’minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Har qanday kompyu­terning apparatli ta’minoti asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo’shimcha imkoniyatlar beradi.

Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo‘shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol bo‘ladi.

Sistema bloki, asosan, g’ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.

Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining o‘ramlari) yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko‘rsatadi: berilganlar (berilgan ma’lumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi. 

Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi. Ketma-ket port protsesordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko’p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo’lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.

Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat o’qish uchun xotira) mikrosxema ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, quvvat manbaiga bog’liq bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi. 

Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog‘lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. 

Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini  kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim o‘tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, ya‘ni o‘ta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida ko‘radigan bo‘lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o‘z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.

Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz­ryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo‘lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko‘rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessor­ning razryadlari soni uning bir vaqtning o‘zida baravariga ishlashi mumkin bo‘lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo‘llanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunlarda protsessorlarning ko’p yadroli turlari ishlatilmoqda. 

Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:

Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya’ni bir vaqtning o‘zida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.

Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o‘qish va bajarish, natijani yozib qo‘yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa­rishni amalga oshirish, ma’lumotlarni zarur joydan o‘qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi. 

Demak, protsessor berilgan dastur va zarur ma’lumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta’minlovchi qurilma ekan.

Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o‘chib ketadi. 

Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr – ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda «1» ni, zaryadlanmagan holatda «0» ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot  joylashadi (ya‘ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o‘z tartib raqamiga,  ya‘ni adresiga ega bo‘ladi. Uyachaning  sig‘imi mashina so‘zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so‘zining uzunligi baytlarda o‘lchanadi. Mashina so‘zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo‘lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so‘zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o‘z adresiga ega, u esa shu uya­chadagi boshlang‘ich bayt adresi bilan ifo­dalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov bo‘yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati mavjud.

Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo’lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko’rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.

Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o’z mikroprotsessoriga ega bo’lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o’zgartirish va chiqarishida diskret-analogli o’zgartirishni ta’minlaydi. 

Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata. Bu plata o’z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo’ladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch o‘lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko’p dasturlar va o‘yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig’imli video-kartalar bilangina ishlaydi.




#Article 131: Logistika (116 words)


Logistika - transport va mol, axborot oqimini yoʻlga qoyadigan, optimalshtiradigan va boshqaradigan soha.

Logistika (yun. logistike — hisoblash, muhokama sanʼati) — 1) matematik mantiq tushunchasining sinonimi; 2) B. Rassel va uning maktabi vakillarining asarlarida bayon etilgan matematik mantiq taraqqiyotidagi bosqichning nomi. Nazariy mat.ga qarama-qarshi qoʻyiladigan hisoblash va geometrik oʻlchovlar sanʼati qadimiy mat.da L.deb atalgan. G. V. Leybnits L. va matematik mantiq terminlarini oʻzi ishlab chiqqan xulosa chiqarishdagi hisobning sinonimi sifatida qoʻllagan. Uning gʻoyalari xoz. zamon matematik mantiqda oʻzining toʻliq ifodasini topgan. L. tushunchasi logistik metod (formal mantiqni formallashtirilgan tillar nazariyasi yordamida bayon etish usuli), logistik tizim (formal tizim) va boshqa maʼnolarni ham anglatadi. Logistikaning asl maqsadi kam xarajat qilib, ko`p foyda olish va yetarli natijaga erishishdir.




#Article 132: Isroil (1629 words)


Isroil (, ) — Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubisharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km. Aholisi soni 2016-yilgi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — Quddus shahri. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — Tel-Aviv shahri. Rasmiy tillari — ivrit va arabcha. BMTning 1947-yildagi qaroriga muvofiq

Isroil — respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948 yilgi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949 yilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950 yilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952 yilgi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958 yilgi Asosiy qonun va boshqa.

Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Moshe Katsav), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 yil muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.

Isroilning dengiz boʻyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi bal. 500–1000 m li plato boʻlib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor boti-gʻiga tik tushgan. Xula va Tiveriad koʻllari, Ulik dengiz, janubda Negev choʻli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan.

Iqlimi subtropik, janubda va soyliklarda chala choʻl va choʻl iqlimi. Yozi issiq (24—36°), qishi iliq (6—18°). Yillik yogʻin 100–800 mm. Shimoli-shar-qidan Iordan daryosining yuqori qismi oʻtadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi qoʻngʻir, togʻ boʻz-qoʻngʻir, boʻz, janubdagi choʻllarda boʻz-qoʻngʻir. Togʻlarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragʻay va b. usadi. Sirtlon, chiyaboʻri, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar koʻp. Qushlarning choʻl va dashtga xos turlari uchraydi.

Aholisining 82%i yahudiylar, 16%i arablar, qolgan qismi armanlar, druzlar. Isroil yaxudiylarining yarmidan koʻprogʻi boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlardir. Rasmiy til — ivrit va arab tillari. Koʻpchilik aholi yahudiylik, qolganlari musulmon va xristian dinida. Aholining 90%i shahar va shaharchalarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tel-Aviv, Xayfo, Quddus (gʻarbiy qismi), Ramat-Gan.

Isroil davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947 yil 29 noyabr qarori asosida tashkil topgan (1948 yil 14 may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948—49) davrida Isroil Falastin arab davlati uchun 1 Falastin qududi (Iordan daryo-sining Gʻarbiy so hili va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni Isroil poytaxti deb eʼlon qildi. Isroil bosib olgan hududdan taxminan 1 mln. arab quvgʻin qilindi.

Isroil — 1949 yildan BMT aʼzosi. OʻzR su-verenitetini 1991 yil 25 dekabrda tan oldi va 1992 yilda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001 yilda 26 aprelga toʻgʻri keldi).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Avoda (Mehnat) sotsialistik partiyasi, 1968 yilda tuzilgan; Likud (Ittifoq) partiyasi, 1973 yilda tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984 yilda tuzilgan; Mafdal milliy-diniy partiyasi, 1956 yilda tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Isra-el ba-Aliya (Isroil yuksalishda) partiyasi, 1996 yilda asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920 yilda tashkil etilgan.

IIsroil iqtisodiyotidaharbiy sanoat asosiy oʻrinni egallaydi, u tash-qi moliyaviy manbalarga, ayniqsa AQSH va Yevropa Ittifoqi yordamiga juda karam. I. sanoati ilmfan yutuqlariga asoslangan tarmoklar — tibbiy elektronika, aloqa vositalari, kompyuterlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Metall ishlash, mashinasozlik (jumladan, samolyotsozlik, kemasozlik, ay-niqsa ularning harbiy turlari), elektrotexnika, elektronika, kimyo sanoati, olmosni qayta ishlash ham rivojlangan. Yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik kabi tarmoklari mavjud. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik, ne-ftni qayta ishlash, binokorlik mate-riallari sanoati rivoj topgan. Bir oz miqdorda kaliy va toshtuz, mis va temir rudalar, neft qazib olinadi. Energetika, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo negiziga qurilgan. Asosiy sanoat markazlari — Tel-Aviv, Xayfo.

Isroil — rivojlangan indust-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 21%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3%ni tashkil etadi.

Ekinzorlarning aksar qismi davlatga va Yahudiy milliy jamgʻarmasiga qarashli boʻlib, bu yerlar kibutsa, moshava deb atalgan qishloq xoʻjaligi shirkatlariga ijaraga beriladi. Yer maydonlarining 20% dan koʻprogʻi ishlanadi, uning 40% dan or-tigʻi sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tar-mogʻi — dehqonchilik. Eksport uchun, asosan, sitrus mevalar yetishtiriladi (yiliga 1,5 mln. tonna), bular boshqa mevalar bilan birga qishloq xoʻjaligi mahsuloti asosiy qiymatining 30% ni tashkil etadi. Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, texnika ekinlaridan paxta, qand lavlagi, zaytun va b. ekiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik bilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki, shuningdek, parranda boqiladi. Baliqchilik qam rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mamlakat ehti-yojlarini qondirmaydi.

Asosan, avtomobil transporti rivojlangan, avtomobil yoʻllarining uz. — 13 mingkm. Temir yoʻl uzunligi — 890 km. Dengiz savdo floti muhim oʻrin tutadi. Dengiz portlari: Xay-fo, Ashdod, Eylat. Tel-Aviv yaqinida xalqaro aeroport bor. Bir necha neft quvurlari boʻlib, ular orqali Qizil dengiz sohilidan Oʻrta dengiz portlariga neft oqiziladi.

Isroil chetga qishloq xoʻjaligi va mashinasozlik mahsulotlari, tarashlangan olmos, maʼdanli oʻgʻit, kimyoviy moddalar, qurolyarogʻ chiqaradi. Chetdan mashina va asbobus-kuna, tarashlanmagan olmos, neft, kimyoviy mahsulotlar, transport vositalari oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi — shekel.

Aholi sogʻligʻini saqlash yuqori darajada. Davlat tibbiyot muassasalari bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar uch oliy oʻquv yurtining tibbiyot fakultetlarida tay-yorlanadi.

Isroilda yahudiylar va arablar uchun alohida-alohida maktablar bor. Davlat maktablaridan tashqari xususiy oʻquv yurtlari ham boʻlib, ularning bir qismi diniy tashkilotlar mablagʻi hisobiga ishlaydi. 1969 yildan 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil Oʻrta maktab — 6 yillik (3 yillik quyi va 3 yillik yuqori maktab). Isroilda 5 universitet va 17 institut bor. Eng yiriklari: Quddusdagi yahudiy universiteti (1918), Tel-Aviv universiteti (1953), Xay-fodagi universitet va Texnologiya instituti (Texnikoy, 1912). Isroil Tabiiy va ijtimoiy Fanlar akademiyasi (1961) ishlaydi. Yirik kutubxonalari: Yahudiy milliy kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari. Isroil davlat arxivi bor. Muzeylari: Isroil milliy muzeyi (1965), Tiberiasdagi munitsipal osori atiqa muzeyi, Tel-Avivdagi Gaarets muzeyi, Xayfodagi zamonaviy sanʼat muzeyi va hokazo

Isroilda 400 dan ortiq gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: Gaa-rets (Mamlakat, kundalik gazeta, 1918 yildan), Gamodiya (Xabarchi, kundalik gazeta, 1950 yildan), Gatsofe (Sharhchi, kundalik gazeta, 1938 yildan), Yediot axronot (Soʻnggi yangiliklar, kundalik kechki gazeta, 1939 yildan), Ma-ariv (Oqshom, kundalik kechki gazeta, 1948 yildan). Ivrit tilida chiqadigan yuqoridagi gaz.lardan tashqari ingliz tilida kundalik Djeruzalem post (Quddus pochtasi, 1932 yildan) va arab tilida Al-Ittihod (Ittifoq, 1944 yildan) gaz.lari nashr etiladi. Quddusda Isroil telegraf agentligi va Tel-Avivda Isroil axborot agentligi ishlaydi. Isroil radioeshittirish boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, radio va televideniyeni boshqaradi, 1948 yilda tuzilgan.

Adabiyoti qad. Sharq adabiyotida qad. yahudiy adabiyoti alohida oʻrin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Qad. yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar (yil Agnon, A. Shlyon-skiy, L. Goldberg, X. Byalik va boshqalar) Isroil tashkil topishidan ancha avval Falas-tinga koʻchib kelgan va 1948 yildan key-in ham ijodini davom ettirgan. Ay-niqsa, Nobel mukofoti laureati (1966) Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi bilan eʼtiborni tortadi. 50-yillarda Falastinda oʻsib voyaga yetgan adiblar guruhi — Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izhar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oʻz asarlarida ijtimoiy muam-molarni oʻrtaga qoʻydilar. 60-yillarda Gʻarbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi taʼsiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amots, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi koʻpgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. Isroil Zrubavel, M. Man, I. Papernikov, P. Binetskiy va b. idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar — Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar — Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va b. mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mav-zu qilib olganlar.

Isroil hududida turli tarixiy davrlarga mansub koʻpgina meʼmorlik va sanʼat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileydamil.av. 10—8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertoʻlalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil.av. 4ming yillikka oid koʻhna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Lahish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan oʻtkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gʻishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari (mil. av. 11-asr oxiri — 6-asr boshlari) davridan qolgan ogʻilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning harobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalari — uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oʻyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri (mil. av. 1-asr — mil. 4-asr) Rim badiiy madaniyatiga xos boʻlgan koʻpgina yodgorliklarni qoldirgan (Beysandagi Dionis ibodatxonasi, Beysan va Sezardagi teatrlar, Sezar va Askalondagi osma kuvurlar, jamo-at va turar joy binolari). Qabr ustiga qoʻyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saklangan. Vizantiya davridan bazilika (Bet-Alfadagi sinagogda koshinkori tasviridagi muchal aylanasi, qator bibliya sahnasi, qurbonlik marosimi tasvirlari va boshqalar), monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qalʼa, qoʻrgʻonlar, istehkomlar qolgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yahudiylarning Falastinga koʻchib kela boshlashi bilan Isroilning zamonaviy meʼmorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan koʻchib kelgan yahudiylar har xil badiiy va meʼmoriy maktab hamda yoʻnalish anʼanalarini olib keldi.

Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati (xalq qoʻshiqlari, raqslar, musiqa joʻrligidagi marosim va urf-odatlar), shuningdek koʻchib kelgan yahudiylarning anʼanalari asosida rivojlangan. 1948 yildan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. Isroil filarmoniyasi, milliy opera va Inbal musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950 yillardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi (M. Lavri, E. Partosh, P. Benxaim, M. Avid va boshqalar).

Isroilda kino ishlab chiqarish 1950 yilda boshlandi. Shu yili rejissyor A. Amar Sulh badiiy filmini yaratdi. 1954 yilda milliy kinematografiyani ragbatlantirish haqida qonun qabul qilinib, kinoteatrlarda albatta I. filmlarini koʻrsatish joriy etildi. Yodingda tut (rej. F. Artvis) badiiy filmi va Salax Shabati hajviy komediyasi (ikkalasi 1964 yilda yaratilgan) ayniqsa diqqatga sazovor. Keyingi yillarda musiqiy filmlar, komediyalar, josuslik va jangari filmlar yaratildi. Savdo va sanoat vazirligi xuzurida kino markazi tashkil etilgan. Tel-Avivda ikkita, Quddusda bitta kinostudiya bor.

BMT qaroriga koʻra ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan Yaqin Sharqdagi davlat. Poytaxti yerusalim-quddus emas shahri. Aholisi asosan yahudiy millatiga mansub insonlar. Aholisining beshdan bir qismini arablar tashkil etadi.




#Article 133: Falastin (638 words)


Falastin ndash; Yaqin sharqdagi arab davlati.

Yahudiylar Falastin arablarini o'z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o'tishga majbur bo'ldi. Misr, Suriya, Livan, Iordan va Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur bo'ldilar.
Dunyo sionistik tashkilotlari ko'rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga to'lagan 1 mlrd. $ dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH ko'rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy o'lka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud.

Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo'lan tepaligini, Iordan esa Iordan daryosining g'arbiy qirg'og'ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo'liga o'tdi. G'azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo'lishi kerak bo'igan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. 

Isroil ittifoqchilari katta miqdorda yordam ko'rsatishni davom ettirdilar. 1969—1979-yillar oralig'idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd. dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi.
Arab davlatlari ham o'zlarining harbiy salohiyatiarini mustahkamlash choralarini ko'rdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi.

Isroilning og'ir ahvolga solib qo'yilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obro'sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi.

Falastin bayrog'i BMTda alohida mamlakat timsoli sifatida hilpirab turibdi. Mahmud Abbos boshliq davlat bu organ tomonidan tan olindi. 

Isroil bilan tinchlik jarayonining cho’zilganidan xafsalasi pir Falastin o’tgan yil noyabrida BMT Xavfsizlik Kengashi qo’mitasiga uni to’liq a’zo sifatida qabul qilish to’g’risida ariza topshirgan edi. Ammo ish qo’mitadan nariga o’tmadi.

Bu hafta muxtoriyat boshqa yo’ldan borishga qaror qildi. Bugun Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kuni ekan, muxtoriyat prezidenti Mahmud Abbos Bosh Assambleyada nutq so’zlab, a’zo davlatlardan assambleyada kuzatuvchi maqomiga ega Falastinni qo’llab-quvvatlashni so’radi.

So’ng uni davlat maqomiga ega bo’lmagan a’zo sifatida qabul qilish borasida ovoz berish jarayoni o’tkazildi. Assambleyadagi 193 davlatdan 138 tasi ijobiy javob berdi. 

Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansurning aytishicha, hujjatga 60 davlat homiylik qildi. 

Falastinning BMTdagi maqomini oshirish taklifini, asosan, rivojlanayotgan davlatlar qo’llab-quvvatladi. Yevropaning ayrim davlatlari ham hujjatni yoqladi. Ba’zilari, masalan, Britaniya betaraf, AQSh va Isroil esa qarshi ovoz berdi.

Jorj Vashington universitetida siyosatshunoslik professori Edmund Garib masalaning Falastin uchun ijobiy tomonlarini tushuntiradi.

Maqom oshishi bilan Falastinning BMT doirasidagi xalqaro bitimlarga va tashkilotlarga qo’shilishiga imkon yaratiladi. Masalan, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti va, eng muhimi, Xalqaro jinoiy sudga.

Agar Xalqaro jinoiy sud Falastinni qabul qilsa, muxtoriyat undan Isroilning Falastin hududlaridagi harakatlarini tergov qilishni so’rashi mumkin bo’ladi.

Biroq, deydi ayrim kuzatuvchilar, Falastinning Bosh Assambleyadagi maqomining oshishi salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

Qo’shma Shtatlar bu ishga qarshi va davlatchilikka erishishning yagona yo’li Isroil bilan muzokara, deb keladi. Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nulandning aytishicha, Davlat kotibi Xillari Klinton muxtoriyat prezidenti Mahmud Abbos bilan o’tgan hafta gaplashib, Vashington fikri o’zgarmasligini aytgan.

Qo’shma Shtatlar 2012-yilda Falastin uchun yordam tariqasida 500 million dollar ajratgan.

Endi bu va boshqa yordam to’xtashi mumkin, deydi Nyu-York universiteti dekani Vera Jelinek.

Bu esa joriy yilgi byudjetda 1,5 milliard dollarlik kamomadga yuz tutgan Falastinni yanada qiynab qo’yishi mumkin.

Siyosiy tahlilchi Garibning aytishicha, Falastin qisqa muddatda iqtisodiy tomondan zarar ko’rishi aniq, AQSh va Isroil bilan yoqalashishi ham mumkin, ammo bundan boshqa chora yo’q.

Tahlilchilar nazarida Falastinning BMT Bosh Assambleyasida a’zolikni qo’lga kiritishi AQSh va Isroil da’vo qilganidek, Yaqin Sharq tinchlik jarayoniga putur yetkazmaydi. Jarayonning muzlab qolganiga usiz ham bir yildan oshdi.
Falastin va boshqalar jazoga tortilishi mumkin. Masalan, YUNESKO Falastinni o’z safiga qabul qilgani uchun AQSh pulidan ayrildi.

Edmund Garibning aytishicha, AQSh, Isroil va boshqalar, aksincha, haqiqiy mojaroga yo’l qo’ymaslik uchun jarayonni jonlantirishga majbur bo’ladi.

Tahlilchi Jelinek nazarida ham xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Falastin bilan Isroil hisoblashmay iloji yo’q.

Doimiy a’zolarining veto huquqi sabab ba’zi rezolyutsiyalarni o’tkazmaydigan Xavfsizlik Kengashidan farqli o’laroq, Bosh Assambleyada hujjatni qabul qilish uchun ko’pchilikning unga ovoz berishi kifoya.

Bu hafta Rossiya, Xitoy, Fransiya, Ispaniya, Daniya, Shveysariya kabi yetakchi davlatlar rezolyutsiyani qo’llab-quvvatlashini bildirdi.




#Article 134: Allergiya (295 words)


Allergiya (yunoncha αλλεργία – begonaga ta’sir) – organizmning spetsifik holati, allergen ta’sirida yuzaga keladi. Bunda shu organizm shu allergenga sezgir boʻladi. Gipersezgirlikning tez yoki sekin turlari koʻrinadi. Idiosinkraziyadan antitelolar paydo boʻlishi bilan farqlanadi.

Allergiya (yun. allos – boshqa, o‘zga, begona va ergon – ta’sir) – kishi organizmida tashqaridan ta’sir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega bo‘lgan har xil yot moddalarga nisbatan paydo bo‘ladigan o‘ziga xos reaksiya. Allergenga nisbatan javob raksiyasi darhol yoki asta-sekin o‘ta sezuvchanlik ko‘rsatish 352orqali sodir bo‘ladi. Allergen orga-nizmga tushganida unga javoban haqiqiy va soxta (psevdoallergik) allergik reak-siyalar paydo bo‘lishi mumkin. Haqiqiy allergik reaksiya boshlanishidan oldin ma’lum bir davr o‘tib, bunda organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibi-lizatsiya deb ataladi. Sensibilizatsiya yuzaga kelishi organizmda unga birinchi bor tushgan allergenga javoban alohida oqsil moddalar – antitelolar yoki o‘sha allergen bilan o‘zaro ta’sir qila oladigan limfotsitlar paydo bo‘lishiga bog‘liq. Shungacha allergen organizmdan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, hech qanday kasallik alomati ko‘zga tashlanmaydi. Agar aller-gen chiqib ketmagan bo‘lsa yoki chiqib ket-ganidan keyin organizmga takror tush-sa, bunda u yukrridagi antitelolar yoki limfotsitlar bilan o‘zaro ta’sirlashib, A.ga sabab bo‘ladi. Natijada bir qancha biokimyoviy jarayonlar boshlanib, gista-min, serotonin kabi talaygina moddalar ishlanib chiqib, hujayralar, to‘qimalar va a’zolarni zararlantiradi, shu tarika maxsus, ya’ni ilgari organizmga ta’sir qilgan allergenga javoban reaksiya ro‘y berib, allergik kasallik paydo bo‘ladi. Soxta reaksiyalar organizm allergenga birinchi bor duch kelganida boshla-naveradi. Bunda sensibilizatsiya davri bo‘lmaydi. Organizmga tushgan allergenning o‘zi hujayra, to‘qima va a’zolarni zararlantiradigan moddalarni paydo qiladi. Soxta reaksiyalar ko‘pincha dori-darmonlar va oziq-ovqatlarga nisbatan ro‘y beradi.Organizm allergenga duch kelganida hamisha ham A. paydo bo‘lavermaydi. Bunda irsiyat, nerv va endokrin sistemalar ahvoli muhim ahamiyatga ega, chunki kasalikka asosan bu sistemalar funksi-yasining buzilishi, og‘ir ruhiy kechinmalar sabab bo‘ladi. A.ning oldini olish sensibillovchi ta’sirga ega bo‘lgan mod-dalarning organizmga takror kirishiga va organizm himoya reaksiyalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishdan iborat.




#Article 135: Turkiy tillar (1061 words)


Turkiy tillar — hozirgi va qadimgi turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.

Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi.

Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungusmanjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qad. zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida krlmoqda.

Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan.

Sharqiy Osiyo, Jan. va Gʻarbiy Sibir, VolgaKama havzasi, Shim. Kavkaz, Zakavkazye va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qad.dan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-asr oxiri va 20-asrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilmaxildir. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Mas., V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shim.sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); o l toy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyiuraloldi (tatar va boshqird tillari); oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari); jan.gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalklar va tillarning tarixiy tarakane™ hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan. V.V.Radlov tomonidan Turkiy tillar quyidagicha tasnif qilingan: sharqiy guruh (Oltoy, Ob, Yenisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va laqjalari, karagas, xakas, shor va tuva tillari); gʻarbiy guruh (Gʻarbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); oʻrta osiyo guruhi (oʻzbek va uygʻur tillari); jan. guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrimtatar tillari). Bu tasnifga Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan boʻlsada, baʼzi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida Turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda Turkiy tillarning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N.A.Baskakov tomonidan taklif etilgan va u kupchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan.

Turkiy tillar oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun gʻam chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.

Turkiy tillar umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yukrridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozitsiyasi mavjud. Hozirgi Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar mik, dori bir xil emas. Unlilar miqdori baʼzi Turkiy tillarda (tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq boʻlsa, koʻpchiligida 8 ta (xoz. oʻzbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq yoʻq. Maxsus adabiyotlarda undoshlar miqdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Baʼzi Turkiy tillarda suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, d) qoʻllanadi; soʻz boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglyutinatsiya shakl va soʻz yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, grammatik jins turkumsi yuq, prefiks va old qoʻshimchalar mavjud emas (koʻmakchilar faol qoʻllanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap boʻlaklari oʻzining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bogʻlovchilar deyarli yoʻq (ularning aksariyati arab va fors tillaridan oʻzlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qoʻllanadi, ikki ot yoki otlashgan soʻzning birikuvidan hosil boʻlgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili soʻz birikmalari barcha Turkiy tillarda uchraydi. Soʻz yasalishi, asosan, affiksatsiyadan iborat, shuningdek, soʻz hosil qilishning analitik va boshqa usullari ham bor.

Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7— 11-asrlarga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shim. Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va boshqa joylarda topilgan. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-asrdan hozirgigacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalkdarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-asrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929 yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-yillar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930 yilgacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 yillarda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991 yilda Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993 yilda Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. Turkiy tillarning oʻrganilishi haqida q. Turkiyshunoslik.




#Article 136: Armaniston (2233 words)


Armaniston Respublikasi (Hayastani Hanrapetutyun) – Zakavkazyening janubiy qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 3,277 mln (2012). kishi. Poytaxti – Yerevan shahri. Davlat tuzumi. Armaniston – Demokratik respublika. Davlat boshligʻi – Prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi – Millat majlisi (1995-yildan). Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi – Vazirlar Kengashi.

Armaniston – togʻli mamlakat, relyefi murakkab, past-baland. Hududining 90 % ga yaqini dengiz sathidan 1000 m dan baland. Yer yuzasining dengiz sathidan eng yuqori nuqtasi 4090 m (Aragats togʻi), eng past nuqtasi 350 m. Respublikaning Shimolva Shimolsharqida Kichik Kavkaz tizmasi, janubdaArmaniston yassitogʻligi bor. Togʻ tizmalari oraligʻida Pambak va Shiroq vodiylari, Sevan havzasi, Armanistonning janubiygʻarbida – togʻlar oraligʻida – Ararat tekisligi joylashgan. Armanistonda mis-molibden, mis kolchedani, polimetall rudalar, oltin, temir rudasi, nefelin boʻyoklari, bentonit gillari, tosh tuz konlari bor. Binokorlik materiallari (marmar, dolomit, tuf, pemza, obsidion, per-lit) zaxiralari anchagina. Respublika subtropik mintaqada joylashgan. Armaniston iqlimi xilma-xil. Tekislik va togʻ etaklarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, 26°, yanvarniki – 5°, yillik yogʻin miqdori 200 – 400 mm. Plato va togʻ yon bagʻirlarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°, 20°, yanvarniki – 4°, yillik yogʻin miqdori 500 mm. Janubi-sharq va Shimol-sharqda iqlimi quruq subtropik. Armanistonda eng yuqori temperatura 42° (Araks vodiysida), eng past temperatura – 46° (Shimol-gʻarbda). Qor qatlamining qalinligi 10 – 200 sm. Daryolarning koʻpi Araks daryosi irmoklaridir, faqat Armaniston Shimoldagi daryolar Kura daryo tizimiga kiradi. Armaniston daryolarida kema qatnay olmaydi. Daryolarning umumiy gidroenergiya zaxirasi 1700 ming kVt. Armanistonda yuzdan ortiq mayda koʻl bor. Eng kattasi – Sevan. Unda mashhur gulmohi (forel) baligʻi ovlanadi. Mingga yaqin mineral buloq bor. Ala xilma-xil tuproklar uchraydi; respublika maydonining yarmiga yaqini qora tuproqli. Togʻ etaklarida tikanli butalar, archa, tol, naʼmatak oʻsadi. Oʻrmon va butazorlar Armaniston hududining 12 % ni egallagan. Shimoli-sharqda buk, janubdadub va grab oʻrmonlari mavjud. Armanistonda umurtqali hayvonlarning 450 turi bor. Shundan 70 turi sut emizuvchilar, 300 turi parrandalar, 40 turi sudralib yuruvchilar, 23 turi baliqlardir. Qoʻriqxonalari: Dilijon. Xosrov va boshqalar Sevan milliy bogʻi bor..

Armanistonning asosiy aholisi – armanlar (3 mln.dan ortiq). Ruslar, kurdlar, gruzinlar, ukrainlar va boshqalar ham yashaydi. Aholining 69,5 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili – Arman tili. Dindorlar asosan xristian-monofisiylardir. Yirik shaharlari – Yerevan, Gyumri, Vanadzor.

Arxeologik qazishlar natijasida hozirgi Armaniston yerlarida quyi paleolitning shell va ashel davriga oid tosh qurollari topildi. Armaniston togʻ etaklarida toʻrtlamchi davrning birinchi yarmida ibtidoiy odamlar yashagan. Armanistonda neolit yodgorliklari, qishloq xoʻjalik va chorvachilikning dastlabki rivojidan dalolat beruvchi eneolit madaniyati ham ochilgan. 1956-yil Sevan koʻlining suvi quritilib, arxeologik qazish ishlari oʻtkazilganda miloddan avvalgi 2 minginchi yilga oid tarixiy yodgorliklar topildi. Urartu quldorlik davlati madaniyati (miloddan avvalgi 9-asr) temir davrining yodgorligidir. Arman xalqi qadimgi hay, arman, urart va boshqalar qabilalarning birlashuvidan paydo boʻlgan. miloddan avvalgi 6-asrda arman qabilalari Urartu davlati yerlarini egallagan. miloddan avvalgi 6-asr oxirlarida Armaniston Eron Axomaniylar davlati tar-kibiga kirgan. Makedoniyalik Aleksandr Eron davlatini tor-mor keltirgach, Armaniston yerlari ham uning imperiyasiga qoʻshildi. miloddan avvalgi 4-asr oxirlarida Kichik Armanistonda va Ararat vodiysida mustaqil arman podsholiklari ajralib chiqdi. janubiy – gʻarbiy Armaniston va Janubiy Armaniston tobe podsholiklar sifatida Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. taxminan miloddan avvalgi 220 yil Ararat podsholigi bilan Janubiy Armanistonning birlashuvidan Buyuk Armaniston tashkil topdi. Salavkiylarning rimliklarga qarshi kurashdagi magʻlubiyati (miloddan avvalgi 190 yil)dan foydalanib, Buyuk Armaniston bilan Sofena mustaqillikka erishdi. Armaniston Tigran II Artashes (miloddan avvalgi 1-asr) davrida savdo va ma-daniyati rivojlangan yirik davlatga aylandi. Mil. 1-asrdan Buyuk Armaniston Rim bilan Eron davlati oʻrtasida kurash maydoni boʻlib qoldi va inqirozga yuz tuta boshladi. 3-asr boshlarida Armanistonda feodal munosabatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, 4-asrda xristian dinining qabul qilinishi natijasida arman cherkovi feodalizmning qudratli tashkilotlariga aylandi. 387-yilda Armaniston Eron sosoniylari va Vizantiya oʻrtasida taqsimlandi. Armanistonning katta qismi Eronning vassaliga aylanib qoldi. 7-asrning 2-yarmida Armaniston arab xalifaligiga boʻysundi. Arman xalqi bosqinchilarga qarshi bir necha bor (450 – 451, 482 – 484, 571 – 572, 747 – 750, 772 – 775, 850 – 855 yillar) qoʻzgʻolon koʻtardi. Milliy madaniyatni saqlab qolish uchun olib borilgan kurash natijasida arman feodal adabiyoti va meʼmorligi rivojlandi. 393 yilda Mesrop Mashtots arman alifbosini yaratdi. Arablarga qarshi uzoqdavom etgan kurash jarayonida bagratiylar podsholigi tashkil topdi. Bafatiylar sulolasiga asos solgan Ashot I davri (886 – 891)da arab xalifaligi va Vizantiya imperatori Armaniston mustaqilligini tan oldi. Ashot II (914 – 928) Sevan koʻli atro-fida arab qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi (921) va oʻzini Armaniston knyazlarining knyazi deb eʼlon qildi. Ashot III (953 – 977) mamlakatni birlashtirish, markazlash-gan hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizdi. Mamlakatda katta-katta inshootlar qurildi. Iqtisodiy va madaniy hayot yuksala boshladi. Dvin, Ani, Kars, Naxichevan hamda Van mamlakatning yirik madaniy shaharlariga aylandi. Lekin feodallarning bir-biriga qarshi urushi arman davlatini par-chalab yubordi. Vizantiya imperiyasining bosqinchilik siyosati esa mamlakatni tushkunlikka uchratdi. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, 13-asrda moʻgʻullar, 14-asrda Amir Temur bosib oldi. 16 – 18-asrlarda Turkiya bilan Eron oʻrtasida kurash maydoniga aylandi. 1555-yilda Turkiya bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Gʻarbiy Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. 1801-yildan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida Erevan va [Naxichevan xonliklari Rossiyaga qoʻshildi. 1877 – 78 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Gʻarbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoʻshib olindi. 1917-yilda hokimi-yat dashnoklar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. 1918-yil noyabrda ularning oʻrnini ingliz qoʻshinlari egalladi. 1920-yilda sovet hokimiyati oʻrnatiddi va Armaniston SSR tuzildi. 1922-yildan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936 yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. 1990-yil avpda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1991-yil 24-sentabrda Armaniston mustaqil deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 27-oktabrda oʻrnatgan.

Armanistonda 20 dan ortiq siyosiy partiya faoliyat koʻrsatmoqda. Bular: Armaniston umummilliy harakati, Liberal demokratik partiya, Respublika partisi, Xristian-demokratik partiya, Milliy-konservativ partiya, Milliy uy-gʻonish partiyasi, Milliy oʻzligini anglash birlashmasi, Konstitutsion huquq ittifoqi, Milliy-demokratik ittifoq. Armaniston millatparvar partiyasi va boshqalar Eng muhim jamoat tashkilotlari: Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Umumarman „Ayastan“ jamgʻarmasi, Respublika xotin-qizlar kengashi va boshqalar.

Armaniston sanoatlashgan va koʻp tarmoqli qishloq xoʻjalik yaxshi rivojlangan mamlakat. Asosiy tarmoklari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari, sabzavotchilik, uzumchilik, mevachilik. Yalpi ichki mahsulot tizimida sanoatning ulushi 48,3 %, qishloq xoʻjalikning ulushi 25,7 % ni tashkil etadi.

Sanoatida aniq stanoklar, devorbop tuf materiallari, molibden konsentrati, mis kuporosi, koʻchma elektr stansiyalar, markazdan qochirma nasoslar, soatlar, tozalangan mis, kalsiy karbid, sirka kislotasi, sintetik kauchuk, avtopokrishkalar, temirchilik-press mashinalari, elektr motorlar, kompressorlar, gidronasoslar, liftlar, marmar, gilamlar, trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, meva konservalari, efir moyli mahsulotlar, vino-konyak ishlab chiqarish asosiy oʻrin tutadi. Elektr energetika sohasida Razdan, Yerevan issiklik elektr stansiyalari, 6 stansiyadan iborat Razdan kaskadi ishlab turibdi. Yiliga 9,5 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Yerevan, Gyumri, Charensavan, Abovyan, Dilijon va boshqalar

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar kam boʻlishiga qaramay, qishloq xoʻjalik koʻp tarmokli. Sugʻorma dehqonchilik katta ahamiyatga ega. Yirik kanallari: Artashat, Arzni-Shamiram va boshqalar Meva va rezavor meva hosili 156 ming t, uzum hosili 144 ming t. Ekinzorlari 437 mingga, shu jumladan gʻallazorlar 32 % (bugʻ-doy, arpa), yem-xashak ekinzorlari 58 %. Yalpi don hosili 0,2 mln. tonna. Kartoshka, sabzavot, tamaki, qand lavlagi yetishtiriladi. Chorvachilik asosan sut-goʻsht, jun yetishtirishga ixtisoslashgan.

Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida 56 % dan koʻprogʻi temir yoʻl ga toʻgʻri keladi. Temir yoʻllar uzunligi – 640 km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari – 7,7 ming km. Ham-masi qattiq qoplamali. Aviayoʻnalishlar Armanistonni MDH davlatlarining koʻpgina shaharlari bilan bogʻlaydi. Gaz quvuri tarmoklari bor.

Arzni, Jermuk, Dilijon, Saxkadzor va boshqalar Pul birligi – Dram.

Arman xalq ogʻzaki ijodidan koʻpgina namunalar yetib kelgan. Bulardan eng mashhuri „Sosunlik Dovud“ dostonidir. Unda armanlarning bosqinchilarga qarshi kurashi aks etgan. Arman yozma adabiyoti 5-asrda yuzaga kelgan, bungacha yaratilgan adabiy asarlar armanlarning xristianlik diniga utishi payti (4-asr)da yoʻq boʻlib ketgan. Maʼrifatparvar olim Mesrop Mashtots yaratgan yozuv adabiyotning tez rivojlanishiga yoʻl ochdi. 10-asrga kelib, iqtisodiy hayot jonlanishi tufayli adabiyot va sanʼatda insonparvarlik ruhidagi asarlar paydo boʻla boshladi. 10 – 13-asrlardagi shoirlar Nerses Shnorali, Mxitar Gosh, Vardan Aygeksi ijo-dida uygʻonish davri gʻoyalari seziladi. 14 – 18-asrlarda Ovanes Tupkuransi, M. Nagash, G. Axtamarsi, N. Kuchak, N. Ovnatan, Sayat Nova kabi shoirlar dunyoviy adabiyot anʼanalarini davom ettirdilar. X. Abovyan yangi arman adabiyotiga asos soldi. 19-asr 60-yillaridan xalq hayotini aks ettiruvchi dramaturgiya rivojlana boshladi. G. Sundukyanning pyesalari sahnalashtirildi. 18-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Paronyan, O. Tumanyan, A. Isaakyan, A. Akopyan, Shirvonzoda arman adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. 20-yillarda A. Vshtuni, G. Maari, V. Alazan, G. Saryan, S. Vauni kabi shoirlar keng omma orasida shuhrat qozondi. 30-yillarda arman adabiyoti E. Charens, A. Bakuns, M. Armen, V. Totovens, V. Norens, N. Zaryan, S. Taronsi, D. Demirchyan va M. Janan kabi adiblarning asarlari bilan boyidi. 1932-yilda Armaniston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin romanchilik rivojlandi, qator poetik asarlar yaratildi. G. Sevunsning „Tehron“, L. Gurunsning „Oltin tong“, R. Kocharning „Katta uy bolalari“, Armaniston Sanyanning „Tashnalik“ romanlari, A. Grashi, O. Sheroz, R. Ovanesyan, S. Kaputikyanlarning sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Oʻzbek yozuvchi va shoirlarining mashhur asarlari arman tilida nashr etilgan. Arman adabiyotining eng yaxshi namunalari ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Armaniston hududida eng qadimgi meʼmoriy yodgorliklar neolit davriga mansub. Urartu davridan (miloddan avvalgi 9 – 6-asrlar) Teyshebaini va Erebuni (Yerevan, miloddan avvalgi 782 yilda asos solingan), antik davrdan Artashat, Tigranakert shlarining qoldiklari, Garni qalʻasi (mil. 1-asr) saqlanib qolgan. Ksenofont tasvirlagan toifadagi turar joy – glxatun (rejada toʻgʻri burchakli, zinali yogʻoch gumbazli uy) 20-asrgacha anʼana tarzida saqlanib keldi. Xristianlik qabul etilgach (301 yil), cherkovlar (Echmiadzindagi katta butxona, 5-asr), istehkom qasrlar, hashamatli saroylar (Zvartnots, Aruch, Dvindagi) qurildi. Bu binolarayoning rejasi aniq, meʼmoriy shakllari ixcham, bezaklari nafis. Uzunchoq yoki silindr shaklidagi gumbazli binolar (Zoravar, Ripsimdagi ibodatxonalar, Echmiadzindagi Gayane, hammasi 7-asr) barpo etildi. 9–12-asrlarda Armaniston meʼmorligi yuksak darajaga koʻtarildi. Shaharlarda mahobatli jamoat binolari va diniy inshootlar qurildi. Ani shahrida mustahkam mudofaa devorlari (989), Gagikashenda saroylar, ibodatxonalar (989–1010;meʼmor Trdat), Axtamar o.da saroy va cherkov (915–921; meʼmor Manuel) barpo etildi. 12–14-asrlarda jamoat meʼmorligi (mehmonxonalar, karvon-saroylar, koʻpriklar) rivoj topdi. Qoya toshlar orasini oʻyib hosil qilingan Gegard monastiri (Ayrivank) saqlanib qolgan. 14-asrda Armaniston meʼmorligida inqiroz boshlandi. Ammo bu davrda oʻzga mamlakatlarga borib oʻrnashib qolgan armanlar yashovchi joylarda arman ustalari ishtirokidagi qurilish rivojlandi (Feodosiya, Lvovdagi arman ibodatxonalari, Kamenets-Podolskiy, Lutskdagm imoratlar va boshqalar). Hozirgi zamon Armaniston meʼmorligi anʼanaviy milliy meʼmorlik, tabiiy va yangi ijtimoiy-maishiy sharoitlar asosida davom ettirilmoqda.

Armaniston togʻlarida yashagan qabilalar va xalqlar ibtidoiy jamoa madaniyatining ham na bosqichlaridan oʻtishgan. Neolit davriga mansub qoya toshlariga ishlangan suratlar saqlanib qolgan. 4 – 6-asrlarga oad tasviriy sanʼat namunalari ham uchraidi (naqshli xotira lavhalar, sagʻanalarga oʻyilgan yozuvlar va boshqalar). Armaniston xaykaltaroshligi meʼmorlik bilan birga rivojlandi. Axtamar qasri (10-asr) bezaklari, Tate, Ani, Axtaldagi devoriy naqshlar bunga misol boʻla oladi. Miniatyura ham bir-muncha rivojlandi. 18-asrdan rassomlij ravnaq topdi. 19-asrning 20-yillarida Armaniston Rossiyaga qoʻshilishi tufayli rus sanʼatkorlarining taʼsiri kuchaydi. Rassom Akop Ovnatanyan (1806 – 81) millim rassomlikka asos soldi. 80-yillardan I. Ayvazovskiy, G. Bashinjagyan, Ye. Tatevosyan, V. Surenyans, A. Shamshinyan .V sanʼatining rivojiga hissa qoʻshdlar. 20-asrda isteʼdodli rassom va haykaltaroshlar avlodi kamol topdi. M. Saryan, S. Agajanyan, Armaniston Kojoyan, Armaniston Urartu, S. Arakelyan, Ye. Kochar, T. Chubaryan kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi.

Necha ming yillik anʼanalarga ega boʻlgan qadimgi ozeri musiqasi asosan bir ovozli boʻlsa ham, ammo koʻp ovozlilik elementlari uchrab turgan. Oʻtmish musiqiy madaniyatining atoqli namoyandalari Komitas (6–7-asrlar va Nerses Shnorali (12-asr) diniy malhiyalar va sharakanlar yozishgan. 17-asr oxirlaridan ashug (baxshi)lar sanʼati rivoj topdi (18-asrdagi mashhur baxshi – Sayat Nova). 19-asr 2-yarmida yangi kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1868 yildaT. Chuxajyan „Arshak II“ nomln birinchi arman operasini yaratdi. Xal taronalarini yevropacha kompozitsii vositalari bilan birga qoʻshish orqali oʻziga xos milliy uslub shakllana bordi (kompozitorlar: X. Kara Murza, M. Ekmalyan, N. Tigranyan, Komitas, A. Spendiarov, R. Melikyan, A. Tigranyan va boshqalar). Ozeri xalq cholgʻu asboblari: puf-lab chalinadigan, kamonli, chertma, urma asboblardir. Chem-chem (yakka raqs), choror (duet), ver-ver, kochari (tuda raqs)lar keng tarqalgan. 19-asr boshlaridan yangi arman nota yozuvi (Armaniston Limonjyan ixtirosi) boshlandi. 19-asrning oxirgi choragidan xor qoʻshiklari rivojlandi, xalq taronalari, qoʻshiqlari qayta ishlandi. 20-asr boshlarida yangi musiqiy janrlar: simfoniya, balet, simfonik doston, kamer-cholgʻu musiqasi, ommaviy qushiq, spektakl va kinofilmlarga musiqa yozish rivojlandi. A. Xachaturyan, K. Zakaryan, V. Talyan, A. Ayvazyan va boshqalarlar turli janrlarda ijod qildilar. Yerevanda opera va balet teatri (1933), Musiqali komediya teatri (1942) barpo etildi. Armaniston filarmoniyasi tarkibida simfonik orkestr, torli kvartet, ashula va raqs dastasi, xor kapellasi, gusan ashula dastasi kabi ijodiy jamoalar bor. Davlat konservatoriyasi xamda Sanʼat institutining musiqa va xalq musiqa ijodiyoti boʻlimi malakali kadrlar tayyorlaydi. 1933 yilda Armaniston Kompozitorlar uyushmasiga asos solingan. Arman musiqasi Oʻzbekistonda keng yoyilgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasining simfonik orkestri A. Babajanyanning „Qahramonlik balladasi“ni, E. Mirzoyanning simfoniyasini, A. Doluxanyan, A. Arutyunyan va boshqalarlarning asarlarini ijro etgan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek Davlat akademik katta opera va balet teatri Armaniston Xachaturyanning „Spartak“ baletini sahnalashtirgan.

Arman teatr sanʼati miloddan avvalgi 1-asrda vujudga kelgan (miloddan avvalgi 69 yilda Tigranakertda teatr binosi qurilgan). Arman va yunon mualliflarining asarlari sahnalashtirilgan. 4 – 11-asrlarda folklorxor va qorishma janrlarda ishlovchi teatr mavjud boʻlgan. 12-asrda cherkov va maktab teatrlari paydo boʻldi. 14-asrdan qadimgi arman teatri sekin-asta yoʻqolib bordi. 18-asrda sayyor truppalar tashkil etildi. 17 – 18-asrlarda oʻzga yurtlardagi (Moskva, Venetsiya, Vena, Madras, Kalkutta va boshqalar joylardagi) arman muhojirlari yangi arman teatrlarini yaratdilar. 19-asrda Armaniston teatr sanʼatida yuksalish davri boshlandi. Konstantinopol (1861), Tiflis (1863) va boshqalar shaharlarda dastlabki arman doimiy professional teatrlari vujudga keldi. Milliy dramaturglardan M. Peshiktashyan, S. Ekimyan, M. Patkanyan, G. Sundukyan ijodida realistik yoʻnalish qaror topdi. 20-asr boshlarida Yerevan drama teatri (1921; 1937 yildan Sundukyan nomidagi), Gyumrida A. Mravyan nomidagi teatr (1928), Yerevan Yosh tomoshabinlar teatri (1929), Vanadzor teatri (1931), Nor-Bayazet teatri (1935) tashkil topdi.

Armanistonda dastlabki xronika kinolari 1907 yilda suratga olina boshlangan. 1923 yilda tashkil etilgan Armaniston „Davkino“si hozirgi A. Beknazarov nomidagi „Armenfilm“ deb ataladi. Badiiy filmlar 1925 yildan chiqarila boshlagan. Ular orasida „Namus“ (1925), „Xas-Push“ (1928) va birinchi tovushli film „Pepo“ (1935, barchasining rejissor A. Beknazarov), „Shaxsan maʼlum“ (1958) va „Favqulodda topshiriq“ (1965, ikkala film rejissorlari – S. Kevorkov va E. Karamyan), „Salom, bu men!“ (1966, rejissor F. Davlatyan), „Quyosh ostidagi joy“ (1976, rejissor A. Babayan) va boshqalar Mashhur arman aktyorlari – A. Jigarxanyan, G. Tonuns, M. Simonyan, M. Mkrtchyan. 1958 yilda Armaniston Kinematografchilari uyushmasi tuzilgan.




#Article 137: Microsoft (155 words)


Microsoft Corporation — Amerikaning ko'pmillatli texnologiya kompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi Vashington shtatining Redmond shahrida joylashgan. U kompyuter dasturlari, maishiy elektronika, shaxsiy kompyuterlar va tegishli xizmatlarni ishlab chiqarish, litsenziyalashtirish, qo'llab-quvvatlash va sotish bilan shug'ullanadi. Uning eng mashhur dasturiy mahsulotlari bu Microsoft Windows operatsion tizimlari liniyasi, Microsoft Office to'plami, Internet Explorer va Edge veb-brauzerlaridir. Shu bilan birga MSN, Xbox dasturlarini rivojlantirish bilan shug'ullanadi. 
Kompaniyaga 1975 yil 4 aprelda Bill Gates va Paul Allen tomonidan Albuquerque, New Mexico shtatida asos solingan.
Bu kompaniya turli hil hisoblash mashinalari uchun dasturiy taminot ishlab chiqaradi. Jumladan: Shahsiy kompyuter, KPK, o'yin pristavkalari, mobil telefonlar va boshqalar uchun, hamda hozirgi kunda butun dunyoga mashhur bo?lgan 'Windows' Dasturiy platformasining asoschisidir. 

Kompaniya Xbox o'yin konsolini hamda shahsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar ham ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari 2012-yildan boshlab o'zining planshet-kompyuteri - Surface va uning taxriri Surface RT ni ishlab chiqarmoqda

Hozirda Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida sotilmoqda, dasturlari esa 45 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
 




#Article 138: ALDI (379 words)


ALDI (ALbrecht DIscount) Germaniyaning oziq-ovqat va kundalik mollari sotish bilan shugʻullanuvchi biznes tizimidir.

ALDI ikki aka-uka miliarderlar ism-familiyasi hamda inglizcha discount sozlaridan qisqartma hisoblanadi, Albrecht-Discount. Bu firma aslida ikki alohida firma hisoblanadi. Aldi Sued va Aldi Nord markalari bilan farq qilib, Aldi Sued Germaniyaning janubida, Aldi Nord esa, Germaniyaning Shimoliy qismida faoliyat olib boradi. Ular Germaniyada oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollarini sotuvchi yirik supermarket tizimiga egalik qilishadi. Biroq, Aldi supermarketlar tizimi bugungi kunda nafaqat Germaniya balki butun Yevropa boʻylab hamda boshqa qitalarda koplab shubalariga ega. Masalan, Avstriya va Sloveniyada Aldi dukonlari Hofer nomi bilan mashxur. Aldi tizimining yillik daromadi 37 milliard dollar deb baholanadi.

Kompaniya aka-uka Teo va Karl Albrextlar tomonidan 1948-yilda, Germaniyaning Essen shahrida asos solingan. 1961-yilda 
Aka-ukalar sigaret sotish masalasida kelisha olmay, ikki alohida firmaga ayrilishgan. Biroq, bugunga kelib, sigaretlar sotilishiga ilgari qarshi bolgan Aldi Sued egasi Karl, 2003-yildan boshlab sigaret sotilishiga oʻz ruxsatini bergan.

 
Aldi Nord doʻkonlari Shimoliy Germaniyadan tashqari, Belgiya,Daniya, Fransiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Ispaniya va 2006 yildan Portugaliyada faoliyat olib boradi. Polshada ham shubalari ochilishi kutilmoqda.

Aldi Sued esa, Janubiy Germaniya, Avstriya, Sloveniya, Irlandiya, Birlashgan Qirollik, Shvetsariya, Avstraliya va AQShda shubalarini ochgan.

Bu supermarketlarni barcha davlatlarda haridorlarni oʻziga jalb qiluvchi asosiy jihati ularda sotiladigan mollarning arzonligidir. Aldi Yevropadagi diskaunter doʻkonlardan hisoblanadi. O'ziga xos jihatlarda yana biri, bu doʻkonda ishlaydiganlar barcha vazifalarni bajarishlari shart, yani kassada ishlashdan tortib, maxsulotlarlarni joylashtirish va dokonda tozalashgacha. Shu yosinda supermarket ishchi kuchiga sarflanadigan xarajatlarini qisqartirish imkoniga ega boladi. Bunga qoshimcha ravishda dokonlarda mahsulotlar ustma-ust katta miqdorda joylashtirilib, rastalarni tez-tez toldirib turish uchun ortiqcha ishchilarni olishga hojat qolmaydi. Aldi dokonlarida, Ovruponing kopchilik dokonlarida bolgani kabi, mijozlar selofan paketni sotib olishlari shart (hatto, Avstraliya va Birlashgan Qirollikda ham), chunki bu umumiy atrof muhitni asrash siyosatiga muvofiqdir. Biroq, misol uchun AQShdagi ALDI dokonlarida bu tajriba yolga qoyilmagan.

Germaniyada 1990-yillargacha Aldi, kambagʻal va quyi tabaqa insonlar harid qiladigan doʻkon hisoblanardi. Biroq GFR va GDR birlashgach, koʻplab nemislar xaridlarida iqtisod qilishga majbur bolishdi. Shuningdek, 1999-yilda yevro pul birligi kiritilganda, omma fikrida pul almashinuvi davrida dokonlar maxsulot narxlarini oshirgan deb hisoblagan bir paytda, Aldi bugun va avval degan yozuv bilan yevro hamda nemis markasi qiymatida narxlarni korsatgan. Bu albatta, Aldi obrusining kotarilishiga olib kelgan. Biroq, Birlashgan Qirollik, Avstraliya va hatto Germaniyaning ozida Aldi dokonlari jamiyatning kam taminlangan tabaqalari harid qiladigan joy degan umumiy fikr saqlanib qolgan. 
 




#Article 139: Buyuk Ipak yoʻli (1480 words)


Buyuk Ipak yoʻli Qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli.

Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.

Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi.
Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan.
Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.

Shuni aytib oʻtish lozimki, bu yoʻl hech qachon yagona bir yoʻl boʻlmasdan, balki azim bir daraxtning sadasiga oʻxshash tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan edi. Masalan, Osiyoni sharqdan gʻarbga qarab kesib oʻtuvchi asosiy yoʻllardan biri qadimiy Xitoyning poytaxti Chanan shahrida boshlanib, uning shimoli-gʻarbiy chegaralarigacha Gobi sahrosining cheti boʻylab ketgan, keyin sharqiy Turkiston orqali oʻtgan. Tyan-Shan tizmasi dovonidan oshib oʻtgan karvonlarinng bir qismi Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasi orqali Soʻgʻdiyonaning poytaxti Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib borgan, keyin esa Kaspiy dengizi qirgʻoqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni gbir qismi Samarqanddan chiqib, Baqtriyaga borar va Qashqadaryo vodiysi dan oʻtib Termiz shahriga kelar edi, u yerdan Amudaryodan kechib oʻtib, Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab ketar edi.
Yoʻlning yana bir yoʻnalishi Tarim shahridan chiqib, Takla-Makon sahrosini janub tarafidan aylanib oʻtib, Xotan va Yorkent shaharlari orqali Baqtraga (shimoliy Afgʻoniston) va Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar Eron, Suriya davlatlari orqali oʻtib, Oʻrta Yer dengizi boʻyiga yetib kelar edi, mahsulotlarning bir qismi dengiz yoʻli bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar edi.
Nomidan ham maʼlum boʻlishicha, karvon yoʻllaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho boʻlgan ipak mahsulotlari edi. Masalan, oʻrta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-kitob birligi boʻlib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, Soʻgʻdiyonada bir otning narxi oʻnta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun toʻlov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun toʻlash mumkin edi.
Ushbu karvon yoʻllarini birinchi boʻlib venetsiyalik savdogar Marko Polo „ipak yoʻli“ deb nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi boʻlib Xitoy imperiyasining chegaralariga yetgan. „Buyuk Ipak yoʻli“ atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877- yilda oʻzining „Xitoy“ nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan.
Ipak qitʼalararo yoʻl orqali tashib oʻtiladigan asosiy mol boʻlsa ham, lekin yagona emas edi. Markaziy Osiyodan Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar va qurol-yarogʻlar, oltin va kumush, yarim qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, teri va jun-moʻynalar, gilamlar-u ip-gazlama matolar, zar tikilgan matolar, oʻziga xos antiqa mevalar — tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali qoʻylar va ovchi itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va metall idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz-upalarni, choy va guruchni olib kelishar edi. Savdogarlarning yoʻl toʻrvalarida turli-ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari, toshbaqa toshlari, ziravorlar va koʻpgina boshqa xil mollar topilar edi.
Buyuk ipak yoʻli orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, maʼnaviy qadriyatlari, diniy gʻoyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan boʻlib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqoʻl harbiy navkarlari VII asrda islom taʼlimotini olib kelganlar. Savdogarlar va targʻibotchilarning oʻtkazgan yoʻllari boʻylab moʻgʻula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi bosqinchilari quyundek oʻtgan. Buyuk Ipak yoʻlining qoq yuragi boʻlgan Samarqand shahridan oʻrta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Temur oʻz yurishlarini boshlab, zafar quchar edi.
Bundan tashqari, karvon yoʻllaridan asrlar boʻyi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi — savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yoʻlda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yoʻli boʻylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va anʼanalarini bilib oldik. Sharq va Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan bu beqiyos buyuk yoʻlni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy Oʻzbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari boʻlib, ularning meʼmorchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yoʻlining koʻp asrlik tarixini oʻzida mujassam etadi.

Buyuk ipak yoʻli y. atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻli y.ni tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877 yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yoʻli y.“ atamasi qabul qilingan.

Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol boʻlishi mumkin. Iskandar Maqduniy (qarang Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻli y.ning sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol oʻynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sugʻdiyona mamlakati i stilo etilishi bilan koʻplab sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻli y.ning markaziy qismini — Oʻrta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida eʼtiborini qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan^Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqdangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107— 114 yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga kura, Buyuk ipak yoʻli y. 2 katga kiyemga boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning jan. va Afgʻonistonning shim.gʻarbida joylashgan qad. viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yoʻl shim.ga Margʻiyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra (Shim. Afgʻonistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shim. tomon yoʻnalib Termiz atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. 1si, shim.si boʻylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga ketilgan. 2si, jan.si esa Surxondaryo vodiysi boʻylab komedlarning togʻli oʻlkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl TaklaMakon choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qad. poytaxti — Chananga olib borgan. Bu yerdan yoʻl ehgimol shim.gʻarbga Koreya va Yaponiyaga ketgan boʻlsa kerak. Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yoʻli y.ning Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra Poykend, Marv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi shim. qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib oʻtib, Shim. Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni „varvar“ — german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obʼyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan uzoq vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni astasekin Zakavkazye va Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yoʻli y.ning tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki bu yoʻlning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.




#Article 140: Fiqh (398 words)


Fiqh (arab. — bilish, tushunish) — musulmon huquqshunosligi, shariat qonunqoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi islom taʼlimotining bir sohasi. F. soʻzi atama sifatida Qurʼon va hadislarda qoʻllanilgan. F. islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. F.ning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Zayd ibn alHasanning Majmuʼ alfiqh, Molik ibn Anasning alMuvattaʼ, Ibn Hanbalnint alMusnad kitoblari F.ga oid dastlabki asarlar hisoblansada, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. F. ilmi 10-asrga kelib mustaqil fan sifatida shakllangan. F. bilan shugʻullanuvchi, uni oʻrganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqa mashxur faqihlar hisoblangan. F. islom xuquqshunosligi sifatida 2 sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul alfiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furuʼ alfiqh)dan iborat boʻlgan. Islomning sunniylik yoʻnalishi xuquqshunosligida 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik va hanbaliylik vujudga kelgan. F.da boshqa maktablar xam mavjud edi, biroq 14-asrga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda va yangi davrda F.ga oid asarlar orasida fatvo toʻplamlari koʻpaydi. AlKuduriyning (1037 yilv.e.) Muxtasar, Qozixonning (1196 yilv.e.) Fatovo, Burhoniddin Margʻinoniyning Hidoya, Ibn Bazzozning (1414 yilv.e.) Fatovo asarlari bunga misol boʻladi. Ular ichida Hidoya asari hanafiylik mazhabida katta shuxrat qozongan amaliy qoʻllanmadir. Hidoyaga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining koʻp asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal boʻlgan, koʻpincha maʼmurlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798 yilv.e.) Kitob alxaraji yoki boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658—1707) amri bilan 1669 yilda bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan alFatovo alhindiya asari va boshqa Islom mamlakatlari huquq tizimida F.ning roli doimo bir xil boʻlgan emas. Jumladan, 16-asrda usmonli turk saltanatida va 17-asr 2yarmida boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning kridalari juda keng va izchil qoʻllanildi. Biroq, umuman F. huquqshunoslik bilan toʻlatoʻkis moye kelgan emas. F.ning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan bironbir tarzda qoʻllabquvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqixlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hozirgi vaqtda islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmokda, bu esa F. taʼsir doirasining muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday boʻlsada, F.ning ayrim tarmoqlari, tartibqoidalari va meʼyorlari koʻpchilik aholisi musulmon boʻlgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida bironbir tarzda qoʻllaniladi.

Fiqh (Arab tilida:فقه) Islom dini huquqshunosligidir. Fiqh musulmonlar hayotini diniy jihatdan tartibga solish maqsadida Islom Huquqshunos(arab tilida: Ulamo)lari tarafidan Ilohiy Huquq(Shariat)ga zamonaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan qo`shimchalar(Arab tilida: fatwa) kiritish orqali Shariatni kengaytirishdir.




#Article 141: Mannheim (112 words)


Mangeym, Manxaym — Germaniyadagi shahar, Baden-Vyurtemberg yerida. Aholisi 308,9 ming kishi (1998). Lyudvigsxafen shahri bilan birgalikda sanoat aglomeratsiyasini tashkil etadi. Nekkar daryosi Reyn daryosiga quy-ilish joyidagi port. Mashinasozlik (stanoksozlik va avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinalari, elektrotexnika), kimyo, toʻqimachilik, qogʻoz, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Rangli metallurgiya rivojlangan. Metalldan quyma buyumlar, poʻlat konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Un-t, muzeylar (Kunstxalle, Reys) bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 766 yildan tilga olingan. 1607 yildan shahar maqomini olgan. 18-asrga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Mannheim Olmoniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan shahardir. Maydoni – 144,96 km2. 313 174 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Germaniyaning sanoati koʻp boʻlgan shaharlaridan biri. Ludwigshafen va Heidelbergga yaqin. Bu yerda Berlindagi kabi turklar koʻp yashaydilar.




#Article 142: Mezarkabul (217 words)


Pentagram (Turkiyadan tashqarida Mezarkabul) Turk heavy metal/power metal guruhi boʻlib, aʼzolari Murat #304;lkan (vokal), Hakan Utangaç, Metin Türkcan, Tarkan Gözübüyük va Cenk Ünnüdir.

Pentagram 1986 yili Istanbulda gitarist Hakan Utangaç va barabanchi Cenk Ünnü tomonidan tashkil etilgan. 1987 yilda bassist Tarkan Gözübüyük guruhga qoʻshiladi va ular jonli koncertlar berishni boshlashadi. Ularning birinchi relizi 1990da boʻlib oʻtadi(Pentagram albomi). 1992da esa ikkinchi gitarist Demir Demirkan va vokalist Ogün Sanlısoy jamoaga qoʻshiladi. Shu yili ular oʻzlarining Trail Blazer albomini chiqarishadi, muxlislari soni esa ham Turkiya, ham dunyoda keskin oshib boradi.

Keyingi uch yilni vatanlarida va dunyo boʻylab turlarda oʻtkazishdi. 1995da vokalist Murat İlkan Ogün oʻrniga keladi va ular yangi, Anatolia albomi ustida ish boshlashdi. Anatolia Turkiyada 1997da chiqarildi va bir necha hafta oʻtgach Century Media Pentagramning jahon boʻylab relizini tashkil etdi .

Ular 1998da Popçular D#305;#351;ar#305; (tarjimasi Popchilar tashqari) nomli jonli albomini chiqarishdi. Gitarist Demir Demirkan guruhni tark etgach, vaqtinchalik Onur «Mr. Cat» Pamukçu bilan almashtirildi.

Ular keyingi albomlarini yozishni 2000da Istanbuldagi oʻz studiyalarida boshlashdi. Gitarist Metin Türkcan guruhga rasman shu tayyorgarliklar paytida kelib qoʻshildi. Ular 17 qoʻshiq chiqarib, Ularni ikkita CDga boʻlishga qaror qilishdi. 2001da Unspoken albomining dunyo boʻylab relizi boʻlib oʻtdi. Bir Turkiyada faqatgina 2002da chiqarildi.

Turkiyada ular Pentagram nomini ishlatishadi. Biroq AQSHda Pentagram, degan doom metal guruhi boʻlganligi uchun ular xorijda Mezarkabul (tarjimasi MozorQabul) nomi bilan taniqli.




#Article 143: Tatariston (1289 words)


Tatariston (Tatarstan), Tatariston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika, Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. Maydoni 68 ming km², Aholisi 3,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Qozon shahri. 43 tuman, 20 shahar, 20 shaharcha bor.

Tatariston — respublika. Davlat boshligʻi prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi.

Tatariston hududining aksariyat qismi Volganing soʻl sohilidagi tekislikdan iborat. Chekka jan.sharkda BugulmaBelebey qirlari, oʻng sohilda Volga boʻyi qirlari joylashgan. Neft, gaz, bitum, gips, ohaktosh, dolomit, qoʻngʻir kumir, torf konlari bor. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —13° dan —15° gacha, iyulda 19—20°. Yillik yogʻin — 400–450 mm. Asosiy daryolari — Volga va Kama hamda Kamaning irmoqlari — Vyatka, Ij, Oq Idil. Quyi Kama va Samara suv omborlarining bir qismi Tatariston hududida. Tataristonning shim. qismi oʻrmon zonasida, jan. kismi oʻrmondasht zonasida joylashgan. Tuprokdari podzol, kulrang oʻrmon va qora tuproqlar. Butun hududning 16% oʻrmon (togʻterak, oq qayin, lipa, eman, zarang daraxtzorlari). Hayvonot dunyosi: boʻri, tulki, bugʻu, tiyin, burunduk,, sugʻur, quyon, qushlardan karqur, kaklik, toʻxtatuvaloq va boshqa Quyi Kama milliy bogʻi, VolgaKama qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisi, asosan, Tatarlar 53,2 % ,Ruslar 39,7 %,Chuvashlar 3,08 %,Udmurtlar 0,62 %,Ukrainlar 0,48 %, Mordva 0,51 %,Mariylar 0,50 %, Boshqirtlar 0,36 %)dan iborat. Chuvash, mordva, udmurt, ukrain va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 74%. Davlat tillari — tatar va rus tillari. Dindorlari — musulmon sunniylar va xristianlar. Yirik shaharlari: Qozon, Naberejniye Chelni, Almat, Nijnekamsk, Zelenodolsk. Tatariston aholisi 2010-yilga kelib — 3780,6 ming kishini tashkil etadi. Shahar aholisi — 74,5 % (2005). Aholi zichligi — 55,4 kishi./km (2005).

Tatariston hududida odam ilk paleolit davridan yashay boshlagan. Tosh davrining barcha bosqichlariga xos manzilgohlar topilgan. 6—7-asrlarda Tataristonning Turk xoqonligi bilan aloqasi kuchaygan. 9-asrgacha hozirgi Tatariston hududida major (madyar) qabilalari yashagan. Keyinchalik ularni VolgaKama bulgʻorlari surib chiqargan. 10—14-asrlarda Tatariston Volga Kama Bulgʻoriyasi tarkibiga kirgan. 1236 yil moʻgʻullar bostirib kelgan va u 1241 yilda Oltin Oʻrda xonligiga qoʻshib olingan. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida Qozon tatarlari shakllana bordi va Oltin Oʻrda barbod boʻlgach, Tatariston hududida Qozon xonligi tashkil topdi (1438). Rus qoʻshinlarining yurishlari (1545—52) natijasida Kozon xonligi bosib olindi. 1708 yilda Qozon guberniyasi tashkil etildi. 18— 19-asrlarda oʻlkada sanoat va madaniyat rivojlandi. Movut toʻqish, kemasozlik, koʻnchilik, mis eritish, sovungarlik korxonalari barpo etildi. 1804 yil Qozon universiteti ochildi. 1861 yil dehqrnlar islohotidan keyin dehqonlarning Bezdna qoʻzgʻoloni boʻlib, uni talabalar ham koʻllab-quvvatladilar. Tatariston mehnatkashlari 1905-07 yillardagi inqilobda faol qatnashdilar. 1917 yil fevral inqilobidan soʻng milliy demokratik tashkilotlar, jumladan, tanikli inqilobchi M. Vaxitov boshchiligida Musulmon sotsialistik qoʻmitasi tuzildi. 1917 yil 26 oktabr (8 noyabr)da Qozonda Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918—19 yillarda Tatariston hududi 2 marta oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920 yil 27 mayda RSFR tarkibida Tatariston ASSR tashkil etildi. 1990 yil 27 avgustda Tatariston Oliy Kengashi respublikaning davlat suverenitetini eʼlon qildi. 1992 yildan Tatariston Respublikasi deb atala boshladi, 1991 yil prezident lavozimi taʼsis etildi.

Tatariston — Rossiya Federatsiyasi tarkibida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan respublikalardan biri. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 46,2%, qishloq xoʻjaligi.niki 7,5%, qurilishniki 8,2%, transportniki 5,1%.

Qishloq xoʻjaligi donchorvachilik yoʻnalishida rivojlangan. Burdoy, suli, grechixa, javdar, arpa, qand lavlagi, kungaboqar, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavot, texnika va yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Gʻarbda bogʻdorchilikka eʼtibor beriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Quyonchilik va asalarichilik rivojlangan.

Katta neft konlari ochilishi tufayli iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Romashka, Shugurovo, Bavli va Zay daryosi boʻylaridagi neft va gaz konlari ishga tushirildi. Nijnekamsk neft kimyosi sanoatining yirik markaziga aylandi. Qozon shahridagi Kreml, nekamskshina ishlab chiqarish. birlashmalari). Kime sanoati (Qozondagi sintetik kauchuk va roʻzgʻor kimyosi, Mendeleyevskdagi kimyo zdlari), mashinasozlik va metall ishlash (Naberejniye Chelnidagi koʻp yuk ortiladigan mashinalar, Qozon, Bugulma, Yelabuga, Chistopol, Zelenodolskdagi kompressor, neft va transport mashinauskunalari, gaz apparatlari, stanok, EHM, vertolyot, soat va sovutkich ishlab chiqarish.), motorsozlik (aviadvigatellar), tibbiyot (kimyofarmatsevtika birlashmasi, davolash asbobuskunalari) sanoati rivojlangan. Yengil sanoatda koʻnpoyabzal, moʻynachilik, tikuv, trikotaj, zigʻir tolasini qayta ishlash va boshqa, oziq-ovqat sanoatida goʻsht, sut, sariyogʻpishloq, qandshakar tarmoklari yetakchi hisoblanadi. Bu tarmoklarning korxonalari Qozon, Zelenodolsk, Chistopolda joylashgan.Yogʻochsozlik sanoati durust rivojlangan. Elektr energetika sanoati mazut va tabiiy gaz negiziga qurilgan (Nijnekamsk va boshqa issiqlik elektr stansiyalari).

Tataristonda avtomobil, temir yoʻl, havo transporti rivojlangan Transport yoʻli uzunligi — 879 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. — 12357 km. Volga, Oq Idil, Vyatka daryolarida kema qatnaydi (ichki suv yoʻllari uz. — 933 km). Krzon shahrida xalqaro aeroport bor. Tatariston hududida bir necha yirik neft va gaz quvurlari, jumladan Almatdan Sharqiy Yevropaga tortilgan neft quvuri, shim.gʻarbda Urengoy—Markaziy Rossiya va Urengoy — Pomari—Ujgorod qitʼalararo gaz quvurlari oʻtadi.

Tataristonda 15 ming vrach aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Har 10 ming aholiga 44 vrach toʻgʻri keladi. Vrachlar Qozondagi tibbiyot intida tayyorlanadi. 150 dan ortiq sanatoriykurort muassasalari, jumladan, Bakirovo, Vasilyevo, Ijevsk mineral suvi. VarziYatchi kurortlari, Tarlovkadagi iklimiy kurort mavjud.

Tatariston yozma adabiyoti boy tarixga ega. Shoir Gʻalining Yusuf va Zulayho dostoni (13-asr boshi), muallifi nomaʼlum boʻlgan Kesikbosh va Taqvodorlarga nasihat asarlari bizgacha yetib kelgan. Qozon xonligi Rossiyaga qoʻshib olinishi va xalqning istibdodga qarshi kurashi adabiyotda oʻz aksini topdi (Pugachyov haqida qoʻshiq va boshqalar). Oʻrta asrlarda tatar mumtoz adabiyoti sufiylik ruxida davom etdi.

Tatariston hududida neolit davriga mansub kush va hayvonlarning haykalchalari, naqshin guldor sopol idishlar, jez davriga oid bezak buyum va idishlar topilgan. Volga boʻyi bulgʻorlarining Suvara, Bilyar, Bulgʻor va boshqa shaharlarida mudofaa inshootlari, toʻgʻri burchakli turar joylarning qoldiqlari, imoratlarning vayronalari (10—13-asrlar) saqlanib qolgan. Oltin Oʻrda xonligi xukmdorligi davrida (13-asr oʻrtalari) gʻisht va toshdan Oʻrta Osiyo meʼmorligi uslubiga yaqin boʻlgan rasmlar, rangdor keramika, naqshli oʻymakorlik bilan bezatilgan qalʼa, saroy, hammom, maqbaralar qurilgan. Qozon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingach, rus meʼmorligining taʼsiri kuchaydi (Qozon Kremli, 16-asr). 18-asrda qisman barokko uslubi yoyildi, 19-asrda rus klassitsizmining taʼsiri sezildi (Kozon unti, 1825—30). 20-asr boshlarida qorishiq meʼmorlik rayem boʻldi, yogʻoch uylar koʻproq qurildi. Amaliy bezak sanʼati turlaridan zargarlik, zardoʻzlik, patsiz gilam toʻqish, charmdoʻzlik, tosh va yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi.

Tatariston professional musiqasi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida vujudga kelgan. Musiqiy folklorda qoʻshiqchilik asosiy oʻrin tutadi: uzun kuy (lirik ashulalar), qisqa kuy (hazil va oʻyin qoʻshiqlari), takmak (lapar), munojot (diniy qoʻshiqlar), bayt (epik termalar) va boshqalar.

Hozirgi xalq qoʻshiklarining aksariyati garmon yoki bayan joʻrligida ijro etiladi. Cholgʻu asboblari: quray (nay turi), changqoʻbiz, mandolina, domra, gusli va boshqa 1920 yillardan G.Kamol nomidagi musikali teatr Tatariston milliy musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi.

Teatr musiqasi, ommaviy qoʻshiq janrlari rivojiga S. Saydashev katta hissa qoʻshgan. Soniya, Ishchi kabi dastlabki tatar operalari shu teatrda qoʻyildi. 20 yillardan musiqa texnikumlari, radiomarkaz, opera studiyasi ochildi; 1937 yil A. Toʻqay nomidagi filarmoniya, ashula va raqs ansambli, Xalq ijodi uyi, 1939 yil Tatariston opera va balet teatri tashkil etildi. Opera janrini N. Jiganov, X .Valiullin, M. Muzafarov, J. Fayzi, baletni F.Yarullin va boshqa, musiqiy komediyani J. Fayzi rivojlantirdilar. A. Abbosov, Z.Bayrasheva, A. Izmaylova, G.Kaybitskaya, M. Bulatova, F.Nasriddinova, M.Rahmonqulova, Z.Xizmatullina, V.Sharipova kabi xonandalar, X.Fazlullin, J.Sadrijiganov kabi dirijyorlar, M. Nigmedzyanov, Z. Saydasheva, J. Fayzi kabi musiqashunoslar mashhur. Musiqa kadrlari Qozon pedagogika intining musika ftida, konservatoriya va uning huzuridagi maxsus maktabda, musiqa maktablarida tayyorlanadi.

Xalq oʻyinlari va tomoshalari Tatariston teatr sanʼatining ilk manbalari boʻldi. Milliy teatr 19-asr oxiri— 20-asr boshlarida shakllana boshladi, dastlabki havaskor teatr truppalari vujudga keldi. 1906 yil Qozonda tatar tilidagi birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1920 yil turli teatr jamoalari asosida Birinchi namunali tatar davlat truppasi (1939 yildan G.Kamol nomidagi Tatariston akademik teatri) tuzildi. 20—30 yillarda tatar teatri tez surʼatlar bilan rivojlandi. Ketma-ket teatrlar: Sabanchi (1920), Eshchi (1932), Kuchma teatr (1933), G.Kamol nomidagi teatrning qishloq filiali, Menzeli qishloq teatri (1935) tashkil etildi. Ularning sahnasida mahalliy dramaturglardan K.Tinchurinning Amerikalik, Yelkansiz qayiq, Kandra daryosida, F.Burnashning Keksa Kamol, Tatariston Izzatning Uchqunlar, Oqimlar, shuningdek, U.Shekspir, F.Shiller, P.Bomarshe, N.Gogol pyesalari qoʻyildi. 50—60 yillarda rej.larning yangi avlodi (M.Salimjonov, P.Isanbet, R.Tumashev, M. Mustafin) teatr sohasida ish boshladi. Boshka xalklarning , shu jumladan, Oʻzbekistonning teatr jamoalari bilan ijodiy aloqalar kengaydi, gastrol safarlari uyushtirildi: G.Kamol nomidagi Tatariston akademik drama teatri Toshkentga bir necha bor kelib, oʻz spektakllarini namoyish etdi. Qozonda yosh tomoshabinlar teatri, Tatariston drama va komediya teatri, qoʻgʻirchoq teatri, Tatariston sayyor drama teatri ishlaydi. Teatr sanʼatining tanikli arboblari: X.G. Abjalilov, F.Xalitov, Sh.Biktimirov, V.Pavlova, G.Shamukov va boshqalar. 




#Article 144: Paygʻambar (155 words)


Paygʻambar (fors. — xabar keltiruvchi) — iudaizm, xristianlik va islomda xudodan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Xudo bilan uning bandalari oʻrtasidagi vositachi, xudoning yerdagi vakili, elchisi hisoblanadi. Paygʻambarlar kelajakni biladigan, diniy va tarixiy voqealarni, biror odamning taqdirini oldindan aytib beradigan shaxs sifatida tasavvur qilinadi. Islomga koʻra, Paygʻambarlar bilan Alloh oʻrtasida elchilik qiluvchi farishta — Jabroildir. Baʼzida Alloh Paygʻambarga bevosita vahiy yuborishi, u bilan gaplashishi ham mumkin. Paygʻambarlarning adadi Qurʼon, hadis va tarixiy kitoblarda qatʼiy koʻrsatilmagan. Baʼzi manbalarda ular 124 mingta deyilgan. Qurʼonda Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkifl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, Alyasa, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammad (as) kabi Paygʻambarlarning nomi zikr etilgan. Aksariyat Paygʻambarlarning nomi Tavrot va Injilda ham qayd etilgan. Paygʻambarlarning birinchisi Odam (as), oxirgisi Muhammad (as) sanaladi. Paygʻambarlar har qanday gunohlardan pok hisoblanadilar.

Payg`ambar - biror dinni targ`ib etuvchi va shu din ilohi nomidan da`vat qilguvchi shaxs.

Islomiy payg`ambar




#Article 145: Oʻzbekiston tarixi (3183 words)


 

Baqtriya-Margiyona madaniyati miloddan avvalgi 23-18 asrlarda janubiy Oʻzbekiston, Sharqiy Turkmaniston, Afgʻoniston shimolida mavjud boʻlgan bronza davri tsivilizatsiyalaridan biridir. Bunday tsivilizatsiyaning mavjudligi haqidagi fikr 1976 yilda  arxeolog V.I.Sarianidi tomonidan eʼlon qilingan. Baqtriya-Margiyona madaniyati bizning davrimizda hind-evropaliklar kelguniga qadar mahalliy madaniyat sifatida qaraladi. Bu madaniyat boʻyoqsiz kulolchilik buyumlari, ikki qavatli kulolchilik ustaxonalari, mis va bronza quyma buyumlar (pichoq, xanjar), aravachalarning loydan yasalgan modellari, tor koʻchalar bilan ajratilgan koʻp xonali uylarning qoldiqlari bilan ajralib turadi. Yuqori darajada rivojlangan kulolchilik va zargarlik sanoati shaharlarda koʻplab hunarmandlar mavjudligini koʻrsatadi.

Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning jan. viloyatlari hamda Afgʻonistonning shim. qismini oʻz ichiga olgan. Shim.da Sugʻd, jan.da va jan.-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Margʻiyona bilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. B. miloddan avvalgi 6—4-asrlarda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi 3-asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi 2-asrda toharlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan.

Xorazm Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — qadimgi davlat va rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).

Miloddan avvalgi 8 asrda janubdan kelgan Xorasmiylar Amudaryoning quyi oqimidagi mahalliy aholi bilan aralashgan. 

Milet Gekatiyning yozishicha, Xorazm nomi Axmoniylargacha boʻlgan davrda tilga olingan .
S. Tolstovaning soʻzlariga koʻra, Orol dengizi aholisi haqida oʻzlarining oʻtmishini janubiy hududlar bilan bogʻlaydigan afsonalar boʻlgan va ehtimol bu qadimgi Mitaniya tarixi bilan bogʻliq.

Miloddan avalgi 1-ming yillik oʻrtalarida koʻchib kelganlar va mahalliy massaget qabilalari bilan aralashib, ularga oʻz nomlarini berganlar. 

Mil. av. 5-asr oxiri esa, Xorazm aloxida satraplik hisoblangan va miloddan avvalgi 4-asr boshlarida mustaqillikka erishgan. 3 asrda tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibida boʻlgan.

Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan jan.da Areyadan sharkda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farkdi oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sugʻorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.

Mil. av. 4-asrning 2-yarmida X.da mustaqil davlat qaror topadi. Miloddan avalgi 328 yil bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun Xorazm hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Xorazm davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼaada boʻlgan. Keyinchalik (305 y.) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi (beti)da tojdor xukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. 1-asrga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar milodiy 8-asrgacha zarb etilgan. Xorazm davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qadimgi davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.

Beruniy viloyatida Akchaxon-Qalʻa yodgorligi oʻrganilib, u erda III asrning oxiridan boshlab saroy ochilgan. Rasmlarning kʻopchiligi miloddan avvalgi II - II asrning boshlarigan oiddir. Uning zallaridan birida balandligi olti metrga teng boʻlgan odamlar tasvirlangan noyob devor rasmlari topildi. Ulardan biri - boshida katta toj kiygan odamning tasviri. Koʻylagning yoqasi odamlar va hayvonlar manzaralari bilan bezatilgan. U koʻylak kiygan, uni xoʻroz boshlari maskali odamlarning rasmlari bilan bezatilgan. Shimlarda uzun oyoqli va uzun boʻyinli qushlar bilan takrorlanadigan naqsh mavjud.

Makedoniyalik Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. 

So‘ng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Aleksandr Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (qarang Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. 

Miloddan avvalgi 328 yilda Iskandar oʻzining sarkardasi va doʻstlaridan biri Klitni Samarqandda tungi ziyofat vaqtida oʻldirgan.

Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang So‘g‘d qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladi.

Salavkiylar davlati, mil.av. 312 — 64-yil Gʻarbiy Osiyoda ellinlik (yunon-makedon) davlatlarining bittasi. Poydevorini Selevk I Nikator qoʻygan. Poytaxti — Selevkiya, keyinchalik Antioxiya boʻldi. Selevkiylar sulolasini davlatining tarkibiga Suriya, Mesopatamiya, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron togʻli oʻlkasi, Markaziy Osiyoning bir qismi kirdi.

Selevkning merosxoʻri Antioxning onasi Soʻgʻd malikasi Apama edi. Selevk va Apama miloddan avvalgi 324 yilda Suzada turmush qurishgan. Baʼzi taxminlarga qaraganda Apama Spitamenning qizi boʻlgan.

Yunon-Baqtriya podsholigi — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 256—248 ylar orasi — mil. av. 140—135 ylar). Asoschisi salavkiylarning Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Miloddan avalgi 250 yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hozirgi Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yu.Yunon-Baqtriya podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shimoliy Gʻarbiy Hindiston ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shimoliy Afgʻonistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylatlgan.

Qangʻ davlati, qadimgi xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi. K.Shoniyozovning fikricha, Q.d. sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim.gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Q.d.ning jan. hududiga hozirgi Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan.

K. Shoniyozovning yozishicha, kangyuylar ko'chmanchi turkiyzabon qabilalar bilan birlashib, So'g'd va O'rta Sirdaryoning o'tirgan aholisining dastlabki turkiyzabon qatlamini tashkil etgan.

Kushon podsholigi - oʻzbek davlatchiligi tizimidagi kadimgi davlat (milodiy 1—3-asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yoxud oʻrtalarida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuyechji) miloddan avvalgi 140 yil Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi oʻrnida bir asr davomida 5 qabilaga boʻlinib yashagan. Boʻlardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabgʻusi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) milodiy 1-asrda qolgan 4 qabilani boʻysundirib, oʻzini hukmdor deb eʼlon qilgan.

Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qad. Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, ikki asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi.

Kanishka I davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoʻshtiylik va boshqa dinlar ham oʻz kuchini yoʻqotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi.

Eftaliylar (eftalitlar, eftallar, xaytallar, abdallar, yeda) — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqidan Movarounnahrning ichki viloyatlariga kirib, milodiy V asr - VI asrlarda davlat barpo etgan qabila ittifoqi.

Kanadalik sinolog Edvin Pulliblank eftalitlarni, Eroniyzabon xalqlar taʻsirida boʻlgan turkiy qabilalar deb hisoblagan.

Eftaliylar xioniylar (350 yil) va kidariylardan (380 yil) keyin Oʻrta Osiyoga koʻchishning uchinchi toʻlqinini tashkil etganligi odatda qabul qilingan. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, buning oʻrniga milodiy 350-360 yillarda koʻchmanchilar koʻchib oʻtishning katta toʻlqini boʻlishi mumkin.

Turk xoqonligi Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik qilgan. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan Hindistongacha  boʻlgan yerlarni boshqargan.

Oʻz davrida Oʻn Oʻq xoqonligi deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610—618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. Uning inisi Tun yabgʻu (618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligining chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan.Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.

Birinchi turkiy shoir, yozuvchi va tarixchi Yoʻllugʻ tegin (7-asr oxiri - 8-asr boshlari) bo'lib, u Kul-tegin, Bilga-xoqon va Qutlugʻ Eltaris-xoqonlar sharafiga bitiklar muallifi boʻlgan. Yozuvlarda turklarning madaniy darajasi, ularning adabiyoti, tarixiy bilimlari aks etgan. VII-VIII asrlarda manbalarda Oʻzbekiston hududidagi bir qator turkiyzabon qabilalar: turklar, kumidjiya, qarluqlar, xalajlar, argu, turkashlar nomlari qayd etilgan. 

VII-VIII asrlarga oid turkiy ismlar va unvonlar Baqtriya hujjatlarida uchraydi: xoqon, tapaglig eltabir, tarxon, tudun, Kutlug Tapaglig Bilga savuk, Kera-tongi, Tongaspar, turkiy etnik ismlar: xalach, turk 

VIII asr oʻrtalarida Buxoro vohasining turkiy hukmdorlari bir qator turkiy-Soʻgʻd tangalarini zarb qilganlar, ularga Xoqon pullari yozuvi tushirilgan. Oʻrta Osiyo vohalari turklari oʻzlarining tanga pullarini chiqarganlar: turk, turkesh, tuxus turk-soʻgʻd tangalari.

Soʻgʻd hududida 8 asr boshidagi xujjatlar orasida turkiy tilda runik alifbosida yozilgan hujjat topilgan. Fargʻona vodiysi hududida qadimgi turkiy tilda 20 dan ortiq runik yozuvlar topilgan. Bu VII-VIII asrlarda mahalliy turkiy aholi oʻzlarining yozma anʻanalariga ega boʻlganligidan dalolat beradi.

Sugʻd, Soʻgʻd, Sugʻud - Oʻrta Osiyodagi qadimgi tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor muqaddas miloddan avvalgi 7-6 asrlarda qadimgi Avestoda tilga olingan.

Qutayba arablarning boxiliylar qabilasidan boʻlib, Arab xalifaligining dunyoni fath qilish qilish uchun yo'llagan mujohidlar qatorida ishtirok etgan. 704-yilda Xuroson noibi etib tayinlangan. U arablarning Oʻrta Osiyoga islomni yoyish maqsadida qilingan g'azotlarining bosh tashkilotchisi boʻlib, ushbu harakatlarga boshchilik qilgan. Oʻzidan avvalgi noiblardan farqli oʻlaroq, Movaraunnahrni zabt etishda misli koʻrilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan. 708-yilda Kesh, 709-yilda Buxoro, 712-yilda Xorazm va Samarqand, 713-yilda esa Shosh (Toshkent) egallangan. 714-yilda Qutayba qoʻshinlari Fargʻona vodiysini fath qilgan.

Somoniylar davlati (875-999) — Movarounnahr va Xurosondagi o'rta asr davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni boshqargan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog'liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o'z ichiga olgan.

Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati (840-1212) — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bagʻrida tashkil topgan turkiy davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qd.ning barpo etilishida turkiy qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan.

Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.

Mahmud Qoshgariy Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072-74) yaratdi va turkshunoslik ilmining asoschisi boʻldi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi.

Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, 11 — 12-asrda oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.

Yusuf Xos Hojib (11 asr) Qoraxoniylar davrining mashhur turkiy shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi boʻlgan. 1069-70 yillarda yozib tugallangan «Qutadgʻu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatidagi turkiy adabiyot namunasidir.

Qoraxoniylar davlati va madaniyati tarixi bilan qator olimlar shugʻullangan va koʻplab kitob va maqolalar eʼlon qilishgan. Qoraxoniyalarning siyosiy tarixiga oid V.Bartold, B.Kochnev, E.Davidovich, Fedorovlar yirik tadqiqotlat olib borishdi. Qoraxoniylar davri madaniyati va arxeologiyasiga oid A. Bernshtam, M.Masson, G.Pugachenkova, O.Bolshakov, N.Nemtseva, K.Baypakov, Y.Buryakov, A.Anorboev, Sh.Kamoliddinov, Y.Karevlar chuqur tadqiqotlar olib borisgan. 

Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi Turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asr moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan.

XII asr arab tarixchisi Usama ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115—1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi .

Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Ildegizidlar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210—1225) boʻlgan 

Tarixchi Mutal Ermatov oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan deb taxmin qilgan 

Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek Xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek Xon davridan ancha oldin 1289 yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining reydini eslatib oʻtadi.

Shohu toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali,
Uzbakim boshida qalpoq, egnida shirdogʻi bas.
Mazmuni: Shoh toj va xilʼatli men tomosha qilamanmi, menga boshiga qalpoq (doʻppi), egniga yaktak kiygan oʻzbegimning oʻzi boʻlsa bas.

Khorazmsholar davlati tarixi bilan ozarbayjonlik akademik olim Ziyo Buniyatov (1921-1997) shugʻullangan va katta monografiya nashr qilgan.

Alovuddin Muhammad (1200-1220) davrida mamlakat hududi yanada kengadi. 1210-yilda Movarounnahrni Qoraxitoylardan toritib oladi. Uning davrida mamlakat qanchalik gullab-yashnamasin, mamlakat ich-ichidan yemirilib borgan. Xatto, sulton saroyida ham ichki nizolar avj olib, ularning boshida Turkonu Xotun va qipchoqlar turgan. Anushteginlar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar (1077-1231-yillar): 1. Anushtegin Garchoi 1077-1097 yy. 2. Ekinji ibn Qorachar 1097-y. 3. Qutbiddin Muhammad 1097-1127 yy. 4. Otsiz 1127-1156 yy. 5. Elarslon 1156-1172 yy. 6. Sultonshoh Mahmud 1172-y. 7. Takash 1172-1200 yy. 8. Alovuddin Muhammad 1200-1220 yy. 9. Jaloliddin Manguberdi 1220-1231 yy.

Moʻgʻullar istilosi Chingizxon boshchiligida moʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-asr oxiriga qadar davom etgan. 1219-1221 yillarda Oʻrta Osiyo xalqlari boʻysundirildi. Samarqand, Urganch, Termiz va boshqa shaharlar vayron qilindi. 1222 yilda xorazmshohlar davlati yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi.

Temuriylar davri — oʻrta asrlarda sohibqiron Amir Temur asos solgan markazlashgan buyuk saltanatni idora etgan sulola. T. hududi shimolda Ili daryosi va Xorazm (Orol) dengizidan jan.da Fors qoʻltigʻiga qadar, sharqda Xitoy va Hindistondan gʻarbda Trabzun (Qora dengiz)ga qadar ulkan maydonni qamragan. Davlat tuzilishi, qonun va qoidalari jihatidan T. musulmon Sharqida oʻrta asrlarda hukm surgan davlatlardan katta farq qilmasada, ammo uning boshqaruv tizimi Turkiston va Movarounnahr davlatchiligining asriy anʼanalari, saltanatga kirgan mamlakatlar bilan madaniy aloqalar asosida yangi tartib va qoidalar bilan takomillashtirilgan.

Xonlik tasarrufiga dastlab Movarounnahr, Janubiy Turkiston, Fargʻona va qisqa muddat Xorazm hududlari kiradi (Xorazmda 1511-yilda Xorazm Shayboniylari hukmronligi oʻrnatiladi).

Shayboniy hukmdorlarning eng yirik namoyondalari Shayboniyxon, Ubaydullaxon, va Abdullaxon II boʻlgan. 
Shayboniy oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlangan) bizgacha yetib kelgan.

Abdullaxon II tarixga oʻzidan ulkan iz qoldirishga erishdi: oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Uning davrida Buxoro xonligining siyosiy mavqei ortgan.

Shayboniylar zamonida Buxoro xonligining Hindiston (Boburiylar), Turkiya (Usmonlilar), Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan va hattoki, Eron Safaviylariga qarshi, Usmonlilar bilan harbiy ittifoq oʻrnatilgan.

Amir Muzaffar hukmronligi davrida, aniqrogʻi 1868-yilda amirlikning shimolidagi hududlar, xususan Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari Rossiya imperyasi tomonidan egallab olinadi. 1873-yilda esa Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi ustidan oʻz protektoratini oʻrnatadi. U Xiva va Qoʻqon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishga urinadi.

Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan amirlar Abdulahadxon va Olimxonlar davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda Mangʻitlar sulolasiga barham topadi va Buxoro amirligi tugatiladi.

Ushbu sulolaning eng yirik vakili Abulg'ozi Bahodirxon boʻlgan. Uning davrida markaziy hokimiyat mustahkamlandi va Xivaga mutlaq poytaxt maqomi berildi. Shundan keyin mamlakat yozma manbalarda Xiva xonligi nomi bilan zikr etiladi, ammo rasmiy hujjat va zarb qilingan tangalarda Xorazm nomi yoziladi.

Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. Muhammad Rahimxon II xonlikning soʻnggi mustaqil hukmdori hisoblanadi. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniny jihatdan oʻsishi koʻzga tashlansada, aynan shu davrda, yaʼni 1873 yilda xonlik hududining bir qismidan ayrildi va Rossiya imperiyasi protektoratiga aylandi.

Protektorat oʻrnatilgan davrda xukmronlik qilgan xonlar Muhammad Rahimxon II va Asfandiyorxon davlatni faqatgina ichki siyosatini mustaqil monarx sifatida boshqarish huquqiga ega boʻlishadi. 1920-yilda Qoʻngirotlar sulolasi barham topadi va Xiva xonligi tugatiladi.

Xonlikka 1709-yil oʻzbeklarning ming urugʻiga mansub Shohruxbiy tomonidan asos solingan deb hisoblanadi. U rivoyatlarga koʻra kelib chiqishi Bobur avlodi Oltin beshikka borib taqaladi.

Uning avlodlaridan biri Abduraim Diqantoʻda qishlogʻiga koʻchib oʻtdi va taxminan 1732-yil Qoʻqon shahriga asos soldi. Shahar avvaliga Eskiqoʻrgʻon, keyinchalik Qalʼai Raimboy deb nomlangan. Abduraim Buxorodagi ichki nizolardan foydalanib, u yerga hujum uyushtiradi, Samarqandga qarovchi baʼzi qishloqlarni, Kattaqoʻrgʻonni egallab, Shahrisabzgacha boradi, lekin, u yerning hokimi bilan sulh tuzadi va hokimning jiyaniga uylanib Xoʻjandga qaytadi, oxir-oqibatda taxm 1740-yilda oʻz qoʻl ostidagilardan biri tomonidan oʻldiriladi.
Bundan tashqari fors shohi Nodirshox 1740-yil Buxoroni boʻysundirib, qoʻqonliklarni Samarqanddan quvib yuboradi. Abduraimning ukasi Abdukarimbiy endigina Qoʻqon deb atala boshlagan (1740) Eskiqoʻrgʻonga koʻchib oʻtadi (Aslida esa, „Qoʻqon shahri“ atamasi anchagina qadimiy boʻlib, u haqda 10-asrda arab sayyohlari Istaxriy va Ibn Havqal Axsi shaharchasi va Shosh daryosi (Sirdaryo) yaqinida joylashgani haqida yozishgan, yaʼni bu joy hozirgi Qoʻqonning oʻrnidadir. Demak, shaharga „asos solganlar“ unda shunchaki oʻrda (saroy) qurishgan va qalʼa devorlari bilan oʻrab olishgan, degan taxminlar ham yoʻq emas).

Abdulkarim va Norboʻtabiy zamonlarida xonlik hududi kengaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, 1774-1798-yillar oraligʻida Abdulkarim ham, Norboʻtabiy ham Xitoyga boj toʻlab turganlar.

Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimxon togʻda yashovchi tojik qavmlarining koʻmagi bilan Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismini oʻziga boʻysundirdi, Xoʻjand (hozirgi Leninobod), Toshkent shular jumlasidandir. 1809-yil u oʻz ukasi Umarxon tomonidan oʻldiriladi. 1821-yil Umarxonning 12 yoshli oʻgʻli Muhammadali (Madalixon) taxtga oʻtiradi. Uning hukmronlik davrida xonlikning hududi anchagina kengaydi. Xonlik oʻziga shimoliy Qirgʻiziston va janubiy Qozogʻiston hududlarini qoʻshib oldi. Bu yerlarni boshqarish uchun 1825-yil Pishpak va Toʻqmoq qalʼalari barpo etildi.

Shu tariqa Oʻzbekiston ittifoqdosh respublika maqomida SSJI tarkibiga qoʻshildi, Oʻzbekiston SSRning birinchi poytaxti 1924-yilda Samarqand shahri boʻldi. 1930-yilda poytaxt Toshkent shahriga koʻchirildi.

SSSR tarkibida Oʻzbekiston hukumati boshliqlari
Oʻzbekiston SSR tuzilgan sanadan boshlab, 1925-yil fevral oʻrtalarigacha rasman respublika boshligʻi Fayzulla Xo'jayev boʻlgan. (1896 — 15.03.1937).

Sharof Rashidov tomonidan mamlakat rahbarligi davrida Oʻzbekistonning yutuqlari: 1977 yilda Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi metro qurildi. 1967 yilda Markaziy Osiyoda eng yirik oltin koni topildi. Markaziy Osiyoda birinchi marta Samarqandda Arxeologiya institutiga asos solindi. Tarixda birinchi marta Mirzo Ulugʻbekka yodgorlik oʻrnatildi. Samarqandning tashkil topishi tarixi muzeyi tashkil etildi. 4 jildli Oʻzbekiston tarixi yozildi va nashr etildi. Sh.Rashidov vafotidan soʻng, Oʻzbekistonning koʻp jildli tarixi nashr etilmagan. Birinchi marta Alisher Navoiy haqida oʻn qismli videofilm suratga olindi. Mirzo Ulugʻbek haqida birinchi marta ikkita film suratga olindi. Abu Rayxon Biruniy, Ibn Sino, Hamza haqida filmlar suratga olingan. Markaziy Osiyoda birinchi marta 14 jildli milliy entsiklopediya nashr etildi.

Ammo, shuni ham taʼkidlash joizki, rasman respublika boshliqlari 1959-yildan to 1970-yilgacha Yodgor Sodiqovna Nasriddinova (26.12.1920), 1970-78-yillarda Nazar Matkarimovich Matchonov (01.01.1923), 1978-83-yillarda Inomjon Buzrukovich Usmonxoʻjayev (21.05.1930) boʻlishgan.

Rasmiy Moskva tomonidan uyushtirilgan, Gdlyan va Ivanovlar tomonidan olib borilgan „tozalash ishlari“ natijasida mamlakatning keyingi boshliqlari tez-tez almashtirib turildi.

Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti davrida mamlakat oʻz bayrogʻiga (1991), tamgʻasi (1992), konstitutsiyasiga (1992) ega boʻldi. Sovet tuzumi oʻrniga hokimlar va mahalla instituti bilan yangi maʻmuriy tizim yaratildi.

Qatagʻon qurbonlarini xotirlash muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 1 mayda qabul qilingan Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisidagi farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 8 noyabrdagi 387-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyining ahamiyatini inobatga olgan holda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 5 maydagi farmoni bilan muzey ekspozitsiyasi yangilandi. Muzey 20-asrning 20-yillari boshidan 1930-yillarning oxirigacha qatagʻon qilinganlarning qatl etilishi sodir boʻlgan joyda joylashgan.




#Article 146: E-Mail (270 words)


Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtgacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiytexnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi. E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail 20-asrning 60- yillarida katta hisoblash mashinalarida koʻp foydalanuvchilar tartibi dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989 yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.

Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91 yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997 yilda Toshkent pochtamti korxonasida Ke1sot tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va Internet kafelar orqali E-Maildan foydalanadilar. Internetga chiqish imkoniyati boʻlmagan mijozlar uchun Oʻzbekiston pochtasi aksiyadorlik tarmogʻi orqali E-Mail va gibrid pochta (pochtani qabul qilish, ishlov berish va yetkazish jarayonida E-Mail va anʼanaviy pochta resurslari ishlatiladi) xizmatlarini yoʻlga qoʻyish ishlari olib borilmoqda. Gibrid pochta orqali korxona, tashkilotlar va oʻquv muassasalaridan olingan axborot, xabar, reklama, taklifnoma, chaqiruv qogʻozlari va boshqalar pochta xodimlari tomonidan oluvchilarning manzillariga yetkazilib beriladi.

Elektron pochta ( yoki email, electronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.

Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi - pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.

Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi programmalar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin.

Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli (relay serversiz):




#Article 147: Walmart (177 words)


Wal-Mart Stores, Inc. – Amerika kompaniyasi, dunyodagi eng yirik chakana savdo bilan shug’ullanuvchi kompaniyalardan biri. Bosh ofisi – Bentonvilla, Arkanzas shtatida joylashgan.

Kompaniya 1962 yil Rodjers shahri(shtat Arkanzas) da Sem Volton tomonidan asos solingan.

Wal-Mart ning 40% yaqin aksiyalari kompaniya asoschisi Sem Voltonning merosxoʻrlariga tegishli.
Direktorlar kengashi raisi – S. Robson Walton. Bosh boshqaruvchi – H. Lee Scott.

Wal-Mart – chakana savdo bilan shug`ullanuvchi dunyoda eng yirik kompaniyalardan biri, uning tarkibiga 14 ta davlatda 6782 ta magazinlar kiradi. (2007 yil fevral oyi ma`lumotlariga ko`ra). Bular qatoriga oziq - ovqat va xojalik mollari sotuvchi gipermarketlar va universamlar ham kiradi. Wal-Mart strategiyasi - maksimal mahsulotlar asortimenti va minimal narxlar(optom narxlariga yaqinlashtirish) hisoblanadi. AQSH chakana savdo bozorida Wal-Martning asosiy raqobatchilari bu – Kmart va Target hisoblanadi. Wal-Mart savdoda RFID - belgilari tehnologiyasini ishlatish bo`yicha lider hisoblanadi. 2004 yil natijalariga binoan eng yirik kompaniyalar ichida Wal-Mart daromad hajmi bo`yicha birinchi o`rinni egalladi. 2006 yilda kompaniya umumiy ishchilari soni – 1,6 mln kishini tashkil etdi. Kompaniya oboroti 2005 yilda $312,4 mlrd ni tashkil etdi va sof foydasi - $11,2 mlrdni tashkil etdi.




#Article 148: Xoʻjand (292 words)


Xoʻjand (1936-91 yillarda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati markazi. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻ oʻrtasida, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Dushanbe shahrigacha 341 km. Aeroport bor. Aholisi 167,4 ming kishidan ko‘proq (2013), asosan, tojiklar va oʻzbeklar tashkil qiladi.

Tojikistonning ikkinchi eng katta shahri boʻlib hisoblanadi (Dyushanbedan keyin). Shahar aglomeratsiyasi 573 400 tashkil qiladi. Aholisi 1989-yil 160,000 kishini tashkil qilgan lekin 2000-yilga kelib aholi soni 149,000 kishi boʻlib qoldi.

Hoʻjand Oʻrta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan boʻlib, mil.av. 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil. av. 6—4-asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. av. 329-yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan. Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha shahar 7-asrning 2-yarmida Hoʻjand nomi bilan mashhur boʻlgan (Hoʻjand orqali Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan). 8-asrda arab halifaligi, 13-asrda moʻgʻullar imperiyasi, 14—15-asrlarda Temuriylar, 16-asrda Shayboniylar, soʻngra Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1866-yilning 24-mayida shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari bosib olgan. Hoʻjand 1924-yilda Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng Oʻzbekiston tarkibiga kirgan, 1929-yil dan Tojikiston tarkibiga oʻtkazilgan.

Oʻtmishda Hoʻjandda kustar ipakchilik rivojlangan. Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida Oʻrta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Xitoy va Oʻrta dengiz[ havzasidagi mamlakatlar bilan bogʻlab turishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shahardan oʻnlab tarixiy shaxslar, Temur Malik, munajjim va riyoziyotshunos Abdumahmudi Hoʻjandiy (10-asr), shoirlardan Mahasti Hoʻjandiy (12-asr), Kamol Hoʻjandiy (14-asr), Muhammadaminxoʻja Koshif (1825 — 87), Abdullo Fayoz (1847—1934), Asiriy; geograf va sayyoh Hoji Yusuf Mirfayozov (1842—1925), faylasuf olim Muhammad Osimiy (1920—96) va boshqalar yetishib chiqqan.

Xoʻjand — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniyat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoatlari. Ipak kombinati, poyabzal, mebel fabrikalari, konserva va goʻsht, sut kombinatlari, yogʻmoy ekstrakt, pilla, paxta tozalash, sirli idishlar, avtotaʼmirlash va boshqa zavodlar, qurilish materiallari, shisha ishlab chiqarish, matbaa korxonalari, mebelsozlik fabrikalari, Panjshanbe bozori faoliyat koʻrsatadi.




#Article 149: Sharof Rashidov (702 words)


Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-oktabr eski hisob boʻyicha) 1917 – 31-oktabr 1983) – sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi. Jizzax ped. texnikumini (1935), Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gaz.da masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir (1937–41,1943). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941 yil noyabr – 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944–47), Kizil Oʻzbekiston gazeta muharriri (1947– 49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949–50). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (195059). Oʻzbekiston KP MK 1kotibi (1959 83). KPSS MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961–83). 2 marta Mehnat Qaxramoni (1974, 1977).

Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1yirik asari – Chegarachi dostoni 1937 yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuygʻulari bilan sugorilgan Qaxrim sheʼrlar toʻplami 1945 yilda chop etildi. Rashidov davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri – qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida Gʻoliblar qissasini (1953) yozdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida front orqasida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan Boʻrondan kuchli (1958) va Qudratli toʻlqin (1964), Gʻoliblar (1972) romanlarini yaratdi. Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan Kashmir qoʻshigʻi lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi.

Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oklandi va u Vatanimiz tarixidagi munosib oʻrnini egalladi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi koʻchalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan.

Sharof Rashidov Oktabr inqilobidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan.

Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937–41-yillarda Samarqand viloyatining „Lenin yoʻli“ gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan.

Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan.

Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“ degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Gdlyanning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. „Oʻzbek ishi“ natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi. Hozirgi kunda mustaqil Oʻzbekistonda Sharof Rashidovning nomi hurmat-eʼtibor bilan esga olinadi. Oʻzini kuchli rahbar va mohir diplomat sifatida koʻrsata olgan oʻzbek xalqining qahramoni kamchiliklarga toʻla sovet boshqaruv tizimini oʻzbek xalqining oʻlchab boʻlmas rivoji uchun yoʻnaltirgan.

V.Boldin (M. Gorbachyov yordamchisi va KPSS MK boʻlim boshligʻi) – Rashidov haqida. Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat qilardi: „Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi“. Gorbachyov esa: „Baribir koʻproq topshiringlar“. (Kommersant — Vlast, 15 may 2001, 61 bet.)..

Qizi: Sayyora Rashidova — Oʻzbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi direktori. 

 




#Article 150: Registon ansambli (320 words)


Registon ansambli — Samarqandning Registon maydonida 3 Madrasa (Ulugʻbek madrasasi, Tillakori Madrasasi, Sherdor Madrasasi) dan iborat meʼmoriy majmua. 

Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulugʻbek xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 15-asrning 20—40y.larida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. 17-asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60)ni qurdirgan. Registon ansambli oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.

Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tilla-kori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi.

Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi.

 




#Article 151: Samarqand davlat universiteti (457 words)


Samarqand Davlat Universiteti (Samarqand universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, qisqacha: SamDU) — Samarqanddagi oliy o‘quv yurti bo‘lib, keng sohalardagi mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi.

Oʻzbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1927-yil 22 yanvarda Samarqandda Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 3 boʻlim (fizikamat., tabiiygeogr. va ijtimoiyiqtisodiy), 11 oʻqituvchi, 4 kafedra bilan ish boshlagan Institutda taʼlim 4-yillik boʻlgan. Institut qoshida 1929-yil noyabrda ishchilar fakulteti, 1930-yil yanvarda ishchilar universiteti (kechki va sirtqi) hamda 1 va 2darajali maktab oʻqituvchilari uchun malaka oshirish instituti tashkil etildi. 1930-yil 22 yanvarda Oliy pedagogika instituti Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi (pedakademiya)ga aylantirildi va u taʼlimning ft tizimiga oʻtdi.

Unt tarkibida tarix, huquqshunoslik, iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy fanlar, oʻzbek filol.si, rus filol.si, tojik filol.si, geogr., kimyo, mexanikamat., fizika, biol., informatika va informatsion texnologiyalar, ped. va boshlangʻich taʼlim, kasbiy taʼlim, musiqa, jismoniy madaniyat ftlari, 73 oʻkuv laboratoriya, 13 kompyuter sinfi, biznes maktab, testga tayyorlov kursi, axborot texnologiyalari va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi, oʻquv diagnostika markazi, maxsus sirtqi boʻlim, metrologiya, patentshunoslik boʻlimlari, 8 qiroatxona va instituternetga ulangan kompyuter zaliga ega kutubxona (3 mln. asar), Alisher Navoiy, zool., arxeologiya, geogr., universitet tarixi muzeylari bor. universitetda 34 yoʻnalish boʻyicha aspirantura (1930-yil tashkil etilgan) va 4 yoʻnalish boʻyicha doktorantura mavjud.

Untda 30 yoʻnalish boʻyicha (mat., mexanika, huquqshunoslik, oʻzbek, rus, tojik filol.si, kimyo, iktisodiyot, menejment, fizika, elektronika, biol., ekologiya, tuproqshunoslik, geogr., boshlangʻich taʼlim, ped.psixologiya, mehnat taʼlimi, defektologiya, tarix, falsafa, huquq va maʼnaviyat asoslari, musiqa, amaliy mat., informatika va boshqalar) bakalavrlar, 61 ixtisoslik boʻyicha (informatika, musikiy taʼlim, pedagog, psixologiya, boshlangich taʼlim, dialektika va bilish nazariyasi, umumiy tarix, ijtimoiy falsafa, siyosat falsafasi, Vatan tarixi, arxeologiya, tarixshunoslik, aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti, zool., botanika, oʻsimliklar fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi, bio-kimyo, biotexnologiya, nazariy fizika, issiklik fizikasi va molekulyar fizika, kvant elektronikasi, geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish, nazariy mexanika, suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi, noorganik kimyo, organik kimyo, fizik geogr., matematik taxlil, differensial tenglamalar, matematik mantiq, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, geom. va topologiya, mat. fanini oʻqitish metodikasi, amaliy mat. va axborot texnologiyasi, hisoblash mat.si, matematik modellash, optimallashtirish va optimal boshqaruv, qattiq jismli elektronika, mikroelektronika, tuproqshunoslik, agrotuprokshunoslik va agrofizika, ekologiya va boshqalar) magistrlar tayyorlanadi. 2003/2004 oʻquv-yilida 9320 talaba taʼlim oldi, 930 oʻqituvchi, jumladan, 88 fan doktori va professor, 468 fan nomzodi va dotsent ishladi. Samarqand Davlat Universiteti ni bitirganlar orasida olimlardan I. Moʻminov, S. Umarov, U. Orifov, Ya. Gʻulomov, A. Bahovuddinov, Q. Zokirov, V. Abdullayev, M. Osimov, A. Narzikulov, A. Adhamov, A. Otaxujayev, B. Valixoʻjayev, Sh. Vohidov, yozuvchi va shoirlardan Hasan Poʻlat, Mirtemir, Amin Umariy, Oydin, Sh. Rashidov, Hamid Olimjon, Asqad Muxtor, Dushan Fayziy, Omon Matjon, N. Narzullayev, B. Boyqobilov va boshqa bor.

Untda 1930-yildan „Ilmiy asarlar“ toʻplami (1998-yildan „Samarqand Davlat Universiteti ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi“), 1957-yildan „Samarqand universiteta“ gaz. nashr etiladi
.

Hozirgi vaqtda universitet tarkibiga quyidagi fakultetlar kiradi:




#Article 152: Oʻzbekiston Adolat Partiyasi (262 words)


Oʻzbekiston Respublikasi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (Adolat) 1995 yil fevral oyida tuzilgan. Oʻzbekistonning 147 shahar va tumanlarida hududiy tashkilotlari mavjud. Aʼzolarining soni 35 mingdan ortiq.

OʻZBEKISTON ADOLAT SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI (Adolat SDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995 yil 18 fevla partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, Dasturi va Ustavi qabul qilingan va shu kuni OʻzR Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Partiyaning bosh maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, huquqiydemokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish va pirovardida, Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsialdemokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi. Qonun ustuvorligini taʼminlovchi adolatli ijtimoiy munosabatlar oʻrnatilgandagina odil jamiyat qurish mumkin boʻladi. Adolat partiyasi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni bajarishni oʻzining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Partiya oʻrtahol va kam taʼminlangan aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy irodasini namoyon etishga intiladi.

Partiyaga 50411 kishi aʼzo (2005 yil 1 yanvar). Ular 3120 dan ortiq boshlangʻich partiya tashkilotlariga birlashgan. Partiya aʼzolarining 30,1 foizi ziyolilar, 24,1 foizi ishchilar, 10,3 foizi dehqonlar va qishloq xoʻjaligi xodimlari, 11,4 foizi nafaqachi va pensionerlar, 10,2 foizi xizmatchilar, 7,4 foizi tadbirkorlar, 6,4 foizi talabalardir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hamda mamlakatning deyarli barcha shahar, tumanlarida partiya Kengashlari faoliyat koʻrsatmoqda. Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyat partiya tashkilotlari yirik tashkilotlardir. Qurultoy — partiyaning oliy organi. U partiya Siyosiy kengashi tomonidan kamida 5 yilda bir marta chaqiriladi. Siyosiy kengash doimiy ishlovchi partiya rahbar organidir. Adolat SDPning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 10 deputatdan tashkil topgan. Fraksiya rahbari — partiya Siyosiy kengashi birinchi kotibi D.Gʻ.Toshmuhamedova. Adolat gaz. partiyaning nashriy organidir.

Partiyaning nashri — «Adolat» gazetasi.




#Article 153: Oʻzbekiston Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi (236 words)


Oʻzbekiston Respublikasi Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (Fidokorlar) 1999 yil 4 yanvarda tashkil etilgan.

Bu partiya oʻz nomi bilan vatan fidokorlarini, vatan ravnaqi uchun kuyib, yonib yashaydigan oʻzbekiston fuqarolarini birlashtirdi. 

Oʻzbekiston fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 25 iyulda roʻyxatga olingan va shu yil Dasturi hamda Ustavi qabul qilingan. Partiyaning asosiy maqsadi erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati negizlarini barpo etish, aholi turmush darajasini taraqqiy topgan davlatlardagi xalqlarning turmush darajasiga yetkazish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin olishiga amaliy hissa qoʻshishdan iborat. FMDP kelajakka yoshlar nazari bilan qaraydi. Yoshlarni yuksak maʼrifatli, bilimdon, gʻoyaviy-siyosiy jihatdan hushyor, maʼnaviy barkamol boʻlib voyaga yetishini taʼminlashga intiladi va yoshlar manfaatini himoya qiladi. Partiyaning oliy organi qurultoy, u qoida tariqasida, 5 yilda 1 marta chaqiriladi. Zaruratga qarab qurultoy maqomiga ega boʻlgan partiya konferensiyasi oʻtkazilishi mumkin. Partiyaning rahbar organi qurultoy tomonidan saylanadigan Markaziy kengashdir. Markaziy kengash yigʻilishlari oraligʻidagi davrda partiyaning kundalik faoliyati Ijroiya kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi. FMDPning 12 viloyat partiya tashkiloti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, 203 tuman va shahar, 3500 boshlangʻich partiya tashkiloti bor. FMDP aʼzolarining umumiy soni 61750 kishidan iborat (2004 yil noyabr), ularning 65 foizini yoshlar (40 yoshgacha boʻlganlar) tashkil etadi. FMDPning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 18 deputatdan iborat, fraksiya rahbari A.S. Tursunov, FMDP fraksiyasi Oʻzbekiston liberaldemokratik partiyasi, Adolat sotsialdemokratik partiyasi bilan birga parlamentda Demokratik blokka birlashgan.

Partiyaning nashri — Fidokor gaz. Shoira Umarova. 

 




#Article 154: Oʻzbekiston Kamolot Yoshlar Jamgʻarmasi (134 words)


Oʻzbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar jamgʻarmasi Oʻzbekiston yoshlarining nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi boʻlib, 1996 yil 17 apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil topgan. 

Jamgʻarmaning asosiy vazifasi — yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, madaniy, xuquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish, hayotga tadbiq etish, davlat, hukumat dasturlari, islohotlarni bajarishga koʻmaklashish, yoshlarni Konstitutsiya, qonunlar, davlat va hukumat qarorlarini hurmat qilish, ularga amal qilish ruhida tarbiyalash, yoshlar uchun yangi ish joylari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalalarini oʻrganish hamda mazkur masalalarni hal etishda hukumat idoralari, hokimliklar, vazirliklar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.

Jamgʻarmaning viloyat, shahar va tumanlarda boʻlimlari mavjud. «Kamolot» jamgʻarmasining jamoatchilik markazlari joylarda 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar istagi va tashabbusi bilan tashkil topishi mumkin. Uning mablagʻi turli ixtiyoriy pul oʻtkazish va xayriyalar hisobiga tashkil topadi, noshirlik, oʻyinlar va boshqa tadbirlar hisobiga boyib boradi.

{pass}




#Article 155: Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyati (213 words)


Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatiga Shveytsariyada asos solingan. Bu jamiyat halokat qurbonlariga yordam berish, jamiyatning yordamga muhtoj qatlamlariga har tomonlama yordam berish, birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil qilish, Xalqaro Inson Xuquqi boʻyicha bilimlarni tarqatish, qurolli toʻqnashuvlar davrida esa harbiy tibbiyot xizmatchilariga koʻmaklashish vazifalarini bajaradi. Bu jamiyatning belgisi - Shveytsariya bayrogʻi ranglarining teskari koʻrinishidir (Shveytsariya bayrogʻida qizil rangga oq xoch belgisi chizilgan). Qizil Xoch va Qizil Yarim oy belgilarining hech qanday farqi yoʻq. Lekin koʻp davlatlar yarim oy belgisini tanlaganlar. Hozirda juda koʻp davlatlarda Milliy Xalqaro Qizil Yarim Oy jamiyatlari tashkil qilingan. Bu jamiyatlar oʻz davlatlarining muammolarini bartaraf etishga koʻmaklashib, davlat rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshib kelmoqda. Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy milliy jamiyati 1925 yil 14 noyabrda tuzilgan. 1992 yil 28 may - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati toʻgʻrisidagi Farmonga imzo chekdi. Oʻzbekiston Qizil Yarim oy milliy jamiyatining faxriy Prezidenti qilib Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov saylandi. Bu jamiyatning hozirgi kundagi faoliyatining asosiy maqsadlaridan biri - Oʻzbekiston Yoshlar Qizil Yarim Oy jamiyatini tuzish. Bu jamiyatning asosi Yoshlar Markazlari va klublar boʻladi. Bu Markazlar Niderlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya Qizil Xoch jamiyatlari va Xalqaro Qizil Xoch jamiyati bilan hamkorlikda tashkil qilinadi. Yoshlar Markazlari yoshlarning oʻqishi, bilim olishi uchun sharoit yaratish, giyohvandlik va OITSning oldini olish yoʻlida katta ishlar qilmoqdalar.




#Article 156: Akmal Ikromov (275 words)


Akmal Ikromovich Ikromov (1898-yil, Toshkent — 1938-yil 15-mart) — davlat va siyosat arbobi. O’zbekiston hukumat rahbarlaridan biridir.

Ikromov Akmal 1898-yil Toshkent shahrining Oʻqchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tugʻilgan. Otasining maktabida savod chiqargan. Yoshligidan fors va arab tillarini puxta egallab, sharq adabiyotini chuqur oʻrgangan. Toshkent shahrida oʻqituvchi (1918-1919), „Izchillar toʻdasi“ va „Chigʻatoy gurungi“ aʼzosi, Elxon taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Namangan, Fargʻona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan (1919-1921). Turkiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengashining kotibi va tashkiliy instruktorlik boʻlimi mudiri (1921-1922). Turkiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida tashabbuskorlik qilgan. 1922-1924-yillarda Moskvadagi Kommunistik universitetda oʻqidi. 1925-yil yanvardan Toshkent viloyati partiya komiteti kotibi. 1925-yil fevraldan Oʻzbekiston Kommunistlar Partiyasi Markaziy Kengashi kotibi, birinchi kotibi (1929-yil dekabr — 1937-yil sentabr). 1931-1934-yillarda Butun ittifoq kommunistlar partiyasi markaziy kengashining O’rta Osiyo byurosi kotibi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi aʼzosi, 1925-1937-yillarda SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi aʼzoligiga nomzod. OʻzSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi Prezidiumi aʼzosi (1925-1937).

A. Ikromov 1919-1924-yillarda imkoniyati doirasida oʻzbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurashgan. U mohir publitsist sifatida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini, xususan paxtachilikni rivojlantirishga, madaniy qurulishga doir koʻplab nazariy maqolalar, ilmiya asarlar yozgan. Ikromov oʻz faoliyati davomida Oʻrta Osiyo byurosi va Markazning koʻrsatmalariga amal qilishga majbur boʻlgan. 1925-1927-yillarda oʻn sakkizlar guruhi, inogʻomovchilikka qarshi gʻoyaviy kurash olib borgan. Oʻzbekistonda yer-suv islohati, majburiy jamoatlashtirish, respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va boshqa tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni „burjua millatchiligi“ da ayblagan. Ikromov garchi bolshevistik gʻoyadan chekinmagan boʻlsa-sa, mustabid tuzum qatagʻonchilari uni ayab oʻtirmadilar. 1937-yil sentabrda Toshkentda qamoqqa olindi. Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ deb atalgan ish boʻyicha Moskvada sud qilinib, sobiq SSSRni boʻlib yuborish, jumladan, Oʻrta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agʻdarish, kapitalizmni, burjuaziya hokimiyatini tiklashda ayblandi va otib tashlandi.




#Article 157: Qurilish (402 words)


Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi.

Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obʼyektlar Q. mahsu-lotlari hisoblanadi. Q.da ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Q.ni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obʼyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Q.larga boʻlinadi.

Q. Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Q. sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi. 2003 yilda yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000 yilda 6,1%), xalq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Q. hissasiga toʻgʻri keladi.

Q. xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Q. ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi.

Q. industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.

Q. ishlari umumiy hajmidan 76,9% yangi qurilishlar, faoliyat koʻrsata-yotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 23,1% kapital, joriy taʼmirlash ishlariga toʻgʻri keladi. Oʻrta va kichik biznesga mansub qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan Q. ishlari hajmi 350,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi (respublika boʻyicha bajarilgan qurilish ishlari umumiy haj-mining 43,4%).

Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Q. moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sano-ati tashkil etadi (qarang Kurshshsh materi-allari sanoati).

Qurilishlar quyidagi turlarga ajratiladi:




#Article 158: Tahorat (169 words)


Tahorat — namoz oʻqish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish jarayoni. Xususiy shakli sifatida tayammum koʻriladi. Islomda tahoratning ikki turi mavjud: vuzuʼ — kichik tahorat — qoʻloyoq va yuzni yuvish; gʻusul — katta tahorat — toʻla yuvinish, choʻmilish. Tahoratning 4 ta farzi bor; yuzni yuvmoq; ikki qoʻlni tirsak ila qoʻshib yuvmoq; ikki oyoqni toʻpigʻi ila qoʻshib yuvmoq, boshning toʻrtdan bir qismiga mash tortish — ikki qoʻlni hoʻllab surtmoq. Bu farzlardan birortasi bajarilmasa, tahorat haqiqiy boʻlmaydi. Tahoratning farzlaridan boshqa uning sunnat va vojiblari ham boʻladi. Tahorat oladigan har bir kimsa suvni keragidan ortiq ham, oz ham sarf qilmasligi; suvni yuzga shapillatib sochmasligi; tahorat qilayotganda oʻrinsiz gaplashmasligi; iflos yerda tahorat olmasligi kerak. Tahorat qilish uchun suv topilmasa tayammum qilinadi. Tahorati bor kishida quyidagi holatlardan biri yuz bersa tahorati buzilgan hisoblanadi: vujudning biron yeridan qon, yiring, suv chiqsa; ogʻzi toʻlib qussa; tupurgan vaqt tupugini yarmidan koʻpi qon boʻlsa; kichik va katta hojatga borsa va orqadan yel chiqarsa; bexush yoki mast boʻlsa; namoz vaqtida kulsa; uxlasa. Tahoratni buzadigan holatlar roʻy bersa, tahoratni boshqatdan qilish lozim boʻladi.

Tahorat uchun suv hozirlagandan keyin:




#Article 159: Namoz (223 words)


Namoz (fors.) — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 5 rukndan biri. N. musulmonlarga meʼroj kechasi (qarang Isro va meʼroj) farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. oʻqish farz hisoblanadi. N. oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, Qurʼon oyatlaridan tilovat qilishda duolar oʻqish, rukuʼ, sajda, tiz choʻkib oʻtirish, salom berishlarni oʻz ichiga oladi. N.ning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, vojib, sunnat, nafl, ishroq, tahajjud, qazo, shukri vuzu, janoza va boshqa qoʻshimcha N.lar borki, ularni ado etish musulmon kishining ixtiyoriy ibodati sanaladi. Farz, vojib, sunnat N.lari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi N.lar sirasiga kiradi.

N. oʻqish uchun namozxonning badan va kiyimlari hamda oʻqish joyi pok boʻlishi shart. N. qiblaga — Makkadagi Kaʼba ibodatxonasiga qarab oʻqiladi. Uni oʻqishda maxsus toʻshama — joynamozdan foydalanish odatga aylangan. N.ni kishi bir oʻzi yoki jamoa boʻlib oʻqishi mumkin, lekin juma kunidagi juma N.ini masjidda jamoa bilan oʻqish tavsiya etiladi. Jamoa boʻlib N. oʻqiganda namozxonlar qator turadi, ulardan biri (imom) imomlikka oʻtadi. N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, yigʻlash, yoʻtalish, turli harakatlar qilish va boshqa mumkin emas. Kasal va nogironlar N.ni oʻzlariga qulay holatda oʻqiydilar.

Islomdagi mazhablar koʻrsatmalarida N. oʻqish qoidalarining bir-biridan farq qiladigan jihatlari bor. Oʻzbekistonda N., asosan, hanafiylik mazhabiga muvofiq oʻqiladi.

Tahorat qilib boʻlgandan keyin namoz oʻqiladi.

Namozni boshlashdan oldin ado etilishi lozim boʻlgan toʻqqizta shart bordir:




#Article 160: Tayammum (119 words)


Tayammum - islom dinida tahorat olish usuli, yuvinish uchun toza suv taqchilligi yuzaga kelganda odatiy tahorat o`rnida bajariladi.

Tayammum (arab.) — poklanishning bir turi. Suv boʻlmaganda qum yoki tuproq bilan tahorat qilib, ramziy poklanish. T.da 4 farz bor: niyat qilish; tuproqning toza joyini tanlash; ikki qoʻlni tuproqqa urib, yuzga surish (avval chap qoʻl bilan oʻng qoʻlga, soʻng oʻng qoʻl bilan chap qoʻlga mashtortiladi); yana kaftlarni toza tuproqqa urib, ikki qoʻlni tirsaklarigacha mash qilish (uch marotaba).

Tayammum qilishni qasd qilgan kishi ikki qo'li bilan barmoqlarini ochgan holda pok yer jinsiga bir marta uradi va barmoqlarining ichini yuziga surtadi, kaftlarining ichi bilan ikki qo'lini ishqalaydi. Yuz va qo'l uchun ikki marta qo'lini erga ursa ham bo'ladi. Ammo birinchi ko'rinish hadisda kelgan.




#Article 161: Misr (3224 words)


Misr (rasmiy nomlanishi Misr Arab Respublikasi arabcha: جمهورية مصر العربية‎‎ Jumhuriya Misr al-Arabiya) — Afrikaning shimoliy-sharqiy va qisman Osiyo (Sinay yarim orol) da joylashgan davlat. Maydoni 1001,4 ming km². Aholisi 69,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Qohira shahri. Maʼmuriy jihatdan 27 muhofazaga boʻlinadi. Isroil, Falastin, Sudan va Liviya davlatlari bilan chegaradosh. Misr shimolda Oʻrta yer dengizi, sharqida Qizil dengiz joylashgan.

Misr — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1971-yil 11-sentyabrdagi referendumda maʼqullangan, keyinchalik unga oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1981-yildan Muhammad Husniy Muborak). Vakolat muddati — 6 yil. Cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi.

Misr hududining deyarli xammasi choʻl zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5 % (35 ming km²) Nil da-ryosi deltasi va vodiysiga toʻgʻri keladi. Relyefi va geologik tuzilishi jihatidan Misr hududi shartli ravishda toʻrt zonaga boʻlinadi: 1) Liviya choʻli; 2) Arabiston choʻli; 3) Sinay yarim orol; 4) Nil daryosi vodiysi va deltasi. Relyefi, asosan, tekislik; Qizil dengizga yaqin yerlar togʻlikdir. Liviya choʻli platosining balandligi shimolda 100 m, janubda 600 m, janubi-gʻarbda 1000 m gacha boʻlib, yer yuzasi qum va toshloq. Arabiston choʻli yassitogʻligi sharqda 700 m gacha koʻtarilgan, bu yerda balandligi 2000 m gacha boʻlgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100– 200 m. Yassitogʻlik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (Misr chegarasida) janubda 1–3 km, deltaga yaqin joyda 20–25 km. Sinay yarim orolning U, qismini At-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning janubda balandligi 2641 m gacha boʻlgan togʻlar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganets, mis, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Sinay yarim orolda kumir konlari mavjud.

Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik kontinental choʻl iqlimi, yogʻin ahyon-ahyondagina yogʻadi. Haroratning sutkalik farqi katta. Mac, choʻdda kunduzi temperatura 50° boʻlsa, kechasi 0°. Oʻrta dengiz boʻyida subtropik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryogʻin. Eng issiq oylari (iyul—avgust)ning oʻrtacha temperaturasi Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanvar— fevral)ning temperaturasi Iskandariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Aprel va may oylarida 50 kungacha choʻl shamoli (xasmin) esib turadi. Oʻrtacha yillik yogʻin Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yogʻin aksari qisqa muddatli jala boʻlib yogʻadi.

Mamlakatdan birgina Nil daryosi oʻtadi. Uning suvi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgach, mamlakat janubda Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda sizot suvlardan keng foydalaniladi. Mayda koʻl koʻp. Nil deltasida kanallardan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim kanallarda kema katnaydi.

Jan.dan shimolga tomon dastlab sariqqoʻngʻir choʻl tuprogʻi, soʻngra boʻz tuproq (arablar bodiya — „choʻl“ tuprogʻi deyishadi), taqir boʻz tuproq, shoʻrxoklar, Nilning delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning gʻarbiy qismida koʻchma kumlar bor. Nil vodiysi va deltasining tuprogʻi juda unumdor.

Misr hududining katta qismi suvsiz va oʻsimliksiz choʻllardir. Kserofit va lishayniklar, qisman daraxtsimon usimliklar, Liviya chulining shimolda qishda efemerlar oʻsadi. Koʻproq butasimon va ut oʻsimliklar tarqalgan. Nil vodiysida, asosan, madaniy usimliklar ekiladi. Oʻrta dengiz sohillarida chalov, choʻl piyozi, naʼmatak, yantoq va boshqa bor.

Hayvonlardan sudraluvchilar, jumladan, kaltakesak koʻp. Chullarda chiya-boʻri, tulki, sirtlon va boshqa hayvonlar uchraydi. Nil boʻyida gʻoz, oqqur, oʻrdak, shuningdek, yirtqich qushlar bor.

Aholisining 98 % misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (qibt)lar (mahalliy xristianlar) Misrning tub aholisi boʻlib, mamlakatga kelgan arablar bilan aralashib ketgan qad. misrliklarning avlodlaridir. Greklar, armanlar, italyanlar, inglizlar, fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili, deyarli butun aholi shu tilda gaplashadi. Aholi, asosan, islom dinining sunniylik yoʻnalishida; xristianlar 10 % ni tashkil etadi. Aholining 43,9 % shaharlarda istiqomatqiladi. Eng yirik shaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoiliya, Tanta, Suvaysh, Al-Mansura, Damanxur, Al-Mahallat-ul-Kubro.

Misr — insoniyat tamadsuni (sivilizatsiyasi)ning ilk makonlaridan biri (qarang Misr, Qadimgi Misr). 3— 4-asrlarda Misr Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Rim imperiyasi yemirilgach (395), Vizantiyaning bir viloyati boʻlib qoldi.7-asr boshlarida butun Misr aholisi Vizantiyaning rasmiy pravo-slav cherkoviga qarshi boʻlgan xristi-anlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (qibt) tilida soʻzlashar edi. Shu davrda Misrni sosoniylar, 639—642 yillarda esa arablar bosib oldi va mamlakatda islom dini tarqala boshladi. Keyinchalik tuluniylar (868 — 905), abbosiylar (905—935), ixshidiylar (935—969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969—1171)da Falastin, Shom (Suriya) va Gʻarbiy Arabiston M.ga qaram boʻlgan. 1113 yil salib yurishi qatnashchilari M.ga bostirib kirdi. Shimoliy Suriya va Irokdagi saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146—74) salibchilarga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160—71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171 yil ayyubiylarsulolasi (1171 —1250)ning asoschisi Salohiddin taxtga chikdi. 1174 yil esa u sulton nomini oldi. 1187 yil Suriya va Misr harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi va Falastin bilan Suriyani ulardan ozod qildi. Misrda 13 asr yarmigacha Ayyubiylar, 14—15-asrlarda mamluklar hukmronlik qildi.

Milliy demokratik partiya, 1978 yilda tashkil etilgan; Milliy taraqqiyparvar (soʻl) partiya, 1976—77 yillarda tuzilgan; Mehnat partiyasi, 1978 yilda asos solingan; Liberallar partiyasi, 1976—77 yillarda tashkil etilgan, 1990 yil yanvargacha Liberalso-sialistik partiya deb atalgan; „Al-Vafd“ partiyasi, 1978 yilda tuzilgan; „Al-Umma“ („Millat“) partiyasi, 1983 yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan. Misr mexnat federatsiyasi kasaba uyushmasi, 1957 yilda asos solingan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.

Misr — agrar-industrial mamlakat. Jahon bozoriga yuqori si-fatli uzun tolali paxta va undan toʻqilgan gazlamalarni koʻp miqdorda yetkazib beradi. 70-yillar oxiri —80-yillar boshlarida neft qazib olish va eksport qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga koʻmaklashuvchi tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor kuchaydi. 90-yillarning oʻrtalarida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,5 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 20 % ga yetdi.

Sanoati mustaqillikka erishgunga qadar, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat edi. Iskandariyada neftni qayta ishlovchi, avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, Suvaysh-Qohira neft quvuri mavjud. 1952 yildan beri 1000 dan ortiq yangi sanoat obʼyektlari ishga tushirildi. Sanoat korxonalari, asosan, Qohira, Iskandariya va Nil deltasidagi boshqa yirik shaharlarda joylashgan. 1958 yilda Qohira yaqinida qurilgan Hulvon metallurgiya zavodi mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu zavod Asvon yaqinidan qazib olingan sifatli temir (40—60 %) rudasi asosida ishlaydi. Asvon shahrida yiliga 300 ming t poʻlat ishlab chiqaradigan metallurgiya markazi bor. Mashinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr kabellari zavodi va metall buyumlar ishlab chiqarish fabikasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, poʻlat quvurlar zavodlari, Iskandariyada toʻqimachilik sanoati uskunalari zavodi, Qohirada velosiped va televizor zavodlari, Port-Fuod, Iskandariyada kemasozlik korxonalari, keyingi yillarda ishga tushirilgan avtomobil, traktor, sovitkich, metall qirqish stanoklari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Suvaysh, Qohira, Iskandariya, Tanta shaharlari neftni qayta ishlash markazlaridir. Kime sanoati faqat mineral oʻgʻit ishlab chiqarishdan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuzaʼbaldagi zavodlar yiliga 200 ming t superfosfat ishlab chiqarish quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat chiqaradigan zavod mavjud. Abuzaʼbalda qurilgan antibiotiklar zavodi farmatsevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmatsevtika korxonasi qurildi. Bulardan tashqari, Asvonda kalsiy, Su-vayshda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda zavodlari, Xulvonda kokskimyo zavodi bor. Qurilish ashyolari sanoati korxonalari Hulvon, Al-Maʼsara, Al-Tur va Iskandariya atroflarida boʻlib, asosan, sement ishlab chiqaradi. Yirik toʻqimachilik korxonalari AlMahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat shaharlaridadir. Oziq-ovqat sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlaydi. Armant, Koʻm-Umboʻ, Adfu shaharlarida yirik qand zavodlari bor. Asvon gidroenergetika majmuiga kiruvchi elektr styalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan elektr styalar yiliga oʻrtacha 525 mlrd. kVtsoatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqaradi.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligi, asosan, Nil deltasi va vodiysida rivojlangan, bu yerda 3 mln. gektarga yaqin (mamlakat hududining 3 %) maydonda yiliga 2 marta, Asvon toʻgʻoni qurilgandan beri 3 marta (qishda ham) ekin ekib, hosil olinadi. Birinchi navbatda koʻproq daromad keltiradigan sholikorlik va paxtachilik (ingichka tolali paxta tayyorlash boʻyicha dunyoda 1-oʻrin) rivojlangan. Bundan tashqari, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, dukkaklilar va sabzavot, shakarqamish, xashaki ekinlar ekiladi. Sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon), xurmo, banan, anjir, uzum, asosan, mamlakat shimolda yetishtiriladi.

Tabiiy yaylov va yem-xashak kamligi sababli chorvachilik durust rivojlanmagan. Oʻtroq aholi (dehqonchilik vohalarida) qoramol (sut uchun), qoʻy, echki va xonaki parranda, koʻchmanchilar esa tuya, qoʻy va echki boqadi. Asal-arichilik rivojlangan. Nil daryosi va ichki koʻllarda, shuningdek, Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.

Mamlakat ichida yuklar, asosan, avtomobil transportida (85 %) tashiladi. Yuk tashishning salkam 10 % temir yo'llarga, 5 % chasi suv transportiga toʻgʻri keladi. Avtomobil yoʻllari uz. 48,8 ming km. Eng muhim avtomagistrallari: Qohira — Iskandariya, Iskandariya — Marso Matruh, Qohira — Suvaysh, Suvaysh — Port-Said, Qoqira — al-Gʻardaqa, Qohira — Asyut. Transport yoʻli uzunligi — 8,8 ming km. Asosiy temir yoʻl magistrallari: Qohira — Asvon, Qohira — Iskandariya, Qohira — Suvaysh, Port-Said — Ismoiliya. Nil va magistral kanallardagi kema qatnovi yoʻllari uz. — 3 ming km dan ortiq. Dengiz savdo flotining tonnaji — 1,68 mln. tonna dedveyt.

Tashqi savdo yuklari, asosan, xorijiy dengiz kemalari va samolyotlarda tashiladi. Asosiy dengiz porti — Iskandariya (Oʻrta dengizda), boshqa yirik portlari — Port-Said va Suvaysh (Suvaysh kanalida), Ras-Shukeyr va Safaga (Qizil dengizda), Qohirada yirik xalqaro aeroport bor.

Misr chetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyuminiy va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sement, metall, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH. Chet el say-yohligi anchagina daromad keltiradi. Pul birligi — Misr funti.

Tibbiy xizmat aralash tarzda tashkil etilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi, muhofazalarda sogʻliqni saqlash departamentlari bor. Mamlakatda bepul tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar universitetlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta farmatsevtika fakultetida, shuningdek, chet ellarda tayyorlanadi. Oʻrta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Universitetlarning tibbiyot fakultetlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkaziladi.

Misrni 7-asrda arablar istilo qilganidan keyin islom diniy maktablari koʻplab ochila boshladi. 10-asrda al-Azhar musulmon universitetga asos solindi. Dastlabki dunyoviy oʻquv yurtlari 19-asr 2-yarmida paydo boʻldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etildi. 4 yillik boshlangʻich maktab eng koʻp tarqalgan oʻquv yurti edi.

Oliy taʼlim tizimiga universitet, institut va 4 yillik kollejlar kiradi. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan 2 yillik texnika institutlari ham bor. Mamlakatdagi 14 ta untning eng yiriklari: K,ohira, Ayn ushShams, Iskandariya universitetlari, Qohiradagi Amerika universitet, Al-Azhar universitet. Eng yirik institutlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika institutlari, Asvondagi industrial institut va boshqa

Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), Misr institutining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy majlis kutubxonasi (1924), Qohira universitet kutubxonasi (1908), Iskandariya universitet kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon universitet kutubxonasi, Iskandariyadagi Munitsipal kutubxona (1892).

Yirik muzeylari: Islom sanʼati muzeyi (1882), Geol. muzeyi (1899), Misr muzeyi, Zamonaviy sanʼat muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), Transport yoʻli muzeyi (1933), Harbiy muzey — hammasi Qoxirada, Iskandariyadagi Yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892).

Ilmiy muassasalari: Qohiradagi Misr instituti (1798), Misr va texnologiya akademiyasi (1971, tarkibida ilmiy tadqiqot markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya markaziy tadqiqot instituti, Okeanografiya va baliq ilmiy tadqiqot instituti, Astronomiya instituti, Neft tadqiqot instituti, Axborot va hujjatlashtirish milliy markazi mavjud). Qohirada Ped. tadqiqotlari milliy markazi, al-Jizada Arab tili akademiyasi, qishloq xoʻjaligi tadqiqot markazi va boshqa bor.

Misrda vaqtli nashrlar soni 300 dan oshadi. Eng yiriklari: „Alaqrom“ („Ehrom“, kundalik gazeta, 1875 yildan), „Al-axbor“ („Xabarlar“, kundalik gazeta, 1944 yildan), „Al-jumhuriya“ („Respublika“, kundalik gazeta, 1953 yildan), „Al-aholi“ (kundalik gazeta, 1978 yildan), „Axbor al-Yaum“ („Kun yangiliklari“, kundalik gazeta, 1944 yildan). „Alahror“ („Liberallar“, haftalik gazeta, 1977 yildan), „Al-Vafd“ („Delegatsiya“, haftalik gazeta, 1984 yildan), „Axer saa“ („Soʻnggi soatda“, haftalik jurnal, 1934 yildan), „Alka-vakib“ („Yulduzlar“, haftalik jurnal, 1952 yildan), „Oktobr“ („Oktyabr“, oylik jurnal, 1976 yildan) — hammasi arab tilida; „Jurnal d’Ejipt“ („Misr gazetasi“, fransuz tilida chikadigan kundalik xususiy gazeta, 1936 yildan), „Ijipshn gazett“ („Misr gazetasi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1880 yildan), „Ijipshn meyl“ („Misr pochtasi“, ingliz tilida chikadigan gazeta, 1910 yildan) va boshqa Yaqin Sharq axborot agentligi (MENA), Misrning rasmiy axborot agentligi, 1955 yildatuzilgan. Misr radioeshittirish va telekoʻrsatuv uyushmasi 1928 yilda tashkil etilgan.

Adabiyoti eng qad. adabiyotlardan boʻlib, miloddan avvalgi 3ming yillikda paydo boʻlgan. Qad. Misr va qibt adabiyoti rivojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovchi qoʻshiklar kabi adabiy yodgorliklarning koʻpgina namunasi shoxlar sagʻanalari devorlariga yozib qoldirilgan. Oʻrta va Yangi shoxlik (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) papiruslarida yozilgan koʻpgina rivoyatlar saqlangan. Ularning mu-alliflari maʼlum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, masal, epos, ishqiy lirika kabilar. Milodiy 7—15-asrlarda arab adabiyoti shakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi Misr adabiyoti turklar hukmronligi (16—18-asrlar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-asr boshlaridan Misr adabiyoti Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurash taʼsirida arab tilida rivojlandi. 19-asrning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosabati bilan Misrda dunyoviy maktablar ochildi, kitoblar nashr etila boshladi, birinchi arab gaz. chop etildi. Ana shu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi maʼrifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarshi chiqib, ijtimoiy islohotlarning zarurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837—1904) oʻz sheʼrlarida ingliz mustabidlariga qarshi kurashishga chaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 — 1932) va „shoirlar amiri“ Ahmad Shavqiy (1869—1932) ham oʻz asarlarida inglizlar hukmronligiga qarshi kurashni tasvirladi. Yangi Misr adabiyoti va publitsistikasining asoschisi Mustafo Komil (1874— 1908) ham oʻsha davrning yirik maʼrifatparvaridir. 1919—24 yillarda Misr xalqining inglizlarga qarshi qoʻzgʻolonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-yillar Misr adabiyotida maishiy mavzudagi novellalar asosiy oʻrinni egalladi. Uning asoschisi „Shayx Juma va boshqa hikoyalar“ nomli ilk novellalar toʻplami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adiblar ham mehnatkashlarning inglizlar hukmronligiga qarshi kurashini aks ettiruvchi asarlar yaratib, milliy ozodlik gʻoyalariga sodiq qoldilar. 20-yillarda Misr adabiyotida maishiy mavzudagi dramalar ham paydo boʻddi. Misr Tay-murning „Halokat“, Farax Antuanning „Yangi va koʻhna Misr“, Antuan Yazbekning „Uyda boʻron“ va „Qurbon“ pyesalarida zamonaviy mavzular oʻz ifodasini topgan. 20—30-yillarda atoqli dramaturg Ahmad Shavqiy qad. Misr adabiyoti tarixiga oid „Kleopatraning oʻlimi“, „Antara“ kabi sheʼriy temperaturagediyalar yaratdi. 30-yillarda sheʼriyat taraqqiyotida „Apolo“ („Apollon“) toʻgaragi muhim roloʻynadi. Misr adabiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Bu davr adabiyotida demokratik gʻoyalarni kuylagan bir qancha isteʼdodli yoshlar paydo boʻldi. Tinchlik va kelajak uchun kurash adiblarning asosiy mavzui boʻldi. 40— 50-yillar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon ashSharkaviy ijodi asosiy oʻrinni egallaydi. Hamisiyning „Qonli koʻylak“, „Qotmagan qon“, „Biz oʻlmaymiz“ va Sharkaviyning „Bayroq“, „Markaziy koʻcha ortidan“ kabi toʻplamlarida milliy mustaqillik uchun kurash aks etgan. Xuddi shu mavzu romantik ruxda Yusuf asSiboyining „Yuragimni qaytarib ber“ va Ishoq Abdul Quddusning „Oʻyimizda erkak bor“ asarlarida oʻz ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaishiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgacha va undan soʻnggi davr haqida yirik asarlar yaratdi. „Ovloqkoʻchalar“, „Ibtido va institutiho“ nomli romanlari va „Bayn al-Qasrayn“, „As-Sukkariya“ trilogiyasi adibga shuhrat keltirdi. U 50-yillarda tanqidiy realizm anʼanalarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi „Kuzgi bedanalar“, „Yoʻl“, „Gado“ kabi romanlar yozdi. Misr jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirishga urinish adabiyotdagi asosiy yoʻnalishdir. 60—90-yillar adabiyotning dolzarb mavzudagi asarlari orasida al-Hitaniyning „Zaʼfaron“ koʻchasidagi hangomalar, al-Kuayidning „Misr diyoridagi jang“, „Qishki tush“, S Ibrohimning „Avgust yulduzi“ romanlari bor.

Misr qad. meʼmoriy yodgorliklarga boy mamlakat. 4 ming yillik rivojlanish davrini oʻz ichiga oluvchi Qad. Misr meʼmorligida ehrom, maqbaralarning nodir shakl va turlari yaratildi. Bular jahon sanʼatining noyob namunalaridir. Yunon- Rim davri (milodiy 300 yil)da qad. meʼmoriy anʼanalar bilan yonma-yon yangi meʼmoriy obidalar yuzaga keldi. Xristianlik esa Bavit, Vodiy Na-trun, Soʻhoj sahrolaridagi monastirlarda aks ettirildi. M.ga arablar kelishi natijasida musulmon meʼmorligining rivojlanishiga asos solindi. Masjid, shoh saroyi, hammomlar va harbiy qalʼalar shahar meʼmorligining asosiy unsurlari boʻlib qoldi. Nilning sharqiy qirgʻogʻida qurilgan Fustat qalʼasi (640—41) arablarning Misrda qurgan dastlabki meʼmoriy inshootidir. 8—9-yillardayoq toʻgʻri burchakli, hovlili, atrofi ustunli ayvonlar bilan oʻralgan oʻziga xos masjid binolari paydo boʻldi (Amir masjidi, 641 — 827; Ibn Tulun masjidi, 876—79 va boshqalar). Fotimiylar Fustatni bosib olib, uning shimolda Misrning hozirgi poytaxti — AlQohira (gʻolib)ni qurdilar (969). Fotimiylar (10—12-asrlar) va ayyubiylar (12—13-asrlar) davridan Qohirada koʻp masjidlar, inshootlar, shu jumladan, Qohiraning uch shahar darvozasi, Qohira qalʼasi qolgan. Mamluklar davri (13—16-asr boshlari)da katta masjidlar, madrasalar qurilishi mu-him oʻrin egalladi. Bu binolar bezagida koshinkorlik, tosh va oyna katta oʻrin oldi. 16-asrdan imoratlar, asosan, turk anʼanalari asosida qurildi. Mac, Muhammad Ali masjidi (qalʼada, 1630—48). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misr meʼmorligida qad. milliy anʼanalarni tiklashga intilish kuchaydi. Biroq, ayni vaqtda Yevropa klassitsizmining ham taʼsiri zoʻraydi. Suvaysh kanalining qazilishi (1835—69) bilan yangi shaharlar: Port-Said, Suvaysh, Ismoiliya qurildi. Misrning oʻziga xos sharoitida Yevropa meʼmorligini tatbiq etish tajribasi faqat tashqi sifatlarni yuzaki ravishda qabul qilish yoʻli bilangina bordi. 20-asr boshlarida Qohira Gezir va Rod o.larida qurilgan yangi binolar hisobiga ancha kengaydi. 20-asrning 30—50-yillarida Misrning ijtimoiy va madaniy hayotida oldinga siljish yuz berishi natijasida Misr meʼmorligida zamonaviylik asosiy oʻrin egalladi. Iskandariya qayta qurilib, sharqda al-Muntaz, gʻarbda Ras at-Din qalʼalari bilan tutashdi. Oralikda istirohat bogʻlari, sport klublari qurildi. Misr xalqining mustaqillik uchun kurashi utmishdagi milliy merosni ijodiy tiklash bayrogʻi ostida oʻtdi. An-Naxda „Uygʻonish“ nomini olgan bu harakat, ayniqsa, adabiyot va sanʼatga kuchli taʼsir etdi, meʼmorlik ham bundan chetda qolmadi. Shu davrdagi Misr meʼmorlari oʻzining yangi yoʻnalishida jahrn zamonaviy meʼmorligining nazariya va amaliyotini inobatga olib bordi. Krxira (1955) va Iskandariya (1958) shaharlarini qayta qurish rejasi tuzildi. 60-yillarda yangi meʼmorlik uchun olib borilgan kurash, asosan, gʻalaba qozondi. Zamonaviy uslubda koʻpgina jamoat binolari (Qo-hira aeroporti, Iskandariyada „Falastin“ mehmonxonasi, Qohiraning yangi Madinat-an-Nosir tumani, 1959—62, bosh meʼmor Sayd Karim), Hukumat uyi, universitet shaharchasi, kasalxonalar, 100 ming oʻrinli stadion, sayyohlar markazi qurildi. Ularda oʻrta asr arab meʼmorligi anʼanalaridan ham foydalanilgan.

M.da qad. sanʼat obidalari koʻp saqlangan (qarang Misr, Qadimgi Misr). Musulmon tasviriy sanʼ-atining bizgacha yetib kelgan ilk na-munalari fotimiylar davriga mansubdir. Fustatdagi hammom devoriga chizilgan rasmlar, tosh, yogʻoch, fil su-yagiga oʻymakorlik usulida ishlangan sozandalar, raqqosalar, chavandozlar qiyofalari, ov va ziyofat manzaralari, miniatyuralar, „Maqomot“ kitobiga ishlangan suratlar shu jumlaga kiradi. Ularning tasviriy uslubida yunon va qibt sanʼati anʼanalari taʼsiri seziladi. Oʻrta asr manzarali-amaliy sanʼatida kashta, toʻqima yoki bosma gulli matolar, rangbarang gulli so-pol buyumlar, togʻ billuridan tarashlab va oʻyib naqshlangan idishlar, sirkorlik bilan ishlangan shisha buyumlar, nafis oʻyma va qadama anjomlar, jimjimador yogʻoch mehroblar, minbarlar yasash keng urf boʻldi. Misrdagi arab sanʼatining barcha turlarida naqsh va husnixat alohida oʻrin oladi. 10— 12-asrlar sanʼat asarlarining bezaklarida odam va jonivorlar tasviri koʻp uchraydi, keyingi davrlarda esa tabiat va oʻsimliklar tasviri, turli chiziqdar ustunlik qildi.

Musiqa — Misr madaniy qayotining ajralmas qismi. Qad. dramatik diniy janrlardan tortib maqamlargacha mashxur. Arab maqamlari Sharkdagi boshqa xalqlar orasiga ham yoyilgan. Cholgʻu as-boblari benihrya xilma-xil. Mustamlakachilik asorati Misr madaniyati taraqqiyotiga gʻov boʻldi. Said Darvish (1892—1923) yangi Misr musiqasining qaldirgʻochidir. Uning yorqin vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlari koʻpgina arab mamlakatlariga yoyilgan. „Al-Barux“, „Shahrizoda“, „Oʻnlik gʻishtin“ kabi musiqali sahna asarlari Misr zamonaviy musiqasiga asos boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Misr musiqasida konsertlar katta oʻrin oldi. Yangi konsert janrlari vujudga keldi. 1910—20 yillarda arab operettasi degan janr yuzaga keldi. Kompozitor S. Darvish bu janrning eng atoqli ar-bobi edi. 1914 yilda Koxirada asos solingan musiqa klubi keyinchalik Sharq musiqasi maktabiga (1929 yildan Arab musiqasi institutiga) aylantirildi. 1927 yilda Misr musiqa jamiyati tashki l etildi.

Misrda teatr sanʼati unsurlari eng qad. diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda soya teatri boʻlgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning taniqli arbobi edi. Bu davrda qoʻgʻirchoq teatrlari ham keng yoyildi. „Araguz“ qoʻgʻirchoq teatri, ayniqsa, mashhur boʻldi. 1869 yilda Suvaysh kanali tantanali ochilishi munosabati bilan Opera teatri qurildi va J. Verdining „Rigoletto“, 1871 yilda „Aida“ operalari koʻrsatildi. 1869 yilda Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va oʻzining arab tilidagi operettasini koʻrsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional drama teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dramaga asos boʻldi. Koʻpgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. Misr teatri taraqqiyotining keyingi davri J. Abyod, M. Taymur, Yu. Vahbiy, T. Alxakim kabi isteʼdodli teatr arboblari nomi bilan bogʻliq. 1920 yilda „Al-Ezbakiya“ teatri, 1923 yilda Yu. Vahbiy boshchiligida „Ramzes“ teatri, 1933 yilda „Milliy truppa“, 1935 yilda Alxakim boshchiligida „Milliy teatr“ tashkil etildi. Misr sekin-asta arab teatr madaniyatining markaziga aylandi. 1952 yilgi inqilobdan keyin arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarish milliy sanʼat, jumladan, teatr sanʼati taraqqiyotida muhim rol oʻynadi. Qohiradagi Milliy teatr, Xalq teatri, „Arab teatri“ kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi. Teatr sanʼati instituti (1952), „26 iyul teatri“ (1959), „Al-Jumhuriya“ (1961) teatri ochildi. Qohirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, „Kleopatra“ teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik truppalari ham mashhur. Teatrlar repertuarlaridan Yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. Alxakim, M. Taymur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda jahon klassiklarining asarlari oʻrin olgan. Ularda Misr koʻcha xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna sanʼatining boshqa turlari kabi xalq raqs sanʼati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta oʻrin beradi. Mumtoz baletga qiziqish Misr sahnasiga Gʻarb mumtoz baletining kirib kelishi bilan boshlandi. Mamlakatda xususiy balet maktablari tashkil etildi, qobiliyatli yoshlar balet sanʼatini oʻrganish uchun Yevropa shaharlariga yuborildi. 1959 yilda milliy xoreografiya maktabi ochildi.




#Article 162: Senegal (1531 words)


Senegal, Senegal Respublikasi (République du Sénégal) — Gʻarbiy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 196,2 ming km². Aholisi 10,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Dakar shahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (region)ra boʻlinadi.

Senegal — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2001 yil 7 yanv.da maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Abdulay Vad), u umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Millat majlisi (parlament) va ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Senegal hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Shim.dagi sohil chizigʻi tekis, jan.da daryolarning estuariylari bilan biroz parchalangan. Senegal hududida temir ruda, fosforit, alyumofosfat, qalay, mis, ohaktosh, volfram, tantal, toshtuz, boksit, neft, niobiy, marmar konlari topilgan. Iklimi subekvatorial, shim.da quruq va jan.da nam iqlim. Oʻrtacha oylik tra yil davomida deyarli oʻzgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yillik yogʻin shim.da 250–300 mm dan jan.da 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqoʻngʻir tuproklar koʻproq uchraydi. Shim.da chala choʻl oʻsimliklari usadi, krlgan joylarda savannalar va siyrak oʻrmonlar bor. Hayvonot dunyosi: savannalarda kiyik, milliy bogʻlarda chiyaboʻri, sirtlon, qoplonlar yashaydi. Kemiruvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharot koʻp. Qirgʻoq boʻyi suvlari baliqqa boy. Tabiatni saklash maqsadida Juj, NiokoloKoba, DeltaSaluma va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan.

Aholisining koʻpchilik qismini (87%) gʻarbiy atlantika tillari oilasiga kiruvchi volof, fulbe, serer, diola va boshqa xalqlar tashkil etadi; arablar, yevropaliklar (asosan, fransuzlar) ham yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Shahar aholisi 42,3%. Aholining aksariyati musulmonlar. Katoliklar ham bor. Yirik shaharlari: Dakar, Kaolak, Tiyes.

Senegal hududida paleolit davrida manzilgoxlar paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda bu yerlar toʻla yoki qisman Gana, Mali, Songay davlatlari tarkibiga kirgan. 9—18-asrlarda Senegal hududida bir necha davlat paydo boʻlgan. 15-asrda bu yerga portugallar bostirib kirib, fil suyagi, aqoqiyo, oltin qumni tashib keta boshlagan, 16-asrdan qul savdosini avj oldirgan. 17-asrdan fransuzlarning kirib kelishi boshlangan. 1895 yil S hududi Fransuz Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kiritildi. Birinchi jahon urushidan keyin S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 1939— 45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi vaqtida Senegal hududi Ozod Fransiyaning tayanch bazalaridan biri, ittifoqchilarning muhim harbiydengiz bazasi boʻldi. Urushdan soʻng S.da milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1958 yil referendum natijalariga koʻra, Senegal Fransiya hamjamiyati tarkibidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublikaga aylandi. 1959 yil yanv.da S va Fransiya Sudani Mali Federatsiyasiga birlashdi. 1960 yil 4 apreldagi bitimga muvofiq, Federatsiyaga mustaqillik berildi. 20 avg .da Senegal Federatsiyadan chikdi va mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. Senegal 1960 yildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 4 aprel — Mustaqillik kuni (1960).

Sotsializm va birlik harakati partiyasi, 1981 yil asos solingan; Demokratik ittifoq — Mehnat partiyasini tuzish harakati partiyasi, 1974 yil tuzilgan; Milliy demokratik birlashma partiyasi, 1976 yil tashkil etilgan; Mustaqillik va mehnat partiyasi, 1957 yil asos solingan sobiq Senegal mustaqilligi afrikaliklar partiyasi yoʻlining davomchisi, taʼsis qurultoyi 1981 yil oʻtkazilgan; Senegal demokratik partiyasi, 1974 yil tuzilgan; Senegal sotsialistik partiyasi, 1948 yil asos solingan; Demokratik yangilanish partiyasi, 1997 yil tashkil etilgan. Senegal meqnatkashlari milliy konfederatsiyasi, 1969 yil tuzilgan.

Senegal — iqtisodiy zaif agrar mamlakat. Yalpi mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 19%, sanoatning ulushi 17%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%. Senegal eksporti qiymatining yarmiga yaqini qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi, mehnatga layoqatli aholining 3/4 qismi shu sohada band. Yer yongʻoq yetishtirish va uni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega (dunyoda yetakchi oʻrinlardan biri). Tariq, maniok, sholi, batat, makkajoʻxori, moyli palma, paxta ham yetishtiriladi. Mevachilik va sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Qoramol, qoʻy, echki, uy parrandasi boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoatida fosforit (asosan, eksportga), osh tuzi, marmar qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 769 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Senegal sanoati, asosan, yer yongʻoqni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bunday korxonalarning aksariyati Yashil Burun ya.o.da joylashgan. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik va poyabzal (Dakarda) ishlab chiqarish rivojlangan. Sement, mebel, taxta tilish, metallsozlik, kimyo sanoati (fosforit asosida oʻgʻit ishlab chiqarish) va neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hunarmandchilik qad. soha hisoblanadi. Temir yoʻllar uz. 0,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 14,6 ming km. Senegal daryosida kema qatnaydi. Dengiz porti va xalqaro aeroporti — Dakar. Chetga yer yongʻoq moyi, kunjara, fosforit chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va asbobuskuna, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, neft keltiradi. Asosan, Fransiya, Kamerun, Italiya bilan savdo kiladi. Pul birligi — afrika franki.

Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil topgan. Birinchi boshlangʻich maktab 1816 yil, birinchi kollej 1843 yil ochilgan. Mustaqillik eʼlon qilingan paytda aholining 95% savodsiz edi. 1963 yil 6 yoshdan 12 yoshgacha majburiy boshlangʻich taʼlim toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktab 6 yillik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 yil: 4 yil toʻliqsiz oʻrta (kollej) va 3 yil toʻliqoʻrta (litsey). Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktabida (3 yil), texnika kollejida (4 yil), texnika litseyida (7 yil) amalga oshiriladi. Oliy taʼlim tizimida Dakar universiteti (1949), Gor mutatsiya universiteti faoliyat koʻrsatadi. Ularda oʻqish muddati 4 yildan 6 yilgacha. lllyningdek, oliy kollejlar: Dakarda veterinariya tibbiyot maktabi, milliy maʼmuriy maktab, Tiyesda politexnika maktabi va boshqa bor. Kutubxonalari: Dakarda Senegal arxivi kutubxonasi bilan (1913), Qora Afrika fundamental in-tining kutubxonasi (1938), universitet kutubxonasi (1952), Tiyesda Politexnika maktabining kutubxonasi. Muzeylari: Dakarda Afrika sanʼati muzeyi (1936), Qora Afrika Fundamental in-ti muzeyi, Gorda Tarix muzeyi, Dengiz muzeyi (1959) va boshqa

Ilmiy muassasalarning kupi Dakar universiteti tarkibiga kiradi, ularning eng yirigi Qora Afrika Fundamental instituti. Bundan tashqari, Milliy arxiv (1913), Milliy sanʼat in-ti (1972), Fantexnika tadqiqotlari byurosi, Qishloq xoʻjaligi instituti (1974, 10 ilmiy markaz va lab.lari bilan birga), Paster in-ti (1896), Afrika mintaqaviy texnologiya markazi (1977), Afrika iqtisodiyotni rivojlantirish va rejalash muammolari in-ti (1963), Tropik oʻrmonni oʻrganish markazi (1966), ilmiy jamiyatlar va boshqa bor.

Eng muhim gaz. va jur.lari: Soley (Quyosh, kundalik umummilliy gaz., 1970 yildan), Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Senegal (Senegal Respublikasining rasmiy gazetasi, hukumatga qarashli haftalik rasmiy xabarnoma, 1856 yildan), Sopi (haftalik gaz.), Daan doole (Mehnatkash, oylik gaz., 1982 yildan), Karfur (Chorraha, 2—3 oyda bir marta chiqadigan gaz., 1984 yildan), Politisyen (Siyosatchi, oylik hajviy gaz., 1977 yildan), Yunite Afriken (Afrika birligi, oylik gaz., 1974 yildan), Afrika (oylik jur., 1962 yildan), Gestu (Tadqiqot, 2 oyda bir marta chikadigan nazariy jur.), Taksau (Qoʻzgʻol, oylik jur., 1977 yildan), Etiopik (oylik ijtimoiy-siyosiy va adabiy jur., 1975 yildan). Senegal axborot agentligi — SAA — hukumat axborot agentligi; Senegal radioeshittirish va telekoʻrsatuv boshqarmasi — xukumat mahkamasi, 1972 yil tuzilgan.

Adabiyoti fransuz va mahalliy tillarda. S.da baxshigriotlar ijro etadigan qad. ogʻzaki sheʼriy anʼana mavjud. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin mahalliy milliy tillarda yozuv paydo boʻla boshladi. Bakari Dialloning oʻz hayoti asosida yozgan KuchSahovat qissasi (1926, birinchi adabiy asar hisoblanadi)dan soʻng Usmon Sose Diopning Karim (1935), Parij saroblari (1937) romanlari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng adabiyotning rivoji jadallashdi. L. Sengorning chuqur milliy sheʼriyati xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. 50—60y.larda Abdulay Saji, Shayx Hamidu Kan, U. Semben romanlari dunyo yuzini koʻrdi. U. Semben Vatanim mening , oʻktam xalqim mening, Harmattan — issiq shamol romanlarini milliy ozodlik kurashi mavzuiga bagʻishladi. Yosh avlodga mansub shoirlardan Malik Fall va Ibrohim Sourang , dramaturglardan Lamin Diakxate, Amadu Sisse Dia, Mamadu Traore Diop va Sheyk Ndaolar ijtimoiy muammolarga, xalqning qahramonona oʻtmishiga koʻp eʼtibor berdilar.

Oʻrta asrlar madaniyat yodgorliklaridan unchalik baland boʻlmagan doirasimon daxmalar, toʻgʻri burchakli va doira kesimli megalitmengirlar (12—14-asrlar, Tambakunda yaqinida), zoʻr mahorat bilan ishlangan zargarlik buyumlari: kumush va tilla marjonlar, turli zebziynatlar, sopol va mis idishlar saqlanib qolgan. Aholining turar joylari shoxshabbadan toʻrtburchak shaklda ishlangan tomi toʻrt nishabli chaylalar boʻlib, sirti va ichi loy bilan suvaladi (garbiy tumanlarda), aylanma shakldagi kulbalar tomi konus tarzida oʻtoʻlan bilan yopiladi, toʻgʻri burchakli bostirma kulbalar ham uchraydi (sharqiy tumanlarda). Peshayvon bilan oʻralgan choʻziq doirasimon turar joylar jan. tumanlarga xosdir. Ularning old tomoni qizil va koʻk rangda jonivorlar va zamonaviy texnika — samolyot hamda paroxod rasmlari bilan bezatiladi. S.ga islom dini kirib kelishi tufayli machitlar kurila boshladi. Ular orasida Tubadagi taqasimon ravokdi machit diqqatga sazavordir. U hovlisining atrofi peshayvonlar va toʻrt tarafi 8 qirrali minoralardan iborat qilib, Shim. Afrikaning oʻrta asrlar meʼmorligi uslubida qurilgan. 20-asrda shaharlarda (asosan, Dakarda) zamonaviy turar joylar, fabrika, meqmonxona, maʼmuriy binolar qurishga kirishildi. Koʻp qavatli uylar oftob toʻsqich qurilmalar bilan tropik iqlimga moslab fransuz funksionalizmi ruhida qurildi. 1960 yildan keyin 1 — 2 qavatli beton uylardan iborat ishchi shaharchalari barpo etish avj oldi. Mamlakatda anʼanaviy badiiy xunarmandchilik (yogʻochdan roʻzgʻor anjomlari va mebel, sopoldan turli idish va bezak buyumlari, novdadan savat, sumka, belbogʻlar, timsoh va ilon terisidan buyumlar yasash), badiiy toʻquvchilik urf boʻlgan. Ular Dakar rassomlik maktabi uslubida ziynatlanadi.

Senegal musiqasi qadimdan Gvineya, Mali, SyerraLeone va boshqa mamlakat xalqlari musiqasi bilan birga rivojlanib kelgan. 12-asrdan arab, 15— 16-asrlardan yevropaliklar musiqasi taʼsiri sezila boshlagan. Senegal xalqining cholgʻu asboblari: yumaloq qovoq pustidan yasalgan barabanlar, kum soat shaklidagi 2 membranali baraban, shaqildoq, tartarak, qoʻngiroq; turli ksilofon, balafon, fleytalar ham keng tarqalgan. Mehnat, sevgi qoʻshiqlari, bolalarga atalgan ashulalar, ajdodlar ruhini ulugʻlovchi tarixiy ertak qoʻshiqlari, raqsga moslab aytiladigan marosim qoʻshiklari mavjud. Aksariyat bir ovozlilik, faqat jan. xalqlarida koʻp ovozlilik Senegal musiqasiga xos xususiyatdir. Anʼanaviy musiqaning asosiy ijrochilari griotlardir. 20-asrning 60-yillaridan musiqa sanʼati muammolari bilan shugʻullanuvchi oʻquv va ilmiy muassasalar paydo boʻla boshladi. Radioeshittirish (1926 yildan) va telekoʻrsatuv (1964 yildan) musiqiy eshittirishlarga katga eʼtibor beradi. Dakarda turli sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi.

Teatrining rivojlanishida xalq baxshilari — griotlar koʻp ijodiy mehnat qildilar. Dastlabki teatrlar maktablarda tashkil etildi. 1933 yil Dakardagi Uilyam Ponti nomidagi maktab teatrida Afrika hayotidan hikoya qiluvchi spektakllar fransuz tilida sahnalashtirildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, Senegal teatri rivojlanib, Afrika mamlakatlari orasida yetakchi boʻlib qoldi. 1961 yil Milliy balet ansambli tashkil etildi, uning dasturida raqs, pantomima, musiqali drama va vokal sahnalar bor. 1965 yil Dakarda milliy teatr binosi qurildi. Havaskorlik teatri rivoj topdi. 1969 yil Havaskorlik teatri federatsiyasiga aylantirildi.




#Article 163: Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi (122 words)


Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.
Davlat gerbi — davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.

Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan, uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi  islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „Oʻzbekiston“ deb yozib qoʻyilgan.

 




#Article 164: Oʻzbek yozuvi (126 words)


Oʻzbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.

Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005-yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.

Oʻ




#Article 165: Avesto (817 words)


Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.

Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.

Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.

Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.

Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – Kichik A. (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi. A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir (I.A. Karimov, Adolatli jamiyatsari. T., 1998, 39–40-betlar). O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi Avesto yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 yil noyabr). Avestoning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 yil 29 mart), Avestoning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga ko‘ra 2001 yilning oktabr oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari o‘tkaziladi.Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v Oʻzbekistane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960;Sagdullayev A.S.,Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov.




#Total Article count: 164
#Total Word count: 199986